Imom G'azzoliy. Mukoshafatul qulub  ( 342300 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 25 26 27 28 29 30 31 32 33 34 35 ... 49 B


Robiya  09 Fevral 2009, 10:57:03

Abdulloh ibn Salom (Hz. Muhammad s.a.v.ning sahobalaridan, ilohiy ishoratga muyassar bo‘lgan va jannat bilan mujdalangan zot edi)- Alloh undan rozi bo‘lsin!.. deydiki:

—   Alloh maxluqotni yaratdi. Yaratiqlar oyoqqa turgan chog‘larida boshlarini ko‘tarib, Allohga yuzlandilar va:

—   Ey Rabbimiz, Sen kimlar bilan birgasan? - deb so‘radilar.

Alloh buyurdi:

—   Haqqi to‘langunga qadar mazlumlar bilan birgaman.

Vahob ibn Munabbih hikoya qiladi:

—   Zolimlar ichra bir zolim o‘ziga ko‘shk qurdirdi. Ko‘shk go‘zal qilib bezatilgan edi. Shu orada yoshi o‘tibroq qolgan bir xotin keldi va ko‘shk yaqinida zolimning zulmidan qutulish niyatida bir namozgoh kulba qurdi. Bir kun ko‘shk egasi bo‘lmish zolim otiga mindi. Ko‘shkining atrofida aylana boshladi. Yoshi o‘tib qolgan xotinning kulbasini ko‘rib:

—   Kimniki bu? — deb so‘radi.
—   Kambag‘al bir xotinniki, shu yerga kirib-chiqib yuradi, - deyishdi.
Zolim uni buzib tashlashlarini buyurdi va kulba buzib tashlandi. Bir ozdan keyin xotin keldi. Kulbasining yiqitilganini ko‘rib:

—   Kim buzdi buni? — deb so‘radi.
—   Ko‘shk sohibi ko‘rib buzdirdi!.. — dedilar. Xotin buni eshitganda boshini ko‘kka ko‘tardi va:
—   Ey Rabbim, maskanimni buzishganda men yo‘q edim, ammo sen qaerda eding? - dedi.

Bu ohni eshitgan Alloh Jabroil alayhissalomga u ko‘shkni ichida yotganlar ustiga yiqitishni amr etdi. Jabroil esa buyruqni o‘rniga qo‘yib ado etdi.

Qayd etilgan


Robiya  09 Fevral 2009, 10:57:33

Barmak o‘g‘illari qamoqqa olingan paytda (Barmak o‘g‘illari aslan balxlik olijanob turk oilasi edi. Abbosiy islom saltanatining qurilishida bu oilaning‘ kapa xizmati bo‘lgan edi. Usha paytlarda darhol musulmonlikni qabul qilgan barcha gurklar kabi bular ham Islom Davlatining harbiy, iqtisodiy-siyosiy, ilmiy-texnikaviy sohalari yuksalishi uchun bor kuchlari bilan ishlagan edilar. Xalifa Horun ar-Rashid oldiniga bu oila a’zolariga davlat idorasidan munosib vazifalarni bergan, o‘.ziga o‘qituvchilik qilgan Barmak o‘g‘li Xolidning o‘g‘liga (Yahyoga) vazirlik, keyin Yahyoning o‘g‘illariga ham boshqa katta lavozimlarni topshirgan. Lekin keyinchalik - hozirgacha aniqlanmagan ayrim sabablarga ko‘ra - bu oila a’zolaridan achchiqlanib, ba’zilarini qatl ettirgan, ba’zilarini zindong‘a tashlattirgan, boyliklarini musooara qildirgan) bir o‘g‘il otasiga shunday dedi:

—   Ey otajonim, shuncha olijanoblikdan keyin kishanga urildik, qamoqqa tushdik!.. Bu qanaqasi?
Otasi shu javobni berdi:

—   Ey o‘g‘lim, bir mazlumning ohi kechalari yurib chiqadi. Menimcha, biz bundan g‘ofil qolganmiz. Holbuki, Alloh undan g‘ofil qolmadi.

