Muallif Mavzu: Imom G’azzoliy. Ihyou ulumid-din (Tavba kitobi)  ( 81888 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 2 Mehmonlar ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

Musannif Adham

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 15
  • -oldi: 918
  • Xabarlar: 4138
  • Jins: Erkak
Re: IHYOU ULUMID-DIN (Tavba kitobi). Imom G'azzoliy
« Javob #210 : 29 Avgust 2008, 08:48:28 »
Fikr dunyo lazzatlarini ketkazishga majbur qiladi va oxirat lazzatlarini boy berish juda katta yo‘qotish ekanini anglatadi. Chunki, oxirat lazzatining so‘nggi yo‘q, unda kudurat yo‘q, soflik bor. Dunyoning o‘tkinchi lazzatlari esa tiniqlikka begona, g‘am va g‘ashlikka qorilgan quyqadir.

Gunohlardan tavba etib, toatga yuzlanmoq, Alloh taologa murojaaat qilib, lazzat topmoq, Allohning ma’rifati va unsiyati bilan rohatlanmoq naqadar go‘zal! Allohga toat etuvchi inson amaliga mukofot sifatida ibodat halovatini, Allohga qilayotgan munojoti orqali yakka-yu yagona Do‘stini topadi. Bu dunyo saodati shundan ortiq bo‘lmas. Agar bunga oxirat saodati ham qo‘shilsa, nur ustiga nur!

To‘g‘ri, tavbaning avvalida lazzat bo‘lmaydi. Lekin biron muddat tavbaga sabr qilgandan so‘ng xuddi yomonlik odat bo‘lgani kabi yaxshilik ham odatga aylanadi. Nafs nimaga odatlansa, uni qabul qiladi, unga moslashadi. Yaxshilik odat, yomonlik esa o‘jarlikdir.

Demak, bu fikrlar Allohdan qo‘rqinch tuyg‘usini uyg‘otadi. Qo‘rqinch esa lazzatlardan tiyilishga chidash quvvatini paydo qiladi. Bu fikrlar tufayli mav’izalar samimiyatga yo‘g‘riladi, qalb bu fikrlardan o‘ziga xos eslatmalar va ibratlar oladi. Natijada bu fikr inson tabiatiga muvofmqlashib, qalb unga monil bo‘la boradi. Xayrga sabab bo‘lgan fikr bilan inson tabiati orasida muvofiqlik paydo bo‘lishi ayni tavfiqdir.
Donishmand zamonasidan o'zib ketadi
Aqlli kishi zamon bilan qadam-baqadam yuradi
Aqlsiz kishi zamondan orqada qoladi
Ahmoq esa zamon yo'liga to'g'anoq bo'lishga urinadi.

Musannif Adham

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 15
  • -oldi: 918
  • Xabarlar: 4138
  • Jins: Erkak
Re: IHYOU ULUMID-DIN (Tavba kitobi). Imom G'azzoliy
« Javob #211 : 29 Avgust 2008, 08:49:35 »
Rivoyat qilinishicha, Ammor ibn Yosir hazrati Alining huzurida o‘rnidan turib dedi: "Ey mo‘minlarning amiri, bizga kufr haqida xabar bering, kufr nimaga asoslanadi?" "Kufrning‘ to‘rtta asosi bor: jafo, amo (ko‘rlik), g‘aflat va shak. Kim jafoga mubtalo bo‘lsa, ya’ni shafqatsiz bo‘lsa, haqni arzimas biladi, yolg‘onni yoyadi, olimlarga nafratini sochadi. Kimki ko‘r bo‘lsa, zikrni unutadi. Kim g‘aflatga berilsa, hidoyatdan chalg‘iydi. Kim shubhaga yuz bursa, orzu-istaklarga aldanadi, hasrat va nadomat uni egallaydi. Alloh tarafidan unga sonsiz balolar yuzlanadi", - dedi hazrati Ali roziyallohu anhu.

