Imom G'azzoliy. Mukoshafatul qulub  ( 216052 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 ... 49 B


Munavvara  30 Noyabr 2008, 18:36:42

Buxoriy — Muslimda va boshqa hadis kitoblarida qayd etiladi:
— Bizdan oldingi qavmlardan uch kishi tijorat maqsadi bilan yo‘lga chiqadilar. Bir vaqt yo‘lda yomg‘irga tutiladilar va bir g‘orga kirib panalanadilar. Lekin tog‘dan tushgan katta bir xarsang tosh g‘orning og‘zini to‘sib qo‘yadi. Shu ahvolda ular o‘zlariga shunday dalda bera boshlaydilar.
— Bu toshdan bizni faqat bir narsa qutqaradi! Oldin qilgan yaxshi amallarimiz hurmati bizni qutqarishini so‘rab, Allohga duo o‘qiylik!
Bu orada ichlaridan bir kishi shunday duo o‘qiydi: — Ey Allohim, mening qari onam va qari otam bor edi. Men ularga har oqshom sut ichirmagunimcha hech kimga qaramasdim. Bir kun ba’zi bir ehtiyojlarimni butlash uchun tashqariga chiqdim va oqibat ota-onamning sut ichadigan paytlariga yetib borolmay qoldim. Ular uxlab qolishgandi. Sutni sog‘dim. Ulardan oldin boshqalar ichishini hurmatsizlik deb bildim. Sut bordog‘ini qo‘lga olib, ularning uyg‘onishini kutdim. Bu kutish shafaq qizargunga qadar davom etdi. Tong otganda ular uyg‘ondilar va sutlarini ichdilar. Allohim, agar buni yolg‘iz sening rizong uchun qilgan bo‘lsam, bu falokatdan bizni qutqar!
Bu duo paytida tosh bir oz jildi. Lekin hali chiqqulik emas edi.
Ikkinchi shaxs, ammasining qizi bilan zino qilmoqchi bo‘lib, Alloh rizosi uchun unga tegmaganini aytib, Rabbiga duo qildi va toshning ochilishini so‘radi. Tosh yana bir oz jildi, lekin hamon chiqqulik emas edi.
Uchinchi shaxs shunday duo aytdi:
 - Allohim, mening kunbay ishlaydigan bir ishchim bor edi. Haqining bir qismini mendan ololmay ketgan edi. U ketib qolgandan keyin men uning puliga bir qo‘y olgandim.
Bu qo‘y ko‘payib bir suruv bo‘ldi. Yillar o‘tib, qarolim haqini olgani kelganida uning puliga olingan qo‘y suruv holiga kelgandi. Men u qo‘ylarning hammasini o‘ziga taqdim etdim. Agar buni sening rizong uchun qilgan bo‘lsam, bizni bu toshdan qutqar!
 Shundan so‘ng tosh tamoman surildi va ular g‘ordan qutuldilar.