Abu Umoma - Alloh undan rozi bo‘lsin!.. — deydiki:

—   Qiyomat kuni zolim Sirot ko‘prigiga kelganida mazlum u bilan yuzlashadi. Mazlum zolimga o‘tkazgan zulmlarini eslatadi. Mazlumlar zolimlarning qo‘llaridagi yaxshi amallarini olmaguncha ulardan qutula olmaydilar. Agar zolimlarning yaxshi amallari yo‘q bo‘lsa, mazlumlarning gunohlari zolimlarga yuklanadi. Ana shundan keyin ularni jahannamning eng pastki tabaqasiga irg‘itadilar.
Abdulloh ibn Anis (Payg‘ambarimiz s.a.v.iing sahobalaridan)- Alloh undan rozi bo‘lsin!.. - hikoya qiladi:

—   Payg‘ambarimizning - Allohning salomi ustlariga yog‘ilsin — gaplarini ko‘p eshitganman.

Derdilarki:

—   Qiyomat kuni insonlar yalangoyoq, yalang‘och, sunnatsiz va bo‘m-bo‘sh (nima qilishni bilmagan) holda tiriltiriladilar. Bir nidochi uzoqdagilar ham, yaqindagilar ham birday eshitadigan yangroq ovozda nido qiladi. Deydiki:

—   Men hokimi mutlaqman! Biron zotga bir chertki bilan ham zulm etgan kishi na jannatga darhol jannatilar qatoriga, na jahannamga darhol jahannam ahli qatoriga kiradi!.. Jannatlik o‘ziga o‘tkazilgan zulmning badalini jahannamlikdan; jahannamlik ham o‘ziga o‘tkazilgan zulmning badalini jannatlikdan oladi; Rabbingiz hech bir kimsaga zulm qilmaydi. Biz dedikki:

—   Bu haq olish-berishlar qanday amalga oshiriladi, ey Rasululloh? Biz yalangoyoq, qip-yalang‘och, sunnatsiz va yonimizda hech narsa bo‘lmagan holda tiriltirilgan bo‘lsak?!..

Rasululloh (s.a.v.) javob berdilar:

—   Hisoblashish savoblar va gunohlarni bir-biriga o‘tkazish orqali amalga oshiriladi. Rabbingiz hech kimsaga zulm qilmaydi!..

Qayd etilgan


Robiya  09 Fevral 2009, 10:57:47

Yana Alloh Rasuli (s.a.v.) shunday buyurgandilar:

—   Kimda-kim zulm qilib birovni kaltak bilan ursa, qiyomat kuni buning qasosi olinadi!
Eskilarning hikoya qilishicha:

—   Bir hukmdor bo‘lgan edi. Bolasini ulg‘aytirish va tarbiyalash uchun bir lolo (erkak tarbiyachi) olgandi. Bola fazilat va adabda kamolga yetganda Lolo uni bir kuni tutib olib, sababsiz-aybsiz urdi, yaxshigina jonini achitdi. Bola shu tufayli lolosiga kek saqladi. Otasi o‘lib, o‘zi taxtga o‘tirganda loloni chaqirdi va:

—   Falon paytda, falon joyda sababsizdan sababsiz meni urib jonimni achitganingga sabab nima edi? — dedi.

Lolo shu javobni berdi:

—   Ey hukmdor! Sening fazilat va adabda kamolga yetganingni ko‘rganda, otangning o‘limidan keyin taxtga o‘tirishga tayyor bo‘lganingni ko‘rdim. Senga tayog‘imning totini (mazasini) va zulmning alamini tottirib qo‘ymoqchi bo‘ldim. Toki, taxtga o‘tirganingda hech kimga zulm etmagaysan!
Bu javobni eshitgan hukmdor lolosiga: «Alloh senga xayrlar bersin!» - dedi. Unga sovg‘a-salomlar berdi, ehsonlar kildi va uyiga kuzatib qo‘ydi.

