Imom G'azzoliy. Mukoshafatul qulub  ( 221246 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 31 32 33 34 35 36 37 38 39 40 41 ... 49 B


Robiya  09 Fevral 2009, 11:31:39

So‘ngra ularni gilmonlar kutib oladn. Dunyodalik chog‘larida tashqaridan kelganda sevikli bolalari qanday quvonch bilan atrofini o‘rab olishgan bo‘lsa, xuddi o‘shanday tarzda bular ham jannatga kirgan kishilarning atrofini o‘rashadi. Ularga sovg‘a-salomlar tutishadi. «Alloh sizga shunday-shunday ne’matlar hozirladi», - deydilar. Shundan keyin bir gurux g‘ilmonlar ketadilar, bu jannati erkaklarga tegishli hurlarga xabar beradilar. «Dunyoda falon ot bilan chaqirilgan kishi keldi» deydilar. Hur so‘raydi:
—   Sen uni ko‘rdingmi? G’ilmon javob beradi:
—   Ha, ko‘rdim. Shundoq oldimda turgandi.

Shunda hur sevinib ketadi. U jannati turgan eshikka keladi. Ayni shu onda jannati kishi ham uyining yaqiniga kelgan bo‘ladi. Bino qurilishiga boqadi. Yumaloq inju donalari ustida qizil, yashil va sariq ranglardan tashkil topgan bir saroyni ko‘radi. So‘ng bosh ko‘tarib, uyning shi-piga qaraydi. Ko‘zlari qamashadi. Agar shunda Alloh kuch bermasaydi, kim biladi ko‘zi ko‘r bo‘lib qolarmidi... So‘ng ko‘zini oladi. Qarasaki, boshqa tomonda baland taxtlar, oldilarida ko‘zalar qo‘yilgan. Xontaxtalar yonida qavat-qavat yostiqlar, oyoqostida shokilador gilamlar. Shunda jannati kishi binoning devoriga suyanadi va:
—   Hamd bo‘lsin Allohga, bizni to‘g‘ri yo‘lga sazovor etdi. Agar Allohning hidoyati bo‘lmasaydi, biz to‘g‘ri yo‘lni topolmas edik! — deydi.

Shundan keyin bir nidochi nido aylab, deydiki:
—Shu yerda yashaysiz. Sizga abadiyan o‘lim bo‘lmaydi! Joylashavering, abadiyan sizni hech kim bezovta qilmaydi. Sog‘siz, hech qachon kasal bo‘lmaysiz!

Payg‘ambarimiz — Allohning salomi ustlariga yog‘ilsin bildirdilarki:
—   Qiyomat kuni jannat eshigiga kelaman. Eshik ochilishini so‘rayman.
—   Kimsan sen? — deb so‘raydi qorovul farishta. Men javob beraman:
—   Muhammad (alayhissalom)man! Korovul farishta deydi:
—   Menga sendan oldin hech bir kimsaga jannat eshigini ochmaslik buyurilgandi.

Endi yana jannat pillapoyalari va jannat darajalarining xilma-xilligini mulohaza qil. Zero, haqiqatan ham oxirat daraja va fazilat jihatidan ham benazirdir. Insonlar dunyodagi hayotlarida zohiriy ibodatlarda va axloq go‘zalligida qanday farqli bo‘lgan esalar, ayni tarzda bu amallar va axloq go‘zalliklari badaliga oladigan mukofotlari va jazolari ham farqli bo‘ladi. Ey inson, agar oxiratda darajalarning eng yuqorisiga talabgor bo‘lsang, bu dunyoda shunday harakat qilginki, hech bir kimsa ibodatda va axloq go‘zalligida senga yetolmasin. Alloh senga shunday buyurgan:

—   Parvardigoringiz tomonidan bo‘ladigan mag‘firatga hamda Alloh va uning payg‘ambarlariga iymon keltirgan zotlar uchun tayyorlab qo‘yilgan, kengligi Osmon va Yerning kengligi kabi bo‘lgan jannatga shoshilingiz! Bu Allohning fazlu marhamati bo‘lib, uni O’zi xohlagan kishilarga ato qilur. Alloh ulug‘ fazlu marhamat sohibidir. (Hadid surasi, 21-oyat)

