Shunisi qiziqki, masalan, tengdoshlaringdan yoki qo‘shnilaringdan biri puldor bo‘lib ketsa va yo uyini yaxshi qilib olib, sendan ustun bo‘lsa, bu senga og‘irlik qiladi. Yuraging siqilib, hasad olovida yonasan. Holbuki, sen uchun eng go‘zal hol Allohga itoat qilish va go‘zal axloqli bo‘lish — shu yo‘l bilan jannatga tushishga erishishdir. Sendan go‘zalroq axloqli bo‘lib, u yerda sendan o‘tib ketadiganlar bo‘lishi mumkin. Bu dunyodagi hamma go‘zal narsalarni yig‘ganda ham, u dunyodagi ne’matlarga va darajalarga teng kelolmaydi-ku, axir!
Abu Said Hudriy rivoyat qiladi: Alloh Rasuli (s.a.v.) aytdilar:
— Jannat ahli orasida shunday yuksak taxt egalari borki, ular fazilatlari alohida farqlanib turgani tufayli sizlarga sharqdan g‘arbdagi yulduzlarday uzoq yuksaklarda bo‘lib ko‘rinadilar.
Dedilarki:
— Ey Allohning Rasuli, bular payg‘ambarlarning darajasimi? U darajalarga boshqa insonlar ko‘tarila olmaydimi?
Rasul (s.a.v.) javob berdi:
- Ha. Borlig‘im qudrat qo‘lida bo‘lganning nomiga qasamd, Allohga iymon keltirib, Rasullarini tastsiq etganlar ham ko‘tariladi! Shubhasiz. yuksak daraja egalari —
siz osmon ufqlarining bir tomonida tug‘ilgan yulduzni ko‘rib turganingiz kabi — taxtlaridan ularni ko‘rib turajaklar. Va yana shubhasizki. Abu Bakr va Umar ularning ichida bo‘ladilar, ular shunday ne’matni qozongandirlar.Jobir hikoya qiladi:
Rasululloh (s.a.v.) bizga dedilarki:
- Sizlarga jannatning yuksak taxtlaridan xabar beraymi?
- Ha, ey Allohning Rasuli, - dedim men.
Dedilarki:
- Jannatda tamoman javohirotdan qurilgan balandtaxtlar bor. Ichkaridan tashqarisi, tashqaridan ichkarisi ko‘rinadi. Bu taxtlar ichida hech ko‘z ko‘rmagan, quloqeshitmagan,
hech bir insonning xayoliga ham kelmagan ne’matlar, lazzatlar va sevinchlar bo‘ladi.
- Ey Alloh Rasuli, kim uchun bu taxtlar? — deb so‘radim men?
Bildirdilar:
- Hammaga omonlik tilab, omonlikdan bahs yuritgan, yedirib-ichirgan, ro‘za tutgan, kechalari hamma uxlayotganida ibodat qilganlarga!
Biz dedik:
- Ey Allohning Rasuli, bularga odamning toqati yetadimi?
Marhamat qildilar:
- Ummatimning toqati yetadi. Tushuntirib beray: kim musulmon do‘sti bilan uchrashganda unga salom bersa, unga omonlik tilagan bo‘ladi. Kim oilasini halol topgani bilan boqsa, halol yedirib-ichirgan bo‘ladi. Kim Ramazon ro‘zasini tutsa va undan tashqari har oydan uch kunini ro‘za tutib o‘tkazsa, ro‘za ibodatini ado etgan bo‘ladi. Kim xufton va bomdod namozlarini jamoat bilan birga o‘qisa, boshqalar — yahudiylar, nasroniylar, butparastlar — uxlab yotganda Allohga ibodat bilan mashg‘ul bo‘lgan bo‘ladi.
Payg‘ambarimizga: «U, sizlarning gunohlaringizni mag‘firat qilur hamda sizlarni ostidan daryolar oqib turadigan jannatlarga va abadiy jannatlardagi pokiza maskan-larga kiritur» (Saf surasi, 12-oyat) maolidagi oyatdan savol berdilar. Shunday javob qaytardilar:
- Inju qo‘shklar. Har qo‘shkda qizil yoqutdan yetmish doira bor. Har doirada yashil zumraddan yetmish xona. Har xonada bir taxt, har bir taxtda har rangdan yetmish to‘shak va har to‘shakda ohu ko‘zli bir hur bor. Undan tashqari, har xonada yetmish dasturxon, har birida yetmish xil taom. Har xonada yetmish xizmatchi. Mo‘min har tong o‘ziga har turli quvvat oladi.