Imom G'azzoliy. Mukoshafatul qulub  ( 220789 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 14 15 16 17 18 19 20 21 22 23 24 ... 49 B


Robiya  25 Yanvar 2009, 12:54:02

ALLOHDAN BOSHQASIGA DO’ST BO’LISH VA MAHSHAR

Alloh buyuradi:
—   Zulm yo‘lini tutgan kimsalarga BYeRILIB KYeTMANGLAR. Aks holda sizlarga do‘zax o‘ti yetar. Sizlar uchun Allohdan o‘zga biron do‘st yo‘qdir. Keyin (ya’ni zolimlarga ergashsangiz) sizlarga yordam berilmas. Hud surasi, 113-oyat.

Ba’zi tafsirchilar derlarki:
-   Lison olimlari, oyatdagi «BYeRILIB KYeTMANGLAR»ning mutlaq ekanligi to‘g‘risida hamfikrdirlar. Ya’ni, «Ozmi-ko‘pmi zulm qilganlarga yaqinlik qilmang!» ma’nosini bildiradi, deydilar.
Abdurahmon ibn Zayd (o‘rta asr islom faqihi va tafsirchisi), oyatdagi «BERILIB KETMANGLAR»ning «MADDOHLIK, HAMDU SANO O’QISH VA XUSHOMADGO’YLIK» ma’nolarida kelishini qayd etadi. Xushomadgo‘y kishi haqsizlik qilayotgan va zulm o‘tkazayotgan odamning yuziga uning haqsizliklari va zulmlari to‘g‘risida ochiq gapirolmaydi.

Oyatning zohiriy ma’nosi butparastlarga va musulmon bo‘la turib yomonlik qiluvchi va zolim bo‘lganlarga ergashishdan saqlanishni bildiradi.

Nisobo‘riy (Nishopuriy) (o‘rta asr islom faqihi va tafsirchisi) o‘z tafsirida shunday deydi: - Olimlarimiz «Zulm aralashgan idora usuliga rozi bo‘lish yoxud zolimlarning ijrochilik faoliyatini yaxshi ko‘rsatish, uni boshqalar oldida madh etish, ichiga zulm qo‘shilgan har qanday fe’l-atvorni ma’qullash — zolimlarga ergashish»dir, deb aytadilar va bunday qilish Alloh tomonidan taqiqlangan, deb qo‘shimcha qiladilar. Lekin kelayotgan zararning oldini olish va yo tezlik bilan biror foyda keltirish yuzasidan ular bilan birga ish bitirish «berilib ketish», «ergashish»ga kirmaydi, deydilar. Men (Nisobo‘riy) deymanki: «Bu idorai maslahat va kenglik jihatidandir. Holbuki, taqvoning talabi har qanday tarzda bo‘lsa-da, «zolimlarga ergashmaslik va yaqinlik ko‘rsatmaslikdir», Bandasiga Allohning o‘zi kifoya qilmaydi-miki, yana u «idorai maslahat» qabilida zolimlar bilan birgalikda ko‘rinsa!»

Qayd etilgan


Robiya  25 Yanvar 2009, 12:54:44

Men (G’azzoliy) deymanki:

-   Nisobo‘riy to‘g‘ri aytgan, zolimlarga ergashishning har turli yo‘lini berkitish yaxshiroqdir.
Tabiatida bir oz zolimlik bo‘lgan kimsaga ozgina mayl qo‘yish kishini jahannamga olib boradi, xo‘sh, unday bo‘lsa, zulm va yovlik girdobida suzuvchilarga ortiqcha mayl qo‘yib, ular bilan birga bo‘lishga nafsi hakalak otib turgan, xizmatlarini qilgan, zolimlarning eng yaramasi bilan ulfatchilik etgan, ular bilan birga kayfu safo surgan, ularning o‘tkinchi saltanatlariga va qo‘l ostidagi ne’matlariga - ne’matlarki, o‘tkinchi bo‘lgani uchun haqiqatda bir bug‘doy donasidan ham qiymati past, bir xira pashsha qanotidan ham vazni yengil - suqlanib boqqan kimsaning holi qanday bo‘larkin?

