Imom G'azzoliy. Mukoshafatul qulub  ( 342379 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 36 37 38 39 40 41 42 43 44 45 46 ... 49 B


Robiya  14 Mart 2009, 14:43:35

Bir kun Hasan Basriy qahqahlab kulayotgan bir yigitga duch keldi. Unga dediki:
—   Hey o‘g‘il, Sirot ko‘prigidan o‘tdingmi, deyman?
Yigit:
-   Yo‘q! - dedi.
Hasan Basriy:
-   Jannatga kirasan deb birov qo‘lingga hujjat berdimi?
Yigit:
-   Yo‘q! Hasan Basriy:
-   Bo‘lmasa nega kulasan, iching teringga sig‘may?!
Bu hodisadan keyin bu yigitning ortiqcha kulganini ko‘rmadilar.

Ibn Abbos shunday deydi:

-   Gunohlari ko‘p bo‘la turib, kulgan odam, yig‘lab jahannamga kiradi.

Alloh yig‘lay biladigan kishilarni ulug‘lab, buyurdiki:

-   Ular yig‘lagan ko‘yi yuzlarini yerga qo‘yib sajda qilurlar va bu ularning ko‘pchiligidagi ehtiromni orttirur. (Al-Isro surasi, 109-oyat)

-   Nomai a’moli o‘rtaga qo‘yilur. Bas, gunohkorlar undagi narsalardan dahshatga tushib: «Bizlarga halokat bo‘lg‘ay, bu qandoq kitobki, na kichik va na katta (gunohni) qoldirmay, barchasini hisoblab bitib qo‘yibdi», deyishlarini ko‘rursiz. Ular qilib o‘tgan barcha amallarini hoziru nozir holda topurlar. Parvardigoringiz hech kimga zulm qilmas. (Kahf surasi, 49-oyat)

Avzoiy, bu oyatdagi «kichik, katta» so‘zlari «tabassum va qahqaha»ni bildiradi, deydi.

Rasululloh (s.a.v.) bildirdilarki: — Qiyomat kuni har bir ko‘zning yig‘lashi muqarrardir, bulardan faqatgina uch ko‘z mustasno. Bular:
1   - Allohdan qo‘rqib yig‘lagan ko‘z,
2   - Alloh harom qilgan narsalarni ko‘rganda yumilgan ko‘z,
3   - Alloh yo‘lida, Alloh uchun uxlamay, ochiq yotgan ko‘z.
Deydilarki:

Uch narsa qalbni g‘am-g‘ussa bilan to‘ldiradi:
1   - Taajjubli bo‘lmagan narsadan kulmoq,
2   - Ochiqmasdan ovqat yemoq,
3   - Keraksiz yerda so‘z sarflamoq.
Payg‘ambarimiz (s.a.v.) duch kelgan libosini kiyib ketaverar, hech qachon kiyimlari ichidan a’losini izlab o‘tirmasdilar. Yashil rangdan xushlanardilar. Aksariyat kiygan liboslari oq bo‘lardi. Bu borada o‘zlari shunday der edilar.
-   Tiriklarga oq libos kiydiringiz. O’liklarni esa oq kafan bilan kafanlangiz.

Rasul alayhissalomning bir ipak choponlari bor edi. O’shani kiyardilar. Har engil (ya’ni kiyim) kiyganda o‘ng tarafdan kiyinishni boshlar va shunday duo o‘qirdilar.
-   Shu kiyim bilan avrat joylarimni o‘radim va insonlar orasida go‘zallashdim, libosni menga kiygazgan Allohga hamd bo‘lsin!

Engilni yechishda so‘l tarafdan yecha boshlardilar. Yangi bir kiyim olsalar, avvalgi kiyimlarini biror yo‘qsulga berar, so‘ngra shunday derdilar:
-   Agar bir musulmon avvalgi kiyimi bilan Alloh rizosi uchun bir musulmonni kiyintirsa, ul kimsa hayotligida ham, o‘lgandan keyin ham Allohning hifzi-himoyasida bo‘lmay qolmaydi.

