Imom G'azzoliy. Mukoshafatul qulub  ( 220787 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 15 16 17 18 19 20 21 22 23 24 25 ... 49 B


Robiya  25 Yanvar 2009, 13:02:30

Abu Hurayra rivoyat qiladi:

—   Rasululloh (s.a.v.) dedilarki:
—   Qiyomat kuni insonlar terlaydilar, terlari hatto yetmish quloch yerning ostigacha shimiladi, so‘ng ter yer uzra ko‘tarila-ko‘tarila, og‘izlarni bekitadi, quloqlargacha yetadi.

Uqba ibn Omir (Rasuli akram s.a.v.ning sahobalaridan. Hijriy 2 yil, milodiy 624 yilda yuz bergan Badr jangining g‘oziylaridan biri) rivoyat qiladi: Alloh Rasuli (s.a.v.) aytadilarki: - Qiyomat kuni Quyosh Yerga yaqinlashadi, insonlar terlaydi. Ba’zilarning teri to‘piqlariga qadar ko‘tariladi, ba’zilariniki boldirining yarmisigacha, ba’zilariniki tizzalarigacha, ba’zilariniki sonigacha, ba’zilariniki qo‘ltig‘ining tagigacha, ba’zilariniki og‘zigacha (Alloh Rasuli (s.a.v.) shunday deganda qo‘li bilan imo qilib og‘zini bekitganday bo‘lardilar) yoki boshigacha (Alloh Rasuli (s.a.v.) bu gal qo‘llari bilan boshlariga urardilar)...

O’yla, ey tanbal inson, ahli mahsharning terlashiyu azoblarini! U kuni insonlarning ba’zilari Allohga tinimsiz:
— Yo Rabbim, meni bu iztiroblardan va bu kutishlardan qutqar, olovga tushsam ham mayli!.. - deb nido qilib yolvoradilar.

Bu uqubatlarning barchasi hali hisob ko‘rilmasdan va azobga duchor qilinmasdan oldin ro‘y beradi. Sen ham bir jonzotsan, terlaring qaeringgacha ko‘tarilishini bilmaysan.

Shuni yaxshi bilib qo‘yki, Alloh yo‘lida haj qilmoq, jihod etmoq, ro‘za tutmoq, namoz o‘qimoq, bir musulmon birodaringning ehtiyojini qoplamoq uchun charchamoq, yaxshilikka unda shu, yomonliqdan qaytarish uchun zahmatu mashaqqatga aralashmoq tarzida ter to‘kmagan bo‘lsang, to‘kmagan bu teringni qiyomat kunining uyatga botiruvchi va qo‘rqituvchi mahshar maydonida to‘kasan. U yerda g‘amgin onlaring uzayadi. Agar odamzod jaholatdan, g‘ururdan (kibrdan) qutulgan bo‘lsaydi, dunyoda Alloh yo‘lida bo‘lish qiyomat kuni ter to‘kib qiynalishlar va kutishlardan yengilroq ekanligini va vaqg nuqtai nazaridan qisqaroq ekanligini ko‘rar edi. Evoh, u kun shunday bir kundirki, bergan azobu uqubati ham katta, muddati ham benihoya uzundir.

Qayd etilgan


Robiya  25 Yanvar 2009, 13:03:16

JONZOTLARARO HUKM

Abu Hurayra hikoya qiladi:

-   Rasululloh (s.a.v.) so‘radilar:
-   MUFLIS deb kimni aytamiz, bilasizlarmi? Biz javob berdik:
—   Ey Allohning Rasuli, bizningcha, muflis deb puli va ashyolari qolmagan kishilarga aytiladi.

