— Otajon, bir daqiqa to‘xta. Os to‘xtadi.
— Nima istaysan?
— Pulimni...
— Qanaqa pul?
— Hali ertalab mendan mol sotib olgan eding.
— Ha, ha, endi esladim, ertaga kel.
— Ammo, bugun asrdan so‘ng beraman, degan eding... Os uning so‘zini bo‘ldi:
— Ertaga, dedimku, ertaga. Hozir meni tinch qo‘y.
— Ammo mening ilojim yo‘qda.
— Tushundim, ertaga kel, dedimku.
Zabidlik odam yorug‘ dunyosi qorong‘u bo‘lib, qaytib ketdi. Ichini it tirnardi. Ertalab tarbiyali odam singari mol xarid qilgan, xaqhuquqdan gaggargan, oladigan molini kamsitish axloqsiz ekanligini so‘zlagan Os endi butunlay o‘zgarib qolgan edi. Balki qarzini inkop etishi ham endi hech gap emasdir. O’zini tanimaslikka solgani shundan dalolat berardi.
Savdogarning qo‘lidan hech narsa kelmasdi. Osnikidan juda xafa bo‘lib qaytdi. Kechani Ka’bada o‘tkazdi. Erta tongda Osning eshigini qoqdi. Ichkaridan «Ertaga kelsin», deb yubordilar. Yana eshikni qoqdi, xaqkini talab qildi. Ammo Os balanddan keldi.
Axir, men o‘z haqqimni talab qilmoqdaman.
— Ertaga dedikku.
— Men ertagacha kuta olmayman.
— Men ham bugun bera olmayman.
— U xolda molimni qaytarib ber.
— Tushunmadim.
— Molimni qaytarib ber, deyapman.
— Hazillashyapsanmi?
— Nega hazillasharkanman?
— Savdolashib, menga sotdingku o‘zing?
— Ha, sotdim.
— U xolda mol endi seniki emas, meniki bo‘ldi.
— Ammo mening xaqqimchi?
— Hakking qochib ketmaydi, beramiz.
— Qani, ber, bo‘lmasa...
— Ertaga dedimku.
— Kecha keldim, bugun beraman, deganiding.
— Xo‘sh, kecha nima degan ekanman?
— Ertaga beraman, deding.
— Juda soz. Bo‘pti, gapim gap, ertaga beraman.
— Men haqqimni olmasdan hech qayoqqa ketmayman.
— To‘g‘ri tushungan bo‘lsam, sening ta’ziringni berib qo‘yish kerakka o‘xshab qoldi.
Shundan keyin Os ichkariga qarab:
— Hoy, kim bor, bu yoqqa kel! — deya chaqirdi. So‘ng savdogarga o‘girildi: — Yaxshilikcha ketasanmi yoki boplab adabingni berishsinmi?
Zabidlik kaltak yeyishni xohlamasdi.
— Xo‘p. Demak, ertaga kelaymi?
— Yo‘q.
— Yo alhazar, qachon bo‘lmasa?
— Endi kelmaysan!
— Axir, bu o‘ta adolatsizlik, zulm emasmi?