Rasululloh (s.a.v.) bir bo‘yra ustida yotardilar. Ostlarida boshqa bir narsa bo‘lmas edi.

Qayd etilgan


Robiya  14 Mart 2009, 14:44:25

QUR’ONNING, ILMNING VA OLIMLARNING FAZILATI

Qur’onning fazilati:

Payg‘ambarimiz — Allohning salomi ustlariga yog‘ilsin - dedilar:
-   Kim QUR’ON TILOVAT QILSA-Yu, so‘ngra o‘zi noil bo‘lgan narsadan fazilatliroq bir narsaga kimdir birov noil bo‘ldi, deb o‘ylasa, u Allohning qudratini kamsitgan bo‘ladi.
-   Alloh nazdida — daraja jihatidan - QUR’ONDAN yaxshiroq shafoatchi yo‘q.
-   Ummatimning eng yaxshi ibodati QUR’ON O’QIMOQ (uning asoslariga amal qilmoq)dir.
-   Sizlarning orangizda QUR’ONNI O’RGANUVChI VA O’RGATUVChILAR eng yaxshi kishilardir.
-   Temir zanglagani kabi qalblar ham zanglaydi!
So‘radilar:
-   Ey Allohning Rasuli, qalblarning zangini ketkazuvchi narsa nima?
Javob berdilar:
-   QUR’ONNI O’QIMOQ va o‘limni xotirlamoq.


Fuzayl ibn I’yoz deydiki:
-   Qur’on hofizi (qori) islomning bayroqdoridir. Uning Qur’oniing haqqiga hurmat yuzasidan — o‘ynaganlar bilan o‘ynashi, g‘ofillar qatorida g‘ofil bo‘lishi va hamma surbetlarday surbet bo‘lishi to‘g‘ri emas.
-   Kim erta bilan «HAShR» SURAsining so‘nggi qismlarini o‘qisa va shu kuni vafot etsa, uning o‘limi «ShAHIDLAR MUHRI» bilan muhrlanadi. Kim kechqurun yotish oldidan bu suraning so‘nggi qismlarini o‘qisa va shu kecha vafot etsa, uning o‘limi «ShAHIDLAR MUHRI» bilan muhrlanadi.
ILMNING va OLIMLARNING FAZILATI:
—   Bu mavzuda aytilgan hadislar juda ko‘p. Jumladan, bir nechasini qayd etaylik.

Alloh Rasuli (s.a.v.) bildirdilar:
—   Alloh kimga xayr tilasa, uni dinning faqihi qiladi va unga komillik ato etadi.
—   Olimlar payg‘ambarlarning vorislaridir. Har birimizga ma’lumki, payg‘ambarlyak rutbasidan ustun rutba va bu rutbaga voris bo‘lish sharafidan ustun sharaf yo‘q
—   Insonlarning eng fazilatlisi OLIMLARDIR. Ular jamiyatda biron narsaga ehtiyoj tug‘ilsa, bularni qondirishda foyda keltiradilar, ehtiyoj bo‘lmaganda ham ruhingizni boyitadilar.
—   Payg‘ambarlik darajasiga eng yaqin bo‘lgan insonlar OLIMLAR va MUJOHIDLARDIR. Olimlar payg‘ambarlar xabar qilgan diniy asoslarni insonlarga o‘rgatish borasida yo‘lboshchilik qiladilar. Mujohidlar payg‘ambarlar xabar qilgan diniy ruknlarni asrash uchun qilichlari bilan jihod qiladilar.
—   Butun bir qavmning o‘limi bir olimning o‘limidan kichikroq narsadir.
-   Qiyomat kuni OLIMLARNING SIYoHI shahidlarning qoni bilan tortiladi.
—   Olim oxiri jannati bo‘lmaguncha (to jannatga borib tushmaguncha) ilmga to‘ymaydi.

