Imom G'azzoliy. Mukoshafatul qulub  ( 221185 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 32 33 34 35 36 37 38 39 40 41 42 ... 49 B


Robiya  09 Fevral 2009, 11:38:36

Yana aytadilarki:

—   Masjidda aytilgan dunyoviy so‘zlar — hayvonlar yam-yashil o‘tlarni yegani kabi, hasanotni (go‘zalliklar, yaxshi amallarni) yeydi.

Nahoiy (tafsirchilardan, kunyasi Sharik ibn Abdulloh ibn Abi Shariqdir. Buxoroda h. 95 yilda tug‘ilgan, Kufada h. 177 yilda vafot etgan) derki:

—   Qadimgilar tun qorong‘isida masjidga qarab ketishni jannatga tushishga sabab bo‘ladigan voqealardan, deb ishonardilar.

Anas ibn Malik esa shunday deydi:
—   Kim bir masjidga bir qandil yoqsa, bu qandilning yorug‘i masjidni qancha vaqt yoritib tursa, farishtalar va Arshga yuksalganlar uning uchun shuncha vaqt istig‘for qiladilar.
Bu mavzuda boshqa so‘zlar: Hz. Ali:

—   Kishi o‘lganda, Yer yuzida u namoz o‘qigan joy hamda Osmonda amali yig‘ilgan joy uning uchun yig‘laydi.

Hz. Ali shunday degandan keyin mana shu oyatni o‘qidi:

—   Bas, ularga (Fir’avn va qavmiga) Osmon ham, Yer ham (aza tutib) yig‘lagani yo‘q va ularga (tavba-tazarru’ uchun) muhlat ham berilmadi! (Duxon surasi, 29 oyat)

Ibn Abbos:
—   Mo‘min kishi o‘lganda qirq kun davomida Yer yuzi aza tutadi. .

Oto Xurosoniy:
—   Yer yuzining bir parchasida Alloh uchun sajda qilgan hech bir kishi yo‘qki, o‘sha yer parchasi uning uchun qiyomatda guvohlik bermasin va o‘lgan kuni aza tutmasin!..

Anas ibn Malik:

—   Namoz bilan, zikr bilan Alloh esga olinayotgan paytda bosib turilgan har tuproq parchasi, atrofidagi boshqa tuproq parchalariga yuzlanib, bu bilan iftixor qiladi. Buni yetti iqlimdagi tuproq parchalariga eshittiradi. Biroq yerda biron kimsa namoz o‘qish uchun qaddini rostlar ekan, u yer u kimsa uchun, albatta bezanadi!

Deydilarki:
-   Yer yuzida biron yer parchasi yo‘qki, u yerga bir qism insonlar kelgandan so‘ng, u yer ularga yo salotu salom, yo la’-nat o‘qimasa!


Qayd etilgan


Robiya  10 Mart 2009, 14:34:58

KAROMAT AHLINING FAZILATLARI VA RIYOZAT

Bilki, Alloh bir bandasiga xayr ato etmoqchi bo‘lsa, unga o‘z nafsining qusur va ayblarini ko‘ra oladigan basirat beradi. Kimningki basirati o‘tkir bo‘lsa, qusur va ayblari o‘ziga ko‘rinmay qolmaydi. Kishi o‘z ayblarini bilganda esa, ularni davolash imkoniga ega bo‘ladi. Lekin insonlarning ko‘pchiligi o‘z qusur va ayblarini ko‘rmaydi. Ahvol shundayki, ba’zan kishi bir mo‘min do‘stining ko‘zidagi tariqday kirni ko‘radi-yu, ammo o‘z ko‘zidagi yong‘oqday dog‘ni ko‘rmaydi. Kimki o‘z nafsining ayblarini ko‘rmoqchi bo‘lsa, buning to‘rt yo‘li bor:
BIRINChI YO’L: nafsning ayb va qusurlarini ko‘ra oladigan, yana nafs sababchi bo‘lishi mumkin bo‘lgan yashirin ofatlardan boxabar biron pir bilan bog‘lanib, uni o‘z nafsiga hakam etmoq va nafs bilan mujodalada uning ir-shod va tanbehlariga rioya qilmoqdir. Murid bilan shayxning, talaba bilan ustozning holi mana shudir. Ustoz (o‘qituvchi, muallim) talabasiga, shayx esa muridiga nafsning ayb va qusurlarini ta’riflab tushuntiradi, davo yo‘llarini ko‘rsatadi. Bu zamonda ushbu birinchi yo‘lga rioya qiluvchilar juda oz.

