Ahmad Lutfiy Qozonchi. Saodat asri qissalari (1-kitob). Intizor kutilgan tong  ( 211360 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 ... 31 B


AbdulAziz  01 Yanvar 2009, 01:11:28

YANA SALMON

Salmon Mosulga bordi. Rohib tavsiya etgan odamni topdi. U ta’rif etilganidek, samimiy inson ekan. Keyin u ham o‘lgach, uning tavsiyasiga ko‘ra, Nusaybinga ketdi. Nusaybindagi rohibning qazosi yaqinlashgach, u Salmonni Onado‘lining Ammuriya shahrida (hozirgi Amirdog‘da) yashovchi bir tanishining huzuriga jo‘natdi.
Shu tariqa, bir necha marta boshpanasini o‘zgartirgan Salmon ularni ham topdi. Bir rivoyatda naql qilinishicha, Anqaraning bir kalisosida (ushbu kaliso Hojibayram jome’ masjidi yonida hali ham mavjud) boshqa bir ruhoniyning xizmatida o‘n yil qolib ketdi. So‘nggi marta Ammuriyada xizmatini qilgan ustozini juda yaxshi ko‘rib qolgan, unga ixlosi baland edi. U ham boshqa din arboblari singari o‘z maslagiga sodiq, haqdan boshqa so‘zni so‘zlamas edi. Salmon uning panohida diniy vazifalarini bajarar ekan, ozroq mablag‘ ham orttirdi, qo‘yechki, sigir sotib olib, bokdi. Biroq muqarrar ajal bu ruhoniyning ham eshigini qoqib keldi. Salmon endi nima qilishi kerakligi, kimning huzuriga bosh urib borishni undan ham so‘radi. Ruhoniy ohista gap boshladi:
— Ey Salmon, zamon juda o‘zgarib ketdi. Yaxshi odam larning ko‘pi o‘lib ketdi. Endi shu bepoyon dunyoda seni omonatga tashlab ketishga arziydigan odam ham qolmadi. Bu so‘zlar Salmonning ko‘nglini cho‘ktirdi. Ko‘zlarida yosh qalkdi. Biroq ruhoniy hali gapini tugatmagan edi. Ovozi xirillar, gapirishi ham tobora qiyinlashib borar edi. Bir oz tin olgach:
— Lekin, ey Salmon, Ollohning so‘nggi payg‘ambari keladigan kunlar juda ham qinlashib qoldi... Ismi AhmadMuhammaddir... Bu Payg‘ambar Tixoma taraflardan, Haram xalqining orasidan chiqadi... Ilk qiyinchiliklarga uchraganida xurmozor bir shaxarga, meningcha, Yasribga ko‘chadi... Bu Payg‘ambar sadaqa olmaydi... Hadyani qabul qiladi... Orqasida, ikki kurak suyagining o‘rtasida payg‘ambarlik muhri, belgisi bo‘lishi kerak...
Ruhoniy yana jim bo‘lib qoldi. Og‘irog‘ir nafas ola boshladi. Peshonasida ter tomchilari hosil bo‘ldi. Salmon pirining manglayidagi terlarini artdi, og‘ziga bir necha tomchi suv tomizdi.
— Endi bu Payg‘ambarga yetishishga umidim qolmadi. Agar sen uni topa olsang, darhol unga iymon keltir. Uning fikrini tasdiqla. Uning yo‘liga kir. Buyurgan hamma ishlarini qabul qil va astoydil bajar. Salmon bu so‘zlarni zo‘r diqqat bilan tingladi, xuddi xazina topib olgan kishidek suyunib ketdi. Shundan keyin, bu Payg‘ambarning amru farmonlariga qay darajada quloq tutishi kerakligini bilib olish uchun so‘radi:
—   U Payg‘ambar dinimizni tark etishni buyursa ham, bajarishim kerakmi?
—   Ha, hech ikkilanma. Chunki uning har bir gapi ayni haqiqatdir. Ollohning roziligi uning amrini bajarish bilan barobardir. Buyuk Olloh jo‘natgan har bir payg‘ambaridan Muhammadning zamonigacha yashagan takdirda unga iymon keltirish va unga yordamchi bo‘lishlari to‘g‘risida va’da olgan, hamma payg‘ambarlar ham ummatiga eng so‘nggi payg‘ambar bo‘lgan AhmadMuhammadni vasiyat qilgan, uning atrofida, uning ummati o‘laroq to‘planishni buyurgan. Bu suhbatdan keyin ko‘p o‘tmay ruhoniy vafot etdi.
Salmon Ammuriyada yana bir muddat qoldi. Bir kuni savdosotiq ishlari bilan Onado‘lga kelgan va endi o‘z yurtlariga qaytayotgan Qalb qabilasining karvoni haqida eshitdi. Salmon borbudini yig‘ishtirib ularga berish evaziga o‘zini Haram vodiyiga olib borishlarini so‘radi. Sigirlariyu echkilarini ularga berdi. Shu tariqa yo‘lga chiqildi. Biroq Vodiul Quro degan joyga yetganlarida qalbliklar so‘zlaridan qaytdilar va uni qul qilib bir yahudiyga sotib yubordilar.
Salmon atrofida xurmo daraxtlarini ko‘rib, ruhoniy ta’riflagan joy aslida shu yer bo‘lsa kerak, deb o‘yladi. Ammo unday emas ekan. Keyinroq Qurayza qabilasiga mansub xo‘jayinining amakivachchasi bo‘lmish boshqa bir yahudiy uni sotib oldi va birgalikda Yasribga jo‘nadilar. Salmon qul bo‘lish evaziga bo‘lsa ham, borgan yeri ta’riflangan joyga uyg‘un ekanligini ko‘rib, g‘oyat quvondi. Buyurilgan ishlarni bajonidil bajarib, ruhoniy kelishidan xabar bergan Buyuk Payg‘ambarni kuta boshladi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  01 Yanvar 2009, 01:44:27

