Imom G'azzoliy. Mukoshafatul qulub  ( 342878 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 23 ... 49 B


Munavvara  23 Yanvar 2009, 20:02:34

Shunday qayg‘urasizki, bu narsa yuzingizdan o‘qilib turadi, tilingiz uyalmay shundan gap ochaveradi va shu arzimas yo‘qotishni musibatday ta’riflaysiz va bilmaysizki, bu xususda gunohga botasiz. Ko‘plaringiz din asoslarining aksarini tark etgansiz. Shunday bo‘la turib, yuzlaringizda zarracha o‘zgarish, qayg‘u qiling?» - deb so‘radi. Ovoz: «Kechqurun sog‘-salomat yotgan edik, ertalab o‘zimizni jahannamda ko‘rdik!» - dedi Hz. Iso:
«Bunga nima sabab bo‘ldi?» - deganda, ovoz: «Dunyoga o‘chligimiz va Alloh yo‘lidan chiqqanlarga itoat etganimiz bunga sabab bo‘ldi» - javobini berdi. Hz. Iso: «Dunyoni shu qadar sevarmidingiz?» - deb so‘radi yana. Ovoz: «Ha, bola onasini sevganday sevardik! Noz-ne’matlarga ko‘milganda sevinardik, mahrumiyatga uchragan paytimizda qayg‘urib, yig‘lardik», - deb javob berdi. Hz. Iso bu safar: «Xo‘p, dedi, do‘stlaringning holi qanday? Ular nega javob alomatlari yo‘q. Holbuki, zarracha bir dunyolikni yo‘qotsangiz, yuzlaringizda qayg‘u alomatlari ko‘rinib qoladi. Men hozircha, sizlardan Alloh yuz o‘girgan, deb o‘ylamayman. Ba’zingiz ba’zingiz bilan sevinib suhbatlashasiz. Har biringiz boshqa biringizni qabul qilganda uni xafa qilmaslikka tirishasiz, ammo buni faqatgina, u ham meni qabul qilganda xush muomalada bo‘lsin, deb shunday qilasiz. Qalblaringizda esa bir-biringizga nisbatan ginayu adovat va dushmanlik bo‘ladi. Butun hayotingiz hoyu havasdan iborat. Amalni unutish borasida bir-biringizni ortda qoldirib ketgansiz. Istayman-ki, Alloh sizning bu hollaringizdan meni qutqarsin, tinchlik-xotirjamlik bersin va meni Allohning Rasuli (s.a.v.)ga yetishtirsin. Agar u hayot bo‘lsaydi, sizlarning bu xatti-harakatlaringizga chiday olmasdi. Sizlarda zako bo‘lsa, mana, sizga haqiqatlarni eshittirdim. Allohning nazdidagi narsalarni izlasangiz, osonlik bilan topasiz. Men o‘z nafsim uchun va sizlar uchun yolg‘iz Allohdan yordam talab qilaman. 
Hz. Iso shunday deydi:
 — Ey havoriylar, dunyo ne’matlarini ko‘rganda diniy asoslarni tark etmang. Gap shundaki, ko‘pincha, dunyoga sig‘inganlar dunyoviy saodatga erishganda diniy asoslarni tark etib ketadilar.
 Allohning Rasuli, sevikli Payg‘ambarimiz (s.a.v.) shunday marhamat qildilar:
 — Ey ummatim, mendan keyin shunday bir dunyo hayoti keladiki, olov o‘tinni yeganday, bu hayot ham sizning iymoningizni yeydi.
Alloh Hz. Musoga vahiy yo‘li bilan shunday buyurdi:
 — Ey Muso, oxiratingni unuttiradigan tarzda dunyo sevgisiga mayl etma. Agar huzurimga dunyo sevgisi bilan keladigan bo‘lsang, bu eng katta gunohing bo‘ladi.

Qayd etilgan


Robiya  25 Yanvar 2009, 12:32:34

QANOATNING FAZILATI

    Aziz birodarim, bilib qo‘yki, qonuniy yo‘lda zo‘r berib ishlagani holida yana faqirona yashayotgan kimsa qanoatli bo‘lishi, tamagir bo‘lmasligi, ko‘zi boshqalarning mol-mulkida bo‘lmasligi va g‘ayriqonuniy foyda topish yo‘llariga bosh urib ketmasligi ham kerak. Odam bunday sifatlarga faqat yeyishda, kiyishda va maskan borasida qanoatli bo‘lishi, dabdaba ketidan quvmaslik va ortiqcha hoyu-havaslardan qochish orqali ega bo‘lishi mumkin. Agar kishi ko‘proq boylikka ega bo‘lgisi kelsa yoki orzu-havaslarga berilsa, qanoatli bo‘lolmaydi va shubhasiz, ochko‘zlik va hirs nomli yomon atvorlar bilan pok nomiga dog‘ tushiradi. Hirs va ochko‘zlik kishini yomon axloq sari, g‘ayrimashru’ va harom foyda yo‘llariga boshlaydi. Zotan, odamzodning tabiati hirs, ochko‘zlik va qanoatsizlikka moyildir.

