Imom G'azzoliy. Mukoshafatul qulub  ( 342210 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 28 29 30 31 32 33 34 35 36 37 38 ... 49 B


Robiya  09 Fevral 2009, 11:14:24

Uchinchisi: toza libosdir. Chunki Alloh buyuradi:

-   Ey Odam bolalari, har bir sajda chog‘ida ziynatlaningiz. «Ziynatlaningiz» degani «toza libosda bo‘lingiz» (Niso surasi, 103-oyat) deganidir.

To‘rtinchisi: Namozni vaqtida ado etishdir. Chunki Alloh buyuradi:

-   Namoz mo‘minlarga (vaqti) tayinlangan farz bo‘ldi. (Baqara surasi, 144-oyat)

Beshinchisi: Qiblaga yuzlanmokdir. Chunki Alloh buyuradi:

-   Namozda yuzingizni Masjid-al-Harom (Makkadagi Ka’ba) tomonga buring! (Baqara surasi, 238-oyat)

Oltinchisi: Niyatdir. Chunki Payg‘ambarimiz (s.a.v.) bildiradi:

-   Amallarning qiymati niyatlarga bog‘liqdir, har kishining niyati nima bo‘lsa, o‘sha amalga oshadi.

Yettinchisi: Takbirdir. Chunki Payg‘ambarimiz (s.a.v.) buyuradi:

-   Namozda takbir aytilgach, har narsa harom bo‘ladi, salomdan so‘ng bu hol yo‘q bo‘ladi. (Ya’ni namoz paytida dunyo ishlarini unutmoq kerak).

Sakkizinchi: Qiyomdir. Chunki Alloh buyuradi:

-   Allohga bo‘ysungan holda turing (Hushu bilan qiyomda turing)! (Muzzammil surasi, 20-oyat)

To‘qqizinchisi: «Fotiha» surasini o‘qimoqdir. Chunki Alloh buyuradi:

-   Endi Qur’ondan muyassar bo‘lgan mikdorda o‘qiyveringlar. (Baqara surasi, 43-oyat)

O’ninchisi: Rukudir. Chunki Alloh buyuradi:

-   Namozni to‘kis ado qiling, zakotni bering va ruku qilguvchilar bilan birga ruku qiling. (Haj surasi, 77-oyat)

O’n birinchisi: Sajdadir. Chunki Alloh buyuradi:

-   Ey mo‘minlar, ruku qilingiz, sajda qilingiz va Parvardigoringizga ibodatda bo‘lib, yaxshilik qilingiz. (Zumar surasi, 14-oyat)

O’n ikkinchisi: Namozda quud (o‘tirmoq)dir. Chunki Payg‘ambarimiz (s.a.v.) buyuradi:
- Kishi oxirgi sajdadan boshini ko‘targandan keyin, to «Attahiyot»ni o‘qib bo‘lguncha o‘tirgan vaqti davomida namozi tamom bo‘ladi.

Namozda shu o‘n ikki narsa mavjud bo‘lsa - bular uzil-kesil yakun topishi uchun — kishida yana ixlosga ehtiyoji bo‘ladi. Chunki Alloh buyuradi:

Ayting: «Men yolg‘iz Allohga, u zot uchun dinimni xolis qilgan holda ibodat qilurman!». (An’om surasi, 160-oyat)

(Ya’ni: Ey mo‘minlar, Allohning dinida ixlosli va samimiy kishilar bo‘lib ibodat qiling!)

Qayd etilgan


Robiya  09 Fevral 2009, 11:15:29

BILIM: Namozda bilish kerak bo‘lgan uch narsa bor:
1.   Farz nima, sunnat nima — bilish kerak.
2.   Tahoratda farz va sunnat bo‘lgan narsalarni bilish kerak. Chunki bular namozning yaxlitligini ta’minlovchi narsalardir.
3.   Shaytonning namozdagi vasvasalarini va hiylalarini bilish kerak. Shunda ular bilan jahd ila kurashish mum-kin bo‘ladi.

TAHORAT: Uch narsa tahoratning to‘la bo‘lishini ta’minlaydi:
1.   Qalbni yashirin adovat, yomon niyatdan va hasaddan tozalamoq.
2.   Vujudni gunohlardan tozalamoq.
3.   Suvni isrof qilmay, chiroyli tahorat olib, a’zolarni yuvmoq.

