Ahmad Lutfiy Qozonchi. Saodat asri qissalari (1-kitob). Intizor kutilgan tong  ( 211348 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 20 21 22 23 24 25 26 27 28 29 30 31 B


AbdulAziz  01 Yanvar 2009, 03:07:12

Rasululloh (s.a.v.) shu yerda to‘xtab o‘rinlaridan turdilar va «Ollohu akbar» deb yana sajdaga egildilar, muborak peshonalarini Robbining huzurida tuproqqa qo‘ydilar. «Buyuk Robbimni har turli nuqson va qusurlardan pok deb bilaman», dedilar. Buni uch marta takrorladilar, so‘ngra yana «Ollohu akbar» deya o‘rinlaridan turdilar.
Utba ibn Robia qo‘llarini orqasiga qilib olgan, xiyol engashgan holda U zotning so‘zlarini tinglar va xattiharakatlarini kuzatar edi.
Rasulullohning yana davom ettirishga og‘iz juftlayotganlarini ko‘rib, qo‘li bilan «etar» ishorasi ko‘rsatdi va:
— Bo‘ldi qil, oramizdagi qarindoshchilik hurmati, bo‘ldi qil, yo Amin!.. — dedi.
Ushbu damda Nabiy Akram (s.a.v.):
— Sen .ham aytganlarimni eshitgan bo‘lding, ey Abul Valid. Mana, eshitganing kalom, mana — sen, — dedilar.
Utba o‘rnidan turdi. Sandiroqlabsandiroqlab, ishi unmagan odamdek bir holatda bu yerdan uzoqlashdi.
Utbaning ahvoli o‘tirganlar o‘rtasida muhokamaga sabab bo‘ldi:
— Xudo haqqi, Utbaning kelishi boshqacha...
Xuddi kaltak yegan odamga o‘xshaydi.. Yiqilgan pahlavonga o‘xshab, chayqalibchayqalib kelmoqda... — deganlar bo‘ldi.
Bu orada Utba ham do‘stlarining sniga yetib keldi.
— Nima gaplar bo‘ldi, ey Utba?! — deya so‘radi Umayya ibn Xalaf.
— Bir so‘z eshitdim... Xudo haqqi, bunday so‘zlarni hali umrimda hech eshitmaganman! Qasam ichib aytamanki, bu so‘zlar she’r ham emas, kohinlarning so‘zi ham emas, ammo juda g‘aroyibdir! — Utba majlisdagilarga ko‘z qiri bilan bir qarab qo‘yib, yana davom etdi: — Xudo haqqi kurayshliklar, ushbu so‘zlarni eshitsalaringiz, sizlar ham o‘ylanib qolasizlar. Bu odamni, yaxshisi, o‘z holiga qo‘yaylik. Qasamlar bo‘lsinki, u keltirgan bu kalom hademay ufqlar osha butun jahonga yoyilib, katta shonshuxrat qozonadi. Agar arablar uni mag‘lub etsalar, sizlar ham maqsadlaringizga erishasiz. Agar, aksincha, u arablarni tiz cho‘ktirsa, bilinglarki, uning g‘alabasi va sharafiga sizlar ham sherik bo‘lasizlar va o‘shanda insonlarning eng mas’ul, eng baxtiyor qavmiga aylanasizlar.
 Yol alhazar! Ey Utba, u seni sehrlab qo‘yibdiku! Utba gapni cho‘zishning endi foydasi bo‘lmasligini sezdi. Utba kelgan xulosaga kelishlari uchun ular ham kamida ushbu kalomni tinglashlari kerak edi. Xayrlashar ekan:
— Men o‘z qarashimni bildirdim. Sizlar qanday o‘ylaysizlar, ixtiyorlaringiz, — dedi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  01 Yanvar 2009, 03:07:25

