HAROM YeYISh
Alloh j.j.buyurdi:
—
Ey mo‘minlar, bir-biringizningmollaringizni harom yo‘llar bilan yemang (
«Cho‘lpon» nashriyoti nashrida bu oyat: «Ey, mo‘minlar, mollaringizni o‘rtalaringizda nohaq yo‘llar bilan yemangiz» - deb olingan).
Balki o‘zaro rizolik bilan bo‘lgan savdo-sotiq orqali mol-dunyo kasb qilingiz. (Niso surasi, 29-oyat)
Oyatdagi «harom yemoq» iborasining ma’nosi juda keng: foiz undirish, qimor, o‘g‘rilik, xiyonat, yolg‘on guvohlik, yolg‘on ont ichib oldi-berdi qilish, haddan ortiq yuqori baho bilan mol sotish... yo‘llari bilan topilgan mol va davlat ma’nolari birinchi o‘rinda keladi.
Allohning bu buyrug‘i umuman haqsiz o‘laroq olingan har narsani qamrab oladi. Xohi zulm bilan olingan bo‘lsin (kuch ishlatib xoinona undirish va bosqinchilik-o‘g‘irlik yo‘llari bilan olish); xohi zavq va o‘yin yo‘li bilan olinsin (qimor va shunga o‘xshash narsalar bilan bo‘lganiday); xoh hiyla va nayrang yo‘llari bilan olinsin (tovlamachilik va aldamchilik, tarozidan urish kabi); o‘z moli va boyligini harom yerlarda, harom ishlarga (ichkilikbozlik, qimor, fohishabozlik) xarjlasin - hammasi harom yeyishga kiradi.
Oyatning «o‘zaro rizolik bilan bo‘lgan savdo-sotiq orqali» degan qismi esa, qonuniy va ikki tarafning (oluvchi-sotuvchi) roziligi bilan topilgan molu davlat botil va harom boyliklardan sanalmasligini ko‘rsatadi.
Bu mavzuda hujjat bo‘la oluvchi hadislar juda ko‘p. Biz, jumladan, bir qanchasini qayd etish bilan kifoyalanamiz.
Muslim va boshqa muhaddislar. qayd etadilar va Abu Hurayradan - Alloh undan rozi bo‘lsin - rivoyat qiladilar:
Alloh Rasuli (s.a.v.) aytdilarki:
— Alloh pokdir, faqat pok (halol) narsani qabul etadi. Alloh Rasulullohga amr etgan narsani mo‘minlarga ham buyurgan.
—
Ey payg‘ambarlar, halol-pok taomlardan yenglar va yaxshi amallar qilinglar! Albatta, Men qilayotgan amallaringizni bilguvchidirman. (Mo‘minlar surasi, 51-oyat)
-
Ey mo‘minlar, sizlarga rizq qilib berganimiz — pokiza narsalardan yenglar va agar Allohning O’zigagina ibodat qilguvchi bo‘lsangizlar, U zotga shukur qilingiz! (Baqara surasi, 172-oyat)
Keyincha Rasululloh (s.a.v.) dedilarki:
- Bir odam uzoqvaqt safarda bo‘ladi. Usti-boshi betartib va chang-to‘zonga botgan edi. Bir payt qo‘llarini ko‘tarib: «Ey Rabbim!» - deya Allohga yolboradi. Holbuki, yegani harom, ichgani harom, kiygani harom edi. O’zi harom luqma bilan ulg‘aygandi. Buning duosi qanday qabul qilinsin endi?