Imom G'azzoliy. Mukoshafatul qulub  ( 220785 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 39 40 41 42 43 44 45 46 47 48 49 B


Robiya  14 Mart 2009, 15:12:06

Hz. Oysha hikoya qiladi:

— Bir marta muharram oyining Ashuro kuni tashqaridan suron ovozlari eshitildi. Habashlar va boshqa insonlar guruh-guruh bo‘lib shovqin ko‘tarib o‘ynashayotgan edi. Rasululloh (s.a.v.) menga: «Ularning o‘yinlarini tomosha qilging kelyaptimi?» dedilar. «Ha!» dedim. Rasululloh (s.a.v.) eshik oldiga kelib to‘xtadilar. Bir qo‘llarini kesakiga tiradilar. Boshqa qo‘llari bilan meni tortdilar. Men iyagimni qo‘llari ustiga qo‘ydim. Habashlar o‘ynar, men Rasululloh (s.a.v.)ning qo‘llariga iyagimni qo‘ygancha, eshikdan o‘yinni tomosha qilardim. Bir muncha vaqt shu holda tomosha qilib turganimizdan keyin, «Yetar endi!» dedilar. Men «Yana bir oz ko‘raylik!» dedim. «Yetadi, ey Oysha!» dedilar. «Ha, mayli!» dedim men. Rasululloh (s.a.v.) o‘yinchilarga imo qildilar. Ular -ham o‘yinni bas qilib, uzoqlashdilar. Shu kuni Rasululloh (s.a.v.) shunday deb buyurdilar:

—   Iymon jihatidan mo‘minlarning eng komili oila a’zolariga eng ko‘p chiroyli muomala qiluvchi kishilar bo‘ladi.

Yana bir safar Alloh Rasuli (s.a.v.) buyurdilar:
—   Eng yaxshi odamlar xotiniga yaxshi munosabatda bo‘ladi. Sizlarning orangizda men ham xotiniga yaxshilardan biriman.

Hz. Umar — tabiatan qo‘polroq muomalali bo‘lsalar ham - derdilarki:
—   Kishi oilasi bilan boladay muomala qilishi kerak. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) bir tul xotinga uylangan Jobirga dediki:

—   Bokira qizga uylansayding... u bilan hazillashib, o‘ynashib o‘tirarding, u ham sen bilan o‘ynagisi kelaverardi!

Qayd etilgan


Robiya  14 Mart 2009, 15:12:37

Erkak xotinga muloyim va chiroyli xulqlar bilan muomala qilishda salobatli bo‘lishi va obro‘yini yo‘qotmasligi ham xotinning erdan talab qilishi mumkin bo‘lgan haqlari jumlasiga kiradi. Chunki er xotini oldida obro‘yini yo‘qotsa, xotin havoyi nafsiga berila boshlaydi. Shu tariqa xotinning axloqi izdan chiqadi. Erni mensimay qo‘yadi. Ana shuning uchun ham erkak xotiniga nisbatan xushmuomalada muvozanatni yo‘qotmasligi, uning oldida o‘z g‘ururi va savlatini saqlab turishi kerak. Xotinining har bir g‘ayriaxloqiy qadamini darhol tergovga olishi, xatti-harakatlari va fe’l-atvoridagi nuqsonlarni tez bartaraf etib, uni to‘g‘ri yo‘lga burib yuborishi, shariatga va insoniylikka zid holni ko‘rsa, hech ikkilanmay, unga qarshi qat’iy kurashishi kerak.

Hasan Basriy deydiki:
—   Xotinining nafsoniy orzulariga bo‘ysungan har bir erkakni Alloh jahannam otashiga otmay qo‘ymaydi.

Hz. Umar esa shunday deydi:
—   Xotinlarga itoat etmang. Ularga qarshilik qilib turmasangiz uydan baraka ketadi.

Rasul alayhissalom buyurdilar:
—   Xotinga qul bo‘lganni yuztuban sudrash ham oz!

