Imom G'azzoliy. Mukoshafatul qulub  ( 342381 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 23 24 25 26 27 28 29 30 31 32 33 ... 49 B


Robiya  29 Yanvar 2009, 14:52:02

Buxoriy, Muslim, Imom Ahmad, Abu Dovud va Nasoiy qayd etadilar:

—   Menimcha, amallarning eng go‘zali vaqtida o‘qilgan namoz, keyin ona-otaga yaxshilik, so‘ng Alloh yo‘lida jihoddir.

Bayhaqiy qayd etadi va Hz. Umardan rivoyat qiladi:

—   Payg‘ambarimizga (s.a.v.) bir odam keldi va: «Ey Allohning Rasuli, islomiyatda Allohning nazdida qaysi amal sevimliroq?» - dedi.

Rasululloh (s.a.v.) buyurdilar:

—   Vaqtida o‘qilgan namoz!.. Kim namozni tark etsa, uning dini yo‘q. Namoz dinning ustunidir.
Mana shuning uchun ham Hz. Umarga suiqasd qilinganda, u o‘ziga:

—   Namoz! Ey mo‘minlarning xalifasi, namoz! - deb xitob qildi va:

—   Naqadar go‘zal narsa namoz! Namozni ado qilmaganning islomiyatda nasibi yo‘q! — deb namoz o‘qiy boshladi. Va yarasidan qon oqayotganiga qaramay, namozini oxiriga yetkazdi.
Zahabiy (to‘liq ismi Shamsiddin Muhammad ibn Ahmad ibn Usmon az-Zahabiy. Taniqli hadis tafsirchilaridan. Vafoti - h. 748 y. G’azzoliy 450-505 yillarda yashagan, bu paytda Zahabiy hali tugilmagan ham edi. G’azzoliy o‘z kitobida Zahabiydan parcha keltira olmas edi. Yuqoridagi iqtibos keyingi kotiblar tomonidan «Mukoshafat-ul Qulub»ga qo‘shilgan bo‘lishi kerak) rivoyat qiladi:
Alloh Rasuli (s.a.v.) marhamat qildilar:

—   Kishi namozini vaqtida birinchi bo‘lib boshlaganda, u namoz Osmoni falakka chiqadi. Uning bir nuri bo‘ladi. Bu namoz Arshgacha yuksaladi va u yerda qiyomatgacha egasi uchun istig‘for qiladi va deydi:

—   Sen meni o‘z vaqtida ado etib qanday muhofaza qilgan bo‘lsang, Alloh ham seni shunday muhofaza etsin!

Agar kishi namozni kechiktirib o‘qisa, u namoz ham ko‘kka chiqadi. Lekin unda bir qorong‘ilik bo‘ladi. Samoning so‘ngiga borar-bormas eski va chuvrindi libosdan butunlay yaroqsiz holga keladi. Shunisi bilan egasining yuziga uriladi.

Abu Dovud qayd etgan bir hadisga ko‘ra, Payg‘ambarimiz (s.a.v.): «Alloh uch kishining ibodatini qabul etmas», deb buyurdilar va: «Vaqti o‘tgandan keyin o‘qilgan namoz»ni shular orasida zikr etdilar.

Qayd etilgan


Robiya  29 Yanvar 2009, 14:52:34

Yana rivoyat qilingan bir hadisda shunday buyurilgan:
Kim besh vaqt namozni to‘la-to‘kis va qusursiz o‘qisa, Alloh unga besh xil in’om ato etadi:
1.   Alloh undan tirikchilik tashvishini olib tashlaydi.
2.   Qabr azobini olibtashlaydi.
3.   Amal daftarini o‘ng tarafdan berdirtiradi.
4.   Sirot ko‘prigidan qo‘rqmay, jadallab o‘tadigan qiladi.
5.   Savol-javobsiz jannatga o‘ta oladi.

Kimki namozni mensimasa va ado etmasa, uni o‘n besh narsa bilan jazolantiradi. Bulardan beshtasi dunyoda, uchtasi o‘lim chog‘ida, uchi qabrda, uchi qabrdan turayotganda amalga oshiriladi.
Dunyoda ko‘radigan jazolari:

1.   Umrining barakasi bo‘lmaydi.
2.   Yuzidan nuroniylik siymosy olib tashlanadi.
3.   Alloh qilgan amallarining ajrini bermaydi.
4.   O’qigan duosi qabul bo‘lmaydi.
5.   Solihlarning duosiday duo unga nasib bo‘lmaydi. O’lim onida oladigan jazolari:
1.   Xor bo‘lib o‘ladi.
2.   Ocho‘ladi.
3.   Tashnalikda o‘ladi. Butun dunyo dengizlarining suvi ichirilsa ham chanqog‘i qonmaydi.

