Imom G'azzoliy. Mukoshafatul qulub  ( 342275 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 34 35 36 37 38 39 40 41 42 43 44 ... 49 B


Robiya  10 Mart 2009, 15:15:16

Anas ibn Malik - Alloh undan rozi bo‘lsin — rivoyat qiladi:
Alloh Rasuli (s.a.v.) bildirdilar:

-   Shaytonning burni odamzodning qalbi ustidadir. Agar kishi Allohni zikr etsa, shayton sinadi. Agar Allohni unutsa, shayton uning qalbini, albatta, qo‘lga oladi.

—   Shayton odamzodning qon aylanadigan tomir yo‘llarida kezib yuradi. U kezib yuradigan yo‘llarni ochlik qilish orqali tiqib-to‘sib tashlash mumkin.

Hadisning sharhi quyidagicha:

—   Ochlik nafsoniy orzularni sindiradi. Shaytonning yo‘llari esa nafsoniy istak va orzulardir. Nafsoniy orzular qalb atrofini o‘rab olishi — bu yerda shayton ish ko‘rayotganini bildiradi. Shuni nazarda tutib, Alloh bildirdiki:
-   U (Iblis) aygdi: «Qasamki, endi meni yo‘ldan ozdirganing sababli mudom Sening to‘g‘ri yo‘ling ustida ularni (Odam bolalarini) kutib o‘tirurman. So‘ngra ularga oldilaridan va ortlaridan, o‘ngu so‘llaridan kelib (To‘g‘ri Yo‘ldan ozdirurman) va (oqibatda) ularning ko‘plarini (bergan ne’matlaringga) shukr qilgan hollarida topmaysan» (A’rof surasi, 16-17-oyatlar)

Alloh Rasuli (s.a.v.) shunday dedilar:

—   Shayton ko‘p jihatdan odamzodga qarshi chiqadi:
Boshqa dindan Islomga o‘tayotganda ichiga g‘ulg‘ula solib deydiki:

—   Eski diningni va ota-bobolaring e’tiqodini tark etib musulmon bo‘layotirsanmi?

U shaytonga quloq solmay, musulmon bo‘ladi.   

So‘ngra shayton hijrat yo‘lida qarshisidan chiqib, deydiki:

—   Yering-yurtingni tashlab, hijratga ketasanmi? U yana shaytonga quloq solmaydi. Hijratga ketadi. So‘ngra jihod yo‘lida qarshisidan chiqib, derki:

—   Jihod qilyapsanmi? Bu sendan molingni va joningni talab qiladi. Sen boshqalarni o‘ldirasan, boshqalar seni o‘ldirishadi. So‘ng boshqalar xotiningni oladi. Molingni taqsim qilishadi.

Lekin musulmon bunga ham o‘zini oldirmaydi, jihod qiladi.
Alloh Rasuli keyinroq buyurdilarki:

—   Kim bu bosqichlarning hammasidan o‘tsa, Alloh uni jannatga qo‘yishi muhaqqaqdir.

Qayd etilgan


Robiya  10 Mart 2009, 15:17:04

MUHABBAT BILAN NAFSNING HISOB-KITOBI

Sufyon Savriy shunday deydi:

—   Muhabbat — Allohning Rasuli(s.a.v.)ga ergashmoqdir.
Muhabbatni ta’riflovchi boshqa ba’zi so‘zlar:

—   Muhabbat — Allohni doim yodda tutishdir (yoki: Allohni xech qachon unutmaslikdir).

—   Muhabbat — Allohga bo‘lgan sevgini hammasidan afzal bilmokdir.

Bu ta’riflarning barchasi muhabbatning samarasiga ishoradir. Vale muhabbatning ta’rifi emas.

Junayd Bag‘dodiy deydiki:

—   Alloh yomonlikni ko‘zlagan kishiga muhabbatni harom qildi.

—   Har muhabbat bir narsaning javobidir. U narsa zoil qilinganda muhabbat ham zoil bo‘ladi.

