Ahmad Lutfiy Qozonchi. Saodat asri qissalari (1-kitob). Intizor kutilgan tong  ( 211422 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 ... 31 B


AbdulAziz  31 Dekabr 2008, 01:58:23

* * *
Saodatli tavalluddan yetti kun o‘tgach, Abdulmuttalib katta ziyofat berdi. Uch kun davom etgan bu ma’rakada bolachaqalari bilan butun makkaliklar, tashqaridan kelgan mehmonlar, hatto tilanchilikdan boshqa hech ishga yaramaydigan ko‘taram ko‘r Unays ham qatnashdilar.
Ziyofat asnosida mehmonlar:
— Nevarangga qanday ism berding, Abulharis (ya’ni, Abdulmuttalib)? — deb so‘radilar.
— Otini «Muhammad» qo‘ydim.
— Nega otalaringdan birortasining ismini qo‘ymasdan, bu ismni qo‘yding?
— Osmonda Olloh, yerda insonlar uning go‘zal sifatlarini madh etishsin, deb shu ismni qo‘ydim.
Go‘dakni ko‘rganlar Abdulmuttalibni qutladilar:
— Bunday shirin, bunday go‘zal nevarang bilan haqiqatan maqtansang yarashadi, ey Abdulmuttalib, —dedilar.

* * *
Omina bolasini uch yoki yetti kun emizdi. Keyin amakisi Abu Lahabning joriyasi Suvayba vaqtinchalik sut ona qilib belgilandi. Avvallari amakisi Hamza va Abu Salama degan bir bola sut emgan ko‘kraklarni bu safar payg‘ambarlar xalqasining oxirgi va ulug‘ sohibi ema boshladi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  31 Dekabr 2008, 01:59:43

* * *
Abdulmasih necha kunlar yo‘l yurib Jabiyaga yetib kelganida, tog‘asi Sotih o‘lim to‘shagida yotardi. U shuncha yo‘ldan kelib bunday noxush xabarni eshitishni sira istamasdi. Chunki Xusravning topshirig‘i oddiy topshiriq emas edi.
Sotih jiyanining salomiga alik ham olmadi. Chunki salomni eshitadigan holi yo‘q edi uning. Umrining so‘nggi daqiqalarini yashayotgan edi.
Salom yana takrorlandi. Sotihdan yana sas chiqmadi. Abdulmasih:
—   Yaman diyorining kattasi soqovmi? Yoki karmi? Yo bo‘lmasa, o‘zi o‘lganda, ruxi osmonga uchib ketganmi? — deya Sotihni madh etuvchi she’rini aytdi. Shu iayt Sotihning ko‘zlari xiyol ochildi va qiynalaqiyiala javob bergandek bo‘ldi:
—   Abdulmasih tuyasiga minib Sotihning oldiga keldi, holbuki, Sotih kabrga kirish oldida... Ey Abdulmasih, seni sosoniy malik o‘z saroyining yiqilishi, otashning so‘nishi, Mubadonning tushi haqida ma’lumot olmoq maqsadida jo‘natgan...
Sotih yana jim bo‘lib koldi. Abdulmasih uning gapirishini kutardi. Sotih esa, o‘layo‘lay deb zo‘rg‘a nafas olardi. Nihoyat, so‘zida davom etdi:
— Ey Abdulmasih, vahiy takrortakror o‘qilganda, aso sohibiga payg‘ambarlik berilganda, Samova soyi suvga to‘lganda, Sava ko‘li quriganda, forslarning ibodatgohida otash so‘nganda, bilki, o‘sha paytda Shom shahri Sotih uchun Shom bo‘lmoqlikdan chiqqandir. Eronliklarning yiqilgan minoralari nechta bo‘lsa, o‘shancha sulton saltanat surar, keyin esa, boshlariga ne sho‘rish tushsa, shuni ko‘rarlar, — dediyu, so‘zini davom ettirolmadi. Darmonsizlikdan holsizlanib, dudoqlari yumildi. Bir necha nafasdan so‘ng harakatsiz qoldi. Shunday qilib, uzoq yillar davom etgan umr poyoniga yetdi.
Sotih dafn etildi. Abdulmasih uning javoblarini Xusravga bildirish uchun darhol yo‘lga chikdi.
Xusrav javobni eshitib, ancha o‘ziga keldi. «O’n to‘rt malik kelibketguncha nimalar bo‘lmaydi», dedi o‘zicha.
Uning hisobkitobi — saltanat maqomida uzoq yillar to‘yibto‘yib podshohlik qilish edi. Hali u qora kunlar kelguncha, hech bo‘lmasa, yuz ellik yil, balki ikki yuz yil o‘tar, deb o‘ylardi Xusrav.