Abu Vohid Laysiy hikoya qiladi:

—   Rasulullohga bir nimarsa vahiy qilingan vaqtda biz uning huzuriga borardik, bizga Ul Zot (s.a.v.) yangi vahiy bo‘lganlarni o‘rgatardi. Bir kun yana bordik, Alloh Rasuli marhamat qildilar:

Alloh aytdiki:

—   Biz bandalarga mol-mulk berdik namoz o‘qib, ro‘za tutish uchun!.. Agar odamzodning BIR JAR OLTINI bo‘lsa, yonida ikkinchisi bo‘lishini istaydi. Agar ikki jar bo‘lsa, ularning yonida uchinchisi bo‘lishini istaydi... Odamzodning ko‘zini faqat tuproq to‘ydira oladi. Alloh yomon fe’llaridan yuz o‘girganlarning tavbasini qabul etadi.

Qayd etilgan


Robiya  25 Yanvar 2009, 12:45:19

Ikki haris aslo to‘ymaydi:

1.   Ilmga hirs quyganlar.
2.   Mol-mulk, boylikka hirs qo‘yganlar.

— Odamzod qariydi, lekin unda ikki narsa yosharib boradi:

1.   Orzu-havaslar.
2.   Mol-boylik ishtiyoqi. Odamzodning tabiatida falokatga sudrovchi hirs va mol
ishtiyoqi bo‘lgani uchun Alloh va Rasuli (s.a.v.) qanoatni va qanoatli bo‘lganlarni madh etdi.

Rasululloh (s.a.v.) marhamat qildilar:
—   Islomlikka musharraf bo‘lgan, uning axloq asoslariga ergashgan, halol topganiga qanoat qilgan va QANOATLI bo‘lgan kimsalar naqadar baxtiyordirlar!
-   Qiyomat kuni bo‘lganda boy, kambag‘al - hech bir kimsa yo‘qki: «Koshki dunyoda faqatgina ehtiyojga yarasha berilganiga ega bo‘lsaydim», - deya zorlanmagan bo‘lsin.
—   Boylik degani mol-mulkning ko‘pligi degani emas, boylik degani ko‘ngilning boyligi deganidir.

Payg‘ambarimiz (s.a.v.) ortiqcha hirsdan va ortiqcha foyda payida yugurishdan qaytarib, shunday buyurdilar:
—   Ey insonlar, rizq talabida haris bo‘lmang, Zero, biron kimsa yo‘qki, uning nasibasi ayirib qo‘yilmagan bo‘lsin, Bandasi dunyodan nasibasini olmasdan burun o‘lmaydi. Dunyo aldoqchidir.

Hz. Muso Rabbidan so‘radi:
-   Qaysi bandalaring eng boy hisoblanadi? Rabbi aytdi:
-   Eng ko‘p qanoatli bo‘lganlar!..

Muso so‘radi:
—   Qaysi bandalaring eng ko‘p adolatli hisoblanadi?

Rabbi buyurdi:
- O’ziga eng ko‘p insofli bo‘lganlar!..

Qayd etilgan


Robiya  25 Yanvar 2009, 12:46:09

Ibn Mas’ud rivoyat qiladi:

—   Rasululloh (s.a.v.) buyurdilar:
-   Qudsiy Ruh (Jabroil) mening ruhimga ma’lum qilishicha, kishi dunyoda nasibasi bo‘lgan rizqini tugatmasdan burun o‘lmaydi. Allohdan qo‘rqing va rizq payida hirsga berilib yurmang.

Abu Hurayra rivoyat qiladi:
—   Rasululloh (s.a.v.) menga dedilarki:
—   Ey Abu Hurayra, qattiq ochiqqan paytingda sen uchun halolidan bo‘lgan bir lochira ila bir bordoq suv kifoya qiladi!.. Mashru’ bo‘lmagan dunyolik topishda falokat bordir.

Yana Abu Hurayra rivoyat qiladi:
—   Rasululloh (s.a.v.) menga dedilarki:
—   TAQVO sohibi bo‘l, insonlar orasida eng ko‘p ibrat qilgan sen bo‘lasan. QANOATLI bo‘l, insonlar orasida eng ko‘p shukur qilgani sen bo‘lasan. O’zingga istagan, o‘zing sevgan har narsani boshqalarga ham ista, MO’MIN bo‘lasan.

