Imom G'azzoliy. Mukoshafatul qulub  ( 221209 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 42 43 44 45 46 47 48 49 B


Robiya  14 Mart 2009, 15:43:44

QADR KEChASI

Anas ibn Molik — Alloh undan rozi bo‘lsin — rivoyat qiladi:

Alloh Rasuli (s.a.v.) buyurdilarki:
—   Qadr kechasi kelganda Jabroil farishtalardan bir jamoat bilan birga Yerga inadi. Ular namoz o‘qiydilar, tik turib yo o‘tirib Allohni zikr qilayotgan har kishiga salom beradilar.

Abu Hurayra deydiki:

—   Qadr kechasi kelganda ko‘p sonli farishtalar yer yuziga inadi. Ularning inishi uchun osmon eshiklari ochiladi. Nurlar oshadi (ko‘payadi). Juda katta jilvalanish paydo bo‘ladi. Farishtalar atrofga yoyiladilar. Bu vaziyatda insonlarning holi xilma-xil bo‘ladi. Birovga Osmonlar va Yerning sirlari ochiladi, Osmonlardan pardalar olib tashlanadi. Birovlar Osmonlarda farishtalarni qiyom holida (tikturgan holda), o‘tirgan holda, ruku etayotgan, sajda qilayotgan, Allohni zikr etayotgan, unga shukr qilayotgan, uni tasbih va tahlil qilayotgan holda mushohada etadilar. Boshqa birovga butun ichki olami bilan jannat kashf bo‘ladi; uylarni, ko‘shklarni, hur qizlarni, daryolarni, daraxtlarni, mevalarni ko‘radilar!.. Bu kimsa Allohning Arshini, Payg‘ambarlarning, sarkardalarning, shahidlarning va sodiqbandalarning martabalarini mushohada etadi. Bu ruhoniy olamga hayron bo‘ladi. Rahmat daryosida suzadi. Jannatni, jahannamni, jahannamning darajalarini (azob chuqurlarini) va iymonsizlarning makonlarini mushohada etadi, ko‘radi. Yana u kecha mo‘minlarning bir qismiga Allohning jamoli ochiladi. Parda ko‘tariladi. Faqat shu mo‘minlar Allohni mushohada etadilar.

Hz. Umar rivoyat qiladi: Alloh Rasuli buyurdilarki:

—   Kim qadr kechasini jonlantirib, u kecha ikki rak’at namoz o‘qisa va tavba-istig‘for etsa, AlLoh uni mag‘firat aylaydi. Allohning rahmatiga erishadi. Jabroil uni qanoti bilan siypalaydi. Jabroil qanoti bilan siypalagan har bir kishi jannatga kiradi.

Qayd etilgan


Robiya  14 Mart 2009, 15:44:50

BAYRAMNING FAZILATI

Shavvol oyining birinchi kuni Ramazon bayramiga, Zulhijja oyining o‘ninchi kuni Qurbon bayramiga to‘g‘ri keladi. Bu kunlarning bayram deyilishiga sabab shulardir:

1. Mo‘minlar Ramazon bayramida Allohga toat hisoblanuvchi farz - Ramazon ro‘zasini tutgandan keyin, Payg‘ambar (s.a.v.)ga toat hisoblanuvchi olti kunlik Shavvol ro‘zasini tutishga qaytgan bo‘ladilar. Qurbon bayramida esa, yana Allohga toat hisoblanuvchi farz hajni ado etib, Rasululloh (s.a.v.)ni ziyorat qilishga hozirlanadilar.
2   - Bayramlar har yili takrorlanadi.
3   — Bayramda Allohning ehsoni ko‘p bo‘ladi.
4— Bayram kunining o‘zi sevinch va quvonch bilan keladi.

Payg‘ambarimiz (s.a.v.) birinchi marta Bayram Namozini hijratning ikkinchi yilida o‘qiganlar va uni Ramazon Bayram Namozi deb e’lon qilganlar.

