Imom G'azzoliy. Mukoshafatul qulub  ( 221206 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 29 30 31 32 33 34 35 36 37 38 39 ... 49 B


Robiya  09 Fevral 2009, 11:20:06

Ibn Moja qayd etadi:

-   Beva va yo‘qsul uchun ishlaganlar Alloh yo‘lida jihod qilgan va tunda namoz o‘qib, kunduz ro‘za tutgan kishi singaridir. Salaflardan biri hikoya qiladi:

-   Men bir mayxo‘r-mayparast edim. Gunoh qilishdan qo‘rqmasdim. Bir kun bir yetimni ko‘rdim. Uni o‘z bolamday, hatto undan ham ortiqroq siyladim, izzat-ikrom qildim. Shu kecha yotganda tushimda jahannam zaboniylarini ko‘rdim. Meni jahd bilan yoqamdan olib, jahannamga sudray boshlashdi. Shu payt u yetim bola paydo bo‘ddi. Meni olib ketayotganlarga e’tiroz bildirdi. Zaboniylarga: «To‘xtang! Men Rabbimga murojaat etay», dedi. Ular to‘xtadilar. Bir ozdan keyin bir ovoz eshitildi. Shunday der edi:
- O’z holiga qo‘y uni! U bir yetimga ehson qilgan, uni sevintirgandi!..

Bir ozdan so‘ng uyg‘ondim. Va shundan keyin gunoh ishlar qilishni to‘xtatdim. Yetimlarga ko‘p yaxshilik qila boshladim.

Bir necha qizi bo‘lgan bir xotin bor edi. Eri o‘lgan bu xotin bolalari bilan o‘zi yolg‘iz qolgan va ko‘p yo‘qsul ahvolga tushgan edi. U o‘zining qashshoqligidan orlanib qizlari bilan o‘zga bir diyorga ko‘chib ketdi. Bular borgan joylarida namoz o‘qilmaydigan bir masjidga qo‘ndilar. Xotin bolalarini u yerda qoldirib, yegulik topib kelish maqsadida tashqariga chiqib ketdi.

Qasabaning oldi boylaridan birining uyiga bordi. Eshikni taqillatdi. Uy egasi musulmon edi. Xotin unga holini bayon etdi. Lekin uy sohibi: «Haqiqatan kambag‘alligangni bildiruvchi bir qog‘oz (ma’lumotnoma) olib kel!» - dedi. Xotin: «Men bu yerliklar uchun begonaman!» - dedi va ozorlanib uzoqlashdi. So‘ngra boshqa bir eshikni taqillatib ko‘rdi. Bu uyning egasi majusiy edi. Unga holini bayon etdi. Majusiy uni eshitgandan keyin xotinini chaqirib, tilanib kelgan ayolning yetim qizlarini olib kelish uchun masjidga yubordi. Xotini ularni olib keldi. Er-xotin ularni yaxshilab to‘yg‘azishdi.

Qayd etilgan


Robiya  09 Fevral 2009, 11:20:27

Shu kecha, tul xotinni eshigidan qaytargan musulmon kishi tush ko‘rdi. Tushida go‘yo qiyomat-qoyim ekan, boshi uzra «Livoul-hamd» ko‘tarilgan holda Payg‘ambarimiz (s.a.v.) churgan emishlar. («livo» - «bayroq» demakdir, - «livoul-hamd» - «sharaf bayrog‘i» degan ma’noni bildiradi va u Paygambarimiz (s.a.v.) bayrog‘ndir. Unga inonganlar qiyomatdan keyin shu bayroq ostida to‘nlanadilar)Yakinlarida esa katta bir ko‘shkbor emish. musulmon kishi so‘radi:

—   Ey Allohning Rasuli, bu ko‘shk kimga tegishli? Rasululloh (s.a.v.) dedilar:
—   Bir musulmonga tegishli. Kishi dediki:
—   Men musulmonman. Allohning birligiga shahodat qilaman.

Rasululloh (s.a.v.) buyurdilar:
—   Haqiqatan musulmonligangai biddiruvchi qogoz olib kel. Kishi hayratlandi. Payg‘ambarimiz unga kunduzgi voqeani eslatdilar.

