Ahmad Lutfiy Qozonchi. Saodat asri qissalari (1-kitob). Intizor kutilgan tong  ( 211346 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 ... 31 B


AbdulAziz  01 Yanvar 2009, 00:41:01

* * *
Qalb qabilasining haj safaridan qaytgan kishilari to‘g‘ri uylariga kirib bordilar. Hech kim gaplashmay, dastlab butlarining qoshiga yaqinlashdilar. Qo‘llarini unga surkadilar. Ketayotganda ham shu alfozda xayrlashgan edilar. Arablarda odat shunaqa edi. Safar davomida xaloskor bo‘lishlari, baraka keltirishlari va tahlikalardan muhofaza etishlari uchun shunday qilinardi.
Bir ozdan so‘ng ko‘zlari yoshli Horisani tondilar. Xushxabar keltirdik, ey Horisa, o‘g‘lingni topdik, — dedilar.
Horisa hech kutilmagan daqiqada bunday xushxabarni eshitib, eshushini yo‘qotib qo‘ydi, ularning bo‘yniga osildi.
— Rostmi? Qasam iching, tangrilar nomidan qasam iching!
Yig‘lashni ham, sevinishni ham bilmasdi. Bir amallab o‘zini tutib oldi. So‘ngra ukasini qidirib topdi. Bor boyligini bir xaltaga solib, ukasi bilan birga yo‘lga chiqdi.
Safar uzoq davom etdi. Har daqiqa soatlar kabi cho‘zilgandek bo‘lib tuyulardi. Horisa betoqat edi. Go‘yo oxiri yo‘kday tuyulayotgan yo‘lga qaytaqayta tikilar, ayovsiz qizdirayotgan quyoshga yolvorgudek boqar, bir daqiqa bo‘lsada ertaroq Makkaga yetish uchun tuyasini tinmay qamchi bilan savalar edi.
— Tezroq, tezroq yur, jonivor. Zaydimni juda sog‘inganman, — derdi.
Yo‘l bo‘yi otashin she’rlar o‘kib bordi. Ko‘zlaridan oqayotgan yoshlarni artib ham o‘tirmadi. Nihoyat, akauka Makkaga yetib bordilar. Duch kelgan kishiga:
— Muhammad ibn Abdullohni qidiryapmiz! — der edilar.
Yana bir necha kishidan so‘radilar. Hamma ularga hoshimiylarning manzilini ko‘rsatardi. Nihoyat, bir kishi:
— Uni Ka’baning yonidan topasiz, — dedi. Baytning yoniga keldilar. So‘radilar, ko‘rsatishdi. Horisa ko‘rsatilgan odamni ilk bor ko‘rganidayoq izlagan odamini topganiga, qalbida Zaydni beshak qutqarishiga qat’iy ishonch tug‘ilgan edi. Bu muborak chehra, marhamat va shafkatga to‘la bu nigohlar, ishonch tug‘diradigan bu sumbat bir qarashdayoq Horisaga ko‘p narsani anglatgan edi.
—   Al-Amin senmisan, ey purziyo kishi?
—   Ha, menman.
— Ya’ni, Abul Qosim, Muhammad ibn Abdulloh ibn Abdulmuttalib?
— Ha, ha, menman. Maqsadingiz nima?
Horisa yutindi. So‘ngra maqsadga o‘tdi:
— Ey Abdullohning o‘g‘li, ey Abdulmuttalibning, ey Hoshimning o‘g‘li! Ey qurayshlarning buyugi. Sizlar Haram xalqisizlar va Harami Sharifning qo‘shnilarisiz. Baytullohning yonida mahbuslarning asorat kishanlarini yechib, musofir va ochlarni to‘ydirasizlar. Sizlar bilan birga bo‘lgan o‘g‘limizni so‘rab keldik. Sen uni ozod qilishimiz uchun xohlagan narxingni aytib, bizni shod-xurram va minnatdor qil. Biz senga o‘sha pullarni beraylik, uning evaziga sen o‘g‘limga erkinlik ber.