Qabrda ko‘rinadigan musibatlari:

1.   K,abr unga torlik qiladi. Qovurg‘a suyaklari siqiladi.
2.   Qabrida olov yoqiladi va olovning cho‘g‘lari toshga aylanadi.
3.   Qabrida ShUJO degan vishillagan shiddatli bir ilon unga xuruj qiladi. Bu ilonning ko‘zlari olovdan, tirnoqlari temirdandir. Har tirnog‘ining uzunligi bir kunlik masofaday keladi. O’lik bilan gaplashadi. Deydiki:

-   Men QUDRATLI ShUJOman (Ovozi qo‘rqinchli, qaldiroqqa o‘xshaydi). Yana deydiki:
—   Rabbim menga sen o‘qimagan bomdod namozining jazosi sifatida to quyosh chiqquncha seni urishim kerakligini buyurdi. Sen o‘qimagan peshin namozining jazosi sifatida seni peshindan asr vaqtigacha, sen o‘qimagan asr namozining jazosi sifatida asrdan shomgacha, sen o‘qimagan shom namozining jazosi sifatida shomdan xuftongacha, sen o‘qimagan xufton namozining jazosi sifatida xuftondan tonggacha urishim kerakligini buyurdi.

Ilon har gal urganida uni yetmish yerning ichiga kiritib yuboradi. Bu azob qiyomatgacha shunday davom etadi.

Qabrdan turg‘izilayotganda u duchor bo‘ladigan azob-uqubatlar:

1.   So‘roq qattiq bo‘ladi.
2.   Allohni qahrli holda ko‘radi.
3.   Jahannamga kiradi. Boshqa bir rivoyatga ko‘ra, namozni mensimay, uni ado etmagan kishi qiyomat mahshariga manglayida uch satr yozuv bilan keladi.

Birinchi satrda shunday yozilgan bo‘ladi:

—   Ey, Allohning haqqini zoe etgan! Ikkinchi satrda shunday yozuv bo‘ladi:
—   Ey, Allohning g‘azabiga uchragan! Uchinchi satrda esa shunday bo‘ladi:
—   Sen dunyoda Allohning haqqini qanday zoe etgan bo‘lsang, bugun uning rahmatidan shunday mahrumsan!

Hadisda zikr etilgan sanoq o‘n beshga yetmadi, o‘n to‘rtda qoldi. Ehtimol, hadisni rivoyat qilgan kishi birini unutgandir.

Qayd etilgan


Robiya  31 Yanvar 2009, 12:00:22

Ibn Abbosdan naql etiladi:

—   Qiyomat kuni bo‘lganda bir odam keltiriladi. Allohning huzurida turg‘iziladi. Alloh uni jahannamga otishlarini amr etadi. U kishi so‘raydi:

—   Nechun, yo Rabb? Alloh aytadi:
—   Namozni orqaga tashlaganing uchun!

Bir rivoyatga ko‘ra, Payg‘ambarimiz (s.a.v.) bir kun hamsuhbatlariga shunday dedi:

—   Yo Allohim, bizlarni qaroqchi - mahrum sifatida chaqirma! — deb duo o‘qinglar.

So‘ngra Rasululloh (s.a.v.):

—   Bilasizlarmi, qaroqchi — mahrum kim? — deb so‘radi. Sahobalar:
—   Kim u, ey Allohning Rasuli? — dedilar. Rasululloh (s.a.v.) javob berdi:
—   Namozni tark etgan odam!

Qayd etilgan


Robiya  31 Yanvar 2009, 12:01:13

JAHANNAM VA JAHANNAM AZOBI

Alloh bildirdi:

—   Uning yetti darvozasi bo‘lib, har bir darvozadan ularning bir to‘dasi kirur. (Hijr surasi, 44-oyat) Ibn Jurayx (Makkada hadis ishlarini tartibli yo‘lga qo‘ygan, ayniqsa, hadisdagi so‘zlarga aniqlik kiritishda katta xizmati bo‘lgan va o‘zi ham hadislar rivoyat qilgan odamlardan. Ibn Jurayh kitob ham yozgan. Vafoti h. 150 y) deydi:

—   Jahannamning yetti qavati bor. Bular: Jahannam, Lazzo, Xutoma, Sayir, Saqar, Johim va Hoviyadir.

Oyatning tafsiri shunday:

—   Alloh shaytonga va havoyi nafsiga ergashganlarni yetti guruhga ajratadi. Har bir guruhni jahannamning bir qavatiga joylaydi. Insonlarni bunday guruh-guruhlarga bo‘lishining sababi shu:

—   Kufr va gunohlar darajalariga ko‘ra xilma-xildir. Kufr va gunohlar mana shunday turli darajalarga bo‘lingani kabi kofirlar va gunohkorlarning jahannamdagi darajalari ham turlichadir.