TOZA LIBOS: Libosning namozga muvofiqligi uch narsada bilinadi:
1.   Libos halol mehnat bilan, halol yo‘l bilan topilgan bo‘lishi kerak.
2.   Iflos narsalar yuqmagan bo‘lishi kerak.
3.   Libosning tashqi ko‘rinishi sunnatga uyg‘un: ya’ni kamtarona bo‘lishi kerak; kibrlanish, ko‘z-ko‘z qilish va maqtanish uchun kiyilmagan bo‘lmog‘i lozim.

VAQT: Uch narsada komil bo‘ladi:
1.   Insonning ko‘zi va zehni vaqtni bildiruvchi narsalarda (Quyosh, oy, yulduzlar, soat va hokazolarda) bo‘lishi kerak.
2.   Quloq azonda bo‘lmog‘i kerak.
3.   Qalb vaqtni his qilib turishi kerak.

QIBLAGA YUZLANMOQ: Buning ham to‘kisligi uch yo‘sinda bo‘ladi:
1. Yuz bilan qiblaga yo‘nalmoq.
2.   Qalb bilan Allohga yuzlanmoq.
3.   Qalb sukutda va itoatda (xushuda) bo‘lmog‘i lozim.

NIYAT: Uch narsa orqali komil bo‘ladi:
1.   Qaysi namozni o‘qiyotganini bilish.
2.   Allohning huzurida turganligini, Uning o‘zini ko‘rayotganini bilish va Uning huzurida qo‘rquv bilan turish.
3.   Allohning qalbdagi har bir hodisadan xabardorligini bilish va qalbni dunyoviy mashg‘ulotlardan tozalashdir.

TAKBIR: Takbirning to‘kisligini ham uch narsa ta’minlaydi:
1. Azmu jazm ila takbir olmoq.
2.Takbir olganda boshmaldoqni quloq solinchagiga tekkizib, qolgan barmoqlarni quloq ortida tikka tutmoq
3. Qalbni hozirlab, ta’zim ila takbir olmoq.

QIYOM: Qiyom ham uch narsa bilan to‘kis bo‘ladi:
1.   Ko‘zni sajda qilinadigan joyda tutmoq.
2.   Qalbni Allohga bog‘lamoq.
3.   O’ngu so‘lga tebranmaslik.

QIROAT (Qur’ondan o‘qish): Uch narsadan iboratdir:
1.   Kuyga solmay, o‘z usuliga rioya qilib, yanglishsiz «Fotiha» surasini o‘qimoq.
2.   Fikrga berilib va ma’nosini tushunib o‘qimoq.
3.   O’qiyotgani bilan omil bo‘lmoq.

RUKU: Buning ham to‘kisligini uch narsa ta’minlaydi:
1.   Rukuga egilganda gavda sirtini tekis tutmoq, bukri tutmaslik.
2.   Ruku chog‘i qo‘llarni tizzalarga qo‘ymoq va barmoqlar orasini ochiq tutmoq.
3.   Rukuni butunlay sukunat ichida ado etmoq. tasbihotni ta’zim va viqor bilan aytmoqdir.

SAJDA: Uch narsa orqali komil qilinadi:
1.   Sajda qilayotganda qo‘llarni quloqlar darajada tutmoq.
2.   Sajda chog‘ida qo‘lning barmoqlari bilan tirsak orasidagi qismini yerga qo‘ymaslik.
3.   To‘la sukunat ichida sajda qilmoq, tasbihotni ta’zim va viqor ila aytmoqdir.

QUUD (o‘tirmoq): Buning ham sharti uchtadir:
1.   So‘l oyoqning tovon qismini yotqizib, ustiga o‘tirmoq, o‘ng oyoqning tovonini tik tutib o‘tirmoq.
2.   Ta’zim bilan «Attahiyot»ni o‘qimoq, o‘zi uchun va boshqa mo‘minlar uchun duo qilmoq.
3. «Attahiyot» va duolarni o‘qigandan keyin salom bermoq.

SALOM BERISh esa, qalbdan sidq bilan niyat qilish orqali to‘la kamolga yetkaziladi. Namozni bitirib salom bergan kishi bilishi kerakki, bu salom o‘ngu so‘lida o‘tirgan jamoat va muhofiz farishtalar uchundir. Undan tashqari, salom berganda ko‘zlarni yelkadan narigi yoqlarga qaratmaslik ham kerakdir.

