Imom G’azzoliy. Ihyou ulumid-din (Ro‘za sirlari kitobi)  ( 18115 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 B


AbdulAziz  29 Sentyabr 2008, 01:31:54

   Kunning qolgan qismida ro‘za tutish - bu og‘iz ochish bilan gunohkor bo‘lgan yoki ro‘zada kamchilikki yo‘l qo‘ygan kishiga vojib bo‘ladi. Hayzli ayol pok bo‘lsa va yoki musofir ikki marhalalik safardan ro‘za tutmagan holda kelsa, bu vojib bo‘lmaydi. Shak kunida odil kishi hilolni ko‘rganiga shohidlik bersa, ro‘za tutish vojibdir. Safarda ro‘za tutish tutmaslikdan afzaldir. Magar toqat qilolmasa, bundan istisno. Safarga chiqadigan kunining boshida muqim bo‘lsa va yana keladigan kuni ro‘zador kelsa, og‘zini ochmaydi.

   Fidya - homilador va emizikli ayollar agar bolalariga xavotirlanib ro‘zalarini ochishsa, vojib bo‘ladi. Fidya har bir kun uchun bir miskinga bir mud bug‘doy berishdir. Yana qazo ham qilinadi. Keksaygan kishi ro‘za tutmasa, har bir kun uchun bir muddan sadaqa qiladi, xolos, qazo tutmaydi.

   Ammo ro‘zaning sunnatlari oltidir: saharlikni kechiktirish; og‘iz ochishni namozdan oldin xurmo yoki suv bilan shoshilinch bajarish; zavoldan keyin misvok ishlatishni to‘xtatish; zakotda o‘tgan fazilatlari sababli ramazon oyida saxovatli bo‘lish; Qur’onni birgalikda o‘rganish; masjidda e’tikof o‘tirish, xususan, oxirgi o‘n kunlikda. Bu Rasululloh (s.a.v.)ning odatlaridir. «Oxirgi o‘n kunlik kirganda to‘shakni yig‘ardilar, belni mahkamlab, o‘zlari va ahllari birgalikda g‘ayratga kirishardi» (Imom Buxoriy va Muslim rivoyatla-ri). Ya’ni, mashaqqatda sabot bilan davom etishardi. Chunki mana shu kunlarda laylatul-qadr mavjuddir. G’olib fikrga ko‘ra, laylatul-qadr oxirgi o‘n kunlikdadir. Bundan birinchi, uchinchi, beshinchi va oltinchisi ekanligi ko‘proq aytilgan.

Qayd etilgan


AbdulAziz  29 Sentyabr 2008, 01:32:06

   E’tikofda surunkalilik a’lodir. Surunkali, ketma-ket e’tikofni nazr qilsa yoki niyat etsa, agar masjiddan chiqishi zaruratsiz bo‘lsa, ketma-ketlilik uziladi. Kasal ko‘rish yoki guvohlik berish, janoza o‘qish yoki tahorat yangilash uchun chiqishga o‘xshash. Agar o‘z ehtiyojlarini qondirish uchun chiqsa, uzilmaydi. Uyda tahorat qilishi mumkin, lekin boshqa ishga chalg‘imasligi lozim. «Payg‘ambar s.a.v. faqatgina inson hojati uchun chiqardilar» (shu yergacha Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari). «Kasal holidan faqatgina o‘tib borayotgan holda o‘rardilar» (AbuDovud rivoyatlari). Ketma-ketlik jimo’ qilish bilan uziladi, o‘pish bilan emas. Masjidda xushbo‘y (narsa) surishi, nikoh kelishu-vini tuzishi, yeyish, uxlash va qo‘lini idishga yuvishining zarari yo‘qdir. Bularning barchasiga ketma-ketlikda ehtiyoj bordir. Badanining ayrim qismi masjiddan chiqishi bilan ketma-ketlik buzilmaydi. «Payg‘ambar (s.a.v.) boshlarini hujrada bo‘lgan Oisha (r.a.)ga yaqinlashtirardilar, ular esa tarab qo‘yardilar» (Nasaiy, Buxoriy va Termiziy rivoyatlari). E’tikofda o‘tiruvchi qachon ehtiyojini qondirish uchun chiqsa, qaytganida niyatini qaytadan qilmog‘i lozim bo‘ladi. Bundan faqat o‘n kunni niyat qilgan bo‘lsa, istisnodir. Bu holda ham niyatni yangilash afzaldir.

Qayd etilgan


AbdulAziz  29 Sentyabr 2008, 01:32:27

   Ikkinchi fasl ro‘zaning sirlari va botiniy shartlari haqidadir.