Rasuli akram (s.a.v.) tushuntirdilar:
—   Ummatimning muflisi shunday bir kimsaki, u qiyomat kuniga namoz o‘qigan, ro‘za tutgan va zakot bergan holda keladi; ammo birovni so‘kkan, birovning haqini yegan, yana kimningdir qonini to‘kkan, kimnidir urgan bo‘ladi. Bunday kimsaning savoblaridan talay qismi tortib olinadi, agar haqsizlik qilgan kishilardan olgan qarzi to‘lanmasdan savoblari tugab qolsa, bu safar ularning gunohlari olinib, bu kishining zimmasiga yuklanadi, keyin esa jahannamga otiladi.

Ey birodarim, mana shunday kunda boshingga tushishi mumkin bo‘lgan musibatni o‘yla, chunki, deyarli hech bir ibodatning riyo degan ofatdan va shayton aralashtirgan hiylalardan omon qolishi mumkin emas. Tasodifan, ibodatlaringning bir qanchasi riyosiz va chin ixlosli bo‘lgan esa-da, ularga ham dushmanlaring qiyomat kuni ko‘z tikajaklar va qo‘lingdan olajaklar. Kunlaringni ro‘za bilan, tunlaringni namoz bilan o‘tkazgan bo‘lsang ham, ehtimol shunday hisobga chaqirilgan paytingda o‘zing o‘z savoblaringga ko‘lka tashlashi mumkin bo‘lgan darajada kimnidir g‘iybat qilganingni bilajaksan. Musulmon birodaringni g‘iybat qilganingni bilajaksan. Musulmon birodaringni g‘iybat qilganing butun savoblaringni yo‘q qilsa, u holda boshqa gunohlaring, harom va shubhali narsalarni yeganlaring, qusurli ibodatlaring nima bo‘ladi? Shoxsiz qo‘y uchun shox-li qo‘ydanki haq talab qilingan kunda (qiyomat kuni) qilgan zulmlaringdan qutulishni qanday umid qila olasan?

Qayd etilgan


Robiya  25 Yanvar 2009, 13:04:25

Abu Zar Payg‘ambarimiz (s.a.v.)dan rivoyat qiladi: - Alloh Rasuli suzishayotgan ikki qo‘yni ko‘rganlarida: "Ey Abu Zar,- dedilar, - nega urushayotganlarini bilasanmi?" Men: "Yo‘q!" — dedim. Aytdilarki: "Alloh biladi va qiyomat kuni oralarida hukm chiqaradi!"

Abu Hurayra "Yerda sudralib yurgan har bir jonivor, osmonda qanot qoqayotgan har bir qush xuddi sizlar kabi (Bizning ummatlarimiz kabi) jamoalardir!" (An’om surasi, 38 - oyat) - maolidagi oyatning tafsiri haqida shunday deydi:

- Qiyomat kuni barcha jonivorlar - hayvonlar, qushlar, har narsa... tiriltiriladi va ular mahshar joyida to‘planadi. Shoxli qo‘ydan shoxsiz qo‘yning haqi olinadigan darajada Allohning adolati yuz ko‘rsatadi. So‘ngra hayvonlarga: "Tuproq bo‘lingiz" — amri beriladi. Bu amr kofirlarning: "Koshki men ham tuproq bo‘lsaydim!" — degan chog‘i yuz beradi.

Holing ne bo‘ladi, ey tanbal inson, u kunda?! Amal daftaring savobsiz bo‘lib qolishi mumkin. Holbuki, uzundan-uzoq zahmatlar chekib, savobga muyassar etadigan amallar qilgan eding. Daftaringni bo‘m-bo‘sh ko‘rganda:

—   Qani mening go‘zal amallarim? - deb qolasan-ku!

Senga:

-   Dushmanlaringning daftariga ko‘chirildi, - deb javob berilganda, nima deysan?!
So‘ngra dunyoda sabr qilib va cheklanishlarga chidab, gunoh qilmagan bo‘lsang-da, amal daftaringni gunohlar bilan to‘la holda ko‘rib:

—   Ey Rabbim, bu gunohlar... men bunday gunohlarga aslo yaqin ham yo‘lamaganman, - deysan.
Senga shunday javob beriladi:

—   Bular — sen g‘iybat qilgan, sen qiynagan, so‘kkan, sen qasddan yomonlik qilgan, olish-berishda, qo‘shnichilikda, do‘stlikda, suhbatda, munozarada, dars berish asnosida va hokazo hollarda sen zulm qilgan kishilarning gunohlaridir!