—   Ular (jannatda) muhrlangan maydan sug‘orilurlarki,u (may)ning muhri mushk bo‘lur. Bas, bahslashguvchi kishilar (mana shunday mangu ne’matga yetish yo‘lida) bahslashsinlar. (Mutaffifun surasi, 25-26-oyatlar)

Qayd etilgan


Robiya  09 Fevral 2009, 11:32:17

Shunisi qiziqki, masalan, tengdoshlaringdan yoki qo‘shnilaringdan biri puldor bo‘lib ketsa va yo uyini yaxshi qilib olib, sendan ustun bo‘lsa, bu senga og‘irlik qiladi. Yuraging siqilib, hasad olovida yonasan. Holbuki, sen uchun eng go‘zal hol Allohga itoat qilish va go‘zal axloqli bo‘lish — shu yo‘l bilan jannatga tushishga erishishdir. Sendan go‘zalroq axloqli bo‘lib, u yerda sendan o‘tib ketadiganlar bo‘lishi mumkin. Bu dunyodagi hamma go‘zal narsalarni yig‘ganda ham, u dunyodagi ne’matlarga va darajalarga teng kelolmaydi-ku, axir!

Abu Said Hudriy rivoyat qiladi: Alloh Rasuli (s.a.v.) aytdilar:

—   Jannat ahli orasida shunday yuksak taxt egalari borki, ular fazilatlari alohida farqlanib turgani tufayli sizlarga sharqdan g‘arbdagi yulduzlarday uzoq yuksaklarda bo‘lib ko‘rinadilar.
Dedilarki:
—   Ey Allohning Rasuli, bular payg‘ambarlarning darajasimi? U darajalarga boshqa insonlar ko‘tarila olmaydimi?

Rasul (s.a.v.) javob berdi:
-   Ha. Borlig‘im qudrat qo‘lida bo‘lganning nomiga qasamd, Allohga iymon keltirib, Rasullarini tastsiq etganlar ham ko‘tariladi! Shubhasiz. yuksak daraja egalari —
siz osmon ufqlarining bir tomonida tug‘ilgan yulduzni ko‘rib turganingiz kabi — taxtlaridan ularni ko‘rib turajaklar. Va yana shubhasizki. Abu Bakr va Umar ularning ichida bo‘ladilar, ular shunday ne’matni qozongandirlar.Jobir hikoya qiladi:

Rasululloh (s.a.v.) bizga dedilarki:
-   Sizlarga jannatning yuksak taxtlaridan xabar beraymi?
-   Ha, ey Allohning Rasuli, - dedim men.

Dedilarki:
-   Jannatda tamoman javohirotdan qurilgan balandtaxtlar bor. Ichkaridan tashqarisi, tashqaridan ichkarisi ko‘rinadi. Bu taxtlar ichida hech ko‘z ko‘rmagan, quloqeshitmagan,
hech bir insonning xayoliga ham kelmagan ne’matlar, lazzatlar va sevinchlar bo‘ladi.
-   Ey Alloh Rasuli, kim uchun bu taxtlar? — deb so‘radim men?

Bildirdilar:
-   Hammaga omonlik tilab, omonlikdan bahs yuritgan, yedirib-ichirgan, ro‘za tutgan, kechalari hamma uxlayotganida ibodat qilganlarga!

Biz dedik:
-   Ey Allohning Rasuli, bularga odamning toqati yetadimi?

Marhamat qildilar:
-   Ummatimning toqati yetadi. Tushuntirib beray: kim musulmon do‘sti bilan uchrashganda unga salom bersa, unga omonlik tilagan bo‘ladi. Kim oilasini halol topgani bilan boqsa, halol yedirib-ichirgan bo‘ladi. Kim Ramazon ro‘zasini tutsa va undan tashqari har oydan uch kunini ro‘za tutib o‘tkazsa, ro‘za ibodatini ado etgan bo‘ladi. Kim xufton va bomdod namozlarini jamoat bilan birga o‘qisa, boshqalar — yahudiylar, nasroniylar, butparastlar — uxlab yotganda Allohga ibodat bilan mashg‘ul bo‘lgan bo‘ladi.

