Imom G'azzoliy. Mukoshafatul qulub  ( 220788 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 24 25 26 27 28 29 30 31 32 33 34 ... 49 B


Robiya  31 Yanvar 2009, 12:05:43

Tobeinlardan biri - Ibn Sammoq nafsini qiynab, tunday derdi:

-   To‘rt kishiga boshliq bo‘lgan musulmonlarning gaplarini aytasan, ammo o‘zing munofiqlarning ishini qilasan. Tag‘in jannatga kirishni ham xohlaysan. Hayhot, hayhot!.. Jannatda senga o‘xshamagan kishilar bor. Ularning amallari esa bizning amallarimizdan butunlay boshqacha!..
Sufyon Savriy hikoya qiladi:

-   Ja’far Sodiq (mugasavvif Abu Muxlimi Imom Ja’far Sodiq -shialarning 12 imomidan oltinchisidir «Taqvodan ham kuchliroq oziq, sukutdan ham azizroq borliq, jaholatdan ham zararliroq yov, yolg‘ondan ham yomonroq o‘ldiruvchi kasallik yo‘q» hikmati ul zotga oiddir. Ulimi 148/765 y) nikiga borgandim. Unga:

-   Ey Alloh Rasulining nevarasi, menga bir o‘git ber! -dedim.
Dedi:
-   Ey Sufyon, yolg‘onchida odamgarchilik yo‘q, hasadchida tinchlik yo‘q, zaifning do‘sti yo‘q, yomon fe’lli odam ulug‘ inson bo‘lolmaydi.

Dedim:

-   To‘ymadim, yana ayt, ey Alloh Rasulining nevarasi!

Dedi:

-Ey Sufyon, Alloh harom qilgan narsalardan qo‘lingni tort - OBID bo‘lursan. Allohning yozmishiga rozi bo‘l — MUSLIM bo‘lursan. Kimlar bilan suhbatlashishni istasang, o‘shalar bilan suhbatlash — MO’MIN bo‘lursan. FOJIR bilan hamsuhbat bo‘lma, fisq-fujurdan senga ham yuqib qoladi (Qozonga yaqin yursang qorasi yuqar, yomonga yaqin yursang balosi yuqar!) Ish yuritganda, Allohdan qo‘rquvchilar bilan kengash.

Dedim:

-   Ey Alloh Rasulining nevarasi, yana ayt!
Dedi:

-   Kim qabilasiz, urug‘-aymoqsiz izzat va sharaf egasi bo‘lishni, kuch yig‘may turib, haybatli bo‘lishni, zo‘r bo‘lishni istasa, oldin Allohga isyon etish zalolatidan chiqsin, itoat yo‘liga kirsin.
Dedim:

-   Ey Alloh Rasulining nevarasi, yana ayt! Dedi:

-   Bobom menga uch narsani o‘gitlagan edi. Degandiki:

1.   Ey o‘g‘lim, yomon axloqlilar bilan do‘stlik qilgan odam omon qololmaydi.
2.   Yomon yo‘lga kirgan odam bir kun so‘roq berishi turgan gap.
3.Tilini tiyolmagan pushaymon bo‘lur. Ibn Muborak hikoya qiladi: Vahob ibn Virddan so‘radim:
—   Allohga isyon qilgan odam ibodatdan zavqlana oladimi?

Dedi:
—   Yo‘q! Allohga isyon qilmoqchi bo‘lgan odam ibodatdan zavq ololmaydi.

Qayd etilgan


Robiya  31 Yanvar 2009, 12:06:31

Ibn Javziy (hadis olimlaridan. «Al-Mavzuotal-Kubro» asarining muallifi. Tug‘shshshi h. 507; o‘limi h. 597 yil) deydiki:

—   Alloh qo‘rquvi havoyi va shahvoniy istaklarni mahv etuvchi bir olovdir. Demak, Allohdan qo‘rqishning fazilati havoyi xatti-harakatlarni yoqib yo‘q qilishida, gunohlardan saqlashida va itoatli bo‘lishga tashviq etishida ko‘rinadi. Allohdan qo‘rqish shunday bir fazilatki, u tufayli kishida iffat, taqvo; nafs va yomon fe’l-atvorlar bilan olishuv kabi xislatlar, Allohga yaqinlashishga vosita bo‘ladigan fozil amallar qilish imkoni hosil bo‘ladi. Oyat va hadislarda bu xususlar shunday anglatilgandir:

