Imom G'azzoliy. Mukoshafatul qulub  ( 221251 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 ... 49 B


AbdulAziz  29 Sentyabr 2008, 01:10:11

SEVGI-MUHABBAT

Hikoya qiladilarki:
- Bir odam cho‘lda kezib yurarkan, bir badbasharani ko‘radi va undan: «Sen kimsan?» - deb so‘raydi. Badbashara: «Men sening yomon amallaringman!»  — deydi. U odam:
       «Senday badbasharadan qutulishning iloji bormi?» - deb so‘raganda:
- Bor, buning uchun Payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v.)ning go‘zal axloqiga ega bo‘lishing va unga salotu salom yo‘llashing kerak!.. — javobini-oladi.
Payg‘ambariimiz (s.a.v.) buyuradilar:
- Mening axloqimga moslashmoq, bu - qiyomat kuni Sirot ko‘prigida bir nurdir. Kim mening axloqimga ergashsa va juma kuni menga sakson marta salotu salom yo‘llasa,
Alloh sakson yillik gunohini afv etadi.
Hikoya qiladilarki:
- Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ning axloqi bilan axloqlanmagan bir odam bir kun tushida Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ni ko‘radi, lekin Alloh Rasuli (s.a.v.) unga hech e’tibor bermaydi. Odam deydi:
- Ey Allohning Rasuli! Mendan xafamisiz?  Payg‘ambar:
-Yo‘q. Odam:
-   U holda nega menga qaramayapsiz? Payg‘ambar:
-   Chunki seni tanimayman! Odam:
- Nega tanimaysiz? Men sizning bir ummatingizman. Holbuki, olimlarning aytishicha, siz har bir ummatingizni ona o‘z farzandini tanigandan ham yaxshiroq tanir ekansiz.

Qayd etilgan


AbdulAziz  29 Sentyabr 2008, 01:10:31

Payg‘ambar:
- To‘g‘ri aytishgan. Lekin men senda mening go‘zal «axloqimdan biron alomat ko‘rmayapman va sening menga hech salotu saloming kelmadi. Mening ummatimdan birini tanishim axloqimning unda qay darajada borligiga ham bog‘liq.
Odam uyg‘onganda bularni o‘yladi va shu ondanoq Payg‘ambar (s.a.v.) ning go‘zal fe’l-atvorlarini o‘z hayotiga tatbiq etishga kirishdi. Bir muddat o‘tgach, takroran Alloh Rasuli (s.a.v.) ni tushida ko‘rdi. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) darhol:
-Endi seni tanidim, sen uchun shafoat qilaman! - deb buyurdilar.
Chunki endi u Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ni sevar, Uning go‘zal axloqiga moslashgan edi. Rabbimiz ham buyuradi:
- Ayting (Ey, Muhammad): «Agar Allohni sevsanglar, menga ergashinglar, shunda Alloh sizlarni sevadi va gunohlaringizni mag‘firat qiladi. Alloh (gunohlarni) mag‘firat qilgvchi, mehribondir» (Ol-i Imron surasi, 31-oyat)
Payg‘ambarimiz (s.a.v) Ka’b va Ashraf(Ka’b ibn Ashraf - Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ning muxoliflaridan bo‘lib, musoviylikning kuchli tarafdorlaridan edi. Badr jangining
natijasidan qattiq ta’sirlanib, Makkada islomga qarshi kurash olib
borgan, keyinchalik Madinaga ham kelib, musulmon xotinlar nomidan Rasululloh (s.a.v.)ga she’riy-ishqiy maktublar yozdirib, turli-tuman bo‘htonlar uyushtirgan edi. Hijriy 4-yilda o‘ldirilgan) va uning odamlarini dinga da’vat etardilar. Ular esa: «Biz Allohni juda qattiq" sevamiz!» - deyishardi. Ana shu hodisa yuqorida mazmuni keltirilgan oyatning nozil bo‘lishiga sabab bo‘ldi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  29 Sentyabr 2008, 01:10:50