Qayd etilgan


Robiya  09 Fevral 2009, 10:58:25

YeTIMGA ZULM O’TKAZIShDAN SAQLANISh

Alloh jalla jalaluhu aytdi:

—   Yetimlarning mollarini zulm yo‘li bilan yeydigan kimsalar hech shak-shubhasiz qorinlariga olov yegan bo‘lurlar. Va, albatta, do‘zaxga kirajaklar. (Niso surasi, 10-oyat)
Qatoda deydiki:

—   Oyat Gotofan qabilasidagi bir odam haqida nozil bo‘lgan. Bu odam akasining yetim qolgan kichik bolasiga otach lik qilgan va uning tegishini yeb qo‘ygan edi. Oyatda «zulch yo‘li bilan yemoq» ta’kidlanganiga ko‘ra, fiqh kitoblarida aytilgan shartlar doirasidan tashqarida homiy yetimning molini yeyishi mumkin.
Bu orada Alloh shunday buyurdi:

—   (Yetimni otaliqqa olgan kishi) agar boy bo‘lsa (etimning molidan), parhez qilsin. Bordiyu kambag‘al bo‘lsa, yaxshilik bilan (ya’ni qilgan xizmatiga yarasha) olib yesin. Mol-mulklarini o‘zlariga qaytarganingizda esa guvoh keltiringlar. Allohning o‘zi yetarli hisob-kitob qilguvchidir. (Niso surasi, 6-oyat)

Oyatdan anglashinishicha, homiy yetimning molidan faqat muhtoj qolganda, ehtiyojiga yarasha, yoki qarz olish yo‘li bilan va yoxud qilgan xizmatining badali tarzida juda muz-tar qolgan chog‘i yeyishi mumkin. Agar imkoni bo‘lsa, kelgusida yegani miqdorini uzadi. Imkoni bo‘lmasa, yegani haloldir. Alloh yuqoridagi oyatdan oldin kelgan oyatda yetimlarning haqqiga juda qattiq rioya qilish kerakligini tanbeh qilib aytib qo‘ygan:

-   Kishilarning o‘zlari ojiz-notavon farzandlarini qoldirib ketganlari takdirda ulardan xavotir olganlari kabi (o‘zgalarning yetimlari haqidan ham) qo‘rqsinlar. Bas, Allohdan qo‘rqib, (o‘lim oldidagi kishiga) haq so‘zni aytsinlar! (Niso surasi, 9-oyat)
Alloh bir vahiyida Dovud alayhissalomga shularni tayinlagandi.

—   Ey Dovud, yetimga nisbatan mehribon ota singari bo‘l! Beva qolgan kambag‘al xotinlarga nisbatan marhamatli er singari bo‘l! Bilib qo‘yki, sen nima eksang, shuni olasan, ya’ni sen boshqalarga qanday muomala qilsang, senga ham shunday muomala qilinadi. Chunki sen ham, hech shak-shubhasiz, o‘lasan. Bolalaring yetim, xotining beva qoladi!..

Qayd etilgan


Robiya  09 Fevral 2009, 10:58:56

Haqsiz bo‘la turib, yetimlarning mollarini yeyish va ularga zulm o‘tkazishning oqibatlari haqida oyatlarga muvofiq holda ta’kidlangan bir qator hadislar ham bor. Yetimlarga zulm o‘tkazganlarni og‘ir jazolar kutayotgani haqida oyatlar qanday ogohlantirgan bo‘lsa hadislar ham shunday ogohlantirgan. Ularning hammasi, insonlarga yetimlarning molini yeyish va ularga zulm o‘tkazishdan saqlanishni buyuradi.

Muslim va boshqa muhaddislarning kitoblarida qayd etilgan:

Alloh Rasuli (s.a.v.) buyurdilar:
—   Ey Abu Zarr, sen menga zaif ko‘rinasan. Men o‘z nafsimdan nima istasam, senga ham shuni tilayman. Onang bilan otangta qarshi borma. Yetimning molini ishlatishda saxiy bo‘lma.

Buxoriy, Muslim va boshqalar ham qayd etadilar:
—   Halok qiladigan yetti narsadan qoching!

Sahoba:   
-   Nedir ular, ey Allohning Rasuli?

Rasululloh sallallohu ahayhi va sallam:

1.   Allohga sherik tanimoq.
2.   Nohaq bo‘la turib, tirik jonni o‘ldirmoq.
3.   Sehrbozlik qilmoq.
4.   Foiz (protsent) olmoq.
5.   Yetimning molini yemoq.
6.      Alloh yo‘lida olib borilayotgan jihodda jang maydonidan qochmoq.
7.     Ona bilan otaga qarshi bormoq.

