Ahmad Lutfiy Qozonchi. Saodat asri qissalari (1-kitob). Intizor kutilgan tong  ( 150136 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 ... 31 B


Muhammad Amin  04 Oktyabr 2008, 13:03:11

Ahmad Lutfiy

SAODAТ ASRI QISSALARI
Intizor kutilgan tong

1-kitob

Nurulloh Muhammad Raufxon tahriri ostida

Nargiza Rahmat qizi va Nodirxon Hasan tarjimasi

Ahmad Lutfiy hozirgi zamon adibi, tarixchi olim. Biz e’tiboringizga havola etayotgain «Intizor kutilgan tong» qissasi Saodat asridan hikoya qiluvchi olti jildli asarning birinchi kitobidir. Kitob to’la holida Janobi Payg’ambarimiz alayhissalomning tug’ilishlaridan to vafotlariga qadar muborak hayotlarini kamrab oladi. Хuddi shu mavzuga bag’ishlangan boshqa asarlardan farqi muallif aniq tarixiy voqeahodisalarni o’ziga xos badiiy yo’sinda aks ettirganidir. Natijada u g’oyat o’qishli chiqqan. Bu kitoblarning mashhur bo’lib ketganini shundan ham bilsa bo’ladiki, asar to’rt marta nashr kilingandir. Inshaalloh, sizlarga ham yoqadi, degan umiddamiz.

Qayd etilgan


Muhammad Amin  04 Oktyabr 2008, 13:03:48

MUALLIFDAN

Saodat yo’lining eng ulug’ va eng so’nggi rahbari, Ollox taoloning eng sevgili kuli va elchisi hazrati Muxammad Mustafo sollallohu alayhi vasallam (s.a.v.) janoblariiing go’zal, barkamol, o’rnakli hayotlarini butun borlig’icha aynan tasvirlash, ashobining unga nisbatan muxabbatini, vafodorlik tuyg’ularini mukammal ko’rsatish, dushmanlarining kin va hasadga to’la xattiharakatlarini to’lasicha ifodalab berish, fikrimizcha, hech bir insonning qo’lidan kelmaydi. Masalan, Abu Bakr hazratlarining Janobi Rasululloxga (s.a.v.) bo’lgan mehrmuhabbati, Abu Jahldagi kin va hasad ummon kabi cheksizchegarasizdir. Hozirga qadar aytilgan ganlar ham, aytilajak gaplar xam shu ummondan bir necha qatradir, xolos.

Yuz yillarcha davom etgan tussiz, mas’uliyatsiz hayot, bu hayot ichidagi yaxshiyomon, ibrat olish mumkin bo’lgan e’gaqod, axloq, odat va an’analar... undan keyin ilohiy amr xilpiratgan Тavxid sanjog’i va haq bilan botil orasida yuzaga kelgan buyuk kurash...

Qo’lingizdagi kitobning birinchi bo’limi Sarvari anbiyo janoblariniig (s.a.v.) tug’ilishdan to nubuvvat vazifasini olgunga kadar kechgan xayotlarini va o’shandagi johiliyat davrini aks ettiradi. Undan keyingi — nubuvvat va risolat vazifasini olgandan to Parvardigoriga qovushgunlariga kadar o’tgan vaqt «Saodat davri» deyiladi. «Oydinliklar sari» deb nomlangan ikkinchi bo’lim shu davrning ilk pallalaridan hikoya kiladi.

O’ylaymizki, ushbu kitobni o’qiganlar orasidan «Payg’ambarimizni yanada yaqindan tanidim, yanada ko’proq sevadigan bo’ldim», deydigan biror inson chiqar va xuzuri iloxiyda ham shunday shohidlik berar. Ana shunda bu kitobdan kutilgan natijamukofotga erishgan bo’lamiz.

Asarning bu jildida payg’ambarlik vazifasi kelgunga kadar Rasulullohning muborak ismi shariflariga «sollallohu alayhi vasallam» salovoti qo’shilmagan. Biroq buni Rasuli Akramga nisbatan xurmatsizlik deb tushunmaslik kerak. Kitobda qo’ldan kelganicha hurmatga rioya qilingan.

Bugun ham marqadi muboraklarida samimiyat ila salotu salom aytganlarga sha’nlariga yarashadigan darajada muomala qilishlariga ishonganimiz Rasulullohga (s.a.v.) abadiyatlar qadar va olingan nafaslar sonicha salotu salomlar aytamiz.

Olloh taolo sari eltuvchi yagona saodat va hidoyat yo’li bor, u ham bo’lsa, nayg’ambarimiz (s.a.v.) ko’rsatgan yo’ldir. Insoniyat erisha oladigan eng yuksak axloq qanday bo’lishi lozimligini payg’ambarimiz (s.a.v.) shaxsan yashab ko’rsatganlar. Bundan boshqa yo’l qidirgan kimsa badbaxt bo’lur. Uni kamsitgan kishi dunyo va oxiratda xoru zor bo’lur. Unga qarshi chiqqanlar alaloqibat baloqazoga giriftor bo’lur.

U zotga bo’lgan sevgi — ibodat, u zotning sharafli ismlarini zikr etish — saodat, u kishining shafoatlaridan mahrum qolish — falokatdir. U zoti sharifga, u zotning yo’llaridan yurganlarga, u zotga xos ummat bo’lishga g’ayrat qilayotganlarga salomlar bo’lsin. «Inson sevgani bilan birgadir» hadisi xabar bergan saodatga erishganlarga salom...

«Bugun bir soatgina Rasulullohni uyimda mehmon qilsam, qanday baxtiyor bo’lardim!»
«Do’konimga borayotganimda, oldimda payg’ambarimiz yurib borayotganlarini ko’rsam, men o’zim qanday yurgan bo’lardim?»

«Men qatnashayotgan majlisda Nabiyi Akram janoblari (s.a.v.) ham o’tirgan bo’lsalar, men o’zimni qanday tutardim?»