YAHUDIY OLIMLARI

Shom tomonlarda Hazrati Musoning dinini qabul qilgan, ilm va ibodat bilan baravar shug‘ullanadigan bilimdon yahudiy bor edi. U kichik yoshidan boshlab toatibodatga berilgan, zamonasining yetuk olimlaridan saboq olgan, bundan tashqari, mustaqil ravishda bilimini oshirishdan erinmaydigan inson edi.
Bir kuni qo‘niqo‘shnilari va do‘stu birodarlari uning safarga hozirlik ko‘rayotganiga shohid bo‘ldilar.
— Qaerga, ey Hayyibon, yo‘l bo‘lsin? — dedilar.
—   Ko‘chib ketayotirman. Hijoz tomonlarga borib yashamoqchiman.
—   Nega endi dabdurustdan, ey Hayyibon? Nega bizni tashlab ketasan. Bu yerda bizdan yomonlik ko‘rdingmi?
Yo‘q, aslo. Hech kimdan yomonlik ko‘rmadim. Ammo ko‘nglim o‘sha tomonlarga chorlamoqda.
— Nima qilasan u tomonlarda? O’zing savdogar bo‘lmasang...
— Gaplaringiz to‘g‘ri, savdogar emasligim aniq. Ammo Olloh rizqimizni berar degan umidda ketayotirman. Hayyibon shunday deb ular bilan xayrlashdi. Ertalab tong saharda bir oiladan iborat kichik karvon yo‘lga chiqdi. Yo‘lovchilar ilgarilagan sari, qadambaqadam iqlim o‘zgarar, yamyashil Shomning o‘rniga ondasonda xurmozorlar uchraydigan vohalar kela boshladi. Bir necha kunlik yo‘ldan so‘ng xurmozorlar ham ko‘rinmay qoldi. Shomning latif iqlimiga moslashgan oila kutilganidan ham uzoqqa cho‘zilib ketgan yo‘llardan, ba’zan kelajakka umid bilan qarab, ba’zan tushkunlikka tushib ilgarilab borardi. Hayyibon goho bir ufkdan ikkinchi ufqqa qadar cho‘zilgan qumsahrolarni, goho quyosh qizdirganda yaltyalt qilgan, dengizdan farqi yo‘q sarobni tomosha etaeta, qora terlarga botabota, tili tanglayiga yopishayopisha oldinga siljirdi. Bir tomchi suvga tashna qolgan paytlar ham bo‘ldi...
Haybarda tanishgan yahudiylar uni quchoq ochib kutib oldilar. Ilmi bilan amali bir bunday pokdomon din arbobiga munosib hurmatda bo‘lishlarini izhor etib, shu yerda qolishini so‘radilar.
Ammo Hayyibon mehmondorchilik muddatini cho‘zib yuborishni istamadi.
— Niyating qaer, ey Hayyibon?
— Yasribgacha bormoqchiman.
— Bu yer Yasribdan ko‘ra xushmanzara, xushhavo, tuprog‘i unumdor.
— Shunday bo‘lsa ham, niyatimiz qat’iy, ketmasak bo‘lmaydi.
Bir ozdan so‘ng karvon yana yo‘lga tushdi.
Bani Qurayza yahudiylari bir kuni mahallalarida Hayyibon ismli bir olimni mehmon qildilar. Shomdan kelayotgani, Yasribda makon tutmoqchi ekanligini gapirdi u.
— Mana, Yasrib, qo‘l uzatsang yetadigan masofada. Chindan ham Yasribga juda yaqin qolgan edi. Ularning orasida qolish taklifiga rozi bo‘ldi. Ko‘pdan beri istagan joyiga kelgan edi. Lekin bu yerda nima qiladi? Ilmini oshirish uchun kelmagan, axir. Chunki bu srda Shomdagidan zo‘rroq olimlar yo‘q edi. Bu yerda mulki ham yo‘q edi. Savdogar emas edi. Ilmi va axloqini ko‘rgan yahudiylar unga yer, bog‘ ham ajratib, ekin ekib, ro‘zg‘or tebratishga imkoniyat yaratdilar. Hayyibon tinmay o‘qib, ibodat qilib, ibratli hayot kechira boshladi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  01 Yanvar 2009, 01:46:36

