Muallif Mavzu: BLITS SAVOLLAR TANLOVI (yakunlandi)  ( 54350 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 1 Mehmon ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

Y_U_R_I_S_T

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 1285
  • -oldi: 1505
  • Xabarlar: 3161
  • Jins: Erkak
  • ZAKOVAT INTELLEKTUAL KLUBI
    • ZAKOVAT INTELLEKTUAL KLUBI
BLITS SAVOLLAR TANLOVI (yakunlandi)
« : 11 Sentyabr 2008, 20:48:49 »
BLITS SAVOLLAR tanlovi:

Tanlovning o’tkazilish kuni:

- Tanlov sentyabr oyining 11-sanasidan boshlanadi.

- Tanlov haftaning har Payshanba kunida bo'lib o'tadi. Bunda o'sha kuni soat 12:00 da savollar joylashtiriladi va javoblarni yuborish uchun bir hafta vaqt beriladi. (kelasi Payshanba kuni soat 12:00 gacha) Bu muddat ichida kelgan barcha javoblar qabul qilinadi.
- Javoblar bir hafta o'tib e'lon qilinadi va keyingi tur savollari kiritiladi.


Tanlov ishtirokchilari:

- Tanlovda barcha: Forum a'zolari va a'zo bo'lmaganlar ishtirok eta oladi. Bunda javoblarni Forum a'zolari Y_U_R_I_S_T ga PM xati orqali, a'zo bo'lmaganlar esa javoblar@mail.ru manziliga yuborishlari mumkin.


Tanlov shartlari va ochkolarni hisoblash:

- Tanlovda har bir blits savoli 3 ta savoldan tashkil topgan bo'ladi. Agar siz uchala savolga ham javob bersangiz 5 ball, ikkitasiga javob bersangiz 3 ball, bittasiga javob bersangiz 1 ball beriladi.

Masalan:
1-savol:
1. Dunyoda rasmiy poytaxti yo'q yagona davlat?
2. Undan qancha olsang kattalashadi, qancha qo'shsang kichrayadi. U nima?
3. U kasb egalarining kiyimlari eng qimmat hisoblanadi. Bu qaysi kasb?

Bunda uchala savol yaxlit bitta hisoblanadi.

- Tanlov 10 tur bo'ladi. Har bir turda 10 tadan savollar guldastasi beriladi. Demak har bur turda 30 dona Blits savol, umumiy tanlovda esa 300 ta savol ishtirok etadi.


Tanlov g’oliblarini taqdirlash:

- Tanlovda g’olib topilgan ishtirokchiga ajoyib kitoblar jamlanmasini topshirishni niyat qilib qo’ydim. Bu o’zbek va jahon adabiyotiga tegishli bo’lgan, intellektual bilimni oshirishga qaratilgan qimmatli kitoblar bo’lishi aniq.

Xozircha g’olibga topshirilajak kitoblarning taxminiy ro’yxati quyidagicha:

1. ““Zakovat” taqdim etadi-2” – Zakovat Intellektual klubi va bilimdonlari haqida ma’lumotlar, qiziqarli fotosuratlar va minglab ajoyib savollarni o’zida mujassamlashtirgan kitobning 2-nashri chiqarilish arafasida turibdi. Xudo xoxlasa tanlov yakunigacha kitob dunyo yuzini ko’rishi tabiiy. Eng avvalo ushbu kitob barcha Zakovat Intellektual klubi a’zolarining dastxati bilan g’olibga topshiriladi.

2. Gabriel Garsia Markes. “Yolg’izlikning  100 yili”, “Oshkora qotillik qissasi”

3. Jurjiy Zaydon. “Farg’ona kelini”

4. Chingiz Aytmatov. “Tanlangan asarlar”

5. Agata Kristi. “Rojdestvo arafasidagi qotillik”

6. Uilyam Shekspir. “Hamlet”

Bu ro’yxat xali yana kengayishi aniq. Agarda ko’ngilli ravishda g’oliblarni taqdirlashga o’z hissasini qo’shish istagida bo’lganlar topilsa, bundan juda xursand bo’lar edik. Ularning har qanday xayrli taklifini mamnuniyat bilan qabul qilamiz.

Xozircha shular. Agar sizda biror taklif yoki e’tiroz bo’lsa marhamat, bemalol o’z fikringizni bildirishingiz mumkin. Sizning fikringiz men uchun muhim.
« So'nggi tahrir: 04 Yanvar 2009, 21:53:35 muallifi Y_U_R_I_S_T »
Xushnudbek taqdim etadi:
Hamma mavzu haqida blog - asosan huquqshunoslik haqida
http://xushnudbek.blogspot.com/

Y_U_R_I_S_T

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 1285
  • -oldi: 1505
  • Xabarlar: 3161
  • Jins: Erkak
  • ZAKOVAT INTELLEKTUAL KLUBI
    • ZAKOVAT INTELLEKTUAL KLUBI
Re: BLITS SAVOLLAR TANLOVI (1-tur)
« Javob #1 : 11 Sentyabr 2008, 20:54:27 »
1 TUR SAVOLLARI:

1-savol:   
1. Janubiy afrika Respublikasi ichida joylashgan anklav davlat qaysi?
   
2. “Mimino” filmida haydovchi Xachikyan rolini ijro etgan arman aktyori kim?
   
3. Xalqaro dengiz tashkiloti nima deb ataladi?

   
2-savol:   
1. Io qaysi sayyoraning yo‘ldoshi sanaladi?

2. KIA avtomobil kompaniyasi qaysi davlatga tegishli?

3. Asarlarini tahallus bilan yozadigan muallifning asl ismi qanday ataladi?

   
3-savol:   
1. Qozog‘istondagi Qizil O’rda shahri 1853 yilgacha qanday atalgan?

2. “Bu dunyoda o‘lib bo‘lmaydi” romani kimning qalamiga mansub?

3. Tibbiyotda so‘zlash qobiliyatining yo‘qolishi nima deb ataladi?
   
   
4-savol:   
1. Tojikistonning So‘g‘d viloyatining ma’muriy markazi qaysi shahar?

2. NATO shtab-kvartirasi qaysi shaharda joylashgan?

3. Birinchi o‘zbek baletining nomi nima?

   
5-savol:
1. Shotland ovcharkasining ikkinchi nomi qanday?

2. Uzoq muddatli ssuda olish maqsadida ko‘chmas mulkni garovga qo‘yish qanday ataladi?

3. “Abak kitoblari”ning muallifi bo‘lgan italyan metematigi kim?

   
6-savol:   
1. “Chotqol yo‘lbarsi” asarlarining muallifi bo‘lgan o‘zbek yozuvchisi kim?