Qayd etilgan


Robiya  09 Fevral 2009, 10:59:31

Hakim qayd etadi:

Alloh to‘rt toifa kishini jannatga kiritmaydi, ularga jannat ne’matlarini tatitmaydi:
1.   Sarxush qiluvchi ichkilik ichganlarni.
2.   Foiz olganlarni.
3.   Yetimning molini yeganlarni.
4.   Ona bilan otaga qarshy borganlarni.

Ibn Hibbon sahihida qayd etadi:

Payg‘ambarimiz — Allohning salomi boshlaridan yog‘ilsin — Amr ibn Hazm (to‘liq ismi Amr ibn Hazm al-Ansoriy. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) tomonidan Yamanga islom asoslarini o‘rgatish uchui yuborilgan sahobalardan) bilan Yamanga yo‘llagan bir maktublarida shunday deb yozgan edilar:

-   Qiyomat kuni Allohning nazdida katta gunohlarning eng kattasi quyidagilardir:
1.   Allohga sherik tanimoq.
2.   Nohaq bo‘la turib, mo‘min odamning joniga tajovuz qilmoq!
3.   Alloh uchun olib borilayotgan jihodda jang maydonidan qochmoq.
4.   Onaga va otaga qarshi bormoq.
5.   Iffatli xotinga tuhmat qilmoq.
6.   Sehrbozlik qilmoq.
7.   Foiz olmoq.
8.   Yetimning molini yemoq.

Abu Yo’lo qayd etadi:

—   Qiyomat kuni bir qism insonlar qabrlaridan turganlarida og‘izlaridan olov sochadilar.

Sahoba:

—   Kimlar ular, ey Allohning Rasuli?

Rasululloh (s.a.v.):

—   Yetimlarning mollarini zulm yo‘li bilan yegan kimsalar, hech shak-shubhasiz, qorinlariga olov yegan bo‘lurlar. Va albagga do‘zaxga kirajaklar. (Niso surasi, 10-oyat)

Muslim qayd etgan «Me’roj» hadisidan bir parcha:

—   Bir payt bir to‘da insonlar bilan yuzma-yuz kelib qoldim. Ularning boshlariga boshqa kishilar o‘tirib olgan edi. Bu — boshlarga o‘tirgan kishilar - ularning soqollarini yulardilar, shunda qo‘llarida olov toshlar ko‘targan boshqa bir qism kishilar kelib, bu olov toshlarni soqollari yulingan kishilarning og‘izlariga tiqib orqa tarafidan chiqara boshladilar. Jabroildan: «Kim bular?» - deb so‘radim.

Dediki:

—   Yetimlarning mollarini zulm yo‘li bilan yeganlar. Ular qorinlariga faqat olov yegandirlar.


Qayd etilgan


Robiya  09 Fevral 2009, 11:00:09

                                                   KIBRNING YoMONLIGI

Kibr mash’um fe’l-atvor bo‘lgani va yomon oqibatga olib kelishi muqarrar bo‘lgani uchun bu yerda takror esga olib, sharhlashga qaror qildik. (Birinchi qismdagi «Kibrning yomonligi» sarlavhali bobga qarang) Kibr Iblis tomonidan qilingan birinchi gunohdir. Shu fe’li uchun Allohuni la’natlagan va Osmonlar va Yerning kengligiday keladigan Jannatdan haydab, jahannam azobiga otgandir.

Muqaddas hadisda Alloh j.j. shunday buyuradi: - BUYuKLIK - ULUG’LIK mening ko‘ylagim, BIQOR esa chakmonimdir. Kimda-kim bulardan biri xususida men bilan talashadigan bo‘lsa, uni halok qilaman. Hech qo‘ymayman.

Yana bir xabarga ko‘ra:
—   KIBRLILAR urug‘ donalari kabi inson shaklida tiriltiriladilar. Ular hartarafdan ZILLAT (xorlik, sharmandalik) ichida qoladilar. Ularga jahannam ahlining
qusuqlari ichiriladi.

