Imom G'azzoliy. Mukoshafatul qulub  ( 342587 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 30 31 32 33 34 35 36 37 38 39 40 ... 49 B


Robiya  09 Fevral 2009, 11:25:53

Solih bo‘lgan ham soliq bo‘lmagan haqida derki:

—   Allohim, unga to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsat. Uni gunohlardan qaytar va afv et!..
HAR BANDAI MO’MINNING HAKDARIDAN BIRI O’ZI ISTAGAN VA SYeVGAN NARSANI BOShQALAR UChUN HAM ISTAShI VA SYeVIShIDIR.

No‘‘mon ibn Bashir aytadi:

Rasululloh(s.a.v.)dan eshitganman. Shunday der edi: — Mo‘minlar bir-birlarini sevishda va bir-birlariga marhamat ko‘rsatishda bir tan-bir jonga o‘xshaydilar. Tanning bir a’zosi xastalangan paytda boshqa a’zolar uni davolashga harakat qiladi.

Abu Muso rivoyat qiladi: Alloh Rasuli (s.a.v.) dedilarki:

—   Mo‘min mo‘min uchun bir binodagi, biri boshqasini tutib turgan tosh kabidir.
YaNA BANDAI MO’MINNING HAKDARIDAN BIRI - AMALDA HAM, SO’ZDA HAM HYeCh BIR MUSULMONGA AZOB BYeRMASLIKDIR.

Alloh Rasuly (s.a.v.) marhamat qildi:

—   Musulmon shunday kimsadirki, boshqa musulmonlar uning qo‘lidan va tilidan ziyon ko‘rmaydilar.

Alloh Rasuli (s.a.v.) so‘radi:
—   Bilasizmi, musulmon kim? Sahoba:
—   Alloh va Rasuli yaxshiroq biladi. Rasululloh (s.a.v.):
—   Musulmon deb, boshqa musulmonlar uning qo‘lidan va tilidan ziyon ko‘rmaydigan kishilarga aytiladi.

Sahoba:
—   Mo‘min-chi?

Rasululloh (s.a.v.):
—   Mo‘min shunday kimsaki, boshqa mo‘minlar unga hayotlarini ham, mollarini ham ishonadilar.

Sahoba:
—   Muhojir-chi, muhojir kim?

Rasululloh (s.a.v.):
—   Yomonlikdan voz kechgan va yomonlikdan qochganni muhojir deymiz.

Bu orada yana bir odam so‘radi:
—   Ey Allohning Rasuli, islom nima?

Rasululloh (s.a.v.) javob berdilar:
—   Qalbingning Allohga topshirilishi, musulmonlarning sening tilingdan va qo‘lingdan ziyon ko‘rmasligi — islomdir.

Mujohid deydiki:
—   Jahannam ahliga obdon qashintiradigan bir qichima kasali yopishadi. Ular jonjahdlari bilan vujudlarini qashiydilar. Bu qashishdan suyaklari ochilib qoladi. Bu orada birisidan so‘raladi:
—   Juda qiynab yubordimi?
U javob beradi:
-Ha!
Unga shunday deyiladi:
-   Bu sening dunyoda musulmonlarga bergan azobingning javobi.

Abu Hurayra — Alloh unday rozi bo‘lsin — dediki:
-   Ey Allohning Rasuli (s.a.v.), menga foydalansam bo‘ladigan bir narsa o‘rgat!

Rasul (s.a.v.) buyurdi:
-   Musulmonlar o‘tadigan joylardan ularga qiyinchilik tug‘diradigan narsalarni yo‘qot!

Qayd etilgan


Robiya  09 Fevral 2009, 11:26:20

Yana Alloh Rasuli (s.a.v.) marhamat qildilar:

-   Kim yo‘ldan musulmonga azob beradigan bir narsani daf qilsa, Alloh unga savob yozadi. Alloh o‘zi bir kishiga savob yozsa, bu savob tufayli u kishiga jannat vojib bo‘ladi.
-   Bir musulmonning boshqa bir musulmonni — uni bezovta qiladigan tarzda — ko‘z bilan imo qilib ko‘rsatishi halol bo‘lmaydi.
-   Bir musulmonning boshqa bir musulmonni qo‘rqiti-shi halol emas.
-   Alloh mo‘minlarga azob beradigan bandasidan jirkanadi.

HAR MUSULMONGA NISBATAN KAMTARIN BO’LISh VA KIBRLANMASLIK HAM BIR MUSULMONNING BOShQA MUSULMON OLDIDAGI HAKLARI (BURChLA-RI, QARZLARI) JUMLASIDANDIR. ChUNKI HAQI-QATDA OLLOH HAR QANDAY KIBRLI MUSTABIDNI SYeVMAYDI.