Fikrdan chalg‘itadigan, kishini g‘aflatda qoldiradigan ba’zi ofatlarni bayon qildik va bu aytilganlar tavba xususida fikrlashimiz uchun kifoya qiladi.
Donishmand zamonasidan o'zib ketadi
Aqlli kishi zamon bilan qadam-baqadam yuradi
Aqlsiz kishi zamondan orqada qoladi
Ahmoq esa zamon yo'liga to'g'anoq bo'lishga urinadi.

Musannif Adham

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 15
  • -oldi: 918
  • Xabarlar: 4138
  • Jins: Erkak
Re: IHYOU ULUMID-DIN (Tavba kitobi). Imom G'azzoliy
« Javob #212 : 30 Avgust 2008, 06:27:44 »
LUG‘AT

(ba’zi so‘z va iboralarpiig matniy ma’yaolari izohi)

azm – biron ishni qilishga chidam va sabot bilan urinish, tirishish, qaror etmoq, ahd etmoq

anglamoq - bilishdan keyingi bosqich, bilish zohirmy ma’lumotlarga ega bo‘lish bilan nihoyalanadi. Anglash esa zohiriy ma’lumotlarga ega bo‘lishdan boshlanadi.

Allohning «makri» - makr so‘zi bu o‘riida majozan qo‘llanayotgani uchun qo‘shtirnoqda berilyapti. Tafsirda izohlangapicha, bu «makr» — qudrat, g‘azab va azobga ishoradir.

an-nafsul ammora - yomonlikka buyuruvchi nafs (Yusuf surasi, 53 oyat)

an-nafsul lavvoma
- malomat yog‘diruvchi nafs. Ya’ni egasining amaldagi qosirligi tufayli ayanch holga tushgan bu nafs egasiga ulkan malomatlar yog‘diradi.

an-nafsul mutmainna - ikkilanishlardan to‘xtab. sabot va qaror hosil qilgan qalb. Qur’omi karimda bu ibora: "Alloh yerga ato etgan ne’matlaridan rozi bo‘lgan va Alloh ham uning amallaridan rozi bo‘lgan xotirjam-sokin jon" (Valfajr surasi, 77oyat) deb izohlangan. Matnda: "Holis tavbaga yo‘naltirilgan sokin nafs", deb tarif berilgan.

asar(osor deb ham qo‘llanadi) - lug‘aviy ma’nosi "iz", "belgi". Istilohda sahoba va tobe’inlarning aytgan so‘zlari va qilgan fe’llari.

ashobul yamin - o‘ng tomon egalari. Bu zotlar hayoti dun yodan iymo-ne’tiqod bilan o‘tganlari sababli Qiyomat kunida nomai a’mollari o‘ng tomonidan borilib, jannat ne’matlariga sazovor bo‘lgan kishilardir.(Voqea va Muddassir suralarida kelgan)
Donishmand zamonasidan o'zib ketadi
Aqlli kishi zamon bilan qadam-baqadam yuradi
Aqlsiz kishi zamondan orqada qoladi
Ahmoq esa zamon yo'liga to'g'anoq bo'lishga urinadi.

Musannif Adham

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 15
  • -oldi: 918
  • Xabarlar: 4138
  • Jins: Erkak
Re: IHYOU ULUMID-DIN (Tavba kitobi). Imom G'azzoliy
« Javob #213 : 30 Avgust 2008, 06:31:37 »
balo - sinov

basirat - idrok va ogoh quvvati

darajot - yuksaklashuv bosqichlari

darakot - tubanlashuv bosqichlari

jazm – biror ishga kirishmoq. Matnda keladi: “Qudrat va irodaning jazmi hosil bo’lgach, harakatni Alloh yaratadi”.

fosid - buzg‘unchi.

fosiq - shariat chegarasidan chiquvchi.

g‘aiimat - o‘lja
Donishmand zamonasidan o'zib ketadi
Aqlli kishi zamon bilan qadam-baqadam yuradi
Aqlsiz kishi zamondan orqada qoladi
Ahmoq esa zamon yo'liga to'g'anoq bo'lishga urinadi.

