Ahmad Lutfiy Qozonchi. Saodat asri qissalari (1-kitob). Intizor kutilgan tong  ( 211380 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 ... 31 B


AbdulAziz  01 Yanvar 2009, 00:28:27

JASUR BIR BOLA
Umar

O’n ikki-o‘n uch yoshlarga kirgan Umar otasi Xattobning amriga muvofiq tuya boqa boshlagan edi. Bani Maxzumdan boshqa ba’zi oilalarning tuyalari ham uning suruviga qo‘shilar, shu zaylda Umar har kuni qosh qorayguncha tuyalarni boqish bilan ovora bo‘lar edi. Aslida o‘n ikki yoshda bo‘lishiga qaramay, uzun bo‘yli, baquvvat bir yigitchaga o‘xshardi. Tengdoshlari ichida unga bas keladigani topilmasdi. Hatto o‘zidan bir necha yosh katta yigitchalarni ham kurashda yengish Umarga qiyin ish emasdi. Fursat topdi deguncha kurashar, o‘n besho‘n yetti yoshli yigitlarni yiqitar, chavandozlik, merganlik bilan shug‘ullanishga ham vaqt ajratar edi. Ko‘rganlar: «Umar otasi Xattobdan ham o‘tib ketishi shubhasiz», derdilar hayratdan o‘zlarini tiya olmay.
Vaholanki, Umar shafqat nimaligini bilmaydigan otaning farzandi o‘laroq voyaga yetardi. Bir paytlari o‘g‘illik bo‘lgani uchun o‘zida yo‘q sevingan Xattob arzimaydigan bir nuqsonga ham ahamiyat berar, qullarning yelkasida sinashni ermak qiladigan qamchisini goh-goh Umarning yelkasiga ham jahl va shiddat bilan tushirib qolar edi.
Umar ustmaust tushayotgan qamchi zarbalariga tishini tishiga qo‘yib bardosh berar, otasiga gap qaytarmas, isyon ko‘tarmas edi. Bu holni vaqt o‘tishi bilan, jon o‘rtovchi mashq, deb qabul qilishga odatlandi.
Umardan kaltak yegan bolalar, uning yelkasida qolgan qamchi izlarini ko‘rib yengil tortishar, shu tariqa undan go‘yo o‘ch olganday sevinishar edi.
Xattob Umar tug‘ilganda xotini Xontamaga, endi qiz tug‘sang ham, lommim demayman, deb va’da bergan va shu va’dasiga amal qilgan edi. Chindan xam Umardan keyin qiz ko‘rishdi, unga Fotima deb ism berishdi. Endi Xattob qizning otasi bo‘lishdan uyalmasdi, chunki uning qo‘li hovuchiga sig‘maydigan, dovyurak, jasur Umari bor. Bahona topildi deguncha uni ayovsiz kaltaklashiga qaramay, jonidan ortiq ko‘rardi, bu kaltaklar Umarni pishitadi, deb o‘ylardi.
Bir kuni uzoqdan o‘g‘lining kurashayotganini kuzatdi. Umar har biri o‘n uch, o‘n to‘rt yoshlarda bo‘lgan uchta bolaga birdaniga kurashishni taklif etgan, taklif qabul qilingan zahoti bo‘ronday yopishib, uchalasini xam bir hamlada yiqitgan edi. Xattob bu manzarani kuzatarkan, o‘zini tuta olmay: «Mening arslon o‘g‘lim!» deb yubordi.
Adabiyotchilarga xos durustgina nutqi bor edi. Kelajakda yetuk bir xatib bo‘lishi ayon edi. Nasldan naslga o‘tib kelayotgan va alohida hurmat bilan qaraladigan notiqlik san’atini shaxsan otasidan o‘rgandi. Yana, Umar mashhur shoirlarning she’rlarini ham bir zumda yodlab olar, o‘qir, tuyalarning ketida, qiradiru yaylovlarda aylanib yurar ekan, bu she’rlar unga hamroh bo‘lar edi.
Jo‘shqin daryolar yo‘lida uchragan narsani buzib, vayron qiladi, daraxtlarni yiqitadi, uylarni buzadi, hayvon suruvlarini sudrab ketadi, o‘tgan joylarini botqoqlikka aylantiradi, ammo ilm va texnika vositasida kurilgan to‘g‘onlar quturgan u suvlarni to‘xtatadi, insoniyatning xizmati uchun bo‘ysundiriladi, beqiyos foyda keltiradi. Umar ham xuddi ana shunday jo‘shqin daryoga o‘xshardi. Uning tomirlarida qo‘rqinchli imkoniyatlar pinhona oqardi. Bu imkoniyatlarni to‘g‘ri yo‘lga soladigan, insoniyat xizmatiga yo‘naltiradigan ustozmurshid topilsa, nur ustiga nur, biroq bunday bir murshiddan mahrum qolsa, keltiradigan zarari ham behad bo‘lishi kutilardi.
Bundan keyin shamollar qanday esadi, oldindagi kunlar nimalarni keltiradi, hali noma’lum edi!..