Qurg‘oqchilik mavsumi kelganda yahudiylar uning xuzuriga to‘plandilar, yomg‘ir duosiga chiqishini so‘radilar
— Yo‘k, bu ishni qilolmayman. Avval muhtojlarga sadaqa berishingiz kerak.
—   Qanchadan beramiz?
—   Bir mikdor xurmo yoki ikki mikdor arpa.
U istagan miqdorda muhtojlarga sadaka tarqatildi. Shundan keyin ular bilan birgalikda yomg‘ir duosiga chikdi, yalinibyolvordi. Janobi Haq yomg‘ir yubordi.
Yana bir necha bor yomg‘ir duosiga chiqildi. Har safar xalq sevinch bilan qaytdi. Bir kuni Hayyibon kasal bo‘lib qoldi. Ancha qarigan, vujudi ham holdan toygan edi. Uni ziyorat qilishga keldilar. Salomatlik tiladilar. Biroq Hayyibon vaqtsoati yaqinlashganini sezdi. Bir kuni o‘zini bir oz durust his etgach, kurayzaliklarga xabar berdi.
— Ey yahudiy millati, men Shomdek to‘kinsochiy va baraka oshibtoshib yotgan zaminni tark etib, sizlarving bu qurg‘oqchil yerlaringizga nima uchun kelganimni bilasizlarmi? — dedi.
Bilmaymiz. Albatta, sening bundan ko‘zlagan alohida maqsading bo‘lishi kerak.
— Bu yerga yaqin orada yuborilajak Payg‘ambarni kutish uchun kelgan edim. Zero, Yasrib uning hijrat qilib joylashadigan vatanidir. Bu paytgacha unga payg‘ambarlik vazifasi berilar, men ham uning diniga kirib saodat toparman, deb umid etdim. Biroq umrim poyoniga yetganini sezib turibman. Unga yetishish menga nasib bo‘lmas ekan. Shuni yaxshi bilib qo‘yingki, uning payg‘ambarlik vazifasini olishiga juda ham oz vaqt qoldi, sharpasi boshingiz ustida turibdi, desam sira yanglishmayman. Unga ishonib, dinini qabul etishda boshqalar sizlardan o‘tib ketmasin. Chunki u zimmasiga o‘ziga bo‘ysunmaganlarga qarshi qilich ishlatish va bolalarini asir qilish vazifasini ham oladi. Zinhor sizlarni uning diniga kirishdan hech kim to‘smasin...
Hayyibon shu gaplarni aytib, jim bo‘lib qoldi va bir necha kundan so‘ng hayotdan ko‘z yumdi. Qurayza qabristoniga dafn etildi. Hayyibonning bu so‘zlari nechog‘li samimiy edi? Jo‘natiladigan so‘nggi payg‘ambarning da’vat kunlarigacha yashasa, chindan ham iymon keltirib, musulmon bo‘larmidi? Ilohiy iroda uni qanday kutib oladi? Ertaga — hisobkitob kuni unga qay tarzda muomala qilinadi?
Biz bu savollarning javobini bilmaymiz. Ammo uning bu yo‘lda vatanni tark etgani, shu yo‘lda turli mashaqqatlarga duch kelgani va maqsadini amalga oshirish uchun uzoq safarga chiqqanini bilamiz. Biroq u yuragidagi armon bilan o‘lib ketdi...