* * *
Utba bir necha kungacha uyidan tashqariga chiqmay yotdi. Bir kuni kimdir yo‘qlab keldi.
— Hoy, Utba, bormisan?
Chaqirgan odam Amr ibn Hishom edi.
— Kel, kiraver, Abul Hakim, — deya Utba uni uyiga taklif etdi.
O’tirdilar. Holahvol so‘rashilgandan so‘ng Amr:
— Kelishimning sababi shuki, go‘yo sen ham diningdan qaytgan emishsan. Eshitishimga qaraganda, Muhammadni va uning dinini juda ham yoqtirib qolganmishsan. Uning safiga qo‘shilmoqchi ekansan. Xalq hozir senga yordam uyushtirish bilan mashg‘ul.
— Ko‘p valdirama, ey Amr.
— Valdirayotganim yo‘q. Agar Muhammad beradigan ikki luqma ovqati uchun diningni o‘zgartirayotgan bo‘lsang, biz senga mol-dunyo yig‘ib beraylik, boybadavlat qilaylik, degan harakatdamiz.
Utba asabiylashdi:
— Xudo haqqi, shu bugundan boshlab Muhammad bilan boshqa gaplashmayman! Juda yaxshi bilasizlarki, qurayshlarning orasida mendan boyroq kishi yo‘q. Ammo shunisi ham ayni haqiqatki, men undan hali hech kim eshitmagan g‘aroyib so‘zlarni eshitdim. U so‘zlar menga shunday qattiq ta’sir qildiki, axiyri chiday olmay qoldim va unga «jim bo‘l!» dedim. Xuddi u o‘qigan kalomda xabar berilgan azobuqubatlar mening boshimga yog‘ilayotganday bo‘lib tuyulaverdi.
— Biz ham shu qo‘rquv tufayli dinini o‘zgartirgan bo‘lsa kerak, deb o‘yladik, yo Utba...