Payg‘ambarimiz (s.a.v.) buyuradilar:
-   Kishining tabiati do‘stining tabiatiga o‘xshashi kerak. Sizlar har biringiz kimlar bilan va qanday tabiatli insonlar ila do‘st ekaningizga diqqat qiling

Derlarki:
-   Solih va yaxshi o‘rtoq o‘zidan mushki anbar taratayotganga o‘xshaydi. Senga bermasa ham hididan foydalanasan. Yomon do‘st esa o‘zidan achchiq tutun taratayotgan qo‘ruqqa (olov yonishi uchun dam beruvchi, puflovchi) o‘xshaydi, undan chiqayotgan harorat senga juda yoqmaganda ham, har qalay tutuni bilan behuzur qiladi.

Qayd etilgan


Robiya  25 Yanvar 2009, 12:55:56

Alloh buyuradiki:
-   Allohdan o‘zga «do‘stlar»ga suyangan kimsalarning ahvoli o‘ziga in qurib olgan o‘rgimchakning ahvoliga o‘xshaydi. Uylarning eng nimjoni, shubhasizki, o‘rgimchak uyasidir. Koshki ular tushunsalar. Ankabut surasi, 41-oyat.

Payg‘ambarimiz (s.a.v.) aytdilarki:
-   Kimki boy odamga boyligi uchun ta’zim qilsa, dinining uchdan biri qo‘ldan ketadi.
-   Fosiq (fisq ishlar bilan shug‘ullanuvchi) kimsa madh etilgan chog‘da Alloh shunday achchiqlanadiki, ARSh titray boshlaydi.

Alloh marhamat qiladi:
-   U kun barcha insonlarni imomlari bilan birgalikda chorlaymiz. Kimgaki nomai a’moli o‘ng qo‘lidan berilsa, ana o‘sha kishilar, o‘zlariga qilchalik ham zulm qilinmagan holda, nomai a’mollarini o‘qiydilar. Al-Isro surasi. 71-oyat.

Bu yerdagi «kun» so‘zi mahshar kunini bildiradi. «Imom» deyilganda kim nazarda tutilganligi borasida mufassirlarning fikrlari xilma-xildir. Ibn Abbos va boshqa ba’zilarning fikricha, imom deyilganda har kishining amallari yozilgan maxsus kitob (daftar) nazarda tutilgan.

Bunga ko‘ra ma’no shunday bo‘ladi:
—   Har inson o‘z amallari yozilgan kitob (daftar)la chorlanadi.

Mana bu oyatlar shu fikrni tasdiqlaydi.

Bas, endi o‘z kitobi — nomai a’moli o‘ng qo‘lidan berilgan kishiga kelsak, bas, u: «Mana, mening kitobimni o‘qinglar», - deydi. Al-Haaqqa surasi, 19-oyat.
Endi o‘z kitobi chap qo‘lidan berilgan kimsaga kelsak, bas, u: «Koshkiydi, menga kitobim berilmasa edi», deydi.
Al-Haaqqa surasi, 25-oyat.

Ibn Zayd, oyatdagi imom so‘zi inzol bo‘lgan ilohiy kitoblarni bildiradi, deydi. Vaqti kelganda Injilga iymon etganlar: «Ey ahli Injil!» deb; Qur’onga iymon etganlar: «Ey ahli Qur’on!» - deb chaqiriladilar.

Qayd etilgan


Robiya  25 Yanvar 2009, 12:56:54

Mujohid va Qatodaning fikrlariga qaraganda, imom deganda har ummatning payg‘ambari tushuniladi. Qaysi insonlar qaysi payg‘ambarga tobe bo‘lgan esa, o‘sha bilan birga chaqiriladilar. «Ibrohimga tobe bo‘lganlarni keltiring, Musoga tobe bo‘lganlarni keltiring. Muhammad (s.a.v.)ga tobe bo‘lganlarni keltiring!..» kabi.

Ali ibn Abu Tolib imom deyilganda har kas yashagan asrning yetakchilari tushuniladi, deydi. Har davrning odami, o‘zi yashagan davrda kimning amriga va yashash tarziga ergashgan bo‘lsa, o‘sha bilan birga chaqiriladi.

Ibn Umar (Saxobayi Kirom. Uz asrida fatvoda buyuklardan biri edi. Xz. Umarning ugli) rivoyat qilgan sahih bir hadisda shunday deyiladi:

-   Qiyomat kuni Alloh barcha insonlarni to‘plagan chog‘i har hukmdor uchun bir bayram qilinadi va shunday deyiladi: «Bu falonchining o‘g‘li falon hukmdordir!»