Qayd etilgan


AbdulAziz  01 Yanvar 2009, 00:41:45

Horisaning kuyibpishib aytgan bu so‘zlarini diqqat bilan tinglagan Abul Qosim unga shunday savol berdi:
—   O’g‘lingiz kim?
—   Zayd ibn Horisa.
— Sizning taklifingiz durust, ammo buning boshqa bir chorasi ham bor.
— Qanday chora?
— Zaydni shu yerga chaqirtiramiz. Istaganini qilsin. Agar siz bilan qaytib ketishni istasa, marhamat, olib ketaverasiz. U holda qutqarish uchun pul berishingizga ham hojat qolmaydi. Agar men bilan qolishni istasa, u holda men ham meni tanlagan kishini zinhor hech narsaga almashtirmayman.
— Xudo haqqi, sen o‘ta darajada insofli va adolatli kishi ekansan. Biz sening taklifingga bajonidil rozimiz.
Zaydga xabar berildi. Horisa hayajondan titrardi: nahot bir necha daqiqadan so‘ng jigargo‘shasini ko‘rsa!.. Nahot uni bag‘riga bosib, yuragining hasrat dog‘larini yuvsa!..
Nihoyat, Horisa qo‘lini peshonasiga tutdi. Ko‘z oldi qorong‘ilashib ketdi. O’rnidan sakrab turdi. O’g‘liga yopishdi, mahkam quchoqlab, to‘yibto‘yib o‘pdi, hidladi.
Otabolaning uzoq ayrilikdan keyingi uchrashuvi o‘ta ta’sirchan edi. Sevinch ko‘zyoshlari bilan yo‘g‘rilgan bu holat birmuncha vaqt davom etdi.
—   Ey Zayd, bu odamlarni taniyapsanmi?!
—   Ha, mana bu kishi otam, bunisi esa, amakim.
—Otang seni olib ketish uchun kelibdi. Mening senga bo‘lgan mehrmuhabbatim, shafqatimni o‘zing ham juda yaxshi bilasan. Hozir yo meni tanlab shu yerda qol, yoki ularni tanlab uyingga bor.
Zayd hech ikkilanmay javob berdi:
— Men hech kimni sizdan ustun qo‘yolmayman, sizdan afzal ham ko‘rmayman. Siz menga ham ota, ham ona o‘rnidasiz. Albatta, siz bilan qolaman. Horisa quloqlarining qizib ketganini his etdi.
— Qaroring qat’iymi, Zayd? Bizni emas, uni tanlayapsanmi?
— Ha.
Horisa hushidan ketib qolayozdi. Amakisi:
—   Ming afsus, jiyan. Nahotki sen ozodlikni emas, qullikni tanlaysan? Qul bo‘lishni otang va amakingning panohida bo‘lishdan ustun qo‘yib, o‘z yurting va o‘z go‘shangga qaytishni istamaysan?
—   Men 6u buyuk Insondan ko‘rgan yaxshiliklarimni hech narsaga almashtira olmayman. Uning yonida qolaman.
Horisa hamon tush ko‘ryapman deb o‘ylar edi.
— O’g‘lim, biz hazillashish uchun kelmadik, — dedi.
— Men ham hazil qilayotganim yo‘q, otajon, rost so‘zlayotirman.
Ortiq Horisaning qo‘lidan hech narsa kelmas edi. Shu payt Abul Qosim Muhammad ibn Abdulloh Zaydning qo‘lidan tutdi. Ka’baning Hijr deb ataluvchi qismiga olib bordi, bir toshning ustiga chiqardi va shu yerdagilarga xitoban:
— Ey insonlar, shohid bo‘linglar: Zayd mening o‘g‘limdir, uni o‘zimga farzand qilib olayotirman, u mening merosxo‘rim bo‘ladi! — dedi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  01 Yanvar 2009, 00:42:28

