Imom G'azzoliy. Mukoshafatul qulub  ( 342334 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 ... 49 B


AbdulAziz  29 Sentyabr 2008, 01:16:31

OMONATso‘zi IMON so‘zidan yasalgandir. Allohning amrlaridan tashkil topgan omonatni kimda-kim yaxshi muhofaza qilsa, Alloh ham uning iymonini yaxshi muhofaza qiladi. Shuning uchun ham Rasululloh shunday marhamat qiladilar:
— Omonatni yaxshi saqlamaganning Iymoni yo‘qdir. Ahdida turmaganning dini yo‘qdir.
Shoir deydiki:
Xiyonatga qo‘rqmay borgan halok bo‘lgay,
Omonatni asramagan qurir gulday.
Dini bilan insonligi tashlab ketgay,
Uni bir-bir musibatlar ta’qib etgay.

Payg‘ambarimiz (s.a.v.) aytdilarki:
- Mo‘min xiyonatsiz va yolg‘onsiz go‘zal fe’l-atvorga ega bo‘ladi, ishlarida xiyonat va yolg‘odan bo‘lmasligi kerak, degan ilohiy nizomga itoat etadi.
-   Ummatim omonatni g‘animat bilmaydi, (ya’ni o‘lja deb qabul qilmaydi) sadaqani majburlab olmaydi — shunday qilgandagina xayrli yo‘lda yurgan bo‘ladi.
-   Sizga omonatga berilgan omonatni qaytarib bering. Xiyonat qilganga xiyonat qilmang.

Qayd etilgan


AbdulAziz  29 Sentyabr 2008, 01:16:40

Buxoriy (Buxoriy - (hijriy 194-256). 600.000 hadis to‘plab, ularning ichidan 7275 hadisni eng mo‘‘tabar va eng to‘g‘ri deb, ilman asoslagan buyuk olim. Jahonda yuzlab, balki, minglab hadischilar o‘tgan, ammo ularning orasida eng taniqlisi olti olimdir, ularning kitoblari «Kutubi sittai hadisiya» («Olti hadis kitobi») deyiladi, bu olti kitobning ham eng mo‘‘tabari «Sahihi Buxoriy»dir. To‘la ismi Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriydir.) va Muslim (Muslim — «Kutubi sitta»ning ikkinchi taniqli kitobi «Sahihi Muslim»dir. Uning muallifi imom Muslim al-Hajjojdir (hijriy 204-261). U o‘z sahih kitobini 100.000 hadis ichidan tanlagan va 15tayanchasosida vujudga keltirgan. Mazkur asarida 2775 hadis naql etilgandir.) ham Abu Hurayradan shu hadisni keltiradilar:
Payg‘ambarimiz (s.a.v.) marhamat qiladilarki:
Munofiqniyg uch alomati bordir:
1.   So‘zlaganda yolg‘on qo‘shadi.
2.   Vaadasida turmaydi.
3.   Omonatga xiyonat qiladi.
Omonatga xiyonat deganda sirni fosh qilish, o‘ziga topshirilgan narsaga yo inkor etish, yo ehtiyot qilmaslik, yoxud ruxsatsiz foydalanish yo‘li bilan xiyonat qilish tushuniladi. Omonatni ehtiyot qilish MUQARRABIYN MALAKLARIning (pokligi va iboddti bilan avliyo darajasiga yuksalgan buyuk do‘stlar farishtalarning) va Payg‘ambarimiz (s.a.v.) ning sifati — TAQVO egalarining mijozidir.
Alloh buyuradi:
- Albatta, Alloh sizlarni omonatlarni o‘z egalariga topshirishga va odamlar orasida hukm kilganingizda adolat bilan hukm qilishga buyuradi. Albatta, Alloh sizlarga
eng yaxshi pand-nasihatlar qilur. Albatta, Alloh eshitguvchi, ko‘rguvchi bo‘lgan zotdir (Niso surasi, 58-oyat.).