«Janobi Rasululloh yashagan Saodat davrida yashaganimda, u zotga hurmatim qanday bo’lardi?» kabi hayajonli savollarni o’ziga bera oluvchi va bularni aziz umrida tadbiq qilish fursatini topguvchi, yotarda u kishining sevgisi yodi bilan uyquga ketguvchi, uyg’onganida u zotning gul bo’ylarini hidlash fikri ila turadigan mo’minlarga salomlar bo’lsin...

Тilim seni so’ylasin, salbim doim seni eslasin, Sevgingga tpo’snashmagan salb ko’ksimda bo’lmasin. Mushk gparatgan tuprogingga yuzlarimni surmasam, Isyon ila chirigan ko’zlarim yumulmasin.

Qayd etilgan


Muhammad Amin  04 Oktyabr 2008, 13:04:31

I
KA’BA YIQILADIMI?
Fil va Abobil qushlari


Erta tongdan beri anchagina yo’l yurib qo’ygan lashkarga haroratning oshishi tufayli istirohat berildi. Otlar, tuyalar qo’yib yuborildi. Ulovi yo’q—yayovlar to’xtagan joylariga cho’kib qo’ya qoldilar.
Atrofda bironta ham tikkaygan daraxt yoxud yashillik ko’rinmas edi. Uzanib yotgan qum sahrosi orasira uchraydigan kichik tepachalari bilan goh balandlashib, goh iastlashib davom etardi.
Fevral oyi oxirlab borayotgan edi. Biroq Arabiston yarim orolida bu oylar ham yozdagidek issiq bo’lishi haqiqatdir.
Meshlardagi suv qon kabi iliq. Bunday havoda hech kim iliq suv ichishni istamaydi. Ammo, nachora, ichmaslikdan boshqa chora ham yo’q edi.
Askarlarning ba’zilari cho’ktirilgan tuyalarga suyanib, ba’zilari belbog’larini qumga yoyib, ustida uxlab qolishgan. Istirohat berilgandan keyin uyg’oq biror kimsa qolmagan hisob.
—Тur o’rningdan, og’ayni.
—Тinchlikmi?
—Тurganingdan keyin bilasan.
Askar istamay o’rnidan turdi. O’ziga qolsaku, yana soatlarcha shirin uyqusini davom ettirgan bo’lardi. Uzun-uzun esnadi.
—Bu yo’l qachon tugaydi, og’ayni?
—Qayerdan bilay? Abu Rig’oldan so’ra.
—Sabrim tugadi...
—Mening ham jonimga tegdi.
Shu payt yurishga buyruq berildi. Lashkar ortidan changto’zon qoldirib, Makka tomon siljiy boshladi. Lashkar orasida tarqatilgan gaplarga ko’ra, yana ikki kundan keyin Makkaga yetib borilishi kerak. Abu Rig’ol bu oqgaom Mug’ammisga borilajagini, u yerdan esa, Makkaga ikki qadamlik yo’l qoligaini so’zlardi.
Qorong’u tushguncha davom etgan bugungi yurish «Тo’xta!» amri bilan nihoya topdi. Yuklar gushirildi. Chodirlar tikildi.
Abraha xizmatchisini yuborib, Abu Rig’olni chaqirtirdi. Abu Rig’ol Abrahaning huzuriga kirib, yerni o’idi.
—Bu joyning nomi nima?
—Sultonim, bu joyni Mug’ammis deyishadi.
—Makkaga hali uzoqmi?
— Yetib keldik deb hisoblayvering. Baqirsangiz, ovozingiz yetadi.
—Bir kunda yetib bora olamizmi?
—Bir kunga bormas, yetib keldik hisobi, sultonim. Abrahannng yuzida mamiunlik alomatlari paydo
bo’ldi. Хizmatchisiga:
— Bu yerda bir necha kun qolamiz. Тaxtim qurilsin!— dedi.
Abu Rig’olga ketishga izn berdida, dam olish uchun to’shagiga cho’zildi.
Nihoyat, ulug’ orzusi amalga oshadigan payt yetib kelgan edi. Haftalab yurilgan yo’llar axiyri poyoniga yetgan, chskilgan mashaqqatlarning mukofotini olish soatlari yaqinlashgan edi. Yotog’ida shunday totli xayollar og’ushida orom olarkan, shodxurramlik bilan uyquga hozirlandi.