Kishi qo‘rqib va ma’yus tortib, uyqudan uyg‘ondi. Chunki xotindan «kambag‘alligi haqida ma’lumotnoma» so‘ragani rost, qog‘ozi yo‘qligi uchun uni quruq qaytargan edi. Tura solib yugurdi. Xotin va uning bolalari masjiddan ketganlarini va bir majusiyninguyida ekanliklarini surishtirib bildi. Borib eshikni taqillatdi va mehmonlarni o‘ziga topshirishni iltimos qildi. Lekin majusiy rad etdi va: «Ular menga rahmat va barakot keltirdi!» - dedi. Kishi pul taklif qilib, mehmonlarni o‘ziga topshirishni o‘tinib so‘radi, majusiy esa kulimsirab, unga shu gaplarni aytdi:

—   Sen mendan olmoqchi bo‘lgan narsaga men ham loyiqman. Sen tushingda ko‘rgan u ko‘shkni Alloh menga hozirlatib qo‘ydi. Musulmon bo‘lganing uchun mendan ustunlik da’vo qilyapsanmi?
Allohga qasamki, biz butun oila a’zolarimiz bilan bir xil tush ko‘rdik va uyimizdagi shu beva xotin va yetimlar tufayli haq din bo‘lgan musulmonlikni tanladik. Musulmon bo‘ldik. Xobimda Alloh Rasuli mendan so‘radi:

—   Beva xotin va yetimlar yoningdami? Men javob berdim:
—   Ha, ey Allohning Rasuli!.. Rasululloh (s.a.v.) marhamat qildilar:
—   Manov ko‘shk sen va oila a’zolaringniki.

Bu gaplarni eshitgan musulmon kishi ma’yuslanib, afsus-nadomat ichida majusiyning uyidan uzoqlashdi.

Qayd etilgan


Robiya  09 Fevral 2009, 11:21:29

HAROM YeYISh

Alloh j.j.buyurdi:

Ey mo‘minlar, bir-biringizningmollaringizni harom yo‘llar bilan yemang («Cho‘lpon» nashriyoti nashrida bu oyat: «Ey, mo‘minlar, mollaringizni o‘rtalaringizda nohaq yo‘llar bilan yemangiz» - deb olingan). Balki o‘zaro rizolik bilan bo‘lgan savdo-sotiq orqali mol-dunyo kasb qilingiz. (Niso surasi, 29-oyat)

Oyatdagi «harom yemoq» iborasining ma’nosi juda keng: foiz undirish, qimor, o‘g‘rilik, xiyonat, yolg‘on guvohlik, yolg‘on ont ichib oldi-berdi qilish, haddan ortiq yuqori baho bilan mol sotish... yo‘llari bilan topilgan mol va davlat ma’nolari birinchi o‘rinda keladi.
Allohning bu buyrug‘i umuman haqsiz o‘laroq olingan har narsani qamrab oladi. Xohi zulm bilan olingan bo‘lsin (kuch ishlatib xoinona undirish va bosqinchilik-o‘g‘irlik yo‘llari bilan olish); xohi zavq va o‘yin yo‘li bilan olinsin (qimor va shunga o‘xshash narsalar bilan bo‘lganiday); xoh hiyla va nayrang yo‘llari bilan olinsin (tovlamachilik va aldamchilik, tarozidan urish kabi); o‘z moli va boyligini harom yerlarda, harom ishlarga (ichkilikbozlik, qimor, fohishabozlik) xarjlasin - hammasi harom yeyishga kiradi.

Oyatning «o‘zaro rizolik bilan bo‘lgan savdo-sotiq orqali» degan qismi esa, qonuniy va ikki tarafning (oluvchi-sotuvchi) roziligi bilan topilgan molu davlat botil va harom boyliklardan sanalmasligini ko‘rsatadi.

Bu mavzuda hujjat bo‘la oluvchi hadislar juda ko‘p. Biz, jumladan, bir qanchasini qayd etish bilan kifoyalanamiz.