2. Nomzodlar familiyasi ko‘rsatilgan ovoz berish  hujjati qanday ataladi?

3. Botanika fanining daraxtlarni o‘rganadigan bo‘limi qanday ataladi?

   
7-savol:   
1. Zarafshon daryosi Amudaryo bilan qaysi kanal orqali qo‘shiladi?

2. SI tizimida elektr tokining kuchi qaysi birlikda o‘lchanadi?

3. Stenli kubogiga eng ko‘p marotaba sazovor bo‘lgan NXL jamoasi qaysi?

   
8-savol:   
1. Stanislavskiy va Nemirovich-Danchenko 1898 yili qaysi teatrga asos solishgan?

2. 14 asrga tegishli bo‘lgan Qutlug‘ Temur minorasi qaysi shaharda joylashgan?

3. Qaysi kimyoviy elementning nomini grek tilidan tarjima qilganda “noturg‘un” degan ma’noni bildiradi?

   
9-savol:   
1. Katta leytenant pogonida nechta yulduz bor?

2. Ibn Sinoning asl ismi nima edi?

3. “Satirikon” Rossiya davlat teatri kimning nomi bilan ataladi?

   
10-savol:
1. Qalqonsimon bezning kattalashuvi bilan kuzatiladigan kasallik qanday ataladi?

2. Kanishka qaysi dalatning hukmdori bo‘lgan?

3. Ota va o‘g‘il Shtrauslarning nomi bilan bog‘liq vals qanday ataladi? 




Javoblarni yuborish uchun bir hafta vaqt.

Javoblaringizni javoblar@mail.ru manziliga yoki menga PM xati orqali yuborishingiz mumkin.

Javoblaringizni kutamiz!!!!!
Xushnudbek taqdim etadi:
Hamma mavzu haqida blog - asosan huquqshunoslik haqida
http://xushnudbek.blogspot.com/

Y_U_R_I_S_T

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 1285
  • -oldi: 1505
  • Xabarlar: 3161
  • Jins: Erkak
  • ZAKOVAT INTELLEKTUAL KLUBI
    • ZAKOVAT INTELLEKTUAL KLUBI
Re: BLITS SAVOLLAR TANLOVI (1-tur)
« Javob #2 : 18 Sentyabr 2008, 18:41:46 »
1 TUR JAVOBLARI

1-savol:   
1. Janubiy afrika Respublikasi ichida joylashgan anklav davlat qaysi?
   Javob: Lesoto qirolligi.
2. “Mimino” filmida haydovchi Xachikyan rolini ijro etgan arman aktyori kim?
   Javob: M.M. Mkrtchyan.
3. Xalqaro dengiz tashkiloti nima deb ataladi?
   Javob: IMO.
   
2-savol:   
1. Io qaysi sayyoraning yo‘ldoshi sanaladi?
   Javob: Yupiter.
2. KIA avtomobil kompaniyasi qaysi davlatga tegishli?
   Javob: Janubiy Koreya.
3. Asarlarini tahallus bilan yozadigan muallifning asl ismi qanday ataladi?
   Javob: Avtonim.
   
3-savol:   
1. Qozog‘istondagi Qizil O’rda shahri 1853 yilgacha qanday atalgan?
   Javob: Oqmachit.
2. “Bu dunyoda o‘lib bo‘lmaydi” romani kimning qalamiga mansub?
   Javob: Tog‘ay Murod.
3. Tibbiyotda so‘zlash qobiliyatining yo‘qolishi nima deb ataladi?
   Javob: Afaziya.
   
4-savol:   
1. Tojikistonning So‘g‘d viloyatining ma’muriy markazi qaysi shahar?
   Javob: Ho‘jand.
2. NATO shtab-kvartirasi qaysi shaharda joylashgan?
   Javob: Bryussel.
3. Birinchi o‘zbek baletining nomi nima?
   Javob: Paxta.
   
5-savol:
1. Shotland ovcharkasining ikkinchi nomi qanday?
   Javob: Kolli.
2. Uzoq muddatli ssuda olish maqsadida ko‘chmas mulkni garovga qo‘yish qanday ataladi?
   Javob: Ipoteka.
3. “Abak kitoblari”ning muallifi bo‘lgan italyan metematigi kim?
   Javob: Leonardo Pizanskiy (Fibonachchi).
   
6-savol:   
1. “Chotqol yo‘lbarsi” asarlarining muallifi bo‘lgan o‘zbek yozuvchisi kim?
   Javob: Mirmuhsin.
2. Nomzodlar familiyasi ko‘rsatilgan ovoz berish  hujjati qanday ataladi?
   Javob: Saylov byulleteni.
3. Botanika fanining daraxtlarni o‘rganadigan bo‘limi qanday ataladi?
   Javob: Dendrologiya.
   
7-savol:   
1. Zarafshon daryosi Amudaryo bilan qaysi kanal orqali qo‘shiladi?
   Javob: Amu-Buxoro kanali.
2. SI tizimida elektr tokining kuchi qaysi birlikda o‘lchanadi?
   Javob: Amper.
3. Stenli kubogiga eng ko‘p marotaba sazovor bo‘lgan NXL jamoasi qaysi?
   Javob: “Monreal Kanadiens”.
   
8-savol:   
1. Stanislavskiy va Nemirovich-Danchenko 1898 yili qaysi teatrga asos solishgan?
   Javob: Moskva badiiy akademik teatri (MXAT).
2. 14 asrga tegishli bo‘lgan Qutlug‘ Temur minorasi qaysi shaharda joylashgan?
   Javob: Urganch.
3. Qaysi kimyoviy elementning nomini grek tilidan tarjima qilganda “noturg‘un” degan ma’noni bildiradi?
   Javob: Astat.
   
9-savol:   
1. Katta leytenant pogonida nechta yulduz bor?
   Javob: 3 ta.
2. Ibn Sinoning asl ismi nima edi?
   Javob: Husayn.
3. “Satirikon” Rossiya davlat teatri kimning nomi bilan ataladi?
   Javob: A.Raykin.
   