Qayd etilgan


Robiya  14 Mart 2009, 15:13:37

Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ning bunday buyurganlarining sababi quyidagicha:

—   Xotinining nafsoniy orzulariga itoat etgan erkak uning quli demakdir. Chindan ham bunday erkak la’natga loyikdir. Chunki Alloh uni xotinga hokim qilib yaratgan. Va hokim qilgan. U esa xotinining nafsoniy orzulariga itoat etib, uning amriga kirish bilan Allohning hukmiga ters borgan, shu tariqa shaytonga itoat etgan bo‘ladi. Shuning uchun Alloh shaytondan hikoya qila turib, shunday deb buyuradi:

—   Alloh uni (shaytonni) la’natladi. (Shunda) u dedi: «Qasamki, bandalarning orasidan o‘zimga tegishli nasibani, albatta, olaman. Va ularni yo‘ldan ozdiraman, xom-xayollarga mubtalo qilaman, buyursam ular chorvalarining quloqlarini kesadilar, buyursam Alloh yaratgan narsalarni o‘zgartirib-buzadilar». Kimki Allohni qo‘yib, shaytonni do‘st tutsa, bas, u ochiqdan-ochiq ziyon qilibdi. (Niso surasi, 118-119-oyatlar)

Erkakning haqi Allohga tobe bo‘lmoqdan iborat. Uning xotinga tobe bo‘lishi taqiqlangan. Alloh, «Erkaklar xotinlari ustida rahbardirlar!» (Yusuf surasi) deb buyurgan.

Yana Alloh erkakni xotinga xoja, deb nomladi. Mana, U buyuradi:
Eshik oldida xotinning xojasiga yo‘liqib qolishdi. (Yusuf surasi, 25-oyat)

Modomiki ahvol shunday ekan, xotiniga itoat etgan, uning nafsoniy orzulariga bo‘yin eggan erkak, aslida, Allohning ne’matini inkor etgan va uning hukmining teskarisini qilgan bo‘ladi.

Qayd etilgan


Robiya  14 Mart 2009, 15:14:09

Xotinning nafsi ham sening nafsingga o‘xshaydi. Uning tizginini birozgina qo‘yib yuborsang, sen istamagan uzoq va taqiqlangan mintaqalarga tortib ketadi. Agar jilovini bir qarich bo‘shatsang, u seni bir quloch nariga sudraydi. Agar mahkam va zabt bilan ushlab olsang, u holda molik va xoja bo‘la olasan.

Qayd etilgan


Robiya  14 Mart 2009, 15:15:03

ERNING XOTINIDAGI HAQQI
Erning xotinidagi haqqi mavzuida hammaga yoqadigan gap shuki:
—   Nikoh, qaysidir bir jihatdan bandalikdir, demak, xotin erining oldida bandalikni ado etishi shartdir.

Bu boradagi qatiy hukm shundan iboratdir:
—   Xotin gunoh bo‘lmaydigan har qanday masalada erining xohishlariga so‘zsiz itoat qilishi kerak.

Xotin erining huquqlarini hurmat qilishi kerakligi to‘g‘risida bir qator hadislar bizga meros (hujjat) bo‘lib qolgan. Alloh Rasuli (s.a.v.) buyuradilar:

—   Qaysi xotinning eri undan mamnun holda vafot etsa, o‘sha xotin, albatta, jennatga kiradi.

Yana Payg‘ambarimiz (s.a.v.) bildirdilar:

—   Xotin besh vaqt namoz o‘qib, Ramazon ro‘zasini tutib, nomusini yot kishilardan asrab, eriga itoat qilsa, jannatga kiradi.
Ko‘rinib turibdiki, Alloh Rasuli (s.a.v.) Islomning shartlari bo‘lgan namoz va ro‘za qatoriga erga itoat qilishni ham qo‘shganlar.

Qayd etilgan


Robiya  14 Mart 2009, 15:15:55

Rasululloh (s.a.v.) bir kuni xotinlardan bahs ochib, shunday dedilar:

— Homilali va emizikli xotinlar, onalar, bolalariga rahm-shafqatli bo‘lgan juvonlar, agar erlariga itoatsizlik qilmay, namoz o‘qishsaydi, jannatga kirishardi.
—   Jahannamdan xabardor bo‘ldim. Jahannam ahlining ko‘pchiligi xotinlar ekanligini ko‘rdim.
—   Nega bunday, ey Allohning Rasuli? — dedilar.
Rasul (s.a.v.) javob berdilar:
—   Chunki ko‘p la’nat oladilar, erlariga nonko‘rlik qiladilar.

Boshqa bir hadis mana bundaydir:
—   Jannatga uchradim. Jannat ahlining ozchiligi xotinlardan tashkil topgan ekan. «Xotinlar qaerda?» dedim. «Ular oltin, kumush va boshqa ziynat ashyolari bilan ovora!» deyishdi.

