Imom G'azzoliy. Mukoshafatul qulub  ( 221221 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 20 21 22 23 24 25 26 27 28 29 30 ... 49 B


Robiya  26 Yanvar 2009, 15:06:41

Ibn Abbos:

— Tafakkur bilan va bajonidil o‘qilgan ikki rak’at namoz butun tun bo‘yi istar-istamas o‘qilgan namozdan xayrliroqdir.
Bir vaqtlar Abu Shurayh (hijriy II asrda yashagan zohidlardan) yo‘lda ketar ekan, o‘tirdi. Chakmoniga o‘randi, yig‘lay boshladi.
Undan:

—   Nega yig‘laysan? — deb so‘radilar.

Dediki:

—   Umrim tugayotganiga, amalim ozligiga, ajalim yaqinlashib kelayotganiga yig‘layapman.

Hotam Asom:

—   Ibrat ilmni orttiradi, zikr Alloh sevgisini orttiradi, tafakkur Alloh oldidagi qo‘rquvni orttiradi.

Ibn Abbos:

—   Yaxshi mavzudagi TAFAKKUR o‘sha yaxshilikni qilishga undaydi. Yomonlikdan afsus-nadomat qilmoq o‘shanday yomonlikdan qochishga undaydi.

Ba’zi muqaddas kitoblarda qayd etiladi:

—   (Alloh buyuradi): Men har bir hikmat sohibining ham so‘zini qabul qilavermayman. U kimsaning ichidagi o‘ylariga va g‘ayrat-shijoatiga qarayman. Agar niyati va g‘ayrat-shijoati mening uchun bo‘lsa, sukutini tafakkur, gapirmasa ham, so‘zini shukr o‘rnida qabul qilaman.

Hasan Basriy:

—   Oqillar zikrdan tafakkurga, tafakkurdan zikrga o‘tadilar. Qalblarining gapirishini talab qiladilar. Va nihoyat, qalblari hikmatli so‘zlarni ayta boshlaydi.

Ishoq ibn Holaf (hijriy Sh-1U asrlarda yashagan hadis olimi) hikoya qiladi: Dovud Toiy Oydin bir kechada bir tom ustida bo‘ladi va Osmonlarning va Yerning sirlari to‘g‘risida o‘ylaydi, bu orada Samoga qaraydi va yum-yum yig‘lay boshlaydi. Bir mahalda qo‘shnisining uyiga tushadi. Uy egasi uni o‘g‘ri deb o‘ylaydi. O’rnidan turib, qo‘liga qilichini oladi-da, uning ustiga qarab yuradi. Lekin uning Dovud Toiy ekanligini ko‘rganda orqasiga qaytadi, qilichini joyiga tashlab keladi, keyin Dovud Toiydan so‘raydi:
—   Seni tomdan bu yerga kim otdi?

Uning bergan javobi shu bo‘ldi:

-   Bilmadim, buning farqiga borganim yo‘q!
Junayd Bag‘dodiy:

— Majlislarning eng sharaflisi va eng oliysi tavhid sohasida o‘ylanib (tafakkur etib) o‘tirmoq, ma’rifat shamoli bilan yelpinmoq, muhabbat kosasida do‘stlik daryosidan ichmoq va Allohga husni zan (yaxshi xayol bilan) nazar aylamoqdir. Ey majlislarning eng ulug‘i, ey sharbatlarning eng shirini! Siz nasib qilgan kishilar naqadar baxtiyordirlar!

Qayd etilgan


Robiya  26 Yanvar 2009, 15:09:43

Imom Shofe’iy:

—Sukut saqlagan holda gaplashmoqqa, tafakkur bilan masala hal qilmoqqa yordam talab qilingiz.

—   Hodisalarga sog‘lom nazar bilan qarash g‘ururdan qutulishdir. Qudratli fikr xatodan va nadomatdan xolidir. Kuzatish va fikrlash farosatni ochib yuboradi. Hikmat ahli bilan gaplashmoq nafsga sabot beradi, ko‘ruvchanlikni kuchaytiradi. Bir qarorga kelishdan oldin o‘yla, hujumga o‘tishdan oldin tadbir ol, har narsaning avvalida bir kengash et.