Qayd etilgan


AbdulAziz  29 Sentyabr 2008, 01:16:55

Mufassirlar derlarki:
- Bu oyat bir necha ShAR’IY ASOSLARni o‘e ichiga olgan. Idorachilar va barcha amaldorlar bu oyatga quloq solishni talab qiladilar. Bu to‘g‘ri, ammo bu xol ularga maz lumlarni qo‘llash va ularning haqlarini himoya qilish majburiyatini yuklaydi; bu, ular uchun bir omonatdir. Yana, musulmon aholining, ayniqsa, yetimlarning mol-mulkini tajovuzlardan asrash ham idorachilarga vojibdir. Olimlarga esa avom tabaqaga din asoslarini o‘rgatish vojibdir. Avom tabaqaga diniy asoslarni o‘rgatish ular uchun bir omonatdir. Bu omonatni ko‘z qorachig‘iday asrash olimlar zimmasidagi majburiyatdir. Bolalarini go‘zal axloqli qilib tarbiyalash va ulg‘aytirish otalar zimmasidagi majburiyatdir, chunki avlod ota-onaga berilgan bir omonatdir. Bu omonatni saqlab qolish unga go‘zal tarbiya berish deganidir. Shuning uchun ham Rasululloh (s.a.v.) buyuradilar:
- Hammangiz cho‘ponsiz, hammangiz suruv uchun javobgarsiz!
ZAXARUR-RIYoZ («Bog‘dagi zaxiralar»)da shunday yozilgandir:
-   Qiyomat kuni birovni Alloh huzuriga keltiradilar.
Alloh so‘raydi:
-   Falonchining omonatini qaytarib berdingmi?
-   Yo‘q, yo Rabb!
Bu javobdan so‘ng Alloh bir farishtaga: «Buni jahannamga olib boring va jahannamning bir chuqurida olgan omonatini aynan ko‘rsating», - deb amr etadi. U, jahannamda yuqoridan pastga qarab yetmish yilda tushadi. So‘ng bir chuqurga boradi va olgan omonati bilan yuqoriga chiqadi. Eng ustki tabaqaga kelganda oyog‘i toyib ketadi, yana chuqurga qaytib tushadi. Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ning shafoati (o‘rtada turishi) natijasida Atlohning lutfiga sazovor bo‘ladi, ya’ni omonat egasi omonatga xiyonat qilgandan rozi bo‘lgunga qadar o‘sha yuqoriga chiqish va pastga tushishlar shu tariqa davom etaveradi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  29 Sentyabr 2008, 01:17:05

Payg‘ambarimiz (s.a.v.) ning sahobalaridan bo‘lgan Salamadan bir rivoyat bor. Salama deydiki:
- Bir kun Payg‘ambarimiz (s.a.v.) ning yonida o‘tirgan edik. Namoz o‘qiladigan paytda bir odamni janozaga olib kelishdi. Rasululloh (s.a.v.) so‘radilar:
-   Qarzi bormi? Dedilar:
-   Yo‘q!
Shunda uning janoza namozini o‘qidilar. So‘ngra yana bir odamni janozaga olib kelishdi. Rasululloh (s.a.v.) so‘radilar:
-   Qarzi bormi?
Dedilar:
-Ha!
So‘radilar:
-   Biror narsasi qolganmi?
Dedilar:
-   Uch dirham puli bor!
Shunda janoza namozini o‘qidilar. Keyin uchinchi bir mayyitni janozaga olib kelishdi. Alloh Rasuli (s.a.v.) yana so‘radilar:
-   Qarzi bormi?
Dedilar:
-Ha!
Rasululloh so‘radilar:
-   Biron narsasi qolganmi?
Dedilar:
-   Yo‘q!
Rasuli akram buyurdilar:
- U holda do‘stingizning janozasini sizlar o‘qinglar! Qatoda (Qatoda - hijriy 2 yili Ramazon oyining 19-kunida yuz bergan Badr jangi (624 yil, mart) g‘oziylaridan biri Qatoda bin Nu’mondan Payg‘ambarimiz (s.a.v.) haqida bir qancha rivoyatlar qolgan. Bu yerda shu rivoyatlardan biri keltirilgan.) rivoyat qiladi:
- Ey Allohning Rasuli! Men sabr qilib, qochmasdan, dushman qarshisida, Alloh yo‘lida o‘ldirilsam, Atloh mening gunohlarimni afv etadimi?
Rasululloh aytdilar:
- Ha!
So‘ngra, u odam burilib ketayotganda orqasidan shunday deb qoldilar:
- Alloh shahidning hamma gunohini afv etadi, faqat qarzini afv etmaydi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  29 Sentyabr 2008, 01:17:24