Payg‘ambarimiz — Allohning salomi ustlariga yog‘ilsin - bildirdi:

—   Qiyomat kuni Allohuch toifa bilan gaplashmaydi, ularga aslo nazar tashlamaydi. Ular uchun alamli azob bor:

1.   Zino qilgan oqsoqol.
2.   Zolim davlat boshlig‘i.
3.   KIBRLI KIShI.

Bir odam ovqatni chap qo‘li bilan yeyayotgan edi. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) unga:
—   O’ng qo‘ling bilan ye! — deb buyurdi. U odam:

—   O’ng qo‘lim bilan yeyolmayman! — dedi. Payg‘ambarimiz (s.a.v.):

—   Yeyolmaysan!.. — dedi va ilova qildi: - Bu kishi kibri tufayli o‘ng qo‘li bilan taom yemaydi.
Bu hodisadan keyin u odamning qo‘li falaj bo‘ldi, keyin qo‘lini butunlay ko‘tarolmay qoldi.
Sobib Ibn Qays (ansorlarning imom xatibi va hozrajiylarning bayroqdori bo‘lgan. Paygambarimiz (s.a.v.)ning ashoblarilan. Yamoma degan qasabada (Toif yaqinida) bo‘lgan jangla hijratning 12-yili halok bo‘lgan) Payg‘ambarimiz(s.a.v.) dan so‘radi:

—   Ey Allohning Rasuli, men chiroyli va yoqimtoy odamlarni yaxshi ko‘radigan kishilardanman. Bu KIBRdanmi, nima deb buyurasiz?

Alloh Rasuli javob berdi:

—   Yo‘q. KIBR haqni inkor etishdan va insonlarni haqir ko‘rishdan bo‘ladi. KIBRLI odam boshqa insonlarni o‘zidan past ko‘radi. Holbuki, ular ham uning kabi insondir. Hatto, balki, Allohning nazdida, undan ham yaxshiroqdirlar.

Vahob ibn Munabbih hikoya qiladi:

—   Muso alayhissalom Fir’avnga: «Iymonga kel! Mol-mulking va saltanating o‘zingniki», - deganida, Fir’avn: «Bo‘lmasa men borib Homon bilan kengashib kelay». — dedi. Borganda Homon dediki:

—   Sen o‘zingga hamma topinadigan bir Rabb bo‘lganing holda endi iymon keltirsang, boshqa birovga ibodat qiluvchi qul bo‘lasan!

Bu kengashdan keyin Fir’avn Allohga ibodat qilishdan va Musoga tobe’ bo‘lishdan bo‘yin tovladi, Alloh ham uni dengizga cho‘ktirdi.

Qayd etilgan


Robiya  09 Fevral 2009, 11:00:52

Allohning Quraysh kofirlaridan bergan xabariga ko‘ra, ular dedilarki:

—   Bu Qur’on ikki shaharning biridan (bo‘lgan) bir ulug‘ odamga nozil qilinishi kerakmasmidi? (Zuxruf surasn, 31-oyat)

Qatoda derki:

—   «Ikki shaharning ulug‘lari» deganda Valid ibn Mug‘ira (quraysh qabilasi raislaridan. Hijratdan oldin Hz. Muhammad s.a.v. bir qator mukarram zotlar qatori bu kishi bilan ham uchrashgan va islomga da’vat qilgandilar) bilan Abu Mas’ud Saqafiy (Quraysh boylaridan. Paygambarimiz bu kishini ham islomga da’vat qilgandilar) nazarda tutilgan. Maqom va rutbalariga ko‘ra payg‘ambarimizdan yuksakroq va boyroq edilar. Ular (kofirlar):

—   Bir yetim bola!.. Alloh uni bizga payg‘ambar sifatida qanday jo‘natadi?!.. — der edilar.