Termiziy va boshqalarning hadis kitoblarida Abu Hurayradan rivoyat qilingan shunday hadis keltiriladi:

—   Rasululloh (s.a.v.): «Qiyomat kuni inson tabaqalarining har birini imomlari bilan birga chaqiramiz!» - maolidagi oyatning tafsiri haqida bildirdilarki: Insonlarning har biri chaqiriladi, kitobi (daftari) o‘ng qo‘ldan beriladi. Ularning bo‘yi oltmish arshinga cho‘zilgan bo‘ladi.
Yuzi oppoq bo‘ladi. Boshiga injudan porloq bir toj kiydiriladi. So‘ngra birodarlarining yoniga boradi. Uni uzoqdan ko‘radilar. «Allohim, buni bizga yubor va bizga bir marhamat qil!» - deydilar. U ularning yoniga boradi. «Har biringizga shunday bir mujda!» - deydi. Iymonsizlarga kelsak, ularning yuzi qorayadi. Qarindoshlari uni ko‘rganda: «Buning gunohidan Allohga sig‘inamiz. Allohim, sen buni bizga ro‘para qilma!» - deydilar. Lekin u keladi. Qarindoshlari: «Allohim, uni xor qil!» - deydilar. U esa derki: «Alloh sizni bu holga solmasin. Sizning har biringiz oxir-oqibatda shunday holni ko‘rasiz!»

Qayd etilgan


Robiya  25 Yanvar 2009, 12:57:40

Alloh buyuradi:

—   Qachon Yer o‘zining eng dahshatli zilzilasi bilan larzaga tushganida va Yer (o‘z bag‘ridagi xazinayu dafinalardan va inson jasadlaridan iborat) «yuk»larini (yuzaga) chiqarib tashlaganida; va hayotlik paytida qayta tirilishni inkor qilguvchi bo‘lgan (inson) qayta tirilganidan dahshatga tushib: «(Yerga) nima bo‘ldi o‘zi?» deb qolganida; ana o‘sha KUNda Yer Parvardigoringiz unga vahiy qilib, so‘zlashga buyurgani sababli, o‘z xabarlarini so‘zlar! O’sha KUNda odamlar, ularga (qilib o‘tgan amallari)ning jazo yoki mukofotlari ko‘rsatilishi uchun to‘da-to‘da bo‘lib chiqib kelurlar! Bas, kim (hayoti-dunyodalik paytida) zarra misqolchalik yaxshilik qilsa (qiyomat kunida) o‘shani ko‘rur. Kim zarra misqolchalik yomonlik qilsa, uni ham ko‘rur! Zalzala surasi.

Abu Hurayra hikoya qiladi:

—   Rasululloh: «U kun (er) barcha xabarlarini anglatajak». — maolidagi oyatni o‘qidi va «Bilasizmi, Yerning XABARLARI nima?» - dedilar. Biz: «Alloh va Rasuli eng to‘g‘risini biladi!» - dedik. Dedilarki: «Yerning XABARLARI har bandaning va har ummatning yer yuzida qilgan amallariga Yerning guvohlik berishidir!»

Yana Allohning Rasuli (s.a.v.) buyurdilarki:

—   Yerdan ehtiyot bo‘ling. U sizning onangizdir. Har kim Yerning ustida savob yoki gunoh bir ish qilsa, u, albatta, buni xabar qiladi.

Qayd etilgan


Robiya  25 Yanvar 2009, 12:58:35

OXIRI ZAMON YoXUD INSONLARNING QABRDAN TURIShI

Payg‘ambarimiz (s.a.v.) bildirdilar:

—   Qanday qilib zavqu safo surayin! Surchi (Isrofil) surni og‘ziga olgan, boshini eggan, quloq tutgan (qulog‘ini keladigan amrga bergan), qachon amr kelsa darhol chalish uchun kutib turgan bo‘lsa. ..

