Imom G'azzoliy. Mukoshafatul qulub  ( 216472 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 38 39 40 41 42 43 44 45 46 47 48 49 B


Robiya  14 Mart 2009, 15:02:12

PAYG’AMBARIMIZNING ME’ROJI

Buxoriy qayd etadi va Molik ibn So’so’ (sahoba. Payg‘ambarimiz s.a.v. bu zotni Haybarga g‘ayrimuslimlardan soliqyig‘uvchi qilibtayinlagandilar. Imom Buxoriy o‘z «Sahih»larida bu kishining Payg‘ambarimiz (s.a.v.) haqidagi ikki hadisini keltirganlar) rivoyat qiladi:

Rasululloh - Allohning salomi ustlariga yog‘ilsin —me’rojdan xabar berdilar:
— Bir vaqt men Ka’bada uxlab yotgandim. Birov (Jabroil) keldi.

Ko‘kragimni tomog‘imga qadar yordi. Qalbimni chiqardi. Iymon to‘la oltin jom keltirdi. Qalbimni yuvib top-toza kildi. Iymonu hikmat bilan to‘ldirdi. Keyin ko‘kragim yopildi va shu ondayoq tuzaldi. Keyin xachirdan kichik, eshakdan katta oppoq bir hayvon (buroq) olib kelishdi. Ko‘ziga ko‘ringan joyga bir sakrashda yetar edi. Unga mindim. Keyin Jabroil meni bu dunyo osmoniga (osmonlarning birinchi qavatiga) olib chiqdi. Darvozasini taqillatdi. Darvoza poyloqchisi: «Kim bu?» dedi. Jabroil: «Menman» dedi. Poyloqchi: «Yoningdagi kim?» deb so‘radi. Jabroil: «Yonimdagi Muhammad!» dedi. U: «Me’rojga chiqishga keldinglarmi?» deya so‘rdi. Jabroil: «Ha!» deya javob berdi. Poyloqchi: «Marhabo, ey aziz mehmon! Xush kelibsiz, qadamingizga hasanot!» deb darvozani ochdi. Osmonning birinchi qavatida Odam alayhissalomni ko‘rdim. Jabroil menga: «Bul zot sening bobokaloning Odam alayhissalom bo‘ladi. Salom ber!» dedi. Men salom berdim. Odam alayhissalom ham: «Marhabo, ey yaxshi o‘g‘il, yaxshi payg‘ambar!» deb javob qaytardi.

Keyin Jabroil meni osmonning ikkinchi qavatiga olib chiqdi. Darvozani taqillatdi. Poyloqchi: «Kim u?» - deb so‘radi. Jabroil: «Jabroilman!» dedi. «Yoningdagi kim?» deb so‘radi. «Muhammad!» dedi.

Poyloqchi «Me’rojga chiqishga buyruq olganmi?» dedi. Jabroil: «Ha!» degandan so‘ng, u ham darvozani ochib, «Marhabb! Xush kelibsiz!» dedi. Ichkari kirishimiz bilan ikki xolavachcha - Yahyo bilan Isoga duch keldik. Jabroil: «Bular Yahyo bilan Iso! Salom ber!» dedi menga. Salom berdim. Ular ham alik olib: «Marhabo, ey yaxshi birodar, qutli payg‘ambar!» deyishdi. Keyin Jabroil meni Osmonning uchinchi qavatiga olib chiqib, darvozasini taqillatdi. Poyloqchi: «Kim u?» deganida «Jabroilman!» dedi. «Yoningizdagi kim?» deganda, «Muhammad!» dedi. «Me’rojga chiqishga amr bo‘lganmi?» deganda, «Ha!» deb javob berdi. Poyloqchi darvozani ochib: «Marhabo! Xush kelibsiz!» dedi. Bu yerda Yusufni ko‘rdim. Jabroil ham: «Bu Yusuf bo‘ladi! Salom ber!» dedi. Salom berdim.

Alik olib: «Marhabo, ey yaxshi payg‘ambar!» dedi.

Qayd etilgan


Robiya  14 Mart 2009, 15:03:19

Jabroil bilan to‘rtinchi osmonning darvozasiga keldik.

Poyloqchi: — Kim u? Jabroil: - Jabroilman. Poyloqchi: — Yeningizdagi kim? Jabroil: - Muhammad!