-   Ummatim ikki narsadan halok bo‘lishi mumkin:
1. ILMNI TARK ETIShDAN.
2. MOL YIG’IShDAN.
-   Yo OLIM BO’L, yo ilm o‘rganuvchi, yo tinglovchi, yo ilmni sevuvchi! Beshinchisi bo‘lma — mahv bo‘lursan!..
-   Ilmning ofati KIBR va MANMANLIKdir.

Qayd etilgan


Robiya  14 Mart 2009, 14:45:10

Hikmat ahllaridan biri deydiki:
-   Kim, BOSh BO’LISh uchun (rahbar bo‘lish uchun) ilm o‘rgansa, tavfiqni, dunyo va oxirat saodatiga erishish ne’matini qo‘ldan boy beradi. Alloh buyuradi:
-   Endi Yerda nohaq kibru havo qilib yuradigan, agar barcha oyat-mo‘jizalarni ko‘rsalar ham, ularga iymon keltirmaydigan, To‘g‘ri-Haq Io‘lni ko‘rsalar, uni yo‘l qilib olmaydigan, agar zalolati noto‘g‘ri yo‘lni ko‘rsalar, uni yo‘l qilib oladigan kimsalarni O’z oyat-mo‘‘jizalarimdan burib yuborurman (ya’ni anglab yetmaydigan qilib qo‘yurman). Bunga sabab ular Bizning oyatlarimizni yolg‘on deganlari va u oyatlardan g‘ofil bo‘lib olganlaridir. (A’rof surasi, 146-oyat)

Imom Shofe’iy shunday deydi:
-   Kim Qur’onni o‘rgansa, qadri ortadi. Kim fiqh o‘rgansa, hurmati oshadi. Kim hadis o‘rgansa, hujjati kuchli bo‘ladi. Kim hisob o‘rgansa, fikri yorqinlashadi. Kim, ajoyib narsalarni o‘rgansa, yumshoq tabiatli bo‘ladi. Kim, nafsini taqvodor qilolmasa, ilmi unga foyda bermaydi.

Hz.Hasan (Hz. Muhammad s.a.v.ning sevikli nabiralari, Hz. Ali va Hz. Fotimaning to‘ng‘ich o‘g‘li. Shialarning 12 imomidan ikkinchisidir. Hijriy 3-49 yillarda yashagan) ham shunday deydi:

-   Kimki olimlar bilan birga yurib, birga o‘tirsa, tili biyronlashadi, zehni ochiladi, zehniga o‘rnashgan narsalardan benihoya sururlanadi, bilganlaridan foydalanishda kuchli bo‘ladi, bilganlarini boshqalarga ifodalab bera oladi.

Payg‘ambarimiz bildirdilar:
-   Alloh, agar xohlasa, bandasining.zehnini ilm bilan to‘ldiradi.
-   Jaholatdan achinarliroq qashshoqlik yo‘q.

Qayd etilgan


Robiya  14 Mart 2009, 14:46:26

NAMOZ VA ZAKOTNING FAZILATI

Bilib qo‘yki, Alloh zakotni Islomning poydevorlaridan biri hisoblagan va uni eng oliy ibodat bo‘lmish namozdan keyin zikr qilgan. Mana, Uning amri:
-   Namozni to‘kis ado qiling, ZAKOTNI BYeRING va ruku qilguvchilar bilan birga ruku qiling. (Baqara surasi, 43-oyat)

Rasululloh aytadi:

— Islomiyat besh asos ustiga qurilgan:
1.   Allohdan boshqa iloh yo‘qligi va Muhammad (alayhissalom) uning elchisi ekanligiga shahodat bermoq.
2.   Namoz o‘qimoq.
3.   ZAKOT BERMOQ.
4.   Ramazon ro‘zasini tutmoq.
5.   Kuchi bo‘lganda hajga ketmoq.