Qayd etilgan


AbdulAziz  01 Yanvar 2009, 00:30:33

SUYUKLI KICHKINA MAHBUS
Zayd

Qalb qabilasining bolalari orasida endi yetti yoshga to‘lgan, qorachadan kelgan, ko‘zlari kulib turuvchi bir go‘dak alohida ko‘zga tashlanib turadi. Zayd edi uning ismi. Bolalar orasida o‘ynabkulib kechgan yetti yil orqada qolayotgan edi. Otasi Horisa o‘g‘ilchasini juda yaxshi ko‘rar, ustiga gard ham yuqtirmas edi. Bu go‘dakning boshqa bolalardan ko‘ra shafqatliroq, qobil bir inson bo‘lishiga chin yurakdan ishonar, buni ko‘zlaridan o‘qib turar edi.
Chindan ham Zayd tamizli, pokiza inson bo‘lib yetishayotganini ko‘rsatar, oqqorani, yaxshiyomonni ajrata olar edi.
Bir kuni Zayd onasi bilan birga ko‘shni qabilaga mehmonga bordi. Bu qabila Toyy qabilasi deb atalardi. U yerda qarindoshlarinikida bir necha kun turib kelmoqchi edilar. Zayd tezda bu yerda ham tengdoshlarini topib, do‘stlashib oldi.
Bir kuni erta tongda Zayd noxush shovqinu to‘sto‘polondan uyg‘onib ketdi. Nima gap, nima bo‘ldi, deyishga ham fursat qolmadi. Qilichlarning shaqirshuquri, otlarning kishnashi, dodfaryodlar, qichqiriqlar hammayoqni tutib ketgan.
Ko‘p o‘tmay Zayd o‘zini notanish va dag‘al qo‘llar iskanjasida ko‘rdi. Qattiq siqib ushlab olgan bu odam uni qayoqqadir sudrab borardi. Har tomondan eshitilayotgan chinqiriqlar, faryodlar, qarg‘ishlar orasida Zayd ham «Yordam bering!.. Qutqaring!..» deya baqirardi. Ammo behuda edi.
Hamma o‘z jonini omon saqlab qolish tashvishiga tushgan, hech kimning birov bilan ishi yo‘q. Ko‘p o‘tmay Zaydni u yerdan olib ketdilar. Ko‘z oldida qolgan so‘nggi manzara yerda tipirchilab yotgan bir necha otu jonsiz jasadlar bo‘ldi. Ancha uzoqlashib ketganlaridan keyin ham haligi to‘sto‘polon, dodfaryodlar kuloqlari ostida jaranglab turdi.
Qaerga ketayotganini bilmasdi. Qo‘llari bog‘langan, bu yo‘llarni birinchi marta ko‘rishi. Oqshom tushgach, uni bir daraxtning tagiga o‘tqazib, o‘sha daraxtga mahkam bog‘lab qo‘ydilar. Shunday o‘tirgai holda tong ottirishi kerak edi. Undan nimani istaydilar, nega uni olib qochdilar, undan boshqa olib qochilganlar ham bormi?.. Zayd bu savollarga javob topadigan ahvolda emas edi. Charchoq, g‘amalam jonidan o‘tib ketgan, onasiga nima bo‘lganidan ham bexabar edi. U o‘tirgan joyida uxlab qoldi. Ertalab yig‘labyig‘lab uyg‘ondi...