10-savol:
1. Qalqonsimon bezning kattalashuvi bilan kuzatiladigan kasallik qanday ataladi?
   Javob: Bo‘qoq.
2. Kanishka qaysi dalatning hukmdori bo‘lgan?
   Javob: Kushonlar saltanati.
3. Ota va o‘g‘il Shtrauslarning nomi bilan bog‘liq vals qanday ataladi?
   Javob: Vena valsi.
Xushnudbek taqdim etadi:
Hamma mavzu haqida blog - asosan huquqshunoslik haqida
http://xushnudbek.blogspot.com/

Y_U_R_I_S_T

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 1285
  • -oldi: 1505
  • Xabarlar: 3161
  • Jins: Erkak
  • ZAKOVAT INTELLEKTUAL KLUBI
    • ZAKOVAT INTELLEKTUAL KLUBI
Re: BLITS SAVOLLAR TANLOVI (1-tur)
« Javob #3 : 18 Sentyabr 2008, 18:44:23 »
2-TUR SAVOLLARi:


1-savol:
1. “Doktor Jivago” romanining mualllifi bo‘lgan rus yozuvchisi kim?   
   
2. “Genaeral Rahimov” filmida bosh rolni ijro etgan o‘zbek aktyori kim?   
   
3. G’arbiy O’rtayer xududida hukmronlik Karfagen qaysi katta imperiya bilan "Puni urushlarini" olib borgan?   


2-savol:   
1. Bastakor Friderik Shopen qaysi davlatda tug‘ilgan?
   
2. “Puma” kompaniyasi qaysi davlatga tegishli?
   
3. O’zbek qo‘shiqchisi Halima Nosirovaga Saprano atamasini nima aloqasi bor?
   

3-savol:   
1. 693 metrlik balandlikda joylashgan Iso Masih haykali qaysi shaharda qad ko‘targan?
   
2. Katta Farg‘ona kanali qaysi daryodan boshlanadi?
   
3. Qaysi avtomobil kompaniyasining nomi “Men chayqalayapman” degan ma’noni anglatadi?
   
   
4-savol:   
1. Akulalarda eng yaxshi rivojlangan sezgi a’zosi qaysi?
   
2. Yoxannesburg shahri qaysi davlat xududida joylashgan?
   
3. Anton Antonovich Delvig qaysi rus yozuvchisining eng yaqin do‘sti bo‘lgan?
   
   
5-savol:   
1. Indoneziya poytahti Jakarta qaysi orolda joylashgan?
   
2. 1240-yillarning boshlarida Botuxon tomonidan asos solingan mo‘g‘ul-tatar davlati qanday atalgan?
   
3. Urug‘lantirilgan tuhum hujayra qanday ataladi?
    
    
6-savol:   1. 1969 yilning iyulida “Apollon-11” ning komandiri kim bo‘lgan?
   
2. Serra – Leone davlatining poytahti qaysi shahar?
    
3. “Pigmalion”, “Androkl va sher”, “Sezar va Kleopatra” asarlarining muallifi bo‘lgan ingliz yozuvchisi kim?
   
   
7-savol:   
1. Anna Axmatovaning haqiqiy familiyasi qanday?
   
2. Afrikaning Liberiya davlati pul birligi qaysi?
   
3. Potrtda hizmat qiluvchi port yuk tashuvchisi qanday ataladi?
   
   
8-savol:   
1. Rosssiyalik Anna Kurnikovaga 2004 yilda qaysi qo‘shiqchiga turmushga chiqdi?
   
2. Qaysi mashhur olmosning nomi “Yorug‘lik tog‘i” degan ma’noni anglatadi?
   
3. O’rol Tansiqboevning “Sirdaryo” nomli surati qaerda saqlanadi?
   
   
9-savol:   
1. Qaysi kimyoviy elementning lotincha nomi Carboneum deb ataladi?
   
2. Totalizator o‘yinida tikilgan pullarni qabul qiluvchi inson qanday ataladi?
   
3. SI tizimida yoritilganlikning o‘lchov birligi nima?
   
   
10-savol:   
1. “Mazda” firmasining bosh ofisi qaysi shaharda joylashgan?
   
2. Noma’lum uchar jismlar haqidagi fan qanday nomlanadi?
   
3. Osmon jismlari va hafta kunlari mutanosibligida Quyosh haftaning qaysi kuniga mos keladi?





Javoblarni yuborish uchun bir hafta vaqt.

Javoblaringizni javoblar@mail.ru manziliga yoki menga PM xati orqali yuborishingiz mumkin.

Javoblaringizni kutamiz!!!!!
Xushnudbek taqdim etadi:
Hamma mavzu haqida blog - asosan huquqshunoslik haqida
http://xushnudbek.blogspot.com/

Y_U_R_I_S_T

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 1285
  • -oldi: 1505
  • Xabarlar: 3161
  • Jins: Erkak
  • ZAKOVAT INTELLEKTUAL KLUBI
    • ZAKOVAT INTELLEKTUAL KLUBI
Re: BLITS SAVOLLAR TANLOVI (2-tur)
« Javob #4 : 25 Sentyabr 2008, 20:41:18 »
2-TUR JAVOBLARI:

1-savol:
1. “Doktor Jivago” romanining mualllifi bo‘lgan rus yozuvchisi kim?   
   Javob: Pasternak
2. “Genaeral Rahimov” filmida bosh rolni ijro etgan o‘zbek aktyori kim?   
   Javob: Z.Muhammadjonov
3. G’arbiy O’rtayer xududida hukmronlik Karfagen qaysi katta imperiya bilan "Puni urushlarini" olib borgan?   
   Javob: Rim imperiyasi

2-savol:   
1. Bastakor Friderik Shopen qaysi davlatda tug‘ilgan?
   Javob: Polsha
2. “Puma” kompaniyasi qaysi davlatga tegishli?
   Javob: Germaniya
3. O’zbek qo‘shiqchisi Halima Nosirovaga Saprano atamasini nima aloqasi bor?
   Javob: Ovozining balandligi shunaqa bo'lgan

3-savol:   
1. 693 metrlik balandlikda joylashgan Iso Masih haykali qaysi shaharda qad ko‘targan?
   Javob: Rio de-Janeyro
2. Katta Farg‘ona kanali qaysi daryodan boshlanadi?
   Javob: Norin
3. Qaysi avtomobil kompaniyasining nomi “Men chayqalayapman” degan ma’noni anglatadi?
   Javob: Volvo
   
4-savol:   
1. Akulalarda eng yaxshi rivojlangan sezgi a’zosi qaysi?
   Javob: Hid bilish a’zosi
2. Yoxannesburg shahri qaysi davlat xududida joylashgan?
   Javob: JAR
3. Anton Antonovich Delvig qaysi rus yozuvchisining eng yaqin do‘sti bo‘lgan?
   Javob: A.S.Pushkinning
   
5-savol:   
1. Indoneziya poytahti Jakarta qaysi orolda joylashgan?
   Javob: Yava
2. 1240-yillarning boshlarida Botuxon tomonidan asos solingan mo‘g‘ul-tatar davlati qanday atalgan?
   Javob: Oltin O’rda
3. Urug‘lantirilgan tuhum hujayra qanday ataladi?
    Javob: Zigota
    