—   Unda (lavhalarda): «Parvardigoridan QO’RQADIGAN kishilar uchun hidoyat va rahmat bo‘lur», deb bitilgan edi. (A’rof surasi, 154-oyat)

—   Alloh ulardan rozi bo‘ldi, ular (Allohdan) rozi bo‘ldilar. Bu (mukofot) Parvardigoridan QO’RQQAN kishilar uchundir. (Bayyina surasi, 8-oyat)

—   Parvardigori huzurida turishidan QO’RQQANLAR uchun ikki jannat bordir. (Rahmon surasi, 46-oyat)

—   Bas, agar mo‘min bo‘lsangizlar, ulardan QO’RQMANGIZ, mendan QO’RQINGIZ. (Ol-i Imron surasi, 175-oyat)

Allohdan QO’RQADIGAN kishi pand-nasihat olajak. (A’lo surasi, 10-oyat.)

—   Bandalar ichida faqat olim-bilimdonlargina Allohdan (keragiday) QO’RQADILAR. (Fotir surasi, 28-oyat)

Ilmning fazilati haqida shahodat beruvchi barcha oyat va hadislar, Allohdan qo‘rqishning fazilati haqida ham shahodat beradilar. Chunki Allohdan qo‘rqish ilmning mevasidir.
Payg‘ambarimiz (s.a.v.) dedilarki:   

—   Bandasining Alloh qo‘rquvidan jismi hurpayib ketgan paytlarda, qurigan daraxtlardan xazon to‘kilganday yo‘l qo‘ygan xatolari to‘kila boshlaydi.

—   (Alloh buyurdiki): Izzatim haqqi uchun aytamanki, men bandamda IKKI QO’RQUVNI jamlamayman, IKKI O’ZIGA IShONChNI ham jamlamayman. Dunyoda mendan qo‘rqmasa, mendan ko‘ra o‘ziga ko‘proq ishonsa, oxiratda uni qo‘rqitaman. Dunyoda mendan qo‘rqsa, oxiratga unga o‘ziga ishonch beraman (Oxiratda uning uchun qo‘rquv bo‘lmaydi).

Abu Sulaymon Doroniy shunday deydi:

-   Alloxdan qo‘rqmagan har qanday qalb oxiri xarob bo‘lg‘usidir.
Alloh buyurdiki:

-   Faqat ziyon ko‘rguvchi qavmgina Allohning «makri»dan xotirjam bo‘lur. (A’rof surasi 33-oyatdan)

Qayd etilgan


Robiya  31 Yanvar 2009, 12:07:14

TAVBANING FAZILATI

Tavba (gunohlardan qaytish)ning fazilati haqida bir qancha oyatlar bor:

—   Barchalaringiz Allohga tavba qilinglar, ey mo‘minlar! Shoyadki (shunda) najot topsangizlar. (Nur surasi, 31-oyat)

—   Ular Alloh bilan birga boshqa biron ilohga iltijo qilmaslar va Alloh (o‘ldirishni harom qilgan) biron jonni nohaq o‘ldirmaslar hamda zino qilmaslar. Kim mana shu (gunohlardan birontasini) qilsa, uqubatga duchor bo‘lur. Qiyomat kunida uning uchun azob bir necha barobar qilinur va bu azoblar qo‘ynida xorlangan holida mangu qolur. Magar kim tavba qilsa va iymon keltirib yaxshi amallar qilsa, bas, Alloh ana o‘shalarning yomonlik-gunohlarini yaxshilik-savoblarga aylantirib qo‘yur. Alloh mag‘firatli, mehribon bo‘lgan zotdir. Kim tavba qilib yaxshi (amallar) qilsa, bas, albatta, u Allohning rizo-mag‘firatiga qaytgan bo‘lur. (Furqon surasi, 68-71-oyatlar)

Tavbaning fazilati mavzuida hadislar ham juda ko‘pdir: Muslim qayd etadi:

-   Alloh bir kecha-kunduz gunoh qilgan kishining tavba qilishini kutadi. Keyin yana quyosh botguncha kun bo‘yi kecha gunoh qilganning tavba qilishini kutadi.