Qayd etilgan


AbdulAziz  01 Yanvar 2009, 03:07:38

* * *
Tun yarmidan oqqan. Qandaydir bir yolg‘iz sharpa Muhammad Amin (s.a.v.) uylari tomon pusib yaqinlashar edi. Ko‘chada undan boshqa hech zog‘ yo‘q. Aslida u ham hech kimga ko‘rinmaslik uchun shunday paytni tanlaganga o‘xshardi.
Rasululloh (s.a.v.) uylariga kelganlari hamon do‘stu birodarlari — sahobalar o‘rab olishdi. Haligi sharpa ichkaridagilarning suhbati bemalol eshitiladigan panaroq bir joy tanlab, o‘sha yerga yashirindi.
Uning orqasidan ketmaket, ammo birbiridan xabarsiz, yana ikki sharpa kelgan edi.
Uchinchi bo‘lib kelgan kishi oldingi ikkitasining kelganidan bexabar, ikkinchi sharpa ham birinchisidan bexabar edi.
Amr ibn Hishom boshqa payt va boshqa joy bo‘lganida «Hoy, kimsizlar? Qani, bu yoqqa chiqinglar?!» deb do‘q qilar edi. Ammo hozir do‘qio‘pisaning mavridi emasdi. Ular ham o‘zi singari Muhammad Aminning kalomini tinglashga kelganliklarini payqadi.
Uchalasini ham bir savol qiziqtirar edi: «Xo‘sh, qanaqa kalom ekan u, Utbaday bir ulug‘ zotni xayolga tolishga majbur qilgan?» Ammo Muhamad Al-Aminning yonlariga kirib: «Qani, menga ham Utbaga o‘qigan narsalaringni o‘qichi?» deyishga g‘ururi yo‘l qo‘ymasdi. Chunki agar U zotning huzurlariga kirsa va Utbaning gaplari rost bo‘lib chiqsa, bu dargohdan parishon chiqishi turgan gap edi.
Shuning uchun hech kimga bildirmay, yashirincha kelib quloq solishni eng ehtiyotkorona chora deb topdi. Tun yarmidan oqqanda kelishni afzal ko‘rgani shunda. Ammo xuddi uni ta’qib qilayotganday kelib bir burchakka yashiringan va ichkariga ko‘z tikkan bu ikki odam kim bo‘ldi ekan?
Amrning butun vujudi quloqqa aylanib, ichkarida o‘qilayotgan Qur’onni tinglashga bsrilib ketdi. Ugba kabi, kupiakunduzi ochiqchasiga kelib eshitmay to‘g‘ri qilganini angladi. Chunki haqiqatan ham bu kalom juda g‘aroyib, ilohiy ta’sirga ega edi.
Tong otib, xo‘rozlar qichqira boshladi. Amr va uning noma’lum ikki hamrohi bu yerni darhol tark etishlari lozimligini bildilar. Amr o‘rnidan turib, oldinga yurdi. Bir necha odimdan keyin birdan to‘xtab qoldi:
— Abu Sufyon?.. Demak, sen xam kelibsanda?!
— Haha, to‘g‘ri toiding. Xo‘sh, sen o‘zing nima qilib yuribsan bu yerda, ey Amr?!
Bu orada uchinchi sharpa ham ularga yaqinlashdi. Axnas ibn Shariq ekan.
— Darxol bu yerdan ketishimiz kerak, — dedi Abu Sufyon. — Biron kimsa ham bizni bu yerda ko‘rmasin.
Qolganlar ham ayni shu fikrda edilar, jo‘nab qolishdi.
Oradan yigirma to‘rt soat o‘tib, keyingi kunning tongi endi yorisha boshlaganda, bu uch maslakdosh yana shu yerda uchrashib qoldilar.
— Bu yerga boshqa kelmayman demaganmiding, ey Amr?— deya hayratlandi Abu Sufyon.
— O’zingchi, sen ham shunday devding, shekilli? Axnas bu bahsga chek qo‘ydi:
— Uchalamizning ham yuzimiz birbirlarimizning oldimizda shuvut bo‘ldi. Endi tezda bu yerdan qoramizni o‘chiraylik.
Uchinchi tongda ham xuddi o‘sha voqea takrorlandi. Uchalasi ham birbirlariga bu yerga boshqa kelmaslik to‘g‘risida yana va’da berdilar.
 Endi bugungisi ayg‘oqchiligimizning so‘nggi kuni bo‘lsin, birodarlar, — dedi Abu Sufyon. Biz boshqalarni zo‘ravoilik qilib bo‘lsa ham bu dindan qaytarishga urinsagu, o‘zimiz bu yerda biqinib olib gap poylasak... Bu holatimizni odamlar ko‘rib qolsa, yaxshi ish bo‘lmaydi.
Chindan ham bu ularning so‘nggi ayg‘oqchiligi bo‘ldi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  01 Yanvar 2009, 03:07:51