Alloh Rasuli (s.a.v.) bildirdilar:
- Alloh menga KAMTARIN BO’LINGIZ, birov birovga gerdaymasin, agar kimda-kim boshqa kimsa oldida gerdaysa, bunisi uning gerdayishiga chidasin, sabr qilsin, deb buyurdi.
Alloh, o‘z Rasuliga xitoban buyurdiki:

—   (Ey Muhammad). Marhamatli bo‘ling, yaxshilikka buyuring va johillardan yuz o‘giring. (A’rof surasi, 199-oyat)

Ibn Abu Avfo (to‘liq ismi Abdulloh ibn Abu Avfo — yo so‘nggi sahobalardan, yo tobeinlardan. Vafoti h. 88 y.) derki:

—   Alloh Rasuli (s.a.v.) har musulmon qarshisida kamtarin edi. Hech burun ko‘targanini ko‘rmaganmiz. Yo‘qsullar bilan birga bo‘lishdan or qilmasdi. Ularning ehtiyojlarini ta’min etaverardi.
BIR QISM INSONLARNING BOShQA BIR QISM INSONLAR HAQIDA TARQATAYoTGAN MISh-MIShLARINI TINGLAMASLIK VA BIRIDAN EShITGANINI BOShQASIGA YeTKAZMASLIK HAM BIR MUSULMONNING BOShQA MUSULMON OLDIDAGI HAQLARI (BURChLARI) JUMLASIDANDIR.
Alloh Rasuli (s.a.v.) bildirdilar: - FITNAChI (GALAMIS) jannatga kirolmaydi.

Xalil ibn Ahmad (h. II asrda yashagan imomlardan. Hammod ibn Salama (vafoti 167 yil)ga zamondoshdir) derki:

—   Birovni sening yoningda yomonlagan odam seni ham birovning yonida yomonlaydi. Boshqa birov haqida senga gap keltirgan odam sen haqingda ham kimgadir gap yetkazadi.

Qayd etilgan


Robiya  09 Fevral 2009, 11:26:47

MUSULMON BIRODARIDAN UCh KUNDAN ORTIQ ARAZ HOLIDA TURMASLIK HAM BIR MUSULMONNING BOShQA MUSULMON OLDIDAGI HAQLARI (BURChLARI) JUMLASIDANDIR.

Abu Ayyub Ansoriydan rivoyat qilinadi: Alloh Rasuli (s.a.v.) aytdilarki:

—   Bir musulmonning boshqa bir musulmon birodaridan uch kundan ortiq gaplashmay ketishi, u bilan uch kundan ortiq araz bo‘lishi joiz emas. Va yana bir-birlari bilan uchrashib qolganda, biri yuzini u tarafga, ikkinchisi yuzini bu tarafga o‘girgancha o‘tib ketishi ham joiz emas. Ulardan qay biri yaxshiroq bo‘lsa, ikkinchisiga birinchi bo‘lib salom beradi va so‘z boshlaydi.

Rivoyat qilinishiga qaraganda, Alloh vahiy yo‘li bilan Hz. Yusufga shunday deb buyurdi:
—   Aka-ukalaringni kechirganing uchun dunyoda va oxiratda sening martabangni va shoningni ulug‘roq qildim.

Hz. Oysha — Alloh undan rozi bo‘lsin — shunday deydi:
—   Alloh Rasuli (s.a.v.), o‘z nafsi uchun hech qachon hech kimdan qasos olmadi. Faqat Achlohning bir amri toptalganidagina Alloh uchun qasos oldi.

Ibn Abbos - Alloh undan rozi bo‘lsin — shunday deydi:
—   Birovning kamchiligini kechirgan hech bir kimsa yo‘qki, Achlohuning martabasini yuksaltirmagan bo‘lsin...

Allohning Rasuli — Allohning salomi ustlariga yog‘ilsin — dedilarki:
—   Zakot bergan bilan mol kamaymaydi. Alloh bir kimsani afv etsa, uning martabasini orttirishdan boshqa narsa qilmaydi. Alloh uchun tavozu ko‘rsatgan biron kishi yo‘qki, Allohuning darajasini yuksaltirmagan bo‘lsin!

Qayd etilgan


Robiya  09 Fevral 2009, 11:27:40

HAVOYI NAFSGA BYeRILIShNING YoMONLIGI VA NAFSNING ORZULARIDAN VOZ KYeChISh

Alloh j.j. buyurdi:

(Ey Muhammad). Havoyi nafsini o‘ziga «iloh» qilib olgan va Alloh uni bilgan holida yo‘ldan ozdirib, quloq va ko‘nglini muhrlab, ko‘z oldiga parda tortib qo‘ygan kimsani ko‘rganmisiz? Bas, uni Alloh (yo‘ldan ozdirgani)dan so‘ng kim hidoyat qila olur?! Axir eslatma-ibrat olmaysizlarmi?! (Josiya surasi, 23-oyat)   

Ibn Abbos derki:

-   Oyatda mavzuga bahs bo‘layotgan kimsa, bu - Allohdan hech bir hidoyat va hukm olmay, o‘z nafsini din qilib olgan iymonsiz kishidir. Oyatning tafsiri mana bunday:
-   U havoyi nafsiga juda itoatkor, havoyi nafsi uni nimaga da’vat etsa, o‘shanga ergashadi. Allohning kitobi Qur’on bo‘yicha ish qilmaydi. Bamisoli u, shu turishda havoyi nafsiga ibodat qilayotganday bir gapdir.