NAMOZDAGI IXLOSga kelsak, bu ham uch narsada ko‘rinadi:
1.   O’qilgan namoz bilan faqatgina Allohning rizosini talab etish, insonlarning xushnudligini o‘ylamaslikda.
2.   O’qilgan namozning Alloh rizosiga uyg‘un kelishini Allohdan kutishda.
3.   Qabulga muvaffaq bo‘ladigan tarzda hech fursat o‘tkazmay davomli o‘qishdadir. Toki kishi bu namozi bilan qiyomatga ochiq yuzli bo‘lib bora bilsin. Chunki Alloh «Kim yaxshi bir amal bilan kelsa!» (Qur’onning o‘zbekcha tarjimasida bu parcha «Kim biron chiroyli amal qilsa» deb olinib, shu nozik farq nazardan qochirilgan)— deydi. «Kim yaxshi bir amal qilsa» demaydi.

Qayd etilgan


Robiya  09 Fevral 2009, 11:16:02

                                           QIYoMATNING QO’RQINChLARI

Hz. Oysha - Alloh uidan rozi bo‘lsin - hikoya qiladi: Alloh Rasuli(s.a.v.)dan so‘radim:

—   Ey Allohning Rasuli, qiyomat kuni sevgan sevgilisini xotirlaydimi?

Javob berdi:
—   Uch joyda xotirlamaydi:

1.   Amallari tortilayotgan, savoblari yengil keladimi yo og‘ir keladimi, deb bilishga urinayotgan chog‘da.
2.   Amal daftarlari berilayotganda, ya’ni daftarlar o‘ngadan beriladimi yo so‘lidanmi, deb bilmoqchi bo‘layotgan chog‘da.
3.   Jahannamdan bir bo‘yin cho‘zilib chiqib, insonlarning ustiga yotayotgan chog‘da.
Bu bo‘yin shunday deydi:
— Menga uch toifa odamlarni bosib yotish vazifasi yuklangan:

1.   Allohga esh-o‘rtoq qo‘shganlarni;
2.   Qaysar zolimlarni;
3.   Qiyomat kuniga ishonmaganlarni.
Bu bo‘yin shundaylarning ustida yotadi. Va ularni birma-bir yoqasidan olib jahannamning eng tig‘iz joylariga uloqtiradi.

Jahannam ustida qildan ingichka qilichdan o‘tkir bir ko‘prik (Sirot ko‘prigi) bor. Ustiga temir tikonlar va temir mixlar urilgan. Alloh rizosiga yetishgan bandalar shu ko‘prikdan chaqmoqday, shamolday o‘tadilar.

Abu Hurayradan - Alloh undan rozi bo‘lsin — rivoyat qilinadi:

Alloh Rasuli - Allohning salomi ustiga yog‘ilsin — buyurdilar:
-   Alloh Osmonlarni va Yerni yaratgandan keyin Surni yaratdi va uni Isrofilga berdi. Isrofil surni og‘ziga olgancha, ko‘zlarini Arshga tikkan holda, qachon buyruq bo‘lishini kutayotir!..

Men so‘radim:
-   Ey Adlohning Rasuli, Sur nimasi? Rasul (s.a.v.) bildirdilar:
-   Nurdan bir muguz (burg‘u)dir. Men so‘radim:
-   Ey Allohning Rasuli, uning ko‘rinishi, sifatlari qanday?

Rasul (s.a.v.) dedilar:
-   Doira shaklida, keng og‘zi bor. Meni Haq-Payg‘ambar qilib jo‘natganning nomiga qasam ichib aytamanki. Uning og‘zining kengligi Osmonlar va Yer qadardir. Unga uch puf puflanadi. Birinchi puf butun maxlukrtni qo‘rqitish uchundir. Ikkinchi puf jonlilarni o‘ldirish uchundir. Uchinchi puf jonlilarni takror tiriltiriii uchundir. Uchinchi pufdan keyin ruxlar ari kabi g‘ujg‘on o‘ynab o‘rtaga chiqadilar. Yer bilan Osmon orasini to‘ldiradilar. Har ruh burundan (nafas yo‘lidan) jasadga kiradi.

Qayd etilgan


Robiya  09 Fevral 2009, 11:16:34

Payg‘ambarimiz (s.a.v.) keyinroq bildirdilarki:

-   Men yer ilk bor yorilganda chiqadigan insonman!.. Boshqa bir rivoyat bundaydir:
-   Alloh avval Jabroil, Mikoil va Isrofilni tiriltiradi. Ular Buroq (samoviy ot) va Jannat liboslarini olib, AllohRasuli(s.a.v.)ning qabriga keladilar. Yer yoriladi. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) Jabroilga qaraydi va: «Ey Jabroil, bugun nima kun?» - deydi. Jabroil: «Bugun — qiyomat kuni!» -javobini beradi. Rasululloh (s.a.v.) so‘raydi:

—   Ey Jabroil, Alloh ummatimga nima qildi?