Qayd etilgan


AbdulAziz  31 Dekabr 2008, 02:01:43

III
BANI SA’D YURTIDA

Sut ona

Sa’d ibn Bakr qabilasi Makka atrofida obro‘e’tibori va jo‘mardligi bilan tanilgan edi. Odamlari insofli, havosi va suvi toza, zabonlari ham begona so‘zlar aralashmagan asl arabcha edi. Shu sababdan Makkaning boy oilalari, yangi tug‘ilgan chaqaloqlarini Sa’d ibn Bakr qabilasiga jo‘natardilar. Bolalar bu qabila ayollarining sutlari bilan quvvatlanishar, ganlashishni ham o‘sha yerda o‘rganishar, Makkada o‘sgan bolalarga qaraganda sog‘lom va baquvvat bo‘lishar edi.
Qabila ayollari yilda ikki marotaba Makkaga enishar, naslnasabli oilalarning bolalarini olib, qishloqlariga qaytishar, ularni emizganlari uchun olgan haq va hadyalari oila tirikchiligiga ko‘mak bo‘lar edi.
Fil voqeasidan uch oy o‘tgach, qabila ayollari odatdagidek erta tongda yo‘lga chiqishga kelishdilar. Kun chiqmasdan yo‘l boshida yig‘ildilar. Ayol-erkak bir guruhni tashkil qildi. Emizish muddati tugagan bolalar o‘z ko‘kaldoshlari, do‘stlari bilan xayrlashdilar. Onalari bag‘riga qaytish quvonchi hamda do‘stu birodarlaridan ajralish iztirobi ularni xayajonga solgan edi. Sut emizgan onalar bolalarni ota-onalari ko‘liga topshirgach, oladigan haq va sovg‘asalomlarini hisoblashar, boshqa jiHatdan esa, ikki yil mobaynida o‘zlari emizgan bolalaridan ayrilish iztirobini ham his etishar edi. Balki, ayriliq boshqa xech ko‘rishmaslik ma’nosida abadiy ay| riliq bo‘lar. Holbuki, onalar ular uchun ming xil aziyat chekkan, norasidalar og‘riganda birga dardini tortganlar, kechalari shirin uyqularini buzib, go‘daklar boshida nechanecha tonglarni bedor ottirib, tuni bo‘yi ularga alla aytib chiqqanlar. uyosh chiqishiga juda oz vaqt qolgan edi.
— Yuringlar, ey Bani Sa’d xalqi, bo‘lmasa, kech qolasizlar, — degan ovoz eshitildi.
Qisqa bir vidolashuvdan so‘ng bolalarni qo‘llaridan tutib, quchoqlariga olib ko‘tarib, ba’zilarini eshak yoki tuyaning ustiga o‘tqizib, yo‘lga chiqdilar.
—    Kech qolmanglar, onajon, kutamiz.
—    Bizni unutma, Shayba.
—    Yana ko‘rishamiz, Xanzala.
— Yaxshi qolinglar, Fotima, — degan ovozlar eshitilardi.
Ko‘zlar namlanib, yosh aylana boshlardi.
Karvon chang ko‘tarib olg‘a borar ekan, zaif bir eshak  sekin yurib, orqada qola boshladi. Eshak egalari qancha qistamasinlar, borgan sari karvon bilan oradagi masofa uzayar edi.
— Halima, tezroq yurgiz buningni, — dedi qo‘shnisi. Halima kuchsiz va qari hayvonning yelkasiga halacho‘pni birikki marta nuqidi. Eshak qadamini bir oz tezlatdiyu, lekin sal o‘tmay, yana avvalgi holiga tushib oldi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  31 Dekabr 2008, 02:02:17