IKKINChI YO’L: benihoya to‘g‘ri, basiratli va dindor bir kishi bilan do‘st tutinmoq va uni o‘z nafsiga nazoratchi qilmoqdirki, bu do‘st uning ahvolini, harakat va atvorlarini ko‘z ostida tutsin, zohiriy va yo botiniy bir fe’lini ko‘rsa, unga tanbeh bersin. Eskidan din va davlatning zakovatli va basiratli kattalari shunday qilishardi.

Hz. Umar — Alloh undan rozi bo‘lsin - shunday derdi:
—   Menga ayblarimni ko‘rsatuvchi kimsaga Alloh xayr bersin!

Ko‘pincha u Salmon Forsiydan o‘z ayblarini so‘rardi. Bir kun yana Salmon kelganda:

—   Seningcha, mening ayb va qusurlarim nima? — dedi.
Salmon Forsiy Hz. Umardan afv so‘rab shunday dedi:
-   Eshitishimcha, dasturxonda ikki turli ziravor qo‘ydirarmishsiz. Biri kunduzi, biri kechasi kiyadigan maxsus ikki shimingiz bor emish!

Hz. Umar: «Bulardan boshqa bormi?» dedi. Salmon: «Yo‘q!» deganda, u shunday dedi:

-   Shu ikkovi menga yetarli!..

Yana Hz. Umar Huzayfadan ham tez-tez o‘z qusur va ayblarini so‘rardi. Bir kun unga shunday dedi:

-   Sen munofiqlar masalasida Alloh Rasulining sirdoshi eding. Menda munofiqlik alomatlaridan biron belgi ko‘rasanmi?
Hz. Umar qadr-qimmati buncha balandligiga va martabasi buncha yuksakligiga qaramay, o‘z nafsini ana shunday shubha ostida tutardi. Odam qanchalik aqlli va daraja jihatidan qanchalik yuksak bo‘lsa, kibr va havo jihatidan shu daraja kichik bo‘ladi. Nafsini eng katta shubha ostida tutadigan inson ham shudir. Lekin, ochig‘ini aytganda, bunday xislatlarning bahosi oshib ketdi. Juda oz kishilar bunday fe’l-atvorga egadirlar. Do‘stu ulfat, oshna-og‘aynilar orasida bir-biriga laganbardorlik qilmaydiganlar, birining ayb va qusurlarini yoymaydiganlar, hasad qilmaydiganlar juda ozayib ketdi. Do‘st-ulfat, oshna-og‘aynilar ichida, hech shak-shubhasiz, hasadgo‘ylar, g‘arazgo‘ylik bilan ish yuritib, ayb va qusur bo‘lmagan bir harakatingni ayb va qusur deb gap tarqatuvchilar, yoxud tabiiy laganbardorligi tufayli qusur va ayblaringni yuzingga aytmaydiganlar bor. Mana shunday sabablarga ko‘ra Dovud Toi insonlardan ajrashib ketgandi-. O’zidan «Nega insonlar bilan osh-qatiq bo‘lmaysan!» - deb so‘ralganda shunday javob bergandi:

-   Menga ayb va qusurlarimni aytmaydigan insonlar bilan osh-qatiq bo‘lib nima qilaman? Dindor kishilar uchun eng sevimli narsa - boshqalarning tanbehi bilan o‘z qusur va ayblaridan voqif bo‘lmoqdir.