Insonning ko‘z, quloq, til, me’da, jinsiy a’zo, qo‘l va oyoqdan iborat yetti a’zosi bo‘lganiday, jahannamning yetti darvozasi borligi to‘g‘risida ham fikrlar aytilgan. Chunki butun gunoxlar shu yetti a’zo tomonidan yuzaga keltiriladi.

Hz. Ali — Alloh undan rozi bo‘lsin - shunday deydi:

—   Jahannamning qavatlari yettita va ustma-ust. Oldin birinchisi to‘ldiriladi, keyin ikkinchisi, so‘ngra uchinchisi...

Buxoriy, undan tashqari, Termiziy ham, hadisning tarixini qayd etgan holda ibn Umardan rivoyat qiladilar: Alloh Rasuli (s.a.v.) aytdilarki:

—   Jahannamning yetti eshigi bor. Bulardan biri — ummatimga qilich urganlar uchundir.

Tobaroniy «Avsat»da qayd etadi:

—   Bir kun Jabroil alayhissalom avvalroq tashrif buyurib, zamon va makondan tashqarida Payg‘ambarimiz(s.a.v.)ga duch keldi. Payg‘ambarimiz(s.a.v.) oyoqqa turdilar va:

—   Ey Jabroil! — dedilar: — Menga nima bo‘layotir, seni ranging o‘zgargan holda ko‘rmokdaman!

Jabroil javob berdi:

—   Alloh jahannam qo‘ruqlariga (puflagichlariga) buyruq bermaganida kelmasdim.
Rasul (s.a.v.) dedi:

—   Ey Jabroil, menga jahannam nimaligini tushuntir!

Jabroil tushuntirdi:

-   Alloh olov yoqilishini buyurdi. Ming yil yoqilib jahannam bo‘ldi. Ya’ni shundayki, olov oppoq holga keldi. So‘ngra yana buyurdi, yana ming yil yoqildi, olov qip-qizil bo‘ldi. So‘ngra tag‘in buyurdi, ming yil yana yoqiddi, qop-qora bo‘ldi. U endi tim qorong‘ilikdir. Endi yolqinlardan nur taralmaydi, ayni chog‘da olovlari ham aslo o‘chmaydi. Seni payg‘ambar qilib yuborganga qasamki, jahannamdan bir igna teshigichalik tuynuk ochilsaydi, butun yer yuzidagilar muqarrar o‘lardi. Seni haq-payg‘ambar qilib yuborganga qasamki, agar jahannam soqchilaridan bir nafari dunyodagilarga ko‘rinsaydi, butun yer yuzidagilar uning badbashara qiyofati va sassiq hidi tufayli o‘lardilar. Seni haq-payg‘ambar qilib yuborganga qasamki, agar jahannam ahlining kishanlaridan bir dona halqasi - bular qandayligi Allohning kitobi Qur’onda tavsiflangan - dunyo tog‘lari ustiga qo‘yilsa, ularni yer ostiga cho‘ktirib yuborardi. Tog‘lar uning og‘irligini aslo ko‘tara olmasdi. Gap shu yerga kelganda Payg‘ambarimiz (s.a.v.) dedilarki: —"Yetar, ey Jabroil! Yana gapirsang yuragim yorilib o‘laman!

Payg‘ambarimiz (s.a.v.) Jabroil alayhissalomga qaradilar. U yig‘lar edi. Shunda Rasululloh (s.a.v.) dedilar:

—   Sen ham yig‘laysanmi, ey Jabroil! Holbuki, sen Allohning makonidasan, o‘sha yerda istiqomat qilasan!..

Qayd etilgan


Robiya  31 Yanvar 2009, 12:01:49

Jabroil alayhissalom javob berdi:

—   Mening nimam borki, yig‘lamay!.. Men ko‘proq yig‘lashga loyiqman; Allohning nazdida shu hozirgi holimdagidan boshqacha bo‘lishi ham mumkin. Oxir-oqibatda Iblisning kuni mening ham boshimga tushmasmikin, degan xavotir ta’qib etadi; axir, u farishtalar toifasidan edi-ku. Horut va Morut mubtalo bo‘lgan musibatga men ham mubtalo bo‘lmayman, deb aytolmayman. Bilmayman, kelajakda boshimga nimalar tushadi...

Bu asnoda, endi Rasul alayhissalom yig‘ladilar. Jabroil ham yig‘ladi. Bu yig‘lashlari hadeganda hech tinadiganga o‘xshamasdi.