6-savol:   1. 1969 yilning iyulida “Apollon-11” ning komandiri kim bo‘lgan?
   Javob: Nil Armstrong
2. Serra – Leone davlatining poytahti qaysi shahar?
    Javob: Fritaun
3. “Pigmalion”, “Androkl va sher”, “Sezar va Kleopatra” asarlarining muallifi bo‘lgan ingliz yozuvchisi kim?
   Javob: Bernard Shou
   
7-savol:   
1. Anna Axmatovaning haqiqiy familiyasi qanday?
   Javob: Gorenko
2. Afrikaning Liberiya davlati pul birligi qaysi?
   Javob: Dollar
3. Potrtda hizmat qiluvchi port yuk tashuvchisi qanday ataladi?
   Javob: Doker
   
8-savol:   
1. Rosssiyalik Anna Kurnikovaga 2004 yilda qaysi qo‘shiqchiga turmushga chiqdi?
   Javob: E. Iglesias
2. Qaysi mashhur olmosning nomi “Yorug‘lik tog‘i” degan ma’noni anglatadi?
   Javob: Ko‘hinur
3. O’rol Tansiqboevning “Sirdaryo” nomli surati qaerda saqlanadi?
   Javob: Tretyakov galereyasida
   
9-savol:   
1. Qaysi kimyoviy elementning lotincha nomi Carboneum deb ataladi?
   Javob: Uglerod
2. Totalizator o‘yinida tikilgan pullarni qabul qiluvchi inson qanday ataladi?
   Javob: Bukmeker
3. SI tizimida yoritilganlikning o‘lchov birligi nima?
   Javob: Lyuks
   
10-savol:   
1. “Mazda” firmasining bosh ofisi qaysi shaharda joylashgan?
   Javob: Xirosima
2. Noma’lum uchar jismlar haqidagi fan qanday nomlanadi?
   Javob: Ufologiya
3. Osmon jismlari va hafta kunlari mutanosibligida Quyosh haftaning qaysi kuniga mos keladi?
    Javob: Yakshanba
Xushnudbek taqdim etadi:
Hamma mavzu haqida blog - asosan huquqshunoslik haqida
http://xushnudbek.blogspot.com/

Y_U_R_I_S_T

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 1285
  • -oldi: 1505
  • Xabarlar: 3161
  • Jins: Erkak
  • ZAKOVAT INTELLEKTUAL KLUBI
    • ZAKOVAT INTELLEKTUAL KLUBI
Re: BLITS SAVOLLAR TANLOVI (2-tur)
« Javob #5 : 25 Sentyabr 2008, 20:45:09 »
3-TUR SAVOLLARi:

1-savol:   
1. Islom Universiteti Saudiya Arabistonining qaysi shahrida joylashgan?
   
2. Mahtumquli qaysi millat shoiri bo‘lgan?
   
3. Iroq davlatining pul birligi nima?


2-savol:
1. Braziliyalik futbolchi Ronaldo qaysi shaharda tug‘ilgan?
   
2. Quyoshga eng yaqin sayyora qaysi?

3. Malta davlatining poytahti qaysi shahar?


3-savol:
1. Afanasiy Nikitin qaysi uch dengiz osha sayohat qilgan?

2. Uchquduq shahri mamlakatimizning qaysi viloyatida joylashgan?

3. Hindistonning 83 foiz aholisi qaysi dinga e’tiqod qiladi?


4-savol:
1. Shvetsiya parlamenti qanday nomlanadi?

2. Qaysi o‘simlik moyining eng yaxshi navlari provans moyi deb ataladi?

3. Rossiyalik sport sharxlovchisi Nikolay Ozerov qaysi sport turi bo‘yicha chempion bo‘lgan?


5-savol:
1. Qaysi sut emizuvchining tili yarim metrgacha yetadi?

2. Frantsuz yozuvchisi va faylasufi Volter qaysi shaharda tug‘ilgan?

3. Ko‘pburchak barcha tomonlari uzunligining yig‘indisi qanday ataladi?


6-savol:
1. Kuba davlatining pul birligi nima?

2. Tuproqqal’a yodgorliklari mamlakatimizning qaysi tumanida joylashgan?
   
3. Olimpiada bayrog‘ining pastki qavatida qaysi rangdagi xalqalar tasvirlangan?


7-savol:
1. Said Ahmadning qaysi pesasi 1976 yil yozilgan?

2. 1587-1607 yillardagi ingliz-ispan urushi vaqtida Ispaniya tomonidan Angliyani bosib olish uchun yaratilgan flot qanday atalgan?

3. “Asosiy instinkt” filmida bosh rolni ijro etgan amerikalik kinoaktrisa kim?


8-savol:
1. “Toyota Motors” korporatsiyasining Shimoliy Amerika bo‘linmasi qanday nom bilan ataladi?

2. Qozog‘istonning 20 tengelik kupyurasida kimning surati tasvirlangan?

3.  “Sevilyalik sartarosh” va “Figaroning uylanishi” komediyalarining muallifi kim?


9-savol:
1. Qaysi transport vositasining nomi mototsikl va velosiped so‘zlarining bo‘g‘inlari qo‘shilishidan hosil bo‘lgan?

2. Sherobod shahri mamlakatimizning qaysi viloyatida joylashgan?

3. Qaysi qon guruhi universal donor hisoblanadi?


10-savol:
1. Boshqirdiston poytahti qaysi shahar?

2. 1992 yilgi yozgi olimpiada o‘yinlari qaysi shaharda bo‘lib o‘tgan?

3. “Lamborjini” firmasining emblemasida qaysi hayvon tasvirlangan?



Javoblarni yuborish uchun bir hafta vaqt.

Javoblaringizni javoblar@mail.ru manziliga yoki menga PM xati orqali yuborishingiz mumkin.

Javoblaringizni kutamiz!!!!!
Xushnudbek taqdim etadi:
Hamma mavzu haqida blog - asosan huquqshunoslik haqida
http://xushnudbek.blogspot.com/

Y_U_R_I_S_T

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 1285
  • -oldi: 1505
  • Xabarlar: 3161
  • Jins: Erkak
  • ZAKOVAT INTELLEKTUAL KLUBI
    • ZAKOVAT INTELLEKTUAL KLUBI
Re: BLITS SAVOLLAR TANLOVI (3-tur)
« Javob #6 : 02 Oktyabr 2008, 23:22:02 »
4-TUR SAVOLLARi:

1-savol:   
1. Mashhur olim Galileo Galiley qaysi davlatda tug‘ilgan?
   