Muslim va boshqa muhaddislar. qayd etadilar va Abu Hurayradan - Alloh undan rozi bo‘lsin - rivoyat qiladilar:

Alloh Rasuli (s.a.v.) aytdilarki:

—   Alloh pokdir, faqat pok (halol) narsani qabul etadi. Alloh Rasulullohga amr etgan narsani mo‘minlarga ham buyurgan.

—   Ey payg‘ambarlar, halol-pok taomlardan yenglar va yaxshi amallar qilinglar! Albatta, Men qilayotgan amallaringizni bilguvchidirman. (Mo‘minlar surasi, 51-oyat)

-   Ey mo‘minlar, sizlarga rizq qilib berganimiz — pokiza narsalardan yenglar va agar Allohning O’zigagina ibodat qilguvchi bo‘lsangizlar, U zotga shukur qilingiz! (Baqara surasi, 172-oyat)

Keyincha Rasululloh (s.a.v.) dedilarki:

-   Bir odam uzoqvaqt safarda bo‘ladi. Usti-boshi betartib va chang-to‘zonga botgan edi. Bir payt qo‘llarini ko‘tarib: «Ey Rabbim!» - deya Allohga yolboradi. Holbuki, yegani harom, ichgani harom, kiygani harom edi. O’zi harom luqma bilan ulg‘aygandi. Buning duosi qanday qabul qilinsin endi?

Qayd etilgan


Robiya  09 Fevral 2009, 11:21:49

Tobaroniy qayd etadi:

-   Rizqning halolini izlash har musulmonga vojibdir. Yana Tobaroniy va Bayhaqiy qayd etadilar:
-   Halol rizq izlash farz ibodatlardan keyin keladigan farz.

Termiziy va Hakim qayd etadilar:
-   Kim halolidan yesa, sunnat ahli yo‘liga amal qilsa va insonlarga undan gunoh yuqmasa, jannatga kiradi.

Imom Ahmad va boshqalar qayd etadilar:
-   To‘rt narsa senda bo‘lsa baxtiyorsan:
1.   Omonatni ehtiyot qilgan bo‘lsang.
2.   So‘zingga yolg‘on qo‘shmagan bo‘lsang.
3.   Go‘zal axloqli bo‘lsang.
4.   Yeganingni halol yo‘l bilan topgan bo‘lsang!..

Tobaroniy qayd etadi:
-   Halolidan topgan, ichi toza, tashqi tomoni ham mo‘‘jizaviy bo‘lgan hamda insonlarga ziyoni tegmagan kishilarga xushxabar yetajak!.. Ilmiga amal qilgan, molidan yo‘qsullarga yedirgan va tili bilan bema’ni so‘zlarga vaqt sarflamagan kishilarga xushxabar yetajak!..

Yana Tobaroniy qayd etadi: Sahobadan biriga xitoban:
-   Ey, Sa’d, halolidan topib ye; duosi maqbul bo‘lganlardan bo‘lasan. Muhammadning — Allohning salomi ustiga yog‘ilsin — borlig‘i qudrat qo‘lida bo‘lgan Allohga qasam bilan aytamanki, bandasi qorniga bir luqma haromni yutgan chog‘idan boshlab qirq kun duosi qabul bo‘lmaydi. Kay kishining vujudi harom luqmadan bunyod bo‘lgan bo‘lsa, u vujud jahannam otashida yonmoqqa loyiqdir.

Qayd etilgan


Robiya  09 Fevral 2009, 11:22:14

Bazzor aytilgan-aytilmaganligi isbotlanmagan bir hadisni qayd etadi:

— Omonatga rioyat qilmaganning dini yo‘qdir. HAROM DAROMADDAN ko‘ylak olib kiygan kimsaning — bu ko‘ylak egnida bo‘lgan muddat ichida — namozi qabul bo‘lmaydi. Alloh egnida harom daromaddan topilgan ko‘ylakli kishininghar qanday yaxshi amalini va yo namozini qabul qilishdan yuksakroqdadir.
Imom Ahmad qayd etadi va Hz. Umarning o‘g‘lidan rivoyat qiladi:

Alloh Rasuli (s.a.v.) dedilarki:
— Kim o‘n dinorga bir libos sotib olsa, lekin bu o‘n dinorning bir dinori harom pul bo‘lsa, bu libos egnida bo‘lgan muddat davomida Alloh uning namozini qabul qilmaydi.