Yana Alloh buyurdi:

—   Ularning havoyi nafslariga ergashmang. (Sho‘ro surasi, 15-oyat)

—   Bas, (sen) nafs xohishiga ergashib ketmagin! Aks holda, u seni Allohning yo‘lidan ozdirur! Albatta, Alloh yo‘lidan ozadigan kimsalar uchun hisob-kitob KUNni (ya’ni Qiyomatni) unutib qo‘yganlari sababli qattiq azob bordir. (Sod surasi, 26-oyat)
Mana shuning uchun ham Alloh Rasuli (s.a.v.) Allohga sig‘inib, duo qildiki:

-   Allohim, havoyi nafsga berilishdan va ochko‘zlikdan saqla!

Yana Alloh Rasuli (s.a.v.) bildirdilarki:

—   Uch narsa halokatli, yomon xislatdir.
1.   HAVOYI NAFSGA BYeRILISh;
2.   Ochko‘zlik;
3.   Kishining o‘zini-o‘zi yoktirishi. HAVOYI NAFS halokatli, yomon xislatdir. Chunki barcha sarkashliklar havoyi nafsga ergashish oqibatida yuzaga keladi. Havoyi nafs kishini jahannamning otashiga sudraydi. Allohj.j. bundan asrasin, omin!

Irfonli ba’zi kishilar derlarki:
— Bir masalada ikki xil fikr o‘rtaga chiqsa-yu, qay biri to‘g‘riligini aniq bilolmasang, e’tibor ber: havoyi nafsing qay biriga ko‘proq mayl etsa, sen uning teskarisini qil.

Bu mavzuda Imom Shofe’iy shunday deydi:
—   Agar ikki fikr o‘rtasiga tushib qolsang-u, qay biri to‘g‘ri, qay biri yanglish ekanini aniq bilolmasang, havoyi nafsing mayl etgan tomonga qarshilik qil. Zero, havoyi nafs insonlarni doimo qoralanadigan qilg‘iliklar sari yetaklaydi.

Ibn Abbos derki:
—   Ikki fikr orasida ikkilanib qolgan paytingda, sen o‘zingga yoqimliroq ko‘ringanidan voz kech, yoqmay turganiga ko‘proq yopish!

Bu so‘zni shunday izohlash mumkin:
—   Yengilroq narsalar (ishlar) nafs uchun oson tuyuladi, zahmatsiz bo‘ladi. Shu tufayli nafs ularni ko‘proqxohlaganday ko‘rinadi. Jiddiy narsalar esa nafsga qiyin ko‘rinadi, zahmatli bo‘ladi. Shu tufayli nafs ularni bajarishda tanballik qiladi.

Qayd etilgan


Robiya  09 Fevral 2009, 11:28:07

Hz. Umar — Alloh undan rozi bo‘lsin - derki:

—   Shu nafs degan baloning ovozini o‘chiring, tizginlab oling. Chunki nafslar, hech shubhasiz, sizlarni gunoh qilish ga sudrovchi josusdir. Albatta, bu og‘ir va achchiq haqiqat.Botil (havoyi, behuda) narsalar esa yengil va shirin. Gunoh qilmaslik, gunoh qilib keyin tavba-tazarru’ bilan uni o‘chirtirish uchun urinib yurgandan yaxshiroq va qulayroqdir. Ko‘pincha, bir boqish — kishi qalbiga shahvat urug‘ini sochadi. Bir onlik zavq esa uzoq davom etadigan g‘am-g‘ussalarga sabab bo‘ladi.
Luqmon o‘z o‘g‘liga so‘ylaydi:

—   Ey o‘g‘lim, seni ilk bor nafsingdan extiyot qildim. Chunki har nafsning bir havosi, bir nafsoniy istagi bor. Agar nafsga nafsoniy istagini bersang, u yo‘ldan ozadi va yana boshqa narsalarni istaydi. Chaqmoqtoshda olov uchquni yashirin bo‘lganiday, nafs (qalb)da ham nafsoniy orzulari yashirinib yotadi. Bir-biriga urilsa, chaqmoqchaqadi va yarqiraydi, o‘z holiga tashlab qo‘yilsa, yashirincha qolaveradi.Nafs va nafsoniy orzular borasida aytilgan ba’zi so‘zlar:
—   Sen havoyi nafsga qarshi bormasang, u seni tutib, harom ishga olib boradi.

—   Havoyi nafsga qarshi bormasang, u seni shunday nar-salarga yetaklaydiki, keyin har biridan alohida-alohida so‘roqqa tortilasan.

-   Bilib qo‘yki, sen havoyi nafsga berilgan davringda, haqiqatga yetisholmaysan va to‘g‘ri yo‘lni ko‘rolmaysan.