Payg‘ambarimizga: «U, sizlarning gunohlaringizni mag‘firat qilur hamda sizlarni ostidan daryolar oqib turadigan jannatlarga va abadiy jannatlardagi pokiza maskan-larga kiritur» (Saf surasi, 12-oyat) maolidagi oyatdan savol berdilar. Shunday javob qaytardilar:

-   Inju qo‘shklar. Har qo‘shkda qizil yoqutdan yetmish doira bor. Har doirada yashil zumraddan yetmish xona. Har xonada bir taxt, har bir taxtda har rangdan yetmish to‘shak va har to‘shakda ohu ko‘zli bir hur bor. Undan tashqari, har xonada yetmish dasturxon, har birida yetmish xil taom. Har xonada yetmish xizmatchi. Mo‘min har tong o‘ziga har turli quvvat oladi.

Qayd etilgan


Robiya  09 Fevral 2009, 11:33:16

SABR - RIZO — QANOAT

Rizoning fazilatiga dalolat qilgan oyatlar:

-   Alloh ulardan rozi bo‘ldi. Ular ham Allohdan rozi bo‘ldilar. (Bayyina surasi. 8-oyat)

-   Yaxshilikning mukofoti faqat yaxshilikdir. (Rahmon surasi, 60-oyat)

Yaxshilikning so‘nggi hududi esa, Allohning bandasidan rozi bo‘lishidir. Allohning bandasidan rozi bo‘lishi bandaning Allohdan rozi bo‘lganining savobidir, mukofotidir.

-   Alloh mo‘min, mo‘minalarga ostidan daryolar oqib turadigan, ular abadiy qoladigan jannatlar va jannat bog‘laridagi pokiza maskanlarni va’da qildi. Allohning roziligi esa hamma narsadan ulugroqdir. (Tavba surasi, 72-oyat)

Alloh rozilikni ADN JANNATI (jannatning eng yaxshi joyi)dan ham ustun qo‘ydi. Shuning uchun ham O’Z ZIKRINI namozdan yuqoriroq qo‘ydi.

- (Ey, Muhammad), siz o‘zingizga vahiy qilingan Kitob - Qur’onni o‘qing va namozni to‘kis ado qiling! Albatta, namoz buzuqlik va yomonlikdan to‘sur. Aniqki, OLLOHNI ZIKR QILMOQ ULUG’ROQDIR. Alloh-qilayotgan ishlaringizni bilib turur. (Ankabut surasi, 45-oyat)

Ibodatlik nuqtai nazaridan namozda zikr etiluvchini mushohada qilish namozdan ustunroq bo‘lganiday, jannatning egasi bo‘lgan Allohning roziligi ham dilga orom berishi jihatidan jannatdan yuqoriroqdir. Hatto jannatdagi kishilarning eng so‘nggi va oxirgi orzulari ham o‘zla-ridan Allohning xushnud va rozi bo‘lishi bo‘ladi. Hadisda ham shunday aytilgan:

— Alloh mo‘minlarga tajalli etib ko‘ringanda shunday deydi:
- Mendan tilangiz! Ular derlar:
— Bizdan xushnud bo‘lishingni tilaymiz!

Ularning Allohning jamolini ko‘rgandan keyin yana xushnudligini tilashlari — Allohning roziligi so‘nggi orzulari ekanligini ko‘rsatadi.

Bandaning Allohdan rozi bo‘lishi masalasini quyiroqda zikr etamiz. Allohning bandasidan rozi bo‘lishi esa farqlidir. Allohning bandasini sevishi mavzuida aytganlarimizga yaqindir. Umuman olganda, insonlarning idroki bu jihatni qamrashdan ojizdir. Kuchli aql sohiblarigina buni anglay oladilar.

Qayd etilgan


Robiya  09 Fevral 2009, 11:34:05

Bu borada qisqacha shunday deya olamiz:

-   Allohning jamolini ko‘rishdan ham ustun turadigan daraja yo‘q. Yuqoridagi hadisda aytilganiday, Allohning «Mendan tilangiz» degan buyrug‘iga javoban, jannat ahlining «Xushnudligingni tilaymiz» - deyishlari shuning uchundir.