* * *
O’sha kuniyoq tush payti Axnas Abu Sufyonning huzuriga yo‘l oldi. Borib eshigini taqillatdi. Abu Sufyon uni xuddi kutib o‘tirganday edi.
— Xush kelibsan, yo Axnas... — deb ichkariga taklif etdi.
Axnas hassasini bir chekkaga qo‘yib, o‘tirdi.
Mana, Muhammadning kalomini ham eshitding, ey Abu Xandala, bular haqida nima deysan? Abu Sufyon boshini egdi.
— Ey Abu Sa’laba, senga nima desam ekana? Bilasanmi, men uning ba’zi bir so‘zlarining ma’nosini tushundim, niyatini ham angladim, ammo ba’zilarining na ma’nosini, na maqsadini ilg‘adim.
Axnas:
— Men ham xuddi shunday ahvoldaman, ey Abu Sufyon, dedida, hassasiga tayanib chiqib ketdi.
So‘ngra Amr ibn Hishomning uyiga bordi.
— Ey Abul Hakim, — dedi, — Muhammadning kalomi haqida qanday fikrdasan?
Amr birdaniga portlab ketdi:
— Nima ham derdim? Biz Abdumanof o‘g‘illari bilan sharaf musobaqasiga chiqqanmiz. Ular musofirlarga izzatikrom ko‘rsatadilar. Biz ham mehmondo‘stlik qilamiz. Faqirlarga ko‘mak beradilar. Biz ham ularning og‘irini yengil qilamiz. Ular ehson etadilar, biz ham ehson qilamiz. Har jihatdan ular bilan teng bo‘lib turganimizda, endi ular bizning payg‘ambarimiz bor, unga ko‘kdan vahiy kelmokda, deya boshladilar. Bu da’vo bilan biz aslo kelisha olmaymiz. Qasam ichamanki, unga quloq ham solmaymiz, tasdiq xam etmaymiz. Bugun ham, ertaga ham, umuman hech kachon!..
Axnas bu yerdan ham noaniq bir kayfiyatda chiqib ketdi.
Oradan bir necha kun o‘tdi. Mug‘iyra ibn Shu’ba Amr ibn Hishom bilan birgalikda Makkada aylanib yurishgan edi. Mug‘iyra Rasulullohni (s.a.v.) tanimas edi. Bir payt qarshilaridan nur yuzli bir kishi chiqib qoldi.
— Ey Abul Hakim, seni Olloh va Rasuliga da’vat etaman. Kel, bu da’vatni qabul et, — dedi u.
Amr ibn Hishomning qovoqtumshug‘i osilib ketdi. Yo Muxammad, sen bizning ilohlarimizga til tekkizishdan voz kechasanmi yoki yo‘qmi? Sen bu vazifani ado etayotganingni tasdiqlovchi shohidlarni qidiryapsanmi? Mana, biz shohidmiz. Bo‘ldi, yetar endi. Qasam ichamanki, agar sening so‘zlaring haq va to‘g‘ri ekanligiga ishonganimda, bir daqiqa ham ikkilanib o‘tirmay, da’vatingni qabul etardim, — dedi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  01 Yanvar 2009, 03:08:17

Rasululloh ularni xoli qoldirib, yo‘llarida davom etdilar.
Amr ibn Hishom Mug‘iyraga o‘girildi:
— Aslida, uning so‘zlari haq va to‘g‘ri ekanligini bilaman. Ammo mening oldimda bitta katta to‘siq bor,—dedi.