Bu orada bir ovoz eshitildi:

— Ey Jabroil! Ey Muhammad! Alloh sizlarni gunoh qilishdan saqlaydigan bo‘ldi!..
Shu ovoz eshitilganda Jabroil alayhissalom g‘oyib bo‘lib ketdi. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) ham zamon va makonga qaytdilar. Bir guruh ansorlarga duch keldilar. Ular kulib o‘ynashayotgan edi.
Payg‘ambar alayhissalom:

—   Kulyapsizlarmi? Holbuki orqangizda jahannam bor! - dedilar. So‘ng ilova qildilar:
—   Agar mening bilganimni bilsaydingiz, oz kulib, ko‘p yig‘lar edingiz. Yegan-ichganlaringiz ichingizga tushmas edi. Tog‘larga chiqib Allohga yolvorardingiz.

Bu asnoda yana bir ovoz eshitildi:

—   Ey Muhammad, bandalarimni umidsizlantirma! Men seni xushxabarchi qilib jo‘natdim. Mushkullantiruvchi qilib jo‘natmadim!

Shunda Payg‘ambarimiz — alayhissalom - buyurdilarki:

—   To‘g‘rilikka o‘raling, ifrot va tafritdan (haddan oshish va sustlikdan) saqlaning.
Imom Ahmad qayd etadi:

Rasul alayhissalom Jabroilga dediki:

—   Menga nima bo‘lyapti, Mikoilni hech kulayotgan holda ko‘rmayman?

Jabroil javob berdi:

—   U jahannam yaratilgandan beri biron marta ham kulmadi!

Muslim qayd etadi: Rasululloh (s.a.v.) bildirdilar:

—   Qiyomat kuni jahannam yetmish ming tizginda keltiriladi. Har tizginni yetmish ming farishta ushlab tortadi.

Abu Dovud, Nasoiy va Termiziy qayd etadilar:

—   Alloh jannat va jahannamni yaratgan vaqtda Jabroil alayhissalomni jannatga yubordi va:
—   Jannatni va jannat ahli uchun tayyorlaganlarimni ko‘r! - dedi.

Jabroil keldi, jannatni va jannat ahli uchun tayyorlangan narsalarni ko‘rdi va orqasiga qaytib borib:
—   Izzating haqqi aytamanki, uni eshitgan har qanday kimsaning u yerga kirgisi keladi! - dedi.
Alloh jannatga amr berdi. Jannat ko‘ngilni aynituvchi narsalar bilan o‘raldi. So‘ngra Alloh Jabroil alayhissalomga:

-   Yana bor. Jannat ahli uchun tayyorlaganlarimni ko‘r! —dedi.

Jabroil ketdi. Ko‘rsaki, jannat ko‘ngilni aynituvchi narsalar bilan bezatilgan. Qaytib keldi va:
-   Izzating haqqi aytamanki, u yerga hech bir kimsa kirmasa kerak, degan andishadaman! — dedi.
So‘ngra Alloh Jabroilga buyurdi:

-   Jahannamga bor. Uki va jahannam ahli uchun tayyorlaganlarimni ko‘rib kel!
Jabroil alayhissalom ketdi. Jahannamni ko‘rdi. Qarasaki, jahannamda to‘lqin-to‘lqin olovlar yonayotir. Qaytib keldi va:

-   Izzating haqqi aytamanki, uni eshitgach hech bir kimsa u yerga kirmaydi! — dedi.
Alloh jahannamga amr berdi. U shahvoniy manzaralar bilan bezatildi, so‘ngra Alloh Jabroilga:
-   Yana bor! — dedi. Jabroil bordi. Ko‘rdi. Qaytdi va:

-   Izzating haqqi aytamanki, u yerga kirgisi kelmagan biron kimsa qolmas-ov, deb qo‘rqdim! — dedi.

Qayd etilgan


Robiya  31 Yanvar 2009, 12:02:20

Bayhaqiy qayd etadi va ibn Abbosdan rivoyat qiladi:

-   Ibn Abbos, «Darvoqe, u (jahannam har tomonga har biri) qasrdek, xuddi sariq tuyalarga o‘xshagan uchqunlarni otib turur!» (Mursalot surasi, 32-oyat) maolidagi oyatni tafsirlab deydiki:
-   Men yog‘och kabi demayman (Bu uchqunlar). «Qal’alar va shaharlar» kabi deyman.
Imom Ahmad, ibn Moja, ibn Hibbon va Hakim qayd etadilar:
-   Vayl jahannamdagi bir chuqur daradir. Kofir u yerning tubiga tushguncha qirq yil o‘tadi.
Termiziy qayd etadi:

-   Vayl ikki tog‘ orasidagi bir daradir. Kofir bu darada uning tubigacha yetmish yilda tushib boradi.
Ibn Moja va Termiziy qayd etadilar (matn ibn Mojadan):

Alloh Rasuli (s.a.v.) buyurdilar:

-   Allohga, HAZINLIK QUDUG’IDAN asra, deb sig‘ininglar!
Sahoba so‘radi:

-   Ey Allohning Rasuli, hazinlik qudug‘i nima?

