Imom G'azzoliy. Mukoshafatul qulub  ( 342368 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 37 38 39 40 41 42 43 44 45 46 47 ... 49 B


Robiya  14 Mart 2009, 14:51:06

QO’ShNIChILIK HAQQI VA YO’QSULLARGA YoRDAM

Bilki, Islom birodarligi dunyosida qo‘shnichilik huquqi alohida o‘rin egallaydi. Musulmon qo‘shnining Islom birodarligidan tashqari, yana qo‘shnichilik haqqi ham bor. Shuning uchun ham Alloh Rasuli (s.a.v.) buyuradilar:

Qo‘shnilar uchga bo‘linadi:
1.   Bir haqqi bo‘lgan qo‘shni.
2.   Ikki haqqi bo‘lgan qo‘shni.
3.   Uch haqqi bo‘lgan qo‘shni.

Uch haqqi bo‘lgan qo‘shni musulmon va qarindosh bo‘lgan qo‘shnidir; bir - qo‘shnilik haqqi, ikki - Islom birodarligi haqqi, uch — qarindoshlik haqqi.
Ikki haqqi bo‘lgani - qarindosh bo‘lmagan musulmon qo‘shnidir. Bunisining qo‘shnilik haqqi bilan Islom birodarligi haqqi bor.

Bir haqqi bo‘lgan qo‘shni butparast qo‘shnidir. Buning faqatgina qo‘shnilik haqqi bor, xolos.

Ko‘rinib turibdiki, Rasululloh (s.a.v.), bor-yo‘g‘i qo‘shni bo‘lgani uchun, musulmon bo‘lmagan qo‘shnining haqqini ham taniganlar.

Yana Payg‘ambarimiz (s.a.v.) buyurdilar:
—   Qo‘shniga yaxshilik qil, tinch-salomat bo‘lasan.
—   Jabroil menga qo‘shnichilikka oid shu qadar ko‘p tavsiyalar berardiki, men qo‘shnini voris qilsa kerak, deb o‘ylardim.
—   Kimning Allohga va qiyomat kuniga iymoni bo‘lsa, qo‘shnisiga nisbatan izzat-ikromda bo‘lsin!
—   U qo‘shni bu qo‘shnining begunohligiga amin bo‘lmasa, bu qo‘shnining iymoni shubha ostida bo‘ladi.
—   Qiyomat kuni birinchi bo‘lib yovlashib qolgan qo‘shnilar muhokamaga qo‘yiladi.
—   Qo‘shnining itini ranjitgan bo‘lsang, qo‘shnini azoblagan bo‘lasan.
Alloh rozi bo‘lgur ibn Mas’udning huzuriga bir odam kelib dediki:
—   Mening bir qo‘shnim bor. Menga azob beradi, so‘kadi, meni behalovat qiladi:

Ibn Mas’ud shu javobni berdi:
—   Ket. Agar u sen tufayli Allohga osiylik qilayotgan bo‘lsa, sen u tufayli Atlohga itoat et.

Qayd etilgan


Robiya  14 Mart 2009, 14:52:01

Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ga dedilarki:

—   Falon xotin kunduzi ro‘za tutadi, kechasi namoz o‘qiydi, ayni paytda qo‘shnilariga azob beradi.

Rasululloh (s.a.v.) bildirdilar:
—   U jahannamga tushadi.
Payg‘ambarimiz huzuriga bir odam keldi. Qo‘shnisidan shikoyat qildi.

Rasululloh (s.a.v.) unga:
—   Sabr qil! — dedilar. Yana uchinchi, to‘rtinchi marta kelganida:
—   Ashyolaringni yo‘lga chiqarib tashla! — deb buyurdilar. U odam shunday qildi. Kelib-ketuvchilar: «Senga nima bo‘ldi?» deb so‘rashar, u: «Qo‘shnim sig‘dirmay azob beryapti!» der edi, shunda ular: «Qo‘shning Allohning la’natiga uchrasin!» deya boshladilar. Bu ahvoldan noqulay bo‘lgan qo‘shni uning oldiga kirdi va: «Ashyolaringni yig‘ib ol. Allohga qasamki, endi notinch qilmayman!» dedi.

Zahariy (sahobalardan) rivoyat qiladi:
—   Payg‘ambarimiz (s.a.v.) oldiga bir odam keldi. Qo‘shnisidan shikoyat qildi. Rasululloh (s.a.v.) jarchi chaqirtirib, jome’ darvozasidan «Qirq uy qo‘shnidir! Qirq uy qo‘shnidir!» deb jar solishni amr etdi.