   Bilgilki, ro‘za uch darajadir: ommaning ro‘zasi, xosning ro‘zasi, xosning xosi ro‘zasi.

   Ommaning ro‘zasi - oldin tafsiloti o‘tganidek, qorin va farjning shahvatini qondirishdan tiyishdir.

   Xosning ro‘zasi esa - quloq, ko‘z, til, qo‘l, oyoq va boshqa a’zolarni gunohlardan tiyishdir.

   Xosning xosi ro‘zasi bo‘lsa, o‘zni tuban tashvishlar va dunyoviy fikrlardan ro‘za tuttirish, Alloh azza va jalladan boshqadan batamom to‘sishdir. Bu ro‘zada og‘iz ochilishi Alloh azza va jalla, oxirat kunidan boshqani fikr qilish va din iroda qilingan dunyodan boshqa dunyoni o‘ylash bilan hosil bo‘ladi. Din o‘ylangan dunyo ham oxirat ozig‘idir, dunyodan emas. Hatto qalb arboblaridan biri shunday degan: «Kimning kunduz tasarrufidagi himmati iftorini o‘ylab harakatga kelsa, unga bir gunoh yoziladi». Chunki bu Alloh azza va jallaning fazliga ishonchi kamligidan, Uning va’da qilgan rizqiga iymoni kamligidandir. Bu - payg‘ambarlar, siddiqlar va muqarrab zotlar darajasidir. Uning tafsiliga nazar qilishda so‘zni uzaytirilmaydi. Lekin taqiqiga amal ko‘paytiriladi. Chunki bu Alloh azza va jallaga himmat haqiqati bilan yuz burish va Alloh subhanahudan boshqadan yuz o‘girishdir. Yana Alloh azza va jallaning:

   «Alloh, deb javob qiling. So‘ngra ularni o‘zlari sho‘ng‘igan noto‘g‘ri yo‘llarda adashgan xollarida tark eting» (An’om surasi, 91) oyati ma’nosiga aralashishdir.

Qayd etilgan


AbdulAziz  29 Sentyabr 2008, 01:32:38

   Ammo xoslarning ro‘zasiga kelsak, bu solihlarning ro‘zasidir. Bu ro‘za a’zolarni gunohlardan tiyish bilan bo‘ladi va mukammal olti ishdir.

   Birinchi - ko‘zni har bir mazammat qilingan va karih ko‘rilgan narsalarga qarashdagi bemalollikdan, yana Alloh azza va jalla zikridan chalg‘itadigan va qalbni mashg‘ul etadigan har narsadan tiyishdir, yumishdir. Payg‘ambar (s.a.v.) aytganlar: «(Begona ayollarga) qarash Iblis la’anahullohning nayzalaridan zaharli bir nayzadir. Kim buni Alloh azza va jalladan qo‘rqib tark etsa, Alloh unga iymon berib qo‘yadiki, uning halovatini qalbida topadi» (Hokim rivoyat qilib, isnodini saxix, degan).

   Jobir Anasdan, u kishi esa Rasulullohning (s.a.v.) shunday deganlarini rivoyat qilganlar: «Besh narsa ro‘zadorning ro‘zasini ochib yuboradi: yolg‘on, g‘iybat, chaqimchilik, yolg‘on qasam va shahvat bilan qarash» (Al-Azdiy «Az-Zuafo»da rivoyat qilgan).

Qayd etilgan


AbdulAziz  29 Sentyabr 2008, 01:32:46

   Ikkinchi - tilni noma’qul so‘zlardan, yolg‘on, g‘iybat, chaqimchilik, fahsh, jafo, xusumat va tortishuvdan saqlamoq, sukutni lozim tutmoq. Uni Alloh subhanahuning zikri bilan, Qur’on tilovati bilan mashg‘ul qilmoq. Bu - til ro‘zasidir. Sufyon aytadilar: «G’iybat ro‘zani buzadi». Buni Bishr ibn Horis rivoyat qilganlar. Lays esa Mujohiddan shunday rivoyat etadilar: «Ikki xislat ro‘zani buzadi: g‘iybat va yolg‘on». Payg‘ambar (s.a.v.) aytganlar: «Albatta ro‘za to‘siqdir. Agar biringiz ro‘za bo‘lsa, yolg‘on so‘z gapirmasin, johillik qilmasin. Agar biror kishi u bilan urishsa yoki so‘kishsa, men ro‘zadorman, men ro‘zadorman, desin» (Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari). Xabarda shunday kelgan: «Rasululloh (s.a.v.) zamonlarida ikki ayol ro‘za tutdilar. Kun oxirida ularni ochlik va chanqoqlik holdan toydirdi, hatto halok bo‘layozishdi. Shunda Rasulullohga (s.a.v.) ro‘zalarini ochishga izn so‘rab odam yuborishdi. Payg‘ambar (s.a.v.) ularga bir idish yubordilar va: «Ularga aytgin, yegan narsalarini bunga qussinlar», dedilar. Idishning yarmiga ularning biri tiniq qon va yangi go‘sht qusdi. Boshqasi ham shunday qusib, idish to‘ldi. Odamlar bundan taajjubga tushishdi. Shunda Payg‘ambar (s.a.v.): «Bu ikkovisi Alloh halol qilgan narsadan ro‘za tutishdi va Alloh ularga xarom qilgan narsadan ro‘za ochishdi, odamlarni g‘iybat qila boshlashdi. Bu - go‘shtlaridan yeganlaridir» (sanadda majhullik bilan Axmad rivoyat qilgan)