Isrofil surnay shaklli surni og‘ziga olgan. Surning og‘zi Yer bilan osmonning kengdigiday keladi. Isrofil ARSh tarafga ko‘z tikkancha kutayotir. Qachon amr kelsa, BIRINChI PUFLAShini boshlaydi. Bu birinchi puflashida Yer va Osmonda qancha jonli bor bo‘lsa, qo‘rqqanidan hammasi o‘ladi. Yolg‘iz Alloh o‘ldirishni mo‘ljallamagan jonlilar qoladi. Bular Jabroil, Mikoil, Isrofil va o‘lim farishtasi Azroildir. So‘ngra Alloh o‘lim farishtasiga navbati bilan Jabroil, Mikoil va Isrofilning ruhlarini olishni buyuradi. Undan keyin o‘lim malagining o‘ziga amr keladi, u ham o‘ladi. Bundan, ya’ni BIRINChI PUFLAShdan so‘ng IKKINChI PUFLAShgacha barcha jonzodlar qirq yil shu bo‘yi qoladi. So‘ngra Adloh Isrofilni tiriltirib, ikkinchi bor sur puflab boshlashni amr etadi. Quyidagi oyat bizga shu ikki puflashning haqligini ko‘rsatuvchi dalildir:

Sur chalindiyu, Osmonlar va Yerdagi bor jonzot o‘ldi, magar Alloh xohlagan zotlargina (tirik qoldilar). So‘ngra u ikkinchi bor chalindi-da, banogoh ular (ya’ni barcha o‘liklar qayta tirildi va qabrlaridan) turib (Allohning amriga) ko‘z tutarlar. Zumar surasi, 68-oyat.

Jonlilar oyoqqa turib, tirilishni ko‘radilar.

Qayd etilgan


Robiya  25 Yanvar 2009, 12:59:34

Payg‘ambarimiz (s.a.v.) aytdilar:

- Men payg‘ambar bo‘lib yuborilgan paytimda surchi Isrofil keldi. Surga og‘zini qo‘ydi. Bir oyog‘ini oldinga, bir oyog‘ini orqaga tashladi!.. PUFLAShga qachon amr kelsa, puflayman, deb kutayotgan edi!.. Ey ummatim, PUFLAShdan hazir bo‘ling! Ana endi butun yaratiqtarning u kungi holini o‘yla. PUFLASh tugar-tugamas dahshat bosib to‘satdanladilar. Takroran tirilarkanlar, bu qo‘rquv tufayli miskinlikka va zillatga tushadilar. O’zlariga mas’ud yoki mushkulli hukm berilishini kutadilar. Sen ham ularning orasida bo‘lasan, ularday parishon. ularday esankiragan ahvolda qolib ehtimolki, dunyoda zavqu safo surgan, yeb-ichgan boylardan biri bo‘lib, bosh egib turarsan. U kun yer yuzining zolim hukmdorlari insonlarning eng xori. engtubani va eng haqiri bo‘ladilar, oyoq ospsha qolgan bir dona urug‘day toptalib yotadnlar. Bo‘ onda vahshiy hayvonlar tog‘u cho‘llardan birin-ketin turib ksla boshlaydilar; boshlari egik, insonlarga aralashib, gunoh qilgan bo‘lmasalar ham xoru haqir bo‘lib mahshar yeriga keladilar; oniy o‘limlar va PUFLAShdan yuzaga kelgan qo‘rquv ularni esankiratadi va xaloyiqdan qo‘rqmaydilar, qochmaydilar. Mana bu oyat shu haqiqatga ishora qiladi:

Vahshiy hayvonlar ham (bir joyga) to‘planib qolganida... Takvir surasi. 5-oyat.
So‘ngra shaytonlar va qaysarligu kibr tufayli iymon etmaganlar ko‘rinadi. Qo‘rquvdan Allohning shu oyatini tasdiqlab, es-hushlarini yig‘ishga urinadilar:

-Bas (ey Muhammad), Parvardigoringizga qasamki, albatta, Biz ularni (yo‘ldan ozdirgan) shaytonlari bilan birga to‘plarmiz, so‘ngra barchalarini jahannam atrofida tiz cho‘kkan hollarida hozir qilurmiz. Maryam surasi, 68-oyat.

U yerda qanday ahvolda qolishingni va qalbing ne ko‘ylarga tushishini o‘yla, ey inson! Butun jonzotlar tiriltirilgandan so‘ng oyoq yalang, qip-yalang‘och va sunnatsiz holda mahshar yeriga qanday jo‘natilishlarini ko‘z oldingga keltir. Mahshar yeri esa oppoq va tep-tekisdir, biron-bir o‘ydim-chuqur joyi yo‘q. Na bir inson panalansa bo‘ladigan biron ustun, na bir ko‘zdan yiroq bo‘lishga yaraydigan biron chuqurlik!.. Insonlar u yerga to‘da-to‘da jo‘natiladilar. Turli toifadagi jonzotlarni har tarafdan to‘plab, u yerga keltiradigan Allohga tasbih etaylik. Birinchi puflashning ketidan ikkinchi puflash keladi. U kun bu ko‘zlar, bu qalblar dahshatga tushajaklar. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) bildirdilar:

—   Qiyomat kuni insonlar oppoq, tep-tekis va kaftdek bir yerda hashr (to‘planmoq) etiladilar.

