Imom G'azzoliy. Mukoshafatul qulub  ( 342198 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 22 23 24 25 26 27 28 29 30 31 32 ... 49 B


Robiya  29 Yanvar 2009, 14:38:18

— Bir odam nikohida bo‘lmagan bir xotinni o‘pgandi. Payg‘ambarimizga keldi. Masalani aytib berdi. Buni aytish bilan go‘yo qilgan gunohining kafforatini (qilgan gunohini yuvish uchun evaziga nima qaytarishi mumkinligini) so‘radi. Shu mahalda: «Kunduzning har ikki tarafida, kechaning bir bo‘lagida namozni to‘kis ado qiling! Albatta, yaxshi amallar yomonlik — gunohlarni ketkazur. Bu quloq tutguvchilar uchun eslatmadir,» (Hud surasidan, 114-oyat) - mazmunidagi oyat nozil bo‘ldi. Shunda u odam: «Mening savolimga javob shu oyatmi, ey Allohning Rasuli?» - Deb so‘radi. Payg‘ambarimiz (s.a.v.): «bu oyat, shunga amal qiluvchi ummatlarim uchundir», - deb buyurdilar.

Imom Ahmad (Imom Ahmad ibn Hanbal, to‘rt haq mazhabdan biri - hanbaliya asrschisi. Bir million hadisni yod bilardi. Uning «Musnad»ida 30 ming hadis bor. Yashagan yillari h. 164-241), Muslim va boshqa muhaddislarning kitoblarida Abu Umomadan (to‘liq ismi Abu Umoma Boxiliy (224-izohga qarang)) rivoyat qilinadi:

- Bir odam Payg‘ambarimiz (s.a.v.) huzuriga keldi. Bir-ikki marta: <-Ey Allohning Rasuli, Allohning qonunini menga tatbiq etib ko‘rsating!»- dedi. Payg‘ambarimiz indamay u yerdan uzoqlashdilar. Keyin namoz o‘qildi. Namozdan keyin Payg‘ambarimiz (s.a.v.): «Qani anavi odam?» deb so‘radilar. U: «Manaman, bu yerdaman!» - dedi. Rasululloh (s.a.v.): «Bundan sal oldinroq yaxshilab tahorat olib biz bilan birga namoz o‘qidingmi?» deb so‘radilar. Odam: «Ha!» deb javob berdi. Shunda Payg‘ambarimiz (s.a.v.): «Sen shu onda onadan yangi tug‘ilganday gunohsizsan. Alloh shu onda Rasuliga vahiy keldi: «Kunduzninghar ikki tarafida, kechaning bir bo‘lagida namozni to‘kis aDo qiling! Albatta, yaxshi amallar yomonlik — gunohlarni ketkazur. Bu, quloq tutguvchilar uchun eslatmadir».

Payg‘ambarimiz(s.a.v.)ning bu mavzudagi boshqa hadislari:

—   Biz bilan munofiqlarning orasida yaqqol ko‘rinib turgan farqlar bor: xufton va bomdod ibodat vaqglari. Ularning bu ikkisiga kuchlari yetmaydi.

—   Kimki namoz o‘qimagan holda Alloh huzuriga ketsa (ya’ni o‘lsa), Alloh uning boshqa yaxshi amallarining hech biriga katta ahamiyat bermaydi.

—   Namoz dinning ustunidir. Kim namozni tark etsa, dinni yiqitgan bo‘ladi.
Alloh Rasuli (s.a.v.)dan so‘raldi:

—   Amallarning qaysinisi ko‘proq fazilatga ega? Javob berdilarki:

—   Vaqtida o‘qilgan namoz!

—   Kimki yaxshilab tahorat olib besh vaqt namozini vaqtida o‘qisa, qiyomat kuni u namoz uning uchun bir nur va qo‘lida bir hujjat bo‘ladi.

Kimki namoz o‘qimasa yoki namoz o‘qishni tashlab yuborsa, qiyomat kuni Fir’avn va Homon bilan birga so‘roq qilinadi.

—   Jannatning kaliti namozdir.