 Qanaqa to‘siq ekan u, ey Abul Hakim?
— Qusayb o‘g‘illari Ka’baning hijobat (ustini yopish) xizmati bizga oiddir, dedilar. Xo‘p, dedik. Ikoya (ibodat) xizmati bizniki, dedilar. Qarshilik ko‘rsatmadik. Nodva bizning qo‘l ostimizda bo‘ladi, dedilar. Qabul etdik. Yanvo (bayroq) biznikidir, deyishdi. Bunga ham
ko‘ndik. Ular yetimesirlarga ziyofat berishdi. Biz ham ularni to‘ydirdik. Endi bo‘lsa, bizning bir payg‘ambarimiz ham bor, deyishmokda. Mana shunisiga aslo chidayolmayman, rozi ham bo‘lolmayman. G’ururim yo‘l qo‘ymaydi.
Hazrati Abu Bakr sotib olib ozodlikka chiqargan qullar, rasman azobuqubatlardan xalos bo‘lgan bo‘lsalar ham, duch kelingan joyda haqorat etilish xavfidan yoki mushriklarning kutilmagan hujumlaridan batamom qutulmagan edilar.
Ayni chokda musulmonlar safiga endi qo‘shilayotganlarga ham mushriklar azobuqubat berayotgan edilar. Masalan, Umar ibn Xattob bilan Amr ibn Hishom Zinnura ismli bir cho‘rini goh birgalashib, goho esa, galmagal qiynashar, charchagunlaricha kaltaklashar edi. Shuningdek, Ummu Ubays ismli bir ayol va uning cho‘ri qizi ham mana shunaqa musibatlarga ma’ruz qilingan edilar.
Ummu Ubaysni och va suvsiz qoldirib, butunlay sillasi quriganida kaltaklay boshlar edilar. Nihoyat, bir kuni Ummu Ubays bu jabru sitamlarga ortiq bardosh berolmadi va:
— Lott va Uzzo tangrimi? — deb so‘raganlarida:
— Ha, — deb javob qildi.
Unga o‘sha atrofda turgan bir isqirt butni ko‘rsatib:
— Bu ham tangrimi? — dedilar.
— Ha.
— Ofarin, mana endi aqling kiribdi. Gumrohlar murodiga yetgan edilar. Ollohga imon keltirishdan bo‘lak hech qanday aybi yo‘q begunoh ayolni qo‘llaridan kelganicha azoblab, uning og‘zidan noshar’iy so‘zlarni eshitish baxtiga muyassar bo‘ldilar.
Ummu Ubays ehtimol Ammorga berilgan ruxsatni eshitib, hayot bilan o‘lim birbiriga juda yaqinlashgan bir damda ushbu ruxsatdan foydalangandir. Ehtimol, bir inson bardoshi so‘nggi nuqtaga yetgach «Ollohim, o‘zing kechir», deya qalbi imondan orom olgani holda shu so‘zlarni majburan so‘zlagandir. Chunki uning qalbi mustahkam imon nuri bilan sug‘orilgan edi. Aks holda, och, chanqoq qolsa ham, qamchi ostida, urayotgan kishi charchagunga qadar kunlab kaltak yeyishiga hojat qolmasdi, talab etilgan kufrona so‘zlarni o‘sha zahoti aytib, azobUKubatlardan qutulib qo‘yaqolardi.
Ummu Ubays bilan qizi ham buyuk Abu Bakrning olijanobligi tufayli sotib olindilar va ozodlikka erishdilar.