-   Allohning xushnudligi - uning jamolini uzluksiz ko‘rishga sababdir. Bamisoli ular Allohning jamolini tomosha qilish bilan maqsadlari va so‘nggi tilaklari amalga oshganini ko‘rgan bo‘ladilar. Lekin ularga «tilangiz!» deyilganda «xushnudligingni tilaymiz!» javobini berish bilan «jamolingni tomosha qilnsh ne’matining davomini istaymiz» degan bo‘ladilar. Chunki biladilarki, Allohning ulardan xushnud bo‘lishi pardaning uzluksiz ochiq qolishining sababidir.

Alloh marhamat qiladiki:

-   Ular uchun u joyda xohlagan narsalari bordir. Va yana bizning dargohimizda QO’ShIMChA (IZZAT-IKROM)LAR ham bordir. (Qof surasi, 35-oyat)

Ba’zi mufassirlar shunday deydi:

-   Jannat ahliga Rabblari tomonidan QO’ShIMChA uch hadya keladi:

BIRINChISI: Allohdan shunday bir hadyadirki, jannat ahli nazarida uning tengi yo o‘xshashi yo‘qdir. Mana bu oyat shunga dalolat beradi:

-   Bas, ularning qilib o‘tgan amallariga mukofot qilib ular uchun berkitib qo‘iilgan ko‘zlar quvonchini (ya’ni oxirat ne’matlarini) biron jon bilmas. (Sajda surasi, 17-oyat)

IKKINChISI: Rabblaridan ularga salomdir. Bu, bir lutf sifatida birinchi hadya bilan birga beriladi. Mana shu oyat fikrimizning dalilidir:

-   (Ularga) Mehribon Parvardigor tomonidan SALOM aytilur. (Yosin surasi, 58-oyat)

UChINChISI: Alloh buyuradiki:

-   Men sizlardan ROZIman.

Bu birinchi va ikkinchi hadyalardan ham muhimroqtsir. Mana bu oyat shunga dalillik qiladi:
—   Allohning ROZILIGI esa hamma narsadan ulug‘roqdir. (Baqara surasi, 157-oyat)

Oyatning tafsiri shunday:
—   Allohning roziligi jannatdagi ne’matlarning hammasidan ustundir. Bu esa banda rizoligining samarasidir.

Qayd etilgan


Robiya  09 Fevral 2009, 11:34:45

RIZOning (xushnudlikning) fazilatini ko‘rsatuvchi hadislar:

Alloh Rasuli (s.a.v.) ashobidan bir jamiyatga savol berdi:
—   Sizlar kimsizlar? Ular javob berishdi:
—   Mo‘minlarmiz. Rasul (s.a.v.) so‘radi:
—   Iymoningizning alomati nimada ko‘rinadi? Ashob javob berdi:

—   Balolarga sabr, ne’matlarga shukr qilamiz, boshimizga har neki tushmasin, RIZO ko‘rsatamiz!
Rasul (s.a.v.) marhamat qildi:

—   Sizlar chindan ham mo‘minlarsiz va Ka’ba sohiblarisiz!

Yana hujjat bo‘la oladigan bir xabar shundaydir:

—   Naqadar baxtiyordir islom hidoyatiga muyassar bo‘lib,taqdirga rozi bo‘lganlar!

Boshqa hadislar:

—   Kim Allohning halolidan bergan oz rizqiga rozi bo‘lsa, Alloh ham uning oz amalidan rozi bo‘ladi.

—   Alloh bir bandasini sevdimi, uni baloga olib borib uradi. Agar sabr qilsa, uni boshqalardan ortiq qo‘yadi. Rozi bo‘lsa, uni siylangan bandalaridan qiladi.

—   Qiyomat kuni bo‘lganda Alloh bandalarining bir qismi uchun qanotlar yaratadi. Qabrlaridan jannatlarga uchadilar. U yerda xohlaganlaricha xursandchilik qiladilar, ne’mat-lardan bahramand bo‘ladilar. Farishtalar ularga derki:

—   Hisob berdingizmi? Ular:
—   Biz hisob nimaligini bilmadik. Farishtalar:
—   Sirotdan o‘tdingizmi? Ular:   
—   Biz sirot degan narsani ko‘rmadik. Farishtalar:
—   Jahannamni ko‘rdingizmi?

Ular:
Biz hech narsa ko‘rmadik.