Qayd etilgan


Robiya  25 Yanvar 2009, 13:05:20

Ibn Mas’ud rivoyat qiladi:

Alloh Rasuli (s.a.v.) bildirdilarki:

- Shayton musulmon o‘lkalarida odamlarni butga sig‘intirishdan umidini uzgan, ammo bundan tubanroq va tahqirlovchi gunohlar qilayotganligingizdan mamnun bo‘ladi. Bu gunohlar turli zulmlardir. Qo‘lingizdan kelgancha zulm qilishdan saqlaning. Zero, odamzod qiyomat kuni tog‘day ibodat va savoblar bilan keladi va bular meni qutqaradi deb o‘ylaydi. Oradan ko‘p o‘tmay, bir odam keladi-da, uni ko‘rsatib: "Yo rabbim, bu kishi menga zulm qilgan!" - deydi. Shunda uning savoblarini bunga olib berish to‘g‘risida amr qilinadi. Bunday shikoyatlarning keti uzilmasligi mumkin. Bir payt qarasa, u kishining nomai a’molida qo‘lga olsa arzigulik biron narsasi qolmabdi. Bunday kishining holi cho‘lda yo‘lga chiqqan ba’zi kimsalarning mana bu holiga o‘xshaydi: safarga chiqqanlar bir yerga qo‘nadilar, yoqishga hech narsa yo‘q, karvondagilar har tarafga tarqaladilar va uncha-muncha yoqqulik o‘tin topib keladilar. So‘ngra pishirmoqchi bo‘lgan narsalarini hozirlashga kirishadilar. Bir ozdan so‘ng o‘t yoqqani kelsalar, to‘plagan o‘tinlaridan asar ham qolmagan bo‘ladi.

Mana, savoblar ham shundaydir.
-   (Ey Muhammad), xech shak-shubhasiz, siz ham o‘lguvchidirsiz, ular ham o‘lguvchidirlar. So‘ngra, albatta, sizlar qiyomat kunida Parvardigoringiz huzurida talashib- tortishursizlar! (Zumar surasi, 30-31-oyatlar) — maolidagi oyat nozil bo‘lganda, Zubayr Rasululloh (s.a.v.)dan so‘radi:
—   Ey Allohning Rasuli, dunyoda bir-birimizning oramizda bo‘lgan, lekin o‘z shaxsimizga taallukli gunoxlar zimmamizda takror orttiriladimi?

Rasuli akram (s.a.v.) javob berdilar:
-   Ha, har haq egasiga haqqi qaytarilguncha zimmangizda gunohlar takroran ortib boradi.

Bu hadisni eslatgan Zubayr deydiki:
—   Alloh nomiga ont ichib aytamanki, vaziyat juda murakkab! Bir odimlik xatodan ham ko‘z yumilmaydigan, bir shapaloqlik, bir so‘zlik haqdan ham voz kechilmaydigan va zolimdan mazlumning haqi albatta olinadigan u kunning siquvlari chaqana emasligini yodda tut.