Abu Ayyub Ansoriy rivoyat qilgan bir hadisda Payg‘ambarimiz (s.a.v.) ochko‘zlikni man etadilar: Abu Ayyub hikoya qiladi:

—   Bir a’robiy kelib: «Ey Allohning Rasuli, - dedi, - menga lo‘nda bir va’z qil!» Rasul buyurdilar: «Namozingni xushu’ bilan va bajonidil ado et, erta-birisi kun seni uzr tilashga majbur qiladigan so‘zlardan tiyil, insonlarning qo‘llaridagi mollariga ko‘z tikma (ochko‘zlik qilma).

Qayd etilgan


Robiya  25 Yanvar 2009, 12:46:43

Avf ibn Molik rivoyat qiladi:

—   Biz Rasululloh (s.a.v.)ning huzurida to‘qqizmi, sakkizmi va yo yetti nafarmi kishi edik. Rasuli akram (s.a.v.): «Allohning Rasuliga bay’at (qasamyod) qilasizmi?» - dedilar. Biz: «Sizga bay’at qilmaganmidik, ey Allohning Rasuli?» - dedik. Rasul (s.a.v.) yana: «Allohning Rasuliga bay’at qilasizmi?» - dedilar. Shunda biz ham qo‘llarimizni uzatdik va bay’at qildik. Oramizdagilardan biri: «Biz sizga bay’at qilgandik, bu bay’at nechun?» - deb so‘radi.

Allohning Rasuli (s.a.v.) dedilarki:
—   Faqat Allohga ibodat qilishingiz, unga hech bir narsani va hech kimni sherik qilmasligingiz, namozni besh vaqt o‘qishingiz, Allohning kitobi - Qur’onni tinglashingiz va uning asoslariga itoat qilishingiz uchun! Insonlardan bir narsa istamasligingiz uchun! (O’sha kuni u yerda bo‘lganlardan ba’zilari Rasululloh (s.a.v.)ning bu so‘zidan keyin hatto qo‘llaridan qamchi yerga tushib ketsa ham, uni olib berishni birovdan iltimos qilmaydigan bo‘lishgandi).

Hz. Umar deydiki:

-   Ochko‘zlik — kambag‘allik, qanoat — boylikdir. Kimningki ko‘zi odamlarning mol-mulkida bo‘lmasa, ularga muhtoj bo‘lmagay.

Qayd etilgan


Robiya  25 Yanvar 2009, 12:47:53

Bir hikmat ahlidan so‘radilar:
-   Boylik nima?

Javob berdi:
-   Haris bo‘lmaslik va ehtiyoj miqdoriga rozi bo‘lmoqlikdir.

Mavzu bilan aloqador ba’zi satrlar:

Zavqu safo o‘tar-ketar,
Buyukka ham zavol yetar.
Qanoat qil - bo‘larsan shod,
Nafsni tiysang - ruhing ozod.
Oltin, yoqut hamda inju —
Ne-ne o‘lim sababi shu.


Muhammad ibn Vose’ (o‘rta asr zuhd oqimi vakillaridan.) qotgan nonni suvga botirib yer va shunday deb qo‘yardi:
—   Bunday halol foyda bilan qanoatlangan kimsa hech kimga muhtoj bo‘lmaydi.

Sufyon Savriy esa shunday deydi:
-   Dunyoda eng yaxshi narsa siz mubtalo bo‘lmagan narsadir. Siz mubtalo bo‘lgan narsalarning eng yaxshisi qo‘ldan boy bergan narsalaringizdir (Birovga bir narsa berish va yordamlashish mubtaloligi).

Ibn Mas’ud hikoya qiladi:
— Ey odamzod, senga kifoya qiladigan narsaning miqdori ozgina bo‘lsada, g‘ashlikka va gunohkorlikka sabab bo‘ladigan ko‘p narsadan yaxshiroqdir.

Bir rivoyatda Allohning shunday degani hujjatlab qo‘yilgan:
— Ey odamzod, agar dunyo tamomila seniki bo‘lganda ham, undan faqatgina yeyishing mumkin bo‘lgani senikidir.

Qayd etilgan


Robiya  25 Yanvar 2009, 12:48:56

Bir hikmat ahlidan so‘radilar:

—   Aqlli kimsa uchun eng quvonarli narsa nima, hazinlikni eng ko‘p bartaraf qila oladigan narsachi? (G’amginlikdan eng ko‘p nima qutqaradi?)

