Imom G'azzoliy. Mukoshafatul qulub  ( 342674 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 ... 49 B


Munavvara  09 Noyabr 2008, 12:56:51

«Avsot»da Jobirdan rivoyat qiladi:
— Biz to‘planishib o‘tirgandik. Ustimizga Rasululloh kelib qoldilar va dedilarki:
— Ey musulmonlar jamoasi, Allohdan qo‘rqing! Yomon fe’l-atvorlaringizni yaxshi fe’l-atvorlarga aylantiring, qon-qarindoshlik aloqalarini davom ettiring, silai rahim qiling. Chunki, olamda eng tez savob olib keladigan narsa silai rahimdir. Zulmdan saqlaning. Chunki olamda eng tez azob olib keladigan narsa zulmdir. Ota-ona haqiga tajovuz qilishdan saqlaning, zero, Jannatning hidi ming yillik masofadan seziladi, lekin Alloh nomiga ont ichib aytamanki, ota-onasini ranjitgan, qon-qarindoshlik aloqalarini uzgan, ulg‘ayib qolgani holda zinogarlik qilgan va qo‘shnisiga takabburlik qilgan odamlar jannatning hidini tuymagaylar. Mahobat va buyuklik faqat Allohga yarashadi.
 Isbihoniy (Ibn Hobbon - to‘la ismi Muhammad ibn Hobbon (Hibbon ham deyiladi) ibn Ahmad at-Tamamiy al-Bustiydir. Vafoti hijriy 354-yil. Davrining fiqh va hadis olimlaridan.) qayd etadi:
— Rasululloh (s.a.v.)ning yonida o‘tirardik. Shunday buyurdilar:
— Bugun bu yerda qarindoshlaridan aloqasini uzganlar o‘tirmasin!
Oramizda o‘tirgan bir yosh o‘rnidan turdi, xolasi bilan oralaridan ola mushuk o‘tgan ekan, o‘shanikiga ketmoqchi bo‘ldi. U chiqib ketishdan oldin xolasi bilan oralari buzuqligi uchun afv so‘radi. Rasululloh esa uning uchun Allohdan afv tiladilar. Shundan so‘ng u xolasinikiga borib kelib, oramizga qaytdi.
Rasululloh (s.a.v.) marhamat qildilar:
 — Ichida qarindoshlik aloqalarini uzganlar bor bo‘lsa, bunday millatga Allohning rahmati yog‘maydi.
Abu Hurayra Payg‘ambarimiz (s.a.v.)dan hikoya qilayotgan edi. Bir payt dediki:
 — Qon-qarindoshlik aloqalarini buzganlar yonimizda o‘tirmasin!
 Shu payt yig‘inda o‘tirgan bir yosh yigit o‘rnidan turdi, silai rahim qilmaydigan bir ammasi bor edi. O’shanikiga ketdi. Yarashdi. Ammasi undan uzr so‘rab kelganining sababini so‘rabdi, yigit Abu Hurayraning so‘zlarini aytibdi. Shunda ammasi: «bor, bu gapni oxirigacha bilib ol!» - debdi. Yigit davraga qaytib kelib, gapning oxirini so‘radi. Abu Hurayra shu javobni berdi:
 — Men Rasululloh (s.a.v.)dan eshitganman, ul tabarruk zot shunday degan edilar:
 — Millat ichida qarindoshlik aloqalarini uzganlar bor bo‘lsa, unga Allohning rahmati yog‘maydi!