Qayd etilgan


Robiya  25 Yanvar 2009, 13:06:06

Anas ibn Molik deydiki:   

- Rasululloh (s.a.v.)dan eshitganman, ul zoti kirom shunday der edilar:

- Alloh bandalarni yalang‘och, chang bosgan va yonlarida hech narsasi bo‘lmagan holda bir-erga yig‘adi. So‘ngra ularga shunday ovoz bilan xitob etadiki, uzoqdagilar ham eshitadi, yaqindagilar ham!.. "Men mutlaq hokimman, jannatga tushayotgan biror kimsada jahannamga tushayotgan boshqa kimsaning haqi bo‘lsa, men uning haqini undan olmasdan burun u jannatga kirolmaydi. Jahannamlik kimsada jannatlik kimsaning haqi bo‘lsa, men uning haqini undan olmasdan burun u jahannamga kirolmaydi. Garchi u haq bir shapaloqqina bo‘lsa ham!" Biz dedikki:
-   Haq qanday olinadi, axir biz Alloh huzuriga yalang‘och va chang-g‘ubor bosgan holda kelgan bo‘lsak?!

Aytdilar:

-   Haq olish-berish savoblar va gunohlarni bir-biriga o‘tkazish orqali bo‘ladi.

Ey Allohning bandalari, Rabbingizdan qo‘rqing! Boshqa bandalarning mollariga qo‘l cho‘zib, iffati, or-nomusiga tegib, qalblarini baloga duchor qilib, odamlar bilan muomalada ularga yomonlik ko‘rsatib, zulm etmang, chunki Alloh ila bandasi orasida bo‘lgan nuqsonlar borasida darhol afv etish bor, ammo banda bilan banda orasida bo‘lgan haqlar masalasida bunday emas. Biron kimsa boshqalarning haqiga tajovuz qilgan bo‘lsa-yu, keyin bunga tavba qilgan bo‘lsa, ammo haq egasi bilan rozilashish qiyinlashsa, haq undiriladigan kun uchun ko‘p savob ishlar qilib qo‘ysin. Alloh bilan o‘zi orasida qoladigan, ixlos bilan ado etilgan savoblar qilgan bo‘lsin va bu savoblarga Allohdan boshqa kimsa guvoh bo‘lmasin. Bu savoblar uni Allohga yaqinlashtiradi va haqi o‘tgan kishilarning haqini o‘tashda Allohning lutfiga muvaffaq bo‘ladi, deb umid qilinadi.

Qayd etilgan


Robiya  25 Yanvar 2009, 13:07:39

Yana Anas ibn Molik Payg‘ambarimiz (s.a.v.)dan rivoyat qilgan bir hadis shundaydir:

— Bir joyda Rasululloh (s.a.v.) o‘tirgandilar, ul zotning kulimsiraganini ko‘rdik. Shunday jilmaydilarki, ikki oldgi tishlari ko‘rindi. Umar: "Nega kulyapsiz, ey Allohning Rasuli?" — dedi. Rasul (s.a.v.) aytdilarki: "Ummatimdan ikki odam Allohning huzurida hisoblashdilar.

Biri: "Ey Rabbim, - dedi, - birodarimdan haqimni olib ber!" Alloh unisiga: "Birodaringning haqini ber!" - deb buyurdi. U dediki: "Ey Rabbim, savoblarimdan biron narsa qolmadi". Bu safar Alloh haq so‘raganga: "Savoblaridan biron narsasi qolmabdi, nima qilasan?" — dedi. U dediki: "Ey Rabbim, gunohlarimdan olsin!.." (Bu so‘zlarni aytayotganda Alloh Rasuli (s.a.v.)ning ko‘zlari yosh ila to‘ldi). So‘ngra bildirdilarki: "Bu hodisa ulug‘ bir kunda sodir bo‘ladigan narsadir. U kun insonlar o‘zlarining gunohlarini boshqalarga o‘tkazishga muhtojlik his qiladilar" (Alloh Rasuli (s.a.v.) shundan so‘ng hodisaning bundan keyingi sahifasini hikoya qilishda davom etdilar): Alloh haqini talab qilganga: "Boshingni ko‘tar, jannat bog‘lariga qara!" - dedi. U boshini ko‘tardi va dediki: "Ey Rabbim, baland-baland kumush binolar va injular"bilan porlatilgan oltin ko‘shklar ko‘rdim. Bular qaysi payg‘ambar, qayei to‘g‘riso‘z, qaysi shahidga atalgan?" Alloh buyurdi: "Badalini (bir narsa evaziga to‘lanadigan narsasini) menga berganlarga atalgan!.." U: "Ularning badali kimda bor?" — deb so‘radi. Alloh buyurdi: "Senda ham bor!" U so‘radi: "Nima u?" Alloh buyurdi: "Sen haq so‘rayotgan bu birodaringni afv etishingdir!" U dedi: "Ey Rabbim, uni afv etdim!" Alloh buyurdi:"Birodaringningqo‘lidan tut, uni jannatga qo‘y!" (Alloh Rasuli bu asnoda marhamat qildilarki): "Allohdan qo‘rqing, bir-biringizning orangizni tuzating, chunki (ko‘rib turibsiz), Alloh mo‘minlar orasini tuzatadi".