Qayd etilgan


AbdulAziz  01 Yanvar 2009, 00:31:02

Yana yo‘lga tushdilar. Zayd o‘zi bilan birga boshqa bolalarning ham asir etilganlarini ko‘rdi. Oralarida ayollar ham bor edi. Onasini qidirgan nigohlari umidsiz toldi.
Qo‘loyoqlari bog‘langan holda tuyalarga o‘tqizilgan asir bolalar o‘z ixtiyorlaridan tashqari, azobuqubatli safarga chiqqan edilar. Safar bir necha kun davom etdi. Orasira ko‘tarilgan dodfaryodlarni kaltaklar bilan bostirar edilar.
Gavjum bir bozorga kirib bordilar. Yuklar yechildi. Bolalarning bo‘yinlariga ular chiqara olmaydigan qilib yo‘g‘on iilar maqkam bog‘landi. Bolalar birbirlariga matashtirib, bog‘lab qo‘yildi.
Bozor ochildi. Bu joy qul bozori edi. Har tomondan kelgan savdogarlar qul bozoriga ham kirar, o‘zlari uchun ma’qul xizmatchi sotib olishga harakat Qilar edilar. Ba’zan narx juda baland bo‘lar yoki qulning bunday narxga arzimasligi ta’kidlanar edi. Mana, hozir ham odamlarni hayvonlar singari bittaikkitalab sota boshladilar.
Shu orada Zayd uchun savdolashganlar ham bo‘ldi. Uning ma’sum qarashlari xaridorlarning diqqatini o‘ziga tortar, lekin so‘ralgan narxga ko‘nmay qaytib ketar edilar. Xaridorlar garchi o‘zlari olmasalarda, «Buncha yoqimtoy bo‘lmasa...» deb undan uzoqlashardilar.
Axiyri, o‘zini makkalik deb tanishtirgan Hakim ibn Hizom ismli bir odam ikki bolani sotib oldi. Ulardan biri Zayd edi. Zayd uchun to‘rt yuzlik, so‘ng olti yuzlik dirham to‘landi.
Zayd birgalikda sotilgan birodari bilan hali bu azobli safar boshlangandayoq tanishib olgan edi. Chunki bir xil takdir ba’zan do‘stlik iplarini juda mustahkamlaydi.
Uzoq bir safar boshlandi. Kechayu kunduz tinim bilmay yo‘l bosdilar. Nihoyat, Makka shahriga yetib kelishib, safar tugadi.
Ularni sotib olgan odamning uyiga bir kundan keyin benihoya darajada go‘zal, istarasi issiq, ustboshi ozoda bir ayol taklif etildi va bolalarni shu ayolning oldiga chiqardilar.
Zayd ilk boqishdayoq bu ayolga nisbatan ko‘nglida iliq bir tuyg‘u paydo bo‘lganini sezdi. Modomiki otasining bag‘riga qaytmas ekan, modomiki shu ikki kishidan biriga xizmatchi bo‘lish manglayiga yozilgan ekan, qo‘yib bersalar, shu ayolga xizmat qilishni tanlagan bo‘lardi. Ammo, ayonki, bu tanlash haqqi zinhor unga berilmagan edi. Shu onda hech kimsa: «Kel, bolaginam Zayd, kimni tanlasang, shu bilan krl», demaydi. Zaydning istagi so‘raladigan kunlar endi ortda qoldi. Balki endi qadrdon go‘shasiga hech qaytmas, umri qullikda xizmatda o‘tar...