Zahariy derki:
—   Qirq uy qo‘shni, qirq uy qo‘shni, qirq uy qo‘shni, qirq uy qo‘shni! — deb to‘rt tomonga ishora qildilar.

Rasululloh (s.a.v.) bildirdilar:
-   Barakat va barakasizlik XOTINDA, MASKANDA va OTDA bo‘ladi. Xotinning barakati mahrining yengilligi, nikohining osonligi va axloqining go‘zalligidir (Mahriga og‘ir narsa talab qilmaydi, nikohda kelajakni o‘ylab, ishning oson ko‘chishiga qulaylik yaratadi, yana buning ustiga-ustak axloqi ham go‘zal bo‘lsa, xotin uyga qut-baraka keltiradi). Xotinning baxtsizligi aksar hollarda mahrining og‘irligi, nikohining qiyinligi va axloqining yomonligi bilan bog‘liq bo‘ladi.

Qayd etilgan


Robiya  14 Mart 2009, 14:53:28

Maskanning barakati turar joyining kengligi va qo‘shnilarining yaxshi insonlar bo‘lishidir. Bebarakaligi turar joyining torligi va qo‘shnilarining yomon fe’l-at-vorli insonlar bo‘lishi bilan bog‘liq.

Otning barakati uning yumshoq va yaxshi gabiatli bo‘lishidir. Asov va yomon tabiatli otlar ishning barakasini qochiradi.

Qo‘shnichilik burchi faqatgina qo‘shniga azob bermaslikdan iborat emas. Qo‘shni uchun qandaydir qiyinchilikni zimmaga olish ham kerak bo‘ladi. Chunki qo‘shniga azob bermaslikning o‘zi, hali burch o‘taldi, degani emas. Buning uchun hatto ma’lum bir qiyinchilik yo noqulay ahvolga chidash ham kamlik qiladi. Chunki shu bilan birgalikda qo‘shniga yaxshi (mehr bilan) va muloyim muomala qilish, unga xayr-sadaqa qo‘lini uzatish ham kerakdir. Aytadilarki:

—   Qiyomat kuni kambag‘al qo‘shni boy qo‘shnining yoqasiga yopishadi va deydiki:
-   Ey Rabbim, o‘zing so‘ra bundan! Nechun shariatga ko‘ra menga berishi lozim bo‘lgan narsani bermadi, menga eshigini yopdi?

Bir odam uyida sichqon ko‘payganidan shikoyat qiladi. Unga: «Bir mushuk topsang bo‘larkan!» deyishadi. U o‘ziga bunday deganlarga shu javobni beradi:
-   Sichqonlar mushuk kelganini sezib qo‘shnimizning uyiga qochishlaridan va shu tariqa o‘zim xohlamagan narsani qo‘shnimga xohlaganday bir ahvolga tushib qolarmikanman, degan andishadaman.

Qayd etilgan


Robiya  14 Mart 2009, 14:54:06

Quyidagilar qo‘shnichilik burchlari jumlasiga kiradi: Qo‘shni bilan uchrashganda salom bilan so‘z boshlamoq, gaplashganda gapni cho‘zmaslik, ko‘p savol bermaslik, kasal bo‘lganda ko‘rgani borish, boshiga musibat tushganda ta’ziyasida bo‘lish, uning bilan birga sabrli bo‘lish, sevinchli onlarida qutlash, uning sevinchi bilan sevinish, xatolarini ko‘rmaslikka olish, uyini josuslarcha kuzatmaslik, devoriga bir narsalar qo‘yib yoki osib g‘ashini keltirmaslik, unga tegishli joydan suv olmaslik, uyining oldiga axlat va supurindi to‘kmaslik, haqroha (o‘tish yo‘llari)ni toraytirmaslik, biron bahona bilan uyiga qaramaslik, quloqqa chalingan oilaviy sirlarini yoymaslik, keragida uning mardligiga so‘z tekkizayotganlarning so‘zini bo‘lish, o‘zi yo‘qligida uyini qo‘riqlash, unga qarshi aytilgan so‘?ga quloq solmaslik, mahramiga oid xususlarda ko‘z yummoq, xizmatchisiga qaramaslik, bolasiga shirin so‘zlar aytish, diniy va dunyoviy masalalarda bilmaganlarini irshod qilish.