Hz. Oysha hikoya qiladi:
—   Rasululloh (s.a.v.)ning oldiga yosh va kuchli (baquvvat) bir xotin keldi. «Ey Allohning Rasuli, men yosh va baquvvat ayolman. Erga tegmoqchiman. Lekin qo‘rqib turibman. Erning, xotinda qanday huquqlari bo‘ladi?» dedi. Rasululloh (s.a.v.) buyurdilarki:
—   Agar ering qon-yiringga botib yotgan bo‘lsa-yu, uning erlik xohishiga ko‘nmasang, sen uni sochidan tirnog‘igacha tozalasang ham, hamon uning haqini o‘tagan bo‘lmaysan.
Xotin dedi:
—   Erga tegaveraymi, ey Allohning Rasuli?
Rasululloh (s.a.v.) dedilar:
—   Ha, oila qurish xayrli narsa.

Qayd etilgan


Robiya  14 Mart 2009, 15:17:06

Boshqa safar yana bir xotin kelib: «Men ersiz xotinman. Oila qurmoqchiman. Erning, hotinda qanday huquqlari bor?» dedi:
Rasululloh (s.a.v.) bildirdilar:
—   Xotin tuyaning ustida safarga otlanib turgan bo‘lsayu, shu payt erkak xohlab qolsa, uning nafsini qondirish ham erning xotindagi haqlari jumlasidandir.

Erdan beruxsat uydan bir narsa bermaslik, erdan beruxsat nafila ro‘za tutmaslik ham erning xotindagi huquqi jumlasidandir. Agar eriga bildirmay uning mulkidan birovga bir narsa bersa — xotinga gunoh, berilgan sadaqaning savobi esa erga yoziladi. Eridan ijozat olmay ro‘za tutsa qabul bo‘lmaydi. Oddiy ochlik va chanqoqlik bo‘ladi.

Xotin eridan izn olmay uyidan chiqsa, uyiga qaytib kelguncha va tavba qilgunga qadar farishtalar unga la’nat o‘qiydilar.

Alloh Rasuli (s.a.v.) buyurdilar:
—   Agar men biron kimsaning boshqa bir kimsaga sajda qilishini buyurmoqchi bo‘lsaydim, erning xotinda haqi ko‘pligi tufayli, xotin eriga sajda qilsin, deb buyurardim.
—   Xotinning Rabbiga eng yaqin bo‘lgan payti uyda bo‘lgan paytidir. Yana, xotinning uydagi namozi masjiddagi (jomedagi) namozidan fazilatliroqdir. Uyining bir go‘shasida o‘qigan namozi, uyining o‘rtasida o‘qigan namozidan savobliroqdir. Hujra ichidagi (eng ko‘zga tashlanmas go‘shada) o‘qigan namozi, hamma dabdabali joylarda o‘qigan namozidan afzalroqdir.

Bularning bari ko‘zga tashlanavermaslik uchundir. Shuning uchun ayol kishi o‘zini ko‘z-ko‘z qilavermasligi kerak.

Qayd etilgan


Robiya  14 Mart 2009, 15:18:15

Erning xotinda haqlari ko‘p. Eng muhimlari quyidagi ikki narsadir:

1   - Xotinning o‘ralib yurishi, oila sirlarini saqlashi, or-nomusi va sha’nini pok tutishi.
2   — Eridan nozarur narsani talab qilmasligi, erining harom topish-tutishiga sabab bo‘lmasligi.

Qadimdan soliha musulmon xonimlar shunday edilar. Erkak tijorat maqsadi bilan yo‘lga chiqqan chog‘ida xotini shunday derdi:

— Otasi, harom topish-tutishdan saqlaning! Biz ochlikka ham, boshqa yetishmovchilikka ham chidaymiz. Lekin qiyomat kuni jahannam otashiga chidolmaymiz!..