Qayd etilgan


Robiya  10 Mart 2009, 14:37:00

Mana, buyuklarimizning holi!.. Afsuski, bizning zamonamizda ish tersiga qarab ketdi. Ahvol shu darajaga yetdiki, endi, bizningcha, insonlarning eng yomoni bizga nasihat qiladigan, bizga,ayb va qusurlarimizni aytadigan kishilar bo‘lib qoldi. Bu, iymonimiz zaiflashganining alomatidir. Chunki yomon fe’l-atvorlar — chaqong‘ich ilonlar va chayonlardir. Agar libosimiz etagida bir chayon chaqay deb turganda, bizga birov bundan xabar bersa, albatta, unga minnatdorchilik aytamiz, sevinamiz va chayonni chertib tashlab, o‘ldirishga chog‘lanamiz. Holbuki, bu chayonning zarari badaningdadir, beradigan azobi esa bir kun, yarim kun davom etadi. Yomon axloqning qalb sofligiga beradigan zarari esa qo‘rqinchliroqdir, o‘limdan keyin abadiyan va yo minglarcha yil davom etadigan azobdan qo‘rqqulikdir. So‘ngra, biz, birov bizga qusur va ayblarimizni aytsa, bundan sevinmaymiz, bu qusur va ayblarni yo‘qotish bilan mashg‘ul bo‘lmaymiz. Aksincha, biz ham u kimsaga nasihat qilishga kirishamiz va shunday deymiz:

— Sen ham shunday-shunday qilasan. Sening ham shu qusurlaring bor.

Shu tariqa uning nasihatidan foydalanmaymiz, teskarisini qilib, u yerda adovat tug‘ilishiga sababchi bo‘lamiz. Bu hol gunohlar ko‘pligi sabab bo‘lgan qalb qashshoqligi-dandir. Aslida esa, bularning bari iymonning zaifligiga asoslanadi.
Biz Allohdan, bizni to‘g‘ri yo‘lga soluvchi ilhom ato et, deb tilanamiz. Iloyo, ayblarimizni ko‘rsatadigan basirat bersin. Bu ayblarni davolash bilan mashg‘ul bo‘lish baxtini ehson etsin. Lutfu karami bilan bizni ayb va qusurlarimizdan voqif etuvchi kishiga tashakkur etish ulug‘ligini nasib etsin!..

UChINChI YO’L. Nafsinyng qusur va ayblarini dushmanlarining tilidan o‘rganishdir. Zero, g‘azabli ko‘z qusurlarni yuzaga chiqaradi. Ehtimol, inson qusurlarini ochib tashlagan g‘arazli dushmanidan foydalanganchalik — xushomadgo‘y, uni yuziga maqtab, ayb va kamchiliklarini yashiradigan do‘stu birodaridan foydalana olmas. Holbuki, inson tabiatan va xilqatan dushmanini yolg‘onchilikda ayblashga va uning aytganlarini hasadga yo‘yishga moyildir. Lekin basiratli kishi dushmanlarining o‘zi haqidagi so‘zlaridan foydanishdan qochmaydi. Chunki, shak-shubhasiz, uning ayb va kamchiliklari dushmanlarining tiliga tushgan bo‘ladi.
TO’RTINChI YO’L. Insonlar bilan ko‘proq osh-qatiq bo‘lish, xalq orasida ko‘rgan va qoralanadigan har narsani o‘zidagi xulq atvorlar bilan solishtirishdir. Zero, mo‘min mo‘minning oynasidir. Shu tariqa boshqalarning ayb va kamchiliklari orqali o‘z ayb va kamchiliklarini ko‘rgan bo‘ladi va biladiki, inson tabiati havoyi nafsga ergashishga moyil bo‘ladi. Birovdagi qoralanadigan fe’l-atvorni ko‘rgan ikkinchi kishi o‘zini o‘zi tadqiq qilishi kerak, boshqalarda ko‘rgan bu qoralanadigan fe’l-atvor o‘zida ham bor bo‘lsa, undan poklanishi kerak. O’git ta’sir qiladigan odamga shuning o‘zi kifoyadir. Agar har inson boshqalarda ko‘rgan va o‘zini jirkantirgan yomon fe’l-atvorlarni va yomon xatti-harakatlarni tark etgan bo‘lsaydi, uning uchun tarbiyachi va nasihatchining keragi ham bo‘lmas edi.

Qayd etilgan


Robiya  10 Mart 2009, 14:38:47

Iso alayhissalomdan so‘radilar:

-   Sizni kim tarbiya qildi?

Javob berdilarki:

-   Meni hech kimsa tarbiya qilmadi. Johilning jaholatini, axloqsizning axloqsizligini qusur va ayb sifatida ko‘rdim, jaholat va axloqsizliqdan qochdim.

