Ahmad Lutfiy Qozonchi. Saodat asri qissalari (1-kitob). Intizor kutilgan tong  ( 211428 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 21 ... 31 B


AbdulAziz  01 Yanvar 2009, 02:00:50

*   * *
Bir kuni Zaydni ushbu so‘zlarni pichirlab yurganida ko‘rib qoldilar:
— Rabbim, chin ma’noda sening amringga tayyorman. Senga qul bo‘lib, bandalik qilib buyrug‘ingni bajarishni istayman. Xayrni xohlagan bandangman, mutakab bir, muttaham emasman. Ollohim, yuzimni faqat senga burganman. Menga qanday muomala kilsang ham, baribir senga iltijo qilaman. Zayd shu so‘zlarni aytib bo‘lgach, yerga egildi va boshini sajdaga qo‘ydi.

*   * *
Zayd shafqat va marxamatli bir kishi edi. Ayniqsa, qiz bolalarni tiriklayin tuproqqa ko‘mishlariga chidab turolmasdi.
Bu axmoqona hukmni bajarishga bel bog‘lagan bir otaga shunday degan edi:
— Shu go‘dakni menga ber. O’z panohimda tarbiyalab, voyaga yetkazaman.
Zayd shu yo‘sinda bu go‘dakni o‘lim changalidan qutqardi. Yillar o‘tib, o‘sha go‘dak balog‘atga yetdi, husniga husn qo‘shildi, go‘zal qiz bo‘ldi. O’shanda qizning otasiga shunday taklif qildi:
— Xohlasang, kizingni ol. Xohlasang, yana mening qaramog‘imda qolaversin.
Zayd shu yo‘l bilan anchagina ma’sum go‘daklarning jonini omon saqlab qolgan edi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  01 Yanvar 2009, 02:02:26

* * *

Xattob o‘z ukasi va, ayni paytda, jiyani ham bo‘lgan Zaydning boshqacha odam bo‘lib qaytganidan sira ham xushnud emas edi. Uni qo‘lidan ushlab, butlarning qoshiga olib bordi.
    Kani, bir ko‘ray, Zayd, bularga sajda kilginchi, — dedi.
Zayd bu taklifga aslo rozi bo‘la olmas edi. Zinhor ularga sajda qilmaslik uchun shuncha payt begona yurtlarda qolib ketgan, yuragini yondirayotgan otashni so‘ndirish uchun qanchadanqancha cho‘lu biyobonlarni oshib o‘tgan edi. Yulduzlar charog‘on etgan osmon ostida yolg‘iz o‘zi qanchadanqancha kechalarni mijja qoqmay o‘tkazdi, qanchadanqancha safar zahmatlariga yuzida tabassum bilan bardosh berdi, «Ollohim, seni qidiryapman. Ollohim, sen payg‘ambar Ibrohimga (a.s.) jo‘natgan diningni qidirmoqdaman», deya ko‘zyoshlarini oqizdi. Endi Xattob tugul, butun jahon odamlari qo‘shilishib ham bu nochor maxluklarning qoshida uni bosh egishga majbur etolmasdilar.
—    Men butlarga sajda qilmaslik uchun shuncha paytgacha begona yurtlarni kezib yurdim, — dedi.
—    Xo‘sh, ularning chindan ham iloh ekanliklariga endi ishondingmi?
—    Yo‘q. Ular aslo haqiqiy iloh emasdirlar. Ularga toatibodat qilish odamlarga hech qanday naf keltirmaydi. Ulardan uzoq yurish ham xech bir zararga sabab bo‘lmaydi. Xattob ishning cho‘zilib ketishini sira ham xoxlamasdi. Fe’li bunga yo‘l qo‘ymasdi. Masalani shartta hal etishga qaror berdi. Zaydni rosa kaltaklagandan so‘ng, endi bu tentaklikka barham berish payti keldi, deya uni yolg‘iz qoldirdi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  01 Yanvar 2009, 02:03:03