Qayd etilgan


Munavvara  30 Noyabr 2008, 18:44:51

ZAKOT VA XASISLIK

Alloh buyuradi:
- Alloh fazlu karami bilan ato qilgan narsalarning zakotini berishga baxillik (xasislik) qilgan kimsalar hargiz bu qilmishlarini o‘zlarini uchun yaxshilik deb hisoblamasinlar! Yo‘q, bu qilmishlari o‘zlari uchun yomonliqdir.
Baxillik qilib bermagan narsalari qiyomat kunida bo‘yinlariga o‘ralajak! (Barcha jonli-jonsiz narsalar ketar va) osmonlaru yer meros bo‘lib, Allohning o‘ziga qolur. Alloh qilayotgan amallaringizdan xabardordir.
(Ol-i Imron surasi, 180-oyat.)
Bas, sizlar uning o‘ziga (Allohga) to‘g‘ri bo‘lingiz (unga sherik qo‘shmang) va undan mag‘firat so‘rangiz! Sherik qo‘shganlarning holiga voy! Ular zakot bermaydilar, oxiratni inkor etuvchilar ham yolg‘iz shulardir! (fussilat surasi, 6-7-oyatlar.)
Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ning bu mavzuda aytgan hadislari:
— Qiyomat kuni molining zakotini bermagan biron kimsa chetda qolmaydi; zakoti berilmagan mol kuchli va qudratli bir ilon holiga keltiriladi va zakot bermagan kishining bo‘yniga o‘raladi!
— Ey ummatim. Dunyoda besh xususiyat borki, shularga mubtalo bo‘lishingizdan va shu xususiyatlarga ega bo‘lishingizdan qo‘rqib, Allohga sig‘inaman.
1. Yomon xotinlarning yuzaga chiqishi, fahsh va axloqsizlikning butun jamiyatni qamrab olishi. Jamiyatda bunday xususiyat paydo bo‘lsa, bu jamiyatning allomalari, salaflari hech ko‘rmagan og‘riqlarga, yurak sanchiqlari va turli jabru jafolarga duchor bo‘ladilar.
2. O’lchovda-tortishda hiylagarlik, bila turib nuqson qilishlar. Bu holda ocharchilik va yetishmovchilik yuz beradi. Davlat kattalari xalqqa zulm qiladilar.
3. Mollarining zakotini bermasliklari. Bu hol yuz bersa, ko‘kdan yomg‘ir yog‘maydi. Shunday bo‘ladiki, yer yuzida hayvonotdan chiqqanini aytmasa, bir tomchi ham nam ko‘rmaydilar.
4. Allohning va Rasulining ko‘rsatgan go‘zal axloq tarzlariga rioya qilmasliklari. Bu hol yuz bersa, Alloh ularning ustiga tashqaridan dushman yog‘diradi. Qo‘l ostidagi narsalarining ba’zilarini boy beradilar.
5. Davlat kattalarining Haq kitobi asosida ish yuritmasliklari. Bu holda Alloh ularga ichki notinchlik beradi. Odamlar bir-birlari bilan kelisholmaydilar, bir-birlariga yomonlik qiladilar. Jamiyatda har taraflama notinchlik ortib boradi.
 —Alloh faqat o‘layotganda saxiylashgan, lekin umr bo‘yi xasislik qilgan kishidan g‘azablanadi.

Qayd etilgan


Munavvara  30 Noyabr 2008, 18:50:40

—Mo‘min odamda ikki xususiyat bo‘lmasligi kerak:
1. Xasislik.
2. Yomon fe’l.
— Allohning ont ichib bildirishicha, xasis jannatga kirmaydi.
— Xasisliqdan saqlaning! Chunki xasislik insonlarni zakot bermaslikka undaydi. Silai rahim qilmaslikka undaydi. Jinoyatga, bir-birlarining qonini to‘kishga undaydi. Oqibatda insonlar zakot bermaydilar. Silai rahim qilmaydilar, qon to‘kadilar. Alloh badfe’llikni yaratdi va badfe’l odamlarni xasislik va mol atrofida tavof ettirdi.
Hasan Basriydan xasislik haqida so‘radilar va u shu javobni berdi:
 Xasislik — kishining yordam sifatida berishi kerak bo‘lgan o‘z narsalarini e’tiborsiz qoldirishi, mol-mulkini qattiq ushlab, biron kimsaga hech narsa bermaslikni sharaf deb bilishidir. Mol-dunyoga berilish, hoyu-havas, kambag‘al bo‘lib qolishdan qo‘rqish va bola-chaqaga ortiqcha mehr qo‘yish (bolamning hamma narsasi bo‘lsin, kambag‘allikni ko‘rmasin degan tushuncha) xasislikka boshlovchi narsalardir. Shuning uchun hadisda bildiriladi:
— Bolani qattiq sevish xasislikka yetaklaydi. Insonlarning ba’zilari esa na molining zakotini beradi, na o‘zi yeydi, na bola-chaqasiga yediradi. Uning butun zavqi pullarini tomosha qilish va bu pullarni o‘z qo‘lida tutishdan iboratdir. Holbuki, u o‘lishini ham biladi!.. Shuning uchun shoirlar bu mavzuda shunday deydilar:
Ey qarindosh, bilib qo‘yki, insonlar bor hayvonday, Nazar solsang: ko‘zi ochiq, esli-hushli insonday...