—   Allohning bandalariga farz qilgan narsalari ichida eng ko‘p yaxshi ko‘rgani — tavhiddan keyin namozdir. Agar namozdan ham ko‘proq yaxshi ko‘rgan biron ibodati bo‘lsaydi, turgan gapki, farishtalar Allohga o‘sha ibodatni qilishardi. Holbuki farishtalardan biri doimo rukuda, ikkinchisi doimo sajdada, uchinchisi doimo qiyomda (ya’ni tik oyokda) va quudda (tiz ustida o‘tirgan holda)dir.

—   Kim qasddan namozni tark etsa, kufrga ketadi.

Qayd etilgan


Robiya  29 Yanvar 2009, 14:39:17

Bu hadisning ma’nosi shu:

—   Kim qasddan namozni tark etsa, iymon ustuni yiqilgani va ishdan chiqqani tufayli iymondan chiqishga yaqinlashib qoladi. Axir, shaharga yaqinlashgan kimsa to‘g‘risida hech kim «shaharga bordi» yo «shaharga kirdi» demaydiku!

—   Kim qasddan namozni tark etsa, Muhammadning — Unga salom bo‘lsin - himoyasidan uzokdir.

Abu Hurayra derki:

—   Kim yaxshilab tahorat olib, namoz o‘qish niyatida jome’ga qarab yo‘l olsa, u namozni niyat qilgan vaqtidan boshlab namrzda hisoblanadi. Unga har ikki odimidan biri muqobilida savob yoziladi, ikkinchi odimi muqobilida gunohi yuviladi. Har biringiz shuni yaxshi bilingki, azonni eshitgandan keyin namozga kechikishingiz to‘g‘ri bo‘lmaydi. Darhol namozga qarab yo‘l olmoq lozim. Chunki uyi jomedan eng uzokda bo‘lganlar eng ko‘p savob oluvchilardir.

Abu Hurayradan: «Nega?» - deb so‘raganlarida, «Odimlar ko‘p bo‘lgani uchun», - deya javob bergandi.

-   Sir tutilgan sajdadan fazilatliroq narsa yo‘q. Chunki bu bandaning Allohga yaqinlashishiga sabab bo‘ladi.

—   Alloh uchun sajda qilgan hech bir musulmon yo‘qki, Alloh uni bir daraja yuksaltirib, gunohlaridan birini kechirmagan bo‘lsin.

Bir kishi Payg‘ambarimiz(s.a.v.)ga: «Allohga duo qiling. Meni Sizning shafoatingizga noil bo‘lganlardan va jannatda siz bilan birga turuvchilardan aylasin!» dedi. Payg‘ambarimiz:

-   Menga sajdalarning ko‘pligi bilan yordam ber! — deb buyurdilar.

Va deydilarki:

-   Bandasining Allohga eng yaqin bo‘lgan chog‘i, bu uning sajda qilayotgan chog‘idir.
Atlohning «Sajda qilib, yaqin bo‘ling!» (Alaq surasi, 19-oyat) oyatining ma’nosi mana shudir.

Yana Alloh marhamat qildi:

-   Ularning yuzlarida sajda izidan (qolgan) belgi-alomatlari bordir. (Fath surasi, 29-oyat)

Qayd etilgan


Robiya  29 Yanvar 2009, 14:43:52

Alloh Rasuli (s.a.v.) buyurdilar:

-   Odamzot sajda oyatini o‘qib sajdaga berilgan chog‘ida shayton uzoqlashadi va: «Afsus!.. Sajda qilish buyurildiyu, bu odam shu zahoti sajdaga berildi; uning uchun jannat bor. Men bo‘lsam sajda qilish buyurilganda, amrga qarshi chiqdim, men uchun jahannam bor!..» - deydi.

Rivoyatga ko‘ra Umar ibn Abdulaziz quruq yerda sajda qilardi.

Yusuf ibn Asbot (h. I asrda yashagan shayxlardan. Uning sahoba Huzayfaga yozgan maktubi ma’lum) shunday degandi:

- Yoshlar! Xasta bo‘lishdan va qarib chol bo‘lishdan oldin Allohning qarshisidagi vazifalaringizni ado eting. Mening endiliqda ruku va sajdalarini benuqson ado etuvchilardan boshqa hasadim yo‘q. Endi men qarilik va xastalik tufayli bularni to‘kis ado etolmaydigan holdaman.

Boshqa ba’zi buyuklarning so‘zlari: Said ibn Jubayr(tobeinlardan. Yashagan yillari h. 46-95):
— Dunyoda sajdadan bo‘lak hech narsaga ko‘nglim sust ketmaydi.