Qayd etilgan


Robiya  25 Yanvar 2009, 13:00:26

U yer bu kungi yer yuzi singari bo‘lmaydi.

Alloh aytadiki:

—   Albatta, Alloh g‘olibdir va (U) Yer boshqa yerga, Osmonlar boshqa osmonlarga aylanib qoladigan hamda (barcha odamlar) yolg‘iz va qudratli Atlohga ro‘baro‘ bo‘ladigan KUNda (qiyomatda) intiqom olguvchidir. (Ibrohim surasi, 48-oyat)

Ibn Abbos deydiki:

—   Yer yuzida qo‘shishlar va olishlar qilinadi. Tog‘lar, toshlar va daralar yo‘q etilib, bir saxtiyon teri holiga keltiriladi. Kumushday oppoq, ustiga qon to‘kilmagan, gunohga botmagan bo‘ladi. Osmonlarning quyoshi, oyi va yulduzlari yo‘q bo‘ladi.
Ey tanbal inson, u qunning qo‘rquvlarini va shiddatini ko‘z oldingta keltir! Jonzotlar bu saxtiyon uzra yig‘ilgan chog‘da ko‘kdagi yulduzlar to‘kilajak-sochilajak, quyosh va oy mahv bo‘lajak. Yorug‘lik beruvchi nur manbalari (Quyosh, Oy) yo‘q bo‘lgani uchun Yerni mutlaq zulmat qoplab oladi, insonlar yuqorida aytilganidek, to‘plangan holda turarkanlar, ko‘k jismlari ularning boshlari uzra aylanajak, shu qadar katta va qattiq bo‘lishlariga qaramay, parcha-parcha bo‘ladilar. Farishtalar esa eng chetda-go‘shalarda turajaklar. Bu qadar katta va qattiq ko‘k jismlarining parchalanishidan yuzaga kelayotgan suronlar naqadar qo‘rqinchli bo‘lajak. So‘nfa ko‘k jismlari tamoman cho‘kib bitajaklar, erigan va sariq aralash kumush parchasi singari oqajaklar, qizil saxtiyon teri holiga kelajaklar. Tog‘lar osmonda uchib yurgan mezonday bo‘lajaklar. Insonlar sochilgan va o‘zini o‘tga urayotgan parvonalarday beqaror yuguradilar. Oyoq yalang, qip-yalang‘och va yayov bir holda! Payg‘ambarimiz (s.a.v.) aytadi:

— Insonlar oyoqyalang, qip-yalang‘och va sunnatsiz holda hashr qilinadilar. Terga botadilar, butun vujudlaridan oqib chiqayotgan terlarining suvi quloqlarining solinchaklariga qadar ko‘tariladi.

Qayd etilgan


Robiya  25 Yanvar 2009, 13:01:13

Bu hadisni rivoyat qilgan Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ning zavjalari Savda hikoya qiladi:

—   Men Rasululloh (s.a.v.)dan: "Avrat joylari nima bo‘ladi, bir-birimizga qarayveramizmi?» - deya so‘radim. Ul Zoti kirom shu javobni berdilar:

—   Hazinlik insonlarni shu qadar ezadiki, biron kimsa boshqa kimsaga qaray olmaydi. Hamma o‘z dardiga qovrilib yotadi.

Demak, u shunday dahshatli kunki, avrat yerlari ochiq bo‘ladi, lekin biron kimsa o‘zga kimsaga qaray olmaydi, unda qarash uchun zarracha mayl ham bo‘lmaydi. Qanday mayl bo‘lsinki, u kun kimdir ilon singari qornida sudralib yuradi, kimdir yuzini yerga ishqalabgina siljiy oladi. Boshqalarga nazar tashlashga madori ham bo‘lmaydi.