* * *
Makkaning Jidda tomonidagi Baldok deb ataluvchi manzilida yashovchi Abdulmuttalibning nevarasi Muhammad ibn Abdulloh Zayd ibn Amr bilan hamfikr edi. Zayd butlarga bosh egish u yoqda tursin, ulardan qattiq nafratlanadigan Muhammad ibn Abdullohni juda yaxshi ko‘rar, unga ixlosi baland edi. Ammo ancha paytdan buyon axtarayotgan buyuk kishisining yonginasida o‘tirib, u bilan birgalikda suxbatlashayotgandan mutlaqo bexabar edi. Faqat ugina emas, bu haqiqatdan u paytlari Muhammad ibn Abdullohning o‘zi ham bexabar edi...
Oldilariga dasturxon keltirib yoydilar. Go‘shtdan tayyorlangan taom qo‘yildi. Butlarga qurbonlik maqsadida so‘yilgan molning go‘shti emas edi, albatta. Shunday bo‘lsada, Zayd unga qo‘lini ham tekkizmadi va shunday dedi:
—Men na sizlarning butlar uchun so‘ygan qurbonlik go‘shtingizdan yeyman va na Ollohdan boshqasining ismini zikr etib so‘yilgan mol go‘shtini. Molholni yaratgan Ollohdir. Uning yashashi uchun ko‘kdan suv yuborgan, yerdan o‘to‘lan o‘stirib qo‘ygan ham Ollohdir. Shuni bilaturib ham Ollohga shak keltirasizlar.