Bularninghammasi orif, zakiy, nafsning ayb va qusurlarini ko‘ra oladigan, shafqatli, diniy o‘git berish qo‘lidan keladigan, o‘z nafsini yomon fe’l-atvorlardan xalos etgan va Allohning bandalarining axloqini tuzatish bilan mashg‘ul bir murshidi bo‘lmaganlar uchundir. Agar kimda-kim shunday sifatlarga ega bo‘lgan bir murshid topa ol-gan bo‘lsa, u tabibini topibdi. U bu murshidga qattiqyopishsin. Murshid uni ma’naviy xastaliklar bo‘lgan yomon axlokdan qutqaradi. Falokatlar qurish ovidan sog‘-salomat olib chiqadi.

Agar aytganlarimdan ibrat olish niyating bo‘lsa, shu haqda o‘ylayotgan bo‘lsang, basirating ochiladi. Qalbning illat va xastaliklari (yomon qiliq va harakatlar) va ularni davolash yo‘llari ILM va ShUBHASIZLIK (juda aniq va qatiy suratda bilmoq) nuri bilan senga kashf bo‘ladi. Agar bunday qilishdan ojiz bo‘lsang, loaqal qabul etganingni taqlidiy yo‘l bilan tasdiq etishing va bunga iymon keltirishni orqaga surmasliging kerak. Chunki ilmning darajasi bo‘lgani kabi, iymonning ham darajasi bor. Ilm iymondan keyin hosil bo‘ladi. Ilm iymonning orqasidadir. Alloh ham buyuradiki:

Alloh sizlardan iymon keltirgan va ilm ato etilgan zotlarning daraja-martabalarini ko‘tarur. (Mujodala surasi, 11-oyat)

Kimki «Allohga olib boruvchi yo‘l — nafsoniy orzular bilan kurash olib borish» ekanligini tasdiq etsa-yu, faqat buning sababi va sirlaridan voqif bo‘lolmasa, u oyatda ma’lum qilinganlarning faqatgina «iymon keltirgan»lar qismidadir. Kimki agar nafsoniy orzularning biz ko‘rsatgan haybarakallachiligidan voqif bo‘lsa, ya’ni nafsning hiylalaridan xabardor bo‘lsa, u oyatda ma’lum qilinganlarning «ilm ato etilgan zotlar» jumlasidandir. Alloh har ikki zumraga ham jannat va’da etgan. Qur’onda, hadisda va olimlarning so‘zlarida bu borada shu taxlit iymon keltirishni zarur qilib qo‘ygan dalillar son-sanoqsizdir. Alloh marhamat qiladi:

-   Endi kim Parvardigorining (huzurida) turishidan qo‘rqqan va nafsini havoyi xohishlardan qaytargan bo‘lsa, u holda faqat jannatgina (uning uchun) joy bo‘lur. (Noziot surasi, 40-41-oyatlar)

-   Albatta, Allohning Payg‘ambari (s.a.v.) huzurida ovozlarini past qilgan zotlar - ana o‘shalar Alloh dillarini taqvo uchun imtihon qylgan zotlardir. Ular uchun mag‘firat va ulug‘ ajr-mukofot bor. (Hujurot surasi, 3-oyat)

Qayd etilgan


Robiya  10 Mart 2009, 14:40:05

Payg‘ambarimiz (s.a.v.) bildiradi:

-   Mo‘min besh balo orasidadir:
1.   Mo‘minlar unga hasad qiladi;
2.   Munofiq yovlik qiladi;
3.   Kofir hayotiga qasd etadi;
4.   Shayton yo‘ldan ozdirishga harakat qiladi;
5.   Nafs u bilan tortishadi. Rivoyatga ko‘ra, Alloh vahiy yo‘li bilan Dovud alayhissalomga shunday deb buyurdi:

— Ey Dovud, ashobingni nafsoniy orzularga ergashishdan ehtiyot qil, nafsoniy orzulardan qochsinlar. Zero, nafsoniy orzularning asiri bo‘lgan qalblarning aqllari meni ko‘ra olmaydi, aqllarini pardalab qo‘yaman.