Qayd etilgan


AbdulAziz  01 Yanvar 2009, 01:47:02

* * *
Yasribning butga sig‘inadiganlar mahallasi...
Salama ibn Salom ismli, gapga tushunadigan va boshqalarga tushuntira oladigan yoshdagi bir bola... Uylariniig yonidagi bir toshda o‘tirar va olomonga qarata hayajonli nutq so‘zlayotgan yahudiy qo‘shnisini zo‘r maroq bilan tinglar edi.
U yahudiy to‘plangan odamlarga qiyomat kuni kelishi, butun jonzotlarning qirilib ketishi, keyin qayta tiriltirilishi, yaxshiyomon amallarning o‘rtaga ko‘yilib, hisobkitob qilinishi, insonlarning bu hisobkitobdan so‘ng jannatga yoki jahannamga kirishi haqida gap uqtirar edi.
Uning so‘zlarini tinglayotganlarning hammasi mushriklar edi. Na oxiratni, na qayta tirilishu na hisobkitob va na mezonni bilardilar.
— Menga qara, ey rohib, sen bu gaplaringga chindan ham ishonasanmi? Sening aytayotganlaring muqarrar ravishda sodir bo‘ladimi?
— Albatta.
—    Ya’ni, ichida jannat va jahannam mavjud bo‘lgan bir olamda insonlar qayta tiriltirilnb, hisobkitob qilinadi, shundaymi?
—    Ha. Nimani o‘rtaga qo‘yib qasam ich, desangiz, hammasiga tayyorman.
So‘ngra atrofida yig‘ilganlarga birmabir karab chiqdi.
— Istardimki, uyimda tandirga olov yoqib meni yondirsangiz, zora, men shu olovda yonib kul bo‘lsamu, ertangi kun u dunyoda do‘zax azobidan qutulsam. Tinglovchilardan biri gapga aralashdi.
— Jabr senga qo‘shni, o‘z joningga jabr qilastirsan. Bu gaplaringni tasdiqlaydigan daliling bormi? Yahudiy ko‘zlarini Makka tomonga qaratdi. Ufqlarga termuldi, so‘ngra qo‘llari bilan ishora qilib, shunday dedi:
— Mening so‘zlarimni tasdiqlaydigan inson mana shu tomonlardan yaqinda vazifasiga chaqiriladigan bir payg‘ambardir. Yaxshi. Xo‘sh, biz uni qachon ko‘ramiz? Yahudiy 6u daf’a eshikning oldida o‘tirgan Salama ibn Salmonni ko‘rsatdi:
— Mana shu bola balog‘atga yetsa, ko‘radi.
Bu so‘zlar Salamaning ongiga muxrlanib, uzoq yillardan keyin ham unutilmaydigan bir xotira bo‘lib qoldi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  01 Yanvar 2009, 01:48:26

* * *
Bir kuni Yasribning yerli aholisi bo‘lmish mushriklar bilan yahudiylar orasida kichik bir kelishmovchilik chikdi. Mushriklar ko‘n edi. Aslida qo‘rqoq bir millat bo‘lgan yahudiylarning ko‘pdan beri popugini pasaytirib qo‘yishgan, ular lommim demaydigan bo‘lib qolgan edilar. Qachonki, bir janjal chiqsa, Hazraj va Avs qabilasi yahudiylardan ustun kelar, yahudiylar esa, mag‘lubiyat Al-Amini tortar edilar.
— Bir kuni sizlarni adabingizni beramiz, ey Yasrib xalqi, — deyishardi yahudiylar.
— Bugun adabimizni berishga kim xalaqit beryapti?
— Bugun sizlarning qo‘lingiz balandligini inkor etolmaymiz.
—   Har doim shunday bo‘ladi! Bilib qo‘yinglar!
—   Mana, ko‘rarsizlar, bir kun kelib bizning kunimiz ham tug‘ib qolar.
—   Tushlaringizni suvga aytinglar. Yasrib doimo yahudiylarni chig‘iriqdan o‘tkazadigan bir tegirmon bo‘lib qolaveradi. Bir kuni kelib, go‘ringizni qaziydigan bitta yahudiy ham qolmaydi.
—   Unisi hali noma’lum. Biz kutayotgan Payg‘ambar kelsin, o‘shanda kim g‘olibu kim mag‘lub bo‘lishi ayon bo‘ladi. Ko‘rasizlar hali, sizlar bilan boshqacha hisoblashamiz, Od va Iram qavmlari kabi yo‘q bo‘lib ketasizlar!..
Yahudiylarning nimaga shama’ qilayotganini tushunib yetmagan mushriklar qo‘pol muomalaga o‘taqoldilar:
— Qani, daf’ bo‘linglar bu yerdan, la’nati yahudiylar!