Qayd etilgan


AbdulAziz  01 Yanvar 2009, 02:03:51

* * *
Bir kuni yaxshi odamligi bilan shuhrat qozongan savdogar bo‘lmish Abu Bakrning qizi Asmo Ka’ba yonidan o‘tib ketayotgan edi. U yerda butlarga sig‘inish bilan band bo‘lganlarga qarata shunday deya boshladi:
— Ey qurayshliklar, Xudo haqqi, orangizda mendan boshqa payg‘ambar Ibrohimning diniga e’tiqod qilgan kimsa yo‘kdir. Zinodan uzoq yuring. Chunki uning oqibati faqirlikdir. Olloh uchun so‘yilmagan molning go‘shtini ham yemang. Keyin shunday mazmundagi baytlarni o‘qidi: «Men yuzimni zalvorlizalvorli tog‘larni, qoyalarni ko‘tarib turgan shu yerni yaratganga o‘girdim. Men ko‘nglimni totli suv yuklari bilan to‘libtoshgan bulutlarning egasiga topshirdim. Shamollar kimning amriga binoan u yokdanbu yoqqa va, aksincha, esib turgan bo‘lsa, men xam o‘shaning yo‘liga kirdim, uiga banda bo‘ldim».
Asmoning bu yerda ortiq turishi xavfli edi. Chunki u yerdagilar Zaydga dushman bo‘lib, nafratdan o‘zlarini qo‘yarga joy topolmayotganlardan edi. Janjalto‘polon boshlanib ketishi hech gap emas edi. Xattobning fikricha, Zayd toza adabini yegan, endi aqli kirib qolgan bo‘lishi kerak edi. Lekin, hayhot, u o‘z fikridan qaytmabdi. Ibrohim diniga sodiq qolibdi. Qaerga borsa, qaerda o‘tirsa, Ibrohimning dinidan gap boshlar, butlarning oddiy toshlardan iborat ekanligini ochiqoydin gapirar edi.
Xattob uni ikkinchi marta tarbiyalash kerak degan fikrga keldi. U juda baquvvat edi. Chinor niholi kabi bir o‘spirin bo‘lgan o‘g‘li Umarni hech ayamay do‘pposlagan paytlari bo‘lib turardi. Ammo Umar kaltak yerkan, otasiga bo‘lgan xurmati bois lommim demasmidi yoki kuchi yetmasligini bilgani uchun azoblarga chidarmidi — bunisi bizga ma’lum emas.
Chindan ham juda baquvvat, jasur Xattob Zaydni oldiga solib, uyiga olib keldi, ikkinchi marta yana rosa kaltakladi. Bu kaltaklardan so‘ng navbat pandnasihatlar, tanbehu do‘qpo‘pisalarga keldi. Bu ham kor qilmagach, yana kaltakladi va:
— Bundan buyon Makka tuprog‘iga qadamingni bosmaysan. Chunki endi odam o‘lmasliging ravshan... — deya quvib yubordi.
Vaziyat juda keskinlashgan edi. Ulim xavfi tug‘ildi. Shunint uchun Zayd vatanini tark etdi. Ammo Makkadan uzoqlashishni o‘ylamasdi. Makka yaqinidagi tog‘u toshlardan, g‘orlardan ianoh topdi. Ko‘zyoshi to‘kib, otashin she’rlar o‘qib, o‘ziga tasalli berib yurdi. Dunyoda qolgan birgina orzui yaqinda keladigan so‘nggi payg‘ambarga yetishish, uning oyog‘iga qo‘ngan changlarni ko‘zlariga surtish ekanligini ko‘kka termulatermula qaytaqayta takrorlardi.
Xattob Makka yoshlaridan bir guruhini to‘nlab, Zaydni qaerda ko‘rib qolsalar, toshbo‘ron qilishga ko‘ndirdi. Zayd biron xabar eshitib qolarman, degan umidda har kelganida, ushbu bezorilarni uchratar, ular otayotgan toshlarga nishon bo‘lar edi.
Bu ish bir necha bor takrorlandi. Shundan keyin Zayd yana Shom tomonlarga bosh olib ketdi. Yo‘l yurib borar ekan, shu mazmundagi baytlarni o‘qir edi:
«Hodisalar aql tarozisiga solinsa, men bir Ollohga banda bo‘lamanmi yoki bir dona ilohga? Men Lotdan ham Uzzodan voz kechdim. Jasoratli va sabrtoqatli kishi aslida shunday qilishi kerak. Men na Uzzoni iloh deb tan olaman, na uning ikki qizini va na Bani Amrning ikki butini ziyorat qilaman. Bizning birgina Robbimiz borki, men faqat unga iyayunaman. Chunki eshushim hali joyida...»
U Shomga bu gal yangi din qidirib bormadi. Faqat yuragida yonayotgan otash alangasini pasaytirmoqchi edi, xolos. U uchratgan bir rohib:
—    Qaerdan kelyapsan, ey tuyakash, — dedi.
—    Ibrohim naslining yurtidan.
—    Xo‘sh, maqsading nima?
—    Haqiqiy dinni qidiryapman.
— U holda sen tezda o‘z yurtingga qayt. U dinni keltiradigan payg‘ambar yo shu kunlarda chiqdi, yo chiqish arafasidadir.
Zayd darhol qaytdi. Nima bo‘lsa bo‘lsin, Makkaga kirishga qat’iy ahd qildi. Bosgan har bir qadami uni tobora Haram hududiga yaqinlashtirardi. Lekin Arzi Laxm degan joyga kelganida, peshonasida sovuq terlar paydo bo‘ldi.
Atrofini notanish odamlar o‘rab olgan edilar. Bular, ehtimol, qaroqchilar edi. Zaydni ular ham tanimasdilar. Zayd ulardan qutulish uchun hamma narsasini berishga tayyor edi. Ammo bu odamlarning uni qo‘yib yuborin1 niyatlari yo‘q edi. Axiyri Zayd og‘ir zarba yeb, bu dunyodan abadiy ko‘z yumdi. Bu paytda qurayshliklar beto‘xtov ravishda Ka’bani ta’mirlash bilan mashg‘ul edilar.