Qayd etilgan


AbdulAziz  01 Yanvar 2009, 00:31:59

Diqqatni tortuvchi jozibali nigohlari ayolga qadalgan. Qalbida: «Meni tanlasin, Ollohim!..» degan duolar yangrar edi. Biroq ayol Zaydning sohibiga qaradi:
— Ulardan qaysi birini men uchun olgan eding, Hakim, — dedi.
— Tanlamadim. Ammam qaysi birini xohlasa, o‘shaniolar, devdim.
— Zo‘r odamsan, Hakim.
—   Men kimning jiyaniman, ammajon?.. Sen balki unutgandirsan, ammo mening ammamning ismi Xadichadir.
—   Minnatdorman, Hakim. Demak, ulardan birini o‘zim tanlayman.
— Albatta, ammajon.
Zayd Xadicha ismli bu ayolning gaplarini ham yoqtirib qoldi. Do‘sti nimalar haqida o‘ylayotganini bilmaydi, o‘zining bu ayolga mehri tushgani chin edi. Xadicha bolalarga o‘girildi:
— Oting nima sening, o‘g‘lim?
— Otim Zayddir, xonim. Xadicha jiyaniga qaradi:
— Mana shu bolani, ya’ni, Zaydni olaman. Endi ayt
chi, senga necha pul berishim kerak?
—   Kerak emas, amma.
—   Nima deganing bu?
—   Bu bola Hakimning ammasiga hadyasidir.
Bir soatdan so‘ng Zayd yangi xonimining ortidan yangi uyga yo‘l oldi. U endi rasman qul bo‘lgan edi. Hali sakkiz yoshga ham to‘lmasdan boshlangan bu qullik qachongacha davom etarkin? Balki hayoti endi doim shu tarzda o‘tar, ozodlik nimalipshi ham unutib yuborar?..
Nima sababli, qaysi aybi uchun qul qilinganini bilmas edi u. Ehtimol, ota-onasining dog‘ida, qullikda o‘lib ketishi ham hech gap emasdir.
Zayd uydagi xizmatchilar bilan tanishdi. Uning vazifasi nimalardan iborat ekanini o‘rgata boshladilar. Oqshomga yaqin hali yangi kelin hisoblangan Xadichaning xo‘jasi kelgani va uning huzuriga chiqishi tayinlandi.
Zayd Muhammadning huzuriga chiqqanda hayajondan titrab ketdi. Qarshisida yuzidan nur yog‘ilib turgan inson turardi. Dunyoda hech kim bu insonchalik go‘zal bo‘la olmasligiga qasam ichishga tayyor edi go‘dak. Olloh barcha go‘zalliklarni ushbu odamda mujassamlantirgan ekan, degan kishi sira ham mubolag‘a qilmagan bo‘lardi.
Bunchalik istarasi issiq, jonga tutash insonni ilgari na Zayd, na boshqasi ko‘rgan edi.
— Hakim ibn Hizom senga olib kelgan quli shumi?
 Ha, yo Muhammad.
—    Ismi nima ekan?
—    Ismi Zayd.
Zayd Muhammad ismli bu insonning o‘ziga shafqat va mehr bilan boqqanini ko‘rdi. Qalbini qandaydir ajib his qamrab oldi. Darrov borib qo‘lini o‘pdi. Upilgan qo‘l xuddi mushku anbar singari yaaroyib va xushbo‘y hid taratardi. Bu qo‘llar Zaydning boshini siladi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  01 Yanvar 2009, 00:33:04

Cho‘lda suvsiz qolgan kishi bir piyola suvga qanchalik tashna bo‘lsa, Zayd ham shirin so‘zga shunchalik muhtoj edi. Bu oila Zaydga shunday iltifot ko‘rsatgan bu nurli insonning qarashlari Zaydning ichichini kemirayotgan sog‘inch va o‘kinch, azobuqubat hislarini, benihoya
163
charchog‘u barcha iztiroblarini bartaraf etgandek, unga qayta hayot bag‘ishlagandek bo‘ldi.
—   Xadicha, bu bolani menga hadya qilishni istarmiding?
—   Agar bunday tuhfa sizni mamnun etsa, bajonidil. Shu bugundan boshlab Zayd butunlay sizniki, sizning ixtiyoringizdadir.
Xadicha tuhfasidan erining bag‘oyat xursand bo‘lganini uning nigohlaridan o‘qib olgan edi. Zayd esa, bir kunning o‘zida uchinchi kishining qo‘liga o‘tgan edi. Nur yuzli odam Zaydga o‘girildi, uning boshini takror siladi:
— Zayd, shu daqiqadan e’tiboran sening qullik hayoting tugadi. Endi sen ozod va erkinsan. Xohlagan kuning, xohlagan joyingga ketishing mumkin.
Zayd quloqlarining qizib ketganini sezdi. Quloqlarini kuydirgudek ta’sir qilgan bu xabarni eshitgani hamon yuragi o‘rnidan qo‘zg‘algandek bo‘ldi. O’sha zahoti farishtasimon nurli Muhammadning qo‘llariga yopishdi, ko‘zyoshlari bilan ho‘l qilgan mushku anbar hidli bu qo‘llarni to‘yibto‘yib o‘pdi, ko‘zlariga surtdi.
Zayd o‘sha kecha unga ozodlik bag‘ishlagan farishtasimon kishi bilan uning umr yo‘ldoshi haqida o‘ylab yotdi. Qo‘llarini o‘pganda taralgan xushbo‘y hid hamon dimog‘idan ketmagan edi. Uyqudan uyg‘onganida ham darhol uni esladi, uning porloq chehrasi hech ko‘z o‘ngidan ketmasdi.
Ertalab u bilan birga bir dasturxon atrofida o‘tirib nonushta qildi. U bilan birga tashqariga chikdi, ko‘cha aylandi. O’tirishturishi, gaplari, yurishi, odamlar bilan salomlashishlari... har bir xattiharakati Zaydga chuqur ta’sir qilar, tobora uqubatlari, bozorda hayvondek sotilishi bois yuragida alangalangan alamli histuyg‘ular, qabilasini, ota-onasini sog‘ingani — hammahammasi uning nurli yuziga bir qarashda unut bo‘lgan, bu histuyg‘ularning o‘rnini Muhammad ibn Abdullohga va uning oilasiga nisbatan paydo bo‘lgan ulkan hurmat, mehrmuhabbat hissi egallagan edi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  01 Yanvar 2009, 00:34:02