Qayd etilgan


Munavvara  10 Noyabr 2008, 18:52:07

Tobaroniy hadisni bunday qayd etadi:
 — Millat ichida qarindoshlik aloqalarini uzganlar bor bo‘lsa, bu millatga farishtalar tushmaydi.
Yana Tobaroniy qayd etadi:
 — Ibn Mas’ud bomdod namozidan keyin bir jamoat ichida o‘tirardi.
Dediki:
 — Xudo haqqi, qon-qarindoshlik aloqalarini uzganlar bor bo‘lsa, oramizdan turib ketsin! Biz Rabbimizga duo o‘qimoqchimiz. Qon-qarindoshlik aloqalarini uzganlar bor bo‘lgan joyda osmon eshiklari yopiq bo‘ladi, duolar qabul bo‘lmaydi.
Buxoriy va Muslim qayd etadilar:
 Silai rahim, ARShga osig‘liqdir.
Derki:
— Kim mening haqimni o‘rniga qo‘ysa, Alloh unga yaqinlashadi, kim mendan uzoqlashsa, Alloh undan uzoqlashadi.
 Abdurahmon ibn Afv Payg‘ambarimiz (s.a.v.)dan rivoyat qiladi:
— Rasululloh (s.a.v.)dan eshitgandim, shunday deyardilar:
— Alloh buyuradiki: «Men Allohman, men Rahmonman, rahmni yaratdim va shuning uchun bir ismimni ikkiga bo‘ldim. Kim silai rahim qilsa, men unga yaqinlashaman va kimki uni uzsa, undan uzoq bo‘laman!»
— Foizning eng yomoni haqsizlik bilan bir musulmonning iffati va nomusiga qo‘l cho‘zmoqdir. Silai rahim Alloh tomonidan berilgan bir rahmatdirki, bir-biriga kirgizilib bir uy qurgan sinchlarga o‘xshaydi. Kim uni buzsa, Alloh ul kimsaga jannatni harom qiladi.
— Rahim (silai rahim), Allohning Rahmon ismidan bo‘linma va chatishib ketgan ildizlar ustiga qurilgan qurilmadir.
 Uch narsa ARShda osig‘liqdir:
1. Rahim (silai rahim). Derki: «Allohim, men sen bilan birgaman, ayrilmayman!»
2. Omonat. Derki: «Allohim, men sen bilan birgaman. Xiyonat qilmayman!»
3. Ne’mat. Derki: «Allohim, men sen bilan birgaman. Nonko‘rlik qilmayman!»
Buxoriy — Muslim qayd etadilar:
 - Kim Allohga va oxirat kuniga ishonsa, mehmonini izzat-ikrom qilsin. Kim Allohga va oxirat kuniga ishonsa, qarindoshlik aloqalarini uzmasin. Kim Allohga va oxirat kuniga ishonsa, yaxshi so‘ylasin, yo‘qsa sukut saqlasin!
Yana Buxoriy — Muslim qayd etadilar:
 - Kim, rizqi mo‘l bo‘lishini, ajali orqaga surilishini istasa, qarindoshlik aloqalarini uzmasin!
 Abu Yo’lo (Abu Yo’lo — to‘la ismi Abu Yo’lo al-Halim ibn Abdulloh al Xaliliy. «Al-Irshod» kitobining muallifi, o‘limi h. 446 yil.) qayd etadi:
 - Sadaqa, silai rahim... Alloh bu ikkisi bilan umrga
baraka ato qiladi, Su-i xotima (o‘lim chog‘i iymonsiz ketmoq)ni, makruh va xavfli narsalarni daf etadi.

Qayd etilgan


Munavvara  17 Noyabr 2008, 14:43:50

Yana Abu Yo’lo, Xos’omli (Xos’omli — Yamanda bir qabilaning ismi.) bir kishiga nisbat berib qayd etadi. Xos’omli:
 - Payg‘ambar (s.a.v.)ni yo‘qlab borgandim. Bir to‘da sahobalari bilan birga o‘tirgan ekan.
- Allohning Rasuli sizmisiz? — dedim.
- Xa, menman, - dedilar.
Dedim:
 - Ey Allohning Rasuli, Allohning yonida qaysi amal sevimliroq bo‘ladi?
Dedi:
— Allohga iymon keltirish!
Dedim:
— So‘ngra?
Dedi:
— Silai rahim!
Dedim:
 - Ey Allohning Rasuli, Allohning yonida eng yomon
amal nimadir?
Dedi:
— Allohga esh-sherik tanimoq?
 Dedim:
— So‘ngra?
Dedi:
— Silai rahimni uzmoq!
Dedim:
So‘ngra?
Dedi:
- Yomonlikka undamoq, yaxshilikdan qaytarmoq!
Buxoriy - Muslim qayd etadilar:
 —Alloh Rasuli(s.a.v.) bir safarda edi. Bir vaqt qarshisidan bir a’robiy (sahroyi arab) chiqib qoldi. U Payg‘ambar tuyasining tizginidan tutib:
 —Ey Allohning Rasuli (s.a.v.), menga meni jannatga yaqinlashtirib, do‘zaxdan uzoqlashtiradigan narsa to‘g‘risida xabar ber, - dedi.
 Payg‘ambar bir zum sukut saqladilar, keyin sahobalardan biriga bir qarab qo‘ydilar. Ana undan keyin shunday dedilar:
- Bu, hidoyatga yetib kepti!
Payg‘ambar (s.a.v.)ning bu so‘zini eshitgan a’robiy:
- Nima deding? — deya unga intildi.
Payg‘ambar (s.a.v.) yana takrorladilar:
- Bu hidoyatga yetib kepti!
So‘ngra Alloh Rasuli (s.a.v.) shularni ilova qildilar:
 — Allohga ibodat qilasan, unga hech qanday esh-o‘rtoq qo‘shmaysan. Namoz o‘qiysan, zakot berasan, silai rahim qilasan. Bas, qo‘yib yubor tuyani!
Undan uzoqlashgach, Alloh Rasuli (s.a.v.) shunday dedilar:
— Agar buyurganlarimga amal qilsa, jannatga kiradi.