Horisa va uning ukasi bu so‘nggi xattiharakat natijasida yonayotgan yuraklariga muzday suv sepilgandek bo‘lganini his etdilar. Endi «Bo‘lar ish bo‘ldi», deyishdan o‘zga chora qolmagan edi. Bundan keyin Zayd «ibn Horisa» emas, «ibn Muhammad» deb atalajak va uzoq yillargacha shunday bo‘lib qoladi. Horisaning Zayddan ajralishi qiyin bo‘ldi. Necha yillar uning hasratda kuyibyongan, beto‘xtov oqqan ko‘zyoshlaridan rangi siniqqan, nihoyat, uning xabarini eshitib, boryo‘g‘ini yuklab, qush bo‘lib, qanot yoyib uchgudek bo‘lib yetib kelgan, umidlari katta edi.
Ichida ming xil histuyg‘u jo‘sh urgan Horisa uyiga ajoyib bir inson bo‘lib qaytdi. Hidi hamon dimog‘idan ketmagan suyukli farzandidan judo bo‘lish takdiriga yozilgan ekan. Ammo o‘g‘li endi asir emas edi. Erkinlikdan mahrum bir qul, xizmatchi emas edi. Qo‘llaridan zo‘rlik bilan tortib olinmagan edi. Otasi va amakisini ham sevaseva tark ettiradigan darajada sevilishga munosib deb bilgan nur yuzli bir insonning yonida qolishni shaxsan o‘zi afzal ko‘rgan edi.
Horisa ba’zan shularni o‘ylab ko‘ngliga taskin berar, ba’zan g‘unchadek jigargo‘shasini ortiq ko‘rmasligi esiga tushib, yig‘lab ketar edi. Qo‘ylarining ko‘pligi bilan shuhrat qozongan Qalb qabilasi uzokdan ko‘rina boshlaganda ham Horisaning soqolidan hamon yoshlar dumalanib oqar edi. Xadicha yana bir o‘g‘il ko‘rdi. Uning ismini Abdulloh qo‘yishdi. Juda chiroyli, juda yoqimtoy bu bolaga otasi «Tayyib», «Tohir» laqablarini bergan edi. Ba’zan «Abdulloh», ba’zan «Tayyib», gohida esa «Tohir» deb suyar edilar, uni yeru ko‘kka ishonmasdilar. Oradan bir necha oy o‘tdi. Avval Qosim, so‘ngra Abdulloh hayotdan ko‘z yumdilar. Bu judolik ota-onani chuqur qayg‘uga soldi.
Zayd ham o‘zi kechagina yelkasiga opichib, o‘ynatib yurgan bu go‘daklarning vafotidan qayg‘urib, ularning ota-onasi bilan birga yumyum ko‘zyoshi to‘kdi. Keyinroq Xadicha xonim birinketin Ruqayya, Zaynab va Ummu Gulsum ismli uch qiz ko‘rdi. Uchala qizcha ham istarasi issiq, nurli go‘daklar edi. Qizchalarni ko‘rgan odamlar «Olloh bu oilaga alohida lutfu karam ko‘rsatmoqda», deyishdan o‘zlarini tiya olmasdilar. Xadicha bir qarashdayoq kishi diqqatini tortadigan, ko‘ngillarga osudalik bag‘ishlovchi farzandlar tuqqanidan, eriga farishtalarni yodga soluvchi go‘daklarni hadya etganidan xursand edi. Go‘dakligidayoq o‘lib ketgan farzandlari Qosim bilan Abdullohning hasratini bu qizchalariga qaraganda unutar, ba’zanba’zan yuragida og‘riq paydo qiladigan darajadagi achchiq xotiralar bu go‘daklar tufayli esdan chiqar edi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  01 Yanvar 2009, 00:43:07