Ey ulug‘ va karam sohibi bo‘lgan Alloh! Senga bo‘lgan muhabbatimiz qalbimizning to‘rida, Ey qaboqlarimdan uyquni qochirgan Alloh! Sen mening boshimga kelgan har narsadan boxabarsan.

Robia-i Adviyya bir kun shunday dedi:

—   Bizni sevgilimizga kim yetkazadi?

Cho‘risi unga shu javobni berdi:

—   Sevgilimiz o‘zimiz bilan birga. Lekin dunyo bizni undan ayirdi.

Ibn Jalo (hijriy I va III asrlar orasida o‘tgan mutasavvif olimlardan) derki:

Alloh Muso alayhissalomga shunday vahiy qildi:

-   Men bandaning qalbiga qarayman. Agar uni hech qanday sevgi bilan to‘lmagan holda topsam, o‘z sevgim bilan to‘ldiraman va uni ehtiyotlab, o‘zimga do‘st qilib olaman.
Ibrohim ibn Adham shunday duo o‘qir edi:

-   Ey Rabbim, menga ikrom yuzasidan ato etgan muhabbating, zikring bilan menga ko‘rsatgan yaqinliging, beqiyos buyukligingni anglay olishim uchun bergan fursatingni jannat bilan qiyos qilsam, jannating mening oldimda bir oddiy pashsha qanotichalik ham qimmatga ega emas.

Qayd etilgan


Robiya  10 Mart 2009, 15:19:53

Sirriy (Sirriy Saqotiy (550-izohga qarang).) deydiki:

— Allohni sevgan yashaydi. Dunyoni sevgan mo‘ljalga yetolmaydi. Ahmoq hayotini bekor o‘tkazadi. Oqil esa, o‘z ayb va nuqsonlarini topgan yo topmaganligini tadqiq etadi.
NAFSNING HISOB-KITOBI: Alloh insonga nafs hisob-kitobini (o‘z-o‘ziga hisob berishni) amr etgandir.

Alloh buyuradi:
Ey mo‘minlar, Achlohdan qo‘rqinglar va (har bir) jon erta (qiyomat quni) uchun nimani taqdim etganiga qarasin! Allohdan qo‘rqinglar! Albatta, Alloh qilayotgan amallaringizdan xabardordir. (Hashr surasi, 18-oyat)

Bu oyat nafsning qilgan amallari uchun hisob-kitobga tortilajagiga ishora qilayotir. Shuning uchun ham Hazrat Umar deydiki:

— Hisob-kitobga tortilmasdan oldin o‘zingiz nafsingiz bilan hisoblashing. Amallaringiz taroziga solinmasdan burun ularni o‘zingiz tortib ko‘ring.

Payg‘ambarimiz (s.a.v.) huzuriga bir odam keldi va: «Ey Allohning Rasuli, menga nasihat qiling!» - dedi. Rasululloh (s.a.v.): «Nasihat istaysanmi?» - dedilar. U odam: «Ha!» - dedi. Rasul (s.a.v.) buyurdilarki:

—   Qilayotgan ishingning yakuni haqida o‘yla. Agar foydali bo‘lsa, davom ettir. Oxiri qandayligi qorong‘i bo‘lsa, tark et.
Aytadilarki:

—   Kishi kuniga bir mahal o‘z nafsini tergab qo‘yishi kerak.
Alloh shunday buyurdi:

—   Barchalaringiz Allohga tavba qiling, ey mo‘minlar!Shoyadki (shunda) najot topsangizlar. (Nur surasi, 31-oyat)

Tavba «yomon fe’l-atvor bilan qilingan ishdan afsus-nadomat qilmoq» demaqdir, Payg‘ambarimiz (s.a.v.) marhamat qildilarki:

—   Men kunda yuz marta Allohga tavba va istig‘for qilaman.