-   Fazilatlar to‘rttadir:

1.   HIKMAT Bu, tafakkur ila yetiladi.

2.   IFFAT. Bu, shahvoniy mayllarni bosib olish bilan yetiladi.

3.   KUCh. Bu, g‘azab tufayli mavjud bo‘ladi.

4.   ADOLAT. Bu nafsoniy kuchlarning muvozanati tufayli mavjud bo‘ladi.

Qayd etilgan


Robiya  26 Yanvar 2009, 15:11:32

                                                                           IKKINChI QISM

                                                                        QILMIShIGA YaRAShA

Payg‘ambarimiz — ul zotga Allohning salomi bo‘lsin — bandaning dunyo bilan vidolashuv chog‘idagi holati haqida shunday bildirdilar:

—   Banda alamini va sarxushligini yengillashtirmoqqa harakat qiladi. Bu onda mushaklaridan ba’zisi boshqasiga: «Xayr! Omon bo‘l! Mendan ayrilding. Men ham qiyomat kunigacha sendan ayrildim!» - deydi.

Har bandai mo‘minning boshida uch hasrati bo‘ladi:

1.   Ruhning badandan ayrilish chog‘idagi hasrat.
2.   O’lim farishtasi, ya’ni Azroil sharpasi ko‘ringanda shu tufayli qalbda tug‘ilgan hasrat.
3.   Mayyit, o‘lim farishtasining gunohkor kishi ruhini olgan chog‘idagi suvratini ko‘rganda o‘z gunohlarini eslab, boshidan kechirgan hasratlari.

Abu Hurayra Payg‘ambarimiz(s.a.v.)dan rivoyat qiladi:

—   Dovud alayhissalom rashkchi edi. Uydan chiqqanda eshiklarni qulflardi. Bir kun yana eshiklarni qulfladi va chiqib ketdi. Lekin bir ozdan keyin xotini uyda bir erkak borligini ko‘rdi va: «Bu odam qay go‘rdan paydo bo‘ldi? Dovud kelib qolsa ish yomon bo‘ladi», - dedi. Bir ozdan so‘ng Dovud alayhissalom keldi. U odamni ko‘rdi va: «Sen kimsan?» - deb so‘radi. U shaxs: «Men shunday bir kimsamanki, maliklardan qo‘rqmayman va maliklar o‘zlarini mendan parda bilan yashirolmaydilar» - dedi. Shunda Hz. Dovud: «Qasamki, unday bo‘lsa, sen o‘lim farishtasisan!» - dedi va joyiga borib, kiyim-boshlariga o‘randi.

Iso alayhissalom bir joydan o‘tayotganda bir bosh suyagini ko‘rdi. Uni oyog‘i bilan turtib:

—Allohning izni bilan gapir! — dedi.

Bosh suyagi, Alloh til ato etib, gapirdi va shularni aytdi:

—   Ey Iso, men shu zamonning shunday-shunday hukmdori edim. Bir vaqt boshimda tojim, atrofimda posbonlarim, yaqinimda xizmatchilarim bilan mulkimning saroyida o‘tirgan edim. Birdan o‘lim farishtasi keldi. Har a’zoyim mendan ayrilib, uning yonida to‘xtadi. So‘ngra jonim chiqib unga ketdi. Koshki barcha askarlar, xizmatchilar va taxtim mendan uzoq bo‘lsaydi. Koshki ularning menga bo‘lgan yaqinligi o‘lim farishtasiga vahshat sololsaydi. Bu shunday bir musbatdirki, gunohkorlar bari bir unga duchor bo‘ladilar. Itoatkor bo‘lganlarga esa bu ibrat darsi bo‘ladi, xolos. Payg‘ambarlar faqatgina o‘lim onidagi hasrat va sarxushlikni anglatdilar. Vale, o‘lim farishtasini mushohada etgan kimsaning u onda his qiladigan qo‘rquvini anglatmadilar. Agar kishi uni bu suvratda tushida ko‘rsa ham bundan keyingi umri g‘am-anduh bilan to‘la bo‘lar edi. O’layotgan odam ko‘rsa holi ne bo‘ladi?

Qayd etilgan


Robiya  26 Yanvar 2009, 15:12:47

Allohga itoat qilganlarga kelsak, ular o‘lim farishtasini go‘zal suvratda ko‘radilar.