Rasul alayhissalom buyurdilar:

— Bilasizmi, qo‘shnininghaqqi nima? Iona istasa iona berasiz. Yordam so‘rasa yordam berasiz Qarz so‘rasa qarz berasiz. Kambag‘allashsa ro‘zg‘origa madad berib turasiz. Xastalansa ziyoratiga borasiz. Vafot etsa janozasiga qo‘shilasiz.

Omad kulib boqsa, uni qutlang. Boshiga musibat gushsa ta’ziyasida birga bo‘ling. Undan ruxsat bo‘lmasa uyingizni uning uyidan baland qilib qurmang. Chunki uyingizni baland qilib qursangiz uning nimasigadio to‘sqinlik qilgan bo‘lasiz. Unga azob bermang. Biron meva olgan paytingizda unga ham bering. Agar bermoqchi bo‘lmasangiz, uyga olib kelganingizni ko‘rmasin. Bolangizning qo‘liga biron meva berib tashqariga chiqarib yubormangki, qo‘shnining bolasi shunday narsaga ega bo‘lmaguncha bundan o‘pkalanib yurmasin. Qozoningizda qaynatgan et hidi bilan ularni notinch qilmang. Agar keltirgan etingizdan bir parchasini unga kesib bergan bo‘lsangiz, et hidi taralashining aybi yo‘q.

Bilasizmi, qo‘shnining haqqi nima? Borlig‘im qudrat qo‘lida bo‘lgan Allohga qasamki, qo‘shni haqqini faqat Allohning marhamatiga noil bo‘lgan kimsalargina o‘tay oladi.

Qayd etilgan


Robiya  14 Mart 2009, 14:54:49

Mujohid hikoya qiladi:

-   Bir kuni Hz. Umarning o‘g‘li Abdullohning yonida edim. o‘g‘li ham bor edi. U qo‘y so‘yib, terisini shilayotgan edi. Otasi dediki:
-   Qo‘yni so‘yib bo‘lganingdan keyin, qo‘shnilarga berishni yonimizdagi yahudiy qo‘shnidan boshla!

Abdulloh bu so‘zni o‘g‘liga bir necha marta takrorladi. Oxiri o‘g‘li: «Necha marta aytasiz, ota?» dedi. Shunda Abdulloh dediki:
-   Rasululloh (s.a.v.) ko‘shnichilik haqqida shu qadar ko‘p o‘git berardilarki, biz qo‘shnini qo‘shniga voris qiladilar, shekilli, deb o‘ylardik!
Hishom (atoqli tobeinlardan, Hasan Basriy (52-izohga qarang)ning zamondoshi, demak, II asrda yashagan) deydiki:

-   Hasan Basriy qurbonlik etidan yahudiy va nasroniylarga berilishini xatarli deb bilmasdi.

Abu Zar — Alloh undan rozi bo‘lsin - hikoya qiladp: Do‘stim Rasululloh (s.a.v.) menga vasiyat qilib, dediki:
-   Qozon qaynatgan naytingda suvini ko‘p qil, keyin ko‘shni uydagilarga qara. Ularning sanog‘iga qarab, bir miqdor ular uchun ajrat.

Qayd etilgan


Robiya  14 Mart 2009, 14:55:38

MAYXO’RLIKNING KASOFATI

Alloh may haqida uch oyat inzol qildi: Birinchisi shudir:

-   Sizdan araq (ichkilik) va qimor haqida so‘raydilar. Ayting: «Bularda katta gunoh va odamlar uchun foydalar bor. Bularning gunohi foydasidan kattaroqdir». Va Sizdan nimalarni ehson qilishni so‘raydilar. «O’zingizdan ortganini», deb javob qiling! Shunday qilib, dunyo va oxirat haqida tafakkur qilishingiz uchun Alloh sizlarga O’z oyatlarini bayon etadi. (Baqara surasi, 219-oyat)

Bu oyat kelgandan keyin musulmonlarning bir qismi ichkilik ichishda davom etdi. Bir qismi esa ichishni tark etgandi. Nihoyat ba’zi birovlar mast holda ham namoz o‘qidi. Bu hol, Allohning yana bir oyatni nozil qilishiga sabab bo‘ldi:
-   Ey mo‘minlar, toki gapirayotgan gaplaringizni bilishingiz uchun mast holingizda namozga yaqin kelmanglar. Va yana safarda bo‘lmasangiz, to cho‘milmaguningizcha junub holingizda (namozga yaqin kelmang). Agar betob yo safarda bo‘lsangizlar, yoki birontangiz hojatxonadan chiqqan bo‘lsangiz, yoxud xotinlaringiz bilan yaqinlashgan bo‘lsangiz va suv topa olmasangiz pokiza tuproq bilan tayammum qilib, yuz va qo‘llaringizga surtinglar. Albatta, Alloh afv etuvchi va mag‘firatli bo‘lgan zotdir (Niso surasi, 43-oyat).