Iso alayhissalom shunday dedi:

— O’zi ko‘rmasa ham voqe’ bo‘lishi muqarrar bo‘lgan istiqboldagi narigi dunyo uchun bu dunyoda nafsoniy orzularidan voz kechgan insonlar naqadar baxtiyor bo‘lajaklar!

Payg‘ambarimiz — Allohning salomi ustlariga yog‘ilsin - dushman bilan jangdan so‘ng qaytib kelayotgan bir guruh sahobalarga buyurdilar.

—   Marhabo sizlarga! Kichik jihoddan katta jihodga keldingiz!
Ulardan biri radi:

—   Ey Allohning Rasuli, katta jihod nima?
Rasul (s.a.v.) bildirdi:

-   NAFS bilan olishish!..

Yana Alloh Rasuli (s.a.v.) buyurdilar:

-   Mujohid - bu, Allohga itoat yo‘lida nafsi bilan jihod qilgan odamdir.

-   Nafsingdan kelayotgan azobni tashlab yubor. Allohga isyon borasida nafsingga quloq solma. Qiyomat kuni nafs senga dushmanlik qilganda, ba’zi bir a’zolaring ba’zilariga la’nat aytadi. Faqat Alloh afv etsa va himoyasiga olsa, hech vaqo sodir bo‘lmaydi.

Ba’zi buyuklarning so‘zlari: Sufyon Savriy:

-   Hech bir narsamni davolash nafsimni tarbiyalash va uni davolashchalik menga og‘ir kelmadi. Chunki u goh men taraf bo‘lar, goh menga qarshi chiqardi.

Abu Abbos Musuliy (hijriy P-Sh asrlarda yashagan mutasavvif olimlardan) o‘z nafsiga shunday derdi:

-   Ey nafs, na dunyoda hukmdorlar bilan birga ne’matlanib, kayfu safo sura olding, na-da oxirat uchun Allohning obid bandalari bilan birga jihod qila bilding! Bu ahvolda, deyman, men sen bilan jannat-jahannam orasida mahbus bo‘lsam keragov... uyalmaysanmi, ey nafsim!..

Qayd etilgan


Robiya  10 Mart 2009, 14:42:29

Hasan Basriy:

-   Eng quturgan hayvon ham pishiq qarmoq bilan ilintirishga nafsingchalik loyiq emas.

Yahyo ibn Muoz:

-   Riyozat qilichlarini sug‘urib nafsing bilan mujodala qil.
Riyozat to‘rt yo‘l bilan bo‘ladi:

1.   Oz yemoq;
2.   Oz uxlamoq;
3.   Oz gaplashmoq (luzumsiz gaplashmaslik);
4. Barcha jonlilardan keladigan iztiroblarga chidamoq. Oz yemoq nafsoniy havas va orzularni susaytiradi. Oz uxlashdan yorqin bir iroda tug‘iladi. Oz gaplashmoq, ya’ni bema’ni suhbatga vaqt sarflamaslik bilan ofat va musibatlardan omon chiqiladi.

Jonlilardan keladigan iztiroblarga chidash bilan kuzatilgan maqsad va mo‘ljallarga yetiladi. Odamzod uchun jabru jafoga duchor bo‘lgan chog‘ida halim-salim bo‘lishdek va iztiroblarga uchraganda sabr qilishdek og‘ir bir narsa yo‘q.

Nafsing havoyi istak va orzularni ishga solganda va bema’ni suhbatlardan zavq ola boshlagan paytlarda, sen ham oz yeyish, oz uxlash, unga (nafsga) tuhmat qilib beobro‘ etish va oz gaplashish qilichlarini qinidan sug‘urki, u (nafs), zulm va intiqomdan voz kechsin, Alloh o‘rtaga qo‘ygan axloq asoslarini toptamasin. Sen ham boshqa borliqlar orasida uning razilliklaridan bexatar bo‘lasan. Nafsning havoyi orzulari natijasida yuzaga kelgan zulmatni bartaraf etib, u keltirgan ofatlarning tashvishlaridan qutu-lasan. Shunday qilsang, yomon fe’l-atvorlardan poklanib, yaxshi fe’l-atvorlar bilan nurlanasan. Yuzlaringda, usti-boshingda bir nazokat, bir ruhoniyat bo‘ladi. Endi barcha yaxshiliklar sen yashagan maydonlarda aylanishadi; yo‘lboshchi ot kabi keng dalalarda toza havo olishga chiqqan hukmdor kabi bog‘u bo‘stonlarda sayr etasan, javlon urasan. Yana Yahyo ibn Muoz aytadi: — Insonning dushmani uchtadir:

1.   Dunyosi;
2.   Shaytoni;
3.   Nafsi. Nafsoniy zavqu orzudan o‘zingni tiyib DUNYodan, kurashib-kurashib ShAYTONdan, havoyi istaklarni tark etib NAFSdan saklan. Hikmat ahlidan biri:
— Nafs, kimni yengib olsa, u nafsoniy orzularining asiri bo‘ladi. Kibru havo (kerilish) o‘z zindonida mahbus qiladi. Jilovi nafsning qo‘lida bo‘lib, obdon tinkasi , quriydi..Nafsi istagan tomonga tortadi. Qalbining yaxshi a’mollarni idrok qilishiga mone’ bo‘ladi.

Ja’far ibn Homid (hijriy I-Sh asrlarda yashagan mutasavvif olimlardan):

—   Barcha olimlar va hikmat ahllari NAIM (NYe’MAT) JANNATIGA faqat nafsoniy orzu-havaslarini tark etish bilan yetajaklari to‘g‘risida fikrdosh bo‘lganlar.

Abu Yahyo Varoq (hijriy P-Sh asrlarda yashagan mutasavvif olimlardan):

—   Kim a’zolarining nafsoniy orzulariga bo‘yin egib, ularni shod etgan bo‘lsa, bu - qalbiga nadomat niholini o‘tqazgan, deganidir.

Vahob:

—   Quruq nondan nariga o‘tgan - nafsoniy orzularni hozirlagandir.

—   Dunyoda nafsoniy orzularini sevgan — xorlikka hozirlansin.

Qayd etilgan


Robiya  10 Mart 2009, 14:46:17

IMON-INFOQ

Bilki, «Allohning birligini va payg‘ambarlarning Alloh tomonidan yuborilganligini tasdiq etishdan iborat bo‘lg‘an iymonning kamoli yaxshi amallaringning ko‘pligi bilan bog‘liq. Alloh buyuradi:

—   Haqiqiy mo‘minlar faqat Alloh va Uning payg‘ambariga iymon keltirib, so‘ngra shak-shubha qilmagan va Alloh yo‘lida molu jonlari bilan kurashgan zotlardir. Ana o‘shalargina (o‘e iymonlarida) sodiq bo‘lgan zotlardir. (Hujurot surasi, 15-oyat)

—   (Yaxshi kishilar) Allohga, oxirat kunyga, farishtalarga, Kitoblarga, payg‘ambarlarga iymon keltirgan, molini — Allohni yaxshi ko‘rgan holda qarindosh-urug‘lariga, yetim-esirlarga, miskin-bechoralarga, yo‘lovchi-musofirlarga, tilanchi-gadolarga va qullarini ozod qilishga beradigan, namozni to‘kis ado qilib, zakotni beradigan, ahdlariga vafo qiladigan va, xususan, og‘ir-engil kunlarda, jangu jadal paytlarida sabr-toqat qiladigan kimsalardir. (Baqara surasi, 177-oyatning asosiy qismi)

Alloh bu yerda ahdga vafo, musibatlarga sabr qilish... kabi yigirma xislatni shart qilib o‘rtaga qo‘ygandir. So‘ng esa bildirdi:

—   Ana o‘shalar chin iymonli kishilardir. (Baqara surasi, 177-oyatning xulosa qismi) Yana Alloh j.j. marhamat qildi:

—   Alloh sizlardan iymon keltirgan va ilm ato etilgan zotlarni (baland) daraja-martabalarga ko‘tarur. (Mujodala surasi, 11-oyat)