Qayd etilgan


AbdulAziz  29 Sentyabr 2008, 01:32:56

   Uchinchi - quloqni har bir yolg‘on narsani eshitishdan tiyishdir. Chunki so‘zlash xarom bo‘lgan har narsani eshitish ham xaromdir. Shuning uchun ham Alloh azza va jalla eshituvchi bilan xaromxo‘rlarni barobar qilib shunday dedi:

   «Ular yolg‘onga qulok, beruvchi xaromxo‘r kimsalardir» (Moida surasi, 42-oyat). Yana Alloh taolo aytadi:

   «Olim va donishmandlari ularni gunoh so‘zlardan, xaromxo‘rlikdan qaytarmaydilarmi?!» (Moida surasi, 63-oyat). Demak, g‘iybatga sukut qilish ham xarom. Alloh taolo aytadi:

   «(Modomiki, ular bilan o‘tirgan ekansizlar), demak, sizlar ham shak-shubhasiz ularning o‘zisiz» (Niso surasi, 140-oyat). Shuning uchun ham Ra-sululloh (s.a.v.): «G’iybatchi va unga quloq tutuvchi gunohda sherikdirlar», deganlar (Tabaroniy zaif sanad bilan rivoyat qilgan).

Qayd etilgan


AbdulAziz  29 Sentyabr 2008, 01:33:04

   To‘rtinchi - qo‘l va oyoq kabi qolgan a’zolarni gunoh-makruh ishlardan tiyish, qorinni esa iftor paytida shubhali narsalardan saqlash. Halol ta-omdan o‘zni tiyish kerak bo‘lgan ro‘zada xaromga iftor qilishda ma’no yo‘qdir. Bunday ro‘zadorning misoli qasr quraman, deb shaharni buzgan kishiga o‘xshaydi. Chunki halol taomning navi emas, ko‘pligi zarar beradi. Ro‘za esa uni kamaytiradi. Zararidan qo‘rqib, dorini ko‘paytirishni xohlamagan kishi agar zahar tanovul qilishga o‘tsa, bu - tentaklikdir. Xarom - dinni halok qiluvchi zahardir. Halol esa ozi foyda berib, ko‘pi zarar qiladigan davo bo‘lib, ro‘zaning maqsadi uni kamaytirishdir. Payg‘ambar (s.a.v.): «Qancha ro‘zador borki, ro‘zasidan unga faqatgina ochlik va chanqoqlik qoladi», dedilar (Nasaiy va Ibn Moja rivoyatpari). Aytishlaricha, u - xaromga iftor qiladigan kishidir. Boshqa bir fikrga ko‘ra, u - halol taomdan tiyilib, g‘iybat tufayli odamlarning go‘shtiga iftor qiladigan kishidir. Yana boshqa fikrga ko‘ra, u - a’zolarini gunohlardan muhofaza qilmaydigan kishidir.