Benamoz va zakot bermagan gunohkorlarga jazo qattiq. Alloh buyuradi:
Bas, namozlarini «unutib» qo‘yadigan kimsalar bo‘lgan «namozxon»larga halokat bo‘lgayki, ular riyokorlik qiladigan va ro‘zg‘or buyumlarini ham (kishilardan) man qiladigan (ya’ni biron kishiga foydalari tegmaydigan) kimsalardir! (Mo’uvn surasi, 4-7-oyatlar)

Namoz mavzuida yuqorida yetarli darajada so‘zlar aytilgan. Bu yerda ko‘p tafsilotlarga berilmaymiz. Faqat shu oyatni yodlariga solamiz:

- Oltin-kumushni bosib, uni OLLOH YO’LIDA INFOQ-EHSON QILMAYDIGAN kimsalarga alamli azob «xushxabar»ini yetkazing!
U kunda (qiyomatda) o‘sha (oltin-kumushni) jahannam o‘tida qizitilib, o‘sha bilan ularning peshonalari, yonlari va ketlariga tamg‘a bosilib: «Maia bu o‘zlaringiz uchun to‘plagan narsalaringizdir. Endi to‘plab-bosgan narsalaringiz-ning mazasini totib ko‘ringlar, deyilur».
(Tavba surasi, 34-35-oyatlar)

Alloh yo‘lida infoq-ehson qilmoq - molning zakotini bermoqdir.

Qayd etilgan


Robiya  14 Mart 2009, 14:47:09

Zakot bermoqchi bo‘lgan vaqtda taqvodor kishilar kambag‘allarni qidirishi lozim bo‘ladi. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) buyuradi:

-   Sen faqat taqvodorlarning ovqatini yegin. Sening ovqatingni ham taqvodorlar yesin.

Buning sababi shu:
—   Taqvodor yegan ovqati, olgan zakoti va sadaqa bilan taqvodorligini davom ettiradi. Shu tariqa sen ham unga qilgan ionang (hadyang) tufayli uning ibodatiga sherik bo‘lasan.

Ibn Muborak zakotning ilm ahli (olimlar)ga berili-shini xohlardi. Undan buning sababini so‘raganlarida, shunday der edi:

-   Men, payg‘ambarlik martabasidan keyin olimlar martabasi kelishini bilaman, lekin olimlar martabasidan fazilatliroq martabani bilmayman. Agar ulardan ayrimlarining qalbi tirikchilik dardi bilan mashg‘ul bo‘lsa, ilmini oshirishga vaqg topolmaydi, o‘rgatuvchilik vazifasini ham qoyillatib ado etolmaydi. Ularning vaqtlarini faqat ilmga ajratishlari uchun sharoit yaratmoq - eng katga fazilatdir.

Falokatga uchraganlar, xususan qarindosh-urug‘ va yaqin tanish-bilishlar — agar zakot oladigan darajada muhtoj bo‘lsalar - zakot berilishi lozim bo‘lgan kimsalarning birinchisi hisoblanadilar. Chunki qarindosh-urug‘ va yaqin kishilarga berilgan zakot ham sadaqa bo‘ladi, ham silai rahim!.. Silai rahimda esa, yuqorida, bu mavzu bilan aloqador bahsda yozganimizday, sanoqsiz ajr-mukofotlar bor.

Qayd etilgan


Robiya  14 Mart 2009, 14:47:46

Undan tashqari, amalga riyo aralashsa, buning o‘zi bir baxtsizlikdir. Shu sababli bundan omon qolish uchun va zakot olayotgan kishini xijil holga tushirmaslik uchun zakotni yashirincha berish kerak. Alloh Rasuli buyuradilarki:
-   Yashirincha berilgan sadaqa (zakot) Allohning g‘azabini so‘ndiradi.