Bayhaqiy qayd etadi:
-   Kim o‘g‘irlangan molni - o‘g‘irlanganini bilgan holda sotib olsa, o‘g‘rining aybu gunohiga ishtirok etgan bo‘ladi.

Imom Ahmad qayd etadi:
—   Sizdan biringizning arqon olib, toqqa chiqib, o‘tin kesib, orqalab keltirishi va shu bilan tirikchilik qilishi uning uchun Alloh harom qilgan luqmani og‘ziga olishidan yaxshiroq.

Ibn Huzayma, Ibn Hibbon va Hakim qayd etadilar:
—   Kim harom daromad bilan davlat orttirsa, so‘ngra buni sadaqa qilib bersa, bunda uning uchun savob yo‘q. Gunohi o‘z ustida qolaveradi.

Imom Ahmad va boshqalar qayd etadilar:
-   Alloh sizlarning o‘rtangizda rizqlaringizni taqsim etgani kabi axloqingizni ham taqsim etgan. Alloh sevgan bandalariga ham, sevmaganlariga ham dunyolik beradi. Dinni esa yolg‘iz sevganlariga beradi. Alloh kimga din bergan bo‘lsa, uni sevganidir. Borlig‘im qudrat qo‘lida bo‘lganga qasamyod qilib aytamanki, kishi qalbi va tili salim (sog‘lom) bo‘lmaguncha, haqiqiy musulmon sanalmaydi; qo‘shnisi uning dushmanlik qilmasligiga amin bo‘lmaguncha mo‘min sanalmaydi!..

Qayd etilgan


Robiya  09 Fevral 2009, 11:22:46

Bir sahoba so‘radi:

-   Dushmanlik qilishi nimada ko‘rinadi? Rasul (s.a.v.) javob berdilar:
-   Qo‘shnisiga qilgan hiyla va zulmda!..
-   Hech bir kishining harom daromaddan qilgan sadaqasi qabul bo‘lmagay!.. Hech bir bandaning harom daromaddan yo‘qsulga ehson qilishi uning uchun muborak bo‘lmagay!.. Hech bir bandaning harom daromad to‘plab, merosga qoldirishi uni jahannamdan olib qololmagay, aksincha, jahannamlik bo‘lishini orttirgaydir!.. Alloh gunohni gunoh bilan yuvmaydi. Lekin gunohni yaxshi amal evaziga kechiradi. Harom haromni haromlikdan chiqarolmas!..

Termiziy qayd etadi:
-   Payg‘ambarimizdan — Allohning salomi ustlariga yog‘ilsin — umuman insonlarning jahannamga tushishlariga sabab bo‘ladigan narsa nimaligi so‘raldi. Javob berildiki:

-   Og‘iz va jinsiy a’zo (harom luqma va g‘ayri mashru’ aloqalar).
Aksar hollarda insonlarning jannatga kirishlariga sabab bo‘ladigan narsa nimaligi so‘ralganda esa, shu javobni berdilar:
-   Taqvo va go‘zal axloq!..

Termiziy qayd etadi:
-   Qiyomat kuni kishi to‘rt narsadan so‘roq qilinmaguncha hech qutulmaydi:

1.   Umrini qaerda tugatganidan;
2.   Yoshligini qaysi mayllar bilan tamom qilganidan;
3.   Molini qaerdan va qay yo‘llar bilan topganidan;
4.   Ilmiga amal qilgan-qilmaganidan.