Jabroil javob beradi:
—   Keyin xabar beraman, sen yerdan chiqqan ilk insonsan.

Abu Hurayra rivoyat qiladi: Payg‘ambar alayhissalom buyurdilarki:

—   Alloh qiyomat kuni insonlar va jinlarga buyuradi: «Ey, insonlar va jinlar! Men sizlarga o‘z vaqtida nasihat qilganman. Amal daftaringizdagi yozuvlar siz o‘zlaringiz qilgan ishlardir. Kimning ishi yaxshilik bilan tugasa, Allohga hamd etsin. Kimning ishi yomonlik bilan tugasa o‘zidan ko‘rsin, boshqadan ayb qidirmasin». Muoz Yahyo ibn Roziy (hijriy I asrda yashagan imom-xatib, mudarris va mufassirlardan) dan hikoya qiladi: Yahyo bir kun dars ketayotganda: «Biz taqvodor zotlarni Rahmon dargohiga uning mehmonlari sifatida to‘playdigan va jinoyatchi-kofirlarni jahannamga tushishlari uchun haydaydigan kunni (eslang)!» (Maryam surasi, 85-86-oyatlar) maolidagi oyatlarni o‘qigandan keyin dediki:

— Ey insonlar, ko‘zingizni oching, ko‘zingizni oching... Ertaga bir yerda hashr bo‘linasiz (to‘planasiz). Atrofdan bo‘linma-bo‘linma holida kelasizlar. Allohning huzurida takror-takror tikka turg‘izilib, qilgan amallaringiz yuzasidan harfma-harf so‘roq qilinasiz. Allohning komil bandalari Rabblarining qoshiga mingi mingan holda keltiriladi. Osiylar esa yayov va tashna holda jahannamga olib boriladi va u yerga bo‘lim-bo‘lim bo‘lib kiradilar. Ey birodarlarim, qarshingizda siz bilgan kunlarga nisbatan, uzunligi ellik ming yil bo‘ladigan kun bor. U kun olamlarning Rabbi Allohning hukmi bilan insonlar qabrlaridan turadigan kun. U kun chayqalish kuni. U kun yaqinlashayotgan kun. U kun hasrat kuni. U kun nadomat kuni. U kun munoqasha (janjal, tortishuv) kuni. U kun hisob berish kuni. U kun so‘roq kuni. U kun baqiriq va faryodlar kuni. U kun sodir bo‘lajagi shak-shubhasiz kun. U kun qalblarni dahshati bi-lan savalaydigan kun. U kun tirilish kuni. U kun har bir odam dunyoda qilgan ishlarini ko‘radigan kuni. U kun aldanish kunidir. U kun ba’zi yuzlar oppoq, ba’zi yuzlar qop-qora bo‘ladigan kun. U kun na mol-dunyo, na-da bola-chaqa foyda bera oladigan, faqatgina SALIM QALB foyda beradigan kun. U kun zolimlarning uzr-ma’zurlari qabul etilmaydigan, ularga faqat la’nat aytiladigan, oqibatlari yomon bo‘ladigan kun!..

Qayd etilgan


Robiya  09 Fevral 2009, 11:16:48

Muqotil ibn Sulaymon (dastlabki islom mufassirlaridan. «Umdatul-Qoriy» asarining muallifi) shunday deydi:
-   Qiyomat kuni maxluqot gaplashmasdan, yuz yil oyoqda tik turadi. Yuz yil dong qotgancha qorong‘ilikda qoladi. Yuz yil Rabblarning huzurida muhokama qilinadi, bu orada bir-birlari bilan turtinib-surtinishadi. Qiyomat kunining uzunligi biz bilgan yillar bilan hisoblanganda ellik ming yildir.

Payg‘ambarimiz (s.a.v.) bildiradilarki:
—   Bandasi to‘rt narsadan so‘roqqa tutilmaguncha qutulmaydi:
1.   Umrini qaerda tugatganidan;
2.   Vujudini qaerda adoyi tamom qilganidan;
3.   Ilmiga amal qilgan-qilmaganligidan;
4.   Molini qaerdan topib, qaerga sarflaganidan.