Qayd etilgan


AbdulAziz  01 Yanvar 2009, 01:52:17

HAQ DIN YO’LIDA
Xaniflar

Makkada bayram. Makkaliklarning deyarli hammasi shahar ko‘chalariga chiqqan. Ular bir butning atrofiga to‘planganlar. Qurbonliklar so‘yilib, butga baxshida etilayotir. Qilingan qurbonliklardan butlar nimani tushunganliklari hech kimni qiziqtirmaydi.
Shu bayram kuni bu odamlarga qo‘shilmay, ularning kulgili xattiharakatlarini bir chekkada kuzatib turgan to‘rt kishi ham bor edi. Ular juda g‘amgin edilar.
— Qavmimiz tutgan yo‘l hech ham to‘g‘ri emasda...
Haqiqiy din bu din emasligiga qasam ichishim mumkin.
— Gaping to‘g‘ri, ey Varaqa. Men ham sening fikringga qo‘shilaman. Mana, masalan, qoshida qurbonlik so‘yilayotgan bu but, meningcha, boshqa toshlardan sira farq qilmaydi. Hech kimga foydasi ham yo‘q, zarari ham.
Bu so‘zlarni so‘zlagan Zayd ibn Amr edi. U yana birodarlariga qarab:
— Men qat’iy qaror qildim: darhol yo‘lga tushamanda, haqiqiy dinni izlayman. Meningcha, haq din payg‘ambar Ibrohimning dinidir, — dedi.
— Ha, albatta, Ibrohimning dinidan boshqa haq dinning yo‘qligiga aminman.
Suhbat shu tarzda davom etdi. Qisqa vaqt ichida yo‘lga tushishga ahdlashib, tarqaldilar. Bular — Varaqa ibn Navfal, Zayd bin Amr, Usmon ibn Huvayris, Abdulloh ibn Jahsh edi. Ammo bu yig‘ilish va suhbat Fil hodisasiga nisbatan qaysi yili bo‘lgani noma’lum.

Qayd etilgan


AbdulAziz  01 Yanvar 2009, 01:54:11

* * *
Varaqa ibn Navfal Shom tomonlarga ketdi. Uchrashgan din arboblarining ta’sirida xristianlikka kirdi. O’qish, yozishni o‘rgandi. Xristian diniga oid kitoblarni o‘qidi. Ibroniy, ya’ni, qadimgi yahudiy tilini o‘rganib, Tavrotni ham mutolaa qildi.
Makkaga qaytganda yahudiylikni ham, xristianlikni ham chuqur o‘rganib olim bo‘lgan, hatto Tavrotdan, Injildan ba’zi narsalarni yodlab olgan edi. Ba’zan yahudiy tilida o‘qigan diniy kitoblarining mazmunini arab tilida so‘zlab berardi. Ammo na birovni xristianlik diniga chorlardi, na Makka ahlidan biror kishi uning oldiga kelib: «Ey Varaqa, payg‘ambar Iso alayhissalomning dinini menga ham o‘rgat, men uning diniga kirishni istayman», der edi. U o‘z holicha, to‘g‘ri ekanligiga ishongan xristianlik diniga sodiq bo‘lib qolaverdi. Birov kelib: «Sening butlarimizga ibodat qilganingni ko‘rmay qoldik. Endi oramizga qo‘shilmasang, bo‘lmaydi», demadi ham. Vaqt o‘tib Varaqaning ko‘zlari xiralashdi. Yaxshi ko‘rmaydigan bo‘lib qoldi. Lekin o‘qigan kitoblarida yozilgan ma’lumotlar yodida edi. Chunonchi, Tavrot va Injilda o‘qiganida bir necha oyatning endi keladigan Payg‘ambar haqidagi xushxabari uning zehniga o‘rnashib qolgan, bu so‘nggi Payg‘ambarni intizorlik bilan kutar edi. U zot shu Makka shahridan chiqadi deb ishonchi komil edi. Orasira makkalik tanishlariga chuqur razm solar, «Ajabo, bulardan qaysi biri payg‘ambar bo‘lishi mumkin, saodat toji ulardan qaysi birining boshiga kiygizilar ekana?!» deb o‘ylab qolardi. Kimga payg‘ambarlik unvonini munosib ko‘rishini, albatta, Olloh o‘zi yaxshiroq biladi.
— Nima bo‘lardi, ey Rabbim, meni o‘sha Payg‘ambarga yetishtirsang...
So‘nggi paytlarda Varaqa shu duoni pichirlab aytib yuradigan bo‘lib qoldi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  01 Yanvar 2009, 01:56:48