Alloh buyurdi:
—   Taqvo qilguvchi zotlarni qachon shayton tomonidan biron vasvasa ushlasa, (Allohni) eslaydilar, bas (To‘g‘ri Yo‘lni) ko‘ra boshlaydilar. (A’rof surasi, 201-oyat)
Ba’zi buyuklarning so‘zlari:

—Hz. Umar kech bo‘lganda oyoqlarini yerga urar va nafsiga: «Bugun nima qilding?» der edi.

Qayd etilgan


Robiya  10 Mart 2009, 15:28:30

Maymun ibn Mihron (mashhur tobein. Tasavvuf olimlaridan; to‘liq ismi Abu Ayyub Maymun ibn Mihrondir. Kufada tug‘ilgan. Al-Jazirada yashagan. Vafoti h. 117 y. (80 yoshida)):

—   Kishi sherikchilik bilan ish qilayotganda sherigini tergaganga nisbatan o‘z nafsini qattiqroq tergamaguncha taqvodorlar qatorida bo‘lolmaydi.

Hasan Basriy:

—   Mo‘min degan o‘z nafsining hokimi bo‘lmog‘i kerak. U nafsini Alloh uchun hisob berdiradi. Dunyoda nafs bilan hisob-kitob qilganlarning oxiratdagi hisob-kitobi osonroq o‘tadi. Nafs bilan hisob-kitob qilmay, umrini tugatganlar qiyomat kuni hisob berganda mushkul ahvolda bo‘ladilar.Hasan Basriy nafs hisob-kitobini shunday izohlaydi:
1.   Yomon amal qilishdan oldin: Mo‘min o‘zi bexabar, kutilmaganda, noxush bir ish bilan yuzma-yuz kelib qolganda, shunday fikr qiladi:
—   Bu ish mendagi sog‘lom aqlga to‘g‘ri kelmayapti. Voqea ta’sirida shu ishni qilishga ehtiyoj sezyapman. Lekin noma’qul va noshar’iy bu amalni qilmayman.
2.   Yomon amal qilib qo‘ygandan keyin: Mo‘min qanday tarzda yuz berganligidan qat’i nazar, gunoh bir ish qilib qo‘ysa, nafsiga murojaat qilib, shunday deydi:

— Nima niyat bilan shu ishni qilding? Qasam ichib aytamanki, shu amal tufayli men aslo ma’zur tutilmayman. Alloh haqqi uchun, xudo xohlasa, endi bunday gunoh ish qilmayman.

Qayd etilgan


Robiya  10 Mart 2009, 15:33:15

Anas ibn Molik — Alloh undan rozi bo‘lsin — hikoya qiladi:   

-   Bir kun Hz. Umar tashqari chiqqan ekanlar, men ham chiqqandim. U kishi bir hovliga kirdilar. Oramizda bir devor bor edi. Xalifa Umar u yerda o‘z-o‘ziga shunday dedilar:

-   Xattob o‘g‘li Umar!.. Mo‘minlarning amiri!.. Yaxshi, yaxshi!.. Allohga qasam ichib aytamanki yo sen Allohdan qo‘rq, yo seni Alloh jazolagay!..

—   «Men malomatgo‘y nafsga qasam ichurmanki, (hech shak-shubhasiz, qayta tirilib, hisob-kitob qilinursizlar)» (Qiyomat surasi, 2-oyat) mazmunidagi oyat uzra to‘xtalib, Hasan Basriy derki: —Mo‘min har doim o‘z yeganlari, ichganlari va so‘zlaganlari borasida nafsi bilan hisob-kitob qilib boradi, bu ishni hech orqaga tashlamaydi. Fojir (buzuq, gunoh qilishdan toymaydigan kishi) esa, umri tugab bitsa ham, biron marta bo‘lsin, nafsi bilan hisob-kitob qilmaydi.
Molik ibn Dinor:

—   Allohning rahmati nasib aylasin shunday kishilargaki, ular o‘z nafslariga shunday derlar:

—   Sen shunday yomon fe’lli, yomon amalli emasding-ku?! Shunday degandan so‘ng nafslarini tizginlab, yuzini o‘girib olib, uni Allohning kitobi - Qur’onning axloq asoslariga boglaydilar. Shu tariqa, Qur’onning axloq asoslari ular uchun «qanoatlanarli» bo‘ladi.