 Termiziy qayd etadi va keltirgan hadisi sahihligini aytadi:

—   G’arb tarafda qirq yillik yoki yetmish yillik masofa kengligada bir eshik bor. Alloh bu eshikni Osmonlarni va Yerni yaratgan paytida ochib qo‘ygan. Quyosh u yerdan chiqquncha uni hech yopmaydi.

Yana Muslim qayd etadi va keltirgan hadisi sahihligini aytadi:

—   Alloh g‘arbda tavba uchun kengligi yetmish yillik masofa darajasida bo‘lgan bir eshik yaratdi. Quyosh o‘shal eshik tarafdan chiqmaguncha uni bekitmaydi.

Bu hadisga mavzu bo‘lgan masala Allohning shu oyatida zikr etilgandir:

—   Parvardigorining ayrim oyatlari keladigan kunda esa, ilgari iymon keltirmagan yoki iymonida yaxshilik kasb qilmagan biron jonga (endi keltirgan) iymoni foyda bermas. (An’om surasi, 158-oyat)

Tobaroniy qayd etadi:

-   Jannatning sakkiz eshigi bor. Yettisi yopiq. Bir donasi tavba uchun ochiqdir. Quyosh shu yerdan chiqquncha ochiq qoladi.

Qayd etilgan


Robiya  31 Yanvar 2009, 12:07:40

Ibn Moja qayd etadi:

-   Xato qilsangiz-u bu xatoingiz osmongacha chiqsa, keyin tavba qilib ortiq bunday qilmasangiz, Alloh tavbangizni qabul qiladi.

Hakim qayd etadi va keltirgan hadisi sahihligini aytadi:

—   Agar kishining umri uzayib Alloh unga pushaymonlik ato etsa, bu uning saodati jumlasidandir.

Termiziy, ibn Moja va Hakim qayd etadilar: - Har inson xato qiladi. Xato qilganlarning eng yaxshisi tavba qilganlardir.

Buxoriy va Muslim qayd etadilar:

-   Bir bandai mo‘min gunoh ish qilib qo‘ysa va: «Ey Rabbim, men bir gunoh qilib qo‘ydim. Gunohimni afv et!» -desa, Alloh ham: «Bandam o‘zining gunohlarini afv eta oladigan va gunohkorning jazosini berishi mumkin bo‘lgan bir Rabbi borligini idrok etdi», - deydi va uni afv etadi. Oradan Alloh tilaganicha vaqt o‘tadi. So‘ngra bandasi yana bir gunoh qilib qo‘yadi va: «Ey, Rabbim, men gunoh qilib qo‘ydim. Gunohimni afv et! - deydi. Alloh ham: «Bandam o‘zining gunohlarini afv eta oladigan va gunohkorning jazosini berishi mumkin bo‘lgan bir Rabbi borligini idrok etdi», - deydi va uni afv etadi. Oradan Alloh tilaganicha vaqt o‘tadi. So‘ngra bandasi yana bir marta gunoh qilib qo‘yadi va: «Ey Rabbim, men bir gunoh qilib qo‘ydim. Gunohimni afv et! — deydi. Alloh ham: «Bandam o‘zining gunohlarini afv eta oladigan va gunohkorni jazolay oladigan bir Rab-bi borligini idrok etdi. Bandamni afv etdim. Bandam har ne vaqt xato ish qilib qo‘ysa, men uni afv eta oladigan darajada qudratga egaman!» - deydi.

Imom Ahmad, Termiziy, Nasoiy, ibn Moja, ibn Hibbon, Hakim va Bayhaqiy qayd etadilar:
-   Mo‘min kishi gunoh qilib qo‘igan vaqtda qalbida qora bir dog‘ paydo bo‘ladi. Agar tavba-istig‘for qilib, bu gunohni boshqa takrorlamaslik yo‘liga kirsa, qora dog‘ yuvilib, yo‘q bo‘lib ketadi. Agar tavba qilmasa, yana gunoh qilsa, qora dog‘ yiriklashadi, ko‘payadi, hatto, bu hol qalbi butunlay qora dog‘ bilan qoplanguncha davom etadi. Allohning kitobida zikr etilgan: «Yo‘q, aksincha, ularning qalblarini o‘zlari kasb qilib olgan gunohlari qoplab olgandir!» (Mutaffifun surasi, 14-oyat) oyatida keltirilgan «qoplab olish» iborasi mazkur dog‘ni anglatadi.

