BLITS SAVOLLAR TANLOVI (yakunlandi)  ( 55715 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 B


Y_U_R_I_S_T  21 Noyabr 2008, 23:23:10

9-TUR SAVOLLARi:

1-savol:   
1. Mashhur o’zbek yozuvchisi Abdulhamid Cho’lponning otasini ismi nima bo’lgan?

2. Butros Butros G’oliy qaysi yirik tashkilotning rahbari bo’lgan?

3. Qaysi fanning ma’nosi "œDonolikni sevaman" degani?


2-savol:   
1. O’zbekiston Respublikasida rasmiy dam olish kunlari deya e’lon qilingan bayramlar soni nechta?

2. Shaxmat bo’yicha uchinchi jahon chempioni bo’lgan Xose Raul Kapablanka qaysi davlat fuqarosi edi?

3. "œBumer" avtomarkasi qaysi kompaniyaga tegishli?


3-savol:   



1. Ushbu suratdagi mashhur ertakchini toping.

2. Futbol bo’yicha ilk jahon chempionati qaysi davlatda bo’lgan?

3. Old Disney kompaniyasi tomonidan ishlangan dalmatinlar haqidagi multfilmda nechta dalmatin ishtirok etgan?


4-savol:   
1. Qaysi jonzotning miyasi tanasiga qaraganda kattaroq?

2. Samarqand viloyatining telefon kodini ayting.

3. Meksikada yashagan, poytaxti Tenochtitlan bo’lgan hindular qabilasi qanday atalgan?


5-savol:   
1. Qaysi kinokompaniyaning emblemasida qanotli ot Pegas tasvirlangan?

2. Xalqaro Olimpiya qo’mitasining qaysi sobiq Prezidenti "œBuyuk xizmatlari uchun" ordeni bilan mukofotlangan?

3. 2001 yil yurtimizda qanday yil deya e’lon qilingan?


6-savol:   
1. Peru davlatining pul birligi nima deb ataladi?

2. Anor haqidagi mashhur tuyuq kimning qalamiga mansub?

3. "œDCXCV" — Bu Rim raqami bo’yicha necha sonni anglatadi?


7-savol:   
1. Movaraunnahr so’zi qaysi tildan olingan va ma’nosi qanday?

2. Podpolkovnik unvonida nechta katta yulduz bo’ladi?

3. Versal shahri qaysi davlatda joylashgan?


8-savol:   
1. G’allaorol tumani yurtimizning qaysi viloyatida joylashgan?

2. Quyosh sistemasidagi yettinchi sayyora qaysi?



3. Ushbu bayroq qaysi davlatga tegishli?


9-savol:   
1. Xozirda Xalqaro kurash assotsiyatsiyasining (IAK) Prezidenti kim?

2. Anvar Mamajonov O’zbekiston Respublikasining qaysi davlat ramzining muallifi hisoblanadi?

3. Yaponlarning 3 qatordan iborat qofiyasiz she’ri qanday ataladi?


10-savol:   
1. Boliviya davlatining rasmiy poytaxti qaysi?

2. "œUch qalb" romanining muallifi kim?

3. Nobel mukofoti nechta yo’nalish bo’yicha beriladi?

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  04 Dekabr 2008, 20:45:00

9-TUR JAVOBLARi:

1-savol:   
1. Mashhur o’zbek yozuvchisi Abdulhamid Cho’lponning otasini ismi nima bo’lgan?
    Javob: Sulaymon (Abdulhamid Cho’lpon Sulaymon o’g’li)
2. Butros Butros G’oliy qaysi yirik tashkilotning rahbari bo’lgan?
    Javob: BMT
3. Qaysi fanning ma’nosi “Donolikni sevaman” degani?
   Javob: Filosofiya (Falsafa)

2-savol:   
1. O’zbekiston Respublikasida rasmiy dam olish kunlari deya e’lon qilingan bayramlar soni nechta?
    Javob: 9 ta
2. Shaxmat bo’yicha uchinchi jahon chempioni bo’lgan Xose Raul Kapablanka qaysi davlat fuqarosi edi?
    Javob: Kuba
3. “Bumer” avtomarkasi qaysi kompaniyaga tegishli?
    Javob: BMW