Ibrohim Tamimiy hikoya qiladi:

-   Jannatda nafsim mening vakilim qilindi. Jannat mevalaridan yeb, darryolaridan suv ichib, boshqa ne’matlaridan bahramand bo‘lib zavqlanardim. So‘ngra, birdan nafsim jahannamda vakilim qilindi! Zaqqumlaridan yeb, yiringli suvlaridan ichib, zanjiru kishanlarda jazoyimni olayotgan edim. Nafsimdan: «Qalaysan endi? Biron xohishing bormi yana?» deb so‘radim. «Qani endi, dunyoga takror qaytarilsamu, solih amallar qilayotgan bo‘lsam!» - dedi. Men esa unga: «Seni panohiga oluvchi bor, modomiki yaxshi xayolda ekansan, noumid bo‘lib yotma, darhol solih amalga kirish!» - dedim.

Molik ibn Dinor hikoya qiladi:

Hajjoj Zolimni eshitdim, xutba o‘qiyotganda shunday dedi:
-   Hisob-kitobi boshqalar qo‘liga o‘tib ketmasdan burun o‘zi nafsi bilan hisob-kitob qilganlarga Allohning rahmati nasib etsin. Allohning rahmati nasib etsin yana u kimsagaki, amallarining tizginini qo‘lga olib, kimni xursand qilish uchun ishlayotganini nazorat qilsa... Tosh-tarozini kuzatib turgan kishilarga Allohning rahmati nasib etsin.

Hajjoj shunday davom etardi. Uning so‘zlari meni yig‘latdi.

Qayd etilgan


Robiya  10 Mart 2009, 15:35:25

HAQ BILAN BOTILNI ARALAShTIRMOQ
(To‘g‘ri bilan buzuqni, harom bilan halolni farqlamaslik)

Ibn Yasor (akobir yetti tobeindan biri, to‘liq ismi Abu Ayyub Sulaymon ibn Yasor al-Hiloliydir. Vafoti h. 104 y) rivoyat qiladi: Alloh Rasuli (s.a.v.) aytdilar:

-   Insonlar shunday zamonlarga yetib boradilarki, u paytlarda badanlarni yopib turadigan liboslar qanday eskirib, chirigani singari insonlar qalbida ham Qur’on shu tarzda eskirib, chiriydi. Allohdan qo‘rqmaydigan bu insonlarning butun xatti-harakatlari birgina narsa — tama’ga qaratilgan bo‘ladi. Bir odam bir yaxshilik qilib qolsa: «Bu yaxshilikni men qildim, bu —maqbul bo‘lishi turgan gap!» deb keriladi. Yomonlik qilsa (gunoh ish qilsa), «Alloh meni afv etadi!» - deyaveradi. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) bu hadisda, insonlar Qur’onning qo‘rqituvchi oyatlarini va undagi boshqa jihatlarni bilmaganlari uchun, qalblarini Alloh qo‘rquvi o‘rniga tama’ egallashini xabar qilganlar. Bu fikr nasroniylar to‘g‘risida Qur’onda shunday xabar qilingandir:

 — Ulardan so‘ng Kitobga (Tavrotga) merosxo‘r bo‘lgan bir avlod keladiki (ya’ni nasroniylar keladiki), ular bu tuban dunyo narsalarini (halol, haromligiga qaramay) oladilar va: «Albatta bizlar mag‘firat qilinurmiz», - deydilar. Holbuki, agar yana o‘shanga o‘xshagan narsa kelib qolsa, uni ham olaveradilar. Axir ulardan oldingi kitobda (Tavrotda) Alloh sha’niga faqat haqni aytishlari borasida ahd-paymon olinmaganmidi? Undagi oyatlarni o‘qib o‘rgangan edilarku! (A’rof surasi, 169-oyat)