Qayd etilgan


Robiya  25 Yanvar 2009, 13:08:49

Bu hadisdan ko‘rib turibmizki, Allohning bunday iltifotiga faqat uning axloqi bilan axloqlanish orqali muyassar bo‘linadi. Allohning bu axloqi ikki mo‘minning orasini tuzatish yo‘lidadir. Ana endi o‘yla, ey birodarim, agar amal daftaringga boshqalarga zulm qilish gunohini yozdirmagan bo‘lsang va yoki yuqorida hikoya qilinganiday Allohning lutfiga muvaffaq bo‘lib, afv etilsang va shu tariqa abadiy saodatga erishsang, sevinching naqadar katta va so‘ngsiz bo‘lur! Unday saodat sari borish senga nasib etsa, ortiq bundan keyin hech badbaxtlikning yuzini ko‘rmayajaksan. Shunday bir ne’matga qovushasanki, yo‘qlik va yo‘qotish qo‘rquvi u ne’matning yoniga ham yo‘lay olmaydi. Ushanda qalbing sevinch va faraxdan entikib turadi. Yuzing oppoq bo‘ladi, nurlanadi, xuddi o‘n to‘rt kunlik oyday yashnaysan!.. Tasavvur qil, u onda bugun jonzotlar orasida boshing tik, o‘zing gunohsiz va muattar hidlar taratib bir-bir qadam bosgaysan!.. Mamnunliging alomati peshonangdan yarqirab ko‘rinib turadi. Butun jonzotlar senga va sening holingga nazar tashlab, yaxshi axloqingga va go‘zalligingga havas qiladilar. Oldingda, orqangda va yonlaringda farishtalar yuradi va guvohlar huzurida: "Bu falonchining o‘g‘li falonchi, Alloh undan rozi, u Allohni rozi qildi. Shunday saodatga erishdiki, ortiq bundan keyin badbaxtlik ko‘rmaydi!" — deydilar. Ey o‘quvchi, o‘zing o‘yla, bu aytilgan sharaf va oliy maqom dunyoda riyokorlik, laganbardorlik va sun’iy xatti-harakatlar bilan arzimagan bir davrda insonlarning ko‘nglida uyg‘otgan sevgingdai buyukroq emasmi? Agar haqiqatan yuqorida aytilgan sharaf va oliy maqomning bu dunyodagi chin sharaf va oliy maqomdan yaxshi ekanligini - qiyoslab bo‘lmas darajada farqli ekanligini — tushuna olsang, faqat ixlosli bo‘lish va amallarni faqat Alloh uchun ado etish yo‘li bilan o‘sha yuksak sharaf va oliy maqomii egallashga intil. Va shuni hech qachon unutmaki, bu sharaf va oliy maqomga ega bo‘lish faqat va faqat ixlos bilan, amallarni yolg‘iz Alloh uchun qilish orqali yuzaga chiqadi. Agar yuqorida aytilgan katta sharaf va oliy maqomni ikki chaqaga ham olmasang. ya’ni amal daftaringda sen ahamiyatga loyiq ko‘rmagan, lekin Alloh nazdida katta gunoh hisoblangan qilg‘iliklar ko‘p bo‘lsa — xudo asrasin! - u holda voy holingga oxiratda!.. Alloh senga shunday xitob qiladi:

- Ey bandai nodon! O’zing o‘zingga tilab olding: la’nat senga! Qabul etmayman ibodatlaringni!
Sen bu ovozni eshitib ulgurmasingdan yuzing qorayadi. So‘ng — Alloh senga darg‘azab bo‘lgani uchun — farishtalar g‘azablanadi, ular ham nafratlarini izhor qilib:

— Senga bizning va butun maxluqotning la’nati bo‘lsin, - deydi.

Qayd etilgan


Robiya  25 Yanvar 2009, 13:09:17

Bu asnoda Zaboniylar (jazo farishtalari) senga nisbatan qo‘pol muomala qila boshlaydilar va g‘azablarini sochadilar. Chunki Alloh senga darg‘azab. Shiddat va beandishalik bilan to‘tri sening oldingga kelib, basharangdan changallagancha butun maxluqlarning ko‘z o‘ngida sudrab ketadilar. Ular ham yuziqoraligingni va rasvo-raddibaloligingni tomosha qiladilar. Sen esa: "Afsus! O’lim!" — deb nolalar chekasan.

Zaboniylar derlarki:
—   Bugun bir marta o‘laman deb o‘ylama! Bir necha marta o‘lasan!

Shu payt boshqa farishtalar shunday deb nido qiladilar:

—   Ko‘rib qo‘yinglar: bu — falonchining o‘g‘li pismadonchi. Alloh masxarabozliklarini va razilliklarini o‘rtaga tashladi. Yomon amallari tufayli uni la’natladi. Shunday bir baxtiqarolikka tushdiki, ortiq bundan keyin saodatning yuzini ko‘rmaydi.

Bularnint bari ko‘p marta ayrim shaxslarning sevgisi va hurmatini qozonish yoki ularning yonida past bo‘lmaslik andishasi bilan qilgan bir gunohing sababli bo‘ladi. Holbuki, bu amalni qilganingni odamlar ko‘rmagan bo‘lishlari ham mumkin. Lekin sening niyating va fikru xayoling ba’zi insonlarni mamnun etish yoki ularning yonida e’tibor qozonish bo‘lgani uchun bu amaling katta gunoh holiga kelgan bo‘ladi. Sen shu qadar johilmisanki, shu o‘tkinchi dunyoda bir necha kishining nazarida pastroq bo‘lishdan qo‘rqasan va ertangi u Buyuk Kunda past-rasvo bo‘lishdan, Allohningg‘azabini keltirishdan, achchiq azobdan va Zaboniylarning qo‘lida jahannamni aylanib chiqishdan qo‘rqmaysan! Mana, sening holing shulardan iborat, lekin sening tahlikadan xabaring yo‘q.

Qayd etilgan


Robiya  25 Yanvar 2009, 13:11:19

MOL-MULKNING BEVAFOLIGI

Alloh buyuradi:

—   Ey mo‘minlar, na mol-dunyolaringiz va na bola-chaqalaringiz sizlarni Allohning zikridan yuz o‘girtirib qo‘ymasin! Kimki shunday qilsa, bas, ana o‘shalar ziyon ko‘rguvchi kimsalardir! (Munofiqun surasi, 9-oyat)

—   Sizlarning mol-mulklaringiz va bola-chaqalaringiz faqat bir fitna-Imtihondir, xolos. Ulug‘ ajr-mukofot esa yolg‘iz Allohning huzuridadir. (Tag‘obun surasi, 15-oyat)

Kim mol-mulkini va bola-chaqasini Allohning huzuridagidan ustun qo‘ysa, uning qattiq aldanayotgani shak-shubhasizdir.