3-savol:   
1. Ushbu suratdagi mashhur ertakchini toping.
    Javob: Gans Xristian Anderson
2. Futbol bo’yicha ilk jahon chempionati qaysi davlatda bo’lgan?
    Javob: Urugvay
3. Old Disney kompaniyasi tomonidan ishlangan dalmatinlar haqidagi multfilmda nechta dalmatin ishtirok etgan?
    Javob: 101 ta

4-savol:   
1. Qaysi jonzotning miyasi tanasiga qaraganda kattaroq?
    Javob: Chumoli
2. Samarqand viloyatining telefon kodini ayting.
   Javob: 8 366 yoki +99866
3. Meksikada yashagan, poytaxti Tenochtitlan bo’lgan hindular qabilasi qanday atalgan?
    Javob: Atstek

5-savol:   
1. Qaysi kinokompaniyaning emblemasida qanotli ot Pegas tasvirlangan?
    Javob: Tristar
2. Xalqaro Olimpiya qo’mitasining qaysi sobiq Prezidenti “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlangan?
    Javob: Xuan Antonio Samaranch
3. 2001 yil yurtimizda qanday yil deya e’lon qilingan?
    Javob: Onalar va bolalar yili

6-savol:   
1. Peru davlatining pul birligi nima deb ataladi?
    Javob: Sol’
2. Anor haqidagi mashhur tuyuq kimning qalamiga mansub?
    Javob: Uvaysiy
3. “DCXCV” – Bu Rim raqami bo’yicha necha sonni anglatadi?
   Javob: 695

7-savol:   
1. Movaraunnahr so’zi qaysi tildan olingan va ma’nosi qanday?
   Javob: Arabchadan “daryoning narigi tomoni” degani
2. Podpolkovnik unvonida nechta katta yulduz bo’ladi?
    Javob: 2 ta
3. Versal shahri qaysi davlatda joylashgan?
    Javob: Fransiya

8-savol:   
1. G’allaorol tumani yurtimizning qaysi viloyatida joylashgan?
   Javob: Jizzax
2. Quyosh sistemasidagi yettinchi sayyora qaysi?
    Javob: Uran
3. Ushbu bayroq qaysi davlatga tegishli?
    Javob: Kamerun

9-savol:   
1. Xozirda Xalqaro kurash assotsiyatsiyasining (IAK) Prezidenti kim?
   Javob: Komiljon Yusupov
2. Anvar Mamajonov O’zbekiston Respublikasining qaysi davlat ramzining muallifi hisoblanadi?
    Javob: Gerb
3. Yaponlarning 3 qatordan iborat qofiyasiz she’ri qanday ataladi?
    Javob: Xokku

10-savol:   
1. Boliviya davlatining rasmiy poytaxti qaysi?
    Javob: Sukre
2. “Uch qalb” romanining muallifi kim?
   Javob: Jek London
3. Nobel mukofoti nechta yo’nalish bo’yicha beriladi?
    Javob: 6 ta

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  04 Dekabr 2008, 21:06:19

10-TUR SAVOLLARi:

1-savol:   
1. Zahiriddin Muhammad Boburning otalarini ismi nima bo’lgan?

2. Lixtenshteyn poytaxti?

3. Chippolina va Jelsomino kabi qahramonlarni dunyoga keltirgan Italiyalikning ismi nima edi?


2-savol:



1. Bu qaysi davlat xaritasi?

2. N. Amati, J. Gvarneri, A. Stradivari kabi insonlarni qaysi musiqa asbobiga aloqasi bor?

3. Shaxmat doskasidagi sakkizinchi gorizontal qaysi harf bilan belgilangan?


3-savol:   
1. Dehqonobod tumani Respublikamizning qaysi viloyatida joylashgan?

2. Toshkent metropoliteni nechanchi yili ochilgan?

3. Sherali Jo’rayev tomonidan ijro etilgan “Karvon ko’rdim” qo’shig’ining so’zlari qaysi shoir qalamiga mansub?


4-savol:   
1. Ganimed qaysi sayyoraning tabiiy yo’ldoshi?

2. Fransiyaning Ruan shahrida 1431 yili gulxanda kuydirilgan mashhur jasur sarkarda kim edi?

3. Futbolda bir o’yinda ikkita to’p kiritsa – dubl, uchta to’p – xet-trek, to’rtta – poker. Xo’sh beshta to’p kiritsa nima deyiladi?


