10-TUR SAVOLLARi:
1-savol: 1. Zahiriddin Muhammad Boburning otalarini ismi nima bo’lgan?
2. Lixtenshteyn poytaxti?
3. Chippolina va Jelsomino kabi qahramonlarni dunyoga keltirgan Italiyalikning ismi nima edi?
2-savol:1. Bu qaysi davlat xaritasi?
2. N. Amati, J. Gvarneri, A. Stradivari kabi insonlarni qaysi musiqa asbobiga aloqasi bor?
3. Shaxmat doskasidagi sakkizinchi gorizontal qaysi harf bilan belgilangan?
3-savol: 1. Dehqonobod tumani Respublikamizning qaysi viloyatida joylashgan?
2. Toshkent metropoliteni nechanchi yili ochilgan?
3. Sherali Jo’rayev tomonidan ijro etilgan “Karvon ko’rdim” qo’shig’ining so’zlari qaysi shoir qalamiga mansub?
4-savol: 1. Ganimed qaysi sayyoraning tabiiy yo’ldoshi?
2. Fransiyaning Ruan shahrida 1431 yili gulxanda kuydirilgan mashhur jasur sarkarda kim edi?
3. Futbolda bir o’yinda ikkita to’p kiritsa – dubl, uchta to’p – xet-trek, to’rtta – poker. Xo’sh beshta to’p kiritsa nima deyiladi?
5-savol: 1. Yevropadagi qaysi davlat fuqarolarining umuman familiyasi yo’q, ular faqatgina sharif (otchestvo) ishlatadilar.
2. Ushbu inson 1564 yili 15 fevralda Piza shahrida tug’ilgan. U fizik, mexanik, astranom, filolog va xatto shoir ham edi. Bu kim?
3. O’zbekiston Respublikasida nechta ma’muriy birlik bor?
6-savol: 1. 1989-1993 yillarda AQSh Prezidenti kim bo’lgan?
2. Leonardo da Vinchi aeroporti Yevropadagi qaysi poytaxt shaharda joylashgan?
3. Koinotda bizga ko’rinadigan eng yorqin yulduz qaysi?
7-savol: 1. “O’nta negr bolasi” dedektiv asarining muallifi kim?
2. Marafon musobaqasining uzunligi aniq qancha masofaga teng?
3. “Alpomish” dostonida Alpomishnig haqiqiy ismi nima edi?
8-savol: 1. Qaysi shkalaga ko’ra suv +32 gradusda muzlaydi?
2. Ushbu bayroq qaysi xalqaro tashkilotga tegishli?
3. Qaysi element dunyoda eng ko’p tarqalgan?
9-savol: 1. Katakana va xiragana alifbolaridan qaysi millat foydalanadi?
2. Angliyada ochilgan mashhur “Globus” teatrining asoschisi kim bo’lgan?
3. Polsha davlati pul birligi qanday ataladi?
10-savol: 1. Dunyodagi eng uzun daryo qaysi?
2. Klassik sonetda nechta qator mavjud bo’ladi?
3. 2008 yil Pekinda bo’lgan Olimpiada o’yinlarida qaysi sportchimiz ilk medalni qo’lga kiritdi?
Izoh: 6.1 savolda "1889-1993 yillarda AQSh Prezidenti kim bo’lgan?" deyilgan edi. Asl varianti esa "1989-1993 yillarda AQSh Prezidenti kim bo’lgan?" bo'lishi kerak.
Javoblaringizni
[email protected] manziliga yoki menga
PM xati orqali yuborishingiz mumkin.
Javoblaringizni kutamiz!!!!!