Javob berdi:
—   Aqlli kishi uchun eng quvonarli narsa o‘lmasdan oldin qilgan go‘zal amallaridir. G’amginlikdan eng ko‘p qutqaradigan narsa esa Allohning hukmiga rozi bo‘lmoqlikdir.

Hikmat ahlidan yana biri shularni aytadi:
—   Insonlarning eng g‘amgini HASADCHILAR, eng qobili QANOATLILAR, eng ko‘p ozor ko‘ruvchilari HARISLAR va OCHKO’ZLAR, tirikchilikdan qiynalmaydiganlari HAVOYI NAFSINI ChEKLAGANLAR va DUNYOGA TOPINMAGANLAR, eng ko‘p afsuslanuvchilari GUNOHKOR OLIMLARdir

Bu mavzu bilan aloqador misralar:

Nasiba taqsimlab beruvchi — Alloh,
Allohga suyangan topgusi farah.
Kimki sof nomiga yuqtirmasa gard,
Ta’na qila olmas unga hech nomard.
Agar qanoatli bo‘lsang har qachon,
Bera olmas senga hech narsa ziyon.


Hz. Umar aytadi:
—   Sizlarga Allohning molidan o‘zimga nimalarni halol deb bilishimni aytaymi? Yozlik va qishlik ikki kiyimboshimni, haj va umraga borishim uchun bir ustlik ko‘ylagimni; qurayshlik oddiy bir odamning yeydigan taomidan farqsiz taomimni (va bu taomim ularnikidan ko‘p ham emas, oz ham). Alloh nomiga qasam ichib aytamanky, bular ham men uchun qanchalik harom yo halolligini bilmayman.

Qayd etilgan


Robiya  25 Yanvar 2009, 12:50:11

Bir a’robiy akasini harisligi uchun ozorlab shunday deydi:

—   Ey aka, sen ham poklanasan, ham kirlanasan (o‘zingga o‘zing balo orttirasan), Yo‘qotmagan narsang seni poklaydi. Sen esa kifoyat mikdori qo‘lingda bo‘la turib, yana uni orttirasan. Yo‘qotgan narsang senga bildirilgan. Sen o‘zing ichida suzib yurgan narsalardan uzoqlashtirilgansan (ya’ni baribir ular o‘zingga nasib qilmaydi). Ey aka, sen xuddi haris kishining mahrumiyatini, qanoatli kishining rizqlantirilishini (rizqi baland bo‘lishini) ko‘rmagan odamga o‘xshaysan.

Ko‘ryapman; boyiding, hirsing ortdi, lek
Go‘yo bu dunyoda o‘lmaydigandek.
Boylikning cheki bor, «ber» deb qistama!
«Shunchasi bas, - deyu, ortiq istama».


Shobiy (tobein aslzodalardan, Amir-ash-Shobiy hadisda nisbat berish haqida birinchi bo‘lib tadqiqot olib borgan olimlardan. Asli Hamadonlikdir. O’limi hijriy 103 yil (yoki 100 yil) 70 yoshlarida vafot etgan.) shunday bir tamsiliy hikoya so‘ylagan edi: Kunlardan bir kun bir kishi to‘rg‘ay ovlaydi. Qush tilga kirib, ovchiga: «Mendan nima istaysan?» - deb so‘raydi. Ovchi: «Seni so‘yib, go‘shtingni yeyman!» — deydi. Qush esa deydi-ki: «Mening go‘shtim mazali emas hamda to‘ydiradigan darajada emas. Senga uch narsa o‘rgatay, bular sen uchun meni yeyishdan ko‘ra yaxshiroq va foydaliroqdir. Lekin birinchisini qo‘lingdaligimda aytaman, ikkinchisini qo‘lingdan chiqib daraxtga qo‘nganda, uchinchisini esa, uchib shu ro‘parangdagi tepaga chiqqanda aytaman. Ovchi shartni qabul qiladi: «Yaxshi, qani aytchi, birinchisi nima?» - deb so‘raydi. Qush: «Qo‘lingdan ketgan hech bir narsaga afsuslanma!» -deydi. Ovchi qushni qo‘yib yuboradi. Qush uchib borib daraxtga qo‘nganda: «Ikkinchisi nima?» - deb so‘raydi. Qush: «Bo‘lmaydigan narsani bo‘ladi deb xayol qilma!» - deydi. So‘ngra uzoqdagi tepaga uchib boradi va o‘sha yerdan shunday sado beradi:

—   Ey zo‘ravon! Agar meni so‘yganingda qornimdan har biri to‘rt misqol keladigan ikkita inju chiqardi!