Rasul (s.a.v.) javob berdilar:

-   Jahannamda bir DARAdir. Jahannamning o‘zi kunda to‘rt yuz marta shu qudukdan qo‘rqqanidan Allohga sig‘inadi!..

So‘radilar:

-   Ey Allohning Rasuli, u yerga kimlar kiradi?

Aytdilarki:

-   Amallari bilan IKKIYuZLAMAChILIK qilgan qori-yu qurrolar uchun tayyorlangan joydir. Allohning eng qattiq g‘azabini keltirgan kishilar - bu, zolim davlat boshliqlarini ziyorat qilib borgan QORIlardir.
Tobaroniy qayd etadi:

-   Jahannamda bir dara bor. Jahannam har kun bu dara qo‘rquvidan to‘rt yuz marta Allohga iltijo qiladi. Bu dara Muhammad ummatining MUNOFIQlari uchun tayyorlangandir.

Buxoriy yozilgan yo aytilgan yili noma’lum bo‘lgan bir hujjatni keltirib, qayd etadi:

-   Jahannamda yetmish ming dara bordir. Har daraning yetmish ming tarmog‘i bordir. Har tarmoqda yetmish ming uy bordir. Har uyning yetmish ming xonasi bordir. Har xonada yetmish ming quduqbordir. Har quduqda yetmish ming bahaybat ilon bordir. Har ilonning og‘iz bo‘shlig‘ida yetmish ming chayon bordir. Hech bir kofir, hech bir munofiq bu yerlarga tushmay qolmaydi.
Hz. Umar — Alloh undan rozi bo‘lsin - shunday der edi:

-   Jahannamni ko‘p yodga olinglar. Chunki chindan ham uning harorati shiddatli, tubi chuqurdir. To‘qmoqlari esa temirdandir.

Qayd etilgan


Robiya  31 Yanvar 2009, 12:02:44

Bazzor, Abu Yo’lo, ibn Hibbon (to‘liq ismi Muhammad ibn Hibbon ibn Ahmad at-Tamimiy al-Bustiydir. «As-Siqot» nomli uch jildlik kitobning, shuningdek, «Ma’rifatul-Majruhin minal-Muhaddisin» nomli asarning muallifi. Vafoti h. 354 y) va Bayhaqiy qayd etadilar:

-   Agar bir tosh jahannamga (jahannamdagi daraga) otilsa, tubiga borib tushguncha yetmish ming yil o‘tadi.

Muslim qayd etadi va Abu Hurayradan rivoyat qiladi:

-   Biz Payg‘ambar (s.a.v.) bilan birga edik. Og‘ir bir narsaning yerga tushganda chiqaradigan ovoziga o‘xshash bir ovoz eshitdik. Alloh Rasuli (s.a.v.): «Bilasizlarmi, bu nimaning ovozi?» - deb so‘radilar. Biz; «Alloh va Rasuli biladi!» - dedik. Aytdilarki:

—   Bu, bir toshdir. Alloh uni jahannamga yuborgandi. Yetmish ming yildan beri tushayotgan edi. Faqat hozir tubiga borib yetdi.

Tobaroniy qayd etadi va Abu Said Xudriydan rivoyat qiladi:

—   Rasul alayhissalom bir ovoz eshitdi. Bu ovoz uni qo‘rqitdi. Shu asnoda Jabroil keldi. Alloh Rasuli: «Bu nimaning ovozi, ey Jabroil?» - deb so‘radi.

Jabroil alayhissalom dediki:

—   Bu yettish ming yildan beri jahannamning tubiga tushib borayotgan bir toshning ovozi. Faqat hozirgina jahannamning tubiga borib tushdi. Alloh uning ovozini senga eshittirdi.
Tobaroniy, ibn Hibbon va Hakim qayd etadilar:

—   Jahannamda yo‘g‘onligi tuyaning bo‘yniday keladigan ilonlar bor. Bittasi chaqsa, og‘rig‘i yetmish yil zirqiratib turadi. Yana jahannamda xachirday-xachirday chayonlar bor. Bittasi chaqsa, og‘rig‘i qirq yil davom etadi.

Termiziy, ibn Hibbon va Hakim qayd etadilar:

—   Payg‘ambarimiz (s.a.v.): «Ular suv so‘rasalar, eritilgan (dog‘langan) yog‘ kabi yuzlarni kuydirguvchi suv berilur» - maolidagi oyat to‘g‘risida buyurdilarki:

—   (Ichiriladitan bu suv) zaytun yog‘ining quyqumi kabidir. Og‘zingga yaqinlashtirgan vaqtingda yuzlaring erib, uning ichiga osilib tushadi.