Poyloqchi: — Me’rojga chiqishiga amr bo‘lganmi? Jabroil: — Ha!
Poyloqchi: — Xush kelibsiz! Marhabo! Ichkarida bir zotga duch keldik. Jabroil: «Bu, Idris! Salom ber!» dedi. Salom berdim. Idris alik oldi va: «Marhabo, ey birodar, marhabo, ey yaxshi payg‘ambar!» dedi.
Jabroil meni beshinchi osmonga olib chiqib, darvozasini taqillatdi. Bu yerda ham xuddi o‘sha savol-javoblar bo‘lib o‘tgandan keyin darvoza ochildi. Bu yerda Horunni ko‘rdik, Jabroil, «Bu, Horun! Salom ber!» dedi. Salom berdim. Horun alik olib: «Marhabo, ey birodar, marhabo, ey yaxshi payg‘ambar!» dedi.

Keyin xuddi shu tarzda oltinchi osmonga kirdik. Jabroil: «Bu Muso! Salom ber!» dedi. Salom berdim. Alik oldi va: «Marhabo, ey birodar! Marhabo, ey go‘zal payg‘ambar!» dedi. Men ketayotganimda esa, yig‘lay boshladi. «Nega yig‘laysiz?» deyilganda: «Mendan keyin kelgan payg‘ambarning ummatidan jannatga ko‘proq kishi kiradi, men o‘z ummatimga achinyapman!» deya javob berdi.

Qayd etilgan


Robiya  14 Mart 2009, 15:03:59

Jabroil meni yettinchi osmonga olib chiqib, darvozasini taqillatdi. Poyloqchining: «Kim u?» degan savoliga «Jabroilman» deb javob bergandan keyin, mening Muhammadligimni va me’rojga chiqish uchun menga amr borligini aytdi. Darvoza poyloqchisi: «Marhabo! Xush kelibsiz» dedi. Ichkari kirdik. Jabroil: «Bu Ibrohim! Salom ber!» deb bir kishini menga ko‘rsatdi. Men salom berdim. Alik oldi va: «Marhabo, ey go‘zal o‘g‘lon, yaxshi payg‘ambar!» dedi. So‘ngra Alloh taolodan o‘zga zot nomini ham bilmaydigan bundan ham balandroq osmonga ko‘tarildik va Sidrat ul-Muntaho degan joyga yetib bordik. U yerlar menga ko‘rsatildi. Sidra (arab gilosi) degan daraxtning Nabik degan mevalari Hajar (Ajar) o‘lkasining xurmachalariga o‘xshardi. Yaproqlari fil qulog‘iday kelardi. Jabroil: «Bu yer Sidra!» dedi. Sidrada ikkitasi maxfiy, ikkitasi ochiq holda bo‘lgan to‘rt daryo oqib yotardi. Jabroildan: «Bular qanday daryolar!» deb so‘radim. «Maxfiy, ya’ni yer ostida oqayotgan ikki daryo jannatga oiddir. Tashqarida oqib yotgan mana bu ikki daryo esa, Nil va Firot daryolarining boshidir!» dedi. Keyin menga Bayti Ma’mur ko‘rsatildi. Har kun yetmish ming malak (farishta) bu yerni ziyorat qilib kezib yurar ekan. Bu orada sharbat, sut, bol kosalari keltirildi. Men darrov sutni oldim. Jabroil:

— To‘g‘ri qilding, - dedi. — Sen va ummating yaratilganda loyingiz sutga qorilgan. Sutni olganing to‘g‘ri bo‘ldi. Agar sharbatni olganingda, ummating yo‘ldan adashardi!