Qayd etilgan


Munavvara  30 Noyabr 2008, 19:02:09

Mol-dunyosi zarar ko‘rsa o‘ylab yotar beado, Ammo dini yo‘q qilinsa yuraverar beparvo.
Xasislik bir xastalikdir, insonga hech yarashmas, Iymoni but aqllilar xasislarga qarashmas.
Xasis odam boyman, deya chuchvarani sanar xom. Qasam ichib aytamanki, aldanadi u mudom.
U dunyoni bir lahza ham o‘ylamaydi kasofat, Oxiratga ikki qo‘li quruq borar oqibat.
Do‘stlar! Moldan naf ko‘rmasa bir g‘aribi notavon, «Mol manim!» deb o‘ylamang hech, sizga qolmas hech qachon. O’tib ketar vorislarga u mol oxir-oqibat, Xasis uchun oxiratda ajralmas do‘st - nadomat.
Bishr deydiki:
 Xasis bilan uchrashib qolmoq kishiga g‘amginlik beradi. Unga nazar solgan kishining ko‘ngli cho‘kadi. Qadim-qadimdan olijanob arab qavmlari xasislikdan va qo‘rqoqlikdan or qilardilar. Och-yalang‘och qolaman deb qo‘rqma aslo, beraver! Rizq azaldan bo‘lingandir, o‘ynab-kulib yuraver!
Xasislikdan foyda kamdir bu vafosiz dunyoda, Bergan bilan kam bo‘lmassan, baxting bo‘lur ziyoda.
Ko‘rdim juda ko‘p insonni - jo‘mardlarga do‘st ular, Hech ko‘rmadim, o‘yla axir, kim xasisga do‘st bo‘lar?! Xasislikdan zarar ko‘rgan baxillarni ko‘rdim ko‘p. Nafsim xasis bo‘lmasin, deb izzat-ikrom qildim xo‘p.
 Boshqa birovlarga zahmat yetkazib, topgan narsasining zavqini ham, mazasini ham seza olmaslik va yaxshilikni ko‘rolmaslik kabi tuban xususiyatlar xasislarga xosdir. Shuning uchun shoir bu haqiqatni ifodalagan she’rida shunday deydi:
Molga faqat ochko‘zlikla mol qo‘shadi bot, Vorisiga qolar molni qilar ehtiyot.
Tozi itday ov tutadi, o‘zi och mudom Xayolida boshqa birov yeydigan taom.

Qayd etilgan


Munavvara  30 Noyabr 2008, 19:50:36

Imom A’zam (Imom A’zam - Hanafiy mazhabining imomi. Asl ismi Abu Hanifa ibn Sobitdir (hijriy 80-150). Abbosiylar davrida yashagan. Fiqh ilmining eng ilg‘or vakili bo‘lib, bu ilmni bir yerga jamlash, rivojlantirish, qiymat va e’tiborini orttirishda juda katta xizmatlar qilgan. Uning g‘oyalari umumbashariy va taraqqiyparvar bo‘lgani uchun Islom olamining deyarli 70 foizi uning mazhabiga asoslanadi. Shu jumladan, bizning Turkiston musulmonlari ham Imom A’zam mazhabiga tayanadilar.) deydiki:
 —Men xasisni odil bo‘lishi mumkin deb aytolmayman. Chunki, xasislik xasisni bir holatni kuzatishga va ipidan-ignasigacha tadqiq etishga yetaklaydi. Ichida har doim aldanish qo‘rquvi bo‘ladi. Shuning uchun haqini ortig‘i bilan oladi. Bu tabiatga ega bo‘lgan odam o‘zidan ko‘ngli to‘q bo‘lishga loyiq emasdir.
Bir kun Yahyo Alayhissalom Iblisga duch kelib qoldi. Yahyo Alayhissalom:
 — Qanday odamlarni hammadan ko‘proq sevasan va qanday odamlar hammadan ko‘proq achchig‘ingni keltiradi?
Iblis:
 — Hammadan ham yaxshi ko‘rganim xasis mo‘minlardir, eng ko‘p achchig‘imni keltiruvchilar saxiy fosiqlardir.
Yahyo Alayhissalom:
— Nega bunday?
Iblis:
 - Chunki mo‘minning xasisligi menga kifoyadir. Holbuki, jo‘mard fosiqqa kelsak, men uni Alloh, jo‘mardligi tufayli, afv etib yuborishidan qo‘rqaman.
 Iblis shularni aytib yana yo‘lga tusharkan, o‘z gapiga shularni ilova qildi:
- Sen Yahyo bo‘lmasayding senga xabar bermas edim.