—   Nega sizlar Alloh yo‘lida infoq-ehson qilmayapsizlar?! Holbuki, Osmonlar va Yerning vorisligi yolg‘iz Allohniki-ku! Sizlardan (Makka) fath bo‘lishidan ilgari Alloh yo‘lida infoq-ehson qilgan va urushgan kishilar (Makka fathidan keyin infoq-ehson qilgan) boshqa kishilar bilan barobar bo‘lmas. Ular keyin infoq-ehson qilgan va urushgan kishilardan ulug‘roq martabadadirlar. Ayni chog‘da Alloh barchalariga go‘zal (oqibat-jannat) va’da qilgandir. Alloh qilayotgan amallaringizdan xabardordir. (Hadid surasi, 10-oyat)

—   Ular Allohning huzurida har xil daraja-manzilatlarda bo‘lurlar. (Ol-i Imron surasi, 163-oyat)

Qayd etilgan


Robiya  10 Mart 2009, 14:47:47

Payg‘ambarimiz - Allohning salomi ustlariga yog‘ilsin — bildirdilar:

—Iymon yalang‘ochdir. Libosi taqvodir.
- Iymonning yetmishdan ortiq darvozasi bordir. Eng kichkinasi yo‘lda musulmonlarga azob beradigan narsalarni olib tashlamoqdir.

Bu hadislar iymonning kamoli yaxshi amallar bilan juda yaqin aloqada ekanligini ko‘rsatadi. Iymonning kamoli uchun kishi nifoqdan (ikkiyuzlamachilik, dinda riyokorlikdan) va xofiy (yashirin) shirkdan uzoqda bo‘lishi kerakligi masalasiga kelsak, bu borada Alloh Rasuli (s.a.v.) aytdilar:

— To‘rt narsa kimda bo‘lsa, u haqiqiy munofiqdir. Hatto u ro‘za tutayotgan, namoz o‘qiyotgan va o‘zini mo‘min hisoblayotgan bo‘lsa-da!

1.   So‘ziga yolg‘on aralashtirsa;
2.   So‘z berib so‘zida turmasa;
3.   Omonatga xiyonat qilsa;
4.   Urushib qolgan kishisining ayblarini o‘rtaga to‘kib solsa.
Abu Said Xudriy rivoyat qilgan bir hadis shundaydir: - Qalblar to‘rt turlidir:

1.   Begidir-to‘g‘ri qalb(gidirsiz qalb). Bunday qalbda kishi ko‘nglini yorituvchi bir qandil bordir. Bu qalb mo‘minning qalbidir.
2.   Maylli qalb. Bunda iymon ham bor, nifoqham!.. Bundagi iymon bir niholga o‘xshaydi: chuchuk suv uni o‘stirishi ham mumkin, quritishi ham. Nifoq esa bir chipqonga o‘xshaydi: qonli yiring bu chipqonni tuzatishi ham mumkin, battar qilishi ham. Bu maylli qalbga moddalardan (chuchuk suv, qonli yiring) qaysinisi o‘tsa, shunga qarab hukm chiqarish mumkin.

Qayd etilgan


Robiya  10 Mart 2009, 14:50:20

Alloh Rasuli (s.a.v.) shunday dedilar:

—   Bu ummatdagi munofiqlarning aksariyati qoriyu qurrolardir.

Yana bir hadisda shunday buyuriladi:

—   Mening ummatimda shirk Safo tog‘ida yurgan chumolining harakatidan ham yashirinroq - bilinmasdir.
Huzayfa - Alloh undan rozi bo‘lsin — shunday deydi:.

—   Rasululloh (s.a.v.) zamonida bir kishi bir dona so‘z aytgani sababli o‘lguncha munofiq sanalardi. Men u so‘zni sizlarning har biringizdan kunda o‘n marta eshitaman.
Bir olim shunday deydi:

-   Munofiqlikka eng yaqin kimsa o‘zining nifoqdan (ikkiyuzlamalik, dinda riyodan) uzoqdaligini aytib yuruvchi kimsadir.

Huzayfa deydiki:

—   Bugun munofiklar, Payg‘ambar (s.a.v.) zamonidagidan ko‘prokdir. Burungilar nifoqlarini ichda saqlashardi. Bugungilar ochiqdan-ochiq nifoq qilishadi. Yashirin nifoq iymonning samimiyligi va kamoliga to‘sqinlik qiladi. Munofiqlikdan qo‘rqqan odam munofiqlikdan uzoq bo‘ladi,o‘zining nifoqdan uzoqdaligini aytib yuruvchi kimsa esa munofiklikka yaqin turadi.