-   Agar barcha go‘zal fe’l — atvorlarga ega bo‘lishni va Ollohdan umid qilganing — rahmatiga sazovor bo‘lishni istasang, gunohlar uyasi bo‘lmish havoyi nafsingga qarshi chiq. Havoyi nafs eng qo‘rqinch dushman, eng tuban bir borliqdir. Butun fitnalarning eng kattasi undadir. Agar aqling bor bo‘lsa, havoyi nafsingga qarshilik qil, uning orzusiga xilof bo‘lgan narsalarga itoat et.

-   Havoyi nafsga berilish bilan aql qandili xiralashadi, havoyi nafsga qarshi borish bilan aql qandili yorug‘lashadi.

-   Ba’zan zamon johillarni yuksakka ko‘taradi. Ba’zan havoyi nafs aqlli kishini mahv etadi. Ba’zan insonlar bir jo‘mardni jo‘mardligi tufayli madh etadilar, holbuki u havoyi nafsiga berilgani uchun xatolar ichida yuradi. Ba’zan kishi qilgan ehsoni tufayli ahvoli og‘irlashadi, holbuki u to‘g‘ri yo‘ldadir.

Qayd etilgan


Robiya  09 Fevral 2009, 11:28:42

Olloh Rasuli buyurdilar:

-   Olloh aqlni yaratdi va unga: "œMenga qara!" — deya xitob etdi. Aql qaradi. So‘ngra Olloh unga: "œOrqaga o‘giril!" — dedi. Aql o‘girildi. Olloh buyurdiki:

-   Izzatim va jalolim haqqi, men seni eng sevimli bandamning boshiga joylayman. So‘ngra Olloh axmoqlikni yaratdi: "œMenga qara!" — dedi. Qaradi. "œO’giril!" — dedi. Axmoqlik o‘girildi. Olloh shunday deb buyurdi:
-   Izzatim va jalolim haqqi, men seni eng ko‘p eng ko‘p g‘azabimni keltirgan bandamning boshiga joylayman.

Shu so‘zni aytganning amali Olloh uchun bo‘lsin:
-   Har masalada aql bilan harakat qilganning fikri albatta, to‘g‘ri bilan topishadi. Qachonki havoyi nafsga ergashsa, nafs uni yomon oqibatlarga va azoblarga yetaklaydi.

-   Murodingga yetib quvonging kelsa, nafsoniy orzularning so‘ziga kiradigan nafsga yordam berma! U istagan nafsoniy orzularga qarshilik qil. Nafsoniy orzularning asiri bo‘lgan kishilar bilan birga bo‘lishdan ham saqlan. Nafsdan va nafs seni chorlayotgan narsalardan voz kech. Zero, u har kimga doimo yomonlikni buyuradi. Nafsga berilmaslikda va ichaklarni tilka-pora qiluvchi, terilarni quritib yondiruvchi jahannam olovidan qutulishda senga muvafaqqiyatlar tilayman.

Havoyi nafs aybli bir eshakdir, seni fitnalarning qorong‘u burchaklariga eltadi. Havoyi nafs chidash qiyin bo‘lgan bir yaratiqdir, seni badbaxt joylarga jalb etadi. Nafsoniy orzular seni aybli eshaklarga mindirmasin, badbaxt va badniyat joylarga o‘tqazmasin.

Dunyo - uyqudagi holdir, oxirat — uyg‘oqlik holi. Bu ikkisining orasida o‘lim bor. Biz yolg‘onchi tushlar ichidamiz. Kim hayotga havoyi nafs ko‘zi bilan boqsa, vujudi olovlarda yotajak. Kim cheksiz orzu-havaslarga cho‘msa, mo‘ljaliga yetisholmas. Orzu-havaslarga cho‘mgan kishining boradigan marrasi io‘qdir.

Hikmat ahlidan bir kishi bir odamga o‘git berib, shunday deydi:
—   Senga havoyi nafsing bilan olishishni amr etaman.Chunki havoyi nafs yomonliklarning kaliti, yaxshiliklarning yovidir. Barcha havoyi orzularing senga dushmandir.Havoyi orzular senga gunoh bo‘lgan narsalarni savob suratida ko‘rsatadi. Sen havoyi nafsing yetaklaganda unga ergashib qilgan yomon amallaring bilan yaxshi amallaringni bir-biridan ajratishing uchun faqat loqaydlikka yot bir dunyoqarashga, yolg‘onning qorasi tegmagan bir to‘g‘rilikka, ermak va o‘yinqaroqlikdan chetda turuvchi hayotga, shikoyatsiz, nolasiz sabrga, azmu qarori qat’iy niyatga ega bo‘lishing kerak. Allohim, aqllarimizni havoyi nafslarimiz ustidan golib qil. Bizni zararga yo‘liqtirma. Razil qilma. Bizni besamar dunyoviy ishlar bilan o‘ralashgan bandalardan etma. Rasuling Muhammad alaihissalom hurmati, bizni Seni unutmaganlardan va Sening ne’matingga shukur qilganlardan ayla. Bizni ne’matlantirgan Allohga hamd bo‘lsin!