Qayd etilgan


Munavvara  30 Noyabr 2008, 19:54:43

HOYU-HAVAS YOKI ORZU-HAVASLARNING BITMAS-TUGANMASLIGI

Payg‘ambarimiz (s.a.v.) marhamat qiladilarki:
 - Ey ummatim, siz uchun qo‘rqqanlarimning eng qo‘rqinchlisi ikki narsadir:
1. Hoyu-xavas.
2. Havoyi nafsga berilmoq.
Hoyu-havas oxiratni unuttiradi. Havoyi nafsga berilish esa kishini to‘g‘ri yo‘ldan adashtiradi.
- Men uch narsa kishini uch narsaga hech shak-shubhasiz mubtalo qilajagiga kafilman:
1. Mol-dunyoga butun borlig‘i bilan tashlanmoq Bu shunday bir qashshoqlik keltiradiki, ortiq undan keyin boylik bo‘lmaydi. Ya’ni butun borlig‘ini dunyoga bag‘ishlagan kimsa qanchalik boylik orttirgan bo‘lmasin, o‘zini boy bo‘lgan ko‘rmaydi (baxtsizlik izma-iz yuradi).
2. Dunyoda ochko‘z bo‘lmoq. Bu odamga shunday bir mashg‘ullik keltiradiki (ya’ni odamni ishga shunday bog‘lab tashlaydi-ki). Unda hech bir ibodat, hech bir xayrli ish uchun bo‘sh vaqt qolmaydi. Chindan ham dunyoga to‘ymaydigan kimsaning ibodat va boshqa xayrli ishlar uchun bo‘sh vaqti yo‘kdir.
3. Dunyo moliga xasislik. Bu shunday bir qayg‘u, shunday bir tashvish olib keladiki, ortiq undan keyin sevinch va farog‘at yo‘q. Ham o‘ziga, ham o‘zgaga xasislik qiluvchi kimsa moliga ko‘p mol qo‘sholmayotganidan siqilib yuradi.
Ba’zi buyuklarimizning bu mavzudagi so‘zlari: Abu ad-Dardo:
 - Ey insonlar, uyalmaysizmi? Bino qurasizda, ichida o‘tira qolmaysiz. Yana orzu-havaslar bilan mashg‘ul bo‘lasiz, oxiriga yetolmaysiz. Dunyo molini to‘playsizda, qanoat qilib yeya-qolmaysiz. Sizdan oldingi qavmlar sizdan ziyodaroq dunyolik to‘plagandilar va sizday hoyu-havaslar bilan ovora bo‘lgandilar. Lekin, shunday kun keldiki, dabdabali binolari mozorlikka aylandi; orzu-xavaslari ularni aldadi; to‘plagan dunyoliklari mahv bo‘ldi.