Qayd etilgan


AbdulAziz  01 Yanvar 2009, 02:04:37

* * *
Uning o‘limiga yig‘laganlar orasida Varaqa ibn Navfal ham bor edi. U Zaydning sha’niga shu baytlarni o‘qidi: «Ey Amrning o‘g‘li, sen to‘g‘ri yo‘lni topding. Pokiza hayot kechirding, ayovsiz kuydiradigan jahannam otashlaridan uzoqlashding. Bu sening yakkayu yagona bo‘lgan, tengi yo‘q Ollohga ishonishing va bema’ni butlarga sig‘inishdan voz kechishing tufaylidir. Ba’zan inson yerning stmish qavat ostida bo‘lsa ham, Robbining rahmati yetib boraveradi».

* * *
Fijor urushining qahramonlaridan biri sifatida bizga oldingi boblardan tanish bo‘lgan Umayya o‘g‘li Harb bir safar chog‘ida vafot etib, yo‘ldoshlari uni o‘lim joyida dafn kilgan edilar. Makkaga kelishgach, uning o‘lganligi haqida xabar berdilar. U mash’um xabarni eshitganlar Harbning qab ri qaerdaligini so‘radilar. Oralaridan shoirtabiat bittasi shunday javob berdi:

Va qabru Harbin bi makoin kafr,
Va laysa qurba qabri Xdrbin qabr.


Ya’ni: «Harbning qabri suvsiz bir cho‘ldadir. Uning qabri yonida boshqa qabr yo‘kdir».
Shunday deb ta’riflashga majbur bo‘lgan edilar. Chunki qaytib borsalar, kaerga ko‘mganlarini ko‘mganlarning o‘zlari ham topa olmasdilar.
Endi amaviylarning yetakchisi Harbning o‘gli Abu Susryon bo‘lib qoldi. Makkada eng oldi aslzoda o‘n kishi bo‘lsa, o‘shalarning biri Abu Sufyon edi, desak sira yanglishmaymiz.
Ka’ba kayta qurilayotgan kunlarda Sakif qabilasining mashxur shoiri Umayya ibn Abu Solt Abu Sufyon bilan birgalikda Shom yo‘lida edi. Bir xristianlar qishlog‘ida dam olish uchun to‘xtadilar. Qishlokdagi bir necha kishi shoir Umayya ibn Abu Soltga hurmat ko‘rsatishib, uni sovg‘alar bilan siyladilar. O’zini mehmonga chaqirdilar. Umayya ular bilan birga ketdi va anchagacha u yerda qoldi. Qaytib kelgandan so‘ng egnidagi kiyimlarini yechdi, qoiqora boshqa bir libosga burkandida, Abu Sufyondan:
— Xristian olimlaridan biri bilan uchrashishni istaysanmi? — deb so‘radi.
Abu Sufyon hech ikkilanmay javob berdi:
—    Yo‘q.
—    Nega?
— Chunki menga xush yoqadigan gapni aytsa, unga ishonmayman. Yoqmaydigan gap gapirsa, jahlim chiqadi. Umayya yana yolg‘iz o‘zi ketdi. Qaytib kelganida, tun yarmidan oqqan edi. Xursand edi, cho‘zilib yotdi. Tong otdi hamki, ammo Umayyaning ko‘zlariga sira uyqu kelmadi. Chehrasidan horg‘inligi shundaygina bilinib turardi. U indamas, Abu Sufyon ham gapirmas edi. Nihoyat, Umayya sukunatni buzdi:
—   Yo‘lga chiqmaymizmi?
—   Xohlasang, chiqaveramiz.
Safar yana davom etdi. Ikki kun yurdilar. Umayya hamon gapirmas, xayoli nimalar bilandir band edi. Uchinchi kuni:
 Biron nima desangchi, ey Abu Sufyon! — dedi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  01 Yanvar 2009, 02:05:19