Alloh Rasuli — ustlariga Allohning salomi yog‘ilsin — bildirdilar:
—   Dilingizning eng yaxshi tomoni iffatdir (nafsoniy orzulardan saqlanmoqdir).
—   Amallarning eng kattasi iffatdir (nafsning havoyi orzulardan saqlanishi).
—   IFFAT sohibi bo‘l (nafsingning havoyi orzularidan voz kech), insonlarning Allohga eng itoatlisi bo‘lasan.
—   Qanoatli bo‘l, insonlarning Alloh ne’matiga eng ko‘p shukr qiluvchisi bo‘lasan.
—   Kimki tanho paytlarida Allohga isyon etishdan o‘zini tiya oluvchi bir IFFATga ega bo‘lmasa (ya’ni tanho paytlarida havoyi orzulariga bo‘yin egmaslikning uddasidan chiqolmasa), Alloh uning ilmiga ahamiyat bermaydi.

Qayd etilgan


Robiya  09 Fevral 2009, 11:29:03

Ibrohim ibn Adham shunday deydi: - ZUHD (dunyoga ragbat etmaslik, nafsoniy zavq va orzudan o‘zini tortib, ibodatga berilmoq)- IFFAT uch darajadir:
1.   Farz bo‘lgan: bu haromlardan saqlanishdir.
2.   Sog‘liqni saqlovchi: bu - harom bo‘lishi ehtimol bo‘lgan ] narsalardan saqlanmoqdir.
3.   Fozil bo‘lmoq: bu - halol bo‘lgan narsalarda mo‘‘tadil . harakat qilmoqdir.
Ibrohim ibn Adhamning bu izohi go‘zal izohdir.

Ibn Muborak esa bunday deydi:
—   Zuhd -iffat, zuhdni yashirmakdir. Agar zuhd sohibi (zohid) insonlardan qochsa, uni izla. Agar insonlar zuhd sohibi atrofida o‘ralashib yurgan bo‘lsalar, undan qoch.

Aytgan odam mana bu gapni ham chiroyli qilib aytgan:
-   IFFATning yonyda doim pul bo‘ladi. Agar unga ega bo‘lgan chog‘ingda iffat sohibi bo‘lib qola olsang (ya’ni topish-tutishing zo‘r bo‘lgan paytda nafsoniy orzularingni pisand qilmasang, havoyi nafslarga berilmasang), bilki, sening bu TAQVO va IFFATING haqiqiy musulmonning TAQVO va IFFATidir.

Haqiqatan ham, yo‘qlik va imkonsizlikda nafsing havoyi orzularga berilmasligi IFFAT hisoblanmaydi. Haqiqiy IFFAT kishi har turli imkon va boyliklarga ega bo‘lgani holda nafsining havoyi orzulariga qarshi borolgandagina bo‘ladi.

Hikmat ahlidan ba’zilari deydiki:
—   Bizga nima bo‘lganki, dunyoda nafsoniy orzularni tark etmaymiz? Holbuki, dunyo xayotining umri qisqa; xayri xayrsizlik; nash’asi g‘am-g‘ussa va tinchligi tahlikadir. Kulsa qayg‘uga botiradi, yuz o‘girsa tuproqqa qoradi.

Yana deydilarki:
—   Uyat, o‘tkinchi dunyoga tolib bo‘lganga! Go‘yo dunyoning tarzi hech o‘zgarmay mangu turadiganday... Holbuki, uning safosi—qayg‘u, sevinchi—zarar, huzuri—tahlika, nuri—zulmat, yoshligi-qarilik, rohati—xastalik, zavqi—nadomat va borlig‘i—yo‘qliqdir. Dunyoga tolib bo‘lgan Eram bog‘lariga ega bo‘lganda ham, qayg‘udan xoli bo‘lolmaydi. O’z ko‘nglingni dunyodan o‘gir, uning zavqlariga ko‘milma! Zero, nafsoniy orzularga berilib, zavqlarga cho‘msang, bilki, buning azobi bordir. Ulish va qarish bo‘lmaydigan abadiy hayot uchun ishla.

Yahyo ibn Muozning hikmatli so‘zlaridan:
—   E’tibor nuqtai nazaridan ko‘zing dunyoda bo‘lsin. Vale ichingdagi samimiy istaging nafsoniy orzulardan voz kechmoq bo‘lsin. Dunyoda mehnating bechoralikni daf etish uchun bo‘lsin. Oxirat uchun ishlaganda esa tezkor bo‘l!