Ibn Mas’uddan — Alloh undan rozi bo‘lsin — rivoyat qilinadi: Rasululloh (s.a.v.) marhamat qildilarki:
-   Har bir payg‘ambarning - bironta payg‘ambar ham bundan mustasno emas — mutlaqo qabul qilinadigan bir duosi bor va hamma payg‘ambar mutlaqo qabul qilinadigan bu duosini dunyoda ado etgandir. Men mutlaqo qabul bo‘ladigan duoyimni qiyomat kuni ummatim uchun shafoat qilishga saqladim.

Allohim, Uni qiyomat kuni maqomingda, o‘z yoningda bizga shafoatchi qil!..

Qayd etilgan


Robiya  09 Fevral 2009, 11:17:24

JAHANNAM —TAROZI

Bu mavzu ilgariroq bir qadar tadqiq qilingan bo‘lsa ham, uni muxtasar qilib tugallash umidida takroran tilga olishga ehtiyoj sezdik, ma’zur ko‘rgaysiz (Birinchi qismdagi «Dunyo so‘ngining kelishi va insonlarningqabrdan turishi» sarlavhali bobga qarang). Nasihatlarning takrori g‘ofil va fosid (buzuq) qalblarga foyda beradi, degan xayoldamiz. Alloh kitobi Qur’onning talay oyatlari-da jahannam dahshati va qiyomatdagi hollar bayon etilgan. Bu bizga shuni ko‘rsatadiki, jahannamning dahshati va qiyomatning ahvolidan boshqa hamma qo‘rqinchli voqealar mayda, ahamiyatsiz va oson narsalardir. Oxirat esa yaxshiroqdir, ayni zamonda abadiydir.

JAHANNAMNING HOLI: Alloh lutfu karami bilan bizni jahannamdan va uning azobidan asrasin. Jahannam haqida hujjat hisoblangan bir hadis shundaydir:
—   Jahannam zimiston va qop-qorong‘ilikdir. Hech nuri va shu’lasi yo‘q. Yetti eshigi bor. Har eshigining ustida yetmish ming tog‘, har tog‘ning yetmish ming olov tepasi bor. Har tepaning yetmish ming olovli mintaqasi, har mintaqada yetmish ming olov dara, har darada oltmish ming gurullab turgan ko‘shk, har ko‘shkda yetmish ming doira, har doirada yetmish ming ilon va yetmish ming chayon bor, har chayonning yetmish ming quyrug‘i, har quyrug‘ining yetmish ming bo‘g‘imi mavjud. Har bo‘g‘imda yetmish ming katta tog‘ora to‘la zahar bor. Qiyomat kuni bo‘lganda jahannamning pardalari ochiladi. Insonlarni va jinlarni o‘ngu so‘lidan, oldi-orqasidan va ustlaridan jahannamning olov devorlari o‘rab olgay. Ular bularni ko‘rganda tizzalari qaltiraydi (tiz cho‘kib qoladilar) va har biri «Allohim, qutqar!» deb fig‘on qiladi!..

Muslim qayd etgan bir hadis shundaydir:

- Qiyomat kuni jahannam yetmish ming no‘xta bilan keltiriladi. Har bir no‘xtani tortib turadigan yetmish ming malak bordir.

Yana Payg‘ambarimiz (s.a.v.), «U (do‘zax) ustida qattiq dil va qattiqqo‘l, Alloh o‘zlariga buyurgan narsaga itoatsizlik qilmaydigan, faqat o‘zlariga buyurilgan narsani qiladigan farishtalar turur» (Tahrim surasi, 6-oyat) maolidagi oyatda ko‘rsatilgan jahannam soqchilari haqida deydilarki:

—   Har farishtaning ikki yelka orasi bir yillik masofadir. Har birining shunday kuchi borki, agar qo‘lidagi to‘qmoq bilan bir toqqa zarb tushirsa, tog‘ kukunga aylanib ketadi. -Har bir urishida yetmish ming kishini jahannam chuquriga tushiradi.

—   U (jahannamning) ustida o‘n to‘qqiz (farishta qo‘riqchilik — egalik qilur) (Muddassir surasi, 30-oyat) — maolidagi oyatda aytilgan «O’n to‘qqiz farishta» boshqa farishtalarning raislaridir. Aslida ham jahannam farishtalarining sanog‘ini Allohdan boshqa kimsa bilmaydi. Shuning uchun ham Alloh aytadi:

—   Parvardigoringizning qo‘shinlarini yolg‘iz Uning O’zigina bilur. (Muddassir surasi, 31-oyat)

Ibn Abbosdan — Alloh undan rozi bo‘lsin — jahannnamning kengligini so‘raganlarida, shu javobni berdi:
—   Xudo haqqi, jahannamning kengligi qandayligini bilmayman. Faqat bizga kelgan xabarlarga ko‘ra, zaboniylar (jahannam qo‘riqchilari)dan'birining quloq solinchagi bilan bo‘yni orasidagi masofa yetmish yillikdir. U yerda qon va yiring daryolari oqadi.