Farishtalar:

-   Sizlar qaysi payg‘ambarning ummatidansiz?
Ular:
-   Muhammad alayhissalom ummatidanmiz.

Farishtalar:
-   Hudo haqqi uchun talab qilamiz: dunyoda qanday amallar qilardingiz, bizlarga aytib bersangiz.

Ular:
-   Bizning ikki xislatimiz bor. Bu martabaga Allohning lutfi ila erishdik. Farishtalar:
-   Qanday xislatlar ekan ular?

Ular:
-   BIZ TANHOLIKDA HAM OLLOHGA ISYoN ETIShDAN QO’RQARDIK VA OLLOHNING BIZGA BYeRGAN QISMATIGA ROZI BO’LARDIK!..

Farishtalar:
-   U holda siz bunga loyiqsiz!

Qayd etilgan


Robiya  09 Fevral 2009, 11:35:14

Yana Alloh Rasuli (s.a.v.) buyurdilarki:

-   Ey faqirlar guruhi, Allohdan qismatingizga tushganiga qalban rozi bo‘lingiz. Chunki buning savobi bilan golib bo‘lajaksiz. Agar Allohdan qismatingizga tushganiga rozi bo‘lmasangiz, hech qachon g‘olib bo‘lolmaysiz.

SABRNING FAZILATI: Alloh Qur’onning sal kam to‘qson joyida sabrni zikr etgan, bir qancha darajalarni va yaxshiliklarni sabrga bog‘lagan, ma’naviy yuksaklik va xayrlarni sabrning samarasi qilgan va sabrlilar uchun hech bir kimsaga hozirlamagan ne’matlarini tayyorlab qo‘ygan. Shuning uchun ham buyuradi:

Ana o‘shalarga (musibatlarga duchor bo‘lganda sabrli bo‘lganlarga) Parvardigorlari tomonidan mag‘firat va rahmat bordir. Ana o‘shalar haq yo‘lni topguvchilardir. (Nahl surasi, 96-oyat)

Oyatga ko‘ra, HIDOYaT, RAHMAT va MAG’FIRATLAR hammasi birvarakay sabrlilar uchundir. Bu yerda mavzu ila aloqador barcha oyatlarni yozishga va sharhlashga kirishsak, so‘z cho‘zilib ketadi. Faqatgina bir necha hadisni qayd etish bilan kifoyalanamiz.
Alloh Rasuli (s.a.v.) bildirdilar:

- Sabr iymonning yarmisidir.   

—   Sizlarga berilgan eng oz narsalardan yana ShAK-ShUBHASIZLIK va SABRDA IRODA (ya’ni sabrda taqvo bilan amad qilish, yanata batafsil aytadigan bo‘lsak: Allohning amrlarini, takliflarini, diniy vazifalarini hech bir uzr-puzrni ilgari surmay, barcha yo‘riq va qoidalariga bo‘ysunib, to‘la va mukammal tarzda ado etmoq) ham bor. Kim ShUBHASIZLIK va IRODADAN sabr huzurini olsa, tungi namozini (xuftonni) va qunduzgi ro‘zasini boy bermaydi. Siz biron holatga tushib qolganingizda duchor bo‘lgan narsangizga sabr qilsangiz, bu, mening nazdimda, sizning har biringizning, sizning hammangizning amallaringizdan sevimlirokdir. Lekin ko‘rqamanki, mendan keyin dunyo ne’matlari jihatidan baxtingiz ochilib, ba’zi birlaringiz ba’zilaringizni rad va tark etasiz, shu vajga ko‘ra, Osmon ahti ham sizni tark etadi. Kim sabr qilsa, yaxishlixka yo‘llab, yomonlikdan qaytarsa, savobining kamoli bilan zafar topajakdir.Shundan keyin Alloh Rasuli (s.a.v.) shu oyatni o‘qidilar:

-   Sizlarning huzurlaringizdagi narsalar yo‘q bo‘lur.Alloh dargohidagi nimarsalar esa boqiydir. Biz, albatta, sabr-qanoat etgan zotlarni o‘zlari kilib o‘tgan amallaridan chiroyliroq ajr-savoblar bilan mukofotlaymiz.