Alloh esa ularning bu fikrlariga javoban shunday dedi:

—   Parvardigoringizning rahmati bo‘lmish payg‘ambarlikni o‘shalar taqsimlaydilarmi?! Dunyo hayotida ularning maishatlarini ham o‘rtalarida Biz taqsimlaganmiz. Ba’zilari boshqalarini qo‘l ostiga olib ishlatishlari uchun ayrimlarini ayrimlaridan baland martabalarga ko‘tarib qo‘yganmiz. Parvardigoringizning rahmati — payg‘ambarlik esa ular to‘plagan narsalaridan yaxshiroqdir. (Zuxruf surasi, 32-oyat)

So‘ngra Alloh KIBRLIlarga jahannamga tushganlarida qanday hayratda qolishlari to‘g‘risida ham xabar berdi. Chunki ular jahannamda dunyo hayotida haqir ko‘rib masxara qilgan kishilarini topmay, shunday deyajaklar:

—   Nega bizlar yomonlardan deb hisoblab o‘tgan kishilarni ko‘rmayapmiz? (Sod surasi, 62-oyat)
Vahob - Alloh undan rozi bo‘lsin - deydiki:

—   ILM ko‘kdan yog‘gan chuchuk va sof yomg‘irga o‘xshaydi. Daraxtlar ildizlari va tomirlari orqali uni emadi. Ammo mazasi qanday bo‘lsa ham, uni o‘ziga moslab o‘zgartirib oladi. Mevasining mazasi achchiq bo‘lganining achchiqligi ortadi, shirin bo‘lganining-shirinligi!.. ILM ham mana shundaydir. Insonlar uni g‘ayrat va himmatlariga yarasha o‘rganib yod oladilar. Lekin oxir-oqibatda KIBRLI kishida KIBR ortadi, ADABLI kishi yanada ADABLIROQ bo‘ladi. Buning sababi shudir:

—   KIBRga moyil va unga ko‘ngli sust ketgan kimsa johildir. U ozgina ilm o‘rgandimi, bas, KIBRLANADIGAN narsasini topdi, deyavering. Kibri ortadi. Kishi johil bo‘lsayu, Allohdan qo‘rqsa — ilmi ortadi. Ayni chog‘da bu ilmi orqasidan ko‘p dalillarni qo‘lga kiritadi. Allohdan qo‘rqish orqali kishi shafqatli va adabli bo‘lishda kamol topadi. Shuning uchun ham Payg‘ambarimiz (s.a.v.) ibn Abbos rivoyat qilgan bir hadisda, shunday buyurganlar:

—   Bir talay insonlar Qur’on o‘qiydilar, lekin bu o‘qishlari ularning bo‘g‘izlaridan nariga o‘tmaydi. Keyin yana: «Biz Qur’on o‘qidik. Kim bizdan ko‘proq Qur’on o‘qiydi, kim bizdan yaxshiroq biladi?» - deydilar.

Payg‘ambarimiz (s.a.v.) shu so‘zlarni aytganlaridan keyin ashoblariga o‘girilib:
—   Bundaylar sizning orangizdan chiqqan, ey ummatim! Bular, mana shular jahannam o‘tinlaridir!.. — deb bildirdilar.

Qayd etilgan


Robiya  09 Fevral 2009, 11:01:22

Hz. Umar — Alloh undan rozi bo‘lsin - deydiki:

—   Ey olimlar, kibrli bo‘lmanglar. Chunki hech bir vaqt ilmingiz jahlingizga bas kelolmaydi.

Yana shunday hikoya qiladilar:

—   Eski qavmlardan birida bir odam bor edi. Bu odam qavmning eng yomon kishisi edi. Yana boshqa bir odam ham bor edi. U esa qavmning eng ko‘p ibodat qiladigan, eng yaxshi kishisi edi. Bir kuni qavmning eng yomon odami qavmning eng yaxshi odamiga duch keldi. Ichida dediki:
—   Bu qavmimizning eng yaxshi kishisi... Men esa eng yomoniman. Agar uning yonida o‘tirsam, Alloh menga marhamat qilishi mumkin va men yomon inson bo‘lishdan qutulaman. Va keldi. Uning yoniga o‘tirdi. Bunisi esa shunday deb o‘yladi.

—   Men qavmning eng ko‘p ibodat qiladigan, eng yaxshi kishisiman. Bu esa qavmning eng yomon kishisi. Nega mening yonimda o‘tirishi kerak?!..

Va uning yonida o‘tirishdan orlandi. «Tur, mening yonimdan ket!» - dedi.