Ikrima ibn Abbos (Ibn Abbosning (106-izohga qarang) ozod qilgan quli. Saroyda tarbiya-olgan va olim bo‘lib yetishgan. O’limi h. 107 y) hikoya qiladi:

—   Ibrohim alayhissalom rashkchi inson edi. Bir uyi bor edi. O’sha yerda ibodat qilardi. Tashqari chiqkan chog‘ida albatta uni mahkam berkitib ketardi. Bir qun uyiga qaytganida u yerda bir odam borligini ko‘rdi. So‘radi:
—   Seni mening uyimga kim kiritdi? Noma’lum shaxs:

—   Egasi kiritdi! — dedi.

Ibrohim alayhissalom: «Egasi menman!» - deyishi bilan, begona zot:

—   Bu uyning sendan va mendan ham ziyodaroq egasi bo‘lgan kiritdi! — javobini berdi.

Hz. Ibrohim uning farishta ekanligini angladi va so‘radi: «Sen farishtalarning qay birisan?»

Begona zot: «Men o‘lim farishtasiman!» - dedi. Ibrohim alayhissalom yana so‘radi:

—   Mo‘minlarning jonini olayotgan chog‘ingdagi suvrating va shaklingni menga ko‘rsata olasanmi?
Bu istakka javoban o‘lim farishtasi: «Ha, faqat naryoqqa o‘girilib tur!» - dedi.

Hz. Ibrohim yuzini ters o‘girdi. Bir ozdan keyin qaytib qaraganda g‘oyat o‘ktam bir yigitni ko‘rdi. Ibrohim alayhissalom uning vujudi, liboslari benihoya go‘zalligi va undan xushbo‘y hidlar kelayotganligini aytdi va:

— Ey o‘lim farishtasi, mo‘min inson o‘limi chog‘ida hech bir narsaga yuzma-yuz kelmasa, faqatgina shu suvratingni ko‘rsa, uning uchun shuning o‘zi yetarlidir! — dedi.

O’lim onida QI4 en mubtalo bo‘ladigan hasratlardan biri esa, gunohlarni va savoblarni yozib borgan ikki farishtaning mushohadasidir.

Bayon etiladi:

-   Biron o‘lik yo‘qki, o‘layotgan paytida amallarini yozib borgan ikki farishta unga ko‘rsatilmasa. Agar ul kimsa Allohga itoat etganlardan bo‘lsa, yozuvchi farishtalar shunday deydidar:

-   Alloh senga ko‘pdan-ko‘p xayrlar bersin. Bizni qanchadan-qancha ilm-irfon, to‘g‘rilik va yaxshilik majlislarida ishtirok etkazding. Bizga ko‘pdan-ko‘p solih amallar hozirlading!

Agar o‘lgan kishi Allohni tanimagan osiy bandalardan bo‘lsa, farishtalar unga derlarki:

-   Alloh senga xayrlar bermasin. Bizni ko‘p yomon majlislarda qatnashtirding. Nuqul yomon amallar yozdirding. Quloqlarimizga nuqul yomon so‘zlar eshittirding. Sen to‘g‘ringda tuzukroq bir guvohligimiz yo‘q!

Alloh Rasuli — Unga Allohning salomi bo‘lsin — shunday buyurdilar:

-   Sizning hech qaysingiz boradigan joyingiz qaerligini bilmasdan, jannat yo jahannamdagi joyingizni ko‘rmasdan bu dunyodan ketmaysiz.

Qayd etilgan


Robiya  26 Yanvar 2009, 15:13:30

                                                        QABR VA QABRDAGI SAVOL-JAVOBLAR

Rasululloh - Unga Allohning salomi bo‘lsin — buyurdilar:

-   Ulik qabrga qo‘yilganda qabr unga shunday deydi: «Ey Odamzod, esiz senga! Nega mag‘rurlik qilib, meni o‘ylamading? Men fitna uyi, zulmat uyi, yolg‘izlik uyi va ma’yuslik uyi ekanligimni bilmasmiding? Nega mendan g‘ofil bo‘lding? Hayotlik chog‘ing yo‘ling men tomonga tushganda oyoqlaring tezroq keta qolish payida bo‘lardi».

Agar ul zot solihlardan va yaxshi kishilardan bo‘lsa, o‘lik aytishga haqli bo‘lgan so‘zlarni yor-birodarlaridan biri qabrga xitob qilib deydiki:

«Bilmaysanmi? U odamlarni yaxshilikka undar, yomonlikdan qaytarardi!»