Qayd etilgan


Munavvara  17 Noyabr 2008, 14:47:11

Tobaroniy qayd etadi:
 — Alloh bir millatning o‘lkasini ma’mur qiladi, mollarini, mulklarini ko‘paytiradi. Holbuki, ularga g‘azabi bo‘lgani sababli yaratganidan beri ularga nazar qilgan emasdi.
Sahoba so‘raydi:
— Bu qanaqasi bo‘ldi,ey Allohning Rasuli? Rasul (s.a.v.) marhamat qiladi:
— Qon-qarindoshlik rishtalarini uzmaganlari uchun!
Ibn Hobbon va Bayhaqiy qayd etadilar:
 — Ey Allohning Rasuli, insonlarning eng xayrlisi qaysilari?
Aytdilarki:
 — Allohdan eng ko‘p qo‘rqqani, silai rahim qilgani, yaxshilikka undab, yomonlikdan qaytargani!
Ibn Hobbon va Tobaroniy qayd etadilar: Abu Zar hikoya qiladi:
— Do‘stim Payg‘ambar menga ba’zi go‘zal xulqlarni o‘rgatdilarO’git berib aytdilarki:
— O’zingdan yuksak bo‘lganlarga qarama, doimo o‘zingdan pastdagilarga qara.
O’git berib aytdilarki:
- Kambag‘allarni sev, ularning eng kambag‘allarini!..
O’git berib aytdilarki:
 - Qarindoshlaring seni kam eslasalar ham, sen ular bilan qarindoshlik rishtalarini uzma.
O’git berib aytdilarki:
 - Diningga mahkam bo‘lganing uchun sen bilan mazax ohangida so‘zlashuvchilardan qo‘rqma.
O’git berib aytdilarki:
- Achchiq bo‘lsa ham to‘g‘ri gapir, to‘g‘risini ayt.
O’git berib aytdilarki:
 «Lo hovla va lo Quvvata Illo Billoh!»ni juda ko‘p ayt. Chunki, bu jannat xazinalaridan bir xazinadir.
 Buxoriy — Muslimning va boshqa muhaddislarning kitoblarida qayd etiladi:
 Payg‘ambarimizning zavjai pokizalaridan Maymuna o‘z qullaridan birini Payg‘ambar (s.a.v.)ga aytib o‘tirmay, ozod qilib yuboradi. Payg‘ambar (s.a.v.) kelganda deydiki:
 - Xabaringiz bo‘ldimi, ey Allohning Rasuli! Men qulimni ozod etdim!
Rasululloh (s.a.v.):
- Sen o‘zingmi?
Maymuna:
-Ha!
Payg‘ambar (s.a.v.):
 - Xayrli ish qilibsan, ammo tog‘alaringga bersayding, sen uchun savob yanada ko‘proq bo‘lar edi.