Qayd etilgan


Robiya  31 Yanvar 2009, 12:03:39

Termiziy qayd etadi:

—   Ularning boshlariga kuydiradigan qaynoq suv to‘kiladi. Azobi butun vujudning hujayralarigacha yoyiladi. Terilari oyoqlariga qadar shilinib tushadi. So‘ng yana eski holiga qaytariladi. Bu qaynoq suv Allohning shu oyatida ham zikr etilgandir:

—   (Taqvo egalari) do‘zaxda mangu qoladigan va (u joyda) qaynoq suv bilan sug‘orilib, u (suv) ichaklarini bo‘lak- bo‘lak qilib tashlagan (kofir) kimsalar kabi bo‘lurmi? (Muhammad surasi, 15-oyat)

Imom Ahmad, Termiziy va Hakim qayd etadilar. Termiziy bu keltirilayotgan hadisni «Nochor hadis» deb baholaydi, Hakim esa Muslim keltirgan shart-sharoitga asoslanib «Sahih hadis» deydi.

-   Paytambarimiz (s.a.v.): «Uning (ya’ni har bir kofir bo‘ltan kimsaning) oldida jahannam bordir. (Jahannamda) unga yiringli suvdan berilganida, uni yutmoqchi bo‘ladi-yu, (tomog‘idan) o‘tkazolmaydi, unga har tomondan o‘lim keladi-yu, u o‘lolmaydi» (Ibrohim surasi, 16-17-oyatlar), mazmunidagi oyat haqida aytdilarki:

-   Ichish uchun unga og‘zini yaqinlashtiradi, lekin jirkanadi. Yaqinlashganda yuzi kuyib ketadi. Boshining terisi oqib tushadi. Ichganda, to orqasidan chiqib ketguncha ichaklari bo‘lak-bo‘lak bo‘lib ketadi.

Alloh buyuradi: «(Taqvo egalari) do‘zaxda mangu qoladigan va (u joyda) qaynoq suv bilan sug‘orilib, u (suv) ichaklarini bo‘lak-bo‘lak qilib tashlagan (kofir) kimsalar kabi bo‘lurmi?» «Agar ular (tashnalik shiddatiga chidamay) suv so‘rasalar, eritilgan (dog‘langan) yog‘ kabi yuzlarni kuydirguvchi suv berilur. Naqadar yomon ichimlik u». (Kahf surasi, 29-oyat)

Imom Ahmad va Hakim qayd etadilar va Hakim bu hadisning sahih ekanligi to‘g‘risida to‘xtalgan:

-   Agar jahannam yiringidan bir ko‘vasi dunyoga to‘kilsa, butun dunyoni sasitib yuborgan bo‘lardi. Bu yerda «yiring» deganda, «Mana bu qaynoq suv yiringdir! Bas, ular o‘shani totib ko‘rsinlar» (Sod surasi, 29-oyat) va «faqat qaynoq suv va yiringni (toturlar)» (Naba’ surasi, 25 oyat) oyatlaridagi «yiring» nazarda tutilgan.

Termiziy qayd etadi:

-   Payg‘ambarimiz (s.a.v.): «Ey mo‘minlar! Allohdan haq-rost qo‘rqish bilan qo‘rqinglar va faqat musulmon bo‘lgan hollaringda dunyodan o‘tinglar!» (Ol-i Imron surasi, 102-oyat) mazmunidagi oyatni o‘qidi va dediki:

-   Agar zaqqumdan bir parcha yer yuziga tushsa, dunyodagilarning barcha yeydigan narsalarini buzadi va iflos qiladi. Xo‘sh, yeydigan birdan-bir narsasi zaqqum bo‘lsa, ul kimsaning holi nima kechadi?

Imom Ahmad, Tobaroniy va Termiziy qayd etadilar: —Kofirning tili bir-ikki farsah cho‘ziladi; insonlarni uni toptab o‘tadilar.

Bayhaqiy va boshqalar qayd etadilar:

-   Jahannam ahli jahannamda ulkanlashtiriladi. Chunonchi, ulardan birining quloq solinchog‘i bilan bo‘yni-orasidagi masofa yetti yuz yillik masofagacha yetadi. Terisining qalinligi yetmish qadamcha keladi. Oldingi tishining bittasi Uhud tog‘iday keladi.