Bayhaqiy qayd etadi:
-   Dunyo nafs mayl qo‘ygan bir yashilliqdir. Kim unda halolidan daromad orttirsa va yo‘qsulga yedirsa, Allohunga savobini beradi va jannatiga kiritadi. Kim harom daromad orttirsa va sarf etsa, Alloh uni jahannamiga tushiradi. Allohning va Rasulining molini talagan qanchadan-qancha kishilar borki, qiyomat kuni ular uchun olov tappa-tayyordir. Alloh aytadi:

-   Alloh kimni hidoyat qilsa, bas, o‘sha hidoyat topgusidir. U zot kimni yo‘ldan ozdirsa, bas, ular uchun Undan o‘zga do‘st-madadkorlarni topa olmassiz, ularni qiyomat kunida yuztuban hollarida, ko‘r, soqov, kar qilib tiriltirurmiz. Ularning borar joylari jahannamdir. Har qachon (jahannam o‘ti) susaysa, BIZ ULARGA OLOVNI LOVULLATIB YuBORURMIZ. (Al-Isro surasi, 97-oyat)

Ibn Hibbon qayd etadi:
-   Harom luqmadan tug‘ilgan et parchasi va qon jannatga kirmaydi. Unga otash loyiqroqdir.

Termiziy qayd etadi:
-   Harom luqmadan yuzaga kelgan hech bir et parchasi yo‘qki, jahannam otashiga loyiq topilmasa!..


Qayd etilgan


Robiya  09 Fevral 2009, 11:23:25

                                                                   FOIZ

Foiz (Qarzga berilgan pul uchun olingan, shar’an harom bo‘lgan daromad, foyda (Protsent.) Hiyla bilan biron narsa undirish ham foiedir)ni taqiqlagan (protsent olishni, ya’ni sudxo‘rlikni man etgan) oyatlar juda ko‘p (misol uchun: «Baqara» surasining275, 276, 278-oyatlariga qarang). Hadislarga kelsak:

Buxoriy va Abu Dovud qayd etadilar:
-   Alloh Rasuli,vujudiga naqsh chizdirgan (tatuirovka kildirgan) va naqsh chizganlarni. FOIZ OLGANNI va FOIZ BYeRGANNI la’natladi. It sotib va zino qilib pul topishni taqiqladi, suvrat solganlarni la’natladi. Imom Ahmad, Abu Yo’lo, Ibn Huzayma va Ibn Hibbon qayd etadilar va Ibn Mas’uddan rivoyat qiladilar:
— FOIZNI olgan ham, bergan ham, foiz olish-berishida guvohlik va yo kotiblik qilgan ham — agar foizligi ni bilgan bo‘lsa; go‘zal ko‘rinish uchun vujudiga naqsh qildirgan va yo o‘zi naqsh qilgan ham; zakot berishdan qochgan ham; a’robiy misol hijratdan keyin dindan qaytgan ham — bularning hammasi Muhammad alayhissalom tilida la’natlanar edi.   

Hakim qayd etadi:
— To‘rt toifa borki, ularni jannatga qo‘ymaslik Alloh nazdida haq bo‘lgandir:
1.   Sarxush etuvchi ichimlik ichganlar;
2.   Foiz yeganlar (sudxo‘rlik qilganlar);
3.   Haqqi bo‘lmagani holda yetim molini yeganlar;
4. Ota-onasiga qarshi borganlar.

Yana Hakim qayd etadi:
-   Foizning yetmish uch darajasi bordir. Eng yengili odam o‘z onasini nikohlaganga o‘xshash bir gapdir.Bazzor qayd etadi:
-   FOIZning yetmish uchga yetadigan bo‘limi bor. Shirk ham shunday.

Tobaroniy qayd etadi va Abdulloh ibn Salomdan — Alloh ulardan rozi bo‘lsin — rivoyat qiladi:
-   Kishining FOIZ sifatida olgan bir chaqasi Allohning nazdida o‘ttiz uch marta zino qilganidan ham yomonroqdir.

Imom Ahmad va Tobaroniy qayd etadilar: Rasululloh (s.a.v.) bildirdilarki:
-   Bila turib bir chaqa foiz yegan kimsa o‘ttiz olti marta zino qilgan xotindan ham yomonroqdir.
Bayhaqiy qayd etadi:

Payg‘ambarimiz (s.a.v.) bir xutbasida foiz masalasidan va foizning yomonligidan so‘z ochib, shunday dedi:
-   Allohning nazdida kishining bir chaqa bo‘lsa-da, FOIZ olishi, o‘ttiz olti marta zino qilgan gunohidan ham yomonroqdir. Foizning eng yomon tomoni shundaki, musulmon bir kishining nomusi va hurmatiga tajovuz qiladi.