Qayd etilgan


Robiya  09 Fevral 2009, 11:29:21

                                      JANNAT VA JANNAT AHLINING DARAJALARI

Bu dunyo olami otashday kuydiruvchi g‘am-qayg‘ular bilan to‘la ekanligini bilding. Endi bilki, bunga muqobil boshqa olam ham bor. U olamning ne’matlari va ato etadigan sevinchlari to‘g‘risida fikr qil. Shubhasiz, bu ikki olamning biridan uzoq bo‘lgan kishi boshqasida bo‘ladi. Jahannam dahshatlarini uzoq-uzoq o‘ylayver, qalbingni QO’RQUV egallasin. Jannat ahliga va’da etilgan abadiy ne’matlarni ham uzoq-uzoq o‘ylaginki, toki ko‘ngildan UMID joy olsin. Nafsingni qo‘rquv qamchisi bilan savalab va umid tizgini bilan shoshiltirib, SIROTI MUSTAQIMGA olib bor. Mana shu yo‘l bilai buyuk saltanatdan joy topa-san, achchiq azoblardan omon qolasan. Jannat ahlini o‘yla! Axir, sening yuzingda ham jannat bog‘ining go‘zalligi bor. Ularga muhrli, xolis (daxlsiz) bir suvdan ichiriladi. Ichida yashil yuksak to‘shaklari bo‘lgan, oq inju chodirlarda, yoqut minbarlarda, suvlari asalday daryolarning qirg‘og‘idagi taxtlarda o‘tiradilar. Atroflari g‘ilmonlar bilan o‘ralgan, shahlo ko‘zli go‘zal hurlar bilan bezatilgan. Ular xuddi qandaydir yoqutgami, marjongami o‘xshaydilar. Bu hurlarga shu kungacha na bir inson, na bir jin tegingan. Jannat bog‘larida kezadilar. Ularning qaysi biri bo‘lmasin, bu bog‘larda yurganda sal o‘zini baland tutsa, kibrlansa, yetmish ming g‘ilmonning ipakday mayin ta’nali boqishlari unga qada-ladi. Hurlarning boshlarida inju va marjonlar bilan naqshlangan tojlar bo‘ladi. Ularning har biri muattar bir gunchadir. Ular uchun qarish ham yo‘q, kuchdan qolish ham. Jan-nat bog‘larining o‘rtalarida yoqutdan qilingan ko‘shklarda ko‘z qorachig‘iday asraladilar. Tirnoq ham tegmagan bo‘ladi ularga. Lochin ko‘zlidirlar (ya’ni jasurdirlar). Mangu poklikka mazhar etilgan g‘ilmonlar, qurimas buloqdan suv to‘ldirilgan ko‘zalar, ko‘vachalar bilan bordoqlar, qadahlar ko‘targancha xizmat qilib, ularning atrofida aylanadilar. Buloqning suvi shaffof, ichganlarga lazzat baxsh etadi. Jannat ahli dunyoda ado etgan yaxshi amallariga mukofot sifatida asralgan inju namunalari kabi xizmatchilar va g‘ilmonlarga ega bo‘ladilar. Jannatliklar bexavf-bexatar bir xil martabada jannat bog‘larida bulog‘u daryo bo‘ylarida, Haq majlisida va qudrat sohibi, mulki benihoya oliy bo‘lgan Allohning yonidadirlar. U yerda izzat-ikromi hadsiz bo‘lgan Allohning jamoliga boqadilar. O’zlarining yuzla rida ham jannatning go‘zalliklari porlaydi. Na torlik ko‘radilar, na xorlik. Ko‘rganlari faqat izzat-ikrom, cho‘mganlari hurmat-ehtirom bo‘ladi. Qadam sayin Rabbilarining armug‘onlari hayratga soladi. Jonlari neki tusasa, aytmaslaridanoq muhayyo bo‘ladi. Qo‘rquv ko‘rmaydilar, hazinlik ko‘rmaydilar. O’rtada o‘lim andishasi ham yo‘q. Jannat taomlaridan totib, daryolaridan sut. bol, ta’mi va rangi o‘zgarmaydigan suv... ichadilar. Jannatning yeri kumushdan, toshlari marjondan, tuprog‘i mushkdan va o‘simliklari za’faron (shafran)dir. Bulutdan yomg‘ir yog‘adi, bu yomg‘irning suviga chechak suvi aralashgan. Inju, yoqut va marjon bilan naqshlangan qumush ko‘zalar ko‘tarib keladilar. Birida Salsabil (jannat bulog‘ining nomi)dan olingan tiniq suv, ikkinchisida boshqa bir buloqning suvi, ko‘zalar esa shu qadar shaffof moddadanki, ichidagi suv ko‘rinib turadi. Faqat shunday suv idish ishlab chiqarish uchun bir xizmatchi tayinlanganki, yuzining porloqligi quyosh singaridir. Undan tashqari, quyoshda bo‘lmagan halovat va go‘zallik unda bor. Ana endi o‘zingiz o‘ylang, shunday sifatlarga ega bo‘lgan bir olamga iymon keltirib, u olamning o‘limsizligini, u yerdagilarning armonsizligini, ularning hayoti shu tarzda g‘amsiz-tashvishsiz abadiyai davom etishini bila turib, bu o‘tkinchi dunyo olamida nechun Atlohga karshi isyon etsin?! Bunday bir kemtik hayotga nechuk osilsin?! Alloh haqqi uchun, yuqorida bir talay sifatlarini tavsiflaganimiz u olam-da hech bir narsa bo‘lmasa-yu, faqatgina tanisoglik, xotirjamlik, mangu tiriklik bo‘lsa va ochlik, tashnalik va boshqa ehtiyojlar qo‘rquvi bo‘lmasa, shuning o‘zi ham bu o‘tkinchi dunyoda Allohning amrlarini to‘la ado etmoq uchun yetarlidir. Holbuki, bu yerda qanchadan-qancha afzalliklar sanalmadi. Jannat ahlining hech narsadan g‘am-tashvishi yo‘qligi, turli-tuman quvonchlarga ko‘milishi, joni istagan narsaga noil bo‘lishi, har kim o‘zini sultonday, hukmronday his qilishi, har kun Arsh etagida bo‘la olishlari, Allohning jamolini tomosha qilishlari, bu bilan jannat ne’matlarida bo‘lmaydigan zavqlarning eng kattasiga muyassar bo‘lishlari, jannat ne’matlarining davomliligi, bir kunmas-bir kun bulardan mahrum bo‘lish xavfi yo‘qligi, ya’ni yuraklarda hech qanday xavotir va qo‘rquvning bo‘lmasligi bir yoqqa qo‘yildi.