2. “Qora ko‘zlar”, “Olmos kamar”, “Yulduzli tunlar” asarlarining muallifi bo‘lgan o‘zbek yozuvchisi kim?

3. 11-17 asrlarga oid bo‘lgan “Sulton Saodat” maqbaralar majmuasi mamlakatimizning qaysi viloyatida joylashgan?


2-savol:   
1. Mushak kuchini o‘lchovchi asbob qanday nomlanadi?

2. Leonardo da Vinchining “Mona Liza” surati qaysi muzeyda saqlanadi?

3. 1986 yilgacha “Fil Suyagi Qirg‘og‘i” deb atalgan Afrikadagi davlat hozir qanday ataladi?


3-savol:   
1. Birinchi apteka qaysi shaharda ochilgan?

2. Bodring o‘simliklarning qaysi oilasiga kiradi?

3. Graf va vikont orasida turuvchi dvoryanlik tituli qanday ataladi?


4-savol:   
1. Seldlar oilasiga kiruvchi mayda ov baliqlarining umumiy nomi qanday ataladi?

2. Bujumbura shahri qaysi davlatning poytahti hisoblanadi?

3. Hind mifologiyasida Ramning ukasi va yordamchisi bo‘lgan qahramon kim?


5-savol:   
1. Vetnam davlatining pul birligi qanday ataladi?

2. Boks jangida nokaut bilan mag‘lubiyatga uchragan bokschi necha oy musobaqalardan chetlashtiriladi?

3. Frantsiya tarixida “Yuz kun” deb nomlangan hokimiyat kimga tegishli bo‘lgan?


6-savol:   
1. Yunon mifologiyasida o‘z otasi bilan osmonga ko‘tarilgan qahramonning ismi nima bo‘lgan?

2. “Sangam”, “Mening ismim masharaboz”, “Bobbi” kabi filmlarning rejissyori kim?

3. Sosoniylar davrida Eronda hukmdorlarning tituli bo‘lgan, nomining ma’nosi forschadan tarjima qilinganda “shoxlar shoxi” degan manoni bildirgan titul qaysi?


7-savol:   
1. “Temir xotin” tragikomediyasining muallifi kim?

2. AQSh, Buyuk Britaniya, Daniyada ma’muriy-xududiy yoki federativ birlikni boshqaruvchi oliy lavozimdagi shaxs qanday ataladi?

3. Kot-D'Ivuar davlatining poytahti qaysi shahar?


8-savol:   
1. 1220 yildan umrining oxirigacha Kichik osiyoning Konya shaxrida yashagan fors so‘fiy shoiri kim?

2. Tipratikanlar sut emizuvchilarning qaysi turkumiga mansub?

3. Buddizm dini dastlab qaysi davlatda paydo bo‘lgan?


9-savol:   
1. G’arbda Mang‘ishloq yarimoroli, sharqda Amudaryo deltasi  oralig‘ida joylashgan plato nomi nima?

2. “Morg ko‘chasidagi qotillik”, “Oltin qo‘ng‘iz” kabi detetktiv asarlarning muallifi kim?

3. Frantsiya Respublikasining madhiyasi qanday ataladi?


10-savol:
1. Ruminiya davlatining pul birligi nima?

2. Qaysi uglevod “uzum shakari” deb ham ataladi?

3. Subaru avtomobillari qaysi davlatda ishlab chiqariladi?



Javoblarni yuborish uchun bir hafta vaqt.

Javoblaringizni javoblar@mail.ru manziliga yoki menga PM xati orqali yuborishingiz mumkin.

Javoblaringizni kutamiz!!!!!
Xushnudbek taqdim etadi:
Hamma mavzu haqida blog - asosan huquqshunoslik haqida
http://xushnudbek.blogspot.com/

Y_U_R_I_S_T

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 1285
  • -oldi: 1505
  • Xabarlar: 3161
  • Jins: Erkak
  • ZAKOVAT INTELLEKTUAL KLUBI
    • ZAKOVAT INTELLEKTUAL KLUBI
Re: BLITS SAVOLLAR TANLOVI (4-tur)
« Javob #7 : 08 Oktyabr 2008, 21:14:22 »
3-TUR JAVOBLARi:

1-savol:   
1. Islom Universiteti Saudiya Arabistonining qaysi shahrida joylashgan?
   Javob: Makka
2. Mahtumquli qaysi millat shoiri bo‘lgan?    
   Javob: Turkman
3. Iroq davlatining pul birligi nima?
    Javob: Iroq dinori
    
2-savol:   
1. Braziliyalik futbolchi Ronaldo qaysi shaharda tug‘ilgan?
    Javob: Rio-de-Janeyro
2. Quyoshga eng yaqin sayyora qaysi?
    Javob: Merkuriy
3. Malta davlatining poytahti qaysi shahar?
    Javob: Valetta
    
3-savol:   
1. Afanasiy Nikitin qaysi uch dengiz osha sayohat qilgan?
   Javob: Kaspiy, Arab va Qora dengiz
2. Uchquduq shahri mamlakatimizning qaysi viloyatida joylashgan?
    Javob: Navoiy
3. Hindistonning 83 foiz aholisi qaysi dinga e’tiqod qiladi?
   Javob: Induizm
   
4-savol:   
1. Shvetsiya parlamenti qanday nomlanadi?
    Javob: Riksdag
2. Qaysi o‘simlik moyining eng yaxshi navlari provans moyi deb ataladi?
    Javob: Zaytun
3. Rossiyalik sport sharxlovchisi Nikolay Ozerov qaysi sport turi bo‘yicha chempion bo‘lgan?
    Javob: Tennis
    
5-savol:   
1. Qaysi sut emizuvchining tili yarim metrgacha yetadi?
   Javob: Jirafa
2. Frantsuz yozuvchisi va faylasufi Volter qaysi shaharda tug‘ilgan?
    Javob: Parij
3. Ko‘pburchak barcha tomonlari uzunligining yig‘indisi qanday ataladi?
    Javob: Perimetr
    
6-savol:   
1. Kuba davlatining pul birligi nima?
    Javob: Kuba pesosi
2. Tuproqqal’a yodgorliklari mamlakatimizning qaysi tumanida joylashgan?
    Javob: Beruniy
3. Olimpiada bayrog‘ining pastki qavatida qaysi rangdagi xalqalar tasvirlangan?
    Javob: Sariq va yashil
    
7-savol:   
1. Said Ahmadning qaysi pesasi 1976 yil yozilgan?   Javob: “Kelinlar qo‘zg‘oloni”
2. 1587-1607 yillardagi ingliz-ispan urushi vaqtida Ispaniya tomonidan Angliyani bosib olish uchun yaratilgan flot qanday atalgan?    
   Javob: Yengilmas armada
3. “Asosiy instinkt” filmida bosh rolni ijro etgan amerikalik kinoaktrisa kim?
    Javob: Sheron Stoun
    