DARDLI BIR OTA

Horisa xotini bilan o‘g‘li mehmonga ketgandan so‘ng bir hafta o‘tgach kelgan ma’shum xabar natijasida telba bo‘layozdi. Chunki Toyy qabilasi bosqinga uchragan, birovlar o‘ldirilgan, boshqalar asir qilib olib ketilgan edi. O’lganlar orasida xotini, olib qochilganlar orasida suyukli o‘g‘li Zayd bor edi. Yuragi hasrat o‘tida yondi Horisaning. Darhol harakatga tushdi. To‘rt tomonga xabar yubordi. Zora biron xushxabar bo‘lsa, deb duch kelgan joyni so‘rabsurishtirdi. Biroq barcha urinishlari zoe ketdi, jigargo‘shalaridan hech qanday xabar topmadi. Kechalari ko‘ziga uyqu kelmas, kunduzi yuragi huzurhalovat bilmas edi. Shundan boshqa dardi, tashvishi yo‘q edi. Ba’zan xilvatroq bir joyga chekinar, g‘amgin qo‘shiqlar kuylab, to‘xtovsiz ko‘zyoshi to‘kar edi.
O’lgan xotinini unutgandek bo‘ldi. Ammo o‘g‘li Zayd uchun yuragida paydo bo‘lgan hasrat dog‘ini hech ketkaza olmasdi. Dalaga chiqdi. Lekin qo‘li ishga bormadi, ishlay olmadi. Qabiladoshlari uning so‘nik chehrasini ko‘rib achinar edilar. Orasira «oh» chekib qo‘yardi. Har «oh» chekkanida ichidagi otash alangalanardi. Endi uni qaerda ko‘rib qolsalar, «Ko‘zi yoshli Horisa» deb ataydigan bo‘ldilar.
Bir kuni qabiladoshlari uning shunday deyayotganini eshitib qoldilar:
«Zaydni eslab tinimsiz yig‘layman, unga nima bo‘lganini bilmayman. Ajabo, sog‘omonmikan? Yo bo‘lmasa, ajal olib ketdimi uni?.. Xudo haqqi, hech bilmayman, Ollohdan uni so‘rayman.
Zayd o‘g‘lim, qaerlarda qolding? Oh, nima qilardi bir kun sening qaytib kelishingni bilsam? Quyosh chiqsa, menga seni eslatadi, kun botsa, yana seni o‘ylayman. Esgan shamollar ham sening xotirangni olib keladi, Zayd!..»