Qayd etilgan


Robiya  31 Yanvar 2009, 12:07:57

Termiziy qayd etadi:

-   Alloh bandasining tavbasini to uning joni halqumiga kelmaguncha qabul qiladi.
Tobaroniy va Bayhaqiy qayd etadilar va Muoz (Yahyo ibn Muoz (34-izohga qarang) dan rivoyat qiladilar: Muoz aytadi:

-   Rasululloh, - unga Allohning salomi bo‘lsin - qo‘limdan tutib, men bilan bir-ikki chaqirim yo‘l yurdi. Yo‘lda dediki:

-   Ey Muoz, senga beradigan o‘gitim shulki, taqvoli bo‘l, Allohdan qo‘rq, to‘g‘ri so‘zli bo‘l, ahdingga vafo qil, omonatni tegishli joyiga topshir, xiyonat qilma, yetimga marhamatli bo‘l, qo‘shnilik haqqiga rioya et, g‘azabingni yut, muloyim so‘zli bo‘l, har kimga omonlik tila, davlat boshlig‘ining ehtiyojlariga yara, Qur’on asoslarini o‘rgan, oxiratni sev, savol-javob kunidan qo‘rqib yasha, hoyu-havasga berilma, yaxshi amallar yo‘ldoshing bo‘lsin. Men senga musulmonni so‘kishni yoki yolg‘onchini tasdiqlashni, to‘g‘rilikni inkor etishni va yoxud odil davlat odamlariga qarshi chiqishni va yer yuzida tartibsizlik chiqarishni man’ etaman. Ey Muoz! Har bir daraxtni yo toshni ko‘rganingda Allohni yodga ol! Har bir qilgan gunohing uchun bir tavba qil! Yashirin gunohingga yashirincha, ochiq gunohingga ochiqcha tavba qil!

Isfahoniy (Abu Nu’aym Isfaxoniy, Isbaxoniy deb ham yoziladi (392-izohga qarang)) qayd etadi:
— Kishi gunohlariga tavba qilib, boshqa bunday qilmaslikka ahd qilgan chog‘ida Alloh uning gunohlarini HAFAZA FARIShTALARIGA (gunohlarni yozuvchi farishtalarga) unuttiradi. Yana Alloh bu gunohlarni u kishining a’zolariga va yer yuzidagi boshqa guvohlarga ham unuttiradiki, bul banda qiyomat kuni Allohga yetishayotgan chog‘ida uning gunohlariga shohidlik beruvchi bironta ham guvoh topilmaydi.

Yana Isfahoniy qayd etadi:

— Kamchiliklaridan AFSUSLANUVChI kishi, Allohdan RAHMAT kutsin. O’ziga MAG’RUR BO’LUVChI kishi esa Allohdan G’AZAB kugsin. Ey Allohning bandalari, bilib qo‘yingki, kimning amali qanday bo‘lsa, unga shunday amal bilan javob qaytariladi, u bu dunyodan yaxshi va yomon har turli amallarining javobini ko‘rmaguncha ketmaydi. U bu dunyoda o‘z amallariga yarasha muomala ko‘radi. Kecha bilan kunduz bir ulov misolidir. Ey insonlar, bu ulovlar ustida oxirat yo‘lchiligini chiroyli qilib ado eting. Cheksiz orzu-havaslardan saqlaning. Zero, o‘lim qutilmaganda bir ondayoq kelishi mumkin. Hech biringiz Alloh bergan muhlatga aldanib, o‘limni unuga ko‘rmang. Chunki otash sizga oyoq kiyimingiz bog‘ichidan ham yaqinroqligi shak-shubhasizdir.

Qayd etilgan


Robiya  31 Yanvar 2009, 12:11:09

Shundan so‘ng Alloh Rasuli (s.a.v.) mana bu oyatni o‘qidilar:

—   Bas, kim (dunyolik paytida) zarra misolichalik yaxshilik qilgan bo‘lsa (Qiyomat paytida) o‘shani ko‘rur. Kim zarra misolichalik yomonlik qilgan bo‘lsa, uni ham ko‘rur! (Zalzala surasi, 7-8-oyatlar)

Tobaroniy qayd etadi:

—   Gunohidan tavba qilib, uni takrorlamaslik yo‘liga kirgan odam, gunohsiz kimsa kabidir.