Payg‘ambarga ergashmoq Alloh unga o‘rgatgan va u esa insoniyatga taqdim etgan ilohiy axloq asoslariga rioya qilmoq demakdir.
Mo‘minlarning Allohni sevishi uning amriga itoat etishlari va faqatgina uning rizosini o‘ylab ish ko‘rishlari demakdir.
Allohning mo‘minlarni sevishi esa ularni afv etishi, mukofotlashi, rahmati va tavfiqi bilan ularga ikrom ko‘rsatishi demaqdir.
Kim to‘rt narsani da’vo qilsayu, to‘rt narsaga amal qilmasa, u yolg‘onchidir.
1. Jannatni sevaman-desayu, Allohga itoat etmasa.       ;
2. Hazrat Payg‘ambarni sevaman desayu, uning go‘zal axloqiga ergashmasa, ezilganlarni va faqiru benavolarni sevmasa.
3. Jahannamdan qo‘rqaman desayu, gunoh qilishdan chekinmasa.
4. Allohni sevaman desayu, musibatlarga duchor bo‘lganda ingrab zorlanishdan tiyilmasa...
Zotan, Robia-i A’dviyya (Robia-i A’dviyya - Robiatul-Odaviyya ham deyiladi. Boshqa islomiy ilmlarda bo‘lgani kabi, tasavvufda ham xotinlarning alohida o‘rni bor. Ungacha mutasavviflar ijodida Allohdan qo‘rquv mavzui keng o‘rin egallagan bo‘lsa, 6u mutasavvif ayol ijodida Allohga muhabbat mavzui etakchi o‘ringa chiqadi. O’zi Basrada tug‘ilgan, oilaning to‘rtinchi qizi bo‘lgani uchun, otini Robia (to‘rtinchi) qo‘yishgan. Tasavvufdagi o‘tkir qarashlari tufayli katta shuhrat qozongan. Farididdin Attor Payg‘ambarimiz s.a.v.ning «Alloh yo‘lidagi ayol erdir» degan hadislarini keltirib, «Robia o‘z zamonida Xaq muomalasi va ma’rifati bobida benazir edi», deydi. Orvupoda tanitilgan ilk islom so‘fiysi Robiadir (XSh asr). Sharqda ham, G’arbda ham u haqda talay badiiy asarlar yozilgan. Vafoti 185/804 y.) shunday deydi:
«Sevaman!» deysanu, etasan isyon,
Bu holing ajoyib, bo‘laman hayron.
Itoat qilgin-da, sevsang gar albat
 Sevgan suyganiga etar itoat.

Qayd etilgan


AbdulAziz  29 Sentyabr 2008, 01:11:30

Chindan ham, sevgining alomati — suyganiga moslashmoq va sevgilisi yoqtirmagan xatti-harakatlardan tiyilmoqdir.
Bir kun ulug‘larimizdan biri Shibliy (Shibliy - O’limi 334/945 y. Bag‘doddikdir. Junayddan ksyin tasavvuf tushunchasining kamol topishida eng ko‘p xizmat ko‘rsatganlardan biridir) ning huzuriga - Allohning rahmati yog‘ilsin ustiga! - bir jamoat keladi. Shibliy:
— Sizlar kimsizlar? — deb so‘raydi.   
Ular:
— Sizning do‘stlaringiz bo‘lamiz, - deb javob berishdi. Bu javobni eshitgan Shibliy o‘girilib, ularga tosh otdi. Qochayotganlarida shu gaplarni aytadi:
— Nega qochyapsiz? Agar sizlar haqiqiy do‘stlarim bo‘lsaydingiz, mendan kelgan balodan qochmasdingiz!
So‘ngra deydi:   
— Muhabbat ahli sevgi kosasidan ichadi, yer yuzi va shaharlar ularga torlik qiladi. Allohni chinakamiga taniydilar, uning Buyukligidan qo‘rqadilar. Qudratidan hayratlanadilar. Alloh sevgisi kosasidan ichadilar. Uning do‘stli dengizida cho‘kadilar va yana unga munojot qilish bilan lazzatlarga g‘arq bo‘ladilar. Undan so‘ng Shibliy shu baytni o‘qidi:
Ishqing meni sarxushlik ummoniga otdi,
Ko‘rganmisan sevib sarxush bo‘lmagan zotni?