Qayd etilgan


AbdulAziz  01 Yanvar 2009, 00:34:30

* * *
—    Men sanab chikdim, ropparosa uch yuz oltmishta.
—    Buncha ko‘p bo‘lmasa?
— Bilmasam. Lekin men bittabittalab sanab chiqdim.
Bu odamlar butlarning soni to‘g‘risida suhbatlashardilar. Chiidan ham ular kattakichik, gavjum va tarqoq bir suruvni esga solardi. Muqaddas Ka’baning yonatrofiga terib qo‘yilgan edi ular.
Zaydni aslida hayratga solgan voqea hajga kelgan ko‘pgina odamlarning — erkagu xotinning birgalikda qipyalang‘och holda Ka’bani tavof etayotganlari edi. Ayollarning ham, erkaklarning ham egnida hech qanday libos yo‘q edi. Oralarida ba’zilargina ko‘ylakchan xolda Ka’bani aylanardi.
Qiziqib, ulardan bu marosimning boisi nima ekanligini so‘radi va shunday javob oldi:
— Bu insonlar Ka’baga gunohlaridan xalos bo‘lish uchun keladilar. Ollohdan o‘z gunohlarini so‘rar ekanlar, engilbosh bilan Uning uyini tavof etishni noto‘g‘ri deb hisoblaydilar, shu sababli yalang‘och holda ziyorat qiladilar. «Ham bu liboslarda senga qarshi gunoh qildik, ham ayni qiyofada Sening uyingta keldik», deyishni o‘zlariga munosib ko‘rmaydilar. Ular yo Quraysh, yo Kinona, yo Huzoa kabilalaridan biron kishining kiyimini olib kiyadilar va shu holatda Xudoga sig‘inadilar yoxud yalang‘och tavof etishga majburdirlar. Nomlari sanalgan qabilalarning a’zolari esa, ko‘ylaklarini yechmasdan Ka’bani tavof qilishlari mumkin.
Aslida, shunga o‘xshash bema’ni va ahmoqona ishlar qurayshiylar tomonidan o‘ylab chiqarilgan edi. Exromlik chog‘larida sutdan qatiq ivitishni, suzma va yog‘ olishni, so‘ygan hayvonlarining yog‘ini iste’mol etishni, qildan o‘rilgan chodirda hordiq chiqarishni taqiqlagan, yana haj mavsumini harom deb e’lon qilgan, Quraysh, Kinona va Huzoa qabilalaridan boshqa qabilalarning o‘z liboslari bilan Ka’bani tavof etishlariga ijozat bermagan, «Yo bizning kiyimlarimizni kiyib, yo qipyalang‘och bo‘lib tavof qilasizlar», deb turib olgan ham shular edi.
Orada aellarning ham uyalib, qimtinib Ka’baning atrofida aylanayotganlari ko‘zga tashlanib qolardi. Hatto bir ayol qo‘llari bilan avrat joylarini berkitishga urinar va ziyoratgohni aylanarkan: «Bugun vujudimning bir qismi, xatto butun tanam ochiq. Ammo men ochiq joylarimga qaraganlarni la’natlayman», der edi.
Zayd bu g‘aroyib hodisalarni tomosha qilib, hajga uzoqyaqin shaharlaru o‘lkalardan kelgan turlituman musofirlar orasida aylanib yurdi. Bir nayt yo‘lning chekkasida suhbatlashib o‘tirgan kishilarga duch keldi. Ko‘zlarini ishqaladi, qaytaqayta ularga tikildi. Ular Qalb qabilasidan edilar. Zaydning qabiladoshlaridan biri xam uni ko‘rarko‘rmas.
— Ana, Horisaning o‘g‘li Zayd, — deb qichqirib yubordi.
Qalbliklar suyunib ketdilar. Zayd ularning yoniga borib o‘tirdi.
— Hush kelibsizlar.
—   Xushvaqt bo‘l, yo Zayd, tuzukmisan?
—   Tuzuk ham gapmi, a’loman.
—    Bu yerda nima qilib yuribsan?
Zayd qabilasidan ayrilganidan buyon boshidan kechirganlarini so‘zlab berdi. Hozir hayotidan g‘oyat mamnun ekanligini bildirdi.
Odamlar unga otasining ahvolini so‘zlab berdilar. Uning hasratida jinnidevona bo‘lganini, hamma joyni qidirib yurgani, g‘amgin qo‘shiqlar aytishi, tinmay ko‘zyosh to‘kishlarini ma’lum qildilar.
— Otamga salom aytinglar. Mendai xavotir olmasinlar. Bu yerda hoshimiylardan Muhammad ibn Abdullohning panohidaman. U dunyodagi eng ajoyib insondir. Menga qilgan yaxshiliklarini, fazilatlarini hech unuta olmayman, — dedi.
Qabiladoshlari:
— Sening gaplaringni albatta otangga yetkazamiz, —dedilar.