Muslim qayd etadi:
-   Jahannamning olov devorlaridan bir devorning qalinligi qirq yillik masofadir.

Qayd etilgan


Robiya  09 Fevral 2009, 11:17:58

Yana Muslim qayd etadi:
-   Bu dunyodagi olovingiz jahannam olovi issiqligining yetmishdan biridir.

Dedilarki:
-   Eh, jahannam oloviday bo‘lsaydi! Rasul (s.a.v.) bildirdilar:
-   Jahannamning ustiga har birining harorati yer olovining haroraticha keladigan oltmish to‘qqiz parcha ko‘milgandir.

Yana Alloh Rasuli (s.a.v.) dedilar:
-   Agar jahannam ahlidan biri jahannamdan bir qo‘lini dunyoga uzatsa, dunyo uning xaroratidan yonardi. Agar jahannam qo‘riqchilaridan biri dunyoga chiqarilsa-yu, dunyoliklar uni ko‘rishsa, shu onda hech shak-shubhasiz, Allohning uning ustida ko‘ringan g‘azabidan o‘lardilar.

-   Bir kun Payg‘ambarimiz (s.a.v.) ashobi bilan birga o‘tirgandi. Qattiqbir jismning yerga tushganiga o‘xshash bir ovoz eshitildi. Alloh Rasuli (s.a.v.) so‘radilarki:
-   Bu nimaligini bilasizlarmi? Bir sahoba dedi:
-   Alloh va Rasuli yaxshiroq biladi! Rasululloh (s.a.v.) dedilarki:
-   Bu bir tosh. Jahannamga otilgandi. Yetmish yildan beri tushayotgan edi. Faqat hozir tubiga yetib bordi. Bu ovoz uning jahannam chuquriga tushganida chiqqan ovozdir.

Hz. Umar shunday derdi:
-   Jahannamni ko‘p yodga oling. Chunki uning harorati shiddatli, tubi teran, to‘qmoqlari esa temirdandir.

Ibn Abbos ham shunday derdi:
-   Qush don axtarib axlat titganday, jahannam ham jahannamliklarni titadi.

Ibn Abbosdan: «(Do‘zax) ularni uzoq joydan ko‘rgan vaqtidayoq uning hayqiriq va bo‘kirigini eshiturlar!» (Furqon surasi, 12-oyat) maolidagi oyat to‘g‘risida so‘rashganida, jumladan, «Jahannamning ko‘zlari bormi?» deyishganda, Ibn Abbos shu javobni bergan edi:

-   Ha! Rasululloh(s.a.v.)ning mana bu so‘zini eshitmaganmisiz: «Kim qasddan men to‘g‘rimda yolgon so‘z tarqatsa, jahannamning ikki ko‘zi orasida joyini hozirlasin!..» O’shanda Rasululloh(s.a.v.)dan so‘rashdi:

—   Ey Allohning Rasuli, jahannamning ko‘zi bormi? Rasululloh (s.a.v.) dedilarki:
—   Allohning shu oyatini eshitmadingizmi? «(Do‘zax) ularni uzoq joydan KO’RGAN vaqtidayoq uning hayqiriq va bo‘kirigini eshiturlar».

Qayd etilgan


Robiya  09 Fevral 2009, 11:18:16

Mana bu hadis esa mazkur javobni yana bir karra tasdiqlaydi.

—   Jahannamdan bir dolg‘a chiqadi, uning ko‘radigan ko‘zlari va gapiradigan tili bor. Dolg‘a deydiki:

—   Menga bugun Allohga esh-o‘rtoq taniganlarni tutish buyurildi.

U ularni ko‘radi va qush yem to‘plaganday to‘playdi. MYeZON (TAROZI): hadisda shunday bildiriladi:
—   Savoblar va yaxshi amallarning pallasi nurdan, gunohlar va yomon amallarning pallasi esa zulmatdandir.

—   Jannat Arshning o‘ng tomoniga qo‘yiladi, do‘zax esa so‘l tomoniga!.. Jannat yaxshi amallarning badali, do‘zax esa yomon amallarning badalidir.