— Xo‘sh, o‘zing nega indamaysan, Umayya? Xudo haqqi, huv anavi og‘aynilaringni qishlog‘iga borganingdan keyin og‘zingga talqon solib, qulf urib qo‘yganmisan, deb o‘ylagan edim. Hech seni shu ahvolda ko‘rgan emasman. Nimalar bo‘lganini tushuntirsangchi?
— Mengaku, hech narsa bo‘lgani yo‘q. Men faqat o‘sha qayta tiriltirilishni o‘ylasam, qo‘rquvga tushib ketyapman.
—   Qanaqa qayta tirilishdan?
—   O’lgandan keyingi tirilish haqida gapiryapman.
—   O’lgandan keyin qayta tirilish to‘g‘risidagi fikring chinmi?
—   Albatta, o‘lishimiz muqarrar, so‘ngra tirilishimiz ham.
—   Mening fikrimga qo‘shilsang, yaxshiroq bo‘lardi.
—   Qanaqa fikr ekan?
—O’lgandan so‘ng qayta tirilmaysan. Ajr uchun ham chaqirilmaysan. Buni meni aytdi deyaver. Umayya achchiqachchiq kuldi:
— Mening ustimdan kulma, Abu Sufyon. Qasam ichib aytamanki, har kimga o‘lganidan keyin qayta hayot beriladi. Hisobkitob qilinadi va natijada odamlarning bir qismi jannatga, qolgani jahannamga kiradi. Abu Sufyon kinoyali ohangda so‘radi:
—   Olim do‘sting fikricha, senga jannatdan joy tegadimi yoki jahannamdan?
—    Bu hakda na do‘stim biladi va na men. Suhbat shu bilan tugadi. Umayya Abu Sufyonning gap uqmas befarosatligidan kuyundi. Abu Sufyon ham qovog‘ini solib olgan do‘stiga ko‘z ostidan kulimsirab qarab qo‘ydi. Shomdan qaytayotganlarida yana bir qishloqqa duch keldilar. Umayya yana u yerdan xayoli parishon bo‘lib qaytdi. Abu Sufyon endi uning nima haqda qayg‘urayotganini bilar, biron yangilik bo‘lsa, o‘zi gap boshlar, deb hech narsa to‘g‘risida so‘ramas edi. Sukunatni yana Umayya buzdi:
— Nima deysan, yo Abu Sufyon, shu, bir chekkaroq joyga o‘tib gaplashsak. Bir chekkaga o‘tdilar.
— Gapirsangchi, yo Abu Sufyon?
—    Nima to‘g‘risida? Sening eski safsatang to‘g‘risidami?
—    Utba ibn Robiya haqida gapir. U zulm, haqsizlikdan uzoq yuradigan kishimi?
Ha, Xudo haqqi, xuddi sen aytgandek adolatparvar odam.
—Qarindoshlarining xukuqini himoya qilib, qarindoshurug‘chilikka rioya etishni buyuradimi?
 Ha, Robiyaning o‘g‘li chindan ham shunaka.
— Otasi tomonidan ham, onasi tomonidan ham aslzoda oiladanmi?
— Bu ham to‘g‘ri.
— Kurayshlarning ichida undan sharafliroq boshqa kishini bilasanmi?
—   Yo‘q, bilmayman.
—   Faqir va muhtoj bir kishimi?
—   Yo‘q, juda boybadavlat odam.
—   Yoshi nechada?
—   Ancha katta.
Bunday savoljavobdan so‘ng Umayya g‘o‘ldiradi:
 Molmulk va yosh... Mana, Utbaning ikkita katta nuqsoni.
Abu Sufyon uning nima demoqchiligini tushunmadi.
— Bsma’ni gaplarni qo‘ygin. Hech ham unaqa emas. Molmulk va yosh Utbaga faqat shonsharaf keltirdi. Umayya Abu Sufyonga yovqarash qildi:
—   Men gapimni bilib gapiraman. Mening gapim ayni haqiqatdir.