Shunda qabr bunday deydi:

«Unday bo‘lsa, men unga bir yashillik bo‘laman (ya’ni yumshoq maysa bo‘laman) va o‘likning jasadi nurga o‘raladi, so‘ng Allohga yuksaladi.

Ubayd ibn Umayr Laysiy (h. P-Sh asrlarda yashagan tobein kiborlaridan) aytadi:
- Hech bir o‘lik zoti yo‘qki, ko‘milganda lahad unga shunday deb xitob qilmasin:

- Men zulmat va yolg‘izlik uyiman. Agar tirikligingda Allohga itoat bilan yashagan bo‘lsang, bugun sening ustingda bir rahmat bo‘laman. Yo‘q, agar Allohni tanimay osiylik bilan kun kechirgan bo‘lsang, bugun senga bir jazo bo‘laman. Men shunday makondirmanki, Allohga itoatkor bo‘lgan zot menga kirsa, mendan sevinch bilan chiqadi; Allohga osiy o‘laroq menga kirgan odam mendan ziyonga uchragan holda chiqadi.

Muhammad ibn Solih (H. [II asrda yashagan hadischilardan) aytadi:

—   Kishi qabrga qo‘yilib, bir oz azobga duchor bo‘lgan vaqtda qabristondagi boshqa o‘lik qo‘shnilar unga shunday sado beradilar:

-   Ey bizday qo‘shnilardan va qardoshlaridan orqada, dunyoda qolgan kishi! Bizdan ibrat olmadingmi? Biz, oldin ketganlar, senda hech bir fikr-xayol uyg‘otmadikmi? Hoyu-havaslarimiz bizdan ayrilib qolib ketganini ko‘rmadingmi? Sening hali vaqing bor edi. Biz, birodarlaring qilib ulgurmagan solih amallarni sen ham qilmadingmi?

Undan tashqari, u kishiga mustahkam va dabdabali uylari nido etib derlarki:

— Ey dunyoning ko‘rinishiga aldangan odam! Sendan oldin ham dunyo hayotiga mag‘rurlangan, ammo sendan oldin qora tuproqqa kirib g‘oyib bo‘lgan yaqinlaringdan ibrat olmadingmi? Ularku dunyo hayotiga aldandilar. So‘ngra ajal keldi, ularni qabrlarga olib ketdi. Sen esa bu ahvolni o‘z ko‘zing bilan ko‘rgan eding. Ularni kiftingda ko‘tarib qabrga olib borgan eding!

Qayd etilgan


Robiya  26 Yanvar 2009, 15:14:20

Yazid Raqqoshiy (h. P-Sh asrlarda yashagan shayxlardan, Qur’on suralari va Payg‘ambarimiz s.a.v.ning hadislarini tafsir qilardi) aytadi:

-   O’lik qabrlar qo‘yilgan paytda amallari bu holdan qo‘rqib, titray boshlaydilar, Shunda Alloh amallarni gapirtiradi. Derlarki:
—   Ey chuqurda yolg‘iz qolgan inson! Do‘stlaring va oila a’zolaring sendan ayrilishdi. Bugun bizning yonimizda boshqa biron do‘sting yo‘q!

Ka’b aytadi:

— Solih kishi o‘lib, qabrga qo‘yilgan vaqtda uning namoz, ro‘za, haj, jihod, sadaqa kabi amallari undan ayrilganlaridan qo‘rqib titray boshlaydilar. Azob farishtalari u kishining oyoq tomonidan keladilar. Shu asno NAMOZ tilga kirib deydiki:

-   Undan uzoklashing! Sizning u bilan qiladigan ishingiz yo‘q! U, mana shu oyoqlarida Alloh uchun tik turdi. Meni ado etdi!
Azob farishtalari bu safar o‘likning bosh tomonidan keladilar. RO’ZA tilga kirib, deydiki:

-   Sizning u bilan qiladigan ishingiz yo‘q! U dunyoda Alloh uchun och yurdi, suvsiz yurdi (ya’ni ro‘za tutdi).
Farishtalar bu safar yon tomondan keladilar. Lekin tilgan kirgan HAJ derki:

-   U jonini o‘rtaga qo‘ydi, tanini zahmat-mashaqqatdan ayamadi. Shu tufayli sabr-toqat nimaligini bildi, haj qildi, sizning u bilan qiladigan oldi-berdingiz yo‘q!