Qayd etilgan


Munavvara  17 Noyabr 2008, 14:50:37

Ibn Hobbon va Hokim (Hokim — to‘la ismi Muhammad ibn Abdulloh ibn Bayyi’ Hokimdir (hijriy 321-405). Somoniya davlatining Nishopur viloyatida qozilikda
bo‘lgan buyuk hadischilardan, shofe’iy faqihlaridan, o‘z asrining eng ulug‘
din olimi deb tanilgan bir zotdir. Bir qancha asarlari bor.) qayd etadilar:
- Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ga bir odam kelib dediki:
 - Men katta bir gunoh qilib qo‘ydim. Tavba etsam qabul bo‘ladimi va Alloh kechiradimi?
Rasululloh (s.a.v.):
— Onang bormi? Kelgan odam:
— Yo‘q! Rasululloh (s.a.v.):
— Xolang bormi? Kelgan odam:
— Bor! Rasululloh (s.a.v.):
— Unga yaxshilik qil!
 Buxoriy va boshqa muhaddislarning kitoblarida qayd etiladi:
 - Silai rahim qilgan, deganda o‘z sila (yaqin) kishisining mehr-oqibatini qabul qilgan kishini tushunmaymiz. Silai rahim qilgan, deb qarshi taraf qarindoshlik aloqalarini uzganda bunga javoban eski aloqalarni davom ettirgan kishini aytamiz.
 Termiziy (Termiziy — «Kutubi sitta»ning beshinchisi «Sunani Termiziy»dir.
Muallifi Hofiz Abu Iso at-Termiziy bo‘lib, hijriy 275 yilgacha yashagan.) qayd etadi:
 Doimo boshqalarga ergashadigan zaif fikrli kishilar bo‘lmangki, ular shunday deydilar:
 — Insonlar bizga yaxshilik qilsa, biz ham ularga yaxshilik qilamiz. Bizga zulm o‘tkazsalar, biz ham ularga zulm o‘tkazamiz. Siz insonlar yaxshilik qilsa yaxshilik qiladigan nafsingizni, yomonlik qilsa yomonlik qilmaydigan nafsingizga alishtiring!
Muslim qayd etadi:
Sahobalardan biri derki:
 -Ey Allohning Rasuli (s.a.v.), mening qarindosh-urug‘larim, yaqinlarim bor. Men qarindoshlik va yaqinlik aloqalarini davom ettiraman, ular uzaveradilar. Men ularga yaxshilik qilaman. Ular menga yomonlik qiladilar. Men ularga yaxshi va yumshoq muomala qilaman, ular menga johilona va qo‘pol muomala qiladilar.

Qayd etilgan


Munavvara  17 Noyabr 2008, 14:57:51

Rasululloh (s.a.v.) bularni tinglagandan keyin dedilarki:
 — Agar sen aytganingday bo‘lsang, bamisoli ularning ustiga qo‘r sepganday ish qilibsan! Sen shu holda davom etaver, Alloh ularga qarshi senga yordam berishi muqarrardir.
Tobaroniy, Ibn Huzayma (Ibn Huzayma — to‘la ismi Hofiz Muhammad ibn Ishoq bin Huzayma an-Nisoburiydir. Sahih hadis to‘plagan muhaddislardan biri. O’limi h. 311 y.) va Hokim qayd etadilar:
 — Sadaqaning eng xayrlisi ko‘ngliga dushmanlikni tukkan qarindoshga berilgan sadaqadir.
 Bu hadis Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ning quyidagi hadisi ma’nosidadir:
 — Sen bilan qarindosh-urug‘lik aloqalarini uzganlar bilan sen aloqani davom ettir (Senga dushmanlik qilsalar ham, sen ularga do‘stlik qil).
 Bazzor (Bazzor - to‘la ismi Abu Bakr Ahmad ibn Amr al-Bazzor. Ilk musnad yozgan tafsirchilardan. O’limi hijriy 292 yil.), Tobaroniy va Hokim qayd etadilar:
 — Kimdaki uch narsa bor bo‘lsa, Alloh (qiyomatda) uning savol-javobini osonlashtiradi va unga rahmat yog‘dirib, jannatiga qo‘yadi.
Sahoba so‘radi:
— Uch narsa nima, ey Allohning Rasuli?
Rasul (s.a.v.) buyurdiki:
1. Seni mahrum qilganga sening iltifoting (Senga bermaganga sening berishing).
2. Sen bilan yaqinlikni uzganlarga sening silai rahim qilishing.
3. Senga zulm qilganlarni kechirishingdir. Mana shunday ish qilsang, Alloh seni jannatga qo‘yadi.