Halima dugonalaridan orqada qolishni hech istamasdi. Chunki erta borganlar tez ishni bitirardi. Makkada Halima kelsin, bolamizni unga beramiz, deb hech kimning ko‘zi uchib turgani yo‘q, albatta. Vaqtli borganlar o‘zlari xohlagan oilaning bolasini olib, ko‘proq pul qo‘lga kiritadilar. Kechikkanlar bola topolmay qaytishlari ehtimoli ham bor edi.
—    Bugun eshagimizning fe’li aynib qoldimi, Halima?
—    Har kuni shunday emasmidi, Haris? Axir, u qarib qoldiku, tobora quvvati ketmoqda.
—    Lekin boshqa kunlari bunchalik emasdi, binoyidek yurardiku...
— Balki kasaldir?
Harisning oilasi orqada qolganini ko‘rib, sheriklari uni kutib turipggan ekan, ular yetib kelishganida savolga tutishdi:
—    Bugun juda orqada qoldinglar, Haris?..
—    Eshakni yurgizolmayaimiz.
― Bu ketishda juda kech qolasizlar.
— Shunaqaga o‘xshaydi.
Haris qo‘lidagi xalacho‘p bilan eshakni urdi.
— O’ldirsang ham shu ketishda ketaveraman, deydiya
jonivor.
Yukini yengillashtirish kerak edi. Bolani eshakning ustidan tushirib, quchog‘iga oldi. Usti yengillashgan eshak endi tez yurishi lozim edi. Biroq bu tadbir ham uning yurishini tezlashtirmadi.
—    Halima, bu eshak boshimizga balo bo‘ladi, shekilli. Yetolmaymiz. Bizga bola qolmaydi.
—    Shunday bo‘ladiganga o‘xshaydi. Qara, odamlar bizdan rosa uzoqlashib ketdilar. Juda orqada qolib ketdik.
— Ishqilib, bolasiz qaytmaylikda.
Halima ko‘ksini ushladi. «Bola topsak ham, emizdiradigan sutim yo‘q», dsmoqchi bo‘ldi, ammo ayta olmadi. Agar bola topsalar, nima bo‘ladi? Halimaning hozirdan unga rahmi kela boshladi. Sho‘rlik go‘dakni to‘ydirmasdan turib, qanday qilib pul oladi? Lekin qo‘lidan nima ham kelardi. Sutga baraka berish uning qo‘lida emasdi, yomg‘irni ham u yog‘dira olmasdi. Mavsum esa, tobora kuruqlashib boryapti, haftalar bo‘yi yomg‘ir yog‘maydi. Qurg‘oqchilik bois oziqovqat kamayib ketgan, binobarin, Halima ham qornini zo‘rg‘a^ to‘yg‘izar edi. Shu sababli ko‘kragida sut kam edi. O’zining o‘g‘liga yetmaydigan sut qanday qilib emikdosh bolaga yetadi?! Ammo tirikchilik vajhidan bu yumushni davom ettirishga majbur. To‘g‘ri, bir tuyalari ham bor. Ertalab uydan och chiqib ketadi, kechqurun uyga yana och qaytadi: yemish yo‘q. Oqshom tuyadan ozgina sut sog‘iladi, u ham o‘zining bolasini zo‘rg‘a to‘ydirardi...

Qayd etilgan


AbdulAziz  31 Dekabr 2008, 02:03:05

Makkaga kelganlarida dugonalari allaqachon ishlarini bitirgan edilar. Barchasi naslu nasabi baland oilalarning bolalarini olishgan, mo‘maygina pulga ham ega bo‘lishgan edi.
— Kech qolding, Halima.
— Shunday bo‘ldi, nimayam qilardik. Halima kech qolganidan siqilgan edi.
Darhol mahallalarni aylanib, emizgani bola topishga kirishdi. Eri o‘g‘li Abdulloh bilan birga bir joyda kutib turadigan bo‘ldilar.
Ka’baga yo‘naldi. Duch kelgan odamdan so‘rayverdi:
— Bu yerlarda emizdiriladigan bolasi bor oila yo‘qmi?
Ka’baning soyasida o‘tirgan bir cholni ko‘rsatdilar.
— Anavi o‘tirgan odam — Abdulmuttalib, nevarasiga sut ona qidirayotgan edi, so‘rab ko‘rchi, — dedilar.
Halima Abdulmuttalibga yaqinlashdi:
—    Emizish uchun bola qidirayotgan edim, — dedi.
—    Qaysi qabiladansan, qizim?
— Sa’d ibn Bakr qabilasidanman. Haris ibn Abduluzzoning xotiniman.
— Bir yetim bola bor, uni senga beraman. Umid qilamanki, undan yaxshiliklar ko‘rasan.
Halimaning yuzi o‘zgardi.
—    Yetimmi?
—    Ha, yetim.
— Unday bo‘lsa, boshqa bir bola qidirayin, — deb nari ketdi. «Yetim uchun necha pul xam berardilar?» deb o‘yladi ichida. Bolaning qornini to‘yg‘azishi uchun avval o‘zining qornini to‘yg‘azmog‘i lozim. Tomoqdan biron narsa o‘tmasa, ko‘krakdan nima ham chiqardi. Yetim uchun berilgan pul uni ta’minlay olmasdi.
Aylandi. Maxallalarni kezdi. Bolasi bor deyilgan uylarning eshiklarini birmabir taqillatdi. Birinchi eshik ochildi. Zaifa, qoracha ayol chiqdi.
— Emizdiriladigan bola qidiryapman. Bolangiz bor ekan, deb eshitdim.
Uy egasi:
— Boshqaga bermoqchimiz, — deb ichkariga qaytib kirib ketdi.
Boshqa biri esa:
— Yarim soat avval olib ketishdi, — dedi. Halima shu asnoda bir necha uyni surishtirib chiqdi. Boy oilalar bolalarini unga bergilari kelmadi. Ba’zilari berib bo‘lishibdi. Faqirlarnikini esa, Halima olmadi. Eng oxirgi eshikni ham takillatdi, eshikni ochgan ayol:
—   O’zingning bolang bormi? deb so‘rab qoldi.
—   Bor.
—   Suting uni to‘ydira olyaptimi? Halima javob bermadi. «Ha, to‘ydiryanti» deb yolg‘on
gapirishga uyaldi. Boshini egdi, uydan uzoqlashdi.
Halima mag‘lub bo‘lgan edi. Ilk uchragan bolani yetim ekan deb olmadi, ba’zilar bolalarini bermadi, ba’zi lari boshqalariga berib bo‘lgan edi. Xullas, barcha eshiklar unga yopiq edi, go‘yo ilk bolani yetim degani uchun intiqom olishayotgandek.
Borib eshagini yaxshilab urgisi keldi. Al-Amini eshakdan olmoqchi bo‘ldi. Teztez yurib, eri bilan bolasi kutib turgan joyga bordi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  31 Dekabr 2008, 02:03:53