Oxiri azob farishtalari marhum qo‘lining uchi tomondan keladilar. Bu safar esa SADAQA tilga kiradi va deydiki:
-   Yaqinlashmang mening egamga. U bu ko‘rib turganingiz ikki qo‘l bilan Alloh rizosi uchun qancha-qancha sadaqalar bergan, qancha-qancha ezgu ishlar qilgan, shuning uchun Allohning huzuriga chiqishga munosib. Sizning u bilan qiladigan oldi-berdingiz yo‘q!

Shunda u kimsaga shunday bir nido keladi:

-   Xushxabar! Sen hayotdaligingda qanday go‘zal, qanday yaxshi bo‘lgan ekansan! Hozir ham o‘liklar ichida eng go‘zal o‘liksan!

Shundan keyin rahmat farishtalari keladi. Uning uchun jannatdan bir to‘shak, bir choyshab keltiradilar. Qabr ko‘z qamray olmaydigan darajada kengaytiriladi. Yana jannatdan keltirilgan bir qandil bilan qabr yop-yorug‘ qilinadi. U qiyomat kuni Alloh qabrdan turg‘izguncha shunday yoritib turadi.

Ubaydulloh ibn Ubayd (13 jildlik «Islom entsiklopediyasi»da ham, 16 jildlik «Buyuk islom tarixi» kitoblarida ham, «Hadis tarixi» kitobida va boshqa muhim manbalarda ham Ubayiulloh ibn Ubayd ismini uchratmadik, ammo Ubayd ibn abi Ubayd va Ubaydulloh ibn Umayr ismlari bor. Bu ikkalasi ham sahobalardandir. Balki G’azzoliy kitobining kotiblari sahvga yo‘l qo‘ygandir) hikoya qiladi:

-   O’lik qabrga qo‘yilganda, o‘tiradi. Ustida kezib yurganlarning oyoq tovushlarini eshitadi. Lekin qabrdan boshqa hech bir zot uning bilan gaplashmaydi.

Qabr deydiki:

-   Ey Odamzod, esiz senga. Mendan, mening torligimdan, mening badbo‘yligimdan, mendan keladigan tashvishlardan qo‘rqmadingmi, ularningoldini olmadingmi? Menga nima tayyorlading?

Qayd etilgan


Robiya  26 Yanvar 2009, 15:15:38

Barro ibn Ozib (sahoba, islom lashkarboshlaridan. Payg‘ambarimizga oid bir qancha hadislar rivoyat qilgan. Uhud jangidan boshlab 15 urushda qatnashgan. Vafoti h. 72, y., Kufa) hikoya qiladi:

— Allohning Rasuli - Allohning unga salomi bo‘lsin —Ya bilan birga ansorlardan birining janozasiga borgandik. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) boshini egib, u kishining qabri oldida o‘tirdilar. Keyin uch marta: «Allohim, qabr azobi-dan o‘zing panohingda asra!» — dedilar. Keyinroq shularni so‘yladilar:

— Mo‘minning umri tugab, oxirat yo‘lchiligini boshlayotgan paytida Alloh, uning oldiga yuzlari quyoshday porloq, muattar hidlar taratib turgan bir guruh farishtalarni yuboradi. Bular yonida kafan keladilar-da, o‘layotgan kimsaning oldida o‘tiradilar. Joni chiqqanda, Osmonlarda:

Yerda va Osmonlaru Yer orasida bo‘lgan barcha farishtalar unga salom beradilar. Osmon eshiklari ochiladi. Osmonlarda qanchaki eshik bo‘lsa, ularning har biri u mo‘minning joni o‘zidan o‘tishini istaydi! Uning joni osmonlarga ko‘tarilganda farishtalar tomonidan shunday sadolar eshitiladi:

—   Yo Rabb, sening falon bandang kelayotir!