Qayd etilgan


Robiya  31 Yanvar 2009, 12:04:16

GUNOHDAN QO’RQIShNING FAZILATI

Odamni gunohdan tiyiltiruvchi eng muhim omil, bu -qo‘rquv, shubhasizki, Allohdan qo‘rqishdir; Allohning intiqomidan va qudratidan vahimaga kelish; berajak azobidan, g‘azabidan va ayovsizligidan saqlanmoqdir. «Allohning amriga qarshilik qiluvchilar o‘zlariga bir balo orttirishdan, boshlariga achchiq kulfat tushishidan qo‘rqsinlar!»
Payg‘ambar alayhissalom o‘lim to‘shagida yotgan bir yosh yigitni ko‘rgani kirgan edi. Undan: «O’zingni qanday his qilyapsan?» - deb so‘radi. Yigit: «Ey Allohning Rasuli, Allohdan panoh so‘rayapman va ayni chog‘da qilgan gunohlarimdan qo‘rqyapman!» - dedi. Payg‘ambarimiz (s.a.v.): «Bir bandaning bunday andishali qalbida ikki narsa birga bo‘lmaydi, shubhasiz, Allohungatilaganini beradi, qo‘rqqani uchun esa, ko‘nglini ishonch bilan to‘latadi!» deb buyurdi.

Vird(o‘rta asr islom tafsirchilaridan)ta’kidlaydi:

Hz. Iso - Unga va payg‘ambarimizga va boshqa payg‘ambarlarga Allohning salomi bo‘lsin! — der ediki:

—   Jannatni sevish va jahannamdan qo‘rqish musibatlarga sabr va chidam imkonini yaratadi; kishini dunyoning shahvoniy istaklari va gunohlaridan uzoqlashtiradi.
Hasan Basriy ham shunday deydi:

-   Bu dunyoga shunday insonlar kelib ketdiki, ulardan ba’zilari shag‘al toshlariday butun-butun oltinlarini sadaqa qilib yuborgan bo‘lsalar ham, nafsidagi gunohlar ko‘pligi tufayli, hali qutula olmagan bo‘lsam kerak, deb qo‘rqardilar.

Buxoriy va Muslim qayd etadilar:

«O’zingizning yaqin qarindoshlaringizni ogohlantiring!» (Shuaro surasi, 214-oyat) mazmunidagi oyat nozil bo‘lgan paytlarda Alloh Rasuli (s.a.v.) shunday buyurgandilar:

—   Ey Qurayshlilar! Nafslaringizni Allohning azobidan qutqaringlar! Men oxiratda sizlar uchun Alloh taolodan yengillik so‘rab berolmayman! Ey Abdu Manof (Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ning otalari - Abdulloh, Ablullohning otasi - Abdulmuttalib, uning otasi - Hoshim, uning otasi - Abdu Manofdir. Bu xitobotyaarida Payg‘ambarimiz (s.a.v.) o‘z qon-qarindoshlarmga murojaat qilib, bu dunyoda ham, u dunyoda ham men qarindosh-urug‘chilik qilolmayman, boshqalar ham qilmasin, har kim gunohlardan, birovning haqini yeyishdan, zulmdan, ziiodan, o‘g‘rilik, qalloblik va boshqa g‘ayriqonuniy ishlardan tiyilib yursin, demoqchi bo‘ladilar) o‘g‘illari! Men sizlarga yengillik so‘rab berolmayman! Ey payg‘ambarning bo‘lasi Abbos ibn Abdulmutallib! Senga ham Allohdan yengillik so‘rab berolmayman! Ey Rasulullohning ammasi Safiyya! Sizga ham yengillik so‘rab berolmayman! Ey Muhammadning qizi Fotima! Molimdan istaganingcha so‘ra, ammo Allohdan senga yengillik so‘rab berolmayman!

Qayd etilgan


Robiya  31 Yanvar 2009, 12:05:12

Hz.Oysha «Rabbining huzuriga qaytguvchi ekanliklaridan yuraklari qo‘rqib turgan holda sadaqalarini beradigan kishilar» (Mo‘minlar surasi, 60-oyat) mazmunidagi oyatni o‘qib murojaat qildi:

—   Ey Allohning Rasuli! Bular zinogar, o‘tri va mayxo‘r bo‘lgani uchun Allohdan qo‘rquvchi kishilarmi?

Rasululloh (s.a.v.) javob berdi:

—   Yo‘q, ey Abu Bakrning qizi! Bular namoz o‘qigan, ro‘za tutgan, sadaqa bergan, ayni chog‘da qilgan bu ibodatlari qabul qilinmay qolishidan qo‘rqadigan kishilardir.
Hasan Basriydan so‘radilar:

—   Ey Abu Said, ba’zi kishilar Allohning rahmatidan shunday ajoyib bahs yuritadilarki, bunday davralarda bo‘lganimizda qalblarimiz parvoz qiladi. Bunday hollarda o‘zimizni qanday tutsak to‘g‘ri bo‘ladi? Hasan Basriy shunday javob berdi:

—   Allohga qasamki, sizlar uchun Allohdan qo‘rqish to‘g‘risida bahs yuritib qalblaringizga ishonch beruvchi kishilar bilan suhbatda bo‘lishingiz tinmay Allohning rahmatidan bahs yuritib, qalblaringizni parvoz qildiruvchilarning suhbatida bo‘lishingizdan xayrliroqdir.