Qayd etilgan


Munavvara  01 Dekabr 2008, 22:39:52

Hz. Ali:
 — (Hz. Umarga xitoban) Ikki do‘stingga (Hz. Payg‘ambar (s.a.v.) va Hz. Abu Bakr) qo‘shilishni istasang, yamoq ko‘ylak va yamoq poyabzal kiy. Hoyu-havasga berilma. To‘yib ovqatlanma.
 Hz. Odam o‘g‘li Shitga quyidagi besh narsani nasihat qilgan va u ham o‘lmasdan burun o‘g‘illariga nasihat qilishini buyurgan edi:
1. O’g‘illaringga ayt: dunyoga ochko‘zlik qilmasinlar, undan o‘zlarini xalos tutsinlar. Men abadiy jannatda ochko‘zlikka berildim. Shu tufayli Alloh meni jannatdan chiqardi.
2. O’g‘illaringga ayt: xotinlarning havoyi nafsiga asir bo‘lmasinlar. Men o‘z xotinimning havuyi nafsiga asirligim tufayli taqiqlangan mevadan yedim. Keyin afsus qildim.
3. O’g‘illaringga ayt: qiladigan ishlarining oqibatini o‘ylasinlar. Agar men qilayotgan ishimning oqibatini o‘ylagan bo‘lsaydim, bunday og‘ir ayriliqqa duchor bo‘lmas edim.
4. O’g‘illaringta ayt: qalblari biron narsadan hadiksirasa, undan uzoqlashsinlar. Men taqiqlangan mevadan yeya boshlagan paytimda, yuragim bir hapriqqan va hadiksiragan edi, lekin men orqaga qaytmadim va uzoqlashmadim, keyin nadomat meni bog‘lagandan bog‘layverdi. 
5. O’g‘illaringga o‘git berki: kengash bilan ish qilsinlar. Agar men malaklar bilan kengashgan bo‘lsaydim, bunday ayriliqqa duchor bo‘lmas edim.
Mujohid:
 — Abdulloh ibn Umar menga dediki: «Tong vaqtida shomgacha, shom vaqtida tonggacha bora olaman, deb kerilma. O’lmasdan oldin hayotning qadrini bil, uni ezgu ishlarga sarfla.
Hastalikdan oldin sog‘likning qadriga yet. Chunki ertaga kim bo‘lishing noma’lum».
Rasululloh (s.a.v.) sahobalaridan so‘radilar:
— Hammangiz jannatga kirishni istaysizmi? Sahoba:
— Ha, ey Allohning Rasuli!
Rasul (s.a.v.):
— Cheksiz orzu-havaslarni qo‘ying, Allohdan hayo qiling!
Sahoba:
— Biz hammamiz Allohdan hayo qilamiz.
Rasul (s.a.v.):
— Shunchaki uyalish bu Allohdan hayo qilish emas. Allohdan hayo qilish qabrni va mahv bo‘lajagimizni xotirda tutish demak. Allohdan hayo qilish ichi-tashini va qalbini yomon niyatlardan va yomon fikrlardan asrash demakdir. Kimki, joni oxiratda yaxshi hayot qozonishini xohlasa, bu dunyoning dabdabasidan qochsin. Mana shu nuqtada kishining Allohdan hayo qilishi boshlanadi va bu hayo uni Alloh do‘stligi sari eltadi.
— Bu ummatimning birinchilari dunyo zavqi va dabdabalaridan qo‘l tortish bilan shafoat va najot topadilar. Ummatimning so‘nggilari esa xasislik va hoyu-havas bilan falokatga uchraydilar.

Qayd etilgan


Munavvara  26 Dekabr 2008, 21:38:39

 «Ummul-munzir» («Ummul-munzir» - «umm» degani «ona» ma’nosini, «munzir» esa,
«noxush xabar berib qo‘rqituvchi» ma’nosini bildiradi. Kitob muallifini aniqlay olmadik.) degan kitobda shunday hikoya qilinadi:
— Bir oqshom Alloh Rasuli (s.a.v.) bir jamoatga qo‘shildilar va ularga: «Ey insonlar, Allohdan uyalmaysizmi?» -dedilar. Jamoat: «Nega bunday deyapsiz, ey Rasululloh?» -deganda, Rasuli Akram (s.a.v.) shularni aytdilar:
— Yemay-ichmay, mol to‘playsiz. O’zingiz ko‘rmaydigan kunlar uchun cheksiz orzu-havaslarga berilasiz. O’zingiz ichida istiqomat qilmaydigan binolar qurasiz.
Abu Said Hudriy (Abu Said Hudriy - Hz. Muhammad s.a.v.ning sahobalaridan.) hikoya qiladi: Usoma ibn Zayd, ( Usoma ibn Zayd — to‘la ismi Usoma ibn Zayd ibn Xorisa. Hadis roviylaridan. Vafoti mil. 673 yil.) badalini bir oy keyin berish sharti bilan Zayd ibn Sobitdan 100 tillaga bir qul sotib olgandi. Buni eshitgan Rasululloh (s.a.v.) shunday dedilar:
 — Badalini bir oy keyin bermoqchi bo‘lib qul sotib olgan Usomadan xavotir olmaysizmi? Usoma hoyu-havasga berilgan odam. Borlig‘im qudrat qo‘lida bo‘lgan Allohga qasam ichib aytamanki, men qovoqlarimning har ochilishida, yana bir yopilmasdan burun ruhim Alloh tomonidan olinishi mumkin, deb hisoblayman. Bir yonimga o‘girilgan chog‘imda, jonim tanimda ekan, yana ikkinchi yonimga o‘girilolmasligim mumkin, deb o‘ylayman. Og‘zimga bir luqma olganda, uni yutmasdan o‘lishim mumkinligiga ham aminman!
Keyinroq Alloh Rasuli (s.a.v.) shularni aytdilar:
Ey Odam o‘g‘illari, agar aqlingiz bo‘lsa, nafsingizni o‘lik sanang. Borlig‘im qudrat qo‘lida bo‘lgan Alloh nomiga qasam ichib aytamanki, sizning boshingizga tushajagi va’da qilingan narsalar muqarrar yuz berajakdir. Siz undan qochib qutulolmaysiz!