Ibn Abbos — Alloh undan rozi bo‘lsin — shunday deydi:

—   Yaxshi va yomon amallar — ikki pallasi va bir ko‘rsatkichi bo‘lgan bir tarozida tortiladi.
—   Alloh bandalarining amallarini torttirmoqchi bo‘lgan chog‘ida ularni modda va jism holiga keltiradi. Keyin ularni torttiradi.

Qayd etilgan


Robiya  09 Fevral 2009, 11:19:05

KIBR-HAVO

Ey do‘stim, Alloh seni va meni irshod etsin! Dunyoviy va uxroviy xayrlarga yetishaylik. Bilki, kibr-havo fazilatlarni yo‘q qiladi, razolatlarni yetaklab keladi. Kibr-havo, kishining nasihat tinglashiga va odob o‘rganishpga monelik qiladi, bu — sening razillashishing uchun kifoyadir, shuning uchun derlarki:

—   Ilm hayo bilan kibr orasida yo‘q bo‘lib ketadi. Payg‘ambarimiz — Allohning salomi ustlariga yog‘ilsin — buyurdilar:

—   Qalbida zarracha kibr bo‘lgan kishi jannatga kirmaydi.
—   Kim libosi tufayli kibrlansa, Alloh unga nazar solmaydi.
Hikmat ahli derki:

—   Kibr ila mulk doim bo‘lmas.
Alloh o‘z kitobida kibrni fasod bilan yonma-yon zikr etib, buyurdi:

—   Biz oxirat diyorini Yer yuzida kibr va fasod orzusiga tushmaydigan kishilarga beramiz. (Bu oyat Qur’oni karimning o‘zbekcha tarjimasida «Biz o‘sha oxirat diyorini yer yuzida zulmu-zo‘ravonlik va buzg‘unchilik qilishni istamaydigan kishilar uchun qilurmiz» deb olingan). (Qasas surasi, 83-oyat)

—   Endi Yerda nohaq kibru havo qilib yuradigan, agar barcha oyat — mo‘‘jizalarni ko‘rsalar ham, ularga iymon keltirmaydigan, To‘g‘ri—Haq Yo‘lni ko‘rsalar uni (o‘zlari uchun) yo‘l qilib olmaydigan, agar zalolat-noto‘g‘ri yo‘lni ko‘rsalar, uni io‘l qilib oladigan kimsalarni o‘z oyat-mo‘‘jizalarimdan burib yuborurman (ya’ni anglab yetmaydigan qilib qo‘yurman). Bunga sabab ular Bizning oyatlarimizni yolg‘on deganlari va u oyatlardan g‘ofil bo‘lib olganlaridir». (A’rof surasi, 146-oyat)

Payg‘ambarimiz (s.a.v.) bildirdilarki: Uch narsa o‘ldirish xususiyatiga ega:

1.   Xasislik.
2.   Havoyi nafsga beriluvchanlik.
3.   Kishining o‘z nafsi bilan gerdayishi.

Amr o‘g‘li Abdulloh rivoyat qiladi: Alloh Rasuli (s.a.v.) aytdilarki:

—   Nuh alayhissalom o‘limi oldidan ikki o‘g‘lini chaqirib dediki:
—   Sizga ikki narsani amr etib, ikki narsani taqiqlayman.
1.   Kibrlanishni va Allohga esh-o‘rtoq tanishni taqiqlayman.
2.   La ilaha illalloh - Allohdan boshqa iloh yo‘q - jumlasini aytishingizni va buni qalban tasdiqlashingizni amr etaman. Chunki butun Osmonlar, Yer va ularda mavjud bo‘lganlar tarozining bir pallasiga qo‘yilsa, bu jumla esa boshqa pallasiga qo‘yilsa, hech shak-shubhasiz, bu jumla bo‘lgan palla og‘ir keladi. Agar Osmonlar va Yer birga bo‘lsa ham, «La ilaha illalloh» ularning ustiga qo‘yilsa, shak-shubhasiz, ularni sindiradi.
Yana sizga «Subhanalloh va bihamdihi» deyishni amr etaman. Chunki bu har narsaning namozidir va har narsa uning bilan rizqlanadi.