Quyosh botish arafasida edi.
—   Nima bo‘ldi? — dedi eri Haris.
—   Bir yetimdan boshqa bola yo‘q. Qolganlarni o‘rtoqlarim olib bo‘lishibdi.
— Demak, bu yil nasibamiz kesilibdida.
— Shundayga o‘xshaydi. Faqirlarning pul beradigan ahvoli yo‘q. Boylarda bola qolmabdi. Bolasi bor boshqalari esa menga berishni istamadilar.
Halima bu gaplarni aytar ekan, ko‘zlari yoshlandi, «Ustimdan kuldilar», degan so‘zni ayta olmasa xam, ko‘zlaridagi yoshdan shu ma’noni uqsa bo‘lardi.
—    Yo olti oy o‘tishini kutamiz, yoki o‘sha yetimchani olamiz. Sen nima deysan, Halima?
—    Dugonalarim bittadan bola bilan qaytayotganda, men bolasiz ketishni istamayman. Ammo bir yetim uchun berilajak ozgina pul bizga yetarmidi. Bir qarorga kela olmayapman. Lekin boshqa bir qarorim bor.
— Qanday qaror ekan?
— Shu ko‘r bo‘lgur eshakni o‘lguncha urish. Haris:
Eshakni ursang, darrov bir bola olib kelib berishlarini bilsam, birgalashib urardik. Halima o‘ylanib qoldi:
— Ha, albatta, eshakni urganimiz bilan hech kim bizga bola keltirib bermaydi.
— Yetim bola uchun nima berar ekanlar?
— So‘ramadim. Yetim ekanini eshitiboq «Kimi ham bor ediki, biror narsa bersa», deya nari ketdim.
O’ylanib qoldilar. Eshak u yokdanbu yoqqa yurib, cho‘kirtaklarni yeb, bir amallab qornini aldab turar edi.
—   Tezroq bir qarorga kelaylik, Halima, shom tushay deb qoldi.
—    Sening fikring qanday, Haris?
—    Men aniq bir narsa ayta olmayman. O’zing nima xohlasang, shuni qil.
—    Bo‘lmasa, men bu yetimni olsammikan, bolasiz qaytishdan uyalyapman.
—  Bilganingni qil. Balki, bir yetimni olganimiz tufayli uyimizga baraka kelar.
Halima so‘zni cho‘zib o‘tirmasdan o‘rnidan turdi va Ka’baga qarab ketdi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  31 Dekabr 2008, 02:05:00