Qayd etilgan


Munavvara  26 Dekabr 2008, 21:40:40

Ibn Abbos rivoyat qiladi:
— Rasululloh (s.a.v.) kichik hojatga ketdi va hojatdan keyin tosh-kesak bilan tayammum qila boshladi. Men unga yaqin joyda suv borligini aytgandim, u menga shunday dedi:
— Menga ta’minot berilmadi... Balki suvga yetguncha jonim chiqar. Yana hikoya qilinishicha, bir kun Payg‘ambarimiz (s.a.v.) qo‘llariga uch tayoq oldilar. Birini oldilariga, ikkinchisini yonlariga qo‘ydilar. Uchinchi tayoqni esa uzoq bir yerga otdilar. So‘ngra so‘radilar.
— Nima bu?
 Sahoba: «To‘g‘risini Alloh va Rasuli biladi!» - deganda, Payg‘ambarimiz (s.a.v.) shularni aytdilar:
 — Manavi oldimdagi inson. Bu yonimdagi ajal. Anavi uzoqqa otganim esa orzu-havasdir. Inson, o‘zidan ko‘p uzoqlarda bo‘lgan orzu-havaslarga yetishmoqchi bo‘ladi va uzluksiz ishlay boshlaydi. Lekin, ajal unga yaqinroq joyda bo‘lgani uchun, u orzu-havasga yetishmasdan burun, ajal uning yoqasidan oladi.

Qayd etilgan


Munavvara  26 Dekabr 2008, 21:50:51

HAROMDAN QOCHISH

Allohga itoat etmoq - uning farz qilganlarini to‘kis (harfma-harf) ado etmoq, harom qilgan narsalaridan qochmoq va u chizib bergan chegaradan chiqmaslik deganidir.
Mujohid: «Dunyodan bo‘lgan nasibangni ham unutmagin» (Qasas surasi, 77-oyatning bir qismi.)ma’nosidagi oyatni izohlab, shunday dedi:
 — Bu yerda «Nasiba» deganda kishining Allohga itoat etishi nazarda tutilgandir.
 Ey o‘quvchi, bilib qo‘yki. Itoatning asosi OLLOHNI BILISH, UNDAN QO’RQISH va OLLOH UCHUN O’Z HARAKATLARINI NAZORAT QILIB BORISHdan iboratdir. Kishi bu uch asosdan mahrum bo‘lsa, iymon haqiqatini idrok etolmagani demakdir. Chunki Allohni to‘la bilmoq faqat uni tanish orqali bo‘ladi. Uning borligiga, har narsaning yaratuvchisi ekanligiga, har narsani bilishiga, har narsaga kuchi yetishiga va o‘tkinchi mavjudotlarning ilmi hech qachon uning ilmini qamray olmasligiga, vahmlar aqldan tashqarida yuz berishiga ishonish Allohning har narsadan xabardor ekanligiga va uning o‘xshashi yo‘qligiga inonish bilan bo‘ladi.
Bir a’robiy Muhammad ibn Ali ibn Husayn (Muhammad ibn Ali ibn Husayn - shia olimlaridan (o‘limi 381-991 y.)) ga shunday deydi:
— Ibodat qilayotganingda Allohni ko‘rdingmi?
Muhammad ibn Ati:
 — Men o‘zim ko‘rmagan zotga ibodat qiluvchilardan emasman.
A’robiy:
— Qanday ko‘rding?
Muhammad ibn Ali:
 — Uni biz tushungan ma’noda ko‘z bilan ko‘rilmaydi. Faqat iymon haqiqati orqali yurak bilan ko‘riladi. U, bizning SEZGILARIMIZ ila idrok etilmaydi. U insonlarga o‘xshamaydi. ALOMATLARI ila bilinadi, o‘ziga xos VASFU SIFATLARI bor. Taqdir va hukmlarida zulm qilmaydi. Mana shu Allohdir. Koinotda undan boshqa ibodatga loyiq biron zot yo‘q. Yeru Osmonning egasidir U.
Bu gapni eshitgan a’robiy dediki:
 — Ha, Alloh elchilikni kimga berishni juda yaxshi bilgan zot ekan.

Qayd etilgan