Jobir — Alloh undan rozi bo‘lsin — rivoyat qiladi: Rasululloh(s.a.v.)ga iymon borasida savol berildi. Dedilarki:

-   Iymon SABR VA JO’MARDLIKDIR.
-   Sabr jannat xazinalaridan bir xazinadir. Yana bir safar so‘raldi:
-   Iymon nima? Dedilarki:
-   Sabr!

Qayd etilgan


Robiya  09 Fevral 2009, 11:35:34

Yana Alloh Rasuli (s.a.v.) buyurdilar:

-   Amallarning eng fazilatlisi nafslar jirkangan narsani ijro etishdir.

Alloh Dovud alayhissalomga shunday vahiy yubordi:
-   Mening axloqim bilan axloqlan. Mening axloqim jumlasidan biri shuki, qaytarib aytaman, men; shak-shubhasiz, sabrliman!

Ibn Abbosdan rivoyat qilinadi:
-   Bir kun Rasululloh (s.a.v.) bir guruh ansorlar ustiga kelib qoldi va: «Sizlar mo‘minmisizlar?» deb so‘radi. Ular qarmadilar. Hz. Umar: «Ha, ey Allohning Rasuli!» -deya javob berdi. Rasululloh (s.a.v.): «Iymoningizning alomati nimada?! («Qay alomatdan iymoningizni bilsa bo‘ladI?») dedi. Dedilarki: «Mo‘llik, to‘kin-sochinlik paytida shukr qilamiz. Balolarga sabrlimiz. Qazoga rizo ko‘rsatamiz». Rasululloh (s.a.v.) marhamat qildilar:

-   Ha, sizlar mo‘minlarsiz va Ka’baning egalarisiz!
Yana Rasululloh (s.a.v.) aytdilar:

 - Jirkangan narsangga sabr qilishing juda xayrlidir. Iso alayhissalom shunday dedi:
-   Sizlar faqat o‘zingizni jirkantirgan narsalarga sabr qilish yo‘li bilangina sevganingizni (ya’ni Allohni) idrok qila olasiz.

Payg‘ambarimiz (s.a.v.) bildirdilar:
-   Agar sabr bir inson bo‘lsaydi, albatta, juda ko‘p go‘zal xislatli kimsa bo‘lar edi. Alloh sabrlilarni sevadi.

Bumavzuda hadislar va afsonalar ko‘p. Rasululloh (s.a.v.) aytdilarki:

-   QANOAT qilgan AZIZ bo‘ladi, TAMA’ qilgan ZALIL (xor) bo‘ladi.
-   Qanoat bitmas-tuganmas xazinadir. Qanoat borasida yuqorida ham ko‘p gaplar aytilgan.


Qayd etilgan


Robiya  09 Fevral 2009, 11:36:18

                                             TAVAKKULNING FAZILATI

Tavakkulning fazilatini bildiruvchi oyatlardan biri:

—   Albatta, Alloh o‘ziga suyanib (ish qilguvchilarni) sevadi. (Ol-i Imron surasi, 159-oyatning so‘nggi jumlasi)

 Bu qanday maqom, bu qanday darajadirki, unga ega bo‘lganlarga Allohning muhabbati borligi bildirilmoqda, Achlohning qoniqishini o‘z ichiga olgani (Allohning qoniqishiga sazovor bo‘lishi) ma’lum etilmoqda, u holda bundan kattaroq biror maqom bo‘lishi mumkinmi? Bilib ko‘'ying, bu maqom TAVAKKUL MAQOMIDIR. Kimki Alloh uning uchun yetarli ekanligini, Alloh uni sevishini va O’z panohida asrashini aytib yursa, albatta, katga bir najotga erishishi hakdir. Zero, sevilgan kishi jazolanmaydi, surgun kilinmaydi, qamoqqa olinmaydi.

Bu mavzudagi hadislardan ba’zilari:

Ibn Mas’ud — Alloh undan rozi bo‘lsin — rivoyat qiladi: Alloh Rasuli — Allohning salomi ustlariga yog‘ilsin buyurdilarki:

-   Haj mavsumida ummatlarni ko‘rdim. O’z ummatimni ham ko‘rdim. Tog‘laru daralarni to‘ldirib yuborishgandi. Ularning ko‘pligi va hay’ati taajjubga soldi meni.

Mendan:

—Mamnun bo‘ldingizmi? — deb so‘radilar.