NAMOZNI TAVOZU VA XUSHU BILAN ADO ETISH

Alloh marhamat qiladi:
- Darhaqiqat, mo‘minlar najot topdilar! Ular namozlarida xushu va tavozu bilan bo‘yin eguvchi kishilardir".
Olimlarimizning ba’zilari xushu qalbning qo‘rquvga o‘xshash fe’llaridan deb hisoblaydilar. Ba’zilari esa, a’zoning fe’llaridan, deb qabul qiladilar, ya’ni namozni qimirlamasdan, o‘ngga-so‘lga chayqalmasdan va boshqa behuda harakatlar qilmasdan o‘qish, deb tushunadilar.
Xushuning namoz farzlaridanmi, yo‘qsa fazilatlaridanmi ekanligi borasida ham fikrlar xilma-xildir. Ba’zilar, farzlaridan, deyishadi va Payg‘ambarimiz (s.a.v.) ning «Odamning namozidan faqat ma’qul bo‘lgani xushuli namozdir» mazmunidagi hadisini va «Mengagina ibodat qil va Meni zikr qilish uchun namozni to‘kis ado qil!» (Toha surasi, 14-oyatning so‘ngi.) mazmunidagi oyatni dalil qilib keltiradilar. G’aflat zikrga ziddir. Shuninguchun Alloh buyuradi:
— Parvardigoringizni ichingizda yolvorib, qo‘rqib, dildan ertayu-kech yod qiling va g‘ofil kimsalardan bo‘lmang! (A’rof surasi, 205-oyat.)
Payg‘ambarimiz (s.a.v.) ning namoz haqidagi bir hadisi shu mazmundadir:
— Uyingiz oldida lim-lim to‘lib oqayotgan daryo va bu daryoda kunda besh marta yuvinuvchi uy egasi qanday bo‘lsa, kunda besh mahal namoz o‘quvchi kishi ham shundaydir. Kunda besh marta yuvingan odamning vujudida kir qoladimi?

Qayd etilgan


AbdulAziz  29 Sentyabr 2008, 01:17:34

Bu hadisni shunday izohlash mumkin:
— Suv inson vujudini moddiy kirlardan tozalaydi. Namoz esa inson vujudini ma’naviy kirlardan, ya’ni yomon fe’l-atvorlardan va katta gunohlar sirasiga kirmaydigan gunohlardan tozalaydi. Faqat namoz xushu bilan va bajonudil o‘qilgandagina shunday natijaga erishiladi. Xushu ila va bajonudil o‘qilmagan namozlar qabul bo‘lmaydi, foydasizdir. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) buyuradilar:
—   Kim bugun dunyoviy fikrlardan qugulib, bajonidil ikki rak’at namoz o‘qisa, barcha o‘tgan gunohlari kechiriladi.
—   Namoz farz qilindi, haq va tavof qilish amr etildi va boshqa ibodat asoslari nozil bo‘ldi. va bularning bari Allohni zikr etish uchundir.
Agar namoz o‘qiyotgan odamning qalbida - modomiki niyati va maqsadi Allohni zikr etish ekan — Allohning mahobati va qudrati sezilib turmasa, u holda zikr etishning nima ahamiyati bor?
Payg‘ambarimiz (s.a.v.) bildirdilarki:
— Agar o‘qilgan namoz kishini chirkin harakatlardan va yomon fe’l-atvorlardan qaytara olmasa, namoz uning Allohdan uzoqligini orttirishdan boshqa narsaga yaramaydi.
Bakir ibn Abdulloh (Bakir ibn Abdulloh - taxm. hijriy II asrda yashagan faqihlardan.) bir kun shunday dedi:
— Ey Odamzot, sen agar ruxsatsiz Rabbingning huzuriga kirmoqchi va u bilan tarjiymonsiz gaplashmoqchi bo‘lsang, marhamat, kiraverishing mumkin.