Muhammad birinketin o‘lib ketgan go‘daklari uchun achchiqachchiq ko‘zyoshi to‘kdi, ammo ko‘nglini bo‘shatar ekan, taqdiridan rozi ekanligini ham aytardi, demak, shunday bo‘lishi kerak edi, deb o‘ylardi. Farzandidan judo bo‘lganda yetuk insonga yarashmaydigan dodfaryod chekib yiyalash, yoqasini yirtish kabi qiliqlar unga xos emas edi.
Ketganlar uchun kuyibpishishdan ko‘ra, keyin tug‘ilgan qizlar tarbiyasiga e’tibor berish muhimroq edi. Shunday bo‘ldi ham.
Birbirlarini sevgan, tushungan, xurmat qiladigan, har qanday muammoni xam murosai madora bilan hal etadigan bu ota-ona qurgan oila ushbu go‘daklarning porloq ruhiy olamiga katta ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. Ular urishjanjalni, yomon so‘zni bilmaydigan, uyat so‘z eshitganda yuzlari lovlov yonadigan, hayoliandishali qizlar bo‘lib ulg‘aydilar.
Ota-ona farzandlari odobidan mamnun edilar. Ularni ko‘cha emas, aynan mana shu oila tarbiyalagani ko‘zga yaqqol tashlanib turardi. Ko‘rganlar: «Muxammad ibn Abdulloh bilan Xadichaning farzandlari bundan o‘zgacha bo‘lishlari mumkin emas», deydigan noyob gulg‘unchalar bo‘lgan edi bu qizlar.
Ko‘chada o‘ynab yurganda bolalar uylaridagi butlar haqida ham bahslashardilar. Shubhasiz, bu hol uyda ota-onalaridan eshitgan gaplarning natijasi edi. Ba’zi bolalar hatto qo‘lidagi oxirgi xurmosini ham yemasdan:
—   Buni sanamga yediraman, — deb uyiga qarab yugurib ketardi. Bir ozdan so‘ng o‘sha bola yana qo‘lida xurmo bilan qaytib chiqib: «Sanam yemadi», derdi. So‘ngra:
—   Yemasa yemasin, o‘zimning og‘zim yo‘qmi? — deb yeb qo‘yardi.
Bolalarning bunday ayanchli ahvolini ko‘rib Zaynab o‘zlarining uylarida sanam yo‘qligini eslardi. Ruqayya opasidan so‘raganida:
— Otam, ular ham ko‘chadagi toshlardan biri, deydilar, — degan javobni olgan edi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  01 Yanvar 2009, 00:43:35

*   * *
Kun sayin ulg‘ayib, husniga husn qo‘shilayotgan qizlar qarilik sari yo‘l olgan onalariga uyro‘zg‘or ishlarida yordamlashishar, og‘irini yengil qilishar edi. Hech bo‘lmasa, hali beshikda yotishdan boshqa narsaga kuchi yetmaydigap, yig‘lash o‘rniga kulimsiraydigan Ummu Gulsumni ovutishda, unga yoqimli ovozda alla aytishda yordamchi bo‘lishar edi.
Mahalladagi ba’zi bolalar kabi orsiz, badaxloq emas edilar. Bu ham Xadicha xonim uchun yuksak ne’mat edi. Ularga boqarkan, «Kim biladi otalari shu yoshda qanaqa bo‘lgan ekan?..» deb shirin xayol surardi.

*   * *
Birinketin Kosim bilan Abdullohni olib ketgan ajal bir kuni kelib endiendi ochilayotgan bu g‘unchalarni ham olib ketarmikan? Yoki kun sayin chiroy ochib borayotgan bu go‘daklarning ulg‘ayib, biron go‘shaga kelin bo‘lib boradigan kunlari ham keladimi?..
Ular esa beg‘ambeg‘ubor holda, Xadicha xonim tevaraklarida yugurgilabo‘ynab yurishar, ba’zan yonoqlarini tutib: «Bitta o‘pib qo‘ying, otajon, bitta o‘pib qo‘ying, onajon...» deya erkaliklar qilishar edi. Xadicha onamiz bu shodon qizchalariga qarab turarkan, yuraklarining tubtubini bu hazin o‘ylar ishg‘ol etardi. «Ollohim, sen nimani xayrli deb bilsang, shuni qil!» der edi go‘yo.
— Nur yuzli, anbar hidli Muhammadimning hurmati uchun bolalarimni o‘zing asra, Ollohim!.. — deya iltijo qilar edi...

* * *
Fil hodisasidan o‘ttiz ikki yil keyin Makka aslzodalaridan biri Valid ibn Mug‘iyra ham o‘g‘il ko‘rdi. Kelajakda nomi Islom tarixiga oltin harflar bilan yoziladigan bu go‘dak mashhur Xolid ibn Valid edi. Tutgan joyidan kesadigan, qo‘rquv nimaligini bilmaydigan bir inson bo‘lib yetishajak u. Musulmon bo‘lguncha ham, musulmon bo‘lganidan keyin ham jasorat, mardlik va dovyuraklikning jonli timsoli bo‘lib tanilajak.
Valid arslon bolasidek bir farzandga ota bo‘lganidan bag‘oyat xursand edi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  01 Yanvar 2009, 00:44:31