Qayd etilgan


Robiya  09 Fevral 2009, 11:30:11

Abu Hurayra — Alloh undan rozi bo‘lsin - rivoyat qiladi:

Rasululloh (s.a.v.) marhamat qildilarki:

—   Jannat ahliga bir ovoz nido qiladi va deydiki: «Ey,jannat ahli! Sog‘lik-salomatlik sizlar uchundir, abadiyan xastalik ko‘rmayajaksiz! Yashamoq sizlar uchundir, abadiysizlar, o‘lmayajaksiz! Yoshlik sizlar uchundir, abadiyan yosh qolajaksiz, hech qachon qarimaysiz! Zavqlanmoq sizlar uchundir, abadiyan tashvish chekmayajaksiz!»

Allohning mana bu kalomi shu xususni ifoda etadi:

—   Ularga (jannat ahliga): «Qilib o‘tgan (yaxshi) amallaringiz sababli sizlarga meros qilib berilgan jannat mana shudir», - deb nido qilinur. (A’rof surasi, 43-oyat)

Har qachon sen jannatda hayot qandayligini bilmoqchi bo‘lsang, Qur’onni o‘qi. Allohning izohlashidan ortiqroq izohni boshqa hech qaerdan topolmaysan. «Parvardigori huzurida turishidan qo‘rqqan kishi uchun ikki jannat bordir» oyatidan e’tiboran «Rahmon» surasini oxirigacha o‘qi. «Voqea» surasini va jannatning go‘zalliklaridan bahs yurituvchi boshqa suralarni o‘qi. (O’quvchiga qulaylik yaratish uchun ilovada shu oyatlarni keltirishni lozim topdik)(Quyida keltirilayotgan oyatlarda Allohning jannat haqidagi xabarlari insonlarga, berilayotgan savol esa jinlarga qaratilgandir).

«Rabbining maqomidan qo‘rqqanlar uchun ikki jannat bordir. U holda Rabbingizning qaysi ne’magini yolg‘on deya olasiz? U zotlar navnihollarning egasidirlar. U holda Rabbingi shing qaysi ne’matini yolg‘on deya olasiz? Ikki oqar buloq bordir. U holda Rabbingizning qaysi ne’matini yolg‘on deya olasiz? Har mevadan ikki navi bordir. U holda Rabbingizning qaysi ne’matini yolg‘on deya olasiz? (Rabbiga hisob berishdan qo‘rqqanlar) shoyi astarli ko‘rpachalarda yastanadilar. Har ikki jannat mevalari srga yaqin, terish osondir. U holda Rabbish izning qaysi ne’matini yolg‘on deya olasiz? U yerda ko‘zlari tiyiqli, insu jin tegmagan (qiz)lar bor. U holda Rabbingizning qaysi ne’matini yolg‘on deya olasiz? Bamisli yoqut va marjonlirlar. U holda Rabbingizning qaysi ne’matini yolg‘on deya olasiz? Quynroqda yana ikki jannat bordir. U holda Rabbingizning qaysi ne’matini yolg‘on deya olasiz? To‘q yashildir. U holda Rabbingizning qaysi ne’matini yolg‘on deya olasiz? Tinmay pishqirib turgan ikki bulog‘i bordir. U hodda Rabbingizningqaisi ne’matini yelg‘on deya olasiz? Turli mevalari, xurmolari, anorlari bordir. U holda Rabbingizning qaysi ne’matini yolg‘on deya olasiz? Xushxulq, chiroyli qizlari bordir. U holda Rabbingizning qaysi ne’matini yolg‘on deya olasiz? Chodirlarda asralgan hurlar bor. U holda Rabbingizning qaysi ne’matini yolg‘on deya olasiz? Ularga na bir inson, na bir jin tegingandir. U holda Rabbingizning qaysi ne’matini yolg‘on deya olasiz? (Jannatga tushganlar) Yashil yostiqtarga, hayratlanarli go‘zal gilamlarga yastanadilar. U holda Rabbingizying qaysi ne’matini yolg‘on deya olasiz? Buyuklik va karam sohibi bo‘lgan Rabbingizning ismi barakotlidir». (Rahmon surasi, 46-78-oyatlar).