Qayd etilgan


AbdulAziz  01 Yanvar 2009, 00:36:08

* * *
Xadicha endi tijorat ishlarini yuritadigan, karvonlarini boshqaradigan ishonchli odam qidirish tashvishidan qutulgan edi. Har kuni yangi bir fazilatini kashf etayotgan jufti halolini tobora qattiqroq seva boshladi. Totuv oila qurganini, ayol kishi orzu etishi mumkin bo‘lgan eng buyuk xuzurhalovatga — xotirjamlikka endi yetishganini juda qisqa vaqt ichida tushunib oldi.
Turmush qurganlaridan bir yil o‘tgach, Xadicha o‘g‘il ko‘rdi. Uni Qosim deb atadilar. Arablarning odatiga ko‘ra, ota-ona tug‘ilgan ilk farzandining ismiga nisbat qilingan bir laqab olar edilar. Shunga binoan Muhammad ibn Abdulloh endi «Abul Qosim», ya’ni Qosimning otasi, Xadicha esa «Ummu Qosim» deb ham atala boshladilar.
Abdulmuttalibning suyukli nevarasi Muhammad Al-Amin bir kuni bolaligini esladi va cheKsiz sevinch hissiga berildi. Chunki qarshisida turgan ayol bir paytlari uni emizgan Halima asSa’diya edi. Kichikligida onasining ixtiyoriga topshirib ketganidan beri hech ko‘rishish imkoni bo‘lmagan edi.
— Xush kelibsiz, onajon!.. — deya quchoq ochib kutib oldi enagasini.
Suyukli enaga ham bunday iltifotdan juda xursand bo‘ldi. Necha yillardan beri ko‘rishmagan, tuqqan farzandidek bo‘lib qolgan jigarporasiga yetishishning hayajonini bazo‘r bosib turardi. Bir paytlar o‘zi emizgan, shuning sharofati ila oilasiga fayzu baraka olib kirgan murg‘ak go‘dak endi karvon bilan tijorat qiladigan, o‘ttiz yoshlarga qadam qo‘ygan jasur bir yigit bo‘lib yetishgan edi.
Makka xalqi haqli ravishda «Al-Amin» laqabini bergan buyuk Muhammad suyukli enaga onasini uyiga boshlab ketdi, alohida izzatikrom ko‘rsatdi. Umr bo‘yi unga bajonidil xizmat qilishga ham tayyor edi. Ammo sut onasi yana Bani Sa’d qabilasiga qaytishi kerak edi. U yonida yigirma tuyadan iborat sovg‘a bilan uyiga yo‘l oldi.
Avval shu bolaning hurmatidan uyiga baraka kirgan edi, endi esa, unga katta boylik, molmulk sovg‘a qilindi. Buyuk Amin ham qadrli enaga onasini sha’niga munosib tarzda izzatikrom va tuhfalar bilan kuzatganidan xursand edi.
Rivoyatlarga qaraganda, suyukli enaga keyingi marta Hunayn urushidan so‘ng kelib, olamlarga rahmat bo‘lgan o‘g‘lining xuzurida musulmon bo‘lgan.
Bugun Madinaning Baqi’ qabristoniga kirgan va chap tomondan yuqoriga to‘g‘ri uch yuz metrcha ilgarilaganlar yo‘lning chap tomonidagi tuproq uyumining oldida bir muddat to‘xtab, shu yerga dafn qilingan suyukli onaning Rasuli Amin payg‘ambarimizga sut bergan Halima asSa’diya ekanligini nazarda tutib, uning ruhi pokiga fotiha o‘qisalar, nur ustiga nur bo‘lardi.
Agar shu qabr chindan ham uniki bo‘lsa, hazrati enaga umrining so‘nggi kunlarida Madinaga hijrat qilgani va aziz ruhini shu yerda tuproqqa taslim etgani ayon bo‘ladi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  01 Yanvar 2009, 00:38:12