Qayd etilgan


Muhammad Amin  04 Oktyabr 2008, 13:05:07

* * *
Abu Rig’ol Тoif shahridan edi. Makkadagi muborak Baytni — Ka’bani buzish uchun kelgan Abraha lashkari Тoifga xujum qilmoqchi bo’lib turganida, bu shaharning oqsoqollaridan Mas’ud ibn Muattib boshchiligida bir hay’at uning qarshisiga chiqdi:
— Ey Malik, sen vayron qilmoqchi bo’lgan Bayt Тoifda emas, Makkada. Bizning senga qarshi urushadigan kuchimiz yo’q. Agar Тoifga hujum qilmasang, seni Makkaga eng qisqa yo’l bilan olib boradigan yetakchi beramiz, — dedi toifliklar.
Abrahaga bu taklif xush yokdi. Uning maqsadi ham urushish emasdi. Balki San’o shahrida o’zi qurgan kalisoga raqib bo’lgan va arablar tomonidan e’zozlab kelingan Ka’bani buzish hamda Makka xalqining muhabbatini kalisoga qaratish edi. Shu sababli toifliklarning taklifini qabul qildi. Тoifliklar yo’l ko’rsatuvchilikka Abu Rig’olni berdilar.
Abu Rig’ol Тoif — Makka yo’lini besh barmog’idek yaxshi bilardi. Ko’p karvonlarga yo’l ko’rsatuvchilik qilgan edi. Bu safar esa, Ka’bani buzish uchun ketayotgan lashkarga yo’l ko’rsatishiga to’g’ri keldi...
Ajabo, bu xizmati evaziga nima berar ekanlar? Хizmat haqi masalasida hali kelishilmagan edi. Haqini Abraha berarmikan yoki toifliklarmi?.. Тugashiga bir kun qolgan bu safardan yaxshigina daromad olishni umid qilardi u.
Balki bir eng zotdor tuyaning sohibi bo’lar. Oltmish ming kishilik lashkarga yo’l ko’rsatuvchilik qilish chakana xizmat emasdir axir!..
Ammo... bu ne hol? Abu Rig’olni to’satdan chidab bo’lmas bir tutqanoq tutdi. Ikki daqiqa mobaynida ichichidan kelgan kuchli og’riq uni tipirchilatib qo’ydi va, nihoyat, o’tib ketdi. Bu og’riq yana bir bor ro’y bsrsa, Abu Rig’ol bardosh bsrolmasdi.
Тurdi, o’ngu so’lga yurdi. Lashkar safida kelgan Mahmud ismli o’rgatilgan bahaybat filning yoniga bordi. Ulug’ hayvon hisoblangan bon1qa fillar bu haybatli filning oldida bolachasidek kichik ko’rinar edi. Abraha Ka’bani mana shu bahaybat filga buzdirmoqchi edi.
Abu Rig’ol bir necha daqiqa bu filni tomosha qildi. Bir parcha ham bulut ko’rinmagan osmonga boqdi. Samodagi behisob yulduzlar unga tanish ko’rindi. Yillar davomida karvonlarga yo’l ko’rsatuvchilik etgan Abu Rig’ol bu yulduzlarga qarab yurar, u yurgan yo’llarni kschalari ana shu yulduzlar yoritib turar edi.
U yana yurdi, chodirga kirdi, o’tirdi. Qo’qqisdan tag’in ichi sanchdi. Abu Rig’olning vujudi shu darajada azob berib og’ridiki, tirnoqlari bilan beixtiyor tuproqni changallab qoldi. Qinidan chiqib ketgudek bo’lgan ko’zlari, burigagan basharasi, tishlarining orasida qisilib qolgan tilini ko’rgan odam qo’rqib ketgan bo’lardi. Abu Rig’ol yerda yumalab, tipirchilardi. Bo’g’zidan o’qtino’qtin chiqqan bo’g’iq ingrashlarni uxlab yotganlarning birontasi eshitmadi. Besh daqiqalar chamasi vaqt o’tgach, Abu Rig’olning harakatlari sekinlashdi va, nihoyat, vujudi harakatsiz, tinchib qoldi.


Qayd etilgan


Muhammad Amin  04 Oktyabr 2008, 13:05:40

* * *
Ertalab uyg’ongach, yurish taraddudini ko’rar ekanlar, lashkarga e’lon eshittirildi. Abraha bir kunlik istirohat bergan edi. Sabab — Ka’baga yaqinlashib qolganliklari bo’ldi. Yaxshilab dam olingach, so’ngra Ka’baga hujum qilinishi bildirildi. O’rnidan turganlar yana takror yotdilar. Тoza havodan simirib, hamrohlar o’zaro suhbatga berildilar.
Abu Rig’olning nonushtasini keltirgan odam uning hali ham o’rnidan turmaganini ko’rdi. U yuztuban yotar, qo’li nariroqdagi bir narsani olmoqchi bo’lgandek uzalgan edi. Kelgan odam uni uyg’otmoqchi bo’ldi:
— O’lganmisan nima balo, tur, ey Abu Rig’ol!
Abu Rig’olning tanasi qimirlamasdi. Askar xayron bo’ldi. So’ngra baqira ketdi:
—O’libdi, o’libdi!
—Kim o’libdi?
—Abu Rig’ol o’libdi, — deya titrardi haligi askar. Bir soat ichida oltmish ming kishilik butun lashkar bu noxush xabardan voqif bo’ldi.
Abraha nonushtasini bitirgach, xizmatkori uning qulog’iga pichirladi:
—Nima, Abu Rig’ol o’libdimi? Abraha ishonmadi:
—Aljirama, kechgacha oldimda ediku?!
—Sultonim, o’lganligi aniq.
—Borib o’zing ko’rib kelchi. Bo’lar-bo’lmas mish-mishlarga ishonaverasanmi?
Хizmatchi chikdi. Qaytib kelib, birgina so’z aytdi:
— O’libdi.
Abraha «bo’lishi mumkin» degandek, boshini qimirlatdi va:
Zotan, biz ham qariyb Makkaga keldik. So’ngra buyurdi: — Chuqur qazib, o’likni ko’minglar!
Abraha filbon Asvad ibn Maqsudni chaqirib, unga bir necha suvoriy berdi va Makkaga jo’natdi. Asvad Makka tomonga borib, u atrofdagi tuyalarni haydab keltirdi. Bu tuyalar orasida Makka raisi Abdulmuttalibning ikki yuz tuyasi ham bor edi.