5-savol:   
1. Yevropadagi qaysi davlat fuqarolarining umuman familiyasi yo’q, ular faqatgina sharif (otchestvo) ishlatadilar.



2. Ushbu inson 1564 yili 15 fevralda Piza shahrida tug’ilgan. U fizik, mexanik, astranom, filolog va xatto shoir ham edi. Bu kim?

3. O’zbekiston Respublikasida nechta ma’muriy birlik bor?


6-savol:   
1. 1989-1993 yillarda AQSh Prezidenti kim bo’lgan?

2. Leonardo da Vinchi aeroporti Yevropadagi qaysi poytaxt shaharda joylashgan?

3. Koinotda bizga ko’rinadigan eng yorqin yulduz qaysi?


7-savol:   
1. “O’nta negr bolasi” dedektiv asarining muallifi kim?

2. Marafon musobaqasining uzunligi aniq qancha masofaga teng?

3. “Alpomish” dostonida Alpomishnig haqiqiy ismi nima edi?


8-savol:   
1. Qaysi shkalaga ko’ra suv +32 gradusda muzlaydi?



2. Ushbu bayroq qaysi xalqaro tashkilotga tegishli?

3. Qaysi element dunyoda eng ko’p tarqalgan?


9-savol:   
1. Katakana va xiragana alifbolaridan qaysi millat foydalanadi?

2. Angliyada ochilgan mashhur “Globus” teatrining asoschisi kim bo’lgan?

3. Polsha davlati pul birligi qanday ataladi?


10-savol:   
1. Dunyodagi eng uzun daryo qaysi?

2. Klassik sonetda nechta qator mavjud bo’ladi?

3. 2008 yil Pekinda bo’lgan Olimpiada o’yinlarida qaysi sportchimiz ilk medalni qo’lga kiritdi?


Izoh: 6.1 savolda "1889-1993 yillarda AQSh Prezidenti kim bo’lgan?" deyilgan edi. Asl varianti esa "1989-1993 yillarda AQSh Prezidenti kim bo’lgan?" bo'lishi kerak.



Javoblaringizni javoblar@mail.ru manziliga yoki menga PM xati orqali yuborishingiz mumkin.

Javoblaringizni kutamiz!!!!!

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  24 Dekabr 2008, 12:14:47

10-TUR JAVOBLARi:

1-savol:   
1. Zahiriddin Muhammad Boburning otalarini ismi nima bo’lgan?
   Javob: Umarshayx
2. Lixtenshteyn poytaxti?
   Javob: Vaduts
3. Chippolina va Jelsomino kabi qahramonlarni dunyoga keltirgan Italiyalikning ismi nima edi?
    Javob: Janni Rodari

2-savol:   
1. Bu qaysi davlat xaritasi?
   Javob: Andorra
2. N. Amati, J. Gvarneri, A. Stradivari kabi insonlarni qaysi musiqa asbobiga aloqasi bor?
    Javob: Skripka
3. Shaxmat doskasidagi sakkizinchi gorizontal qaysi harf bilan belgilangan?
    Javob: Hech qanday. Shaxmatda vertikal chiziqlar harf bilan, gorizontal chiziqlar esa raqamlar bilan belgilanadi.

3-savol:   
1. Dehqonobod tumani Respublikamizning qaysi viloyatida joylashgan?
    Javob: Qashqadaryo
2. Toshkent metropoliteni nechanchi yili ochilgan?
    Javob: 1987
3. Sherali Jo’rayev tomonidan ijro etilgan "œKarvon ko’rdim" qo’shig’ining so’zlari qaysi shoir qalamiga mansub?
    Javob: Usmon Azim

4-savol:   
1. Ganimed qaysi sayyoraning tabiiy yo’ldoshi?
   Javob:Yupiter
2. Fransiyaning Ruan shahrida 1431 yili gulxanda kuydirilgan mashhur jasur sarkarda kim edi?
    Javob: Janna D’Ark
3. Futbolda bir o’yinda ikkita to’p kiritsa — dubl, uchta to’p — xet-trek, to’rtta — poker. Xo’sh beshta to’p kiritsa nima deyiladi?
    Javob: Flesh