Tobaroniy qayd etadi:
-   Kimki haqiqatni pardalash maqsadida bir zolimga yordam bersa, u Allohning va Rasulining himoyasidan yiroqda bo‘ladi. Kim bir chaqa FOIZ yesa, u o‘ttiz uch karra zino qilgan xotin singaridir. Kimki harom tomoq bilan semirgan bo‘lsa, uning eti jahannam o‘tiga loyiqroqdir.

Qayd etilgan


Robiya  09 Fevral 2009, 11:23:55

Yana Tobaroniy qayd etadi:
-   FOIZNING yetmish ikki eshigi bor. Gunohligi jihatidan eng yengili ham kishining o‘z onasi bilan aloqa qilgani kabidir. Holbuki, chinakam foizning eng og‘iri kishining o‘z musulmon birodarining iffati va nomusiga tegishidir.

 Ibn Moja va Bayhaqiy qayd etadilar va Abu Hurayradan — Alloh undan rozi bo‘lsin — rivoyat qiladilar:

—   FOIZ - gunohlik nuqtai nazardan — yetmish turlidir.Eng yengili kishining o‘z onasini nikohlashidir.Hakim qayd etadi va Ibn Abbosdan rivoyat qiladi:

—   Alloh Rasuli (s.a.v.) hali daraxt shoxida turgan va katta bo‘lmagan mevaning sotib olinishini taqiqladi.
—   Bir mamlakatda ZINO va FOIZ oldinga chiqdimi, demak, u mamlakat ahli o‘ziga Allohning azobini halol qilgan bo‘ladi.

Imom Ahmad qayd etadi:
—   Qaysi jamiyatda FOIZ olish-berishi keng tarqalsa, u millat yetishmovchilikka mubtalo bo‘ladi. Qaysi jamiyatda poraxo‘rlik keng tarqalsa, u jamiyatda qo‘rquv va huzursizlik hukm suradi.
Imom Ahmad, Ibn Moja va Isbixoniy qayd etadilar: Alloh Rasuli (s.a.v.) bildirdilarki:

—   Me’roj kechasi yettinchi qavat samoning eng oxiriga borganimizda tepamga qaradim. Yuqorida shiddatli chaqmoqlar, yashinlar va momaqaldiroqlar avjga mingandi. Bu orada bir to‘da odamlarni ko‘rdim. Qorinlari uylarday bahaybat edi va bu qorinlarda tashqaridagilar ham ko‘rsa bo‘ladigan ilonlar bor edi. Dedim:

—   Ey Jabroil, kim bular? Dedi:
—   Bular FOIZ yegan sudxo‘rlar!..

Qayd etilgan


Robiya  09 Fevral 2009, 11:24:33

Isbixoniy qayd etadi va Abu Said Hudriydan — Alloh undan rozi bo‘lsin — rivoyat qiladi: Rasululloh (s.a.v.) aytdilarki:

—   Me’roj kechasi ko‘kka chiqqan chog‘imda osmonning birinchi qavatiga qaradim va bir to‘da insonlarni ko‘rdim.Qorinlari bir tomoni bosib qolgan katta uylarga o‘xshardi. Ular Fir’avn xonadoni tashlangan joyga ustma-ust qalashtirib otilgandilar. Har oqshomdan tonggacha otash ustida turg‘izilar edilar.
—   Allohim, qiyomatingni abadiyan bo‘ddirma, - deb yolvorardilar.
Men dedim:
—   Ey Jabroil, kim bular?
Dediki:
—   Bular, sening ummatingning FOIZ yegan sudxo‘rlaridir. Ular qabrlaridan jin urganday bir holda turadilar!..

Tobaroniy qayd etadi:
-   Ehtiyot bo‘ling, kechirilmaydigan gunohlardan ehtiyot bo‘ling.
Bular:
1.   Xiyonat qilmoq va o‘g‘irlamoq.
2.   FOIZ yemokdir.
Kim birovning haqiga xiyonat qilgan yo o‘g‘irlagan bo‘lsa, qiyomat kuni — u o‘g‘irlagan narsasi bilan keladi.
Kim FOIZ yegan bo‘lsa, qiyomat kuni telbalarcha, jin urganday bir ahvolda keladi.