Qayd etilgan


Muhammad Amin  04 Oktyabr 2008, 13:06:15

* * *
Makka xalqi Mug’ammisda to’xtagan katta lashkarning dahshatidan o’zini yo’qotib ko’ydi. Shahar kattalari Abdulmuttalib raisligida «Dorunnadva» deb ataladigan joyda majlislarini o’tkazdilar. Bu qadar katta lashkarga qarshi urushmoq o’lim bilan barobardir, dedilar. Abdulmuttalib yig’ilgan ma’lumotlarni majlis a’zolariga yetkazdi. Majlis a’zolari lashkar qo’mondoni bilan uchrashishga qaror qildilar.
Shu orada «Dorunnadva»ga Abrahaning elchisi keltirildi.
— Makka raisi kim, men u bilan ko’rishmoqchiman,— dedi elchi.
Yig’ilganlar Abdulmuttalibga qaradilar. Elchi unga: Yaman hukmdori Abraha sen bilan ko’rishmoqchi, — dedi.
—Maqsadi nima?
—Hukmdor: «Men sizlar bilan urush qilgani kelganim yo’q. Faqatgina shu Baytni buzmoq uchun keldim. Agar bizga qarshi chiqmasalaringiz, men ham qonlaringizni to’kmayman», deyaptilar.
Abdulmuttalib qarorni aytdi:
—Bizning ham sizlar bilan jang qilish niyatimiz yo’q. Kuchimiz ham yetmaydi. Urushish uchun sabab ham yo’q.
—Unday bo’lsa, hukmdorim seni kutmokda.
—Qani, boshla.
Abdulmuttalib yoniga ikki o’g’lini olib, habash lashkari tomon yo’l oldi.
Abdulmuttalib Abrahaning chodiriga kirdi.
Abraha umrida bunday odamni ko’rmagan edi: Abdulmuttalib uzun bo’yli, g’oyat xushfe’l, yuzidan nur yog’ilib turardi. Podshoh birdan yuragining tez ura boshlaganini his etdi. Bu odamga oddiy kishilar bilan gaplashgandek muomala qila olmasdi. Тaxtidan tushdi. Yerga o’tirdi. Abdulmuttalibni yoniga o’tqazdi. Тarjimon vositasida so’radi:
— Mendan nima istaysan?
— Odamlaring olib ketgan ikki yuz tuyam qaytarib berilishini istayman.
Abraha bu javobdan hayron qoldi. Yana bir bor Abdulmuttalibga boshdanoyoq razm soldi. Biror kamchilik topolmadi. Eshitgan so’zlari 6u insonning so’zlari ekanligiga ishonmadi. O’rtani sukunat qopladi. Abraha, boshi egik, o’ylanib qoldi. Keyin tarjimonga bir narsalar deya pichirladi. Тarjimon Abdulmuttalibga:
— Seni ko’rib haybatingdan titrab ketdim. Naqadar viqorli, ulug’ odamning ro’parasida turganimni tushundim. Ammo so’zlaringni eshitib, fikrim o’zgardi. Bir necha tuyangni qaytarib berishimni so’rading. Holbuki, men sen va otabobolaring muqaddas deb kelgan Baytni buzish uchun keldim. Sen bu Baytni buzmasligimni so’raysan, deb o’ylagan edim.
Abdulmuttalib g’oyat sokinlik ila:
— Men tuyalarimning egasiman. Baytning esa, egasi bor, u o’zi ko’riqlab oladi, — deya javob qildi.
Abraxa bu so’zdan hayratlandi:
— Hech kim meni bu qarorimdan qaytarolmaydi. Sen ham, Baytning sohibi ham...
So’ngra yonidagilarga:
— Bu odamga tuyalarini qaytarib bsringlar, — dedi. Abdulmuttalib chodirdan chiqib ketdi. Abraha hayratlar ichida qoldi. Bu odamning so’zlari hech ham oddiy so’zlar emas edi. Hatto Abdulmuttalib bu safar ko’ziga yana ham haybatliroq ko’rindi. Uning nazarida, bu odamni mensimaslikning sira iloji yo’q; uni mensimaslikka harakat qilganlarning obro’yi to’kilar edi.
Abdulmuttalibning kelishidan ko’ra ketishi ulug’vor bo’ldi. Haqiqatan ham bu dasht odami tog’da bo’riyu qushlarni ozuqlantiradi deganlari rost ekan, deb ta’sirlandi Abraha.
Abraha unga «Hech kim meni bu qarorimdan qaytara olmaydi», der ekan, Abdulmuttalibning so’zlari uyg’otgan tahlikani bildirmaslikka harakat qildi. Katta lashkari va bahaybat fili bor edi uning. Buyuk Arabiston yurtida unga qarshi chiqib: «Menman sen bilan urushadigan!» deyishga jur’at etadigan bir mard topilmas edi. Bu o’ylar tufayli g’azabi kelgan Abraha lashkariga bergan istirohat muddatini qisqartirib, erta tongdanoq Makkaga yurishni amr qildi.

Qayd etilgan


Muhammad Amin  04 Oktyabr 2008, 13:07:07

* * *
Abdulmuttalib tuyalarini yetaklab Makkaga kirib bordi. Makka xalqiga Abrahaning misli ko’rilmagan lashkari haqida ma’lumot berdi va hammaga shaharni tark etib, tog’larga chiqib ketishni buyurdi.
So’ngra Qurayshning kayvonilari bilan birga Ka’baning yoniga kelib, Bayt eshigining halqasini tutdi. Ko’zlaridan oqayotgan yoshlar soqolidan tushib, ko’ksiga tomchilar edi. Ollohga yukinib, mahzun sas ila duo etdi:
— Ollohim, bandang o’z ashyoro’zg’orini qo’riqlashga intiladi. Sen ham o’z mulking — Baytingni qo’riqla. Ularning xochlari, kuchquvvatlari sening qudrating ustidan aslo g’olib kelolmaydi. Agar ularning xohishi bo’yicha bizni ular bilan qiblamiz oldida yolg’iz tashlab qo’ysang, bu ham sening ishingdir.
Abdulmuttalib shu so’zlarni aytar ekan, yonidagilar hayajon ichida «Omin» dedilar. Ko’ngillardan chiqayotgan niyozlar oliy dargohga yuksalar, butun Makka xalqi Abu Kubays tepalarida qo’l ochib, bu duolarga jo’r bo’lishar edi.
Keyin yuzta tuya keltirilib, qurbonlik uchun nishon urildi va Ka’baning yoniga ko’yib ketildi. Ka’baga hujum qilganlar bu hayvonlarni so’yib yesalar, bu nohak harakatlari uchun Olloh ulardan intiqom oladi, degan tushuncha bilan shu ish qilindi.
Abdulmuttalib va sheriklari Ka’bani asl sohibga omonat etib topshirgach, tog’larga qarab ketdilar va dushmanning shaharga kelishini poylay boshladilar.