Alloh esa buyuradi:

—   Olib keling uni. Men uning uchun tayyorlagan sharaflarni ko‘rsating. Men unga va’da berganman:
«Biz sizlarni (tuproqdan) yaratdik, yana unga qaytarurmiz va (qiyomat kunida) sizlarni yana bir bor undan chiqarurmiz».
(Toha surasi, 55-oyat)

Dafn etuvchilar o‘likni qabrga qo‘yib, orqalariga qaytib ketisharkan, u ularning oyoq tovushlarini eshitib yotadi. Shu asno unga shunday deyiladi:

—   Hoy kishi! Rabbing kim? Dining nima? Payg‘ambaring kim?
U javob beradi:

-   Rabbim Alloh! Dinim Islom! Payg‘ambarim Muhammad alayhissalomdir.

Shu tariqa ikki tergovchi farishta uni og‘ir so‘roqqa tutadi. Bu o‘likning qarshisiga qo‘yilgan so‘nggi qiyinchilik, so‘nggi tashvishdir. Bu so‘roqlarga yuqoridagi javoblarni berganda bir nidochi (jarchi) unga shunday nido qiladi: — To‘g‘ri aytding!

Mana shu Allohning mazkur oyatining ma’nosi hisoblanadi:

«Alloh iymon keltirgan kishilarni hayoti dunyoda ham, oxiratda ham ustuvor So‘z (iymon kalimasi) bilan sobitqadam qilur. Zolimlarni esa Alloh (haq) yo‘ldan ozdirur, Alloh o‘zi xohlagan ishni qilur». (Ibrohim suraei, 27-oyat)

Shundan keyin uning qoshiga go‘zal yuzli, muattar hidli va ko‘rkam libosli bir zot kelib, shunday deydi:

—   Seni Rabbingning rahmati bilan va hech tugamaydigan qilib ne’matlangan jannatlari bilan tabriklayman.
—   Alloh senga ham ko‘pdan-ko‘p xayrlar ato qilsin! Sen kim bo‘lasan!

Ul go‘zal yuzli zot derki:

—   Men sening solih amallaringman! Allohga qasamki, sen Allohga itoat bobida bardavom va g‘ayratli eding. Gunoh yo‘llarga ketmas eding. Alloh senga mukofotlar bersin!

Qayd etilgan


Robiya  26 Yanvar 2009, 15:16:52

Keyinroq bir nidochi nido etadi:
—   Unga jannat to‘shaklaridan bir to‘shak yozing, Qabridan jannatga bir eshik oching!..

Jannat to‘shaklaridan bir to‘shak to‘shaladi, qabridan jannatga bir eshik ochiladi. Shunda o‘lik bir duo o‘qiydi:
—   Allohim, qiyomating voqeasini tezlashtirki, bir lahza bo‘lsa ham oldinroq bola-chaqalarim bilan qovushay!

Kofirga kelsak:

Dunyodagi hayoti poyoniga yetib, oxirat yo‘lchiligiga chiqayotgan paytida uning oldiga semiz, qo‘rs tabiatli, qo‘llarida qatrondan qilingan liboslar va ko‘ylaklar bo‘lgan farishtalar keladi. Unga yot bo‘lib ko‘rinadilar. Joni chiqqan vaqtda Yeru Osmonlar orasida va osmonlarda qancha farishta bo‘lsa, hammasi unga la’nat o‘qiydi. Butun osmon eshiklari yopiladi. Zero bu ruhning kirishidan hamma eshiklar jirkanadi! Ruhi osmonga ko‘tarilganda e’lon qilinib aytiladiki:

—   Yo Rabb! Sening falon bandang kelayotir. Uni na Yeru, na Osmonlar qabul qilgisi keladi!..

Shunda Alloh buyuradi:

—   Eltib tashlang uni qabriga. Kanday gunohlar tayyorlab kelganini o‘ziga ko‘rsating. Men unga va’da bergandim:
«Biz sizlarni (tuproqdan) yaratdik, yana unga qaytarurmiz va (qiyomat kunida) sizlarni yana bir bor undan chiqarurmiz».
Bu orada, dafn etuvchilar uni qabrga qo‘yib, orqalariga qaytib ketisharkan, u (mayyit) ularning oyoq tovushlarini eshitib yotadi. Shu asno unga shunday deyiladi:

—   Hoy sen! Menga qara! Rabbing kim? Payg‘ambaring kim? Dining nima?

U «bilmayman» deydi. Unga deyiladiki:

—   Ha, bilmaysanmi?

So‘ngra xunuk yuzli, badbo‘y, beo‘xshov libosli bir zot keladi. Deydiki:

—   Senga Allohning g‘azabini, alamnok va bardavom azobini hadya etaman!