Qayd etilgan


Munavvara  17 Noyabr 2008, 15:02:21

ONAGA VA OTAGA YAXSHILIK

Buxoriy — Muslim qayd etadilar va ibn Mas’uddan rivoyat qiladilar: Ibn Mas’ud:
 — Ey Allohning Rasuli, Allohning nazdida qaysi amal sevimliroq?
Rasululloh (s.a.v.):
— Vaqtida o‘qilgan namoz! Ibn Mas’ud:
— Yana qaysi amal? Rasululloh (s.a.v.):
— Onaga va otaga yaxshilik! Ibn Mas’ud:
— Keyin qaysinisi? Rasululloh (s.a.v.):
— Alloh yo‘lida jihod!
 Muslim hadislarida va boshqa hadis kitoblarida qayd etiladi:
 — Farzand otaning haqqini hech qanaqasiga o‘tay olmaydi, faqat otasi kimgadir qul bo‘lib qolganini ko‘rsa va sotib olib ozod qilsa, u holda o‘tagan bo‘ladi.
Muslim qayd etadi:
 Payg‘ambarimiz (s.a.v.) huzuriga bir odam keldi va dediki:
 — Ey Allohning Rasuli, hijrat va jihod uchun sizdan ruxsat olgani keldim. Alloh yo‘lida savob ishlar qilmoqchiman. Bu gaplarni eshitgan Allohning Rasuli (s.a.v.) so‘radilar:
—Onang, otang hayotmilar?
— Ha, ikkisi ham hayot. Rasululloh (s.a.v.):
— Allohdan ajr olmoqchimisan? -Ha!
Rasululloh (s.a.v.):
—Bor ota-onangning oldiga, ularning ko‘nglini ol!
Tobaroniy qayd etadi:
Payg‘ambar (s.a.v.) huzuriga bir odam keldi, dediki:
 — Men Alloh yo‘lida jihod qilmoqchiman, faqat bunga kuchim yetmayapti!
Rasul (s.a.v.) so‘radilar:
— Ota-onangdan hayot bo‘lganlari bormi?
— Ha, onam sog‘lar! Rasul (s.a.v.):
 — Bor, Allohdan onangning ko‘nglini ko‘tarishni talab qil. Shunday qilsang, sen haj. umra va jihod qilganchalik ajr olasan!

Qayd etilgan


Munavvara  17 Noyabr 2008, 15:08:13

Yana Tobaroniy qayd etadi: Bir kishi dediki:
 — Ey Allohning Rasuli (s.a.v.). Alloh yo‘lida jihod qilgim keladi!
Rasul (s.a.v.) so‘radilar: Onang hayotmi? -Ha!
 Bor, uning oyoqlariga yiqil. Jannat o‘sha yerdadir!
Ibn Moja (Muhammad ibn Yusuf Firyobiy — ilk musnad (asoslari ko‘rsatilgan
hadis kitobi) yozgan mualliflardan bir (o‘limi hijriy 212 yil).) qayd etadi:
Bir kishi so‘radi:
 — Ey Allohning Rasuli, ota-ona farzand tufayli nimalarga erishadi?
Buyurdilarki:
— Ular sening jannating va jahannamingdir!
Tobaroniy qayd etadi:
 - Ota-onalaringizga yaxshilik qilingki, farzandlaringiz ham sizlarga yaxshilik qiladi. Iffatingizni asrangki, xotinlaringiz ham iffatli bo‘ladi!
Muslim qayd etadi: Rasululloh (s.a.v.) dedilarki:
 — Burni yerga tegsin, burni yerga tegsin, burni yerga tegsin!
So‘radilar:
— Kimning burni yerga tegsin, ey Allohning Rasuli?
Javob berdilarki:
 — Ota-onasining yoki faqat bittasining qariligini ko‘rgan bo‘la turib, jannatga kirolmaganning burni!
Tobaroniy qayd etadi:
 Alloh Rasuli (s.a.v.) minbarga chiqdi, «Omin, omin, omin!» - dedi va marhamat qildiki:
 — Yana Jabroil qoshimga keldi va menga dediki: «Ey Muhammad, kimgaki ota-onasidan birining qariligini ko‘rish nasib etsayu, unga yaxshilik qilmay o‘lib qolsa, u jahannamga kiradi. Xudo ko‘rsatmasin! Omin de!»
«Omin!» dedim.
 Keyin Jabroil shunday dedi: «Ey Muhammad, kim Ramazon oyiga yetishsayu, o‘lsa, lekin afv etilmasa, jahannamga kiradi. Xudo ko‘rsatmasin! Omin de!»
«Omin!» dedim.
 Keyin dedi: «Kimki, yonida sening isming zikr etilib turganda, senga salovot va salom keltirmay o‘lsa, jahannamga ketadi. Xudo ko‘rsatmasin! Omin de!»
«Omin!» dedim.