KA’BA HAKAMLIGI

Ka’ba Hazrati Ibrohim davridan beri doim tabarruk hisoblanib kelar, Ka’baga xizmat doimo ulkan sharaf hisoblanar edi. Bu muqaddas dargohning hajmi u qadar katta bo‘lmay, balandligi ham odam bo‘yidan salgina yuksak edi. Payg‘ambar Hazrati Ibrohim (a.s) naslidan bo‘lgan Adnan (yoki Himyar sultoni Mubba) davridan boshlab Ka’baning ustiga chodir yopish odat tusiga kirdi. Bu chodir har yili almashtirilar, yangilanar edi.
Biroq 6u muborak qadamjo asrlar o‘tib ta’mirlashga muhtoj holga keldi va dastlab Amalika, so‘ngra Jurhum qabilalari tomonidan ta’mirlandi. Fil hodisasidan o‘ttiz besh yil keyin shiddatli yomg‘ir natijasida sel paydo bo‘ldi va Ka’baning poydevoriga zahmat yetkazdi. Devorlari nurab, yiqilay deb qoldi. Xalq bu muborak Baytning yiqilishi mumkinligidan qattiq tashvishda, juda bezovta edi. Ka’baning ichi sel oqiziqlaridan hosil bo‘lgan balchiqqa to‘ldi.
Ustiga ustak, bir kuni atrofga xushbo‘y hidlar taratish maqsadida bir ayol Ka’ba yonida olov tutatibdi. Oqibatda bir uchqun sachrab Baytning chodiriga tushib, yondirib yubordi. Bu yong‘in xalqni dahshatga soldi. O’zi yiqilay deb turgan Ka’ba mazkur voqeadan keyin battar xarob bo‘ldi. Bu ahvolda Bayt yana qachongacha turishi mumkin, buni hech kim bilmasdi.
Makkaning zodagonlari shu xususda suhbatlashdilar. poydevorigacha buzib qaytadan qurishga qaror qildilar. Biroq hech kim muborak Baytni buzishga jur’at etolmasdi. Uni buzishga bel bog‘lagan kishining boshiga kulfat tushadi, degan tushuncha hukmron edi.
Dastavval, bunday og‘ir mas’uliyatni Valid ibn Mug‘iyra zimmasiga oldi.
—   Sizlarning maqsadingiz buzishmi yoki islohmi? —deb so‘radi hamshaharlaridan. Ya’ni, Ka’bani vayron etish, haqorat qilish uchun buzmoqchimisizlar yoki uni qayta qurish, mustahkamlash uchunmi, demoqchi bo‘ldi.
—   Maqsadimiz, albatta, islohdir, — deb javob qilishdi.
— U holda Olloh isloh uchun bu ishga qo‘l urganlarga jazo bermaydi. Shu ishni men boshlayman. Ollohim, bizning maqsadimiz ezgulikdir, xolos, — dedi. Shundan keyin yiqilay deb turgan toshlarni tushira boshladi. Aholi uzoqdan tomosha qilar, Validning boshiga balo yog‘ilishini kutar edi. Birok hech qanday korhol yuz bermadi. Valid ishini davom ettiraverdi.
— Yaxshisi, ertaga ertalabgacha kutaylik, — deyishdi tomoshabinlar. Bu taklif hammaga ma’qul bo‘ldi. Ammo Valid maqsad Ka’bani buzish emas, uni mustahkamlash ekanligini yana bir bor takrorladi.
— Bu ahvolda Bayt qancha vaqt ham tura olardi, —dedi u.
Ertalab Validning kelishini zo‘r qiziqish bilan kutdilar. U soppasog‘ kelib, yana ish boshladi. Bu daf’a hamma unga ko‘shildi. Qisqa vaqt ichida Ka’baning devorlari yiqitildi. Hazrati Ibrohim qo‘ygan poydevorgacha buzildi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  01 Yanvar 2009, 00:45:28