* * *
   Abdulmuttalib ketmaket kelayotgan ayollardan hech birining nevarasini emizishga rozi bo‘lmayotganligidan xafa edi. Kelayotgan ayollar bolaning yetim ekanligini eshitgach, qaytib ketishar, hatto sut haqi qancha bo‘lishini ham so‘ramas edilar.
   Balki bunda bir hikmat bordir, deb o‘ziga tasalli berardi. Aslida, bolaning yetim ekanligini aytmasa ham bo‘lardi. Ammo so‘z boshlashi bilan, xuddi o‘rgatib qo‘yilgandek, bolaning yetim ekanligini aytib yuborar edi. Go‘yo ichidan kelayotgan bir nido ulug‘ qudrat egasining, bu bolani faqat munosib sut onaga berish lozim, undan boshqasi olmasligi kerak, degan da’vatini takrorlayotgandek edi.
   Haq masalasi, aslida, unchalik muhim emasdi. Hech kim, Abdulmuttalib sut onaga yetarli haq bermaydi, deya olmasdi. Go‘dakning otasi bo‘lmasa ham, bobosi bor edi, axir. Bir bolaning hali tug‘ilmasidan oldin otasidan ajralib qolishi esa, bola uchun ayb yoki nuqson emas edi. Binobarin, bola sifatida nevarasining hech qanday aybi yo‘q edi. Ko‘rganlarni hayratda qoldiradigan darajada husnli edi u. Dunyoning butun bobolari nabiralariga ko‘ra bir safga tizilsa, safning eng boshida, ha, mutlaqo eng boshida Makkaning hokimi, Qurayshning raisi Abdulmuttalib turgan bo‘lardi. Bu jihatdan Abdulmuttalibga ayni darajada teng keladigan hech bir shaxs mavjud emas, mavjud desa, aql bovar qilmas edi.
   Nevarasiga tikilgani sari Abdulmuttalibning qalbi bo‘lakcha bir mehrmuhabbat hislariga to‘libtoshar, ichidagi bir nido: «Bu bola o‘xshashi yo‘q buyuk inson bo‘lajak», der edi. Ba’zan Abdulmuttalib Ka’baning devoriga suyanib o‘ylar, kechasini kunduziga qo‘shgan bu bolani bunchalik sevishining sababini axtarar, «Ajabo, keksaligim tufayli iroda zaifligiga duchor bo‘ldimmi?» der, ammo bunday fikrni hazm qilolmas edi. Chunki Muhammaddan boshqa ham, o‘zga o‘g‘ilqizlaridan bir necha nevaralari bor edi. Ularni xam jondilidan sevardi. Biroq Muhammadga kelganda, unga bo‘lgan sevgisini til bilan ta’riflashning sira iloi yo‘q edi. Go‘yoki bu boladagi go‘zallik, shirinlik, ko‘ngilga yaqinlikni tillar, hatto dillar ta’rif etolmaydigandek.
   Uning yetim ekani rost, biroq ota-onasi bor bolalardan kam joyi ham yo‘q, ular uchun qancha haq berilsa, Muxammad uchun ham ulardan kam berilmaydi. Abdulmuttalibning xasisligini kim ko‘ribdi? Har tarafda «Yaylovda insonlarni, tog‘ boshlarida hayvonlarni to‘ydiradi», deya shuhrat topgan, dasturxonidan mehmonning keti uzilmagan Abdulmuttalib Muhammadining sut ona hakkini berishdan qocharmidi?!
   Ammo kelgan har ayol bolaning yetim ekanini eshitiboq hech nima demay qaytib ketishlarida, albatta, bir hikmat bordir. Ehtimolki, ulug‘ Olloh bu ayollarni o‘zining oliy hukmi ila orqaga qaytarayotgandir. Muhammadiga loyiq bo‘lgan sut onaning kelishi uchun kuttirayotgandir. Orasira Abdulmuttalibning ko‘ngli Mavloga yo‘nalib:
— Ollohim, meping bu yetimchamga eng shafqatli, eng pok ko‘ngilli sut onani yubor, yaramasini orqaga qaytar, deya yolvorardi. Bu orada Halimaning qaytib kelayotganini ko‘rib, ko‘ngli joyiga tushdi.
— Bola qaerda?
Abdulmuttalib kulimsiragancha, o‘rnidan turdi.
— Ortimdan yur, — dedi.
Halima Abdulmuttalibning orqasidan yurdi.
Go‘zal bir ayol:
Xush keldingiz, otajon, xush keldingiz, opajon,— deb ularni kutib oldi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  31 Dekabr 2008, 02:06:43