—   Kim (faqat) shu dunyo hayotini va uning zeb-ziynatlarini istaydigan bo‘lsa, ularga qilgan amallarini(ng ajr-mukofotini) shu dunyoda komil qilib berurmiz va ular bu dunyoda ziyon ko‘rmaydilar. (Hud surasi, 15-oyat)

Darhaqiqat, (kofir) inson o‘zini boy-behojat ko‘rgach, albatta, tug‘yonga tushar - haddidan oshar. (Alaq surasi, 6-7-oyatlar)

(Ey insonlar), sizlar to qabrlarni ziyorat qilgunlaringizcha (ya’ni o‘lib, qabrga kirgunlaringizcha) sizlarni (mol-dunyo) to‘plab ko‘paytirish (Allohga toat-ibodat qilishdan) alahsitdi. (Takosur surasi, 1-oyat)

Payg‘ambarimiz (s.a.v.) marhamat qiladi:

-   Suv urug‘ni undirgani kabi mol, shuhrat sevgisi ham qalbda nifoq undiradi.
—   Molga, shuhratga va mansabga berilgan kishining diniga yetkazgan zarari qo‘y nasliga qiron keltirgan ikki bo‘rining yetkazgan zararidan oshib tushadi.
—   Mol-mulk to‘plaganlar halok bo‘ldi. Faqat yig‘ganini Allohning bandalari foydalnadigan joylarga sarflaganlar omon qoldilar. Ular esa ozchilikdir.

Qayd etilgan


Robiya  25 Yanvar 2009, 13:12:07

Alloh Rasuli (s.a.v.)dan so‘radilar:

-   Ummatingizning eng gunohkorlari kimlar?

Javob berdilarki:

-   (Mol-mulkini jamiyat foydalanadigan yaxshilik yo‘llariga sarf etmagan) Boylar!
—   Sizdan keyin bir to‘p insonlar keladi, taomlarning eng nafisini yeyishadi, ulovlarning eng yaxshisini minishadi, xotinlarning eng go‘zaliga nikohlanishadi, liboslarning eng go‘zalini kiyishadi, mushtdekkina me’dalari bo‘ladi, lekin hech to‘yishmaydi. Nafslari hakkalak otgan bo‘ladi, qanoat nimaligini bilishmaydi. Shu tor dunyoga tashlanadilar, tunlari allamahalgacha ishlab, yana sahardan ish boshlaydilar. Allohni qo‘yib, dunyoga sig‘inadilar. Allohga emas, dunyoga (nafslarining havoyi orzulariga) itoat etadilar. Havoyi nafslariga beriladilar. Abdullohning o‘g‘li Muhammaddan u kunlarga yetib borgan kimsalarga tavsiya shuldirki, unday (boylar) bilan uchrashib qolsalar salom bermasinlar, xastalanganda bogjb ko‘rmasinlar, o‘lganda janozasiga qo‘shilmasinlar, kattalarini hurmat qilmasinlar. Kim (ularga salom bersa, xastalarini ziyorat qilsa, janozasiga qo‘shilsa va kattalarini hurmat qilsa) islomiyatni yiqitishda ularga yordam bergan bo‘ladi.

— Dunyoni dunyo ahliga qoldiring. Kim keragidan ortiq dunyolik to‘plasa (buni insonlar foydalanishi yo‘lida sarflamasa) u o‘zi bilmagan holda o‘ziga falokat sotib olgan bo‘ladi.

-   Odamzodning do‘sti uchtadir. Birinchisi, kishining joni tandan chiqquncha u bilan birgadir. Ikkinchisining do‘stligi qabrgacha boradi. Uchinchisiniki mahshargachadir. Ruhi tandan chiqquncha do‘stlik qilgan - molidir. Qabrgacha do‘stlikni davom ettirgani — oila a’zolaridir. Mahshargacha do‘st bo‘lgani esa, u qilgan go‘zal amallardir.

Qayd etilgan