Validning otasi Mug‘iyra ibn Abdulloh Maxzumiy baland bir joyga chiqib, bu yerda ishlayotganlarga qarata xitob qilib, bu Bayt Ollohga daxldor muborak, muqaddas Bayt ekanligini, bu dargohga ishlatiladigan qurilin1 ashyolari har xil shubhalardan yiroq, peshona teri bilan topilgan halol mablag‘ evaziga sotib olinishi lozimligini uqtirdi. Zino yo‘li bilan, o‘g‘rilik hisobiga, sudxo‘rlik evaziga, muttahamlik, ayyorlik yoki zo‘ravonlik qilish bilan topilgan pulning bu Bayt qurilishiga sarflanmayajagini ta’kidladi.
Shuidan keyin Valid ibn Mug‘iyra boshchiligidagi bir necha kishidan iborat hay’at Qizil dengizda, Jiddaga yaqin joyda halokatga uchragan kemaning parchalarini va undagi ashyolarni sotib olib keltirish uchun yo‘lga chiqdi. Ajoyib tasodif edi bu. Yana ham to‘g‘rirog‘i, Ollohning karami insonlarga go‘zal tasodif tarzida yetishgan edi. Chunki kemadagi yuk Habashistonda qurilishi rejalashtirilgan bir cherkov uchun Rum hukmdori tomonidan Misrdan jo‘natilgan qurilish ashyolari edi. Halokatga uchragan kema endi ortiq suza olmasdi. Kemadagi ashyolar xarid qilindi. Kemadagi me’mor ham katta haq evaziga Bayt qurilishiga yollandi. Ka’baning devorlari quraysh qabilalariga bo‘lib berildi. Ya’ni, har bir devor bir qabila tomonidan qurilishi kerak edi. Bu masala qur’a tashlash yo‘li bilan hal etildi. Eshik o‘rnatiladigan tomon Abdumanof o‘g‘illarining zimmasiga tushdi. Hoshimiylar Abdumanof o‘g‘illarining bir urug‘i edi. Zuhra qabilasi ham abdumanofliklarga sherik hisoblanardi. Boshqa tomonlarni ham ikkiuch qabila birlashib quradigan bo‘ldi. Me’mor Bakom tosh tashib keltirishni buyurdi. Erkaklar tosh, xotinlar ohak tashiy boshladilar.
Yelkasida tosh tashiyotgan erkaklar, tosh qiyib yubormasin, deya bellariga bog‘lagan peshbandlarini kavatqavat qilib yelkalariga, toshning ostiga qo‘yib ishlar edilar. Abul Qosim Muhammad ibn Abdulloh ham amakilari bilan birgalikda tosh tashirdi. Amakisi Abbos yara bo‘layozgan yelkalariga bir oz yengillik berish uchun peshbandini yechdi, boshqalar kabi taxlab yelkasiga tashladi.
— Yo Amin, sen ham mendaqa qilib ol, qiynalmaysan, — dedi.
Bu taklif bir tomondan yaxshi edi. Odamning yelkasi ancha rohatlanardi. Ammo, ikkinchi tomondan, bunday qilinsa, xunuk vaziyat yuzaga kelardi.
— Qani, qani, yo Amin, qara men ham shunday qilib oldim... Tag‘in, o‘zing bilasan. Yelkangni ehtiyot qil deyapmanda.

