Yashashdan maqsadingiz nima?  ( 13178 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 B


Mr.Twister  01 Oktyabr 2008, 19:40:37

Assalomu alaykum. Sizga shunday savol bilan murojaat qilmoqchi edim "Yashashdan maqsadingiz nima?"

Qayd etilgan


ZUBAIR  01 Oktyabr 2008, 20:35:16

Va Alaykum Assalom. Mening yashashdan maqsadlarim:
1. Alloh Taoloning rizosiga erishish;
2. Ota-onamning roziligini olish;
3. Ilm olish;
4. O'z Ilmim bilan odamlarni haqni topishiga sabab bo'lish.

Hozircha shular.

Qayd etilgan


Munavvara  01 Oktyabr 2008, 20:38:15

Assalomu alaykum
mening yashashdan faqatgina bir maqsadim bor Suyukli Payg'ambarimiz Muhammad Mustafo S.A.Vning ummatlari qatorida bo'lish ...:)

Qayd etilgan


Mr.Twister  01 Oktyabr 2008, 21:49:25

Assalomu alaykum wr wb. Hayitlar qutlug' bo'lsin.
Mening maqsadim avvalambor payg'ambarimiz Muhammad (s.a.v.) ga munosib ummat bo'lish.
O'z yo'nalishim bo'yicha (geliotexnika) yetuk kadr bo'lib O'zbekistonni har sohada yuksalishi uchun xizmat qilish.
Alloh o'zidan begona qilmagan holda orzularimizga erishtirsin.

Qayd etilgan


ZUBAIR  02 Oktyabr 2008, 01:35:40

Alloh o'zidan begona qilmagan holda orzularimizga erishtirsin.

Amin!

Qayd etilgan


Huseyn  03 Oktyabr 2008, 12:40:17

Уни килмокчиман. буни килмокчиман дес сшашдан максадни узимизча тукиб чикариш ахмоклик, схтимолки худбинлик хам булса керак. Чунки, хали дунёга келмасимиздан туриб, бу дунёда сшашдан максад нима сканлиги Дини Исломда аён сди.  Биз факатгина шу максадни англаб, шунга харакат килишимиз керак, холос. У максад нималигини хамма билади -    Аллохнинг розилигига сришиш! 

Qayd etilgan


Mr.Twister  05 Oktyabr 2008, 13:39:09

Assalomu alaykum Huseyn. Gapingizga qo'shilaman lekin Naqshbandiya tariqatining asoschisi hisoblanmish bobokalonimiz Bahovuddin Naqshbandiyning juda ham ma'noli shunday so'zlari bor: "Dilba yoru, dastba kor" ya'ni "Qalbingda Ollohu, qo'lingda hunaring, kasbing bo'lsin" va yana shunday hikmat bor "Sendan harakat, mendan barakat" bular esa bir yerda turmaslikni va Ollohga bo'lgan ixlosni kuchaytirib, oldimizga to'g'ri maqsad qo'yib olg'a borishimizga bo'lgan da'vatlardan deb o'ylayman.

Qayd etilgan


Hadija  06 Oktyabr 2008, 11:11:25

Assalomu alaykum Huseyn. Gapingizga qo'shilaman lekin Naqshbandiya tariqatining asoschisi hisoblanmish bobokalonimiz Bahovuddin Naqshbandiyning juda ham ma'noli shunday so'zlari bor: "Dilba yoru, dastba kor" ya'ni "Qalbingda Ollohu, qo'lingda hunaring, kasbing bo'lsin" va yana shunday hikmat bor "Sendan harakat, mendan barakat" bular esa bir yerda turmaslikni va Ollohga bo'lgan ixlosni kuchaytirib, oldimizga to'g'ri maqsad qo'yib olg'a borishimizga bo'lgan da'vatlardan deb o'ylayman.

Assalam alaykum. Uzur suhbatingizni o'qib o'z fikrimni bildirmoqchi edim, Har ikkalangizni ham gapingiz to'g'ri va fiklaringizga qo'shilaman. Lekin menimcha ALLOHni dilimizu tilimizda zikr qilib o'z maqsadlarimizni olg'a qo'yib borsak menimcha bu ham bir ibodat. Allohning huzurida maqbul bo'ladigan amallarni qilib, o'z maqsadlarimizni to'g'ri qo'yib, uni amalga oshira borsak, Insha Allah shu yo'l b-n ham ALLOHning roziligiga erishamiz degan umiddaman.

Qayd etilgan


zuhrahon  12 Mart 2009, 00:46:32

Assalomu  alaykum  Ollohim  barchamizni  o'zi  hohlaganidek  tarbiyat  qilsin.Yashashdan  maqsadimiz  allabatta  robbimizning  roziligni  istash  hamda  o'zining  rahamtiga  musharaf  bo'lmoqlikdir  Robbimizning  rahamtisiz  biz  jannatda  kira  olmayamiz.Insha  Olloh  mag'firat  va  rahamtidan  umidvormiz. :)

Qayd etilgan


Afruza  15 Mart 2009, 00:22:59

O'tayotgan umrimning har bir kunidan Alloh rozi bo'lsa maqsadimga erishgan bo'laman. Buni umumiy maqsad deb olsam, ayni hozirgi paytdigi maqsadim esa ota-onamni ishonchlarini oqlab, ularga munosib farzand bo'lish

Qayd etilgan