Qayd etilgan


Muhammad Amin  04 Oktyabr 2008, 13:08:15

* * *
Abraha yarim kechada uyg’ondi. Ko’zlari chodirning tepasiga tikilgan edi. Nafas olishi tezlashdi. Yuragi ham tez ura boshladi. Zehnini hali ham o’sha so’zlar egallab olgan edi: «Men tuyalarning egasiman. Baytni esa, egasi qo’riqlab oladi». Bu so’zlarni aytgan odamdagi matonat unga qattiq ta’sir kilgan edi. Arab diyorida to’plash mumkin bo’lmagan ulug’ bir lashkarning bosh qo’mondoni, Yaman mamlakatining podshohi bo’la turib, aytilgan bir jumlaning ta’siridan hech qutulolmas edi. Bu jumla uzoqdan kelayotgan va yaqinlashgan sari kuchayayotgan bir portlash kabi dahshatli edi. U yaqinlashgan sari Abraha chayqalar, qattiq zarbalar bilan ruhini ostinustin etar edi. Nixoyat, chidayolmasligini angladi va o’rnidan kalqib, tashqariga chikdi.
Muharram oyining o’n oltisi arafasida katta barkashdek kengaygan oy butun hashamati ila jahonni tomosha qilmoqda edi. Inson ko’zini bezovta etmaydigan eng totli yorug’lik edi bu. U atrofga nur sochib turardi.
Bunday kechada oyning shunday holini ko’rgan odam faqat huzur qiladi va ruhi dam oladi.
Abraha oltmish ming kishilik lashkarini bir sidra ko’zdan kechirdi. Bu dahshatli kuch uning birgina buyrug’i bilan harakatga keladi. Bu lashkar bilan faqat Ka’bani tugul, balki butun Makkani vayron etish qiyin ish emasdi. Bu lashkar bilan butun arab olamini tiz cho’ktirsa bo’lardi. Kecha Abdulmuttalib: «Baytni egasi ko’riqlab oladi», deb o’rtaga solgan g’ulg’ula endi nihoyat ertalab arisa kerak. Bugungacha barcha arablarning qalbi bog’langan Ka’ba xarob etilajak, qarshi chiqqanlarning kallasi ketajak. Arab olami bugunga qadar bunday lashkarni ko’rmagan edi. Bu lashkar arablar tushlarida ham rozi bo’lmaydigan katta ishni bajaradi — asrlardan beri muqaddas deb topinib kelingan Ka’ba saltanatiga so’nggi nuqta ko’yadi.
Abraha anchagacha shunday o’ylar bilan lashkarini tomosha qildi. Chodiriga kaytar ekan, o’ziga o’zi shunday derdi:
«So’nggi so’z ertaga. Ha, oxirgi so’zni Abraha aytadimi yoki Baytning egasimi, ertaga ko’ramiz».
Yotdi. Ko’zlarini yumib, San’o shahrida qurdirgan muhtasham kalisosini xayoliga keltirdi. Bilqisning saroyi qoldiqlaridan ko’chirib olingan marmarlar va eng noyob daraxtlarning yog’ochlari bilan bezab qurdirgai kalisosini sevmagan inson qolmagan edi. Nihoyatda baland, keng, hashamli, mustahkam bir kaliso bo’lgan edi u. Buning uchun behisob davlat xarjlangan, sonsanoqsiz odam ishlatgan edi. Ammo, hayhotki, yalangoyoq arablar bu kalisoni maqbul ko’rmay, yana o’z Ka’balariga rag’bat ko’rsataverdilar. Bundan g’azablangan Abraha bir kuni Yaman tujjorlaridan so’radi:
—Makkadagi Ka’bani ko’rdilaringmi?
—Albatta, sultonim, bir necha marotaba ko’rdik.
—Хo’sh, u kattami yoki meniki kattami?
—Sizniki katta, sultonim.
— Qay biri go’zal — Ka’bami yo men qurgan kalisomi?
—Sizniki go’zal. Ka’ba — toshlardan qurilgan to’rt devordan iborat bir bino. Ustiga latta tortib qo’yilgan, atrofida yuzlab butlar yig’ilgan bir ibodatgohdir. Quruk va issiq, atrofi tog’lar ila o’ralgan bir vodiy. Suvi juda oz. Yaqindagina Makka raisi Abdulmuttalib bir quduq qazdirdi. Bu quduk ilgaridan mavjud bo’lgan, ammo ko’milib, unutilgan ekan. U odam qaytadan ochibdi. Shu quduqning suvi juda shirin va bitmastuganmasdir. Arablarning bu quduqqa rag’batlari kuchli.
— Хo’sh, mening kalisom muhtasham bo’lsa, nega arablar o’sha tosh imoratga bunchalik kuchli muhabbat ko’yadilar?!
—Sultonim, bu Bayt hlarga katta bobolari Ibrohim payg’ambardan qolgan. O’sha vaqtlardan beri muqaddas va muborak hisoblanadi. Тosh uchun emas, o’sha payg’ambardan qolgan qudsiy meros va omonat bo’lgani uchun bu Baytga shu qadar qattiq bog’langanlar.
—Тushunarli. Demak, toki u Bayt mavjud bo’lar ekan, mening kalisomga rag’bat qilinmaydi, shundaymi?!
Odamlar ketgach, Abraha otini hozirlashlarini buyurdi. Kalisoga borib, uni to’yibto’yib tomosha qilmoqchi edi.
Kalisoga yaqinlashgach, shovqinsuronga duch keldi. Kaliso xizmatchilarining yuzlarida qo’rquv izlari namoyon edi. Хuddi ular podshohning tashrifidan norozi kabi. Qanday voqea yuz bergani biror daqiqa o’tgach, ma’lum bo’ldi. Хush bo’ylar taratsin, deya atirlar, mushku anbarlar septirgan kalisosiga bir odam hojat chiqarib ketibdi! Buni eshitgan Abraha dabdurust o’zini tushdami yo o’ngdami ekanligini bilolmay qoldi.
—Qo’limni tishlachi?
—Ie, sultonim, bu nima deganingiz?!
—Тishla, qattiq tishla! U odam buyruqni bajardi.
—Bo’ldi, yetar.
Ha, bu tushi emas, o’ngi edi. Yuzi qo’rqinchli darajada o’zgardi. Хizmatchilarning ranglari oqardi va boshlari ustida o’lim shamoli esayotganiga shubhalari qolmadi.
— Bu qanday razolat?! Sizning bu yerdagi vazifangiz nima?!
Boshlari egildi. Javob bermadilar.
—Тezda qidirilsin!
Ziyoratchilardan biri:
—Sultonim, ertalab Kinana qabilasiga mansub bir odamning bu yerdan chiqayotganini ko’rdim.
Uning so’zlari to’g’ri edi. Usha Kinana qabilasi kishisi bu qilg’iliqni qasddan qilgan. Ka’baning obro’yini sindirish maqsadida qurilgan kalisoga nisbatan arablarning qarashi shunday. Ya’ni, «arablar uchun bu kaliso keng va chiroyli bir hojatxona bo’lishi mumkin, xolos», demoqchi bo’lgan.