Qayd etilgan


Robiya  14 Mart 2009, 14:56:43

Bu oyat kelgandan keyin musulmonlarning yana bir qismi ichkilikni tark etdi. Lekin hanuz ichuvchilar bor edi. Bir kun Hz. Umar ham bo‘lgan bir ziyofatda ichkiliklar ichildi. Ko‘pchilik sarxush bo‘ldi. Bu mayxo‘rlik sababli yuzaga kelgan janjalda Hz. Umar Abdurrahmon ibn Afvning boshini yordi. Bu xabar Rasululloh (s.a.v.)ga kelganda juda qattiq o‘pkalandi. Shu ondayoq sakrab turib, ziyofat bo‘lgan uyga keldi. Qo‘lida bir narsa bor edi. Ko‘tarib turib, Hz. Umarga otdi. Hz. Umar: «Allohning va Rasulining g‘azabidan Allohga sig‘inaman!» dedi. Shundan keyin Alloh mana bu oyatlarni inzol qildi:

Ey mo‘minlar, aroq, qimor, butlar (ya’ni ularga sig‘inish) va cho‘plar (ya’ni cho‘plar bilan folbinlik qilish) shayton amalidan bo‘lgan harom ishdir. Bas, najot topishingiz uchun ularning har biridan uzoq bo‘lingiz!

Ichkilik, qimor sababli shayton o‘rtalaringizga bug‘zu adovat solishni hamda sizlarni Allohni zikr qilishdan va namoz o‘qishdan to‘sishni istaydi, xolos! Endi to‘xtarsizlar!?

Allohga itoat qilingiz, Payg‘ambar (s.a.v.)ga bo‘yinsuningiz va (haromdan) ehtiyot bo‘lingiz! Agar (itoatdan) bosh tortsangiz, bilingizki, Payg‘ambarimiz (s.a.v.) zimmasida faqat (bizning hukmlarimizni (ochiq-ravshan) qilib yetkazish bor, xolos. (Moida surasi, 90-92-oyatlar)

Shundan keyin Hz. Umar:
—   Nukta qo‘ydik, nuqta qo‘ydik, tamom!.. — dedi.
Sarxush qiluvchi ichimliklarning zararligiga doir hadis: Payg‘ambarimiz (s.a.v.) aytdilar:

—   Rabbim menga shirkni ta’qiqlagandan keyin, yana dastlab man’ etgan narsasi —  erkaklarning ichkilik ichib, janjal ko‘tarishidir.

Qayd etilgan


Robiya  14 Mart 2009, 14:58:10

Ibn Abid-dunyo (to‘liq ismi Abdulloh ibn Abid-Dunyo,muhaddislardan. Yashagan yillari h. 208-281) hikoya qiladi:

—   Bir mayxo‘rni ko‘rdim, kichik tahorat olayotganday, qo‘lini may bilan yuvib, shunday der edi:

—   Hamd bo‘lsin Allohgaki, Islomiyatni nur qildi, suvni tozalovchi modda qildi.

Islomiyatdan avval, Abbos ibn Mirdos(musulmonlikni qiyinlik bilan qabul qilgan ansorlardan. O’zi xalqmuhabbatini qozongan shoirlardan edi. Keyinchalik nafaqat islomni qabul qilgan, shuningdsk, islomning kuchli tashviqotchisiga aylangandi)dan so‘raganlar:
—   Nechun ichkilik ichmaysan?

U shunday javob bergan:

—   Men aqlimni nazoratdan chiqaruvchi narsani o‘z qo‘lim bilan olib, ichimni bulg‘amayman. Ertalab qabilamning muhtaram bir xojasi bo‘lib turib, kechqurun ahmoq bir qabiladosh bo‘lib yotishni istamayman.