—   Parvardigori (huzurida) turishidan qo‘rqqan kishi uchun ikki jannat bordir. (Rahmon surasi, 46-oyat)

—   Bu mening huzurimda turishdan qo‘rquvchi va Mening va’damdan xavf qilguvchi kishilar uchundir. (Ibrohim surasi, 14-oyat)

Qur’on boshidan oxirigacha ana shunday hushyorlikka chaqiruvchi va qo‘rqituvchi oyatlar bilan to‘la. Qur’onga iymon keltirgan va undagi oyatlarning mag‘zini chaqqan biron bir mutafakkir yo‘qki, uzundan-uzoq xayollarga tolib, ma’yus tortmagan bo‘lsa, beadad dahshatga tushmagan bo‘lsa... Insonlar Qur’on borasida har xil bo‘lar-bo‘lmas gaplarni aytadilar. Qur’on o‘qirkan, harflarni (tovushlarni) maxrajlaridan (og‘iz bilan bo‘g‘izning turli joylaridan) chiqarishga alohida e’tibor beradilar. Ustun (zabar)ga, asra’ga o‘tra’ga ko‘proq diqqat qiladilar. U muhtaram bechoralar go‘yo arab she’riyatining eng go‘zal bir namunasini o‘qiyotganday o‘qiydilar. Ma’nosini o‘ylash, unga amal qilish masalasi go‘yo ularga hech aloqasiz bir gapday. Dunyoda bundan ham ortiq chalg‘ish bo‘ladimi?

Qayd etilgan


Robiya  10 Mart 2009, 15:36:34

Ularning ichida o‘zgaruvchan yana bir toifa bor. Bu toifa ibodat ham qiladi, gunoh ham qilaveradi!.. Faqat gunohlari ibodatlaridan ko‘proq. Lekin ular mag‘firatni kutadilar va yaxshi amallari ustunroq deb topilishiga ishonadilar. Holbuki, tarozining gunoxlar pallasidagi yuklari ko‘proq. Bunday tarozining gunohlar pallasidagi yuklari ko‘proq bo‘lgani hodda, mag‘firat kutib, yaxshi amallar (savoblar) pallasining og‘ir bosishiga ishonmoq jaholatning so‘ngti parda-sidir. Masalan, bu toifa insonlardan birini olaylik. Bu kishi halol va harom foydalarining yig‘indisida bunyod bo‘lgan davlatidan bir necha chaqasini, boring ana, tangasi yo dinorini sadaqaga berib, savob istaydi. Holbuki, boshqa tomondan, uning musulmonlardan qo‘lga kiritgan foydalari va shubhali boyliklari, bergan ana shu chaqalaridan benihoya ortiq. Ehtimolki, sadaqa tarzida bergan ana shu pullari butunlay boshqalarning haqidir, ya’ni g‘ayriqonuniy boylikdir. U sadaqa qilib bergan shu bir necha chaqasiga ishonadi va haromdan topilgan minglab dinorga javoban, harom va halol foydadan o‘n dinor bersa, bu o‘n dinorlik sadaqa ming dinorlik harom foydaning gunohini yuvib yuboradi, deb hisoblaydi. Bu tarozining bir pallasiga o‘n misqol, boshqa pallasiga esa yuz misqol yuk qo‘yib, og‘ir pallani yengil palla darajasiga keltirmoqchi bo‘lgan kishiningholiga o‘xshaydi. Bu hol u kimsa jaholatning eng baland cho‘qqisida ekanligini ko‘rsatadi, xolos.