Alloh menga va ummatimga bir kecha-kunduz uchun ellik vaqg namoz o‘qishni farz qildi. Men qaytishda Muso alayhissalomning oldilariga bordim. «Rabbingiz qanday vazifa yukladi?» deb so‘radi. «Bir kecha-kunduzda ellik vaqt namoz o‘qimoqni buyurdi» dedim. «Ummating bunga chidamaydi. Men insonlarni o‘rganganman. Yahudiylarning axloqsizlik-larini bartaraf qilish uchun ko‘p harakat qilganman. Insonlarda chidam yo‘q. Rabbingga qaytib bor. Bul vazifani kamaytirishini iltimos qil! Qaytdim. Vazifani yengillatishini so‘rab duo qildim. Alloh o‘n vaqt namozni kamaytirdi. Musoga kelib voqeani aytib berdim. U yana qaytib borishimni va yana kamaytirishni so‘rashimni aytdi. Shunday qildim. Yana o‘n vaqt kamaytirildi. Yana bor, dedi. Bor-dim. Yana o‘nta kamaytirildi. Yana bordim. Yana o‘nta tushirildi. O’n vaqt qoldi. Musoga kelsam, U, yana bormasam bo‘lmasligini aytdi. Yana bordim. Besh vaqt tag‘in tushirildi. Musoga kelib uchraganimda, u, «Men yahudiylardan bila-man, odamlar besh vaqt namozga ham chidamaydi. Tag‘in kamaytirishni so‘ra!» dedi. Men: «Rabbimdan uyalaman. Besh vaqt namozga roziman. Qabul etdim!» dedim.

Qayd etilgan


Robiya  14 Mart 2009, 15:06:42

Men asta-sekin yo‘lga tusharkanman, shunday bir nido keldi:

- Ey Muhammad, men, besh vaqt namozning farzlarini ayirib, qayd qilib qo‘ydim. Bandalarimning yukini yengillatdim. Bu besh vaqt namoz uchun ellik vaqt namozning savobini beraman!..

Qayd etilgan


Robiya  14 Mart 2009, 15:07:32

JUMANING FAZILATLARI

Juma ulug‘ kundir. Alloh shu kun bilan Islomiyatga mahobat ato etgan, musulmonlarga alohida ajr ajratib qo‘ygan. Alloh buyuradi:
- Ey mo‘minlar, qachon juma kunidagi namozga chorlansa (ya’ni azon aytilsa), darhol Allohning zikriga boringlar va oldi-sotdini tark qilinglar! Agar bilsangiz, bu o‘zingiz uchun yaxshiroqdir. (Juma surasi, 9-oyat)

Alloh bu oyati bilan juma kuni namoz uchun azon aytilgan ondan e’tiboran dunyoviy ishlar bilan mashg‘ul bo‘lishni va juma namoziga borishga xalaqit beradigan har narsani harom qildi.

Rasululloh - Allohning salomi ustlariga yog‘ilsin — buyurdilar:
—   Shubhasiz, Alloh shu bugun shu joyda sizga jumani farz qildi.
—   Kim uzrsiz uch jumaga bormasa, Alloh uning qalbini muhrlay boshlaydi.

—   Juma kuni qadimgi zamonda kitob ahliga (yahudiylar, nasroniylarga) berilgan edi. Lekin ular u vaqt ixtilofiga tushdilar. Shunda ulardan bu kun qaytarib olindi. Alloh uni bizga hadya etdi. Alloh uni bizning ummat uchun saqladi va bizga bayram qilib berdi. Va biz insonlarning eng a’losi bo‘ldik. Kitob ahli bizga tobe bo‘ldi.

Qayd etilgan


Robiya  14 Mart 2009, 15:08:10

Anas ibn Molik - Alloh undan rozi bo‘lsin - rivoyat qiladi:

Alloh Rasuli (s.a.v.) bildirdilar:

—   Mening oldimga Jabroil alayhissalom keldi. Qo‘lida oppoq bir oyna bor edi. «Bu — juma. Rabbing uni — senga va ummatingga bayram bo‘lsin deb — senga farz qildi!» dedi. «Bizga undan nima foyda chiqadi!» dedim. Dediki:

—   Jumada siz uchun xayrli bir soat bor, kim u soatda xayrli bir narsa istasa, Alloh uni albatta beradi. Yoki bir gunohdan saqlanish uchun Allohga sig‘insa, Alloh uni saqlaydi. Bizningcha, u — qunlarning eng ulug‘idir. Biz oxiratda yavmul-mazid deymiz uni. (yavmul-mazid — ortig‘i bilan quvonch berilgan kun, demakdir).

— Tepasida quyosh tug‘ilgan eng xayrli kun juma kunidir. Odam alayhissalom shu kunda yaratilgan. Shu kunda jannatga qo‘yilgan. Shu kunda yer yuziga indirilgan. Shu kunda tavbasi qabul bo‘lgan. Shu kunda vafot etgan. Qiyomat kuni ham shu kunda sodir bo‘ladi. Allohning nazdida bu kun yavmul-maziddir. Ko‘kdaga farishtalar ham bu kunni shu nom bilan aytadilar. Allohning jamoli tomosha qilinadigan kun ham shu kundir.