Uqba ibn Muslim (h. I asrda yashagan roviylardan):

—   Allohning nazdida bandasida bo‘lgan xislatlarning eng sevimlisi bandasining «Allohga yetishishni sevish» xislatidir. Bandasining Allohga eng yaqin bo‘lgan chog‘i sajda qilayotgan chog‘idir.

Abu Hurayra:

—   Bandaning Allohga eng yaqin bo‘lgan chog‘i sajda qilayotgan chog‘idir. Sajda paytida ko‘p duo o‘qing.

Qayd etilgan


Robiya  29 Yanvar 2009, 14:44:57

NAMOZ O’QIMAGANNING JAZOSI

Alloh jahannam ahlidan xabar berib aytdiki:

—   (Ular do‘zax ahliga): «Sizlarni nima Saqorga kiritdi?» (deganlarida), ular ayturlar: «Bizlar namoz o‘qiguvchilardan bo‘lmadik, miskin-bechoraga taom beruvchi ham bo‘lmadik. Bizlar (botil-behuda so‘zlarga) sho‘ng‘iguvchi kimsalar bilan birga sho‘ng‘ir edik (ya’ni Qur’on va payg‘ambar xususida tuhmat-yolg‘onlar to‘qir edik). (Muddassir surasi, 42-45 oyatlar)

Imom Ahmad qayd etadi:

—   Mo‘min bilan iymonsiz orasida «namozni tark etish» bor.

Muslim qayd etadi:

—   Mo‘minlik bilan kufr yoki shirk orasida «namozni tark etish» bor.
Abu Dovud va Nasoiy (to‘laroq aytilishi Hofiz Abu Nasoiy, «Sunan» («Mujtabo» ham deyiladi) nomli hadis kitobining muallifi, «Kutubi sitta»ning oltinchisi. Vafoti h. 303 y) qayd etadilar:

—   Bandasi bilan kofirlik orasida faqatgina «namozni tark etish» bor.

Termiziy va boshqa hadischilar rivoyat qiladilar: Rasululloh (s.a.v.) aytdilarki:

—   Men bilan ularni bir bitimga keltiradigan narsa namozdir. Kim namozni tark etsa, kofirlik sari yuz burgan bo‘ladi.

Islomning uch dasturi bor, Dinning tamoyili shular ustiga qurilgan. Kim shu asoslardan tashqari chiqsa, bu bilan u kofirlikka qarab ketgan bo‘ladi:

1   - Qonni (odam o‘ldirishni) halol hisoblasa;
2   - Allohdan boshqa iloh yo‘qligiga guvohlik (shahodat) bermasa;
3   - Farz bo‘lgan namozni va ro‘zani inkor etsa.

Tobaroniy va boshqa muhaddislar qayd etadilar va Uboda ibn Sobitdan (sahoba hadischilardan. Ko‘p rivoyatlarga aniqlik kiritgani naql qilinadi) — Alloh undan rozi bo‘lsin — rivoyat qiladilar:

— Payg‘ambar do‘stim (s.a.v.) menga yetti narsani o‘gitladi:

1- Kesilsangiz, yoqilsangiz, osilsangiz ham Allohga hech bir narsani sherik qilib ko‘shmang.

2   - Qasddan namozni tark etmang. Kim qasddan namozni. tark etsa, «Islom ummati»dan chiqadi.

3   - Ma’siyatga (gunoh ishlarga) yaqin yo‘lamang. Ma’siyat Allohning g‘azabiga sabab bo‘ladi.

4   - Mayxo‘rlik qilmang. Zero ichkilik har yomonlikning boshidir.

5   - Ota-onangizga qarshi bormang. Hatto oilangizdan, mol-mulkingizdan voz kechishni buyursalar ham...

6   - Jang maydonidan qochmang, butun o‘rdu qirilib, yolg‘iz boshingiz bilan qolsangiz ham...

7   - Oila a’zolaringizni izzat-ikrom qiling. Yeganlaringizdan yediring. Ularga qo‘l ko‘tarmang. Ularni Allohdan qo‘rqiting.

Qayd etilgan


Robiya  29 Yanvar 2009, 14:45:55

Tobaroniy qayd etadi:

— Omonatga rioyat qilmaganning iymoni yo‘qdir. Nopok kishining namozi qabul bo‘lmaydi. Namozi yo‘qning dini yo‘q. Dinda namozning o‘rni vujudda boshning o‘rni kabidir.