Qayd etilgan


AbdulAziz  29 Sentyabr 2008, 01:33:15

   Beshinchi - iftor vaqtida qorni to‘ladigan darajada halol taomga to‘ymaslik. Alloh azza va jallaga halol taomga to‘lgan qorindan ko‘ra yomon idish yo‘qdir. Ro‘zador kunduz kuni kechgan narsasini iftor paytida topadigan bo‘lsa, ro‘zadan qanday qilib Ushohning dushmaniga kuch ishlatish va shahvatni sindirishda istifoda etadi? Ko‘pincha bu oyda turli-tuman taom ziyoda qilinadi, hatto ramazon oyi chun hamma taomlardan g‘amlanish odat bo‘lib qolgan. Unda bir necha oyda yeyilmaydigan ovqatlar yeyilyapti. Ma’lumki, ro‘zaning maqsadi taqvoga nafsni quvvatlantirish uchun ochlik va kibr-havoni sindirishdir. Kun avvalidan xuftongacha bo‘lgan vaqt uchun me’daga (taom) tiqilsa, hatto shahvati qo‘zg‘ab, rag‘bati kuchaysa, so‘ng lazzatli taomlardan yeb rosa to‘ysa, lazzati ziyoda bo‘ladi, quvvati ko‘payadi va odatdagidek qoldirilganda tinch yotadigan shahvatlari ko‘zg‘aladi. Ro‘zaning ruhi va siri yomonlikka qaytarishdagi shaytonning vositalari bo‘lgan quvvatni zaiflashtirishdir. Bu esa faqatgina ozuqani samaytirish bilan hosil bo‘ladi. Bu kamayish ro‘za tutmagan har kechadagi yegan ozuqasini tanovul etloq miqdoridadir. Ammo tongda yeganini kechasi yeganiga qo‘shsa, ro‘zasidan naf olmaydi.
   Kunduzi uyquni ko‘paytirmasligi odobdandirki, to ochlik va chanqoqlikni sezsin, quvvati zaifligini his qilsin. Mana shunda qalbi musaffo bo‘ladi, har kechada zaiflikdan bir miqdor qo‘shilib, hatto unga tahajjud namozi va kundalik virdlari osonlashadi. Shoyad, shunda shayton qalbini egallamay, koinot mamlakatiga boqa olar! Laylatul-qadr esa ana shu mamlakatdan bir narsa inki-shof etadigan kechadan iboratdir.

   «Albatta Biz uni kadr kechasida nozil kildik» (Qadr surasi, 1) oyatidagi Alloh taoloning so‘zidan murod shudir. Kim qalbi va ko‘kragi o‘rta-sida taomdan iborat bo‘shliq qoldirsa, bu odam ushbu inkishoflardan to‘silgandir. Va kim me’dasini bo‘shatsa, modomiki himmatini Alloh azza va jalladan o‘zgasidan xoli qilmas ekan, bu hol hijobni ko‘tarishga kifoya qilmaydi. Bu esa ishning xotimasidir, bular barchasining boshlanishi esa taomni kamaytirishdir. Bundan ziyoda bayon «Taomlar kitobi»da keladi, inshaalloh.

Qayd etilgan


AbdulAziz  29 Sentyabr 2008, 01:33:26

   Oltinchi - iftordan keyin qalbi xavf va rajo o‘rtasida muallaq va iztirobli bo‘lmog‘i. Zero, u ro‘zasi qabul bo‘lgan muqarrablardanmi yoki rad etilgan manfurlardanmi, bilmaydi. Uzi tamomlagan har qanday ibodatning oxirida ham xuddi shunday bo‘lishi kerak. Hasan ibn Abu Hasan al-Basriydan rivoyat etilishicha, u kishi hayit kuni kulishib o‘tirgan bir qavmning oldidan o‘ta turib dedilar: «Albatta Alloh azza va jalla ramazon oyini xalqi uchun musobaqa maydoni qilib qo‘ydi. Ular bunda Alloh toati uchun musobaqalashishadi. Bir qavm o‘zib, g‘alaba qozondi, boshqasi ortda qolib umid-siz bo‘ldi. Uzganlar g‘olib, qolganlar noumid bo‘lgan kunda kulib o‘ynashayotganlarga ajab ustiga ajab! Ammo Allohga qasamki, agar parda ochilganida muhsin ehsoni bilan, gunohkor gunohlari bilan mashg‘ul bo‘lib qolardi! Ya’ni, amali maqbul kishining sevinchi o‘yindan, mardud kishining hasrati esa kulgudan to‘sib qo‘yardi. Ahnaf ibn Qaysdan rivoyat etilishicha, unga «Siz yoshi o‘tib qolgan bir kishisiz, ro‘za sizni yanada holsizlantiradi», deyishdi. U zot: «Men uzoq safarga hozirlik ko‘ryapman, Alloh subhanahuning toatiga sabr qilish Uning azobiga sabr qilishdan yengilroqdir», deya javob qildi. Bular ro‘zadagi botiniy ma’nolardir.

   Agar aytsang: «Qorin va farj shahvatini tiyishda qosirlik qilib, ushbu ma’nolarni tark qilgan kishiga fuqaholar ro‘zasi durust, deyishadi. Buning ma’nosi nima?»