8-savol:   
1. “Toyota Motors” korporatsiyasining Shimoliy Amerika bo‘linmasi qanday nom bilan ataladi?
    Javob: Leksus
2. Qozog‘istonning 20 tengelik kupyurasida kimning surati tasvirlangan?
    Javob: Abay
3.  “Sevilyalik sartarosh” va “Figaroning uylanishi” komediyalarining muallifi kim?
    Javob: Bomarshe
    
9-savol:   
1. Qaysi transport vositasining nomi mototsikl va velosiped so‘zlarining bo‘g‘inlari qo‘shilishidan hosil bo‘lgan?
    Javob: Moped
2. Sherobod shahri mamlakatimizning qaysi viloyatida joylashgan?
    Javob: Surxondaryo
3. Qaysi qon guruhi universal donor hisoblanadi?
    Javob: Birinchi
    
10-savol:   
1. Boshqirdiston poytahti qaysi shahar?
    Javob: Ufa
2. 1992 yilgi yozgi olimpiada o‘yinlari qaysi shaharda bo‘lib o‘tgan?
    Javob: Barselona
3. “Lamborjini” firmasining emblemasida qaysi hayvon tasvirlangan?
    Javob: Buqa
Xushnudbek taqdim etadi:
Hamma mavzu haqida blog - asosan huquqshunoslik haqida
http://xushnudbek.blogspot.com/

Y_U_R_I_S_T

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 1285
  • -oldi: 1505
  • Xabarlar: 3161
  • Jins: Erkak
  • ZAKOVAT INTELLEKTUAL KLUBI
    • ZAKOVAT INTELLEKTUAL KLUBI
Re: BLITS SAVOLLAR TANLOVI (4-tur)
« Javob #8 : 08 Oktyabr 2008, 21:37:25 »
1-tur natijalari

â„–   Ishtirokchi ismi                Ochko

1.   Timur Madalimov   42
2.   Messi44   37
3.   Musannif Adham   32
4.   Ulugbek-Uz   30
5.   Ma'ruf Yusupxodjayev   28
6.   Mansurbek   25
7.   Bobur Radjapov   23
8.   Sherzod Norqulov   16
9.   Mars   6
Xushnudbek taqdim etadi:
Hamma mavzu haqida blog - asosan huquqshunoslik haqida
http://xushnudbek.blogspot.com/

Y_U_R_I_S_T

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 1285
  • -oldi: 1505
  • Xabarlar: 3161
  • Jins: Erkak
  • ZAKOVAT INTELLEKTUAL KLUBI
    • ZAKOVAT INTELLEKTUAL KLUBI
Re: BLITS SAVOLLAR TANLOVI (4-tur)
« Javob #9 : 08 Oktyabr 2008, 22:07:29 »
2-tur natijalari

â„–   Ism   Ochko
1.   Ma'ruf Yusupxodjayev      46
2.   Musannif Adham      29
3.   Ulugbek-Uz                  28
4.   Lolo                              24
5.   Bobur Radjapov      23
6.   Sherzod Norqulov      22
7.   Mansurbek                  18
Xushnudbek taqdim etadi:
Hamma mavzu haqida blog - asosan huquqshunoslik haqida
http://xushnudbek.blogspot.com/

Y_U_R_I_S_T

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 1285
  • -oldi: 1505
  • Xabarlar: 3161
  • Jins: Erkak
  • ZAKOVAT INTELLEKTUAL KLUBI
    • ZAKOVAT INTELLEKTUAL KLUBI
Re: BLITS SAVOLLAR TANLOVI (4-tur)
« Javob #10 : 08 Oktyabr 2008, 22:14:50 »
2-turdan keyin UMUMIY natijalar


â„–   Ishtirokchi ismi            Ochko

1.   Ma'ruf Yusupxodjayev   74
2.   Musannif Adham   61
3.   Ulugbek-Uz   58
4.   Bobur Radjapov   46
5.   Mansurbek   43
6.   Timur Madalimov   42
7.   Sherzod Norqulov   38
8.   Messi44   37
9.   Lolo   24
10.   Mars   6
Xushnudbek taqdim etadi:
Hamma mavzu haqida blog - asosan huquqshunoslik haqida
http://xushnudbek.blogspot.com/

Y_U_R_I_S_T

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 1285
  • -oldi: 1505
  • Xabarlar: 3161
  • Jins: Erkak
  • ZAKOVAT INTELLEKTUAL KLUBI
    • ZAKOVAT INTELLEKTUAL KLUBI
Re: BLITS SAVOLLAR TANLOVI (5-tur)
« Javob #11 : 10 Oktyabr 2008, 19:37:55 »
5-TUR SAVOLLARi:


1-savol:   
1. Marokash davlatining pul birligi nima?

2. “Bitlz” guruhi 1959 yilda qaysi shaharda tashkil etilgan?
   
3. Mayami-Bichda o‘ldirilgan modeler-dizayner kim?


2-savol:   
1. Hayvon shohi ko‘rinishidagi ichish uchun mo‘ljallangan idish qanday nomlanadi?

2. “Simens” kontserni qaysi davlatga tegishli?

3. “Shams Tabriziy devoni” asarining muallifi bo‘lgan fors shoiri kim?


3-savol:   
1. Zamonaviy havfsiz gugurtlar ilk marotaba 1855 yilda qaysi skandinaviya davlatida ishlab chiqarilgan?

2. Oybekning avtobiografik asarining nomi nima?

3. Quyosh sistemasidagi oltinchi sayyoraning nomi nima?


4-savol:   
1. Ayblanuvchining aybi sud tomonidan aniqlanmaguncha uning aybsizlik holati qanday nomlanadi?

2. Ot va eshakning avlodi bo‘lgan hayvon qanday ataladi?

3. Greypfrut mevalarning qaysi turkumiga kiradi?


5-savol:   
1. “Juma masjid”, Said Olovuddin maqbarasi, Muhammad Aminxon madrasasi qaysi shaharda joylashgan?

2. 1880 yilning 28 aprelida London zooparkiga Avstraliyadan qaysi hayvon ilk bora keltirilgan?

3. Batun, porey, shalot, shnitt qaysi sabzavot navlari hisoblanadi?


6-savol:   
1. O’t pufagininsh o‘tkir yoki surunkali yallig‘lanish kasalligi qanday ataladi?

2. “Bahor” raqs ansambliga qaysi mashhur raqqosa asos solgan?