Musannif Adham

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 15
  • -oldi: 918
  • Xabarlar: 4138
  • Jins: Erkak
Re: IHYOU ULUMID-DIN (Tavba kitobi). Imom G'azzoliy
« Javob #214 : 30 Avgust 2008, 06:33:36 »
habib - sevilgan, yaxshi ko‘rilgan zot. Habibulloh—Muhammad alayhissalomning sifatlari

hol - vaqt e’tibori bilan «hozir». Bandaning hozirgi, ayni paytdagi manzili. Aytiladiki, hol — u holatdan bu holatga o‘tish, qalbning o‘zgarib tu'rishidir. Yana aytiladi, hol zoyil bo‘lmaydi, agar zoyil bo‘lsa, u hol emas.
ilg‘amoq - o‘ta hushyorlik va noziklik ila hosil bo‘ladigan hislat, anglashning dastlabki bosqichi. «Payqamoq»  ham «ilg‘amoq» fe’liga ma’nodosh. ammo «payqamoq» moddiy hodisalarga, «ilg‘amoq» ma’naviy hodisalarga nisbatan qo‘llanadi.

ilm bilmoq - anglamoq. Matnda ko‘proq «anglamoq» ma’nosida berildi.

iroda - maqsadni amalga oshirish uchun bo‘lgan kuchli istak; ixtiyor, qat’iyat.

isroiliyyot - muqaddam o‘tgan xalqlar va ularning payg‘ambarlari xususida yahudiy va nasroniylardan olingan rivoyatlar. Ulamolar isroiliyyotni uch qismga ajratishadi:

1) maqbul xabarlar — Rasulullohdan sahih naql orqali to‘g‘riligi varid bo‘lgan. Masalan, Xizr alayhissalomning nomlari. Bu haqda sahih hadis mavjud;

2) maskutun anhu — u haqda sukut qilingan xabarlar. Ya’ni, to‘g‘riligi yoki yolg‘onligi noma’lum xabarlar. Bunday isroiliyyotni ibrat sifatida hikoya qilish mumkin. Lekin uni tasdiqlamaymiz va yolg‘onga ham chiqarmaymiz. Payg‘ambar alayhis salomning ushbu amriga muvofiq: "Ahli kitobni tasdiqlamanglar va yolg‘onchiga ham chiqarmanglar. (Balki) Allohga va bizlarga nozil qilingan narsaga iymon keltirdik, denglar";

3) marfuz — inkor qilingan xabarlar. Ya’ni shariatimizga zid va aqlga xilofligi ayon xabarlar. Bunday isroiliyyotni tasdiqlash, qabul qilish, rivoyat etish durust emas.
« So'nggi tahrir: 30 Avgust 2008, 06:36:49 muallifi Musannif Adham »
Donishmand zamonasidan o'zib ketadi
Aqlli kishi zamon bilan qadam-baqadam yuradi
Aqlsiz kishi zamondan orqada qoladi
Ahmoq esa zamon yo'liga to'g'anoq bo'lishga urinadi.

Musannif Adham

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 15
  • -oldi: 918
  • Xabarlar: 4138
  • Jins: Erkak
Re: IHYOU ULUMID-DIN (Tavba kitobi). Imom G'azzoliy
« Javob #215 : 30 Avgust 2008, 06:34:55 »
isror - yomonlik va gunohdan qaytmaslik.

istihlol - biron narsani halol deb hisoblash; halollashni so‘rash. Masalan, g‘iybat sababli qalb kirlandi — haromga botdi. Endi bu haromdan halol hududiga o‘tish — poklanishning yagona yo‘li zolimning mazlumdan kechirim so‘rashidir.

ixtiyor - irodaning har xil o‘y-fikrlar taraddudidan keyingi to‘xtami.

kafforat - gunohning mag‘firat qilinishiga sabab bo‘luvchi amal. Har qanday gunohning ziddi o‘sha gunohga kafforat bo‘lishi mumkin. Muhimi, zidlik darajasini to‘g‘ri va aniq belgilashda. Masalan,  yolg‘on so‘zning ziddi - rost so‘z. Bu ikki tushunchaning zidlik darajasi birbiriga to‘la muvofiq.