* * *
Usmon ibn Huvayris Shomga bordi, o‘sha yerda muqim o‘rnashdi. U ham xristianlikni qabul qildi. Bundan tashqari, Shom hokimiga makkaliklar ustidan arz etib, agar ularning ustiga muntazam bir qo‘shin bilan yurish uyushtirilsa, u yerlarni osongina fath qilish mumkinligiga ishontirdi.
Hokim o‘zining qo‘li ostida xizmatda bo‘lgan ikkinchi darajali boshqa bir hokimga maktub yozib, Usmon ibn Huvayrisdan berib yubordi. Maktubda qo‘shin bilan Makka ustiga yurin1 qilish va u yerlarni ishg‘ol etish buyurilgan edi.
Hokim ibn Jafna bu farmonni bajarish uchun tayyorgarlik ko‘ra boshladi. Shu paytda uning maqsadidan voqif bo‘lgan darveshlar guruhi Ibn Jafnani ziyorat qilish uchun izn so‘radilar. Ibn Jafna huzuriga tashrif buyurgan tarkidunyochilardan so‘radi:
— Xo‘sh, xizmat?
— Ey malik, Haram xalqi ustiga qo‘shin bilan yurish qilish niyatingni eshitdik, shu to‘g‘rimi?
— Ha, to‘g‘ri. Menga buyurilgan farmon shu.
— Ey malik, bizlar seni yaxshi ko‘ramiz. U yerlarni bosib olsang, bundan bizga hech qanday ziyonzahmat yetmaydi. Ammo u yerda «Ka’ba» deb ataluvchi, payg‘ambar Ibroxim zamonidan qolgan bir Bayt borki, Olloh hech kimsaning bu Baytga qo‘l ko‘tarishiga, unga hujum qilishiga rozi bo‘lmaydi. Chunonchi, bundan bir necha yil oldin Yaman tomonlardan kelgan katta qo‘shin Makkaga yetay deb turganda, Ollohning qarg‘ishiga uchrab, mahv bo‘lib ketdi. Bu ayni haqiqatdir. Zinhor bunday ishga bel bog‘lamagin, — dedilar.
Shundan keyin Fil hodisasini tafsilotlari bilan so‘zlab berdilar.
— Bularni faqat va faqat yaxshilik tilab gapirib berdik, ey malik. Boshingga bir kulfat tushsa, biz uchun benihoya qayg‘uli bo‘ladi — dedilar.
Ibn Jafna ularni kuzatgach, kichkina bir tekshiruv o‘tkazib, Abraha lashkarining fojiaviy halokati haqida aniq ma’lumot oldi. Darhol tayyorgarlikni to‘xtatdi. Usmon ibn Huvayrisni huzuriga chaqirtirdi. Haram hududini fath etishga bunday imkoniyat yaratib bergani uchun tashakkur bildirdi. Bu hali xamir uchidan patir, deya bir necha ko‘ylak hadya etib, egniga kiydirdi. Usmon yangi libos kiygani uchun kechqurun tanasining qattiq qichishayotganini sezdi. Qashingan edi, yaralar paydo bo‘ldi. Uzini tobora yomon his qila boshladi. Shundan keyin birdaniga:
— Yo, alhazar... — deb yubordi.
Ammo vaqt o‘tgan edi. Ko‘ylagiga zahar surtilganiga hech shubhasi qolmadi. Darhol yechdi. Biroq endi hech narsani o‘zgartirib bo‘lmasdi. Sekinasta o‘limi yaqinlashaverdi.
Bir necha soatdan so‘ng ibn Jafnaning huzuriga kirganlar unga Usmon ibn Huvayrisning tipirchilabtipirchilab, jon berganini bildirdilar.
— Bizga qazigan chohga o‘zi yiqildi, — dedi hokim.

Qayd etilgan


AbdulAziz  01 Yanvar 2009, 01:58:37

*   * *
Abdulloh ibn Jahsh turli joylarga bordi, ko‘p odamlar bilan muloqotda bo‘ldi. Nihoyat, u ham xristianlikka kirdi. Bu din uning qalbiga huzur va osoyishtalik bag‘ishladi. Abdulloh qidirgan narsasini topganiga ishonchi komil edi. Yana Makkaga qaytdi va u yerda tinch hayot kechira boshladi.