Qayd etilgan


AbdulAziz  01 Yanvar 2009, 01:08:04

Yo‘ldan ozdiruvchi bunday da’vatlarga qarshi turolmay, Amin ham peshbandini yechib, yelkasiga qo‘ydi. Ammo shu payt libosi tushib ketdi. Libosini yerdan ko‘tardiyu, bu ishni zinhor qilmaslikka o‘ziga so‘z berdi. Shu voqeadan keyin to umrining oxirigacha hech kim uni yarim yalang‘och holda ko‘rmadi. Toshlar keltirilib, inshoot qurila boshlandi. Me’mor toshlarni ustalik bilan qalab, binoni tiklar, xalq g‘ayrat-shijoat bilan unga yordamlashar edi. Devorlar ko‘tarildi. Bir odamning ko‘ksigacha yetadigan balandlikka yetdi. Endi Hajarul asvadni o‘z o‘rniga qo‘yish kerak edi. Ammo bu ishni kim qiladi; kim bu sharafga munosib hali noma’lum edi.
Bu muammo birdan hamjihatlik muhitini o‘zgartirib yubordi. Ka’bani qurish ishida ishtirok etayotganlar orasida yuzaga kelgan do‘stona va birodarlik muhiti sovuqlashib, hamma obro‘ talashib, aslzodalik da’voiga berildi. Har bir qabila o‘zini bu sharafga munosib deb hisoblar, ikkinchi yoki uchinchi darajaga tushib qolishni sira istamas edi.
Qurilish to‘xtab, janjal boshlandi. Qabilalar orasidagi munozara kechgacha cho‘zilib ketdi. Hamma o‘zinikini ma’qullar, hech kim boshqaning gaiini eshitishni xohlamas edi.
Natijada Bani Abdu’dor janjalni battar avjiga chiqardi. Hammaning ko‘zi oldida qon to‘la bosh chanog‘ini o‘rtaga qo‘yib, ichiga qo‘llarini botirib, qasam ichdilar. Bani Odiyy ham qasamga qo‘shildi. Bu qasamning ma’nosi so‘nggi tomchi qonimiz qolguncha shu yo‘lda kurashamiz, demak edi.
Boshqa qabilalar ham shunday fikrda edilar. Ular ham to o‘lmagunlaricha Hajarul asvadni o‘rniga qo‘yish da’voidan voz kechmaslikka azmu qaror qilgan edilar.
Qilichlar qinlaridan bir marta sug‘urilsa, qaytib joylariga kirishi oson bo‘lmasdi. Balki yillarcha davom etadigan qon da’volarining eshigi bir ozdan so‘ng ochilishi hamda Ka’baning yonida to‘kilgan qonlarning hisobkitobi avloddanavlodga surib ketishi hech gap bo‘lmay qolgan edi.
Aslida, Makka va uning yontevaragi Haram vodiyi hisoblanardi, ya’ni, janjalsuron, urush qilinmaydigan muborak bir zamin edi. Bu zaminda har kimning joni va moli xavfdan xoli edi. Ammo Hajarul asvadni o‘z o‘rniga kim qo‘yadi, degan muammo ularning ko‘zinigina emas, qalbini ham ko‘r qilib qo‘ydi, Haram vodiyida, hatto muqaddas dargoh bo‘lmish Ka’baning yonida, Ka’baning qurilishida ekanliklarini unutdilar.
Tortishuvning beshinchi kuni, qo‘llar qilichlarga uzatilgan qaltis bir vaziyatda u yerdagilarning eng ulug‘ yoshlisi Abu Umayya Mug‘iyra ibn Abdulloh o‘rtaga otildi:
— To‘xtang, to‘xtang, ey insonlar! — deb baqirdi u.
— Gapir, nimani istaysan, ey qariya.
— Urush, janjalto‘polon bilan ish bitmaydi. Bundan tashqari, sizlar bu muqaddas Baytning xizmatchilarisiz. Urush qilsangizlar, bu muborak dargohga nisbatan xurmatsizlik qilgan bo‘lasizlar. Holbuki, bu janjal nimadan kelib chiqdi? Unga bo‘lgan cheksiz hurmat
extiromingizdan! Shunday emasmi?
— U holda nima qilish kerakligini ayt bizga.
— Masalaning yechimini bir hakamning ixtiyoriga qoldiringlar. Muammoni u xal etsin.
— Kimnn hakam qilamiz, kimga topshiramiz bu ishni? Abu Umayya so‘zlari ta’sir qilganidan xursand bo‘lib ketdi. «Bani Shayba» darvozasini ko‘rsatdi.
— Shu darvozadan birinchi bo‘lib kirgan kishini o‘zimizga xakam qilamiz.
Bu taklif hammaga ma’qul bo‘ldi. Kimning kelishini hech kim bilmas, shuning uchun bu tadbir adolatsiz hisoblanmas edi.
— Ma’qul taklif.
— Ha, juda ma’qul. Bu darvozadan ilk bor kirgan kishi xakam bo‘ladi. Hamma «Bani Shayba» darvozasiga tikildi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  01 Yanvar 2009, 01:08:30