Shuning uchun yolg‘onning kafforati faqat rostlikdir.

karramallohu vajhahu - Alloh uning yuzini muborak qilsin. Aliy roziyallohu anhuniig nomlari shu duo bilan sifatlanadi.


« So'nggi tahrir: 30 Avgust 2008, 06:38:00 muallifi Musannif Adham »
Donishmand zamonasidan o'zib ketadi
Aqlli kishi zamon bilan qadam-baqadam yuradi
Aqlsiz kishi zamondan orqada qoladi
Ahmoq esa zamon yo'liga to'g'anoq bo'lishga urinadi.

Musannif Adham

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 15
  • -oldi: 918
  • Xabarlar: 4138
  • Jins: Erkak
Re: IHYOU ULUMID-DIN (Tavba kitobi). Imom G'azzoliy
« Javob #216 : 30 Avgust 2008, 06:39:52 »
ma’rifat - Allohni tanimoq. «Tanimoq» fe’li «bilmoq» dan ko‘ra kengroq, «bilmoq» fe’li esa «tanimoq» dan chuqurroqdir. Shuning uchun hech qachon «Ollohni bildim» deyilmaydi.

ma’siyat - bu so‘zning o‘zak ma’nosi “itoatsizlik qilmoq”, “buyruqqa xilof ish tutmoq”. Agar bu harakat nohaqlikka emas, haqqa nisbatan qaratilsa, «gunoh» deyiladi. «Ma’siyat» ayni shu ma’nodadir. «Isyon» so‘zi ham «ma’siyat» bilan o‘zakdosh bo‘lib, aksar holda Haqqa itoatsizlikni ifodalaydi.

ma’sum - bu sifat payg‘ambarlarga xos bo‘lib, "gunohlardan" qo‘rilgan, himoya qilingan, Alloh taoloning o‘zi gunohlardan saqlagan» degan ma’nodadir.

majlis - o‘tiriladigan joy. Ko‘pincha bu so‘z ma’lum joyda yig‘ilgan toifaning suhbatiga ishoratan «majlis qurdik», ya’ni «suhbatlashdik» ma’no sida ishlatiladi.

malaul a’lo – farishtalar.

maqomi mahmud - maqtalgan maqom. Bu haqda Isro surasining 79-oyatida aytiladi: "Kechaning bir qismida uyg‘onib, o‘zingiz uchun nafl (ibodat) bo‘lgan namozni o‘qing! Shoyadki, Parvardigoringiz sizni(Qiyomat kunida) maqtovli(ya’ni gunohkor ummatlaringizni shafoat qilib oqlaydigan) maqomda tiriltirur". Aksar ulamo “maqomi mahmud”ni shafoat maqomi deb ta’vil qilishgan.
« So'nggi tahrir: 30 Avgust 2008, 06:43:16 muallifi Musannif Adham »
Donishmand zamonasidan o'zib ketadi
Aqlli kishi zamon bilan qadam-baqadam yuradi
Aqlsiz kishi zamondan orqada qoladi
Ahmoq esa zamon yo'liga to'g'anoq bo'lishga urinadi.

Musannif Adham

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 15
  • -oldi: 918
  • Xabarlar: 4138
  • Jins: Erkak
Re: IHYOU ULUMID-DIN (Tavba kitobi). Imom G'azzoliy
« Javob #217 : 30 Avgust 2008, 06:41:48 »
munojot - Alloh bilan sirlashuv.

muqarrabun - yaqin qilinguvchilar, ya’ni bu dunyoda doimo yaxshi amalga peshqadam bo‘lib, jannatda Alloh taologa yaqin qilinguvchilar.

muqoyasa - bir narsani boshqa narsaga solishtirish.

musofot - o‘zaro mehr-muhabbat.