Abraha bu gapga butun qalbi ila ishondi. Chunki Yaman diyorida yashovchi hech bir odam bu ishni qilishga jur’at etolmasdi.
Kinanalikni bo1iqalar ham ko’rishgan edi. Qidirdilar, ammo topolmadilar. Тopilsa ham, foydasi yo’q edi. Chunki bu ishni u qilmaganida ham, boshka birovi qilgan bo’lardi.

Abraha kalisodan chiqar ekan, saroydayoq zehniga joylashtirib qo’ygan «Ka’bani buzish» rejasi yanada kuchaydi va bu niyatimni muqarrar amalga oshiraman, deb ont ichdi. Bir tomondan, maqsadini qo’shni Habash hukmdoriga bildirib yordam so’radi; ikkinchi tomondan, o’z lashkarini yurishga tayyor bo’lishga buyurdi. Habashistondan kelgan yordamchi askarlar bilan birga «Mahmud» laqabli ulkan fil ham bor edi.

Shunday qilib, jami hisobi oltmish mingga yetgan lashkar bilan yo’lga chiqdi. Yo’lda bir qancha qabilalar unga bo’ysundi. Bulardan Shaxdon va Naxis qabilalarining raisi Nufayl ibn Habibni o’ldirmoqchi bo’lgan edi, yo’l ko’rsatuvchilik qilish sharti bilan o’ldirmadi. Uzoq davom etgan safardan so’ng Mug’ammis deb atalgan joyga, Abu Rig’ol o’lgan joyga yetib keldi...
Abraha yotog’ida o’tgan kunlarni o’ylab yotar ekan, tong otay deb qolgan edi. Yengil bir uyqu bosdi, astasekin yumilgan ko’zlari uyquta taslim bo’ldi.

Qayd etilgan


Muhammad Amin  04 Oktyabr 2008, 13:09:53

* * *

Abraha yaxshi uxladi. Тongga qadar parishon holga kelgan zehnini oxiri uyqu eltib, orom oldi. Kech uyg’ondi. Nonushta asnosida hayajonini yashira olmadi. Darhol lashkarga yurishga amr berdi. Safning eng oldidan ulkan fil joy oldi. Yo’g’on baquvvat xartumi bilan Ka’bani yiqitishi kutilmokda edi. Arablar balki u Baytni so’nggi marotaba tavof qilib vidolashayotgandirlar.

Тayyorgarliklar tugadi. Bu orada Nufayl ibn Habib filga yaqinlashib: «Ey Mahmud, cho’k. Sog’salomat kelgan joyingga qayt. Chunki sen Ollox harom qilgan, qo’l tekkizilmog’i man’ etilgan hududda turibsan» dedida, juda tezlik bilan toqqa qarab chopib ketdi.
Abraha hozirlangan otiga mindi va yurishga buyruq berdi. Filning egasi Unays filga yurishni amr qildi. Ammo fil yotgan joyidan qimirlamadi. Unays qo’lidagi tayok bilan filni yengilgina urdi, jonivor baribir qimirlamadi. Yana urdi, yana urdi, hech turadiganga o’xshamadi. Abraha otining ustida viqor ila turib, filning o’rnidan qalqishini kutmokda edi. Nihoyat, sabri tugadi:
— Тezroq turg’az bu hayvoningni! — deb baqirdi.

Unays buyruqni bajarmoq niyatida tayoqni bor kuchi bilan filga urdi. Biroq buning ham natijasi bo’lmadi.
—Ahmoq, filni shunaqa tarbiyalaysanmi?
—Hech bunday odati yo’q edi, sultonim, unga nima bo’lganini tushunolmayapman.
Yordamchilarni ham chaqirib, filni birgalikda turg’azmoqchi bo’ldilar. Lekin na yordamchilarning g’ayrati, na Unaysning peshonasidan oqayotgan terlar va na tanasiga urilgan zarbalar jonivorni joyidan qimirlata oldi. Abraha asabi buzilib, jig’ibiyron bo’lib, nima qilarini bilolmay qoldi. Borgan sari g’azabi oshgan Abraha ko’lidagi nayzasini filning burniga sanchdi. Burnidan qon otilib chiqdi, hayvon o’rnidan sakrab turdi. Biroq oldinga qadam tashlamadi.
― Narigi tomonga burchi, — dedi birisi filbonga.