Halima uyga kirganida totli bir hidni tuydi. Bunday atirni u hech hidlamagan edi. Qabilada har bir ayol o‘ziga atir separdi, ammo bu atirni na Halima, na qabilaning boshqa ayollari bilishardi.
Uyning bir burchagida emizikli go‘dak yotardi. Tagiga yashil ipak mato to‘shalgan, chaqaloq esa, oq jun matoga o‘ralgan bo‘lib, shirin uyquda yotar edi. Ta’rifga sig‘mas darajada chiroyli edi u.
Halimaning yuragi jiz etdi. Malaklar kabi go‘zal bo‘lgan bu chaqaloqni emizish uchun onasidan olsayu, biroq uni to‘ydira olmasa, och qoldirsa...
Achinarli bir hol edi bu. Uyda o‘z bolasi xursand bo‘lib qachon to‘ygan ediki!.. Nechanecha oylar davomida o‘g‘lining og‘ziga sutsiz, aldamchi mammalar kirib chiqayotganini eslash uning ko‘nglini bezovta qildida, endi kiynalish navbati bu go‘dakka keldimi, deb o‘ylab, ichidan ezildi. Shu yoshda tul qolgan yoshgina xonimga qaradi, keyin ota yuzini ko‘rmasdan yetim qolgan chaqaloqqa tikildi, yana yuragi jiz etdi. Abdulmuttalib burchakdagi taxtaga o‘tirib:
— Qizim, bu ayol Sa’d ibn Bakr qabilasidan, ismi Halima, — dedi.
Omina kelgan bu ayolning sut ona ekanini fahmladi. Halimaning ortiqcha vaqti yo‘q edi. Uxlayotgan chaqaloqni ko‘tarib olish uchun engashdi. Shu vaqt chaqaloq uyg‘onib, Halimaga boqdi. Halima bu nigohning to yuragiga qadar borib yetganini his qildi. Bir onda butun vujudini shafqat va marhamat tuyg‘usi qopladi. Endi hech narsa bermasalar ham, bu bolani olmasdan keta olmasdi. Dugonalarining bu bolani ko‘rmay ketganliklarini o‘ylarkan, sevinchdan titrab ketdi. Uni ko‘rgan har qaysi sut ona darrov yopishsa yopishardiki, tashlab ketishi amrimahol edi. Yoniga o‘tirdi, avaylab quchog‘iga oldi. Suti qurigan mammalarini chiqarib, bolaning gul kurtaklariga o‘xshash dudoqlariga tekkizgisi keldi. O’ng mammasini go‘dakning og‘ziga tutdi. Shu onda Halima hayratga tushdi, ko‘ksida totli bir rohatlanish sezdi. Yoqimli tuyg‘u edi bu. Sut kelayotganini bildiruvchi his edi bu. Darhaqiqat, chaqaloq uni ema boshladi.
   Halima ko‘kragining sutga to‘lganiga, ayniqsa, shunday sharoitda sutga to‘lganiga hech aqli bovar qilmasdi. O’zi kabi boshqa xotinlarning ham sutlari yo‘q edi. Tizzalarida yotgan bolasi bir kuni bu sutsiz mammalariga ancha andarmon bo‘lgach, ochlikdan yig‘iga tushgan, Halima ham ko‘zyosh to‘kib unga jo‘r bo‘lgan edi. Dunyoga keltirib, ammo qornini to‘ydirolmagan bolasi uchun mo‘lmo‘l yosh to‘kkandi bu ko‘zlar o‘shanda.
   Ajabo, endi ana shu mammalar sutga to‘la edi. Quchog‘idagi bola sutga zor bu mammadan to‘yibto‘yib emardi. Go‘dak bir oz emgandan so‘ng Halima mammasini tortdi, bolani yana bag‘riga bosib, boshqa mammani berdi. Ammo chaqaloqning dudoqlari yopildi va mammani emmadi. Har qancha urinsada emmadi. Takror o‘ng mammasini tutgan edi, oldi, ema boshladi.
Vaqt ziq edi, ortiq kechikmaslik lozim edi.
— Endi men ketishim kerak, — deya bolani quchog‘idan qo‘ymagan holda, o‘rnidan turdi.
Abdulmuttalib:
—    Bolamni olasanmi, ey Halima, — dedi.
—    Olaman. Endi u mening bolam.
—    Juda yaxshi. Faqat shuni yaxshi bilginki, biz bolamizning sut haqqini boshqa oilalar beradigan hakdan kam bermaymiz. Ortiqcharoq berishga harakat qilamiz. Umidvormizki, bolamning hurmatiga xonadoningizga barakot yog‘adi. Faqat, sendan iltimosimiz, bolamga o‘z farzanding kabi yaxshi qara.
   Halima Ominaga qaradi. Har bir ona kabi, bolasidan ayrilish g‘ami uning ham yuzidan bilinib turar, ko‘nglini to‘ldirgan kadarga ko‘zlaridan oqayotgan yoshlar esh bo‘layotgan edi. Bolasini so‘nggi marta bag‘riga bosib, hidlagach, gul yuzlaridan to‘yib o‘pgach, Halimaning qo‘liga tutarkan, «bolam», deya ingrandi.
   Halimaning ham ko‘zlari yoshlandi. Birgina farzandidan, tug‘ilmasdan burun yetim qolgan bolasidan ayrilmoq osonmi? Bu onaga tasalli berish lozim edi.
—Xavotir olma, singlim, unga o‘z bolamday qarayman, menga ishonaver, — dedi Halima.
Eshikdan chiqar ekan, to‘xtadi. Ominaga qarab:
—   U atirdan menga ham bir oz ber!
—   Qaysi atirdan?
—Bolangga sepgan atirdan. Qasam ichamanki, bunday hidni hali Sa’d ibn Bakr  qabilasidagilar hidlamaganlar. Bersang, sepib, hidlab yurardim.
Omina ko‘zlariga kelgan birikki tomchi yoshni yashirib o‘tirmadi, hafif g‘amgin tovushla:
— U mening bolamning hididir. Unga atir sepmasangiz ham bo‘ladi, — dedi va endi oylab ko‘rolmaydigan bolasini takror hidlab: — Xayr bo‘lmasa, sizlarni Ollohga omonat etdim, — dedi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  31 Dekabr 2008, 02:07:31