Qayd etilgan


Munavvara  17 Noyabr 2008, 15:20:20

Buxoriy — Muslim qayd etadilar:
Bir kishi Payg‘ambar (s.a.v.)dan so‘radi:
 — Ey Allohning Rasuli, yaxshilik qilishimga eng loyiq odam kim?
Rasululloh (s.a.v.):
— Onang!
— Keyin kim?
— Onang!
— Keyin kim?
— Otang?
Buxoriy - Muslim qayd etadilar:
Hz. Abu Bakrning qizi Asmo hikoya qiladi:
— Onam meni ko‘rgani kelardi. Lekin u Rasululloh (s.a.v.) ning vaqtida (Rasululloh (s.a.v.) tirikligida) butparast edi. Payg‘ambar (sa.v.)dan fatvo olmoqchi bo‘ldim. Dedimki:
— Ey Allohning Rasuli, onam meni ko‘rgani keldi, lekin islomga kirishdan qochib yuripti. Onam bilan yaxshi muomalamni davom ettiraveraymi?
Buyurdilarki:
— Ha, onang bilan yaqinlik rishtasini uzma!
Ibn Hobbon va Hokim qayd etadilar:
 —Allohning roziligi ota-onaning roziligidadir. Allohning siniqligi (xafaligi) ota-onaning siniqligidadir.
Abu Dovud (Abu Dovud - to‘la ismi Abu Dovud Sulaymon as-Sijistoiiy bo‘lib, hijriy 275 yilgacha yashagandir. Abu Dovudning «Sunan» asari «Kutubi sitta»ning to‘rtinchisidir va 4800 hadisni o‘z ichiga olgandir. «Jomi-us-sunan» nomli kitobila 500.000 hadis bor. Islom huquqchilari orasida ko‘p muhim o‘rni ta’kidlanadi.) va Ibn Moja qayd etadilar:

Qayd etilgan


Munavvara  17 Noyabr 2008, 15:25:30

Bir kishi so‘radi:
 — Ey Allohning Rasuli, ota-onam o‘lgandan keyin ularga yaxshilik qilishning biror yo‘li bormi?
Rasululloh (s.a.v.) buyurdilar:
 — Ha, ularga bag‘ishlab duo o‘qimoq va istig‘for qilmoq, va’da qilib bajara olmagan narsalari bor bo‘lsa, uni o‘rniga qo‘ymoq, qarindoshlari va yaqinlariga silai rahim qilmoq (ya’ni o‘shalarni borib ko‘rmoq) va ularning do‘stlarini izzat-ikrom qilmoq! Muslim qayd etadi:
 — Bir kun Hz. Umarning o‘g‘li Abdulloh Makka yo‘lida bir a’robiy bilan uchrashib qoladi. Abdulloh unga salom beradi va uni o‘zi minib ketayotgan uloviga mindiradi, undan tashqari, boshidagi sallasini ham unga beradi. Karvonda birga ketayotgan Molik ibn Dinor deydiki: (hikoyaning davomi Dinor tilidan ketadi): Biz Abdullohga dedikki:
 — Xudo xayringni bergur, ular a’robiy, ozgina narsa bersang rozi bo‘lishadi.
Hz. Umarning o‘g‘li esa bizga shunday dedi:
— Buning otasi, mening otam Umar ibn Hattobning do‘sti va men Rasululloh (s.a.v.)dan eshitganman, shunday der edi:
— Yaxshilikning eng yaxshisi, farzandning o‘z otasi do‘stlariga silai rahim qilishidir.
 Ibn Hobbon qayd etadi: Abu Burda (Abu Burda — to‘la ismi Abu Burda Burrayyid ibn Abdilloh ibn Abu Burda, sahobalardan biri. Bir necha sahih hadislar to‘plagan.) hikoya qiladi:
 — Madinaga ketayotgan edim. Yo‘lga chiqishim oldidan Abdulloh ibn Umar kelib qoldi. «Men nega sening oldingga kelganimni bilasanmi?» - dedi. «Men: «Yo‘q» - dedim.
Dediki:
 — Men Rasululloh (s.a.v.)dan eshitganman, ul zoti kirom shunday deyardilar:
 «Kim otasiga silai rahim qilmoqchi bo‘lsa, otasi o‘lgandan keyin uning do‘stlarini va yor- birodarlarini ziyorat qilsin!»
 Gap shundaki, mening otam Hz. Umar bilan sening otang orasida birodarlik va do‘stlik bor edi. Shuning uchun ziyoratga keldim.

Qayd etilgan