* * *
Abul Qosim Muhammad ibn Abdulloh Ka’ba qurilishi uchun hamma qatori tosh tashigan, ammo janjal boshlangach, ketib qolgan edi. Bema’ni, tuturiqsiz munozaralarga toqati yo‘q edi uning.
Oradan bir necha kun o‘tgandan keyin vaziyat o‘zgargano‘zgarmaganini bilish uchun yana Ka’ba tomonga yo‘l oldi.
Ka’baning atrofini o‘rab turgan va Masjidi Haram deb ataluvchi keng dargohning bir necha darvozasi bor edi. Ularning eng oldingisi bo‘lmish «Bani Shayba»dan ichkariga kirdi. Kirarkirmas:
— Al-Amin... Al-Amin... Mana, Amin keldi...
— Amin keldi, uning hakamligiga rozimiz... — kabi ovozlar eshitildi. Yuzlarda tabassum paydo bo‘lgan, keskin vaziyat birdaniga yumshagan edi.
—    Nima gap? Mendan nima istaysizlar?
—    Oramizda hakam bo‘lasan...
Masalani tushuntirdilar. Qanday yo‘l bilan uni hakam qilganliklarini izohladilar. Oxirida yana Abu Umayya so‘z oldi:
— Sening insofing, adolatingga ishonamiz, ey Abu Qosim. Oramizda hakamlik qilib, to‘g‘ri hukm chiqar, —dedi. Buyuk Amin atrofidagilarga:
— Menga bir ko‘ylak keltiring, — dedi.
Olib keldilar. Muhammad uni yerga to‘shadi. Hajarul asvadni (Qora toshni) uning ustiga qo‘ydi.
— Har bir qabiladan bir kishi mana shu ko‘ylakning bir uchidan tutsin, — dedi. Yengil nafas oldilar. Ko‘zlarda mamnuniyat hissi balqidi. Utba ibn Robi’a, Abu Zam’a ibn Asvad, Abu Huzayfa ibn Mug‘iyra, Kays ibn Odiyy kabi kishilar ko‘ylakning to‘rt uchidan tutdilar. Barobar ko‘tardilar. Muqaddas tosh o‘rnatilishi lozim bo‘lgan joygacha keltirib, tepaga ko‘tardilar. Shu onda Al-Amin bu muborak toshni quchog‘iga olib, joyiga o‘rnatib qo‘ydi. Butun kelishmovchiliklar bir zumda bitdi, bema’ni urushning oldi olindi, hamma bu adolatli hukmdan rozi bo‘ldi.
— Xudo haqqi, al-Amin adolatli, oqilona hukm chiqardi, — dedilar.
Ka’ba oldingisidan ikki baravar yuksak qilib qayta qurildi. Eshigi bir odam bo‘yidan sal balandroq bo‘ldi. Ashyolar yetarli bo‘lmagani bois Ka’baning bir oz joyi ochiq qoldirildi. Bu yer «hotiym» deb atalardi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  01 Yanvar 2009, 01:09:01

* * *
Keyingi yili ham qurg‘oqchilik boshlandi. Bu degani, makkaliklar uchun yangi, yana bir og‘ir, azobuqubatli mavsum keldi demak edi. Qurg‘oqchilik azobi boshqa akaukalardan ham ko‘proq Abu Tolibni og‘ir ahvolga solib qo‘ydi.
Bir kuni Al-Amin amakisi Abbosga ro‘baro‘ bo‘ldi.
— Marhamat qil, yo Amin...
— Bilasizki, amakim Abu Tolibning ahvoli yaxshi emas. Farzandlari ko‘p. Uning bittadan bolasini panohimizga olib, yordam bersak qanday bo‘larkin? Abbos bu taklifga rozi bo‘ldi. Abu Tolibning uyiga bordilar. Maqsadlarini bildirdilar. U xursand bo‘ldi.
— Tolib bilan Oqilni o‘zimga qoldiring, boshqalaridan istaganingizni oling, — dedi. Abboe Ja’farni, Al-Amin esa, Alini o‘z qaramoqlariga oldilar. Shu yo‘sinda Abu Tolibning kenja o‘g‘li Ali bolalik chog‘idan e’tiboran insoniyatning fazilatxonasidan panoh topgan, saboqlarini shu yerdan ola boshlagan edi.

Qayd etilgan