—   Alloh juma kuni olti yuz ming kishini jahannamdan ozod qiladi.

Qayd etilgan


Robiya  14 Mart 2009, 15:09:07

Anas ibn Molik — Alloh undan rozi bo‘lsin — rivoyat qiladi:

Aaloh Rasuli (s.a.v.) dedilar:
—   Juma omon bo‘lsa, boshqa kunlar omon bo‘ladi.

Yana Rasululloh (s.a.v.) buyurdilar:
—   Jahannamning olovi har kun zavoldan oldin istivo vaqtida (kun-tunning o‘rtasida, barobarlik onida) bir gurillatiladi. Juma namozidan tashqarida bu paytda namoz o‘qimang. Chunki juma kunining boshdan-oyog‘i batamom namozdir. Jahannam olovi juma kunida gurillatilmaydi.

Kab deydiki:
—   Alloh shaharlardan Makkani, oylardan Ramazonni, kunlardan jumani, kechalardan Laylat-ul-Qadrni ko‘proq fazilatli qildi.

Deydilarki:
—   Juma kuni qushlar ham, hasharot ham bir-birlari bilan uchrashganda salomlashib shunday deyisharmish:
—   Salom, salom, solih kun!

Rasululloh (s.a.v.) shunday buyurdilar:

—   Juma kuni kechasi o‘lgan kishiga (mo‘minga) Alloh shahid savobini yozadi. Uni qabr mojarosidan asraydi.

Qayd etilgan


Robiya  14 Mart 2009, 15:10:04

XOTINNING ERIDAGI HAQQI

Xotinlarning erlarida haqlari juda ko‘p. Erkaklar ularga nisbatan g‘oyat yaxshi fe’l-atvorli bo‘lishlari; xotinlarning yaratilish jihatidan erkaklarga nisbatan zaifroqligini nazarda tutib, marhamat qilib, ularning bergan azoblariga chidashlari shunday haqlar jumlasidandir. Alloh buyuradi:

Ey mo‘minlar, xotinlarga zo‘rlik bilan voris bo‘lishingiz halol emas. Agar ochiq buzuqlik qilgan bo‘lmasalar bergan mahrlaringizning bir qismini qo‘lga kiritish uchun ularni ezmang. ULARGA YaXShI MUOMALA QILINGLAR. Agar ularni yomon ko‘rsangiz ham, sabr qiling, sizlar yomon ko‘rgan narsada Alloh ko‘p yaxshiliklarni qilib qo‘ygan bo‘lishi mumkin. (Niso surasi, 19-oyat)

Yana Alloh ularning haqini hurmat qilish to‘g‘risida buyurdi:

-   Birga yashaganingiz va ular sizdan halol ta’minot olganlaridan keyin qanday qilib uni (ya’ni mahrni) qaytarib olasiz?! (Niso surasi, 21-oyat)

-   Allohga bandalik qilinglar va Unga hech narsani sherik qilmanglar. Ota-onangizga hamda qarindosh-urug‘, yetim va miskinlarga, yaqin qo‘shniga va uzoq qo‘shniga YoNINGIZDAGI HAMROHINGIZGA, yo‘lovchi musofirga va qo‘llaringizdagi qullaringizga YaXShILIK QILINGIZ! Alloh mutakabbir va maqganchoq bo‘lgan kimsalarni sevmaydi. (Niso surasi, 36-oyat)

Payg‘ambarimiz (s.a.v.) vido xutbalarida uch narsadan bahs etdilar. So‘zlab turib yig‘lar, yig‘labturib so‘zlar ekanlar, tillari titrab, ovozlari bo‘g‘ildi. O’shanda shunday dedilar:

— Namoz, namoz, namozingizga diqqat qiling, hech beparvolik qilmang!..
O’z qo‘lingiz ostidagilarga (qullar, xizmatchilar,-ishchilarga) kuchlari yetmaydigan vazifalarni yuklamang.