Qayd etilgan


AbdulAziz  29 Sentyabr 2008, 01:12:08

Hz. Ali derki:
— Jannatga ishtiyoqi bo‘lgan odam yaxshilik qilishga shoshiladi. Jahannamdan qo‘rqqan odam nafsini yomon xatti-harakatlardan qaytaradi. O’limni haq bilgan odam dunyo zavqlarini tuban ko‘radi.
Ibrohim Hovvosdan so‘radilar:
— Sevgi-muhabbat nima?
Javob berdi:
— Xudbin istaklarni yo‘q qilmoq, manmanlikni yoqmoq va ishoratlar dengizida nafsni bo‘g‘moqdir.
SEVGI — bu inson tabiatining zavqlantiruvchi huzur-baxsh lazzatga mayl etishidir. Sevgining oliy darajasi ISHQ deyiladi. Oshiqlar o‘z ma’shuqalarining visoliga yetishmoq uchun hech nimalarini, hattoki jonlarini ham ayamagaylar. Hz. Yusufni sevib, tillarda doston bo‘lgan Zulayho buning yorqin misolidir. Chindan ham, Zulayho ishq yo‘lida molini-mulkini, hatto go‘zalligini ham yo‘qotadi. U yetmish tuyaga yuk bo‘ladigan inju   javohirlarga   sohiba edi.   Bebaho zebigardonlarini  Hz. Yusufga  bo‘lgan ishqi yo‘lida  sarf  etadi.  Kimda-kim,  «Men bugun Yusufni ko‘rdim!» — desa, unga qimmatli marjonlaridan birini berardi. Shu tariqa, sovg‘a eta-eta hech bir narsasi qolmaydi. Har narsani «Yusuf!» deb chaqirardi. Unga bo‘lgan cheksiz ishqi tufayli «Yusuf» kalimasidan boshqa   hamma   so‘zlarni  unutgandi.  Bosh  ko‘tarib ko‘kka  qarasa, yulduzlar   marjonday tizilib, «Yusuf» ismini yozganday bo‘lib ko‘rinardilar. Yana rivoyat qiladilarki,Zulayho iymonga kelib, Xz. Yusufga tekkanidan keyin, o‘zini ul zotdan chetlata va toat-ibodatga berilib,  uzlatga  chekina  boshlabdi.  Endi bu   ishq,  ishqning  haqiqiy  sohibi Allohga qaratilgan   edi.   Ahvol shunday  ediki,  Hz. Yusuf  uni  tunda yotoqqa da’vat etsa, u visol onini kunduzga surar, kunduz da’vat etsa, fursatni tunga surar va shunday derdi:
- Ey Yusuf, men seni Allohni tanimasdan oldin sevgandim. Lekin uni tanigandan keyin aslida unga oid bo‘lgan sevgidan boshqasiga o‘rin qolmadi. Allohga bo‘lgan bu sevgimga boshqani sherik qilmayman.
Yana Laylo ila Majnun hikoyasi ham mashhurdir Majnundan so‘rabdilar:
-   Isming nima?
-   Laylo!
-  Laylo o‘lmadimi?
-  Yo‘q, Laylo mening qalbimda, o‘lmadi. Men Layloman.
Majnun bir kun Laylosining uyi oldiga keladi va osmonga qarab jovdiraydi. Unga deydilarki:
— Hoy Majnun, osmonga qarama! Layloning derazasiga qara. Balki, uni ko‘rarsan!..
- Ko‘lkasi Layloning uyiga tushgan Yulduz menga kifoya!

Qayd etilgan


AbdulAziz  29 Sentyabr 2008, 01:12:37

Mansur Halloj (Mansur Halloj - o‘limi 309/951 y. Tasavvuf tarixining eng mashhur so‘fiylaridan biridir. Eronda tug‘ilgan. Tustarda, Basrada, Bag‘dodda ilm olgan. Xuroson, Sijiston. Movarounnahr va Hindistonga sayohat qilgan. Uning «Kitobu’t-tavosin» nomli kitobi taniqpidir. «Analhaq» degan so‘zi tufayli o‘ldirilgan) ni o‘n sakkiz kun hibs etadilar. Bir kun Imom Shibliy uning yoniga kelib so‘raydi:
- Ey Mansur, sevgi-muhabbat nima?
- Bugun so‘rama, ertaga so‘ra.
Ertasi kun bo‘ldi, Hallojni qatl etgani zindondan chiqarib, maydonga keltiradilar. Mansur ayni shu onda yetib kelgan Shibliyga shunday sado beradi:
— Ey Shibliy, sevgi-muhabbatning boshi yonmoq, oyog‘i qatl bo‘linmoqdir!
Mansurdan so‘rmishlarki:
 -Sen kimsan!
Javob bermish:
 -Men HAQman!
Ana shu so‘zi uchun u qatl etilgandi. Masalaning izohi esa mana bunday:
— Mansur shunday bir martabaga yuksalgandiki, uning nazarida Allohdan boshqa har qanday mavjudot foniy, yo‘q bo‘lishga mahkum va botil edi. Haqiqiy borliq yolg‘iz Alloh
Haq edi. Mana shu darajadagi yuksak bir martabaga chiqa olgan Halloj, yolg‘iz Allohning bir ismi bo‘lgan «HAQ» (MAVJUD) kalimasini bilar, o‘z ismini ham xotirlamas
edi. Shuning uchun o‘ziga aytilgan «Sen kimsan?» so‘rog‘iga «Anal HAQ», ya’ni «Men HAQman!» javobini bergandi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  29 Sentyabr 2008, 01:12:44