Qayd etilgan


AbdulAziz  01 Yanvar 2009, 02:06:07

—   Sen menga ochiq gapirmayapsan, Umayya! Nimanidir yashiryapsan. Qani, maqsadingni tushuntirchi! Umayya e’tiroz bildirdi:
—   Yo‘q. Kelajakda sodir bo‘lajak hodisalar hali mening so‘zlarimni yodingga soladi. O’shanda gaplarimning mag‘zini chaqishga urinib ko‘rarsan.
—   Azizim, axir, biron narsani yorilib gapirmasang, o‘shanda nimani eslayman?
— O’sha, xayolparishon holatda qaytib kelganimni ko‘rganingda men qishloqda uchrashgan olimdan yaqinda yuboriladigan so‘nggi payg‘ambar haqida gapirib berishni iltimos qilgan edim. Oramizda shunday suhbat o‘tdi: «U arab millatiga mansubdir», dedi. «Azizim, arab bo‘lishini men ham bilaman. Qaysi arablardan?» deya so‘radim. «Arablar haj uchun borib ziyorat qiladigan Bayt joylashgan shahardan». «Darhaqiqat, bizda ham (Toif shahrida) arablar ziyorat qiladigan bir bayt bor». «U Quraysh qabilasidan chiqadi...» Shu tarzda bo‘lgan voqeani so‘zlab borayotgan Umayya qolgan gaplarni quyidagicha davom ettirdi:
—Boshimdan qaynoq suv quyib yuborilgandek bo‘ldi. Umrimda bu qadar kuchli hayajonga tushmagan edim. Dunyo va oxirat saodatini qo‘ldan boy berganimga uzilkesil ishonch hosil qildim. Chunki bu so‘nggi payg‘ambarlik vazifasi menga berilishidan umidvor edim. Shundan keyin:
«Xo‘sh, unda bu Payg‘ambarning sifatlari qanaqa va u kim o‘zi?» deb so‘radim.
«O’rta yoshlarga yetganda payg‘ambarlik vazifasi beriladigan inson. Zulmdan, haqsizlikdan uzoq yuradi. Qarindoshlik xaqhuquqlaglgai nazorat qiladi. Shunday qilishni tavsiya etadi. Uzi faqir, ammo ham ota, ham ona tomonidan aslzodalar xonadoniga mansub. Xalq orasida obro‘e’tiborga sazovor. Yordamchilari ko‘pincha farishtalardir», deb javob qildi.
— Umayya, sening bu gaplaring g‘irt uydirma rivoyatlardan boshqa narsalar emas. Agar Olloh iayg‘ambar yuboradigan bo‘lsa, hech shubha qilma, yoshi ulug‘ va sharafli kishini tanlaydi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  01 Yanvar 2009, 02:07:29

UKOZ BOZORI

Ukoz arablar ko‘p yillardan beri savdosotiq qiladigan eng katta va markaziy bozor edi. Bu yerda oldisotdining har xil turini uchratish mumkin edi. Uzoquzoq manzillardan chiqib, bepoyon cho‘llar osha yo‘l bosgan karvonlar bir tomoni Shom, ikkinchi tomoni Yamanning ko‘pgina shahar va qasabalaridan keltirilgan mollarini shu yerga tushirar edilar. Shom bilan Yaman orasida cho‘zilib ketgan yuzlarcha chaqirimlik masofa Ukozdan ham katta va mashhurroq biror bozorni bilmasdi. Bu qadar gavjum, xaridori bunchalik ko‘p bozorni yuz yillar bo‘yi arab millati ko‘rmagan.
Bir tomonda oziqovqat va kiyimkechaklar, ikkinchi tomonda ayolu erkak, bolalardan iborat qullar o‘z xaridorlarini poylar edilar. Yana bir tomonda esa, mol bozori joylashgan edi.
Shu orada har tarafda doshqozonlar qaynar, kelibketuvchilarga ovqatlar tortilar edi. Maxsus vazifa berilgan kishilar esa:
— Yeyishga ovqat, yotishga boshpanasi yo‘qlar, qarzini to‘lashga puli bo‘lmaganlar, bu yoqqa keling... Dushmanidan qo‘rqqanlar, bu yoqqa keling. Ozodligini saqlab qolishga pul topolmaganlar, bu yoqqa, falon kishining yoniga keling... — deb baqiribchaqirib yurardilar. Shoirlar she’rlarini o‘qir, notiqlar baland joylarga yoki biror tuyaning ustiga chiqib nutq so‘zlar edilar. Xadichaning mollarini bozorga olib kelgan Buyuk Amin Abul Qosim Muhammad ibn Abdulloh ham bu yil Ukoz bozorida savdosotiq qilardi. Bozor maydonining o‘rtasida qizil tuyaning ustiga chiqib olib xalqqa qarata xitob etayotgan bir qariyaning so‘zlarini oxirigacha diqqat bilan tingladi. Bu kishi Iyad qabilasiga mansub mashhur Quss ibn Soida edi. U arab qabilalari orasida chiroyli nutqi bilan shuhrat qozongan edi. Qariya arab adabiyoti uchun ajoyib bir namuna bo‘la oladigan nutqini shunday tarzda boshladi:
— Ey odamlar, eshitmadim demanglar, eshitganlar darmonda, eshitmaganlar armonda. Bir narsani o‘rgandingizmi, undan foydalanishni ham biling. Shubha yo‘qki, yashagan o‘ladi, o‘lgach, nomi o‘chadi. Kelajakda takdirda nima bo‘lsa, albatta, o‘sha yuz beradi. Yomg‘ir va o‘simliklar... Oziqovqat va nozne’matlar... Otalar, onalar, jamoalar va yakkayolg‘iz kishilar... Ibrat beruvchi dalillar, so‘ngra yana dalillar...