Qayd etilgan


AbdulAziz  01 Yanvar 2009, 03:08:28

Kunlardan bir kuni Rasululloh (s.a.v) Masjidi Haramda namoz o‘qib o‘tirganlarida, qo‘shnilari va ashaddiy dushmanlari bo‘lgan Uqba ibn Abu Muoyt kelib qoldi va egnidagi peshbandini (qiyiqchasini) yechib, tuyqus Nabiyi Akramning (s.a.v.) bo‘ynilariga soldi va bor kuchi bilan bo‘g‘a boshladi. Shuning ustiga Hazrati Abu Bakr kelib qoldi va o‘sha zahoti Uqbaga yopishdi. Uni Payg‘ambar (a.s.) ustlaridan nari itarib yubordida:
Robbim Ollohdir degani uchungina bir begunoh odamni o‘ldirmoqchimisan?! — deb hayqirdi.
Ammo bu bilan janjal to‘xtamadi, aksincha, battar avj oldi. Bu urto‘polon chog‘i Abu Bakr bir necha yengil jarohat oldi.
Oradan kunlar o‘tdi. Rasululloh (s.a.v.) yana Masjidi Haramga keldilar. Robbilarining huzurida turdilar. U zotning bu yerda namoz o‘qiyotganlaridan avval ham darg‘azab bo‘lgan bir guruh mushriklar oldiniga o‘zaro ma’nolima’noli qarab olishdi. Muncha ham o‘jar bo‘lmasa, degan ma’nodagi 6u qarashlar ularning Rasulullohdan g‘oyat norozi ekanliklarini bildirar edi.
— Bu riekorni qaranglar!.. Kani, orangizda mard bormi? Kim falon kuni so‘yilgan tuyaning qornini olib kelib, uning ustiga yopa oladi? — dedi kimdir.
Ehtimol, bu so‘zlarni Amr ibn Hishom aytgandir. Nima bo‘lganda ham badbaxt va gumroh bittasi o‘rnidan sapchib turib, darrov tuyaning eshini olib keldi. Bu odam Rasulullohning qo‘shnilari Uqba ibn Abu Muoyt edi. Shu onda Rasuli Muhtaram (s.a.v.) sajda holatida edilar. Uqba eshni olib kelib, u zotning ustlariga tashladi.
Shunday bir qahqaha ko‘tarildiki, Masjidi Haramning devorlari larzaga keldi. «Biz g‘olib bo‘ldik», deganlari edi bu.
Rasululloh (s.a.v.) sajda holatida uzoq qoldilar, biron kishining kelib qorinni ustlaridan olib tashlashini kutdilar. Ammo hech kim jur’at etib kelib, u kishini bu holatdan qutqaza olmadi.
Musulmonlardan biri chopib Nabiyi Akramning (s.a.v) uylariga bordi va yuz bergan voqeani bayon qildi. Kichkina Fotima buni eshitgan zahoti Masjidi Haram tomonga yugurdi. Otasining qoshiga yetib kelganida qorin hamon u kishining ustlarida edi. Liboslari iflos
bo‘lib, batamom rasvosi chiqibdi. Mushriklar qahqaha otib kulishar, birbirlari bilan hazillashib, Rasulullohni mazax qilishar edi. Fotima ularni qarg‘ayqarg‘ay qorinni olib tashladi. Rasululloh (s.a.v.) o‘rinlaridan turdilar. Qabihona zavqshavq bilan tomosha qilayotgan badbaxtlarga tikildilar. So‘ngra Ka’baga o‘girilib, qo‘llarini ko‘tardilar:
— Ollohim, qurayshlarni senga havola etaman. Ollohim, qurayshlarni senga xavola etaman. Ollohim, qurayshlarni senga havola etaman. Ollohim, Abu Jahl Amr ibn Hishomni, Utba ibn Robiani, Shayba ibn Robiani, Valid ibn Utbani, Umayya ibn Xalafni, Uqba ibn Abu Muoytni, Umora ibn Validni senga havola etaman! — dedilar.
Kahqahalar birdan tindi. Yoniq bir yurakdan yuksalgan bu duoning qaerlargacha yetib borishini bu gumrohlar ham savhi tabiiy ila sezdilar.