Qayd etilgan


Robiya  14 Mart 2009, 14:59:56

Bayhaqiy qayd etadi va Hz. Umarning o‘g‘lidan rivoyat qiladi:

Alloh Rasuli (s.a.v.) buyurdilarki:

—   Yomonliklarning onasidan (mast qiluvchi ichkilikdan) qochingiz. Sizdan avvalgi qavmlar ichida bir odam bor edi. Hech kimga qo‘shilmay o‘z go‘shasida Allohga ibodat qilardi. Bir xotin unga azob berish maqsadida ketiga tushdi. Bir xizmatchisini yuborib, «Bizga sizning guvohligingiz kerak!» degan bahona bilan uni chaqirtirdi. U kelib xotinning uyiga kirishi bilan, xotin eshikni qulflab oldi. Yonida bir o‘g‘il bola hamda bir tovoq ichkilik bor edi. Xotin dediki:

—   Biz seni bu yerga guvohlik uchun chaqirmadik, shu bolani o‘ldirib, men bilan aloqa qilishing yoki shu ichkilikdan ichishing uchun chaqirdik. Agar shu shartlardan birini qabul qilmasang, senga bo‘hton yog‘diraman!..

O’ odam o‘ylab qoldi. Qutulishning yo‘lini topolmadi. «Menga sopol kosadagi ichkilikni bera qoling!» - dedi. Xotin berdi. Keyin yana bir kosa istadi. Va nihoyat, ichkilikning ta’siri bilan xotin ila aloqada bo‘ldi. Keyin bolani ham o‘ldirdi.   

Ey ummatim va ashoblarim! Ichkilikdan tiyiling. Allohga qasamki, bir insonning qalbida ichkilik va iymon kurashadi. Biri ikkinchisini, albatta, siqib chiqaradi.

Imom Ahmad va ibn Hibbon o‘z sahihlarida qayd qilib, ibn Umardan rivoyat qiladilar:

Ibn Umar eshitganiga ko‘ra, Rasululloh (s.a.v.) shunday degan ekanlar:

Odam alayhissalom Yer yuziga otilgan paytlarida malaklar dedi:

-   Ey Rabbimiz, u yerga (Yer yuziga) fasod qiladigan va qon to‘kadigan bir zotni qo‘yasanmi? Seni tasbih va taqdis etganlar bir edik-ku?!

Qayd etilgan


Robiya  14 Mart 2009, 15:00:47

Alloh buyurdi:
-   Men sizning bilmaganingizni bilaman!
Malaklar dedi:

-   Ey Rabbimiz, biz senga odamzoddan ko‘ra ko‘proq itoatlimiz!
Alloh malaklarga dedi:

-   Ikki malakni keltiring. Qanday amal qilishlarini ko‘raylik!
Malaklar Horut va Morut degan malaklarni tanladilar. Alloh ularga amr etdi:
-   Yer yuziga ining!
Indilar.

Allohning qudrati bilan bir gul ularga eng go‘zal bir xotin suratida ko‘rsatildi. Ular u xotin yoniga keldilar. O’zlariga taslim bo‘lishinn so‘radilar. Xotin rad etdi. Faqat Allohga sherik qo‘shishni bildiradigan bir so‘z aytsalar taslim bo‘lajagini aytdi. Malaklar buni qabul etmadilar va: «Biz aslo Allohga sherik qo‘shmaymiz!» dedilar. Xotin chiqdi-ketdi. Keyin yana keldi. Yonida yetaklab olgan bir bolasi ham bor edi. Ular xotinni ko‘rganda takroran o‘sha xohishlarini aytishdi. Xotin faqat shu bolani qatl etganlari taqdirda aytganlari bo‘lishi mumkinligini bildirdi. Ular: «Biz aslo bunday ish qilolmaymiz!» deyishdi. Xotin yana ketdi. So‘ngra yana qaytib keldi. Bu safar qo‘lida bir chamchak (tutqichli yog‘och ko‘zacha) ichkilik bor edi. Ular o‘sha istakni takrorlashganida: «Manavini ichsangiz, bir gap bo‘lar!» dedi. Ular uni ichdilar. Keyin esa xotin bilan aloqa ham qildular, bolani ham o‘ldirdilar. Nihoyat xayrlashayotgan chog‘larida xotin ularga shunday dedi:

—Men ilgari aytganimda qilmagan ishlaringizning hammasini ichkilik ichgandan keyin qildingiz!

Horut bilan Morut bu qilg‘iliklarining jazosini bu dunyoda yo oxiratda tortishlari mumkinligini, bulardan birini tanlash ixtiyori ulardaligini aytishganida, ular jazoni shu dunyoda tortishni ixtiyor qildilar.

Qayd etilgan