Abu Hurayradan — Alloh undan rozi bo‘lsin — rivoyat qilinadi:
—   Bayramlaringizni takbir bilan ziynatlantiring. Alloh Rasuli (s.a.v.) buyurdilar:
—   Kim bayram kuni uch yuz marta «Subhanalloh va bihamdihi» desa va buni musulmonlarning o‘lganlariga baxshida etsa, har bir qabrga nur kiradi. U kishi o‘lgan vaqtda Alloh uning qabriga ming nur kiritadi.

Vahob ibn Munabbih hikoya qiladi:
—   Iblis har-bayram kuni bir nido qiladi. Yordamchilari yig‘ilishadi. Unga derlarki:
—   Ulug‘ ustoz, nega buncha g‘azabli ko‘rinasiz? Iblis shu javobni beradi:
—   Alloh mo‘minlarni yorlaqadi. Endi sizlar ularni nafsoniy orzulari bilan chalg‘itmoq uchun qattiqroq ishlashga majbursiz.

Yana Vahob ibn Munabbih aytadi:

—   Alloh jannatni Ramazon bayrami kuni yaratdi. Tubo daraxtini shu kuni o‘tqazdi. Jabroilni shu kuni vahiy elchisi qilib sayladi. Fir’avn sehrbozlarining tavbasini shu kuni qabul etdi.

Qayd etilgan


Robiya  14 Mart 2009, 15:45:49

Alloh Rasuli dedilar:

—   Kim bayram kechasini shu kunning mazmunini anglashga bag‘ishlab o‘tkazsa, qalblar o‘lgan kuni uning qalbi o‘lmaydi.

Mashhur xalifa Hz. Umar — Alloh undan rozi bo‘lsin — bayram kuni kichik o‘g‘lini ko‘rdi. Bolaning egnida faqatgina eski ko‘ylak bor edi. Hz. Umar yig‘lay boshladi. Bola nega yig‘layotganini so‘radi. Otasi bolalar seni bu eski ko‘ylakda ko‘rganda ko‘ngling eziladi, deb o‘ylaganimdan yig‘ladim, dedi. Bola shu javobni berdi:
—   Faqat Alloh rizosini yo‘qotgan kishi yoki ota-onasiga qarshi chiqqan kishining ko‘ngli ezilishi kerak. Siz mendan rizo bo‘lsangiz, Alloh ham rizo bo‘ladi, deb umid qilaman.

Bu javobni eshitib Hz. Umar takror yig‘ladi. Uni bag‘riga bosdi va yaxshilab duo o‘qidi.

Bizga kelgan xabarlar orasida shunday hujjat ham bor:
—   Bayram kuni sahar vaqtida Alloh farishtalarni yuboradi. Ular Yer yuziga inadilar. Hamma ko‘chalarning boshlarini farishtalar tutadi. Insonlar va jinlardan boshqa butun maxluqlar eshitadigan ovoz bilan nido qiladilar.
Derlar:   
—   Ey Ummati Muhammad, o‘rningizdan turing. Karamli Rabbingizga peshvoz chiqing. Bu kun katta ehsonlar bo‘ladi, ko‘p gunohlar afv etiladi.

Mo‘minlar namoz o‘qigani jomelar va masjidlarga yig‘ilgan vaqtda Alloh farishtalarga xitob qiladi:
—   Ishchi ishini ado etganda nima qilinishi kerak? Farishtalar derlar:
—   Maoshlari to‘lanishi kerak! Alloh buyuradi:
—   Siz hammangiz guvohlarim bo‘lasiz. Men ularga savob (maosh) tarzida o‘z ROZILIGIMNI va MAG’FIRATIMNI berdim.

Qayd etilgan


Robiya  14 Mart 2009, 15:46:40

ZULHIJJANING FAZILATI

Ibn Abbos rivoyat qiladi:

Alloh Rasuli (s.a.v.) marhamat qildilar:

—   Allohning nazdida bu kunlarda (Zulhijjaning birinchi o‘n kunligida) qilingan amallar boshqa kunlarda qilingan amallarga qaraganda Alloh uchun sevimliroqdir.

Sahoba so‘radi:

—   Alloh yo‘lida qilingan jihoddan ham sevimliroqmi! Rasul (s.a.v.) javob berdi:

—   Ha, Alloh yo‘lida qilingan jihoddan ham... Faqat moli va joni bilan Alloh yo‘lida jihodga ketib qaytmagan (shahid bo‘lgan)ning amali mustasno.