Abu Hurayra rivoyat qiladi: Rasululloh (s.a.v.) dedilarki:

— Qiyomat kuni insonlar uch toifa holida hashr etiladilar:
1.   Ulovlilar.
2.   Yayovlar.
3.   Yuzida yuruvchilar. Bir kishi so‘radi:
—   Ey Allohning Rasuli, yuzda qanday qilib yurish mumkin?

Rasululloh (s.a.v.) javob berdilarki:
-   Odamlarni oyoqda yurgizib qo‘ygan zot, yuzda yurgizishga ham qodirdir.

Qayd etilgan


Robiya  25 Yanvar 2009, 13:01:49

Odamzodning tabiatida o‘zi o‘rganmagan, ko‘nikmagan narralarni inkor etish xususiyati bor. Chunonchi, ilonning oyoqsiz, qorni bilan surgalib chaqmoqday g‘izillab ketishini ko‘rmagan bo‘lsa, insonning oyoqsiz yurishini ham tasavvur etolmaydi, inkor qiladi. Oyoq uzra yurganlarni ko‘rmagan bir inson bo‘lsaydi, balki u buni ham inkor etgan bo‘larmidi... Ko‘zingni och, qiyomat kunini ta’riflaydigan g‘aroyib hodisalar bu dunyoda yuz beruvchi hodisalarga o‘xshamasa, ularni inkor etib o‘tirma! Chunki bu dunyoda ham yuz beradigan bir qator hodisalar to‘g‘risida mushohada yuritmagan bo‘lsang, u dunyoda ro‘y beradigan shunga o‘xshash hodisalarni bayon etsalar, qat’iyan ishonmasliging mumkin. Shuning uchun hozirdan boshlab, qalbingda qiyomat kunidagi holingni shakllantirib bor. Sen qip-yalang‘och, xor, xo‘r va haqir, esankiragan bir ahvolda oyoqda turasan va o‘zing haqingda chiqarilajak hukmni kutasan. Oxir-oqibatda seni xushbaxt yo badbaxt qilish to‘g‘risida qaror qilinadi. U ondagi bu hol favqulodiy bir holdir. Buni shunday deb bil. So‘ngra jonzodlarning u ondagi olomonini o‘yla. Yetti qavat osmonu, yetti qavat yer ahli, malaklar, jinlar, insonlar, shaytonlar, vahshiy hayvonlar, qushlar va hokazolar u yerda yig‘iladilar. Quyosh beshafqat haroratini ularga qadaydi, ularning tepasiga ikki yoy qadar yaqinlashadi... Mahshar bo‘layotgan joyda koinotning mutlaq sohibi Alloh Arshining soyasidan boshqa hech qanday soya bo‘lmaydi. Bu soyada faqat Allohga yaqin bo‘lganlar, Allohning axloqi bilan axloqlanganlar panalana oladilar. Quyoshning harorati borliqni eritadigan darajada bo‘ladi. Butun odamzod issiqlikdan qattiq iztirob chekadi. Keyin jonzodlar bir-birlarini turtib-surta boshlaydilar. Olomon ichida bir-birlarini itarib yuborishlar, bir-birlarini toptashlar yuz beradi. Bu g‘ala-g‘ovur aro inson yana Alloh huzuriga chaqirilarkan, uyat tuyg‘usidan yuzaga kelgan tahlika ham dard ustiga chipqon bo‘ladi. Quyoshning harorati, nafaslar tufayli ko‘tarilayotgan hovur va qalblardagi nomus olovidan hosil bo‘lgan jonsaraklik birlashadi. Badandagi har tukning tagidan ter oqkandan oqib chiqaveradi va mahshargohning ul toza tuprog‘i ustiga oqadi. Bu oqqan terlardan suv jilg‘alari hosil bo‘ladi, har kimning Alloh yonidagi holati qay darajada bo‘lsa, suv shu darajaga qarab, baland ko‘tariladi: ba’zilarining tizzalarigacha, ba’zilarining beligacha, ba’zilarining quloq solinchagigacha chiqadi. Ba’zilar esa cho‘kib ketar darajada ter suvi ostida qoladilar.

Ibn Umar rivoyat qiladi:

—   Alloh Rasuli (s.a.v.) bildirdilarki:
—   Olamlarning Rabbi bo‘lgan Allohning hukmi asosida insonlar qabrlaridan turishgan kunda, ularning ba’zilari quloqlarining yarmigacha terga ko‘miladilar.

Qayd etilgan