Achloh zamon payg‘ambariga vahiy ila bildirdi va buyurdi:

—   Ul ikki kishining oldiga bor va ayt. Men yomon odamni afv etdim. Yaxshi odamning o‘tmishda qilgan barcha ibodat va ezgu amallarini bekor qildim!..

Bu hodisadan ko‘rinadiki, Alloh j.j. bandalarining qalblariga nazar soladi.

Payg‘ambarimiz (s.a.v.) huzurida bir odamning yaxshiligidan bahs yuritayotgan edilar. Bir kuni bu odam majlisga keldi, so‘zladi. Sahobalar: «Yo Rasululloh, sizga aytgan odamimiz mana shu kishi edi», - dedilar. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) unga shunday bir nazar tashladilar, so‘ngra: «Men uning yuzida shaytoniy bir alomat ko‘rayotirman», - dedilar. U odam davraga kelib salom berdi. Payg‘ambarimiz(s.a.v.)ning oldida to‘xtadi. Alloh Rasuli (s.a.v.) unga:

—   Alloh uchun bir narsa so‘rayman. Nafsing senga insonlarning eng yaxshisi ekanligingni aytadimi? — dedilar.

U odam:
—   Ha, Allohning Rasuli! — deb javob berdi. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) payg‘ambarlik nuri bilan shu shaxsning qalbidagi shaytoniy takabburlikni — o‘ziga bino qo‘yish, o‘zini hammadan bilimdon hisoblash kasaliga mubtalo bo‘lganligini — yuzida ko‘rgan edilar.

Alloh Rasuli(s.a.v.)ning do‘sti Hars ibn Zubaydiy deydiki:

-   QORIYu QURROning kulgili holi meni ko‘p o‘ylatadi. Sen uni sevinch-quvonch, ochiq yuz bilan kutib olasan, u seni qovog‘i soliq, dimog‘-firoq bilan kutib oladi. Ilmi bilan sendan ustunlik da’vosida bo‘ladi. Iloho, jamiyatda bundaylar ko‘paymasin!

Qayd etilgan


Robiya  09 Fevral 2009, 11:01:37

Abu Zar rivoyat qiladi:

—   Rasululloh(s.a.v.)ning yonida bir odam bilan bahslashib, unga: «Hoy, qora xotinning o‘g‘li!» - deb yuborgandim. Alloh Rasuli (s.a.v.) bildirdilarki:

-   Zulm qilding, ey Abu Zar, zulm qilding! Birovning haqini yeding. Oq xotinning bolasida qora xotinning bolasidan hech qanday ustunlik yo‘q.

Rasululloh(s.a.v.)ning bu so‘zidan yo‘l qo‘ygan xatoyimni tushunib oldim. U odamning oyog‘iga yiqilib: «O’rningdan tur, yuzimni topta!» - dedim.

Hz. Ali — Alloh uning yuzini karomatli qilsin — deydiki:

-   Kimda-kim jahannamga tushadigan biron kishini ko‘rmoqchi bo‘lsa, ta’zim qilib tik turgan bir qancha insonlar qarshisida o‘tirgan kishini ko‘z oldiga keltirsin.

Anas ibn Molik shunday deydi:

—   Rasululloh(s.a.v.)ning sahobalari ichida eng sevimli kishi Rasulullohning o‘zi edi. Shunday bo‘lsa ham ular Rasulullohni ko‘rgan chog‘larida oyoqqa turishmas edi. Chunki Alloh Rasuli (s.a.v.) bunday harakatni karih (xunuk, bemaza, noxush) deb bilardi. Yana Alloh Rasuli (s.a.v.) ba’zi vaqtlar sahobalar bilan birga yurganida, ularga, iltimos, mendan oldinroqda yuringlar, derdi. O’zi oddiy bir inson singari ularning orasida yurardi. Boshqalarga o‘rgatish uchun shunday qilarmidi va yo shaytonning kibru havoga yetaklashi ehtimol bo‘lgan vasvasalarini daf qilmoqchi bo‘larmidi, har qalay, doim shunday qilardi. Yana bir marta shunday sabablar tufayli (ya’ni ular orasida o‘zi farqlanmasligi uchun) namoz paytida egnidagi yangi libosini yechib, o‘rniga eskisini kiygan edi.

Qayd etilgan