Ayni shuhadisni Bayhaqiy ham boshqa yo‘sinda qayd etadi va undan tashqari, shu qismni ham ilova qiladi:

—   Tavba-istig‘for qilgani holda shunday gunoh qilishda yana davom etgan kimsa Rabbi bilan hazillashgan kimsa kabidir.

Ibn Hibbon va Hakim qayd etadilar: - NADOMAT-tavbadir.

Shubhasizki, bu nadomat qilingan amalning gunohligini, xunukligini his qilishdan va buning azobidan qo‘rqishdan yuzaga kelgan bo‘lsa maqbuldir. Gunoh ish qilganda va shu tufayli mol-dunyo zoe bo‘lishidan qo‘rqilgani uchun va yo shunga o‘xshash sabab tufayli his qilingan nadomat maqbul emasdir.

Hakim qayd etadi:

-   Alloh bandasining bir gunohi tufayli nadomat his qilayotganini ko‘rganda, ul bandasi o‘z gunohi yuzasidan tavba-istig‘for qilishni bitirmasdanoq uni afv etadi.

Muslim qayd etadi:

-   Juhayna qabilasidan bir xotin Rasululloh, - unga Allohning salomi bo‘lsin - huzuriga keldi. G’ayriqonuniy munosabatdan homilador edi. Dediki:

-   Ey Allohning Rasuli (s.a.v.), men gunoh qildim. Allohning jazosini tatbiq qiling!
Alloh Rasuli - Unga salom bo‘lsin! — xotinning homiysini chaqirdi va:

-   Unga yaxshi qara, izzat-ikrom qil. Bolasini tug‘ib olgandan keyin menga olib kel! — dedi.

Qayd etilgan


Robiya  31 Yanvar 2009, 12:11:33

Xotinning homiysi shunday qildi. Bolasini tug‘ib olgandan keiin xotinni olib keldi, Alloh Rasuli (s.a.v.)ga topshirdi. Rasululloh(s.a.v.)ning amri bilan xotinning ko‘ylaklari siqib ustiga bog‘landi. So‘ngra yana Alloh Rasuli (s.a.v.)ning amri bilan rajm qilindi. Keyin Payg‘ambarimiz (s.a.v.) uning namozini o‘qidilar.

Hz. Umar dediki:

-   Ey Allohning Rasuli, uning namozini o‘qiyapsanmi? Holbuki, u zino qilgandi!..

Payg‘ambarimiz (s.a.v.) shu javobni berdilar:

-   Shunday tavba qildiki, tavbasi, agar Madina ahlidan yetmish kishi orasida taqsimlansa, hammasiga yetib ortardi. Sen o‘z oyog‘i bilan shosha-pisha kelib, Allohning xukmi tatbiq etilishini talab qilgan bundan fazilatliroq boshqa biron xotinni ko‘rganmisan?

Termiziy, Ibn Habbon va Hakim qayd etadilar va Ibn Umardan rivoyat keltiradilar:

Ibn Umar deydiki:

Alloh Rasuli(s.a.v.)dan bir xabarni ko‘p karra eshitgan edim. Der ediki:

— Eski qavmlardan bir odam bor edi. Hech gunoh qilishdan toymas edi. Bir kun uning yoniga bir xotin keldi. U odam kelgan bu xotin bilan aloqada bo‘lish uchun unga oltmish dinor pul berdi. Endi unga yaqinlik qilishni boshlayotganda xotin titrab yig‘lay boshladi. Odam: «Nega yig‘laysan, mendan jirkanyapsanmi?» - deb so‘radi. Xotin: «Yo‘q, men bugungacha hech qilmagan yomon bir amalni qilyapman. Meni bunga moddiy qiyinchilik majbur qilyapti!» - dedi. Shunda u odam: «Demak, sen bundan oldin hech bunday ish qilmagansan, endi qilayotirsan, shundaymi? Bor, ketaver, unday bo‘lsa. Bergan oltin pullarim seniki!» dedi va qo‘shimcha qildi:

—   Yo‘q! Qasamyod etamanki, men endi abadiyan, to o‘lgunimcha Allohga qarshi isyon qilmayman!..

U odam shu kecha o‘ldi. Ertalab uning eshigiga shunday lavha yozilgandi:

—   Alloh uni afv etdi!..