Bazzor, boshqa muhaddislar va olimlar qayd etadilar va ibn Abbosdan - Alloh undan rozi bo‘lsin — rivoyat qiladilar:

Ibn Abbos deydiki:

—   Ko‘z og‘rig‘i bo‘lib qoldim. Menga: «Seni davolaymiz. Bir necha kun namozni tark etasan!» deyishdi. Men: «Yo‘q!» dedim. Chunki Alloh Rasuli (s.a.v.) buyurdilarki:

—   Kim namozni tark etsa, Alloh huzuriga borganda, Uni g‘azablangan holda ko‘radi.
Abu Nu’aym (to‘liq ismi Abu Nu’aym Isfaxoniy, Hadis olimlaridan. «Al-Mavzuot al-Kubro» asarining muallifi. Yashagan yillari h. 336-430) derki:

—   Kim qasddan namozni tark etsa, Alloh uning nomini jahannamliklar qatorida jahannamning eshigiga yozib qo‘ygan bo‘ladi.

Tobaroniy va Bayhaqiy qayd etadilar:

—   Kim namozni tark etsa, oila a’zolariga va moliga yetishmovchilik keltiradi.
Imom Ahmad qayd etadi:

-   Alloh Islomiyatda to‘rt narsani farz qildi. Kim bu xo‘rtdan uchtasini ado etsa, unga hech bir foyda tegmaydi. Hatto hammasini ado etsa ham, unga foydasi tegishi dargumon. Bular: namoz, zakot, ramazon ro‘zasi va haj.

Alloh buyurdiki:

-   So‘ng ularning ortidan namozni zoe qiladigan va shahvatlarga beriladigan kimsalar o‘rinbosar bo‘ldilar. Endi u (o‘rinbosar)lar albatta yomonlikka (ya’ni yomon jazoga) yo‘liqurlar. (Maryam surasi, 59-60-oyatlar)

Magar iymon keltirib, yaxshi amallar qilgan zotlargina (azobga duchor qilinmaslar). Bas, ular jannatga kirurlar va ularga biron zulm qilinmas.

Ibn Mas’ud deydiki:

-   Oyatdagi «zoe qiladigan» kalimasi faqatgina «tark qiladigan» ma’nosida emas. Ayni zamonda «kechiktirish, namozni vaqtida o‘qimaslik» ma’nosida ham keladi...

Qayd etilgan


Robiya  29 Yanvar 2009, 14:48:03

Ilg‘or tobeinlardan Said ibn Musayyab deydiki:

—   Oyatdagi «zoe qiladigan» kalimasining tafsiri shundaydir:

Peshin namozini vaqtida o‘qimay asr paytigacha orqaga surish; Asr namozini vaqtida o‘qimay shom namozi vaqtigacha orqaga surish; Shom namozini xuftongacha, xuftonni bomdod namozi vaqtigacha surish! Kim namozlarini uzluksiz ravishda shunday orqaga surishlarda davom etsa va bu xatosini tuzatmasdan burun o‘lib qolsa, Alloh uni «g‘oyya» bilan jazolaydi. G’oyya — jahannamning beshinchi tabaqasidagi juda qo‘rqinchli chuqurning oti. Ichiga tushgan kishining undan qutulib chiqishi oson emas.
Yana Alloh buyurdi:

—   Ey mo‘minlar, na mol-dunyolaringiz va na bola-chaqalaringiz sizlarni Allohning zikridan (ya’ni Allohga ibodat qilishdan) yuz o‘girtirib qo‘ymasin (chalg‘itmasin)! Kimki shunday qilsa, bas, ana o‘shalar ziyon ko‘rguvchi kimsalardir! (Munofiqun surasi, 9-oyat)
Bir guruh mufassirlar derlarki:

—   Oyatdagi «Allohning zikri»dan kuzatilgan maqsad besh vaqt namozdir. Kim namoz vaqtida molining sotilishi, Qilayotgan ishi yoki bola-chaqasi bilan o‘ralashsa, u ziyon ko‘ruvchilardan biri bo‘lib qoladi. Shuninguchun payg‘ambarimiz — unga Allohning salomi bo‘lsin - bildirdilarki:

-   Qiyomat kuni bandasi birinchi bo‘lib namozga oid amali yuzasidan so‘roq qilinadi. Agar namozi to‘la-to‘kis va qusursiz chiqsa ziyondan qutuladi. Yo‘q. Namozi chalakam-chatti va qusurli chiqsa ziyonga uchraydi.