Qayd etilgan


AbdulAziz  29 Sentyabr 2008, 01:17:42

So‘radilar:
—   Buning yo‘li qanday?
Javob berdi:
— Kamchiliksiz tahorat ol, bajonudil namozga tur. Ana shu ondan e’tiboran sen Allohning huzuridasan. Tarjiymonsiz gaplasha olasan.
Hz. Oyshadan (Hz. Oysha - Hz. Muhammad s.a.vning xotini, birinchi xalifa Abu Bakrning qizi. Hijratdan 9 yil oldin tug‘ilgan (mil. 613 y.), o‘limi 57/678 y.) — Alloh undan rozi bo‘lsin — rivoyat qilinadi. Oysha derki:
- Rasululloh (s.a.v.) bilan gaplashib o‘tirardik. U bizga bir narsalarni tushuntirar, biz ham unga allanimalarni aytardik. Lekin namoz vaqti keldimi, vassalom, uning
butun fikri-yodi Allohning qudrati va mahobatida bo‘lardi, bamisoli U bizni tanimas, biz ham uni tanimasdik.
Payg‘ambarimiz (s.a.v.) marhamat qiladilarki:
- Kishining qalbi va jismi hamjihat bo‘lib namozda shay bo‘lmaguncha Alloh u namozga qaramaydi.
Allohning do‘sti Hz. Ibrohim namoz o‘qiyotganda, uning yurak urishlari ikki chaqirim naridan eshitilardi.
Tanuhiy (Tanuhiy - to‘la ismi Abu Ali al-Muhassin al-Tanuhiydir. 329/940 yilda Basrada tug‘ilib, 384/994 yilda Bag‘dodda vafot etgan bir arab muallimidir.) namoz o‘qiyotgan vaqtlarida yonoqlaridan soqoliga oqib tushayotgan ko‘z yoshlari shashqator bo‘lar edi...
Bir daf’a Payg‘ambarimiz (s.a.v.) namoz o‘qiyotgan bir odam soqolini o‘ynayotganini ko‘rdilar va shunday dedilar:
- Agar bu odamning yuragida xushu bo‘lsa edi, a’zosida ham bo‘lar edi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  29 Sentyabr 2008, 01:17:50

Hikoya qiladilarki:
-   Namoz vaqti kelganda Hz. Ali titrar va rang ro‘yi o‘zgara boshlardi. Undan: «Ey mo‘minlarning amiri, senga nima bo‘ldi?» - deb so‘ragan chog‘larida, shunday derdi:
-   Alloh yeru ko‘klarga farzlarini omonatga bermoqchi bo‘lganida ular qo‘rqib olmagan edilar, men qabul qilganman... Endi OMONAT (namoz) payti keldi...
Yana Hz. Husayn (Hz.Husayn - to‘rtinchi xalifa Hz. Alining o‘g‘li. 56 yoshida 61/680 yilda shahid etilgan.) tahorat olayotganda afti-angori sap-sariq bo‘lib ketardi. Oila a’zolari undan buning sababini so‘raganlarida, u shu javobni berardi:
- Kimning oldida tik turish uchun hozirlik ko‘rayotganimni bilasizmi?
Hotam Asomdan namozni qanday o‘qishini so‘raydilar. U shunday javob beradi:
- Namoz vaqti yaqinlashganda bekamu ko‘st tahorat olib, namoz o‘qiydigan yerimga kelaman. A’zolarim tinchlanishi uchun bir oz o‘tiraman. So‘ngra namozni boshlash uchun o‘rnimdan turaman. Ka’bani ikki qoshim orasiga, sirot ko‘prigini oyoqlarim ostiga, jannatni o‘ngimga, jahannamni so‘limga, o‘lim farishtasini orqamga olaman va umrimning eng so‘nggi namozini o‘qiyotirman degan xayol bilan, qo‘rquv va umid orasidagi bir ruhiy holat quchog‘ida namoz o‘qishni boshlayman. Takbirni xushu bilan aytaman. Sura yoki oyatlarni sekin-sekin, ehtiyot bo‘lib o‘qiyman, rukularni tavozu bilan, sajdalarni xushu bilan qilaman. So‘l oyog‘imning qattiq qismini yerga ko‘ndalang yotqizaman, so‘l oyog‘imga o‘tiraman. Hamda bularningbarchasini ixlos bilan ado etaman, faqat namozim qabul bo‘lgan-bo‘lmaganini bilmayman.