* * *
Haris Halimani kuzatgach, yonida qolgan Abdullohni ovutmoq uchun xayoliga kelgan har chorani qo‘llab ko‘rdi. Ammo qorni och bolani sutdan boshqa hech narsa bilan tinchitib bo‘lmasligini juda yaxshi bilardi: Yana shuni ham yaxshi bilardiki, Halimaning mammalaridagi yolg‘iz Abdullohga yetmayotgan sut endi ikki bolani och qoldirishi aniq edi. U sho‘rlik bolaning yetimligi yetmagandek, uni yana ochlik ham kutmovda va bir dard ikki bo‘lishi turgan gap edi. Hammasiga sabab — yo‘qchilik, qurg‘oqchilik. Bu ikki sabab bir bo‘lib, o‘g‘lini to‘ydirishdan ojiz bo‘lgan bir ayolni emizishga bola qidirishga majbur qildi. Avvallari saharga qadar bir bolaning faryodi ila uyg‘ongan oila, endi uyqudan tamoman voz kechadigan bo‘ldi, boshlariga tor kelgan dunyo mukammal bir zindon holiga aylanadigan bo‘ldi.
   Quyosh botmoq uchun ufqqa narvon qo‘ygan ham ediki, Halima bola quchoqlagan holda qaytib keldi. Yuzida mamnunlik alomatlari bor edi. Haris bu mamnuniyatni savdoning yaxshi bo‘lganligidan deb bildi.
— Xursand ko‘rinasan, Halima?
— Ha, xursandman. Chunki gul yuzli bir bola bilan kelyapman.
Haris «gul yuzli bo‘lish qorin to‘ydirmaydiku», degandek bokdi, ammo...
— Avval bolani bir ko‘rchi, — dedi Halima va go‘dakning yuzini ochdi. Yo‘rgakda yotgan chaqaloqning haqiqatan bir bola ekanligiga ko‘zlari ishonmadi Harisning. Ta’rifga sig‘maydigan darajada totli bir bo‘y taralardi undan.
   Halima o‘tirdi. O’ng mamma yana Muhammadning gul dudoqlariga o‘rnashdi, chap mamma Abdullohga berildi. Abdulloh ilk emishdayoq og‘zini to‘ldirgan va tug‘ilganidan beri o‘zi zor bo‘lgan ona sutini to‘yibto‘yib ema boshladi.
   Ko‘p o‘tmay, ikkala bola ham uyquga ketdilar. Haris ko‘rib ishonmagan bu holni hayratla tomosha qilardi. Abdullohni va bu go‘dakni to‘ydirayotgan bu qadar mo‘l sut qaerdan kelastir?
   Endi navbat o‘zlariga keldi. Har bir oila singari ular ham tuyalarini sog‘ib sutini ichishga majbur edilar. Bir najot bo‘lib qolar degan niyatda yelini quribqaqshagan tuyaga yaqinlashdilar. Tuya emchaklari sutga to‘la edi. Tuyada me’yoridan ortiq darajada sut bor edi. Holbuki, Haris bu qadar sutni o‘ngida emas, tushida ko‘rsa ham rozi edi.
   Oylar mobaynida uyquga to‘ymagan oila a’zolari bugun birinchi marta bemalol uxladilar. Abdulloh ilk marotaba yig‘lamasdan uxladi. Halima uyqusini bo‘lmasdan ertalabgacha uxlashning mazasini birinchi marta totdi.
   Ertalab tuyasining mo‘lko‘l sut berganini ko‘rib, Haris buning shunchaki bir tasodif emasligini faxmladi:
— Halima, juda muborak, baraka keltiruvchi bir bola olib keldingda oilamizga, — dedi.
   Qisqa muddatli oldiberdidan so‘ng Bani Sa’d qabilasi orqaga qaytdi. Halimaning eshagi yana qiynaydiganga o‘xshardi. Ammo bu daf’a chopqillab oldinga tushdi, qabila xalqi orqada qolib keta boshladi. Qabila ayollari bu safar Halimaga qarab qichqirdilar:
— Boshingga rahmat yog‘sin, Halima, sal sekinroq yur.
Halima dugonalaridan ayrilishni istamasdi. Biroq eshak to‘xtamaslikka jazm qilgandek edi. Haris eshakning ipini tortib turib, oldiga o‘tdi va to‘xtatdi. Hamrohlari yetib kelgach, qo‘yib yuborilgan eshak yana chopqillab, hammadan o‘zib keta boshladi.
—    Haris, bu kechagi eshak emas, shekilli! Dedilar qabiladoshlari.
—    O’sha, kechagi eshagimiz, — dedi Haris.
—    Jonim, kecha sizlarni yo‘llarda xunob qilgan eshak bugun poygaga chiqmagandir. Qaragin, poygada chopayotgandek.
—    Otamning boshi haqqi aytamanki, bu kechagi eshakdir.
Birisi so‘zga aralashdi:
— Ha, bilib turibmiz, kechagi eshak. Biroq bugun boshqacha bo‘lib qolibdi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  31 Dekabr 2008, 02:12:28