O’lik dag‘dag‘a qiladi:

—   Alloh baloni bersin! Kimsan sen?

Xunuk nusxa javob beradi:

—   Men sening yomon amallaringman! Allohga qasamki, sen Allohni tanimay osiylikka oshiqqan eding. Lekin Unga itoat yo‘lida istar-istamas qadam bosar, imirsilar eding. Alloh baloyingni bersin!

O’lik derki:

—   Alloh sening ham baloingni bersin!

Shundan keyin, kar, soqov, ko‘r va yonida temir to‘qmog‘i bo‘lgan bir zot paydo bo‘lib, uni yoqasidan olib, sudrab ketadi. To‘qmog‘i esa shu qadar og‘irki, butun insonlaru jinlar to‘planib uni ko‘tarmoqchi bo‘lsalar ko‘tarolmaydilar; uning bilan bir tog‘ urilsa, tog‘ chilparchin, yer bilan bitta bo‘ladi. Mana shu to‘qmoq bilan uning boshiga uriladi. U, bu urishlarning oxirida tuproq bo‘ladi. So‘ngra unga ruh yana gavda beradi.Yana bir uriladiki, yer yuzidagi insonlaru jinlardan boshqa barcha jonivorlar ham bu zarbani eshitadilar.

Qayd etilgan


Robiya  26 Yanvar 2009, 15:18:50

Shundan keyinroq bir nidochi sado berib aytadiki:

-   Uning uchun olovdan ikki yotoq hozirlang. Qabridan jahannamga bir eshik oching!

Uning uchun olovdan yotoqlar yoziladi va qabridan jahannamga eshik ochiladi.

Muhammad ibn Ali (Hz. Husaynning (105-izohga qarang) nevarasi Alining o‘g‘li bo‘lib, taxallusi Abu Ja’fardir. Taniqli hadis olimlaridan. Vafoti 114/732 y) aytadi:

—   O’lgan biron kimsa yo‘qki, o‘lgandan keyin yaxshi va yomon amallari o‘ziga ko‘rsatilmasa.

Abu Hurayra hikoya qiladi:

Alloh Rasuli (s.a.v.) bildirdilarki:

—   Mo‘min odamning o‘limi yaqinlashgan bir muddatda uning oldiga bir xil farishtalar keladi, qo‘llarida bir ipak parchasi, parcha ichidan mushk va rayhon hidlari taralib turadi. Bu farishtalar mo‘minning ruhini xamirdan qil sug‘urganday osonlik bilan tanasidan ayiradilar. Bu asnoda unga deyiladiki:

—   Ey yomon fe’l-atvorlardan poklanib, yaxshi fe’l-atvorlar bilan bezangan ruh! Bor, sen Rabbingdan, Rabbing ham sendan xushnud holda, Rabbingning rahmatiga va lutfu karamiga shoshil!

Joni chiqqanda darhol unga mushku rayhonlar sochilib, ipak matoga o‘raladi. Illiyyin (jannatning eng yuksak tabaqasi) degan maqomga ko‘tariladi.

Kofirga kelsak: u o‘lishga yaqinlashgan asnoda ichiga qo‘r solingan dag‘al bir gazlama bilan farishtalar keladi. Ruhini tanidan shiddat bilan tortib, yulib oladilar. Va unga shunday deyiladi:

—   Ey iflos ruh! Ma, Rabbingning g‘azabini ustingga o‘rab olda, Allohning azobiga shoshil!

Hozirgina tandan chiqqan ruh shu cho‘g‘ parchalari ustiga tashlanadi. Gazlama ichidagi bu cho‘g‘ parchalari qaynayotgan narsalarning biqirlashiga o‘xshash biqirlaydi. Osiy shu gazlamaga o‘raladi va shu ahvolda Sijjiyn (jahannamdagi bir jarlikning oti) degan joyga keltiriladi.