5-savol:   
1. Yevropadagi qaysi davlat fuqarolarining umuman familiyasi yo’q, ular faqatgina sharif (otchestvo) ishlatadilar.
    Javob: Islandiya
2. Ushbu inson 1564 yili 15 fevralda Piza shahrida tug’ilgan. U fizik, mexanik, astranom, filolog va xatto shoir ham edi. Bu kim?
    Javob: Galileo Galiley
3. O’zbekiston Respublikasida nechta ma’muriy birlik bor?
    Javob: 14 ta (12 ta viloyat, 1 ta suveren respublika, 1 ta Respublikaga bo’ysunuvchi shahar)

6-savol:   
1. 1989-1993 yillarda AQSh Prezidenti kim bo’lgan?
    Javob: Katta Jorj Bush
2. Leonardo da Vinchi aeroporti Yevropadagi qaysi poytaxt shaharda joylashgan?
    Javob: Rim
3. Koinotda bizga ko’rinadigan eng yorqin yulduz qaysi?
    Javob: Sirius

7-savol:   
1. "œO’nta negr bolasi" dedektiv asarining muallifi kim?
    Javob: Agata Kristi
2. Marafon musobaqasining uzunligi aniq qancha masofaga teng?
    Javob: 42 km 195 m
3. "œAlpomish" dostonida Alpomishnig haqiqiy ismi nima edi?
    Javob: Hakimbek

8-savol:   
1. Qaysi shkalaga ko’ra suv +32 gradusda muzlaydi?
    Javob: Farengeyt shkalasi
2. Ushbu bayroq qaysi xalqaro tashkilotga tegishli?
    Javob: BMT
3. Qaysi element dunyoda eng ko’p tarqalgan?
    Javob: Vodorod

9-savol:   
1. Katakana va xiragana alifbolaridan qaysi millat foydalanadi?
    Javob: Yapon
2. Angliyada ochilgan mashhur "œGlobus" teatrining asoschisi kim bo’lgan?
    Javob: Shekspir
3. Polsha davlati pul birligi qanday ataladi?
    Javob: Zlotiy

10-savol:   
1. Dunyodagi eng uzun daryo qaysi?
    Javob: Nil
2. Klassik sonetda nechta qator mavjud bo’ladi?
    Javob: 14 ta
3. 2008 yil Pekinda bo’lgan Olimpiada o’yinlarida qaysi sportchimiz ilk medalni qo’lga kiritdi?
    Javob: Rishod Sobirov

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  24 Dekabr 2008, 12:17:25

Shu bilan ZiyoUz Forumining Blits tanlovi o'z nihoyasiga yetdi. Turnirning yakuniy natijalari keyingi hafta e'lon qilinadi. Turnirda qatnashgan barcha insonlarga o'z minnatdorchiligimni bildiraman.

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  04 Yanvar 2009, 21:46:55

Assalomu alaykum!

Mana deyarli 4 oy davom etgan Blits savollar tanlovi ham o'z nihoyasiga yetdi. So'zim avvalida shuni ta'kidlamoqchi edimki, ushbu tanlovni o'tkazishdan asosiy maqsad ishtirokchilar orasida musobaqa tashkil etish, kim g'olib, kim mag'lub ekanligini aniqlash emasdi. Eng asosiy maqsadimiz Forumimiz a'zolariga turli sohalardan ma'lumotlar berish, ularning bilim darajasini oshirishda o'z hissamizni qo'shish, unutganlarini yodga solish, bilmaganlaridan esa xabardor qilish edi. So'zim isboti sifatida shuni ta'kidlashim mumkinki, ushbu tanlov fikri mendan chiqmagan edi. Men shunchaki o'zimda mavjud bo'lgan 100 ta blits savol-javobni saytga joylamoqchi bo'lganimda, Forum a'zolaridan "Shu savollardan tanlov o'tkazib qo'ya qolaylik" degan takliflar tushgandi. Va mana Ollohning xohishi bilan ushbu tanlov qo'ldan kelgancha tashkillashtirildi. Albatta yuqori saviyada o'tdi deya olmayman, lekin meni xursand qilgan narsa, men o'z oldimga qo'ygan maqsadimga erisha oldim. Ya'ni Forum a'zolarimizga nimadir bera oldim yoki qandaydir unutgan bilimlarini yana qayta yodiga sololdim.