*   * *
Zayd o‘rtoqlari bilan xayrlashib, uyiga kelgach, maqsadini avval xotini Safiyyaga bildirdi. Hadromiyning qizi Safiyya bundan sira xursand bo‘lmadi. Erini juda yaxshi ko‘rardi. Yaxshi xulqli, pokiza va suyukli inson edi. Kelishgan, basavlat bir kishi edi. Uzoq vaqt undan ayrilishini hech ham xohlamadi.
— Ketma, Zayd, shu yerda yonimda qol, sensiz turolmayman, — dedi.
Ammo Zaydning ahdi qat’iy edi. Bu shunchaki aytilgan gap emas, ko‘nglining tubtubigacha singib ketgan dunyoqarash edi. Erxotin hech kelisha olmadilar. Zayd ketish fikridan bir daqiqaga bo‘lsada, qaytmadi. Safiyya ketkizmayman, deb o‘jarlik qilib turib oldi. Zayd Safiyya ko‘rsatgan hamma vajlarni sabrtoqat bilan tingladi, uni ko‘ndirishga urindi, keyin:
— Ammo men, albatta, haq dinni topishim kerak. Bu yo‘lda har kanday og‘irchilikka, yo‘kotishlarga ham tayyorman, — dedi.
— Xo‘p, biz sensiz nima qilamiz? Zayd o‘g‘liga ishora qildi:
— Mana, Said. Bolamni bag‘ringga bosib, o‘zingni ovutarsan.
Kelajakda lsannat xushxabarini hayotlik chog‘idayoq oladigan bu kichkina bola «Asharayi mubashshara»dan (iayg‘ambarimiz jannati bo‘lganliklaridan xushxabar bergan o‘n kishidan) biri bo‘lgan Said ibn Zayd hazratlari edi.
Biroq bu bahona Safiyyani ishontirolmadi.
— Aytishga oson. Lekin ayol uchun erining o‘rni boshqa, o‘g‘ilning o‘rni boshqa. Bahstortishuvlar shu tarzda cho‘zilib ketdi, Zayd xotinini hech ko‘ndirolmadi. Oxiri, u rozi bo‘lmasa ham, yo‘lga chiqishga qaror berdi. Safiyya ham, o‘z navbatida, uni qanday qilib bo‘lsada, olib qolishga qat’iy kirishdi. Nixoyat, axvolni Zaydning amakisi Xattobga gapirib berdi. Xattob Zaydga pandnasihat qildi, do‘q urdi. Haq din haqidagi xomxayolni miyangdan chiqarib tashla, deb qattiq ogohlantirdi. Xattob Zaydning xam amakisi, ham akasi edi. Zaydning bobosi Nufayl o‘lganida, orqasidan ikki o‘g‘il va xotini qolgan edi. Biri oldingi xotinining o‘g‘li Amr, ikkinchisi endi beva qolgan xotinidan tug‘ilgan Xattob. Nufaylning ta’ziyasi kuni g‘alati hodisa ro‘y berdi. Azaga kelgan xotinlar dod solib yig‘lar edilar. Arab odatlariga ko‘ra, yaxshi xislatlari ta’rif etilgan marsiyalar o‘qilardi. Shu payt Nufaylning o‘g‘li pusib borib, bir xoiaga kirdi. Chapga, o‘ngga alangladi. Hech kimning u bilan ishi yo‘qligidan foydalanib, bir zumda qo‘ynidan chiqargan ro‘molni o‘gay onasining boshiga yopdi.
Ayol bir sapchib tushdi. Biroq endi bo‘lar ish bo‘lgan, ro‘mol boshiga yopilgan edi. Bundan buyon Amr o‘gay onasining yakka xo‘jayini bo‘lish huquqini qo‘lga kiritgan edi. Istasa unga o‘zi uylanadi, istasa, boshqa birovga sotib yuboradi. Chirkin, ammo keng tarqalgan odat edi bu. Eri o‘lgan xotin marhumning janozasi o‘qilayotganida aza tutsinmi yoki erining yaqin qarindoshlaridan biri to‘satdan boshiga yoiadigan ro‘moldan saqlanish yo‘llari haqida bosh qotirsinmi? Boshiga og‘ir kulfat tushgan ayol yo butun dardini unutib, faqat shu haqdagina o‘ylashi va ovlanishdan qutulishi, yo boshiga tushadigan ishga rozi bo‘lishi, ikki yo‘ldan birini tanlashi kerak edi. Uchinchi yo‘l yo‘q edi.
Marxum uydan olib chiqib ketilgach, ov muddati tugardi. Amr ugay onasining boshiga ro‘mol yopish orqali egalik huquqini qo‘lga kiritgach, uni birovlarning ixtiyoriga topnshrib qo‘yish niyatida emasligini ochiqoydin bildirgan edi. O’ziga ma’qul bo‘lgan paytda unga uylandi. Bu nikohdan Zayd ismli bir o‘g‘il dunyoga keldi.
Zayd ulg‘aygach, qavmining bu ahmoqona odatlariga qarshi qalbida jirkanish hissi uyg‘onganini his etdi. Toshlarga, daraxtlarga tangri deya sig‘inishning bema’niligini angladi. Bunday xattiharakatlar noto‘g‘riligini aytishdan tap tortmadi. Ammo bu yo‘lda ilk bor unga qarshi chiqqan odam ham amakisi, ham onasi bir aka bo‘lgan Xattob edi. Zayd Xattobdan rosa kaltak yedi.
Shundan keyin Safiyya har safar Zaydning yo‘lga tayyorgarlik ko‘rayotganini sezdi deguncha, Xattobga xabar jo‘natar, masala shu bilan hal bo‘lar edi. Ammo bir kuni kslib bu choratadbirlar ham foyda bermay qo‘ydi. Erta tongda o‘zini bir ishni nazorat qilish uchun chiqib ketayotgandek ko‘rsatgan Zayd kechqurun uyiga qaytmadi. Safiyya o‘g‘li Said bilan uning orqasidan qon yig‘lab qoldi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  01 Yanvar 2009, 01:59:25