Hech qanday soya bo‘lmaydigan, yolg‘iz Alloh Arshining soyasigina bo‘ladigan qiyomat kunida Alloh bu soyadan yetti toifadagi kishilarni bahramand etishi bayon etilgan hadisda «o‘ng qo‘lining berganini so‘l qo‘li ko‘rmaydigan qilib yashirincha sadaqa bergan kishi» ham zikr kilingandir.
Agar sadaqani (zakotni) oshkora berishda foyda bo‘lsa — masalan o‘rnak bo‘lish kabi — u holda oshkora sadaqa berish kamchilik hisoblanmaydi. Bu yerda gap riyodan saqlanish ustida borayotir, xolos.

Berilgan sadaqani minnat qilishdan ham qochish kerak.

Shuning uchun ham Alloh buyuradi:

-   Ey mo‘minlar, molini odamlarga ko‘rsatish uchun beradigan, Allohga va oxirat kuniga ishonmaydigan kimsaga o‘xshab, bergan sadaqalaringizni minnat va ozor bilan yo‘qqa chiqarmang! (Baqara surasi, 264-oyat)

Minnat yaxshilikning ofatidir. Yaxshilik qilgan kishi, bu yaxshiligini yashirishi va unutishi kerak. Birovlar o‘ziga yaxshilik qilganda esa, bu yaxshilikni gapirib yurishi va yaxshilik qilganga tashakkur aytishi kerak. Shuning uchun ham hadisda shunday buyurilgan:

—   Insonlarga tashakkur aytmagan Allohga shukroni ne’matda bo‘lolmaydi.

Qayd etilgan


Robiya  14 Mart 2009, 14:48:16

OTA-ONAGA YaXShILIK VA FARZANDLIK BURChI

Qon-qarindoshlarning bir-birlarida haqlari borligi to‘g‘risida avval gapirilgan edi. Qarindoshlar orasida eng yaqini ota-ona va farzandlar bo‘lganligi uchun boshqa qon-qarindoshlarga nisbatan bularning haqlari va burchlariga oid fikrlar ko‘proqdir.

Alloh Rasuli (s.a.v.) marhamat qildilarki:
—   Farzand otasining qarzini hech qanaqasiga uzolmaydi. Faqat uni qullikka tushgan holda topsa va sotib olib ozod qilsagina uning haqqini uzgan bo‘ladi.
—   Ota-onaga ehson bermoq va izzat-ikrom qilmoq, namoz o‘qish, zakot berish, ro‘za tutish, hajga-umraga borish va Alloh yo‘lida jihod qilishdan fazilatliroqdir.
—   Kimki ota-onasini mamnun etgan holda erta bilan o‘rnidan tursa, unga jannatning ikki eshigi ochiladi. Kimki, ota-onasini mamnun qilgan holda shomga kirsa ham shunday bo‘ladi. Agar birini mamnun etsa jannatning bir eshigi ochiladi. Aslo ota-onaga qarshi bormang — zulm o‘tkazgan bo‘lsalar ham, o‘tkazmagan bo‘lsalar ham... Kimki ota-onasini ranjitgan holda tong ottirsa, uning uchun jahannamning ikki eshiga ochiladi. Kimki ota-onasini ranjitgan holda kunini kech qilsa ham, shunday bo‘ladi. Agar birini ranjitsa do‘zaxning bir eshigi ochiladi. Aslo ularga qarshi bormang — zulm o‘tkazgan bo‘lsalar ham, o‘tkazmagan bo‘lsalar ham...
—   Jannatning hidi besh yuz yillik masofadan seziladi. OTA-ONASINI RANJITGAN VA SILAI RAHIM QILMAGAN (Ya’NI bir-birlari bilan qon-qarindoshlik aloqalarini uzgan) kimsa uning hidini sezmaydi.
—   Onangga, otangga, opangga, singlingga, akangga, ukangga, so‘ngra boshqa yaqin qarindoshlaringning hammasiga yaxshilik qil.