Alloh buyurdi:

-   Bas, namozlarini «unutib» qo‘yadigan kimsalar bo‘lgan «namozxon»larga halokat bo‘lgay. (Mo’uvn surasi, 4-5-oyat)

Payg‘ambarimiz (s.a.v.) bu oyatning tafsiri borasida aytdilar.

-   Ular namoz vaqtini orqaga surganlardir.

Imom Ahmad Tobaroniy va ibn Hibbonning qayd etishlaricha, Payg‘ambarimiz (s.a.v.) bir kun namozdan so‘z yuritib aytdiki:
-   Kim namozni to‘g‘ri-durust va to‘la-to‘kis ado etsa, qiyomat kunida bu namoz uning uchun bir nur, hujjat va bir najot bo‘ladi. Kim namoz o‘qimasa, uning nuri bo‘lmaydi, uning hujjati bo‘lmaydi va unga najot ham bo‘lmaydi, Qiyomat kuni Qorun (payg‘ambar Muso alayhissalom davrida yashagan va mol- dunyosi bilan mag‘rurlanib ketib haddidan oshgan. Haq taoloning zakot berishga oid amrini tinglamagandan keyin Hz. Muso duosi bilan yer yutgan boylardan), Fir’avn (Misrda Hz. Muso davrida Allohga isyon etib, ilohlik da’vosida bo‘lgan, Muso payg‘ambarga ishonmagan hukmdor), Homon(Fir’avnning vaziri) va Abu ibn Xolaf (islomga qarshi kurashgan johillardan) bilan birga bo‘ladilar.

Qayd etilgan


Robiya  29 Yanvar 2009, 14:48:39

Ba’zi olimlar derlarki:   

Namozini ado etmagan kishilar yuqorida nomlari sanalgan kishilar bilan birga hashr qilinadilar.
Chunki:

1.   Moli bilan mashg‘ul bo‘lgan odam namozini ado etmasa, Qorunga (Muso alayhissalom davrida yashagan va mol-dunyosi bilan mag‘rur bo‘lib, haddidan oshgan, Haq taoloning zakot amriga quloq solmagan va Muso alayhissalomning duosidan keyin moli bilan birga halokatga uchragan boylardan biriga) o‘xshaydi va u bilan birga hashr qilinadi (tiriltiriladi).
2.   Mulki bilan mashg‘ul bo‘lib namozini ado etmasa, Fir’avn (Muso alayhissalom davrida Allohga isyon qilib, ilohlikni da’vo qilgan, Muso payg‘ambarga ishonmagan Misrlik shoh)ga o‘xshaydi va u bilan birga hashr qilinadi.
3.   Amali-mansabi bilan mashg‘ul bo‘lib namozini ado etmasa, Homon (Fir’avnning vaziri)ga o‘xshaydi va u bilan birga hashr qilinadi.
4.   Tijorati bilan mashg‘ul bo‘lib namozini ado etmasa, Makka kofirlarining boy tijoratchisi Abu ibn Xolafga o‘xshaydi va u bilan birga hashr qilinadi.
Sa’d ibn Abu Vaqqosdan (sahoba faqihlardan) rivoyat qilinadi:

—   Payg‘ambar alayhissalomdan: «Namozlarini «unutib» qo‘yadigan «namozxonlar» oyati to‘g‘risida so‘radim. Bildirdilarki:

—   Ular namoz vaqtlarini suradigan kimsalardir.

Hokim qayd etadi:

—   Kim uzrsiz holda ikki ayri-ayri vaqtning namozini bir orada ado etsa, katta gunohlarning eshiklaridan bir eshikka kelgan bo‘ladi.

Buxoriy, Muslim va boshqalarning hadis kitoblarida qayd etilishicha:

—   Asrni qazo qilib qo‘ygan odamning oila a’zolari va mol-dunyosiga zarar yetganday bo‘ladi. Muslim va Nasoiy qayd etadilar:

—   Bu asr namozi sizlardan oldingilarga ham farz qilingandi, lekin ular asr namozini ado qilishni o‘rniga qo‘yolmadilar. Bugun sizlardan kimingiz uni hech tark etmay, to‘la-to‘kis (chinakamiga) ado etsa, unga ikki ajr-mukofot bordir.