Ibn Mas’ud deydiki:   

—   Alloh kunlardan to‘rtini, oylardan to‘rtini, xotinlardan to‘rtini mumtoz qildi. Bundan tashqari to‘rt kishi jannatga birinchi bo‘lib kiruvchilarningold qatorida bo‘ladi. Bulardan boshqa to‘rt kishiga ham jannat mushtoqdir.

Kunlarning birinchisi — JUMAdir. Bu kunda shunday bir fursat ham borki, har kim bu fursatga duch kelganda Allohdan dunyoviy va uxroviy har nima tilasa, albatta, beriladi. Ikkinchisi - ARAFAdir. Arafa kuni kelganda Alloh malaklarga xitoban deydiki:

— Ey farishtalarim, bandalarimga qarang. Qiyinchiliklarni zimmalariga olishyapti. Yo‘qsullarni to‘ydirishmoqda. Guvoh bo‘ling: Men ularni afv etdim!

Kunlarning uchinchisi - QURBON HAYITIning birinchi kunidir. Biron kishi Alloh uchun qurbonlik so‘ysa, uning qonining ilk tomchisi gunohlariga kafforat bo‘ladi.

Qayd etilgan


Robiya  14 Mart 2009, 15:48:33

Mumtoz kunlarning to‘rtinchisi — FITR berilib, muhtoj va yo‘qsullar sevintirilgan kundir. Mo‘minlar Ramazon ro‘zasini tutib, bayramga yetishgan paytlarida Alloh farishtalariga xitoban buyuradiki:
— Har qanday ishchi qilgan mehnati evaziga maosh oladi. Mening bandalarim ularga farz qilingan bir oylik ro‘zani tutdilar. Ertaga bayram qilishadi, maoshlarini berishimiz kerak. Sizlar menga guvoh bo‘ling, ey farishtalar, men ularga mag‘firatimni berdim.

Shu onda bir jarchi (nidochi) nido etib deydiki: — Hey Ummati Muhammad, bizga qarang (eshitmadim demanglar) Yomon amallaringiz yaxshi amalga aylantirildi! Mumtoz oylar: Rajab, Zulqa’da, Zulhijja va Muharramdir. Mumtoz xotinlar: Imron qizi Maryam, Huvaylid qizi Hz. Hadicha (Allohga va Rasuliga iymon keltirgan birinchi xotin), Mazohim qizi Osiyo (Fir’avnning xotini), Muhammad alayhissalomning qizi Fotima (jannat ahli xotinlarining eng ulug‘i).

Qayd etilgan


Robiya  14 Mart 2009, 15:50:03

Jannatga kiruvchilarning old qatoridagilar: Payg‘ambar Hojamiz, Salmon Forsiy, Suhayb(islomni qabul qilish hayot-mamot masalasi bo‘lgan ilk davrdagi e’tiqodida mahkam turgan sahobalardan), Bilol(dastlab qul bo‘lgan, so‘ng o.eod qilingan, musulmon bo‘lgani uchun qattiq azoblarga solinsa ham, dinida mahkam turgan mustahkam irodali sahobalardan).
Jannat mushtoq bo‘lgan kishilar: Hz. Ali. Salmon Forsiy, Ammor ibn Yosir(qullikda musulmon bo‘lgani.uchun qiynab o‘ldirilgan insonlardan), Miqdod ibn Asvad(120 nafar habashistonlik eng sara sahobalardan biri. Juda muhim masalalarni hal qiluvchi hadislardan rivoyat qilgan. 70 yoshida Madinada vafot etgan).

Rasululloh bildirdilar:
—   Kim arafadan bir kun oldingi kunda ro‘za tutsa, Alloh unga Ayyub alayhissalomning balolariga bergan sabr savobini beradi.
—   Kim Arafa kuni ro‘zali bo‘lsa, Alloh unga Iso alayhissalomga bergan savobining mislini beradi.

Arafa kuni bo‘lganda, Alloh Yer yuziga rahmatini sochadi. Bu kun juda ko‘p bandalarini avf etadi. Kim Arafa kuni Allohdan dunyoviy va uxroviy bir hojat tilasa, Alloh uning istaganini beradi.