Qayd etilgan


AbdulAziz  01 Yanvar 2009, 02:08:30

Ko‘kda xabar bor, yerda esa, ibrat. Qorong‘i kecha burjlari bilangina birgalikda moviy, dunyo vodiylari bilan dunyo, dengizlar to‘lqinlari bilan dengizlardir... Menga nimalar bo‘layotir o‘zi? Odamlarning ketayotganini ko‘ryapman, holbuki, bu odamlar boshqa qaytmayotirlar. U joyda qolishga rozi bo‘lib, o‘sha joyda qoldilarmi yoki qoldirildilaru uyquga toldilarmi?.. Quss haqiqiy bir qasam bilan, to‘g‘ri yo‘ldan toymay, gunoh ishlarga yaqinlashmay sof yurak bilan ont ichadiki, Ollohning shunday dini borki, u din sizning hozirgi diningizdan g‘oyat mukammalligi, sevimli va haqiqiyligi bilan haq dindir. Bir payg‘ambari bordirki, endi uning zamoni yaqin, soyasi ustingizda yuribdi. Unga yetishgan va iymon keltirgan, yo‘lidan yurib hidoyatga yetishganlar naqadar baxtli bo‘ladilar. Unga qarshi chiqqan va isyon ko‘targanlarning esa, holiga voy... G’aflatda qolganlar, kechmish asrlar va o‘sha asrlarda yashagan ummatlar halok bo‘ldilar. Ey Iyad ahli, qani, qaerda otalar va bobolar? Qaerda qamchisidan qon tomgan, shiddatidan oyog‘i ostidagi yer larzaga kelgan o‘sha fir’avnlar? Qaerda muhtasham binolarni bunyod etib, tillayu kumush bilan bezatganlar? Qani mol-dunyo, avlodajdodlar qani? O’zidan ketib quturgan, o‘lartirilariga qaramay boylik to‘plagan, men sizning eng buyuk Robbingizman, degan Namrud qaerda, qani? Ular sizlardan ko‘ra boyroq emasmidilar? Ular qaerda, qani? Ular sizdan ko‘ra, ko‘iroq umr kechirdilarmi? Dunyo tegirmoni ularni ham toshlarning ostiga olib bosibyanchib tashlamadimi? Endi ularning chirigan suyaklari va bo‘mbo‘sh bo‘lib qolgan go‘shalarigina qoldiki, u yerlarni qurtqumursqalar jonlantirmokda... Yo‘q, ish sizlar o‘ylaganingizdek, oson va oddiy emas, aslo! Yakkayu yagona Olloh bor, ibodatga munosib zoti Oliy Udir. Tug‘magan, tug‘ilmagan.. o‘lmaydigan... boqiy va cheksiz qudrat sohibidir U... Utmish avlodlarimiz hayotiga chuqur nazar solsak, ko‘plab ibratli misollarni topishimiz mumkin. O’limga olib boruvchi va muqarrar bo‘lgan yo‘llarni ko‘rganimda, qavmimning yoshmiqarimi, kattamikichikmi, hammasi vaqtisoati bilan shu yo‘lga kirishini muigahada etganimda, ketganlarning orqaga qaytmaganini va kolganlar ham boqiy umr kechirmasligini tushunganimda, shunga qat’iy ishonch hosil qildimki, bandalarining boshiga keladigan o‘lim mening boshimga ham keladi...
Quss ibn Soida gaplarini tugatdi. Afsusli tomoni shundaki, «Ollohning bir iayg‘ambari bordir, zamoni juda yaqinlashib qoldi», der ekan, uni tinglayotganlar orasida o‘sha shonli Nabiyning, olamlarga raxmat bo‘lajak o‘sha Buyuk Rasulning borligidan, hamma katori, u ham bexabar edi. Hatto yaqin yillar ichida vazifa olishi azaliy taqdir zarurati bo‘lgan Buyuk Payg‘ambarning o‘zi ham...