Iso alayhissalom derki:

- Alloh kitobini o‘rganib, bu dunyoda QUTURMAY yashab o‘tganlar (ya’ni gerdaymay, boshqalarga zulm o‘tkazmay yashagan va o‘lganlar) naqadar baxtiyor kimsalardir!
Ablulloh ibn Salom »- Alloh undan rozi bo‘lsin - o‘tin orqalab olib, rastadan o‘tib ketayotgan edi. Undan — bunga ehtiyoji bo‘lmagani holda, nechun o‘tin orqalab yurganini so‘rashganida, shu javobni bergan edi:

' - O’zimdan KIBRni yo‘qotmoqchiman (ko‘tarib otmoqchi-man)!..

Qurtubiy tafsirida, «Yana yashirgan zeb-ziynatlari bilinsin uchun oyoqlarini (erga) urmasinlar!» (Nur surasi, 31-oyat) mazmunidagi oyat uzra to‘xtalib deyiladiki:
—   Xotinlarning erkaklar diqqatini tortish uchun sollanib yurishlari, erkaklarning ham kibr va havo ila oyoqlarini taq-tuq yerga urib yurishlari haromdir.

Qayd etilgan


Robiya  09 Fevral 2009, 11:19:38

                                    YeTIMGA YaXShILIK QILISh VA ZULMDAN TIYILISh

Buxoriy qayd etadi:

Payg‘ambarimiz — Allohning salomi ustlariga yog‘ilsin — buyurdilar:
-   Men va yetimni kafillikka olgan kimsa, manavi iqkisi kabi (ko‘rsatkich va o‘rta barmoqlarini ko‘tarib ko‘rsatdilar) jannatda yonma-yon bo‘lamiz.

Bazzor qayd etadi:
-   Qarindoshmi, qarindosh emasmi - qat’i nazar, kim yetimga kafil bo‘lsa, u va men mana shular kabi (ikki barmog‘ini bir-biriga bog‘lab ko‘rsatdi) jannatda bo‘lamiz. Kim uch yetim qizga kafil bo‘lsa, ular uchun xizmat qilsa, u jannatdadir. Unga ro‘za tutgan, namoz o‘qigan, Alloh yo‘lida jihod qilganlarning ajr-mukofoti bordir.

Ibn Moja qayd etadi:
—   Kim uch yetimni bola qilib boqib olsa, u, kechalari namozli, kunduzlari ro‘zali va qilichi yalang‘och holda Alloh yo‘lida jihod qilgan kimsa kabidir. Men u bilan jannatda aka-uka tutinaman. Bamisoli bular (ko‘rsatkich barmog‘i bilan o‘rta barmog‘ini bir-biriga qovushtirib ko‘rsatdi) aka-uka bo‘lganiday!..

Termiziy qayd etadi:
—   Kim bir musulmon yetimni yedirib-ichirishga olsa, Alloh uni albatta jannatga qo‘yadi. Lekin ularga nisbatan bir gunoh ish qilsa, bu aybi kechirilmaydi.

- Ibn Moja qayd etadi:
—   Musulmon uylarning eng xayrlisi shunday uydirki, u yerda yetim bo‘ladi va bu yetimga izzat-ikromda bo‘linadi. Musulmon uylarining eng yomoni shunday uydirki, u yerda yetim bo‘ladi-yu, ammo unga ko‘pol muomala qilinadi.

Abu Yo’lo qayd etadi:
—   Jannatning eshigini birinchi bo‘lib men ochaman. Xabaringiz bo‘lsin, o‘sha paytda men to‘g‘ri menga qarab kelayotgan bir xotinni ko‘raman, «Senga nima bo‘ldi? Sen kimsan?» deb so‘rayman. U derki:
—   Men yetimlarimga nima bo‘ldiykin, deb titrab turgan xotinman!..

Tobaroniy qayd etadi:
—   Meni haq-payg‘ambar qilib jo‘natganning nomiga qasam ichib aytamanki, Alloh qiyomat kuni yetimga marhamat qilib, muloyim so‘zlaganni, ojiz va zaiflarga marhamatli bo‘lganni va Allohning bergan ne’mati bilan qo‘shnisiga gerdaymaganni azoblamaydi.

Imom Ahmad va boshqalar qayd etadilar:

—   Kim Alloh uchun bir yetimning boshini silasa (bu yerda yetimga qarash, unyng ehtiyojlarini qondirish va uni sevintirishga ishora qilinyapti), qo‘lidagi har bir tuk uchun unga bir savob bo‘ladi.
Buxoriy — Muslim qayd etadilar va Abu Hurayradan — Alloh ulardan rozi bo‘lsin — rivoyat qiladilar:
—   Bevalar va yo‘qsullar uchun xizmat qilganlar Alloh yo‘lida jihod qilganlarga tengdirlar.

Qayd etilgan