-   Ha, - dedim.
Dedilarki:

-   Bular bilan birga yetmish ming kishi savolsiz-so‘rovsiz to‘g‘ri jannatga kiradi!
Sahoba so‘radi:

- Ular kimlar, ey Allohning Rasuli?

Rasul (s.a.v.) bildirdi:

-   O’zidan mamnun bo‘lib kerilmaganlar, arzimagan bir qiyinchilik, arzimagan bir kulfatni baxtsizlik-omadsizlik deb atamaganlar, o‘g‘rilik qilmaganlar va Rabbilariga tavakkul qilganlar!..
Shu payt Ukkosha (to‘liq ismi Ukkosha ibn al-Mihson al-Asdiy — fozil sahobalardan va qahramonlardan biri) o‘rnidan turib dediki:

-   Ey Allohning Rasuli, Allohga duo qil, meni ham o‘shalardan aylasin!

Alloh Rasuli (s.a.v.): «Allohim, Ukkoshani o‘shalardan ayla!» - dedi.

Boshqa biri ham turib: «Ey Allohning Rasuli, Allohga duo qil, meni ham o‘shalardan aylasin!» dedi.
Rasululloh (s.a.v.) aytdilarki:

—   Ukkosha sendan o‘tdi!..
—   Agar Allohga chindan ham tavakkul etib suyansaydingiz, U tongda och turib, oqshom to‘q yotgan qushlarday sizni rizqlantirar edi.

—   Kim Allohga tavakkul etib suyansa, Alloh har qanday tanglik holida unga yetarli bo‘ladi, umid qilmagan joyidan unga rizq eshiklarini ochadi. Kim dunyosiga ishonsa, Alloh uni dunyoga vakil qilib tayin etadi (ya’ni pul to-pib keladigan va sarflovchi vazifasini ado etuvchi).

— Kim insonlarning eng badavlati bo‘lishni istasa, buning uchun, qo‘lidagiga emas, Allohdagiga ko‘proq ishonsin.

Qayd etilgan


Robiya  09 Fevral 2009, 11:37:01

Rivoyat qilishlaricha, Payg‘ambarimiz (s.a.v.), uydagi biron ehtiyoj tufayli qandaydir siqilishlar yuz bersa, bunday paytlarda oila a’zolariga shunday derdi:

—   Namozga turinglar! Rabbim menga shunday buyruq berdi:

Alloh buyurdiki:

—   [/b]Ahli-ummatingizni namoz o‘qishga buyuring va o‘zin-giz ham (namoz o‘qishda) chidamli bo‘ling! [/b](Toha surasi, 132-oyat)

—   Bir tarafdan bandalik qilib, ikkinchi tarafdan o‘zini madh etgan kimsa tavakkul qilgan bo‘lmaydi.
Rivoyat qilinadiki:

—   Ibrohim alayhissalomni manjaniqbilan olovga otayotganlarida Jabroil alayhissalom uning yoniga keldi. «Biron ehtiyojing bormi?» - deya so‘radi. Hz. Ibrohim ilgarigi: «Menga Alloh kifoyadir. U naqadar go‘zal vakildir!» deb aytgan so‘ziga sodiq qolish uchun Jabroilga shu javobni berdi:
—   Bor, ehtiyojim bor, lekin senga emas!

Ibrohim alayhissalomni olovga otish uchun qo‘lga tushirishgan paytda: «Menga Alloh kifoyadir. U naqadar go‘zal vakildir!» - degandi. Manjaniq bilan olovga otilayotganda shu so‘ziga, ya’ni Allohga bo‘lgan tavakkuliga sodiq qoldi va o‘zini faqat Rabbi qutqarishini kutdi.

Alloh shu oyatni inzol qildi:

—   Ahdiga vafodor zot bo‘lgan Ibrohim... (Najm surasi, 37-oyatning bir qismi)
Alloh Dovud alayhissalomga vahiy orqali bildirdi:

—   Ey Dovud, hech bir banda mening maxluqotimga tayanib-suyanmasin, faqatgina menga tayanib-suyansin, chunki unga butun Yeru osmon urush e’lon qilsa ham, men, agar istasam, uning uchun qutulish yo‘lini topmay qo‘ymayman!