Qayd etilgan


AbdulAziz  29 Sentyabr 2008, 01:34:00

   Bilgilki, zohir fuqaholari zohir shartlarni biz botiniy shartlar xususida keltirgan dalillarga qaraganda zaif dalillar bilan isbotlashadi. Ayniqsa, bu g‘iybat va shunga o‘xshash narsalarga tegishli. Lekin zohir fuqaholari faqatgina dunyoga yuz burib, tagida qolib ketgan omi g‘ofillarga muyassar bo‘lgan taklifotlarnigina hal qilishadi. Oxirat ulamolari esa qabulning sahih bo‘lishini, qabul bilan bo‘lsa, maqsadga yetilishini e’tiborga olishadi. Va ro‘zadan maqsad Alloh azza va jallaning axloqidan bir xulq bilan ziynatlanish ekanini fahmlashadi. U xulq somadiyyalikdir.

   Shahvatlardan tiyilishda imkon boricha farishtalarga ergashish kerakdir. Chunki ular shahvatlardan munazzahdirlar. Insonda shahvatni sindirishga aql nuri borligi uchun qudrat hosil bo‘lganidan hayvon darajasidan yuqori daraja bordir. Yana shahvatlar egallab olganligi va ularga qarshi kurashishga mubtalo bo‘lgani uchun farishtalardan quyi martabada hamdir. Shahvatlarga qanchalik botsa, asfalasofilinga qulaydi, hayvonlar to‘dasiga borib qo‘shiladi. Qachon shahvatlarini bostirsa, a’lo’iliyyinga ko‘tariladi va farishtalar ufqiga qo‘shiladi. Farishtalar esa Alloh azza va jallaga muqarrab yaqindirlar. Ularga ergashib axloqlaridan o‘rnak olgan kishi xuddi ular yaqin bo‘lganlaridek Alloh azza va jallaga qurbat hosil qiladi. Yaqinga ham o‘xshash ayni yaqinlikdir. So‘ng o‘xshashlik makonda emas, balki sifatdadir. Demakki, aql egalari va qalb sohiblari nazdida ro‘zaning siri shu ekan, kun bo‘yi boshqa shahvatlarga berilib ketish bilan birga kunduzi bir yeyishni kechiktirib, kechqurun ikki yeyishni jamlashda nima foyda bor? Agar bunda foyda bo‘lsa, Payg‘ambarning (s.a.v.): «Qancha ro‘zador borki, uning ro‘zasidan faqatgina ochlik va chanqoqlik qoladi», degan so‘zlarida ne ma’no bor? Shuning uchun ham Abu Dardo (r.a.) aytadilar: «Oqillarning uyqusi va og‘zi ochiqligi qanday yaxshi! Qachonki, ahmoqlarning ro‘za va bedorligi ayblanmasa!» Iymon va taqvo egasidan bo‘lgan bir zarra ibodat amaliga aldanganlarning tog‘dek ibodatidan og‘irroqdir. Shundan olimlardan birlari aytganlar: «Qancha ro‘zador bor, og‘zi ochiq, ancha ro‘zasiz bor, ro‘zador. Ro‘zasiz ro‘zador a’zolarini gunohlardan asraydi va yeydi, ichadi. Ro‘zador ro‘zasiz esa a’zolariga erk berib, och va chanqoq bo‘lgan kishidir. Kim ro‘zaning ma’no va sirrini tushunsa, biladiki, kim yeyish, ichishdan tiyilib, gunohlarga aralashishdan og‘zi ochiq bo‘lsa, tahorat qilishda a’zolaridan birini uch marta mash qilganga o‘xshaydi. Bu zohirda sanoqqa muvofiq keldi, ammo muhim arsani yuvishni tark qildi. Demak, buning namozi sohilligi sababli marduddir. Yana yeyish bilan og‘zi ochiq bo‘lgan, a’zolari bilan yomon ishlarda ro‘zador bo‘lgan kishi esa a’zolarini bir martadan yuvgan kishiga o‘xshaydi. Uning namozi garchi fazilatni tark etgan bo‘lsada, aslni mukammal qilgani uchun, inshalloh, maqbuldir. Bularning o‘rtasini jamlagan kishining misoli esa hamma a’zosini uch martadan yuvgan kishiga o‘xshaydi. Bas, u asl bilan fazlni jamlab kamolga yetishibdi. Dar-haqiqat, Payg‘ambar s.a.v.) aytganlarki: «Albatta ro‘za omonatdir. Sizlardan biringiz o‘z omonatini saqlasin!» (Xaroipiy «Makorimul axlok»da rivoyat qilgan). Rasululloh (s.a.v.) Alloh azza va jallaning:

Qayd etilgan