* * *
Soib ibn Abdulloh halol bir odam, tarbiya ko‘rgan insofli savdogar edi. Yetimlarga mehrshafqatli ekani, mehmondo‘stligi, qo‘niqo‘shnilar bilan ahil yashashi hammaga ma’lum edi. Shom va Yaman tomonlarga tijorat safarlariga chiqar, yilning ma’lum mavsumlarida ochiladigan mashhur bozorlarga qatnar edi.
Soib shu bozorlarga qatnaydigan Xadicha xonim nomidan savdosotiq qiladigan Muhammad ibn Abdullohni juda yoqtirardi. Uning oldisotdi chog‘idagi halolligiga, odamlarga bo‘lgan munosabatdagi nazokatiga qoyil qolardi. Xoh Makkada bo‘lsin, xoh safar chog‘larida o‘zini tutishi har jihatdan havas qilsa arzigudek edi. Holbuki, shaharda — tanishlarining orasida boshqacha, safarga chiqqanda mutlaqo boshqacha bo‘lib qoladigan kishilarni Soib ko‘p ko‘rgan edi. Elda oldisotdi paytida o‘z molini ortiqcha maqtaydigan, xarid qilishda biron ayb topadigan, so‘zlari ishonchli bo‘lishi uchun butlarni o‘rtaga qo‘yib qasam ichadigan mug‘ombir savdogarlar ham ko‘p edi.
Birovning nomidan narsa sotadiganlar esa, ko‘pincha, makonlariga qaytib kelganlarida ahvolni ro‘yrost gapirmasdi, muttahamlik qilardi. Ya’ni, bozorda qo‘lga kiritilgan daromad boshqa bo‘lardiyu, sarmoya egasiga hisobi berilgan daromad boshqa.
Tijorat ishining ko‘p nozik jihatlarini tijorat paytida o‘rgangan, shu asnoda aql bovar qilmaydigan talay hiylanayranglarni ko‘rgan Soib bunday insofsizlikdan dili og‘rir, halol bir savdogar bo‘lish, halol daromad evaziga qorin to‘ydirishni hamma narsadan afzal bilar edi.
Bir kuni o‘zi ixlos qo‘ygan Muhammad ibn Abdullohga hamkorlikda ish qilishni taklif etdi. Bu hamkorlik vaqtinchalik bir ish edi. Bozorlarda hamkorlikda mol olibsotish, bozor tugagach yoki mollar sotilgach, daromadni teng bo‘lishib olish ma’nosidagi hamkorlik edi bu. Ikkitomonlama shartnoma tuzildi.
Bu hamkorlikdan ikkalasi ham mamnun bo‘ldilar. Bunday hamkorlik, do‘stlik keyin ham davom etdi. Bu hamkorlikning yoqimli xotiralari uzoq vaqtlargacha unutilmadi, yillar o‘tib uchrashib qolganlarida ham quvonch bilan esladilar...

Qayd etilgan


AbdulAziz  01 Yanvar 2009, 00:40:10

* * *
Abdulloh ibn Abu Xamsa Abul Krsimdan bir miqdor mol oldi. Lekin yonida mol haqiga yetadigan miqdorda puli yo‘q edi. Ammo u insofli kishi bo‘lgani uchun keyinroq qarzini olib kelishiga izn berildi. Aniq bir kun tayinlandi. Shundan keyin Abdulloh: «Meni falon yerda kutasan, yo Abul Qosim, falon soatda uchrashamiz», dedi. So‘ngra xayrlashdilar.
Va’dalashilgan kun yetib keldi. Ammo Abdulloh ibn Abu Xamsa kelmadi. Bir ozdan keyin kelib qolar, deb kuta boshladi.
Oradan bir necha soat o‘tdi. Biroq hech kim kelmadi. Oqshom tushdi hamki, hech kim kelmadi. Muhammad ibn Abdulloh kechasi shu yerda yotib qoldi. Ertalabdan yana, Abu Xamsa va’dasining ustidan chiqadi, degan ilinjda to kechqurungacha intizor kutdi.
Abdulloh va’dasi esiga tushib, kelishilgan joyga yugurib kelganida, uchinchi kun ham o‘tib borayotgan edi.
— Ey yigit, mening toza adabimni berding. Uch kundan beri seni shu yerda kutib o‘tiribman, — dedi. Abdulloh uzr so‘radi. Maqsadi uni aldash bo‘lmagani, yodidan ko‘tarilgani sababli shunday bo‘lib qolganini aytdi.
Abdulloh keyinchalik shu voqeani eslar ekan:
— Agar men uning o‘rnida bo‘lsam, bergan so‘zimning ustidan chiqay deb uch kungacha kutib o‘tirmasdim. Kutgan taqdirimda ham, qarzdor kishi mendan bunchalik oson qutulmasdi, — degan edi.

Qayd etilgan