Qayd etilgan


AbdulAziz  29 Sentyabr 2008, 01:18:01

Ibn Abbos (Ibn Abbos - Rasululloh (s.a.v.)ning amakivachchasi. Hz. Usmon va Hz. Ali xalifaligi davrida bir muddat Basra valiysi bo‘lgan arboblardan. To‘la ismi Abdulloh ibn Abbosdir. Fiqh sohasida ma’lumoti yuksak va ilg‘or dunyoqarashli kishi, mashhur hadis roviylaridan edi. Vafoti m. 688 yil.) derki:
— Ko‘p cho‘zmasdan va ko‘p kalta ham qilmasdan bajonudil o‘qilgan ikki rak’at namoz yurak xatolarga to‘la holda bir kecha o‘qilgan namozdan xayrliroqdir.
Payg‘ambarigiiz (s.a.v.) ning bir hadisi shunday mazmundadir:
— Oxir zamonda ummatimning shunday bir qism kishilari bo‘ladiki, ular jome’ va masjidlarga kelib, davra qurib o‘tiradilar. Butun zikrlari va o‘ylaganlari dunyo bo‘ladi.
Va dunyo sevgisi bo‘ladi. Aslo ular bilan o‘tirmang. Allohning ular bilan ishi yo‘q.
Bir kun Payg‘ambarimiz (s.a.v.) shunday dedilar:
—   Sizlarga o‘g‘rilarning eng kattasi kimligini aytaymi?
Sahoba so‘radi:
—   Kim u, ey, Allohning Rasuli?
Rasul (s.a.v.) aytdilar:
—   Namozidan o‘g‘rilik qilgan.
Sahoba so‘radi:
—   Namozdan qanday o‘g‘rilik qilish mumkin?
Rasul (s.a.v.) javob berdilar:
—   Bunday o‘g‘rilar ruku va sajdalarni to‘la qilmaydilar. Yana, namoz to‘g‘risida aytilgan bir hadis shu mazmundadir:
—   Qiyomat kuni odamlar eng oldin namozdan hisob beradilar. Agar inson haqiqatan namozini o‘z vaqtida va to‘la-to‘kis ado etgan bo‘lsa, bundan keyingi hisoboti osonlashadi. Yo‘q, agar o‘qigan namozlari nuqsonli va qusurli bo‘lsa, Alloh malaklarga shunday buyuradi:
—   Bandamning bundan boshqa nofila (qo‘shimcha) ibodatlari bormi? Bor bo‘lsa, ular bilan nuqsonlar o‘rnini qoplang!

Qayd etilgan


AbdulAziz  29 Sentyabr 2008, 01:18:09

Namoz borasida aytilgan boshqa bir hadis esa shundaydir:
— Kishiga to‘la-to‘kis ikki rak’at namoz o‘qigan chog‘ida berilgan savobdan xayrliroq hech nima berilmaydi.
Hz. Umar namoz o‘qishni niyat qilgan chog‘ida hurpayar, tishlari takillardi. Undan buning sababi so‘ralganda:
— Omonatni ado etish va farzni o‘rniga qo‘yish payti keldi, ammo men buni qanday ado etajagimni bilmayman,- derdi u.
Bir kun Xolaf ibn Ayyub (Xolaf ibn Ayyub - Hz. Muhammad s.a.v.ning atoqli sahobalaridan.) namoz o‘qiyotganda, uni ari chaqib oldi, vujudidan qon chiqsa-da, u buni hech his etmadi. Ibn Said buni ko‘rib turgandi. Namozdan keyin unga: «Seni ari chaqib, teringdan qon oqdi-yu, xabaring bo‘lma-di!» deganda Ibn Ayyub shunday dedi:
— O’zing o‘yla: bir odam Allohning huzurida, o‘lim farishtasi boshi ustida, jahannam so‘lida va sirot ko‘prigi oyoqlari ostida bo‘lsa, bu odam arzimagan ari chaqishi kabi narsalarni his qilishi mumkinmi?
Amr ibn Zar (Amr ibn Zar - Muhammad s.a.v.ning e’tiqodi mahkam mashhur sahobalaridan)ning qo‘liga bir yara chiqqandi. Tabiblar qo‘li kesilishi kerakligini aytishdi. U ham: «Kesing!» -dedi. Tabiblar: «Seni chiviq bilan bog‘lab qo‘yib, so‘ng kesishimiz mumkin!» - deyishganda, Amr ibn Zar:
— Bunga hojati yo‘q, men namoz o‘qiyotganimda bemalol kesaverishingiz mumkin, - dedi.
Amr ibn Zar namozga turganda qo‘lini kesdilar, u buni his etmadi ham.

Qayd etilgan