Qayd etilgan


Robiya  10 Mart 2009, 15:39:17

Haq bilan botilni aralashtirgan ba’zi bir guruhlar savoblari gunohlaridan ko‘proq deb o‘ylaydilar. Bular nafs bilan hisob-kitob qilmaydigan kimsalardir. Ular gunoh-larini nazorat ostida tutmaydilar. Ammo biron savob ish qilsalar bormi, buni daftarlariga hech o‘chmaydigan qilib yozib qo‘yadilar. Lekin qilgan gunohlari hech daftarga tushirilmaydi. Masalan, tili bilan Allohga istig‘for qiladi yoxud kunda yuz karra Allohni tasbih etadi, shundan keyin esa musulmonlar to‘g‘risida g‘iybat qiladi. Tili bilan ularning or-nomuslarini parchalaydi (or-nomuslariga dog‘ tushiradi). Butun kun bo‘yi hech uyalmay-qo‘rqmay Alloh rozi bo‘lmaydigan bema’ni so‘zlarni ishlatadi. Ishlatsa ishlatibdi, xo‘sh, nima bo‘pti? «Astag‘firulloh»ni unutgani yo‘q-ku?! Kunda yuz marta takrorlasa, qutulib ketishiga ishonadi. Holbuki, kun bo‘yi bema’ni so‘zlarni undan ham ko‘proq ishlatganidan xabari ham yo‘q. Agar bu bema’ni so‘zlari ham yozilib borgan bo‘lsaydi, aytgan tasbihlari va qilgan istig‘forlari yuzta bo‘lsa, bular mingtaligini ko‘rardi. Vaholanki, uning barcha bema’ni so‘zlarini «Yozuvchi farishtalar» qayd qilib qo‘yishgan. Alloh esa har kufr kalimaga javoban bir jazo va’da qilgan. Mana uning buyurgani:

U biron so‘zni talaffuz qilmas, magar (talaffuz qilsa) uning oldida hoziru nozir bo‘lgan bir kuzatuvchi (farishta) u so‘zni yozib olur. (Qof surasi, 18-oyat)

Qayd etilgan


Robiya  10 Mart 2009, 15:44:07

Lekin u Allohga qilgan «Tasbih va tahlil»larining fazilatlari va savoblarini hech qachon xayolidan qochirmaydi. G’iybatchilarga, yolg‘onchilarga, tuhmatchilarga, ikki yuzli munofiqlarga... beriladigan jazolarga hech e’tibor bermaydi. Bu hol, to‘la aldanishdir. Agar u kishining kufr so‘zlarini yozib boruvchi malaklar o‘z kotiblik vazifalarining maoshini undan so‘rashsaydi, turgan gapki, u kishi tilini bun-day kufr so‘zlardan tiyib yurgan bo‘lardi. Hattoki, kotiblik xarji ko‘payib ketmasin deb, bir qancha muhim majlislardan ham voz kechar, majburiy majlislarda bekorchi gaplarni eshitib, siqilib ketardi. Shunaqa, u bechoralar kotiblik xarajatlari oshib ketmasin, deb bunday zaruriy majlislarda siqilib ketsalar ham Alloh taqiqtagan kufr so‘zlardan qochmaydilar. Firdavs jannatini va ne’matlarini qo‘ldan chiqarmaslik uchun kundalik hayotda va suhbat-larda tilga ehtiyot bo‘lib so‘zlashga harakat qilmaydilar. Bu hol, tushunganlar nazarida, aslida katta bir baxtsizlikdir. Bu hol bizni shunday hukm chiqarishga boshlaydi:
— Agar Qur’onga shubhamiz bo‘lsa, iymonsizlardanmiz. Yo‘q, tasdiq eta turib shunday qilayotgan bo‘lsak, ahmoq mag‘rurlardan. Va har ikki holda ham, qilayotgan ishimiz Qur’on hukmlarini tasdiq va qabul qilgan odamlarning ishi emas.

Yo Alloh, bizni iymonsizlar safida bo‘lishdan o‘zing asra!..