Qayd etilgan


Robiya  14 Mart 2009, 14:48:52

Rivoyatga ko‘ra, Alloh Muso alayhissalomga shunday buyurdi:

—   Ey Muso, kim ota-onasiga yaxshilik qilsa, menga osiy bo‘lsa-da, uni yaxshilar zumrasiga yozaman. Kim menga itoat etsa-yu, ammo ota-onasini ranjitsa, uni osiylar zumrasida qayd etaman.

Alloh Rasuli (s.a.v.) shunday buyurdilar:
—   Bir kimsa biron narsani tasadduq qilmoqchi bo‘lgan chog‘ida, buni ota-onam uchun niyat qildim, deyishi o‘rinsizdir. Agar ota-onasi musulmonlar bo‘lsa, bergan sadaqasining ajri-mukofoti ularga ham tegadi, ayni chog‘da, ularga qancha ajr berilgan bo‘lsa, shuncha ajr hech kamaytirilmagan holda o‘ziga ham beriladi.

Molik ibn Robia (sahobalardan) hikoya qiladi:
—   Kunlardan bir kun biz Rasululloh (s.a.v.)ning yonida edik, Salama o‘g‘illari qabilasidan bir kishi keldi va: «Ey Allohning Rasuli, ota-onam o‘lgandan keyin ularga qilishim mumkin bo‘lgan biron yaxshilik bormi?» dedi. Rasululloh (s.a.v.): «Ha!» deb javob berdilar. «Ular uchun duo va istig‘for etmoq, vasiyatlarini o‘rniga qo‘ymoq, do‘stlariga izzat-ikrom ko‘rsatmoq va qarindoshlar bilan qarindoshlik rishtalarini uzmaslik».
—   Kishining otasi o‘lgandan keyin, uning do‘stlari va sevganlariga yaxshilik qilishi ham otasiga yaxshilik qilmoq jumlasidandir.
—   Farzandda onaning haqqi otaga nisbatan ikki baravar ko‘proq.
—   Onaning duosi tezroq qabul bo‘ladi. Shu gaplardan keyin, odamlar:
—   Nechun, ey Allohning Rasuli? — deb so‘radilar. Rasul (s.a.v.) dedilarki:
—   Chunki ona otaga qaraganda farzandga yaqinroq. Yaqin bo‘lganning duosi oldinroq qabul bo‘ladi.

Qayd etilgan


Robiya  14 Mart 2009, 14:49:25

Bir kishi so‘radi:
—   Ey Allohning Rasuli, men kimga yaxshilik qilay? Rasul (s.a.v.) buyurdilar:
—   Ota-onangga yaxshilik qil. U kishi dedi:
—   Mening ota-onam yo‘q. Rasul (s.a.v.) buyurdilar:
—   Bolasiga yaxshilik qil. Sen ota-onang oldida burchli bo‘lganing kabi, bolasining oldida ham burchlisan.
—   Farzandiga yaxshilik yo‘lida yordam bergan kishiga, ya’ni unga yomon muomala qilmay, osiylikka (isyonchilikka) bosh urib ketishiga sababchi bo‘lmagan kishiga Alloh rahmat yog‘dir-sin.
—   Bolalaringizga qo‘sha-qo‘sha ehson qiling, ikki baravar ko‘proq siylang.