Ibn Mas’uddan rivoyat keltiriladi:

—   Ikki qishloq bor edi. Birining xalqi solih kishilar, boshqasining xalqi esa buzuq kishilar edi. Xalqi buzuq kishilardan tashkil topgan qishloqdan bir odam chiqdi. Maqsadi — Xolqi sof kishilar bo‘lgan qishloqqa ketish edi. Faqat yo‘dda ajali yetib, ko‘ngli tilagan qishloqqa yetisholmay o‘ldi. Farishta bilan shayton uning boshida bahslashib ketishdi.

Shayton der ediki:

—   Qasamki, bu kishi aslo menga isyon etmadi!..

Farishta esa shunday derdi:

—   U tavba qilish va ortiq takrorlamaslik uchun gunohlardan qaytish yo‘liga chiqqan edi!..

Qayd etilgan


Robiya  31 Yanvar 2009, 12:11:57

Alloh buyurdiki:

-   Qaysi qishloqqa yaqinroq ekanligiga qarang!. Qaradilar. Xalqi solih kishilardan iborat qishloqqa yaqinroq ekan. Shu tariqa Alloh uni afv etdi.

Buxoriy va Muslim qayd etadilar:

-   Sizdan oldingi qavmlardan bir odam bor edi. U to‘qson to‘qqiz jonga zomin bo‘lgan edi. Mintaqaning eng olim odamini surishtirdi. Uni bir rohibning oddiga yubordilar. U o‘zining to‘qson to‘qqiz odamni o‘ldirganini, tavba qilsa tavbasi qabul bo‘lish-bo‘lmasligini so‘radi. Rohib: «Yo‘q, sening tavbang qabul bo‘lmaydi!» - dedi. U odam rohibni ham o‘ldirdi. So‘ngra yana mintaqaning eng donishmand oda-mini surishtirdi. Uni bir olimga yubordilar. Odam olimning huzuriga kirib bordi. Yuz kishini o‘ldirganligini, endi o‘zi uchun tavba eshigining ochiq-ochiqmasligini so‘radi. Olim: «Ha, ochiq!» dedi. «Falon yerga bor. U yerda Allohga ibodat qilguvchi insonlar bor. Sen ham ular bilan birga Allohga oid vazifalaringni ado et. Avvalgi joyingga qaytma. Zero, u yer yomon bir joydir».
Odam u yerni topib borsin uchun, yo‘lga solib yuborildi, lekin yarim yo‘lga kelganda o‘lim uning yoqasidan oldi. Uning o‘ligi tepasida rahmat farishtalari bilan azob farishtalari bahslashib qoldilar. Rahmat farishtalari shunday deyishardi:

—   U tavba qilib, qalbi bilan Allohga yuz tutgan edi!.. Azob farishtalari esa bunday deyishardi:
—   U umrida aslo yaxshilik qilmadi!..

Ularga — oralarida hakamlik qilish uchun - bir farishta keldi.

Oralariga kirib dediki:

—   Ikki yer - o‘z yurti bilan ketayotgan yurti — orasini o‘lchangiz. Qay tomonga yaqin bo‘lsa, u o‘sha tomonga oiddir.

Ikki yer orasini o‘lchadilar. Ketayotgan joyiga yaqinroq ekanligini ko‘rdilar. Shu tariqa uni rahmat farishtalariga qoldirish kerakligi ma’lum bo‘ldi.

Qayd etilgan


Robiya  09 Fevral 2009, 10:56:00

ZULMNING YOMONLIGI

Alloh bildirdi:

—   Zolim kimsalar yaqinda qanday oqibatga qarab ketayotganlarini bilib qolurlar. (Shuaro surasi, 227-oyatning so‘nggi jumlasi)

Payg‘ambarimiz - Allohning salomi ustlariga yog‘ilsin — buyurdi:

—   Zulm qiyomat kuni QORONG’ILIKLARDIR.
—   Kim zulm bilan bir qarich tuproqni tortib olsa, Alloh qiyomat kuni yetmish arsa (bir arsa — bir imoratlik joy) yerni uning bo‘yniga o‘tkazadi.

Ba’zi kitoblarda yozilishicha, Alloh aytdi:

—   Mendan boshqa yordamchisi bo‘lmagan kimsaga zulm qilgan kishi ayovsiz g‘azabimga giriftor bo‘lg‘usidir.