Alloh Rasuli (s.a.v.) keyinroq shu oyatni o‘qidi:

-   Sudxo‘r bo‘lgan kimsalar turmaydilar, magar jin chalgan majnun kabi turadilar. Bunga sabab ularning: «Bay’ (oldi-sotdi) ham sudxo‘rlikning o‘zi-ku?» - deganlaridir. Holbuki, Alloh bay’ni halol, sudxo‘rlikni harom qilgan. (Baqara surasi, 275-oyat)

Ibn Moja va Hakim qayd etadilar:
-   Ko‘p FOIZ yegan va sudxo‘rlik qilgandan keyin oxir oqibatda davlati ozaymagan hech bir kimsa yo‘q.

Imom Ahmad va Bayhaqiy qayd etadilar:

—Bu ummatdan bir talay insonlar yeydilar-ichadilar, chaladilar-o‘ynaydilar, yotadilar!.. Ertalab maymun va to‘ng‘iz suratida turadilar. Shak-shubhasiz, ularning ustiga yerdan va Osmondan musibat yog‘ajakdir. Va ertalab turilganda insonlar ular haqida shunday deyajaklar:

-   Bu kecha falon-falon kishilarni yer yutibdi, bu kecha falon-falon kishilarning uylari yerga ko‘milib ketibdi!.. Lut alayhissalom kavmidan ba’zi kabilalar sarxush kiluvchi ichimliklar ichgani, FOIZ YeGANLARI, qon-qarindoshlik rishtalarini uzganlari tufayli, ularning ustiga tosh yog‘gani kabi, bularning boshiga ham ko‘kdan balo toshi yuborilibdi.

Qayd etilgan


Robiya  09 Fevral 2009, 11:24:58

                                             BANDALIK HAQQI (BURChI)

Sening har bir musulmonga kafillik vazifalaring, ya’ni uning sening zimmangda haqlari bor; ulardan ba’zi-lari quyidagilardir:

1.   Yuzma-yuz kelgan paytingda salom berishing, Allohdan unga sog‘lik tilashing.
2.   Da’vat qilsa rozi bo‘lishing. (Ya’ni chaqirsa borishing).
3.   Aksirganda Allohdan unga rahmat tilashing.
4.   Kasal bo‘lganda ko‘rgani borishing.
5.   Sendan oddin vafot etsa, janozasida hozir bo‘lishing.
6.   Sendan maslahat so‘raganda to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatishing.
7.   Yig‘in aro u yo‘q bo‘lsa, u haqda g‘iybat qiddirmasliging.
8.   O’zing erishishni istagan narsangga uham erishishini istashing; senga qilingan biron muomalani noxush qarshi olsang, unga ham bunday muomala qilinganida uni ham noxush qarshi olishing kerak.Anas - Alloh undan rozi bo‘lsin — rivoyat qiladi: Alloh Rasuli (s.a.v.) buyurdilarki: -

To‘rt narsa musulmonlarning sening zimmangdagi haqlari jumlasidandir:
1.   Yaxshilik qilganlarga yordam berishing.
2.   Gunohkorlari uchun istig‘for qilishing.
3.   Shariat ahkomlaridan yuz o‘girganlarni bu yo‘ldan qaytarishing.
4.   Yomon yo‘l (gunoh ishlar)dan qaytganlarni sevishing kerak.

Ibn Abbos «mo‘minlar o‘z oralarida rahm-shafqatlidirlar» (Fath surasi, 29-oyat) mazmunidagi oyatning tafsiri haqida deydiki:

— Mo‘minlarning solih (go‘zal axloqli) bo‘lgani solih bo‘lmaganini da’vat qiladi. Solih bo‘lmagan (go‘zal axloqli bo‘lmagan) ham solih bo‘lganni da’vat qiladi. Solih bo‘lmagan solih bo‘lganga qarab derki:   

—   Allohim, unga bergan xayrli va go‘zal xislatlaringni muborak qil. Uni bu go‘zal axloqda sobit ayla. Bu go‘zal ax loqdan bizga ham nasib et!..

Qayd etilgan