Ovchi bu gapni eshitganda lablarini chimiradi va afsuslanadi. Qushga: «Uchinchisini aytmading-ku?! — deganda, shu javobni oladi:

—   Sen oldin aytgan ikki gapimni unutding, qanday qilib uchinchisini aytay?.. Men senga: «Qo‘lingdan ketgan hech bir narsaga afsuslanma!» - degandim, afsuslanding. «Bo‘lmaydigan narsani bo‘ladi deb xayol qilma!» degandim, xayol qilding. Men go‘shtim, qonim va patlarim bilan birga to‘rt misqol qelmayman. Qornimda to‘rt misqollik ikki inju bo‘lagi qaerdan bo‘lsin?

Qush shularni aytgandan keyin uchib, ko‘zdan g‘oyib bo‘lib ketadi.

Qayd etilgan


Robiya  25 Yanvar 2009, 12:51:21

Bu odamzodning iftordagi ochko‘zligiga o‘xshash bir misoldir va u haqiqatni bayon etadi, u ham bo‘lsa ushbudir:

—   Ochko‘zlik odamzodni deyarli ko‘r qilib qo‘yadi. Oddiy haqiqatni ham anglay olmaydi va bo‘lmaydigan narsalarni bo‘ladi, deb xayol qiladi.

Ibn Sammoq:
-   Orzu-havas - qalbda bir ipdir, bir uchi oyog‘ingga bog‘langan. Qalbingdan orzu-havasni chiqargin, oyog‘ingdagi bog‘ yechilsin.

Abu Muhammad Yazidiy (Horun ar-Rashid davridagi tarixchilardan):
-   Bir kun Horun ar-Rashidning (Abbosiy xalifalaridan eng mashhuri, 149/766 yilda tug‘ilgan va 193/809 yilda vafot etgan. 20 yoshida taxtga o‘tirgan, 29 yil hukmronlik qilgan) huzuriga borgandim. Qo‘lida ustiga zarrin yozuvlar yozilgan bir varaq bor edi. Va u bunga boqqancha o‘tirardi. Meni ko‘rganda kulimsidi. Men: «Ey Alloh umr bergur mo‘minlar amiri, bu nima, foydali narsami?» - dedim. «Ha, - dedi u, - manavi ikki baytni Amaviylardan birining kosasida o‘qib qoldim, ko‘nglimga o‘tirishdi. Men ham ularga bir bayt qo‘shdim»:

Murodingga yetmasingdan yopilsa u yon eshik,
Kechgil undan, albat senga ochilur bu yon eshik.
Zero senga kifoyadir bir qorinni to‘ldirmoq,
Va qalbingda fe’llaringdan yomonini o‘ldirmoq.
Viqoringni yo‘qotma hech, nafs-havoni ayla kul,
Kelgusida azoblardan xalos bo‘lgaysan butkul.


Qayd etilgan


Robiya  25 Yanvar 2009, 12:52:06

Abdulloh ibn Salam (sahobalardan, Ka’b ibn Axbor zamonida (6-izohga qarang) yashagan), Ka’b Axbordan so‘raydi:
-   Olimlar ilm o‘rganib, qalbga joylaganlaridan keyin ularning qalbidan ilmni sidirib tashlaydigan narsa bormi?

Ka’b javob beradi:
—   Bor. Bular: ochko‘zlik, hirs va dunyo tashvishlari.

Bir kishi Fuzayl ibn I’yozdan: «Ka’bning bu so‘zini qanday tushunish mumkin?» - deb so‘raydi.

Fuzayl shunday javob beradi:

—   Odam bir narsaga ochko‘zlik qilganda, uni qo‘lga kiritishga tutinadi, dini yoddan ko‘tariladi. Nafsi unga yo bunga haris bo‘ladi, havasini keltirgan har narsani olgisi kelaveradi. Shu tariqa bir qator kishilarga ishi tushadi. Ular ham, buning ehtiyojini qondirgandan keyin, endi uning burniga halqa o‘tkazib oladilar va xohlagan ishlarini qildiradilar, xohlagan yerlariga olib boradilar, o‘zlari uchun itday ishlatadilar. U ham ularga iliq muomalada bo‘lishga majbur bo‘ladi. Dunyolik manfaat yuzasidan do‘stlashgan bu kishilar bilan uchrashganda ta’zim qiladi, xastalansalar ko‘rgani boradi, ziyofatlariga qatnashadi. Bularning barini Alloh rizosi uchun emas, yolg‘iz dunyoviy manfaat uchun qiladi. Bu ahvolda ularga ishi tushmaganda, o‘zi uchun yaxshiroq bo‘lmasmidi?

Qayd etilgan