Hasan Basriy dedi:

—   Agar munofiqlarning gunohlari yer yuzidagi o‘simliklar singari bo‘lsaydi, oyoq bosishga joy topolmasdik.

Bir odam Hajjoj zolim(asl ismi Hajjoj ibn Yusuf as-Saqafiydir. Milodiy 661-714 yillarda yashagan, ya’ni 54 yil umr ko‘rgan. Hz. Umar zamonida amaviy valiysi, qozi va xatib bo‘lgan. Keyinchalik — xalifa Abdulmalik ibn Marvon va xalifa Valid ibn Abdulmalik davrlarida yigirma yil Iroq valiysi bo‘lgan.
Tarixchilarning bildirishicha, u bu davrda 120 ming odamni o‘limga hukm qilgan va necha yuz minglab odamlarni, shu jumladan, ayollarni ham zindonga tashlatgirgan. Shuning uchun ham Hajjoj Zolim laqabini olgandi. «Keskin irodali hukumatning juda oz kishiga zarari tegadi, lekin zaif hukumatning zarari hammaga tegadi» der edi u. Ayni chog‘da u katgagina olim, ma’rifatparvar shaxs, nafsi kamsuqum inson bo‘lganlipch ham ma’lum. Hajjojning tashabbusi bilan amalga oshirilgan muhim ishlardan biri Qur’on matnining harakatlantirilgani va o‘qilishi osonlashtirilganidir. U vafot etganda, undan birgina Qur’oni Karim, shaxsiy qurol-aslahasi va bir-ikki yuz dirham pulidan boshqa hech nima qolmaganligi bilingan)ni yomonlay boshlagandi, Hz. Umarning o‘g‘li — Alloh ulardan rozi bo‘lsin, - uning gapini eshitib bo‘lib, shunday dedi:

-   Agar Hajjoj bu yerda gaplaringni eshitib turgan bo‘lsa ham shu aytganlaringni aytaverarmiding?

-   Io‘q! - dedi u odam.

Hz. Umarning o‘g‘li:

—   Biz Rasululloh (s.a.v.) zamonida bunday holni munofiqlik deb baholardik, - dedi.

Qayd etilgan


Robiya  10 Mart 2009, 14:52:36

Alloh Rasuli (s.a.v.) buyurdilarki:

-   Kim dunyoda ikki xil so‘zlagan bo‘lsa, Alloh oxiratda uning tilini ikkita qiladi.

—   Insonlar ichida eng ko‘p gunohga botgani — birovga bir xil, boshqa birovga ikkinchi xil so‘zlab yurgan munofiklardir.

Hasan Basriydan: «Ba’zi bir insonlar, biz nifoqdan qo‘rqmaymiz, deyishadi. Siz shunga qanday qaraysiz?» - deb so‘radilar. U shunday deb javob berdi:

-   Allohga qasamki, nifokdan chetda ekanligimga aminligim — men uchun tarnovdan yerga oltin tushishidan afzalroqdir.

Yana Hasan Basriy shunday deydi:

—   Suhbatlarda va qalblarda, sir tutishlar va oshkoralik o‘rtasida farqlar nifoqdandir. (So‘zlashganda gapning hammasini aytmaslik, yurakda sir saqlash, samimiyat va; oshkoralikdagi farqlar nifoqdan kelib chiqadi).
Bir odam Alloh rozi bo‘lgur Huzayfaga:

—   Men munofiq bo‘lishdan qo‘rqaman, - dedi.
Huzayfa javob berdi:

—   Agar sen munofiq bo‘lsang, nifoqdan qo‘rqmasding. Munofiq o‘zida nifoq yo‘qligiga ishonadi.

Ibn Abi Mulayka (so‘nggi sahobalardan. To‘liq ismi Abdulloh ibn Ubaydulloh ibn Abi Mulakadir. Vafoti h. 117 y) deydiki:

—   Men sahobalardan yuz o‘ttiz kishi bilan tanishishga muyassar bo‘ldim. Ularning hammasi ham nifoqdan qo‘rqardilar.

Qayd etilgan