3. “Tristan va Izolda” ritsarlik romani qaysi millatga tegishli?


7-savol:   
1. Mendeleev davriy jadvalidagi 20-element qanday nomlanadi?

2. “Assoshayted press” axborot agentligi qaysi davlatga tegishli?

3. Krem, kokteyllarni aralashtirish, ko‘pirtirish uchun ishlatiladigan moslama qanday ataladi?


8-savol:   
1. Buxoroda mo‘g‘ul bosqinchilariga qarshi qo‘zg‘olonning rahbari bo‘lgan hunarmand kim?

2. Buase va dushes qaysi mevaning navlari hisoblanadi?

3. Yaman davlatining poytahti qasi shahar?


9-savol:   
1. Chayonlar hayvonlarning qaysi sinfiga kiradi?

2. Vaterloo aholi punkti qaysi davlat xududida joylashgan?

3. Vatikandagi Sikstin kapellasi gumbazidagi tasvirlar muallifi bo‘lgan rassom kim?


10-savol:   
1. Chotqol va Pskom daryolarining qo‘shilishidan hosil bo‘ladigan daryoning nomi nima?

2. Pentium mikroprotsessorlarini qaysi firma ishlab chiqaradi?

3. Qon tomir tizimining eng yirik arteriyasi qanday ataladi?





Javoblarni yuborish uchun bir hafta vaqt.

Javoblaringizni javoblar@mail.ru manziliga yoki menga PM xati orqali yuborishingiz mumkin.

Javoblaringizni kutamiz!!!!!
Xushnudbek taqdim etadi:
Hamma mavzu haqida blog - asosan huquqshunoslik haqida
http://xushnudbek.blogspot.com/

Y_U_R_I_S_T

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 1285
  • -oldi: 1505
  • Xabarlar: 3161
  • Jins: Erkak
  • ZAKOVAT INTELLEKTUAL KLUBI
    • ZAKOVAT INTELLEKTUAL KLUBI
Re: BLITS SAVOLLAR TANLOVI (5-tur)
« Javob #12 : 16 Oktyabr 2008, 20:50:52 »
4-TUR JAVOBLARi:

1-savol:   
1. Mashhur olim Galileo Galiley qaysi davlatda tug‘ilgan?
   Javob: Italiya
2. “Qora ko‘zlar”, “Olmos kamar”, “Yulduzli tunlar” asarlarining muallifi bo‘lgan o‘zbek yozuvchisi kim?
   Javob: Pirimqul Qodirov.
3. 11-17 asrlarga oid bo‘lgan “Sulton Saodat” maqbaralar majmuasi mamlakatimizning qaysi viloyatida joylashgan?
   Javob: Surxondaryo.

2-savol:   
1. Mushak kuchini o‘lchovchi asbob qanday nomlanadi?
   Javob: Dinamometr
2. Leonardo da Vinchining “Mona Liza” surati qaysi muzeyda saqlanadi?
   Javob: Luvr
3. 1986 yilgacha “Fil Suyagi Qirg‘og‘i” deb atalgan Afrikadagi davlat hozir qanday ataladi?
   Javob: Kot-d`Ivuar

3-savol:   
1. Birinchi apteka qaysi shaharda ochilgan?
   Javob: Bag‘dodda 754 yili
2. Bodring o‘simliklarning qaysi oilasiga kiradi?
   Javob: Qovoqdoshlar oilasiga
3. Graf va vikont orasida turuvchi dvoryanlik tituli qanday ataladi?
   Javob: Baron

4-savol:   
1. Seldlar oilasiga kiruvchi mayda ov baliqlarining umumiy nomi qanday ataladi?
   Javob: Kilki
2. Bujumbura shahri qaysi davlatning poytahti hisoblanadi?
   Javob: Burundi
3. Hind mifologiyasida Ramning ukasi va yordamchisi bo‘lgan qahramon kim?
   Javob: Lakshman

5-savol:   
1. Vetnam davlatining pul birligi qanday ataladi?
   Javob: Dong
2. Boks jangida nokaut bilan mag‘lubiyatga uchragan bokschi necha oy musobaqalardan chetlashtiriladi?
   Javob: 3
3. Frantsiya tarixida “Yuz kun” deb nomlangan hokimiyat kimga tegishli bo‘lgan?
   Javob: Napaleon

6-savol:   
1. Yunon mifologiyasida o‘z otasi bilan osmonga ko‘tarilgan qahramonning ismi nima bo‘lgan?
   Javob: Ikar
2. “Sangam”, “Mening ismim masharaboz”, “Bobbi” kabi filmlarning rejissyori kim?
   Javob: Raj Kapur
3. Sosoniylar davrida Eronda hukmdorlarning tituli bo‘lgan, nomining ma’nosi forschadan tarjima qilinganda “shoxlar shoxi” degan manoni bildirgan titul qaysi?
   Javob: Shaxanshox

7-savol:   
1. “Temir xotin” tragikomediyasining muallifi kim?
   Javob: Sharof Boshbekov
2. AQSh, Buyuk Britaniya, Daniyada ma’muriy-xududiy yoki federativ birlikni boshqaruvchi oliy lavozimdagi shaxs qanday ataladi?
   Javob: Gubernator
3. Kot-D'Ivuar davlatining poytahti qaysi shahar?
   Javob: Yamusukro

8-savol:   
1. 1220 yildan umrining oxirigacha Kichik osiyoning Konya shaxrida yashagan fors so‘fiy shoiri kim?
   Javob: Jaloliddin Rumiy
2. Tipratikanlar sut emizuvchilarning qaysi turkumiga mansub?
   Javob: Hashoratxo‘rlar
3. Buddizm dini dastlab qaysi davlatda paydo bo‘lgan?
   Javob: Qadimgi Hindistonda

9-savol:   
1. G’arbda Mang‘ishloq yarimoroli, sharqda Amudaryo deltasi  oralig‘ida joylashgan plato nomi nima?
   Javob: Ustyurt
2. “Morg ko‘chasidagi qotillik”, “Oltin qo‘ng‘iz” kabi detetktiv asarlarning muallifi kim?
   Javob: Edgar Alan Po
3. Frantsiya Respublikasining madhiyasi qanday ataladi?
   Javob: Marseleza

10-savol:   
1. Ruminiya davlatining pul birligi nima?
   Javob: Ley
2. Qaysi uglevod “uzum shakari” deb ham ataladi?
   Javob: Glyukoza
3. Subaru avtomobillari qaysi davlatda ishlab chiqariladi?
   Javob: Yaponiya
Xushnudbek taqdim etadi:
Hamma mavzu haqida blog - asosan huquqshunoslik haqida
http://xushnudbek.blogspot.com/

Y_U_R_I_S_T

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 1285
  • -oldi: 1505
  • Xabarlar: 3161
  • Jins: Erkak
  • ZAKOVAT INTELLEKTUAL KLUBI
    • ZAKOVAT INTELLEKTUAL KLUBI
Re: BLITS SAVOLLAR TANLOVI (6-tur)
« Javob #13 : 16 Oktyabr 2008, 21:10:20 »
6-TUR SAVOLLARi:

1-savol:   
1. Arab xalifalari tarafidan o’z qo’l ostidagilarga turli mamlakatlarning hokimlariga berilgan unvon nima deyilgan?