Endi statistikalarga to'xtaladigan bo'lsak, tanlov umumiy 10 turdan iborat bo'ldi. Butun tanlov bo'yicha 299 ta savol o'ynaldi. (Sababi "2001 yil yurtimizda qanday yil deya e'lon qilingan?" savoli 7 va 9 turlarda ikki marta o'ynalgan.)
Tanlovda jami 15 kishi ishtirok etdi. Shundan 3 nafar ishtirokchi barcha turlarni qoldirmasdan javob yo'llashdi. (Ma'rufXON, Musannif Adham va Ulugbek-Uz) Garchi 1-turni o'tkazib yuborgan bo'lsalarda Lolo ham qolgan turlarda faolligi bilan ajralib turdi. Shuningdek, Feruz Sodiqov ismli birodarimizning ham ishtiroki meni xursand qildi. Agar ular vaqtliroq bu tanlov haqida eshitganlarida yuqori o'rinlardan birini olishlari tabiiy edi.

Niyatim shuki, tanlovda bevosita ishtirok etgan yoki tanlovni kuzatib borgan barcha insonlarga o'z minnatdorchiligimni bildiraman. Ilohim, ilmlari bundanda ziyoda bo'lsin, Olloh aql-zakovatlarini yanada boyitib, ko'ngillariga ziyolar ulashsin.

Demak yakuniy natijalar bo'yicha ushbu Blits tanlovimiz g'olibi deya Ma'ruf Yusupxodjayev topildilar. Ularni chin qalbimdan tabriklayman. Ularga sovg'a sifatida oldindan va'da qilingan kitoblar topshiriladi. Va nasib qilsa, ularni yaqin kunlarda "Zakovat" Intellektual ko'rsatuvining navbatdagi suratga olish jarayoniga taklif etaman hamda o'sha yerda ushbu kitoblarni Zakovatchilar qo'lidan qabul qilib oladilar.

Kitoblar ro'yxati:

1. "œDaqiqa qadri" — Zakovat Intellektual klubi va bilimdonlari haqida ma’lumotlar, qiziqarli fotosuratlar va minglab ajoyib savollarni o’zida mujassamlashtirgan kitobning 2-nashri. Eng avvalo ushbu kitob barcha Zakovat Intellektual klubi a’zolarining dastxati bilan g’olibga topshiriladi.

2. Gabriel Garsia Markes. "œYolg’izlikning  100 yili", "œOshkora qotillik qissasi"

3. Jurjiy Zaydon. "œFarg’ona kelini"

4. Chingiz Aytmatov. "œTanlangan asarlar"

5. Agata Kristi. "œRojdestvo arafasidagi qotillik"

6. Uilyam Shekspir. "œHamlet"



YAKUNIY natijalar

â„–   Ishtirokchi ismi      Jami

1.   Ma'ruf Yusupxodjayev   414
2.   Ulugbek-Uz            380
3.   Musannif Adham         372
4.   Lolo               272
5.   Messi44               153
6.   Mashhura Hasanova      90
7.   Nozimbek            85
8.   Mansurbek            83
9.   Sherzod Norqulov      72
10.   Bobur Radjapov         64
11.   Feruz Sodiqov         55
12.   Timur Madalimov         42
13.   Shoxjahon12            18
14.   Mr.Magistr            10
15.   Mars               6


Hurmat bilan,
Xushnudbek.

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  04 Yanvar 2009, 21:49:13

Shuning bilan birga, siz azizlarga quyidagilarni bildirib o'tmoqchi edim. Tanlov davomida foydalanilgan bir qancha savollarda hamda ularning javoblarida juz'iy kamchilik va xatoliklar o'tgan. Ularni o'zlaringiz ham sezgan bo'lsalaringiz kerak. Shu sababli kech bo'lsa ham, insonlarga noto'g'ri ma'lumot berib qo'ymaslik maqsadida, o'sha xatoliklar va kamchiliklar o'tgan savollarni yana bir bor eslatib o'tmoqchiman:

Javobi noto'g'ri berilgan savollar:

4-tur 3-savolida:
3. Graf va vikont orasida turuvchi dvoryanlik tituli qanday ataladi?
   Javob: Baron

To'g'ri javob: Ular orasida hech qanday unvon yo’q. Ular yonma-yon keladi.