Qayd etilgan


Robiya  14 Mart 2009, 15:51:57

AShURO KUNINING FAZILATI
(Ashuro — muharram oyining o‘ninchi kuni)

Ibn Abbos rivoyat qiladi:


—   Alloh Rasuli Madinaga kelgan vaqtda Ashuro kuni yahudiylarning ro‘za tutayotganini ko‘rdi. Sababini so‘radi. Ular: «Alloh shu kuni Hz. Musoni va Bani Isroilni Fir’avnning yomonliklaridan qutqardi. Biz Allohning shu ishiga hurmatan ro‘za tutamiz!» dedilar. Rasululloh: «Biz Musoga sizdan ko‘ra yaqinroqmiz!» dedi. Va shu kuni ro‘za tutilishini yaxshi deb topdi. Lekin: «Yahudiylarga o‘xshab qolmaslik uchun Ashuro kunidan bir kun oldin va bir kun keyin ro‘zador bo‘ling» deb buyurdi.

Ashuro kunining fazilati haqida bir talay ma’lumotlar — xabarlar bor. Odam alayhissalom o‘sha kuni yaratilgani, shu kuni jannatga kiritilgani, shu kuni tavbasi qabul qilingani, Arshning, Kursining, Ko‘klarning (Osmonlarning), Yerning, Quyosh, Oy va Yulduzlarning shu kuni yara-tilgani, Ibrohim alayhissalomning shu kuni tug‘ilgani va Namrudning otashidan shu kuni qutulgani to‘g‘risidagi rivoyatlar shular jumlasidandir.
Bayhaqiy qayd etgan bir hadis mana bunday:

—   Kim Ashuro kuni oila a’zolarini yayratsa, Alloh ham butun yil davomida uni yayratadi.

Qayd etilgan


Robiya  14 Mart 2009, 15:52:44

Tobaroniy qayd etgan, lekin sahihligi aniqlanmagan bir hadis esa mana bunday:

— Ashuro kuni qilingan bir yaxshilik yetmish ming yaxshilikka teng.
Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ning nevarasi Hz. Husaynning Ashuro kuni halok etilganligi Alloh nazdida uning qadri va darajasi yuksakligini ko‘rsatadi. Shuningdek, bu - Alloh uni pok Ahli Bayt (ya’ni Payg‘ambarimiz (s.a.v.) xonadoniga mansub bo‘lganlar)ning oliy maqomlariga daxddor qilganini ko‘rsatuvchi shahidlikdir. Kim Ashuro kuni Hz. Husayn mubtalo bo‘lgan musibatni (ko‘rgilikni) xotirlamoqchi bo‘lsa, barcha insonlar faqat o‘tkinchi ekanliklarini va hamma ham Allohdan kelib, Allohga qaytajagini yodda tutib tafakkurga berilmog‘i lozim. Rofiziylarning, Shialarning va boshqa ayirmachi bo‘luvchilarning bid’at yo‘llariga tushmasligi kerak, yig‘lab-sixtab, faryod ko‘tarib, aza tutishlar yaramaydi. Chunki bunday xatti-harakatlar musulmonchilik axloqiga to‘g‘ri kelmaydi. Agar musulmonchilik axloqida dod-faryod solib, o‘ngu so‘lga qaramay har yoqqa la’natlar yog‘dirib motam tutish bo‘lsaydi, Hz. Husaynning bobosi, koinotning quyoshi — Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ning vafoti kuni bunga loyiqroq edi.
Alloh taoloning bir o‘zi biz uchun yetarlidir. Naqadar go‘zal Vakildir u!