Shoir naqadar yaxshi aytgan:

Kuchliman, deb zulm qilma hech qachon,
Zulm oqibati faqat — pushaymon.
Sen uxlarsan, mazlum senga tilar dor,
Mazlum bedor ekan, Alloh ham bedor.
Zolim zulm qilsa kezib yurtma-yurt,   
Yomonlig‘i ortsa hudmi yo behud,
Sen havola qil vaqtga, u topgay jazo,
Hech kutmagan yerida yuz bergay balo.


Salaflardan ba’zilari derki:

— Zaiflarga zulm etma! Kuchlilar ichida eng gunoxlisi bo‘lursan.   

Abu Hurayra - Alloh undan rozi bo‘lsin - shunday deydi:

—   Zolimning zulmidan ezilgan va qo‘rquv bosgan tuvaloq inida yotgan joyida jon berar.

Tavrotda shunday yozilgandir:

—   Qiyomat kuni Sirot ko‘prigining ortidan bir nidochi nido berib derki:
—   Ey, barbar (yovvoyi, varvar) zolimlar! Ey, talonchi-lar! Alloh — azza va jalla (qudrati va buyukligi haqqi) -qasam etdiki, bugun bu ko‘prikdan hech bir zolimning zul-mi o‘tolmaydi...

Qayd etilgan


Robiya  09 Fevral 2009, 10:56:31

Jobir — Alloh undan rozi bo‘lsin! - hikoya qiladi:

—   Habashistonga borgan muhojirlar qaytgan chog‘larida Payg‘ambarimiz — Allohning salomi uning ustiga yog‘sin! — dediki:

—   Habashistonda eng ko‘p diqqatingizni oshirgan hodisani menga aytib berolmaysizmi?

Qutayba (to‘liq ismi Qugayba ibn Said. Hz. Payg‘ambar s.a.v.ning ashobi kiromlaridan) hikoya qildi:

—   Ey Allohning Rasuli, biz bir kun bir yerda o‘tirgan edik. Yoshi o‘tibroq qolgan xotin yonimizdan o‘tib ketdi. Boshida suv to‘la katta bir ko‘zasi bor edi. Ketayotib bir yosh yigit bilan yuzma-yuz keldi. Yigit bir qo‘lini uning kiftiga qo‘ydi-da, uni itarib yubordi. Xotin cho‘kkalab qoldi. Ko‘zasi sindi. Bir zumda o‘rnidan turdi. Yigitga qarab shunday dedi:

—   Ko‘rasan hali, ey zolim. Alloh kursi (Arsh)ni qurib, barcha insonlarni yig‘gan, qo‘llaring va oyoqlaring gapiradigan va egasining qilgan ishlari haqida guvohlik beradigan zamon keladi! Ko‘rasan, ertaga (qiyomat kuni) sening va mening holimiz qanday bo‘lishini!..
Shunda Payg‘ambarimiz (s.a.v.) dedilarki:

—   Kuchlilardan zaiflarning haqqini olib bermaydigan millatni Alloh hech qachon aziz qilmagay!..
Yana Alloh Rasuli (s.a.v.) boshqa bir hadislarida shunday bildirdilar:

Besh kishiga Alloh — azza va jalla - g‘azab qiladi. Xohlasa bu g‘azabini dunyoda ko‘rsatadi. Xohlasa oxiratda ularni jahannamga otadi. Bular:

1.   Qo‘l ostidagilardan o‘z haqqini olgani holda o‘zi ularga nisbatan odil bo‘lmagan va yo qo‘l ostidagilar zulmga duchor bo‘lganda zulmni ulardan daf’ etmagan davlat boshlig‘i.
2.   Xalq o‘ziga itoat etgani holda, kuchlilar va zaiflar orasida odil muomala qila olmagan behuda va luzumsiz gaplar bilan vaqt o‘tkazib yurgan davlat kattalari.
3.   Oila a’zolariga (xotini, bolalariga) Allohga itoat etishlarini amr etmagan va ularga diniy burchlarini o‘rgatmagan oila boshlig‘i.
4.   Maosh berish to‘g‘risida bitishib odam ishlatgan va ishchining haqqi bo‘lmish maoshini o‘tamagan kishilar.
5.   Mahrini bermay, xotiniga zulm qilgan erkak.

Qayd etilgan