Imom Ahmad, Buxoriy va Nasoiy qayd etadilar:

-   Kim asr namozini tark etsa, amali zoe ketadi.

Tobaroniy va Imom Ahmad qayd etadilar:

-   Kim asr namozini quyosh g‘urubigacha (botish boshlanishigacha) kechiktirsa, go‘yo oila a’zolarini va molini yo‘qotganday zarar ko‘rgan bo‘ladi.

Qayd etilgan


Robiya  29 Yanvar 2009, 14:49:41

Buxoriy qayd etadi va Samura ibn Jundabdan (sahoba, roviylardan. O’limi h. 60 y) naql qiladi:
—   Payg‘ambarimiz — Unga Allohning salomi bo‘lsin! —tez-tez suhbatdoshlaridan: «Tush ko‘rganlar bormi orangizda?» - deya so‘rar va Allohning anglatilishini tilagan qissasini bizga tushuntirar edi. Bir kun yana bomdod namozidan keyin: «Tush ko‘rganlar bormi?» dedi. Biz: «Yo‘q!» — dedik. U Zot (s.a.v.) dediki:

—   Bu kecha men tush ko‘rdim, tushimda ikki kishi keldi. Meni qo‘limdan olib: «Yur!» - deyishdi. Ular bilan yurib ketdim. Yo‘lda ikki odamga duch keldik. Biri yonboshlab yotardi. Ikkinchisi oyokda turar va qo‘liga kattakon tosh ko‘tarib olgan edi. Bu toshni u chirpirak qilib aylantirib, yotganning boshiga urib yorar, keyin yana toshni aylantira boshlar edi. yorilgan bosh to avvalgi holiga kelguncha, tosh chir-chir aylanaverar, keyin yana boshga kelib urilib, uni qaytadan yorardi. Bu ish shu tariqa davom etar edi. Men meni olib kelganlarga:

—   Subhanalloh, bu nima? — dedim. Ular menga:

—   Yur, ketdik! — deyishdi. Yurib ketdik. Bir yerda ikki odamga duch keldik. Biri o‘tiribdi, ikkinchisi tik turibdi, turganning qo‘lida temir changagi bor edi. U changakni o‘tirganning og‘ziga tiqib, bo‘ynidan chiqarar, so‘ng og‘iz-burnini tilka-pora qilib, changakni sug‘urib olardi. So‘ngra u changagini o‘tirganning goh qulog‘iga, goh ko‘ziga tiqardi. Bu asnoda og‘iz-burun eski holiga kelar va tik turgan kishi temir changagini yana o‘tirgan kishining og‘ziga tiqib sug‘urishda davom etar edi. Men meni olib kelganlarga:

—   Subhanalloh, bu nima?! — dedim. Ular menga:

-   Yur, yur, ketdik! — deyishdi. Bir joyga yetganda, biz og‘zi tor, tubi keng, tandirsiymon chuqurlik ustidan chiqdik. Uning ichida olov yonardi. U alangalanganda, chuqurda o‘tinga o‘xshab yonayotgan bir to‘da odam chuqurning og‘zigacha uchib chiqar, olov pasayganda, yana chuqur tagiga tushib ketar edi. Bular yalang‘och erkak va xotinlar edi. Men kuzatuvchilarimdan:

—-Bular kimlar? - deb so‘radim. Ular menga:

— Yur, yur, ketdik!.. — deyishdi. Yurib ketdik. Bir qon daryosi bo‘yiga borib qoldik. Daryoda bir odam turibdi, qirg‘og‘ida boshqa bir odam: uning atrofiga bir to‘p tosh yig‘ilgan... Daryodagi odam qirg‘oqqa chiqaman desa, qirg‘oqdagisi uning og‘ziga tosh bilan urib, daryoga qaytarib tushirib yuborardi. U yana chiqaman desa, tag‘in urib tushirib yuborardi. Va shu tariqa azoblash davom etardi. Men meni olib kelganlarga:

—   Bu nima? — dedim. Ular menga:

-   Yur, yur, ketdik.. - deyishdi. Yurib ketdik. Biz bu gal yam-yashil bir bog‘ oldidan chiqib qoldik. Bog‘dagi katta bir daraxt tagida bir chol va bir to‘da bolalar o‘tirishar edi. Undan tashqari bir o‘zi o‘t yoqib o‘tirgan yana bir kishi ham bor edi. Men:

—   Bu nima? Kim bular? — dedim. Ular menga:

—   Yur, yur, ketdik!.. — deyishdi. Yurib ketdik. Yanada azamat bir daraxt oldidan chikdik. Bu qadar mahobatli, bu qadar go‘zal daraxtni umrimda ko‘rmagandim. Menga:

—   Daraxtga chiq! — deyishdi. Birga daraxtga chiqdik. U yerda, oltin va kumush g‘ishtlardan qurilgan bir uy bor edi. Eshigini taqillatdik. Eshik ochildi, kirdik. Bizni bir to‘da kishilar kutib olishdi. Badanlarining yarmi men ko‘rgan go‘zal narsalarning eng go‘zali singari edi, qolgan yarmi men ko‘rgan xunuk narsalarning eng xunugi singari edi. Meni olib kelganlar ularga dedilarki:

—   Boringlar. Anov daryoga sakranglar!

Mundoq qarasam, qarshimda suvi tiniq bir daryo oqmoqda. Odamlar yugurib ketdilar va daryoga sakrab tushib, cho‘mildilar, so‘ngra yana bizning yonimizga qaytib keldilar. Endi ularning yarim xunukliklari qolmagan, butunlay go‘zal va komil qiyofaga qaytgandilar. Meni olib kelganlar menga dedilarki:

—   Bu — ADN JANNATIDIR. Bu esa Sizning maqomingizdir.

Boshimni ko‘tarib osmonga qaradim. Yuqorida oppoq bulutga o‘xshash bir ko‘shk ko‘rindi. Meni keltirganlar:
—   Mana shu sizning maqomingiz! - deyishdi. Men:
—   Alloh sizlarga barakot bersin, meni o‘z holimga qoldiring. U yerga kirib ko‘ray! — dedim.

Dedilar:

—   Endi bo‘lmaydi. Keyin kirasiz! Men dedim:
—   Men shomdan buyon ko‘p g‘aroyib narsalar ko‘rdim. Nima edi u ko‘rganlarim?

Qayd etilgan


Robiya  29 Yanvar 2009, 14:50:25

Ular:

—   Aytib beramiz! — deyishdi. Keyin hammasini sharhlab berishdi:
1.   Boshiga tosh urilayotgan birinchi ko‘rgan odamingiz Qur’on o‘qigan bo‘lsa ham unga amal qilmagan va farz bo‘lgan namozdan g‘ofil qolgan bir kishi edi.
2.   Og‘ziga temir changak tiqilayotgan odam g‘irt yolg‘onchi bo‘lib, uyidan chiqqan zahoti yolg‘on so‘zlaydigan va bu yolg‘onni to‘rt tarafga yoyib yuboradigan kishi edi.
3.   Tandirsimon chuqurda ko‘rganingiz yalang‘och erkaklar va xotinlar zinogar buzuqlar edi.
4.   Daraxtga yaqin joyda olov yoqib o‘tirgan yot kishi: «Jahannam» soqchilarining boshlig‘i edi.
5.   Azim daraxt tagida o‘tirgan chol Ibrohim alayhissalom edi. Yonidagi bolalar esa, odamlarning norasida yoshda vafot etgan bolalari edi.

(Shu yerga kelganda ba’zi musulmonlar so‘rashdi):

—   Ey Allohning Rasuli! Butparastlarning bolalarimi? Rasululloh (s.a.v.):

—   Ha, butparastlarning bolalari! — dedi.

6.   Qon daryosidagi odam - foiz bilan xalqning qonini so‘rib yotgan kishi edi (ya’ni sudxo‘r).
7.   Badanlarining bir qismi bag‘oyat go‘zal, qolgan qismi bag‘oyat xunuk bo‘lganlar esa, ba’zan yaxshi amal, ba’zan yomon amal qilgan yushsalardir. Alloh ularga yomon amallari uchun jazo berdirishdan voz kechdi.