Qizlari ham otalariga shu so‘zlarni aytishardi. Shom (Suriya)lik Robia Xotun Ahmad ibn Abdulhavoriy(shayxlardan. Abu Sulaymon Doroniy (221-izohga qarang)ning muridi bo‘lgan. Junayd Bag‘dodiy (25-izohga qarang) U haqda: «Ahmad - Shom rayhonidir» degan edi. Hijriy III asrda yashagan)ga tegmoqchi edi. Lekin Ahmad, ko‘p vaqti ibodat bilan mashg‘ul bo‘lgani uchun, bunga hech ham rozi bo‘lmagan va unga shunday degandi:

-   Men o‘z holimcha yashayotgan, o‘zi bilan o‘zi ovora bir odamman. Xotinlar bilan ko‘pda ishim yo‘q.

Qayd etilgan


Robiya  14 Mart 2009, 15:19:36

Robia esa unga shu javobni berdi:

—   Men, sizdan-da ko‘proq o‘z holi bilan ovora odamman. Menda jinsiy-nafsoniy orzu yo‘q. Faqatgina, erimdan ozgina davlat qoldi. Siz solih kishilarni yaxshiroq bilasiz. Menga qolgan bu davlatni — bu boylikni ularga ulashsangiz, deyman. Shu niyatda sizni men bilan nikohlanishga taklif qilyapman. Shunday qilsam, Allohga yaqinroq bo‘lardim.

Shunda Abulhavoriy uylanish masalasida Abu Sulaymon Doroniyga maslahat soldi. Doroniy Abulhavoriyga uylanishni man etdi va shunday dedi:
—   Bizning odamlarimizdan kimki uylangan bo‘lsa, hammasi o‘zgardi, buzildi. Uylansang sen ham buzilasan.

Lekin Robianing yuqoridagi so‘zlari unga batafsil aytilganda, «U (Robia), Allohning avliyo bandasi ekan, darhol uylan!» dedi.

Shunda Ahmad ibn Abulhavoriy unga uylandi. Sekin-sekin butun boylikni kambag‘allarga va solihlarga tarqatdilar.

Bu Shomlik Robia Basralik Robiaga (Robia-i Adviyyaga) o‘xshaydi.

Erning moli va boyligini isrof qilmaslik, ularni yaxshi asrash ham xotin uchun vojibdir. Shuning uchun ham Alloh Rasuli (s.a.v.) buyuradilar:

—   Erining ruxsatisiz uning molini har kimga berish xotin uchun halol emas. Faqat buzilib qolishi mumkin bo‘lgan ovqatni berishi mumkin. Agar erining ruxsati bilan biron kimsaga biron narsa yedirsa, u ham eri bilan teppa-teng ajr-mukofot oladi. Agar erining ijozatisiz bersa, gunohi unga, savobi esa eriga bo‘ladi.

Qayd etilgan


Robiya  14 Mart 2009, 15:21:55

Uzatiladigan qizning ota-onasiga tushadigan vazifalar ham bor. Ular qizlariga erga, tekkandan keyin eri bilan yaxshi yashash, unga go‘zal axloq bilan muomala qilish yo‘llarini o‘rgatishlari lozim. Chunonchi, Fazoriy qizi Asmo(taxminan hijriy II-III asrlarda yashagan taqvodor ayollardan biri), qizini erga uzatarkan, unga shunday o‘gitlar bergan ekan:

—   Qizim, shu kungacha yashagan uyangdan chiqib, notanish bir uyaga, bilmagan-tanimagan, hech qachon hamsuhbat bo‘lmagan bir odam bilan birga yashashga ketyapsan. Sen u odamga do‘st bo‘l, Yer (tuproq) bo‘l, u odam senga Osmon bo‘lsin, seni himoyasiga olsin. Sen unga to‘shak bo‘l, u senga suyanchiq (ustun) bo‘lsin. Sen unga cho‘ri bo‘l, u senga sulton bo‘lsin. Uni hech qachon xafa qilmaki, u ham seni xafa qilmagay. Undan uzoqlashmaki, seni unutmasin. Agar senga yaqinlashmoqchi bo‘lsa, sen ham unga yaqinlash. Agar sendan uzoq turishni istasa (yaqinlashishni istamasa), sen ham uzoq tur. Uning burnini, qulog‘ini va ko‘zini hurmat qilib asra. Sendan doimo muattar hidlar anqib tursin. Og‘zi burningdan yoqimsiz hidlar kelmasin. Sendan doimo shirin va go‘zal so‘zlar eshitsin, qulog‘iga iflos so‘zlar kirmasin. Seni doimo go‘zal ko‘rsin. Sendan sovimasin, jirkanmasin!..

Qayd etilgan