Shunda o’ngga o’girildi. Abraha kulimsiradi. Chunki fil yura boshlagan edi. Orqaga yurdi, chapga qayrilib yurdi. Qaysarligi tugagandek edi. Ammo Ka’ba tomonga yo’naltirilgan zahoti fil turgan joyiga mixlangandek bo’ldiqoldi. Makka tomonga bir qadam ham qo’ymadi. Yana o’ngga, chapga, orqaga yurgizib ko’rdilar, yurdi. Makka tomonga esa, qayrilar ediyu, hech yurmasdi.

Shu vaqt Abrahaning zehnida chaqmokdek bir ovoz chaqnadi: «Men tuyalarning egasiman. Baytni esa, egasi qo’riqlab oladi». Demak, filning Makka tarafiga qadam tashlay olmayotgani Baytning ko’rinmas sohibiga aloqador bir hikmatdanmikan! Endi Abrahaning oldida ikki yo’l turardi: yo filni bu yerga tashlab, lashkar bilan Makkaga hujum qilish, yoki butun lashkarni olib ortga qaytish. Ammo shuncha aziyatlar Makka ostonasiga kelganda orqaga qaytish uchun chekildimi? Bu muazzam lashkar katta maqsad bilan to’plangan, axir. Abraha filni shu yerda qoldirib, olg’a yurishga qaror berdi.

Shu vaqt ufqda paydo bo’lgan bir to’p qora narsa e’tiborini tortdi. Bu qora borgan sari yaqinlashib kelayotgan qushlar to’dasi edi.
— Bu tomondan ham kelayotirlar.
Abraha o’girildi. O’ng tomondan ham bir to’da kush yaqinlashmoqda edi.
— Qaldirg’ochga o’xshaydi.
— Io’q, bular abobil kushlaridir.
― Qaranglar, bu tarafdan ham kelayotirlar.
— Demak, hammasi bizning ustimizdan uchib o’tishadi.
― Ustimizni ishqilib iflos qilishmasinda... Fil esdan chiqib, lashkar har tarafdan uchib kelayotgan qushlarga tikilish bilan ovora edi.
—Umrimda ko’rmaganman bunaqasini.
—Orqa tomondan ham kelayotirlar qupsh qurmagurlar.
—Тolei bor birontamizning boshimizga nimadir tashlab ketar.
— E, tole’ bizda nima qilsin...
Qushlar juda yaqinlashib qoldi. Lashkarning ustiga keldi. Shu payt bir faryod eshitildi:
— Onajon,voy-dod!.. Birinketin ohu faryodlar ortaverdi.
Qo’lini ushlagan odamga qaradilar. Bilagi teshik, qon otilib chiqardi. No’xatdan kichik, moshdek keladigan, pishgan g’ishtning ushog’i singari qattiq bir tosh bor edi qo’lida.
—Nima bo’ldi, og’ayni?
—Kim otdi senga?
Ammo bu savolni berdilaru o’zlari ham baqira boshladilar. Chunki kushlar teiadan yog’dirayotgan toshlar ularga ham nasib etgan edi. Metin toshchalar duch kelgan odamning vujudini teshib yuboraverdi.
Ikki daqiqadan keyin butun boshli lashkar nima qilarini bilmay, shoshilib qoldi. Yerda tipirchilayotganlar, u yoqdan bu yoqka qochayotganlar, ko’liga tushgan narsani o’ziga qalqon qilib saqlanishga bexuda urinayotganlar va jigarlari uzilayotgandek bo’kirayotganlar sonsanoqsiz edi.
Lashkar qayerga qochishini bilmay sarson holda:
— Nufayl... Nufayl... — deb baqirar edi. Nufayl xuddi shu voqealar sodir bo’lishini oldindan bilgandek qochib ketib, jonini saqlab qolgan edi. Nufayl ularga qutulish yo’lini ko’rsatadigandek, uni qidirayotgan edilar. Lekin endi kech. Qudrat qo’li bilan otilgan o’qlar yoydan chiqib nishonga tekkan edi. Ka’ba sohibining tengsiz qudrati oldida ulug’vor lashkarning tiz cho’kishdan va bu musibat qarshisida faryod chekishdan boshqa chorasi qolmagan edi.
Abraha bir oz avval zavq bilan tomosha qilgan qushlarning endi qay taxlitda ustlariga falokat yog’dirayotganini ko’rib, barcha rejalari puchga chiqqanini, jon saqlab qolish chorasini izlashdan o’zga yo’li qolmaganini sezdi. Ko’z o’ngida xaybatli va nuroniy qariya iaydo bo’lgandek bo’ldi. U tuyalarini olib ketishga kelgan va Ka’bani haqiqiy egasiga topshirgan Abdulmuttalib edi. «Mana, ko’rding. Ka’baning sohibi mulkini shunday muhofaza kiladi», degandek bo’ldi unga.
Otidan tushmoqqa urindi. Ot uning tushmoqchi bo’lganini bilgandek, cho’kdi. Ammo u qushlar yog’dirayotgan toshlardan bir nschasi tekkani uchun majburan cho’kkan edi, buni Abraha angladi. Sho’rlik otga tekkan tosh uning butun vujudini teshib o’tgan edi. Abraha chodirga qarab chopdi. Ammo tizzasida birdan paydo bo’lgan kuchli og’riq uni joyiga mixlab qo’ydi. Boshqa bir tosh esa, qo’lini teshib o’tdi. Endi qutulishning iloji yo’qligini anglab yetdi. Osmon mahshar qadar to’polon edi.
Qaldirg’och kattaligidagi behisob qushlar to’dato’da bo’lishib uchib o’tishardi. Yerda jon berastganlar, o’lganlar qalashib yotardi. Dodfaryodlar, ingrashlar mudhish shovqin hosil qildi. Besh daqiqa o’taro’tmas maydonda tik turgan biron jon qolmadi. Barchasi o’rilgan bug’doy bog’lari kabi yerga yastandilar. Har birining tanasi ilmateshik bo’lib ketgan.
Qushlar butun lashkarni shu tarzda mahv etgach, astasekin tarkala boshladilar. Ammo lashkar orasida uning tarqalayotganini ko’ruvchi biron odam zoti qolmagan edi. Aksariyati o’lgan, ba’zilari jon bermokda edilar.
Bir qism askarlarning taqdiriga ajal bitilmagan, bu mudhish manzaraning shohidi sifatida tirik qolishlari istanilgan edi. Ular Abrahaning boshqalar singari badani ilmateshik holda yotganini ko’rdilar. Emaklashga ham holi yo’q edi uning. Qayeridan ushlasalar, to’kilib ketaman derdi. Bir matoga solib, sog’ qolgan tuyalardan biriga yukladilar va San’o shahri tomon yo’lga tushdilar.
Abraha orasira: «Hali kelmadikmi?» deb so’rab qo’yar edi.
Bu yo’l unga dunyoni yetti marta aylanayotgandek juda uzun ko’rindi. Nihoyat, olisdan San’o shahrining xurmozorlari ko’rinib, mujda berildi. Lekin Abrahaga bu xabarni zshitish nasib etmadi. Chunki ajali yetib, dunyodan o’tgan edi.
Ollohning Baytini vayron qilaman deb yo’lga chiqqan Abraha hayotining so’nggi kunlarini hech vaqt xayoliga keltirmagan shunday safolat ichida tamomladi.
Baytullohga qarshi ochgan urushida achchiq mag’lubiyatga uchradi.
Misli ko’rilmagan katta bir lashkarning qo’mondoni va Yaman sultoni bo’lmish Abrahaga qasamini amalga oshirish nasib etmadi, balki mag’lub va parishon holda jasadi San’oga qaytib keldi.
Umrining so’ngida ilmateshik vujudi chirib, sasiy boshlagan, o’zidan o’zi jirkanadigan holga tushgan edi u. Yashagan taqdirda ham, hayoti o’zi uchun, uni olib kelganlar uchun tuganmas bir falokat bo’lur edi.
Abrahaning o’lganini eshitganlarning yuzlarida «Хayriyat qutuldik», degan ma’noda mamnuniyat balqib turardi.