* * *
Bani Sa’d qabilasining yerlari ko‘pdan beri suvsiz, qurg‘oq edi. Molhol yeyishga o‘t topolmasdi. Qo‘y va tuyalar yaylovga och ketsa, yaylovdan yana och qaytardi. Qorinlari bo‘mbo‘sh, mammalari qupquruq edi.
Halimaning mollari esa, ham qorinlari to‘q, ham yelinlari sutga to‘lib qayta boshladi. Halimalar xonadoniga baraka kirgan edi. Qabila xalqi ham buni sezdi. Hamma, shu qatori bolalar ham, Muhammadning kelishidan mamnun edilar.
— Bizning mollarimizni ham Halimaning mollari o‘tlaydigan joyda o‘tlatinglar, — deyishardi ular.
Cho‘ponlar:
— Hammasini bir joyda o‘tlatyapmiz. Birgalashib olib borib, birga olib qaytyapmiz. Ammo nima bo‘layotganini tushunolmayapmiz. Ularning hayvonlari to‘yib, to‘qqaytyapti, bizniki och qaytyapti. Hayvonlarning o‘t yemasdan to‘yib qolishi, yemish yemasdan turib sut berishi aql bovar qilmaydigan sirligicha qolayotir... Halima ba’zan bilib turib, ba’zan yodidan chiqarib, Abdulloh emadigan chap mammasini Muhammadga tutsa, Muhammadning gul dudoqlari darhol yopilar, «Birodarimning haqqini ema olmayman, menga o‘z mammamni ber», degandek bo‘lib, sevimli yuzini u yoqqabu yoqqa olib qochar edi. Bundan tashqari Halima Muhammadning tagini bulg‘ab qo‘yganligini, biror marta bo‘lsin, ko‘rmadi. Kelgan kunlaridan beri ikki chaqaloq ham ertalabgacha uxlar, ona, ota va boshqalar bezovta bo‘lishmas — kechalari bolalari yig‘lashmas edi. Janobi Mavlo Muxammadning bezovta bo‘lmasligi uchun Abdullohning beshigini malaklarga tebrattirayotgandek edi.
— Halima qiz, qanday xushbo‘y hid kelyaptiya, vallohi, bu chaqaloqda bir gap bor, — deyishardi odamlar. O’sha kuni Makkaga bola olgani birgalashib borganlar Abdulmuttalibning nabirasini yetim deb olmaganlari uchun ming pushaymon bo‘lishar edi.
Kunlar Halimaning saodatli kunlari o‘laroq o‘ta boshladi.

Qayd etilgan