7-tur 9-savol:
2. Ko’k va qizil rangni qo’shsa qaysi rang hosil bo’ladi?
    Javob: Yashil
    
To'g'ri javob: Siyohrang


8-tur 5-savol:
1. Kampirchopon qaysi o’simlik turi hisoblanadi: gilos, gul, yovvoyi o’t?
   Javob: Gul

To'g'ri javob: Yovvoyi o't


10-tur 3-savol:
2. Toshkent metropoliteni nechanchi yili ochilgan?
    Javob: 1987

To'g'ri javob: 1977 yil



Savoli noto'g'ri berilgan savollar:

6-tur 4-savol:
3. Szyansu provintsiyasida joylashgan dunyodagi eng katta shaharlardan birini ayting.
    Javob: Shanxay
    
Bu yerda savol quyidagicha qo'yilishi lozim edi: Szyansu provintsiyasiga g’arb tomondan qo’shni bo’lgan dunyodagi eng katta shaharlardan birini ayting.


7-tur 2-savol:
3. Arabchaga "œDengizlar hukmdori" deya tarjima qiling.
    Javob: Admiral
    
Bu yerda savol quyidagicha qo'yilishi lozim edi: Arabchadan "œDengizlar hukmdori" degan ma’noni anglatuvchi xalqaro atamani ayting.


7-tur 10-savol:
2. Eng katta musiqa organi qaysi?
    Javob: Organ

Bu yerda musiqa organi emas, musiqa asbobi deyilishi kerak edi.


8-tur 8-savol:
2. Nahor so’zining ko’plikdagi shakli qanday bo’ladi?
   Javob: Anhor

Bu yerda "Nahor" emas, balki "Nahr" bo'lishi kerak.


9-tur 6-savol:
2. Anor haqidagi mashhur tuyuq kimning qalamiga mansub?
    Javob: Uvaysiy

Bu yerda tuyuq emas, Chiston bo'lishi kerak.


10-tur 6-savol:
1. 1889-1993 yillarda AQSh Prezidenti kim bo’lgan?
    Javob: Katta Jorj Bush

Bu yerda 1889-yil emas, balki 1989 yil bo'lishi kerak.


Shuningdek, 7-tur 3-savolda to'g'ri javob ikkita ekan.
1. Tanais daryosining xozirgi nomi nima?
    Javob: Sirdaryo, Don


Avval aytib o'tganimdek, tanlov davomida yo'l qo'yilgan barcha xatolar mening e'tiborsizligim natijasidir. Shu sababli ushbu xato va kamchiliklar orqasidan ZiyoUz Forumi va Zakovat Intellektual klubi haqida salbiy fikrga bormasliklaringizni so'rardim.

Hurmat bilan,
Xushnudbek.

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  04 Yanvar 2009, 21:58:08

Tanlovning to'liq statistikasini bu yerdan ko'rishingiz mumkin:

http://zakovat.ucoz.ru/savollar/blits_tanlov.pdf


Tanlovdagi barcha savollarni bu yerdan ko'chirib olishingiz mumkin:

http://zakovat.ucoz.ru/savollar/barcha_savollar_word.rar


Tanlovdagi barcha savollarni bu yerdan on-line o'qishingiz mumkin: (PDF formatida)

http://zakovat.ucoz.ru/savollar/barcha_savollar.pdf

Qayd etilgan


AbdulAziz  05 Yanvar 2009, 00:54:12

Assalomu alaykum!

Judayam mazmunli va foydali o'tgan bu tanlov tashkilotchisi, unda qatnashgan ishtirokchilarga men ham o'z minnatdorchiligimni izhor etaman.

Mening ham g'oliblarga ozroq sovg'am bor edi. Uni ham inshalloh ularga taqdim etamiz.

G'oliblar uchun kitoblar:

1-o'rin - "Kiprikda qolgan tong" (qissalar, hikoayalar, xotiralar). Said Ahmad

2-o'rin - "Nur va soyalar" (hikoyalar). Rabindranat Tagor

3-o'rin - "G'aroyib bolalar" (roman va hikoyalar). Aziz Nesin

Qayd etilgan


Mashhura  08 Fevral 2011, 10:46:38

Assalomu alaykum. Yana savollar davom etadimi?

Qayd etilgan