Mussabbibul asbob - sabablar Sababchisi, ya’ni sabablarni yaratuvchi Zot. Sabablar ko‘p, olamdagi barcha narsalar sababdir. Sababchi esa yakkayu yolg‘iz Alloh  taolodir.

muvolot - samimiy do‘stlik.

nafs - jon, ruh (nafsning turlari haqida yuqorida aytildi).

qasd - maqsad
Donishmand zamonasidan o'zib ketadi
Aqlli kishi zamon bilan qadam-baqadam yuradi
Aqlsiz kishi zamondan orqada qoladi
Ahmoq esa zamon yo'liga to'g'anoq bo'lishga urinadi.

Musannif Adham

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 15
  • -oldi: 918
  • Xabarlar: 4138
  • Jins: Erkak
Re: IHYOU ULUMID-DIN (Tavba kitobi). Imom G'azzoliy
« Javob #218 : 30 Avgust 2008, 06:45:48 »
rahmat - rahm. Rahm — Alloh taoloning bandalarga ato etgan ne’mati, xayri.

raziyAllohu anhu - «Alloh undan rozi bo‘lsin» degan ma’nodagi duo. Sahobalarga nisbatan ishlatiladi.

rutba - biron ishning amalga oshishi uchun lozim bo‘lgan asos

sollAllohu alayhi va sallam - unga Allohning salavoti va salomi bo‘lsin. Payg‘ambarimiz Muhammad alay hissalomning nomlari zikr qilinganida, salavot aytish Qur’on va hadis bilan sobit bo‘ltan: "Albatta Alloh ham, uning farishtalari ham Payg‘ambarga duoyu salavotlar ayturlar: “Ey mo‘minlar, sizlar ham u zotga salavot va salom aytinglar” (Ahzob surasi, 5-oyat).

shahvat - kuchli istak, nafsoniy quvvat. «Ishtaha» ham shahvatga o‘zakdosh so‘z. Shahvat dunyo hosilasi bo‘lgani uchun uni: «dunyoga ishtaha bilan tashlanish», deb ta’riflash to‘griroqdir.

sidratul muntaho - jannat chetidagi nilufar. Bu haqda "Najm" surasining 13-15 oyatlarida aytiladi: "Qasamki,(Muhammad alayhissalom Jabroil farishtani o‘zining asliy suratida) ikkinchi bor(jannat) chetidagi nilufar oldida ko‘rdi. Jannati ma’vo ham o‘sha (nilufar)ning oldidadir. O’shanda nilufrni o‘ragan narsa(ya’ni Alloh taoloning fayzi ilohiysi) o‘rab olgan edi".
Donishmand zamonasidan o'zib ketadi
Aqlli kishi zamon bilan qadam-baqadam yuradi
Aqlsiz kishi zamondan orqada qoladi
Ahmoq esa zamon yo'liga to'g'anoq bo'lishga urinadi.

Musannif Adham

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 15
  • -oldi: 918
  • Xabarlar: 4138
  • Jins: Erkak
Re: IHYOU ULUMID-DIN (Tavba kitobi). Imom G'azzoliy
« Javob #219 : 30 Avgust 2008, 06:47:21 »
tahqiq - haqni yuzaga chiqarmoq, amalda isbotlamoq

taraddud - ikkilanish, bir to‘xtamga kelolmaslik.

to‘xtam - ikkilanish batamom to‘xtab, shak to‘la yo‘qolganidan keyin tutiladigan qat’iy qaror

toat - Allohga itoat

xalil -  haqiqiy do‘st. Xalilulloh—Ibrohim alayhissalomning sifatlari.

xamr - mast qiluvchi ichimlik.

yaqin – shak-shubhasiz, aniq bilim. Qur’oni Karim tafsirida «o‘lim» ma’nosida ham sharhlangan: «To sizga aniq narsa (ya’ni o‘lim soati) kelgunicha Parvardigoringizga ibodat qiling» (Hajr surasi, 99-oyat).
Donishmand zamonasidan o'zib ketadi
Aqlli kishi zamon bilan qadam-baqadam yuradi
Aqlsiz kishi zamondan orqada qoladi
Ahmoq esa zamon yo'liga to'g'anoq bo'lishga urinadi.