Qayd etilgan


Robiya  26 Yanvar 2009, 15:19:48

Ka’b o‘g‘li Muhammad: «Toki qachon ulardan biriga o‘lim kelganda: «Parvardigor, meni (yana hayotga) qaytaringlar, shoyad, men qolgan umrimda yaxshi amal qilsam» (Mo‘minlar surasi, 99-oyat va 100-oyatning boshlanish qismi) deb qolur» mazmunidagi oyatlarni o‘qib o‘tirardi, bir payt dediki:

—   Kishining ruhidan: «Nima istaysan? Nimaga havasing ketgan? Mol-mulk to‘plashgami, bog‘-rog‘ yaratishgami, binolar qurishgami — nima uchun dunyoga qaytishni istaysan?! — deb so‘raladi.

U esa derki:

—   Balki zoe qilgan umrim evaziga yaxshi amal va harakatlarda bo‘larman.

Shunda Alloh buyuradi:

—   Yo‘q! Aslida bu (har bir jon berayotgan kofir) aytadigan so‘zdir. (Mo‘minlar surasi, 100-oyatning ikkinchi jumlasi)

Abu Hurayra hikoya qiladi:

Alloh Rasuli (s.a.v.) aytdilarki:

- Mo‘min qabrida yam-yashil bog‘ ichida bo‘ladi. Qabri yetmish qadam kengaytiriladi. Ichi Oyning o‘n to‘rtinchi kechasi kabi yorug‘ qilinadi. Bilasizmi, «Kim mening eslatmamdan yuz o‘girsa, bas, albatta, uning uchun tang—baxtsiz hayot bo‘lur» (Toha surasi, 124-oyat) oyati kimni nazarda tutib nozil bo‘lgan?

Sahobalar:

—   Buni faqat Alloh va uning Rasuli biladi!..

Payg‘ambar (s.a.v.):

—   Bu oyat kofirning qabrida ko‘radigan azobiga oiddir. U kofirni to‘qson to‘qqiz tinnin bezovta qiladi. Tinnin nima, bilasizlarmi?

Sahobalar:

—   Yo‘q!

Payg‘ambar (s.a.v.):

—   U - har biri yetti boshli to‘qson to‘qqiz ilondir. Qabrlaridan turg‘aziladigan paytgacha kofirlarni chaqadilar, zaharlaydilar va shishiradilar.

Bu sanoqning to‘qson to‘qqiz bo‘lishiga va har bir ilonning yetti boshi bo‘lishiga hayratlanmaslik kerak. Chunki bu ilonlar va chayonlarning sanog‘i kibr, riyo, hasad, gina, dushmanlik... singari yomon fe’l-atvorlarning sanog‘icha keladi. Yomon fe’l-atvorlarning asl bo‘lganlari bilan bir qatorda yana keyin paydo bo‘lgan va shoxlaganlari ham bor. Bu shoxlagan fe’l-atvorlar yana takroran o‘zaro mayda shoxchalarga bo‘linib ketadilar. Xoh kibr, riyo, hasad, kin-adovat... kabi asosiy yomon fe’l-atvorlar bo‘lsin, xohbulardan tug‘ilgan boshqa yomon fe’llar bo‘lsin — barcha-barchasi bir xil tarzda yaxshilikni o‘ldiruvchi, shaxsning va jamiyatning ruhini, undagi insonlik tuyg‘ularini mahv etuvchi xastaliklardir. Mana shu yomon va g‘ayriinsoniy fe’l-atvorlar aynan ilonlar va chayonlar holiga keladilar. Bu ilon va chayonlarning eng kuchlilari hayotni tinnin kabi zaharlaydilar. Ya’ni yetti boshli ilon zaharlaganda vujudga qanday achchiq azob bersa, bu yomon fe’l-atvorlardan biri bir kimsada bo‘lsa, u shu fe’l-atvori bilan boshqalarning ruhiga va insoniy tuyg‘ulariga shunday ziyon beradi. Bu ilon va chayonlarning eng zaifi esa kishini chayon chaqqanchalik bezovta qiladi. Ya’ni kishini bir chayon chaqqanda vujudida qanchalik buzilishni yuzaga chiqarsa, kichkinagina bir yomon fe’l-atvor ham inson ruhida, insoniy fe’l va tuyg‘ularda shunchalik buzilishni yuzaga chiqaradi. Eng katta ilonlar va chayonlar bilan eng kichik ilonlar va chayonlar orasidagi boshqa ilon va chayonlar esa chaqqan vaqtlarida har qanday ilon chaqqanda beradigan og‘riq va azobni, o‘sha achchiqning o‘zini beradilar.

Qayd etilgan