Aytadilarki:
— Haqiqiy sevgi-muhabbat uch narsada bilinadi:
1. Sevgan suyganining so‘zini boshqalarning so‘zidan ustun qo‘yadi.
2. Sevgan suyganining suhbatini boshqalarning suhbatidan ustun qo‘yadi.
3. Sevgan suyganini mamnun etishni boshqalarni mamnun etishdan ustun qo‘yadi.
Bir olimdan so‘radilar:
— Oshiq deb kimga aytiladi va uning holi qanday bo‘ladi?
Olim javob berdi:
—Insonlar bilan oz aloqada bo‘ladi. Ko‘proq Rabbi bilan yuzma-yuz qoladi. Ko‘rinishi sassiz-sadosiz, lekin uzluksiz tafakkur holida bo‘ladi. Qaraganda ko‘rmaydi, chaqirganda eshitmaydi, suhbat chog‘i hech narsani anglamaydi. Boshiga bir falokat tushsa, ezilmaydi. Och qolsa, ochligini his etmaydi. Ko‘rinishi pajmurdadir. Allohdan boshqasidan qo‘rqmaydi. Uzlatda Allohga munojot etadi. Dunyolik yuzasidan ahli dunyo bilan olishmaydi.
Bir kun Hz. Iso (Hz. Iso — Iso alayhissalom to‘rt buyuk payg‘ambardan biridir. Hz Bibi Maryamning o‘g‘lidir. Haqiqiy nasroniylik dinining payg‘ambaridir. Qur’oni karimda nomi ko‘p marta keltirilgan. Unga nozil bo‘lgan muqaddas kitobning oyati Injildir. Ammo undan keyin havoriylari qayta yozishgan. Injilning bir joyida Hz. Iso deganlar: «Men ketaman; endi Dunyoning Raisi kelsin». Dunyoning Raisi - Rasuli Akram s.a.v.dan boshqa kim bo‘lishi mumkin) bog‘ sug‘orayotgan bir navqironga duch keladi. Yigit Hz.Isoga: «Rabbimdan menga bir zarra sevgi so‘rab ber», - deb arz qiladi. Hz. Iso: «Allohdan bir zarra sevgi so‘rab bersam, sen unga bardosh berolmaysan», - deganida, yigit: «U holda zarraning yarmini bersin!» — deb yalinadi. Hz. Iso: «Yo Rabbim, bu navqiron yigitga zarraning yarmisicha sevgingdan ato et!» — deydi va o‘tib ketadi. Bir muddat keyin yana ayni shu yerga kelganda, u navqiron yigitni surishtiradi. Odamlar:
— U aqldan ozib qoldi va toqqa chiqib ketdi, - deyishadi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  29 Sentyabr 2008, 01:12:55

Hz.Iso o‘sha yoshni o‘ziga ko‘rsatishini so‘rab, Allohga duo o‘qiydi va uni tog‘da bir qoyaning ustida samoga termilgancha o‘tirgan holda topadi.Salom beradi, lekin yigit salomga alik olmaydi. Shunda:
— Men Isoman, - deya sado beradi Iso alayhissalom.
Vale Alloh vahiy yo‘li bilan Hz. Isoga buyuradiki:
— Ey Iso, qalbida zarraning yarmisicha mening sevgim bo‘lgan kimsa insonlarning so‘zini qanday eshitsin?! Izzatim va jalolim haqqi aytaman, agar bu yigitni arra bilan arralasang ham sezmaydi.
Kim uch narsani da’vo qilsayu, uch narsadan o‘zini poklamasa, u aldangan bo‘ladi:
1)   Allohning o‘rtaga qo‘ygan axloq asoslariga rioya qilish zavqli ekanidan lof ursayu, lekin dunyo sevgisidan voz kechmasa;
2)   Amallarni yolg‘iz Alloh uchun qilishni sevishini aytsayu, lekin insonlarning unga ta’zim qilishidan mamnun bo‘lsa;
3)   Allohni sevaman desayu, lekin nafsini tarbiya qilmasa, u kimsa aldangan bo‘ladi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  29 Sentyabr 2008, 01:13:15