Hz. Alining nevarasi Zaynalobidin — Alloh ulardan rozi bo‘lsin — tahorat qilishni boshlaganda va tahorati bitganda qalt-qalt titray boshlardi, undan buning sababini so‘rashganda, shunday javob berardi:

—   Voh sizga! Bilmaysizmi: men kimning oldida qiyomga turaman, kimga munojot qilmoqchiman?
Ahmad ibn Hanbal shunday deydi:

—   Allohni o‘ylab qo‘rquv bosganda ishtaham bo‘g‘iladi, hech narsa yegim ham, ichgim ham kelmaydi.

Buxoriy va Muslim qayd etadilar:

- Payg‘ambarimiz - alayhissalom, yolg‘izlikda Allohning azobini xotirlab, qilgan gunohlari yuzasidan ko‘z yosh to‘kkan kishilar qiyomat quni, ya’ni biron joyda soya bo‘lmaydigan kunda, Allohning Arshdan tushiradigan soyasida turishga musharraf bo‘ladigan yetti xil kishi ichida bo‘lajaklarini daraklaganlar.
Ibn Abbos rivoyat qiladi:

Alloh Rasuli (s.a.v.) marhamat qildilarki:

-   Jahannam otashi tegmaydigan ikki tur ko‘z bor:
1.   Kechalari Allohdan qo‘rqib yig‘lagan ko‘z.
2.   Alloh yo‘lida dushmanga poyloqchilik qilgan (hushyor) ko‘z.

Abu Hurayra rivoyat qiladi:

—   Qiyomat quni yig‘lamagan ko‘z qolmaydi. Faqat:
1.   Alloh harom qilgan narsalarga yumilgan ko‘z.
2.   Alloh yo‘lida uyg‘oq turgan ko‘z.
3.   Allohdan qo‘rqqani sababli pashshaning boshiday yosh to‘kkan ko‘z yig‘lamaydi!
Termiziy qayd etadi va Abu Hurayradan - Alloh undan rozi bo‘lsin — rivoyat qiladi:
Alloh Rasuli (s.a.v.) bildirdilarki:

—   Alloh qo‘rquvidan yig‘lagan kimsa ona siynasidan chiqqan sut qayta siynaga kirmaguncha jahannamga kirmaydi!.. Alloh yo‘lida jang qilayotganda ko‘tarilgan chang-to‘zon hech vaqt do‘zaxning tutuni bilan bir oraga kelmaydi (ya’ni Alloh yo‘lida jang qilgan jamoa jahannamga tushmaydi).

Abdulloh ibn Umar va ibn Os shunday der edilar:

—   Allohdan qo‘rqib to‘kkan bir tomchi ko‘z yoshim ming dinor sadaqa berganimdan xayrliroqdir.

Avn ibn Abdulloh (to‘la ismi Avn ibn Abdulloh ibn Utba,tobeinlardan) esa shunday derdi:
—   Eshitishimcha, kishining Alloh qo‘rquvidan oqizgan ko‘z yoshlari vujudining qay yeriga tekkan bo‘lsa, Alloh o‘sha yerlarini jahannam uchun harom qiladi.

Kindiy (to‘la ismi Abu Umar Muhammad ibn Yusuf al-Kindiy,tafsir olimlaridan. Misr tarixi, valiylar tarixi, qozilar tarixiga oid kitoblar ham yozgani ma’lum. Tug‘ilishi - 283/897; o‘limi — 350/961 y Bundan oldin ham Kindiy taxallusli bir siymo yashab o‘tgan. Kunyasi Abu Umayya edi. «Qozi Shurayx» ham yaeyilardi. Hz. Umar uni Kufa qoziligiga tayin etgandi. Kir muncha vaqt Basra qozisi ham bo‘lgandi. Uning ham tafsirlari, fiqralari (parcha asarlari) ma’lum Vafoti - h. 78 y. G’azzoliy keltirgan iqtibos (ko‘chirma) qay birlariga mansubligini aniqlashga muvaffaq bo‘lmadik) aytadi:

—   Allohdan qo‘rqib yig‘lash natijasida to‘kilgan bir tomchi ko‘z yosh daryo-daryo jahannam otashini so‘ndiradi.

Qayd etilgan