Qayd etilgan


AbdulAziz  01 Yanvar 2009, 02:08:47

O’sha bozorda savdosotiq qilgan o‘ttiz oltio‘ttiz sakkiz yoshlardagi Al-Amin Quss ibn Soida tilga olgan haqiqatlar xaqida keyin ham teztez o‘ylardi. Insonlar tom ma’noda tushkunlik botqog‘iga tobora chuqurroq botib borayotgan edilar. Bu ayanchli hayot tarzi o‘zining boryo‘qligidan ham bexabar jonsiz toshlarni ibodatga loyiq ma’bud deb ishonish asosiga qurilgan edi.
Arzimaydigan bir bahona ham katta janjalning chiqishiga sabab bo‘lardi. Go‘daklik chog‘ida tiriklayin tuproqqa ko‘milgan qizlarni ko‘rgandi. Bu chirkin, vahshiyona odat tobora keng tarqalmoqda. Sharob har qanday ziyofatning doimiy ne’matiga aylangan. Ichmaydiganlar barmoq bilan sanoqli darajada kam. Ollohning yaratgan shifobaxsh ne’matlari xisoblanmish xurmo, uzum singari mevalardan harom ichkilik tayyorlanar va uni iste’mol qilganlar ixtiyoriy jinnilikka berilar edilar. Odamlar xuddi hayvonlardek bozorlarda sotilar, so‘ngra sotib olinganlar tomonidan hayvonlardek ishlatilar edi. Bu bechora qullarning ham o‘zlari singari bir insoi ekanliklari haqida o‘ylamasdilar.
Ba’zan bu ahmoqona odatlarga qarshi chiqqan kishilar uchrab turardi. biroq ular xalqning dardiga darmon bo‘lishga qodir emas edilar. Hotami Toyiyning shon va sharaf da’voida qilgan, keyinchalik tillarda doston bo‘lgan saxiyligi; Zayd ibn Amrning o‘ldirilayotgan go‘daklardan bir nechasining hayotini saqlab qolishi; Abu Bakrning insonlik sharafiga nomunosib, deya butga sig‘inmasligi, sharob ichmasligi va zinodan uzoq yurishi; Quss ibn Soidaning Ukozda kelishiga oz qolgan bir payg‘ambar haqida ma’lumot berishi... Bular butun bir millatni, insoniyatni jaholatdan xalos etish uchun yetarli emas edi. Bular jo‘shqin oqar daryoning yuzidagi ko‘piklar yanglig‘ gap edi, xolos. Butun shiddati bilan kuturib oqayotgan bu jaholat daryosini muazzam bir to‘g‘on yordamidagina to‘xtatish mumkin edi. Bu esa, Ollohning ko‘magiga munosib bir Payg‘ambargina qodir bo‘lgan ish edi.

Qayd etilgan