Bu hadisning davomi sifatida Bazzorda shu parcha keltirilgan:

-   So‘ngra Payg‘ambarimiz (s.a.v.) bir to‘da kishilarga duch keldi. Ularning boshlarini ham toshlar bilan urib parchalayotgan edilar, Payg‘ambarimiz (s.a.v.) savol berganlarida shunday javob olganlar:

-   Ular kadga aqllari bilan namozni og‘ir deb topgan kishilar edi!

Ibn Moja qayd etadi!

-   (Alloh buyurdi): Sening ummatingga (Ey Muhammad) besh vaqt namezni farz qildim va va’da etdimki, kim bu besh vaqt namozni o‘z vaqtida to‘la-to‘kis ado etsa. uni jannatga qo‘yaman. Kim bu besh vaqt namozni o‘z vaqtida ado etmasa, unga hech bir va’dam, hech bir ta’minotim yo‘q.
Imom Ahmad va Hakim qayd etadilar:

-   Kim zimmasida namozning haq va vojibligini bilsa hamda uni qusursiz holda ado etsa, jannatga kiradi.

Qayd etilgan


Robiya  29 Yanvar 2009, 14:51:02

Termiziy, Nasoiy va ibn Moja qayd etadilar:

-   Qiyomat kuni kishining so‘roqqa tutiladigan ilk amali namozdir. Agar namozga oid hisoboti to‘la-to‘kis va qusursiz bo‘lsa, najot topadi. Yo‘q, agar namozga oid hisoboti chala-chulpa va qusurli chiqsa, ziyonga uchraydi (ziyon ko‘radi). Farz namozlari chala va qusurli chiqqan taqdirda Alloh buyuradi:

—   Tekshirib ko‘ringlar-chi, bandamning nafila ibodatlari bormi? Bor bo‘lsa, bu kamchiliklarning o‘rnini qoplanglar!

Namoz masalasi shu tariqa hal etilgandan keyin ayni usulda boshqa amallariga o‘tiladi.

Nasoiy qayd etadi:

—   Qiyomat kuni insonlar dastavval namoz masalasida so‘roq qilinadi. Undan keyingi birinchi hukm esa sadaqalar, muhtojlarga berilgan in’omlar xususida bo‘ladi.

Imom Ahmad, Abu Dovud, Nasoiy, ibn Moja va Hakim qayd etadilar:

—   Qiyomat kuni kishi eng oldin amallardan namoz masalasida hisob beradi. Agar namozi to‘la-to‘kis bo‘lsa, bu to‘la-to‘kis deb yozib qo‘yiladi. Agar namozi to‘la-to‘kis ado etilmagan bo‘lsa, Alloh farishtalariga derki:

—   Qaranglar! Bandamning nafila ibodatlari ichida namozni qoplasa bo‘ladiganlari bormi? Bor bo‘lsa, o‘shalar bilan to‘latinglar.

Keyin zakotga o‘tadilar. Ana undan keyin navbati bilan barcha amallarini shunday muomala bilan ko‘rib chiqadilar.

Tayolisiy (to‘liq ismi Abu Dovud at-Tayolisiy, «Musnad» yozgani ma’lum. Vafoti - h. 204 y) va Tobaroniy qayd etadilar: Payg‘ambarimiz (s.a.v.) aytdilar:

—   Jabroil Allohtomonidan mening oldimga keldi. Dediki:
—   Ey Muhammad, Alloh buyurdiki: «Ummatingga besh vaqt namozni farz qildim...»
Bayhaqiy qayd etadi:

—   Namozning mezoni bor. Chinakamiga ado etgan kishi chinakamiga ajr-mukofotini oladi.
Daylamiy («Musnad ul-Firdavs» nomli hadis kitobini yozgani ma’lum, ammo ko‘p hadislarining sanadlari zaif) derki:

—   Namoz shaytonning yuzini qora qiladi, sadaqa belini sindiradi. Alloh uchun sevishmak va Alloh uchun ilmga berilmak shaytonning o‘qini zoe ketkazadi. Mana shularni qilsangiz, u sizdan"— quyosh chiqqan joyidan uzoqlashgani kabi uzoqlashadi.

Termiziy, ibn Habbon va Hakim qayd etadilar:

—   Allohdan qo‘rqing. Besh vaqt namozni ado eting. Ramazon ro‘zasini tuting. Molingizning zakotini bering. Amirlaringizga itoat eting (Shunday qilsangiz). Rabbingizning jannatiga kirasiz.

Qayd etilgan