Qayd etilgan


Robiya  10 Mart 2009, 15:46:02

JAMOAT BILAN BIRGA NAMOZ O’QIShNING FAZILATI

Payg‘ambarimiz — Allohning salomi ustlariga yog‘ilsin — buyurdilar:
—   Jamoat bilan o‘qilgan namoz, yolg‘iz o‘qilgan namozdan yigirma yetti baravar fazilatliroqdir.

Abu Hurayra rivoyat qiladi:

—   Bir daf’a talaygina kishilar jamoat bilan o‘qiladigan namozga kelmagan edilar. Rasululloh (s.a.v.) dedilarki:
—   Bir ora - namoz o‘qitishni biron kishiga qoldirsam-u, borib namozga kelmaganlarning uylarini boshlariga yiqsammikin deb o‘yladim.

Hz. Usmon — Alloh undan rozi bo‘lsin — aytadi:

—   Kim xufton namozini jamoat bilan o‘qisa, u kechaning yarmini ibodat bilan o‘tkazgan bo‘ladi. Kim bomdod namozini jamoat bilan o‘qisa, u butun tun bo‘yi ibodat qilgan bo‘ladi.
Rasululloh (s.a.v.) marhamat qildilar:

—   Kim namozni jamoat bilan o‘qisa, ko‘ksini ibodatga to‘ldirganidir.

Ba’zi buyuklarimizning tarzlari va so‘zlari: Hasan Basriy:
—   Olimlar bilan hamdard bo‘lmagan kishining orqasida namoz o‘qimayman.

Nahoyi:
—   Yetarli ilmi bo‘lmagani holda odamlarga imomlik qilgan kimsaning holi dengizda girdobga tushgan kishining holiga o‘xshaydi va qay biri ustunu qay biri tubanligini ayirish qiyin.

Ibn Abbos (Alloh undan rozi bo‘lsin):

—   Kim azonni eshitib turib, ijobat qilmasa, demak, u yaxshilikni murod qilmaydi va yaxshilik ham unga yaqin yo‘lamaydi.

Abu Hurayra (Alloh undan rozi bo‘lsin):

—   Odamzodning qulog‘iga eritilgan qalay quyilgani —azonni eshitib unga ijobat qilmaganidan yaxshiroqdir.

Maymun ibn Mahron jamoat bilan namoz o‘qish uchun jomega borgan edi. Unga har kim har xil maqsad bilan tar-qalib ketganini aytishdi. Maymun shunday dedi:

—   Biz Alloh uchunmiz va Allohga qaytamiz. Jamoat bilan o‘qilgan namoz men uchun Iroq viloyatiga borib kelishdan ham yoqimliroq.

Alloh Rasuli (s.a.v.) bildirdilarki:

—   Kim, takbir boshlanishiga ham yetib borib qirq kun jamoat bilan birga namoz o‘qisa, Alloh uning uchun ikki bedaxllik yozadi: bir bedaxllik nifoqdan, ikkinchisi jahannamdandir.

Derlarki:

—   Qiyomat kuni bo‘lganda bir guruh insonlar yuzlari porloq yulduzday hodda hashr etiladilar (to‘planadilar).

Malaklar ulardan:

—   Dunyoda qanday amallar qilgandinglar? - deb so‘raydi.
Ular javob beradilar:

—   Biz azonni eshitgan zahoti tahorat olardik. Bu paytda boshqa biron mashg‘ulotimiz bo‘lmas edi.
So‘ngra, yuzlari to‘lin oyday yorug‘ bo‘lgan bir guruh insonlar ham keladilar. Malaklar so‘rashadi:

—   Amallaringiz nimalar edi?

—   Vaqt kirmasdan oldin tahorat olardik! — deb javob beradi ular.

Keyin yana bir guruh insonlar keladi. Yuzlari quyoshday porlaydi.

—   Amallaringiz nimalar edi? — Malaklar yana o‘sha savolni beradi.

Ular javob beradilar:   

—   Azonni jomeda eshitardik!

Qayd etilgan