Anas — Alloh undan rozi bo‘lsin — rivoyat qiladi: Rasululloh (s.a.v.) buyurdilar:
—   O’g‘il bola tug‘ilganda, yettinchi kuni aqiqa qilib, qurbonlik so‘yiladi, ism qo‘yiladi, yuvib pok-pokiza qilinadi. Olti yoshiga kelganda tarbiyasiga e’tibor kuchaytiriladi. To‘qqiz yoshida yotog‘i bo‘lak qilinadi. O’n uch yoshida namozni unutsa, savalanadi. O’n olti yoshida otasi uni uylantiradi. So‘ngra qo‘lidan tutib, deydiki:
—   Seni tarbiya qildim. O’qitdim. Uylantirdim. «Dunyoda g‘am ko‘rma, oxiratda azob tortma», deb duo qilib, panohida asrashini tilab Allohga yolvoradi.
—   Otaning farzandni yaxshi tarbiya qilishi va unga yaxshi ot qo‘yishi ham farzandning ota zimmasidagi haqqi hisob-lanadi.
—   Har bir o‘g‘lon «aqiqa qurbonligi» evaziga berilgan garovdir. U tug‘ilganiga yetti kun bo‘lganda qurbonlik so‘yiladi va sochi olinadi.

Qayd etilgan


Robiya  14 Mart 2009, 14:50:09

Abdulloh ibn Muborak huzuriga bir odam keldi. Bolasining itoatsizligidan shikoyat qildi. Ibn Muborak undan so‘radi:
—   Uni badduo qilibmiding?
—   Ha! — dedi u odam.

Ibn Muborak:
 — Uni sen yo‘ldan chiqaribsan! Bolaga mehr bilan, yumshoq muomala qilish kerak.

Aqro’ ibn Habis(a’robiy sahobalardan. Bani Tamim qabilasining 70 kishilik hay’ati raislaridan biri edi. Rasululloh s.a.v.ga uchrashgani kslgandilar. Bir qancha hadislarni rivoyat qilgan), Payg‘ambarimiz (s.a.v.) nevarasi Hz. Hasanni o‘payotganini ko‘rib, dediki:
—   Mening o‘n bolam bor. Hech birini o‘pgan emasdim. Rasululloh (s.a.v.) dedilar:
—   Marhamat qilmagan - marhamat ko‘rmaydi. Hz. Oysha — Alloh undan rozi bo‘lsin - hikoya qiladi: —Rasululloh (s.a.v.) bir kun menga: «Usomaning yuzini yuv!» dedi. Men yuva boshladim. Lekin jirkanayotgan edim. Rasululloh (s.a.v.) buni sezib, qo‘limga urdi. Usomani mendan olib, o‘zi yuvdi. So‘ngra uni sevdi. Keyinroq dediki:
—   Yaxshiyam bola (farzand) ko‘rmagan ekansan...
 (Hz. Oysha farzand ko‘rmagan edilar).

Abdullohibn Shaddod(sahobalardan. Uning nomi Ibn Abbos (106-izohga qarang) sanagan sanadlar qatorida keladi) hikoya qiladi:

—   Bir kuni Rasululloh (s.a.v.) jamoat bilan namoz o‘qiyotgan edilar. Husayn — Alloh undan rozi bo‘lsin — keldi. Rasululloh (s.a.v.) sajda qilib turganda bo‘yniga mindi. Rasululloh sajdani uzaytirdi. Uning orqasidan namoz o‘qiyotganlar, bir narsa bo‘ldi, deb o‘yladilar. Namoz bitganda: «Ey Allohning Rasuli, sajdani cho‘zdingiz. Biz bir balo bo‘ldi-yov, deb o‘yladik!» dedilar. Rasululloh (s.a.v.) shu javobni berdilar:
—   Nevaram (Husayn) meni minib oldi. Uning zavqi buzilmasin deb, sajdadan turishga shoshmadim.

Rasululloh (s.a.v.)ning bu harakatida ba’zi ibratli jihatlar bor:
1.   - Allohga yaqinlik (Chunki kishining Allohga eng yaqin bo‘lgan payti sajdada bo‘lgan chog‘idir).
2.   Bolaga shafqat va yaxshilik.
3.   Ummatiga shafqat va marhamatni o‘rgatish.

Rasululloh (s.a.v.) yana shunday buyurdi:
—   Bolaning hidi jannatning hididandir.

Qayd etilgan