Musannif Adham

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 15
  • -oldi: 918
  • Xabarlar: 4138
  • Jins: Erkak
Re: IHYOU ULUMID-DIN (Tavba kitobi). Imom G'azzoliy
« Javob #220 : 30 Avgust 2008, 06:49:06 »
MANBALAR

1. Al-mo‘jamul vosit. Dorudda’va. Istanbul, 1989.
2. Al-mo‘jamul mufaxris li alfozil Qur’on. Dorudda’va, Istanbul, 1990
3. Al-munjid fillugoti vala’lam. Maktabat ush-sharhiyya, Bayrut, 1986.
4. Al-qomus ul-jadid. Tunis-Jazoir, 1985.
5. Ihyou ulumid din. Abu Homid G’azzoliy. Dorul-ihyo. Bayrut
6. Kitabul imla fi ishkalatil-ihyo. Abu Homid G’azzoliy. Dorul-misriyyal-lubnaniyya.
7. Riyoz us-solihiyn. Muodyiddin Abu Zakariyo An-Navaviy. Santlada. M., 1993.
8. Ruscha-o‘zbekcha lug’at. I-II t. T., 1983.
9. Taysir mustalahul hadis. Maumud Tohhon. Maktabat ul-maorif, Ar-Riyoz, 1987.
10. Tafsirul Qur’anil azim. Imomuddin Abu Fido Ismoil ibp Kasir. Dorulma’rifat. Bayrut-Lubpan, 1989.
11. O’zbek tilining izohli lug‘ati. M., 1981.
12. Qur’oni Karim. O’zbekcha izohli tarjima. Tarjima, va izohlar muallifi Shayx Alouddin Mansur. T., 1992.
13. Hadis va hayot. 1-juz. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. T., 2003 y.
Donishmand zamonasidan o'zib ketadi
Aqlli kishi zamon bilan qadam-baqadam yuradi
Aqlsiz kishi zamondan orqada qoladi
Ahmoq esa zamon yo'liga to'g'anoq bo'lishga urinadi.


AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: IHYOU ULUMID-DIN (Tavba kitobi). Imom G'azzoliy
« Javob #222 : 20 Sentyabr 2008, 00:41:06 »
Ihyou ulumid-din. Tavba kitobi



Muallif: Imom G'azzoliy
Hajmi: 485 Kb
Fayl tipi: pdf, zip
Saqlab olish
Online o'qish
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

 

Imom G’azzoliy. Ihyou ulumid-din (O'limni eslash kitobi)

Muallif Muslima_subhBo'lim Islomiy kitoblar

Javoblar: 96
Ko'rilgan: 52752
So'nggi javob 22 Iyul 2008, 09:39:38
muallifi AbdulAziz
Imom G’azzoliy. Ihyou ulumid-din (Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi)

Muallif LayloBo'lim Islomiy kitoblar

Javoblar: 320
Ko'rilgan: 119255
So'nggi javob 23 Iyun 2008, 07:38:49
muallifi AbdulAziz
Imom G’azzoliy. Ihyou ulumid-din (Ro‘za sirlari kitobi)

Muallif AbdulAzizBo'lim Islomiy kitoblar

Javoblar: 27
Ko'rilgan: 17614
So'nggi javob 29 Sentyabr 2008, 01:35:42
muallifi AbdulAziz
Imom G’azzoliy. Ihyou ulumid-din (Zakot sirlari kitobi)

Muallif AbdulAzizBo'lim Islomiy kitoblar

Javoblar: 65
Ko'rilgan: 27330
So'nggi javob 29 Sentyabr 2008, 02:15:22
muallifi AbdulAziz
Imom G’azzoliy. Ihyou ulumid-din (Tafakkur kitobi)

Muallif AbdullоhBo'lim Islomiy kitoblar

Javoblar: 85
Ko'rilgan: 34279
So'nggi javob 31 Yanvar 2009, 02:23:23
muallifi AbdulAziz