Payg‘ambarimiz (s.a.v.) buyuradilar:
— Ummatimga shunday bir zamon keladiki, besh narsani sevadilar, besh narsani unutadilar:
1. Dunyoni sevadilar, oxiratni unutadilar.
2. Mol-mulkni sevadilar, oxirida hisob berajaklarini unutadilar.
3. Xalqni sevadilar, Haqni (Allohni) unutadilar.
4. Gunoh qilishga beriladilar, yomon fe’llarini yaxshi fe’lga aylantirishni va tavba qilishni unutadilar.
5. Saroylarda, ko‘shklarda yashashni sevadilar, qabrni unutadilar.
Mansur ibn Ammor (Mansur ibn Ammor - shayxlarning hukamosidan va bu toifaning sayyidlaridan va ulamosidan edi. Xuroson va Irokda mashhur edi. Hijozga ketarkan bir yerda vafot etgani, o‘shanda shayx Abulhasan uni tushida ko‘rgani Farididdin Attorning «Tazkirat-ul avliyo»sida hikoya qilinadi. Demak, U shayx Abulhasan Roziydan oldinroq yashatan) bir yoshga o‘git bera turib, shunday deydi:
— Ey azamat, yoshliging seni aldab qo‘ymasin! Qancha-qancha yoshlar borki, tavbani orqaga suradilar; yomon fe’llarini yaxshi fe’llarga aylantirmaydilar. Hoyu-xavasga beriladilar; o‘limni unutadilar. «Erta-indin tavba qilarman, yomon fe’llarimdan voz kecharman», - deydilar. Lekin shu tariqa g‘aflat ichida o‘ralashib yurarkan, kutilmaganda o‘lim farishtasi keladi va u o‘zini lahadda ko‘radi. Ortiq u yerda unga na mol, na bola-chaqa, na xizmatchi va na ota-ona foyda beradi. Shuning uchun Alloh aytadi:
U KUNda na molu davlat va na bola-chaqa foyda bermas. Magar Alloh huzuriga toza dil bilan kelgan kishilargagina (foyda bo‘lur)» (Shuaro surasi, 88-89-oyatlar)

Qayd etilgan


AbdulAziz  29 Sentyabr 2008, 01:13:24

Allohim, bizga o‘lmasdan oldin tavba qilish va yomon fe’llarimizni tark etishni nasib ayla! Bizni g‘aflatdan uyg‘ot! Rasullarning‘ eng xayrlisi Payg‘ambarimiz Hz. Muhammad (s.a.v) ning shafoatiga noil ayla!
Mo‘minning mo‘minligini ko‘rsatuvchi sifati shuki, har on, har soat va har kun yomon fe’llardan poklanishga tirishadi. Kechmishda sodir etgan gunohlari tufayli nadomat his qiladi. Mol-dunyo totgash xayollariga ko‘milib yotmaydi. Foydasiz va besamar narsalar bilan mashg‘ul bo‘lmaydi. Allohga oid vazifalarini ixlos bilan ado etadi va ko‘z-ko‘z qilishdan sakdanadi.
Rivoyatga ko‘ra, Hz. Muso zamonidagi Fir’avnning xotini Osiya iymonini ehtiyot qilardi. Fir’avn ahvoldan xabardor bo‘lganda, xotiniga kishan urilishini buyuradi. Xotinga har turli azoblar beradilar. Fir’avn xotiniga: «Diningdan qayt!» - deydi, lekin u qaytmaydi: Bu safar tayoq keltirib, xotinni savalaydilar. Fir’avn: «Diningdan qayt!» — deydi. Osiya shu javobni beradi:
—Sen mening nafsimga hukmingni o‘tkaza olarsan, qalbim esa Allohning himoyasidadir. Meni so‘ysang, bu Allohga bo‘lgan sevgimni orttirishdan boshqa bir narsaga yaramaydi.
Shu asnoda u yerdan Hz. Muso o‘tib ketayotgan edi. Osiya deydiki:
—Ey Muso! Rabbim mendan rozimi, rozi emasmi, xabar ber!
Hz. Muso shu javobni beradi:
— Ey Osiya, ko‘klarda farishtalar seni ishtiyoq bilan kutayotirlar. Alloh ham sen bilan faxrlanadi. Ne tilasang tila, qabul etilajakdir!
Alloh iymon keltirgan zotlar haqida Fir’avnning ayolini misol keltirdi. Ushanda (bu xotin): «Ey rabbim o‘zing men uchun huzuringda jannatda bir uy bino qil. Meni Fir’avnning va uning fano amal va harakatlaridan qutqar. Menga bu zolim qavmdan najot ber!» - dedi (Tahrim surasi, 11-oyat).
Osiyaning bunday duo qilishi bizga mashaqqat va musibat onlarida Allohga sig‘inish va azobdan qutulishni undangina istash kerakligini ko‘rsatadi.

Qayd etilgan