Qayd etilgan


Robiya  09 Fevral 2009, 11:30:56

(Biz yana muhtaram o‘quvchilarimizga Qur’oni Karimning Voqea surasidan 15-38-oyatlarni, Va-t Tur surasidan 18-25-oyatlarni, Duxon surasidan 51-56-oyatlarni, Iison surasidan 12-22-oyatlarni ham ko‘zdan kechirishni maslahat beramiz)

Biz yuqorida jannatning go‘zalliklarini qisqacha tavsifladik. Yanada kengroq, tafsiloti bilan jannatning qandayligini bilmoqchi bo‘lsang, marhamat... Mana, avval jannatdagilarning qanchaligini tasavvur qil. Alloh Rasuli (s.a.v.) «Parvardigori huzurida turishidan qo‘rqqan kishilar uchun ikki jannat bor» maolidagi oyat ustida to‘xtalib dedilarki:

—   Ikki jannatning ko‘zalari va har narsasi kumushdandir. Ikki jannatning ko‘zalari va har narsasi oltindandir. Jannat ahli ADN JANNATIda Rabblarining jamolini tomosha qilayotgan chog‘larida Alloh bilan oralarida faqatgina bir KIBRIYo PARDASI bo‘ladi.

Yana sen jannatning eshiklariga e’tibor ber. Jannatning eshiklari ko‘p. Bular dunyoda Allohga bo‘lgan itoatlar nisbatidadir. Ayni chog‘da jahannamning eshiklari ham ko‘p va ular qilingan gunohlarning hisobiga qarab ochiladi.

Abu Hurayra hikoya qiladi:

Aaloh Rasuli (s.a. v.) buyurdilarki:

—   Kim molidan Alloh yo‘lida ikkitasini infoq-ehson etgan bo‘lsa, u barcha jannat eshiklaridan taklif etiladi. Jannatning sakkiz eshigi bor. Kim namozini to‘kis ado etganlardan bo‘lsa, namoz eshigidan chaqiriladi. Kim ro‘za tutganlardan bo‘lsa, ro‘za zshigidan chaqiriladi. Kim sadaqa berganlardan bo‘lsa, sadaqa eshigidan chaqiriladi. Kim jihod qilganlardan bo‘lsa, jihod eshigidan chaqiriladi.

Abu Bakr — Alloh undan rozi bo‘lsin — deydiki:

—   Alloh uchun kishining eshiklardan chaqirilishiga zarurat yo‘q. Bir kishi ularning har biridan birdan chaqiriladimi?

Rasululloh (s.a.v.) javob berdilarki:

—   Ha, kishi ularning har biridan birdan chaqirilishi mumkin. Sizning ham shunday kishilardan bo‘lishingizni tilayman.

Osim ibn Samura (sahoba. To‘rtinchi xalifa Hz. Alining tarbiyasini olgan tafsirchi olimlardan) Hz. Alidan — Alloh uning yuzini mukarram qilsin - hikoya qiladi:

Hz. Ali jahannamdan so‘z ochib, uning dahshatlarini aytib berdi. So‘ngra jannatdan va jannat ahlidan so‘z boshlab dediki:

—   Rabbilaridan qo‘rqqanlar (Taqvo sohiblari) bo‘linma-bo‘linma holida jannatga yuborilishlari va jannat eshiklaridan biriga yaqinlashishlari bilan u yerda tanasidan ikki suv pishqirib oqayotgan bir daraxtga duch keladilar. O’zlariga berilgan amrga binoan avval biriga yaqinlashib suvidan ichadilar. Shunda ichlaridagi har turli og‘riq, sanchiq azob, g‘am-qayg‘u... hammasidan forig‘ bo‘ladilar. Keyin ikkinchi suvga boradilar va yuvinadilar. Bu safar ularga jannat go‘zalliklari ato etiladi. Bundan keyin endi sochlari o‘zgarmaydi, kirlanib to‘z bosmaydi. Bamisoli yog‘ bilan moylanganday bo‘ladi. Endi eshikka yetib kelib, kirayotgan chog‘larida jannat soqchilari ularni kutib oladi va deydiki:

—   Assalomu alaykum! Oh, qanday go‘zalsiz, bu yerda abadiy qolajaksiz!..

Qayd etilgan