Qayd etilgan


Robiya  14 Mart 2009, 15:53:49

FAQIRLARGA IZZAT-IKROM

Payg‘ambarimiz — Allohning salomi ustlariga yog‘ilsin — buyurdilar:
-   Mehmonga xizmat yuklamang, dilini og‘ritgan bo‘lasiz. Kim mehmonni xafa qilsa, Allohni ranjitgan bo‘ladi. Kim Allohni ranjitsa, Alloh undan nafratlanadi.
—   Mehmonni qabul qilmagan kishida yaxshilik bo‘lmaydi. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) bir odamnikiga qisqa vaqtga kirgandilar. U boy odam edi. Tuyalari va sigirlari ko‘p edi. Ammo mehmonni qabul qilish va unga izzat-ikrom ko‘rsatish vazifasini ado etmadi. Keyin boshqa bir odamnikiga kirdilar. U Payg‘ambarimiz (s.a.v.) uchun o‘z insonlik va musulmonlik vazifasini o‘tadi. Shunda Adloh Rasuli bildirdilarki:

—   Bu ikki kishini ko‘ring. Bu har ikki muomala ham Allohning qudrat qo‘li bilan yuz berdi. Kimga go‘zal axloq baxsh etgan bo‘lsa — beradi.
Abu Rofiy (sahoba. Dastlab Rasululloh (s.a.v.)ning amakivachchalari Hz. Abbosning quli edi. U kishi Abu Rofiyni Hz. Muhammad (s.a.a)ga sovga qilgandi. Keyin Payg‘ambarimiz s.a.v. unga ozodlik berdilar. Asli ismi Aslamdir. Hz. Ali zamonida vafot etgan) hikoya qiladi:

—   Rasululloh (s.a.v.) huzuriga bir mehmon kelgandi. Lekin, aksiga olib, uni izzat-ikrom qilmoq uchun uyda hech vaqo yo‘q edi.

Menga: «Falon yahudiyga borib ayt: mehmonim keldi. Menga rajab oyigacha ozgina qarzga un berib tursin!» dedilar. Bordim. Aytdim. Yahudiy: «Garovga bir narsa bermasa bermayman!» dedi. Kelib, Rasulullohga ahvolni tushuntirdim.

Qayd etilgan


Robiya  14 Mart 2009, 15:54:39

Rasululloh dedilar:

—   Allohga qasamki, men Osmonlarda ham IShONARLI KIShIman, Yerda ham IShONARLI KIShIman. Agar qarzga bersa vaqtida uzardim. Ol, mana bu sovut ko‘ylagimni, garovga qoldir!..

Allohning do‘sti Ibrohim alayhissalom ovqatlanishdan oldin bir-ikki chaqirim aylanib yurar, o‘zi bilan birga ovqatlanishga sherik qidirardi.


Rasululloh (s.a.v.)dan so‘radilar:
—   Iymon nima? Javob berdilar:
—   Yedirmoq, atrofda sog‘lik-omonlik yaratmoqdir.

Yana bir daf’a Rasululloh, gunohlarga kafforat va darajalarning yuksalishiga sabab bo‘ladigan amallar qaysi, degan savollarga javoban dedilar:
—   Yedirmoqva hamma uyqudaligida ibodat qilmoq... Haj paytida eng maqbul hisoblanuvchi amal qaysi amal, degan savolga esa:
—   Yedirmoq va go‘zal so‘zli bo‘lmoq! — javobini berdilar.

Anas ibn Molik - Alloh undan rozi bo‘lsin — deydiki:
—   Mehmon kirmagan uyga farishtalar ham kirmas. Faqirlarga va mehmonlarga izzat-ikrom ko‘rsatish mavzuida go‘zal xabarlar juda ko‘p.
Chorlovchi hamma vaqg birinchi galda TAQVODORlarni va nomusli, to‘g‘ri kishilarni chaqirishi va imkon boricha, fosiqlarni da’vat etmasligi lozim.

Payg‘ambarimiz (s.a.v.) o‘zini mehmonga chaqirgan bir kishini shunday deb duo qilgandilar!
—   Topgan-tutganingni, iloyo, yaxshilar yesin! Yana Alloh Rasuli (s.a.v.) buyuradilar:
—   Faqat TAQVODORLARNING dasturxonidan ye! Sening dasturxoningdan ham faqat TAQVODORLAR yesin!..
—   Yana shuni ham yodda tuting: ziyofatga nuqul boylar va amaldorlarni emas, asosan faqirlarni taklif qilish kerak. Shuning uchun Payg‘ambarimiz (s.a.v.) buyuradilar:

—   Dasturxonlarning eng gunohlisi — boylar da’vat etilib, faqirlar chaqirilmagan to‘y dasturxonidir.

Qayd etilgan