2. Aruz vazniga bag’ishlangan “Mufassal” asari kimga tegishli?

3. Syangan territoriyasining inglizcha nomi qanday ataladi?


2-savol:   
1. Tamaki, choy, vino, konditer mahsulotlari, non, go’sht, sut mahsulotlari va boshqalarni hidlab ko’rish, rangini, mazasini ko’rib baxolovchi shaxs nima deyiladi?

2. Chingizxonning to’ng’ich o’g’lining ismi nima bo’lgan?

3. Lotinchasiga “Kasalmand, ojiz” so’zi qanday aytiladi?


3-savol:   
1. O’qish vaqtida ustiga kitob ochib qo’yiladigan maxsus kursi, taglik nima deyiladi?

2. Dunyodagi eng katta orol qaysi?

3. Amerika tuyaqushi qanday ataladi?


4-savol:   
1. Mukarrama Azimova qaysi xolding kompaniya rahbari hisoblanadi?

2. Alisher Navoiyning “Chor devon” nomi bilan mashhur bo’lgan 4 devondan iborat mashhur asari qaysi?

3. Szyansu provintsiyasida joylashgan dunyodagi eng katta shaharlardan birini ayting.


5-savol:   
1. Otni boshqarishda ularning boshiga kiydiriladigan abzal nima deyiladi?

2. Qaysi sport turining nomi ingliz tilidan tarjima qilinganda “erkin stil” degan ma’noni bildiradi?

3. Qoraqalpoq shori Berdaqning haqiqiy ismi sharifi qanday bo‘lgan?


6-savol:   
1. 9 asrgacha Andukan nomi bilan mashhur bo‘lgan shahar hozir qanday ataladi?

2. 13-asrning 20-yillarida mo‘g‘ul-tatar bosqinchilariga qarshi kurashgan Xo‘jand shahri hukmdori kim?

3. Yurmala kurort shahri qaysi davlat hududida joylashgan?


7-savol:   
1. SI tizmimda modda miqdorining o‘lchov birligi nima?

2. Armaniston davlatining pul birligi nima?

3. Jinoiy jazodan ozod etish yoki sud tomonidan belgilangan jazoni yengilrog‘i bilan almashtirish qanday ataladi?


8-savol:   
1. Maykl Jekson AQSh ning qaysi shtatida tug‘ilgan?

2. “Baxoriston” pandnoma kitobining muallifi bo‘lgan o’rta asrlar shoiri kim?

3. Serengeti milliy bog‘i qaysi davlat hududida joylashgan?


9-savol:   
1. Uzunligi 708 km bo‘lgan, “Katta o‘zbek trakti” deb nomlanuvchi avtomobil yo‘li qaysi shaharlarni birlashtirib turadi?

2. Oltingugurt D.I.Mendeleev davriy jadvalining nechanchi elementi hisoblanadi?

3. “Sarbadorlar” dilogiyasining muallifi kim?


10-savol:   
1. 1992-1996 yillarda BMT bosh kotibi bo‘lgan Misr davlat arbobi kim?

2. Katta qismini Vashington shahri tashkil etuvchi, AQSh dagi federal okrug qanday ataladi?

3. Germaniya parlamentining quyi palatasi qanday ataladi?




Javoblarni yuborish uchun bir hafta vaqt.

Javoblaringizni javoblar@mail.ru manziliga yoki menga PM xati orqali yuborishingiz mumkin.

Javoblaringizni kutamiz!!!!!
Xushnudbek taqdim etadi:
Hamma mavzu haqida blog - asosan huquqshunoslik haqida
http://xushnudbek.blogspot.com/

Y_U_R_I_S_T

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 1285
  • -oldi: 1505
  • Xabarlar: 3161
  • Jins: Erkak
  • ZAKOVAT INTELLEKTUAL KLUBI
    • ZAKOVAT INTELLEKTUAL KLUBI
Re: BLITS SAVOLLAR TANLOVI (6-tur)
« Javob #14 : 16 Oktyabr 2008, 21:53:10 »
3-tur natijalari


â„–   Ishtirokchi ismi              Ochko

1.   Ma'ruf Yusupxodjayev   42
2.   Messi44   40
3.   Ulugbek-Uz   38
4.   Musannif Adham   38
5.   Lolo   34
6.   Mansurbek   12
7.   Sherzod Norqulov   12
8.   Mr.Magistr   10
Xushnudbek taqdim etadi:
Hamma mavzu haqida blog - asosan huquqshunoslik haqida
http://xushnudbek.blogspot.com/

 

Ziyouz.com da BLITS SAVOLLAR tanlovi: fikr va mulohazalar

Muallif Y_U_R_I_S_TBo'lim Fikr va mulohazalar

Javoblar: 35
Ko'rilgan: 21591
So'nggi javob 02 Mart 2010, 02:54:16
muallifi ALLADIN
Ko'chirildi: Ziyouz.com da BLITS SAVOLLAR tanlovi: fikr va mulohazalar

Muallif Y_U_R_I_S_TBo'lim Intellekt

Javoblar: 0
Ko'rilgan: 4744
So'nggi javob 13 Sentyabr 2008, 14:15:55
muallifi Y_U_R_I_S_T
Internetda tarmog`i, unda ishlash va shunga oid savollar

Muallif MaxCmdBo'lim Internet

Javoblar: 52
Ko'rilgan: 32946
So'nggi javob 18 May 2009, 15:13:31
muallifi Ulugbek-Uz
Qiziqarli savollar!!!

Muallif Munira xonimBo'lim Ma'rifat

Javoblar: 272
Ko'rilgan: 160621
So'nggi javob 03 Noyabr 2014, 13:31:32
muallifi leonardo1024
QIZIQARLI MANTIQIY SAVOLLAR

Muallif messi44Bo'lim Intellekt

Javoblar: 1000
Ko'rilgan: 712434
So'nggi javob 24 Yanvar 2018, 19:55:04
muallifi Sitorabonu2016