Qayd etilgan


Robiya  14 Mart 2009, 15:10:44

XOTINLARning haqlarini hurmat qilinglar, men bu xususda Allohdan qo‘rqishinglarni tavsiya etaman. Xotinlarning haqqi masalasida Allohdan qo‘rqinglar! Zero, ular sizning yordamchilaringiz va sizning madadingizga muhtojdirlar. Ular SIZGA OLLOHNING OMONATIDIRLAR. Allohning roziligi bilan ularning har narsasi sizlarga halod qilindi.

Yana Alloh Rasuli (s.a.v.) buyurdilar:

—   Qaysi erkak xotinining qiliqlariga chidasa va sabr qilsa, Alloh unga, Ayyub alayhissalomning balolarga sabri natijasida bergan ajrini ato etadi.

—   Qaysi xotin erining injiqliklariga chidasa va sabr qilsa, Alloh unga Fir’avnning xotini Osiyoga bergan savobidan ato etadi.
Xotin bilan yaxshi yashash, faqatgina unga azob bermas-likdan iborat emas. Undan keladigan har qanaqa azoblarga chidash, u achchiqlanganda unga muloyim muomala qilishi ham lozim. Masalan, Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ning xotinlari ba’zan gap qaytarib, unga qo‘pol muomalada bo‘lishardi. Rasululloh (s.a.v.) bunday paytlarda ularga o‘zlarini bosib, yaxshi so‘zlar aytib muloyim muomala qilardilar. Bir kun Hz. Umarning xotini gap qaytarib, yomon muomala qilganda, Hz. Umar unga: «Menga gap qaytarib, qo‘pollik qilishga uyalmaysanmi?» dedi. Xotini: «Rasululloh (s.a.v.) sendan yaxshiroq bo‘lgani holda, uning xotinlari (bizning qizimiz Hafsa ham) unga bemalol gap qaytarishadi!» deya javob berdi. Hz. Umar esa shunday dedi:

-   Agar Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ga gap qaytarayotgan bo‘lsa, Hafsa xato qilibdi.

Keyinchalik Hz. Umar Payg‘ambar (s.a.v.)ga gap qaytarayotgani uchun qizi Hafsaga tanbeh berib, shunday degandi:

—   Sen Abu Bakrning qizi (Oysha)ga qarab, unga taqlid qilib, Payg‘ambarga gap qaytarma. U Rasululloh (s.a.v.)ning sevgilisi, bildingmi?

Qayd etilgan


Robiya  14 Mart 2009, 15:11:24

Bir martasida Rasululloh (s.a.v.) bilan zavjai muhtaramalari Hz. Oysha o‘rtasida gap qochdi. Nizoni bir yoqlik qilish uchun qozilikka Hz. Abu Bakrni chaqirib kelishdi. U nima gapligini so‘raganda, Payg‘ambarimiz (s.a.v.), Hz. Oyshaga: «Gapir, yo men gapiraymi?!» dedilar. Hz. Oysha esa: «Siz gapiring, lekin to‘g‘risini ayting!» dedi. Shu so‘zni aytishi bilan Hz. Abu Bakr qiziga bir shapaloqurib, og‘zi-burnini qonatdi.
~ Hoy tiling kesilgur! Birda-yarim yolg‘on gapiribdimi? — dedi unga.
Hz. Oysha, Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ning orqasiga qochib o‘tirdi.

Payg‘ambarimiz (s.a.v.) qaynotasi Abu Bakrga tashbeh berib dediki:
—   Biz bunday qilishingizni istamasdik!

Anas ibn Molik — Alloh undan rozi bo‘lsin — deydiki:
-   Alloh Rasuli (s.a.v.) xotinlaru bolalarga eng rahm-shafqatli inson edi.

Xotin kishi eridan o‘zi bilan hazillashib-kulishib o‘tirishini talab qilishi ham, uning haqlari jumlasidandir. Zero, xotinlarning bunday narsadan ko‘ngli ko‘tariladi. Rasul alayhissalom, xotinlarining aqli va madaniy saviyasiga tushib, ular bilan hazillashar, o‘ynashib-kulishar edi. Hatto, bir rivoyatga ko‘ra, Hz. Oysha bilan yugurishda musobaqa o‘ynar, goh unisi bunisini, goh bunisi unisini quvib o‘tib ketardi.

Xotinlarga izzat-ikrom ko‘rsatishda Payg‘ambarimiz (s.a.v.)dan o‘tadigan kishi yo‘q edi.

Qayd etilgan