* * *
Zayd Haram zaminini tark etgach, kunlarcha yo‘l yurdi. Duch kelgan joyda din arboblari haqida surishtirdi, ko‘nglida yonayotgan dardi bedavoga malham qidirardi. Nihoyat, bir xristian ruhoniyi uning savollariga shunday javob berdi:
 Senga Iso alayhissalomning diniga kirishni tavsiya etaman.
—    Isoning dini meni qoniqtirmaydi.
—    Nega?
—   Chunki Hazrati Iso yakkayu yolg‘iz bir Ollohga iymon keltirishni buyurar edilar. Sizlar bitta Ollohni uchtaga yetkazdingizlar. Olloh birdan ortiq bo‘lsa, uchta bo‘ldi nima, uch yuzta bo‘ldi nima?! Masalan, mening vatanimdagilar uch yuzdan ortiq iloh bor deb e’tirof etadilar, o‘shalardan qanday farqlaring bor?
    Sen Isoning birgina Ollohga sig‘inishni buyurganini qaerdan bilasan?
— Chunki Olloh yakkayu yagonadir. O’ziga sherik qo‘shishni amr etadigan kishini payg‘ambarlik vazifasiga tayinlashi mumkin emas. Demak, bu — sizlarning ishlaringiz, ya’ni, uch iloh bordir, deb payg‘ambar Iso emas, sizlar aytasizlar. Birikki soniya to‘xtab qoldi, uning gaplarini diqqat bilan, hayrat bilan tinglagan ruhoniyning ko‘zlariga tik boqdi:
—   Men esa, faqat yakkayu yagona Ollohga ishonishni amr etuvchi dinni qidiryapman.
—   U holda senga, iymon keltirsang, hidoyat topadigan bir din haqida ma’lumot berayin.
—    Qaysi din ekan u?
—   Ibrohim alayhissalomning dinidir.
—   U holda menga uning moxiyatini tushuntirsang.
—   Tushuntira olmayman.
—   Nega?
—Chunki u dinning asl mohiyatini, o‘zagini, mazmunini o‘zim ham bilmayman, biladigan biron kishining borligiga ham ishonmayman. Zayd u yerdan namli ko‘zlar bilan chikdi. Yana yo‘lga tushdi.
— Ollohim, sen shohid bo‘lginki, men Ibrohim payg‘ambar dinining tarafdoriman. Shu din yo‘lida yashashni, shu din yo‘lida o‘lishni orzu qilaman, — deya yo‘l bosdi.
Shundan keyin og‘irog‘ir qadam tashlab ketayotgan tuyasining ustida o‘tirgan holda Ibrohim payg‘ambar tanitgan Ollohga sajda etish maqsadida boshini tuyaning bo‘yniga egdi. «Ollohim, Ollohim, senga qanday ibodat qilishni bilolmayaiman», deya so‘zlandi.
Shom tomonlarda uchratgan bir rohibga o‘z hayotini gaiirib berdi. Shunda rohib:
—Ey makkalik birodar, tushunishimcha, sen Ibrohim payg‘ambarning dinini qidirayotirsan. Sen qidirgan dinni biluvchining yoki shu dinga kirgan bir kishining borligiga ko‘zim yetmaydi. U yahudiy emas edi, xristian ham emasdi. Pok va samimiy bir e’tiqod bilan Ollohga topinishni buyurgan payg‘ambar edi. Yahudiylik ham, xristianlik ham payg‘ambar Ibrohimdan (s.a.v.) keyin kelgan dinlardir. Ibrohim payg‘ambar namoz o‘qir, sajda qilar va ibodatlarida sening vataningda qad ko‘targan Baytga yo‘nalar edi. Zero, u Baytni ham o‘zi Ollohning amriga muvofiq qurgan edi. Sen hoziroq orqaga qayt, o‘z yurtingga bor. Chunki Olloh sening qavmingdan, sening yurtingdan bo‘lgan bir kishiga vazifa beradiki, u payg‘ambar Ibrohim tomonidan keltirilgan haqiqiy tavhid va xaniflar dinini o‘rgatadi. U Ollohning eng suyukli bandasidir. Zayd bundan ortiq ma’lumotga ega bo‘lolmasligiga ishonch hosil qilib, Makkaga qaytdi. U uchrashgan din arboblari bergan eng so‘nggi ma’lumot qidirganini o‘z yurtida topajagini ko‘rsatardi.
Yurtiga keldi. Odamlar hamon butlarga sig‘inishar, hamon ularga qurbonliklar qilishar edi. Tanishlari undan:
— Nima qilding, nima bo‘ldi? — deb so‘radilar.
— Varaqa xristianlikni qabul etdi. Ammo u din menga to‘g‘ri kelmadi. Men payg‘ambar Ibrohimning diniga e’tiqod qo‘ydim, — dedi.
— U nimaga inonardi?
—Nimaga inonganini bilmayman. Lekin nimaga inongan bo‘lsa, men ham shunga e’tiqod qiltandek qabul qilishini Ollohdan tilayman.

Qayd etilgan