Haram ibn Hayyoon (Uvays Qoroniyga muridlikka kelib, undan bir necha nasihatlar olish bilan kifoyalangan oshiklardan) Uvays Qoroniy (Vaysal Qoroniy ham deyiladi. Hz. Payg‘ambar (s.a.v.) davrida yashagan bo‘lishiga qaramay, Rasuli Akram s.a.v. bilan uchrasholmagan yegakchi zohidlardan biridir. «Uvaysiylik» va «Uvaysiy» ta’birlari shu zohidning yashash tarzi bilan bog‘liqholda yuzaga kelgandir. Siffin jangida 164/780 yili Hz. Alining tarafdori sifatida shahid bo‘lganlar)dan so‘radi:

—   Qaerda istiqomat qilishimni tavsiya etasiz?
—   Shomda! - dedi Uvays. Haram:
—   U yerda tirikchilik qalay? Uvays:
—   Uff, bunday tavakkulsiz qalblarga o‘git foyda bermaydi!

Bir kishi shunday deydi:
—   Allohning vakolatiga rozi bo‘lsang, har yaxshilikkayo‘l topasan.
Allohdan go‘zal va yaxshi odoblilik tilaylik.

Qayd etilgan


Robiya  09 Fevral 2009, 11:37:37

MASJID VA JOMYe’LARNING FAZILATI

Alloh buyurdi:

—   Allohning masjidlarini faqat Allohga va oxirat kuniga iymon keltirgan, namozni to‘kis ado etgan, zakotni (haqdorlarga) ato qilgan va yolg‘iz Allohdangina qo‘rqadigan zotlar obod qilurlar. Ana o‘shalar hidoyat topguvchi zotlar bo‘lsalar, ajabmas. (Tavba surasi, 18-oyat)

Alloh Rasuli (s.a.v.) bildirdi:

—   Kim Alloh uchun bir masjid qursa — u bir qush uyasichalik bo‘lsa-da - Alloh ham uning uchun jannatda bir ko‘shk qurdiradi.

—   Kim masjidga hamjihatlik qilsa, Alloh ham unga hamjihatlik qiladi.
—   Qay biringiz masjidga kirsangiz, o‘tirishdan oldin ikki rak’at namoz o‘qing.
—   Masjidga yaqin joyda turgan kishi namozini doim masjidda o‘qisin.

—   Qay biringiz namoz o‘qiladigan joyga ketayotgan bo‘lsangiz, butun yo‘l davomida farishtalar salotu salom aytib boradilar, derlarki: «Allohim, unga omonlik ber-Allohim, unga marhamat qil. Allohim, tahorati buzilmasdan (yoxud masjiddan chiqmasdan) uni afv et!»

—   Oxir zamonda ummatimdan bir qism insonlar paydo bo‘ladi. Masjidlarga keladilar. U yerlarda doira-doira, guruh-guruh bo‘lib o‘tiradilar. Butun fikr-zikrlari dunyo va
dunyo sevgisi bo‘ladi. Ular bilan o‘tirmang. Allohning ularga ehtiyoji yo‘q.

—   Alloh j.j. muqaddas kitoblarda buyuradiki:

- — Men yaratgan kurradagi mening uylarim MASJIDLARdir. Ziyoratgohlarim, amirliklarim yo‘qsullar to‘yg‘aziladigan yemakxonalardir. Mening uyimda poklanuvchilar (masjidlarda namoz o‘qib, nafsoniy fe’llardan poklanuvchilar), keyin mening uyimda meni ziyorat qiluvchilar (ya’ni yemakxonalarda yo‘qsullarni to‘yg‘azishga yordam ko‘rsatuvchilar) naqadar baxtiyordirlar. Ziyoratga kelganni siylash va izzat-ikrom qilish uy egasiga vojibdir.

— Bir kimsaning doim masjidlarga kelib turganini ko‘rsangiz, uning uchun iymonli ekanligiga doir guvohlik qiling.

Saib ibn Musayyib (— sahoba, Vafoti h. 94 y) deydiki:
—   Masjidda o‘tirish Rabbi bilan o‘tirish demakdir.Shunday bo‘lgach, u yerga kirgan odam faqat yaxshi narsalardan so‘zlamog‘i kerak.

Qayd etilgan