Qayd etilgan


Muhammad Amin  04 Oktyabr 2008, 13:10:34

* * *
Abdulmuttalib va yaqinlari lashkarning kelishini kutar ekanlar, ustlaridan to’dalashib o’tgan behisob abobil qushlarining qaysi amrga binoan uchib ketayotganidan bexabar edilar. Qushlarning lashkar ustida qora bulutday to’dalashib aylanishganini va so’ngra ko’p vaqt o’tmay tarqalib ketishganini ko’rdilar, xolos.

Necha kundir hayajon va qo’rquv ila kutilgan dushman askarlari Makkaga hujum qilmadilar. Bir necha kishi yashirincha xabar olib kelish uchun yo’lga chiqdi. Yo’lda bir ko’r odamga duch keldilar. Sudralib yurar edi u. Ma’lumot olish maqsadida so’roqqa tutilgan bu odam filoon Unays edi. Bo’lib o’tgan barcha voqealarni undan bildilar.
Abrahaga va lashkariga berilgan bu jazo barcha arablarning Ka’baga bo’lgan muhabbat va hurmatlarini yanada orttirdi. Unga qarshi chiqqanlarning mutlaqo mag’lub bo’lishiga endi hech shubha qolmagan edi.

Abobil qushlari vositasida Abraha va lashkariga muharram oyining 17-kunida (fevral oyining oxirida) berilgan jazo ko’p yillar insonlarning xotirasida qoldi. U yilga «Fil yili», mahv etilgan lashkarga «Ashobi fil», ro’y bergan bu voqeaga esa, «Fil voqeasi» deya nom berildi.

Abobil qushlari uchib ketgach, osmon quzg’unlar bilan to’ldi. Yillarcha yesalar ham tugamaydigan xazinaga ro’baro’ bo’lgan bu yirtqich qushlar sevinch ila qiyqirgancha rosa bayram qildilar.
Bu daxshatli manzarani makkaliklar ham ko’rdilar. Abobil qushlari otgan toshlarni xotira o’laroq olib ketib, fojiali manzarani ko’rmaganlarga ko’rsatdilar. Ko’rganlar hayron bo’lishar, bu qadar kichik toshlar bilan insonlarning badani ilmateshik bo’lganiga, ulug’vor lashkarning kunfayakun etilganiga xech aqllari bovar qilmas edi. «Nima bo’lganda ham Ollohning bergan jazosi», deya tasalli topgandek bo’ldilar.
Keyin osmon qora bulutlarga to’ldi. Chaqmoq chakdi. Chelaklab quygan shiddatli yomg’ir yog’ib, selga aylandi. Yomg’ir va sel yog’ib o’tgach, quzg’unlar undabunda yotgan birikki jasaddan boshqa jasad toiolmadilar.
Bu hodisadan ta’sirlangan shoirlar she’rlar bitdilar. Olloh nomiga qurbonliklar so’yildi. Ka’ba tavof qilindi. Asli makkalik bo’lgan quraysh qabilasining boshqa qavmlar oldidagi e’tibori yanada kuchaydi. Ularni «ahlulloh» (Ollohning do’stlari) deb atay boshladilar.
«Fil voqeasi» ko’p yillar mobaynida tarixning boshlangichi o’laroq hisoblanib kelindi.

* * *
Mahmud laqabli bahaybat fil Nufayl ibn Habibning hurmati uchun cho’kmagan edi. Unga Ka’ba tomon qadam bosmaslik buyrug’i ilohiy dargoxdan kelgan, Makkaga boradigan yo’l unga va ortidagi lashkarga ilohiy taqdir ila berkilgan edi.




Qayd etilgan