Qayd etilgan


AbdulAziz  01 Yanvar 2009, 03:08:42

Rasulullohning dillari og‘ritilgan, zulm etilgan va haqorat qilingan edilar. Shunday ahvolda u zotning muborak va munavvar qalblaridan otilib chiqqan mazkur duoibad Dargohi Izzatga yuksalib, orqaga kuruk qaytarilishi mumkinmidi?! Buyuk Ollohning huzurida u kishining tilagi qabul etilmasa, kimniki qabul etiladi? Qolaversa, Olloh taolo zulm ko‘rgan kishining, agarki u kofir bo‘lsa ham, duosini qaytarmaydigan Zotdir. Holbuki, mushriklar bezovta qilishga uringan bu qalb egasi Robbul Olamin uchun butun koinotdan ham qimmatliroqdir. Ancha yillar oldin Jabroil va Mikoil singari ikki ulug‘ farishta yuborilib, bu qalb sohibi ilohiy bir amaliyot sari yo‘naltirilgan edi. Sarvari Koinot bo‘lib yetishishi uchun maxsus tarzda tarbiya etilgan, hozirlangan edi. Bu qalbga buyuk Olloh o‘ziga noma’qul bironta ham tushunchani, histuyg‘uni singdirmagan. Ollohning olamlarga bo‘lgan rahmati ushbu Qalbdan taralar edi. Shunday ekan, bu duo orqaga kuruk Qaytarilishi ham mumkin emasdi. Chunonchi, «Albatta, Ollohga va Uning payg‘ambariga ozor beradigan kimsalarni Olloh dunyoda ham, oxiratda ham la’natlagandir va ular uchun xor kiluvchi azobni tayyorlab qo‘ygandir» (Ahzob surasi, 57.)
 Hukmi qabohatga berilgan mana shu kimsalarning bo‘yniga abadiy osib qo‘yilgan edi. Rasulini har qanday qadr-qimmatdan xam ustun qo‘yadigan Mavloning o‘zgarmas va uzilkesil hukmi edi bu.
Nabiyi Akram (s.a.v.) darhol u yerdan uzoqlashdilar. Vahiyning ilk kunlaridayoq Mavloning «Libosingni pok tut!» deb bergan amrini bajarishga shoshildilar.
Qachonki bir mo‘min bandaning oyog‘iga tikan kirsa, bitta gunohidan forig‘ etilar ekan, bu hodisadan so‘ng Rasululloh (s.a.v.) qay darajada e’zozlanishlari va yuksaklarga ko‘tarilishlarini tasavvur etish unchalik qiyin bo‘lmasa kerak.
Har kuni bironbir yaramas qiliq ko‘rsatib, payg‘ambarimizning (s.a.v.) qalblariga ozor yetkazishga urinadigan yoki boshqalarni shunga tashviq etadigan Maxzum qabilasidan bo‘lmish Amr ibn Hishom shu tariqa abadulabad la’natlanishga loyiq laqab oldi: Abu Jahl... Bu so‘zning ma’nosi o‘ta darajada axloqi buzuq, beodob degani edi. Odobsizlik, axloqsizlikning asl o‘zak mevasi bo‘lgan «badbaxt» ma’nosiga ham to‘g‘ri kelar edi. Bu davrning nomi «johiliya davri» edi. Abu Jahl esa, ushbu davrning eng mukammal vakili, tom ma’noda o‘ta darajada orsiz, johil, nodon va badbaxt bir odami edi. U bundan keyin ham o‘zining ushbu laqabga har jihatdan loyiq ekanini ko‘rsatdi. Rasululloh (s.a.v.) unga «Abu Jahl» deb laqab qo‘yganlarida naqadar haqli bo‘lganlarini u o‘zining fe’li bilan isbotladi.
Bundan oldin, namoz o‘qiyotganlarida Abu Jahl u kishini bezovta qilmokchi bo‘lganida, uning qarshisida olovdan bir jarlikni paydo qilgan va uni qo‘rquvga solgan Buyuk Olloh nima uchun bu chirkin xattiharakatning oldini olmadi — bunisi faqat Uning O’zigagina ayondir.

Qayd etilgan


AbdulAziz  01 Yanvar 2009, 03:09:00

* * *
Yana bir kun Rasululloh (s.a.v.) Ka’baning soyasida o‘tirgan choqlarida yonlariga dinga kirgani uchun yonib turgan gulxan ustiga yotqizilgan Xabbob ibn Aratt yaqin keldi. Ummu Anmor bergan bu azobdan holi juda parishon edi. Bir necha kishining davrasida o‘tirgan Rasulullohning ro‘baro‘lariga o‘tdi. Kimdir:
— Yo Nabiyalloh, biz uchun yordam so‘rab duo qilmaysizmi? — dedi.
Rasululloh dedilar:
— Sizlardan avvalgilarni chuqur qazib ichiga tushirar, so‘ngra arra bilan uni tiriklayin ikkiga bo‘lib tashlar edilar, shunday qiynoqlar ham uni dindan qaytara olmasdi. Temir taroq olib, suyaklarigacha botirib tarashlashardi, ammo, uni dinidan voz kechira olishmasdi. Qasam ichamanki, Olloh taoloning o‘zi bu ishlarning yakunini xayrli qiladi. Inshoolloh, shunday kun keladiki, agar bir yo‘lovchi San’odan chiqib Xadramutgacha bormoqchi bo‘lsa, butun safar davomida faqat Ollohdan va qo‘ylariga hujum qilishi mumkin bo‘lgan bo‘rilardangina qo‘rqadi. Ammo sizlar bir oz shoshqaloqlik qilyansizlar, azizlarim, — dedilar.
— Yo Nabiyalloh, bo‘lmasa, o‘zimizga o‘lim tilab yotaverarkanmizda?.. Zamona zo‘rniki, deb Ummu Anmorga o‘xshaganlar, Xabbobga o‘xshaganlarni shunday ko‘yga solsa ham, indamay ketaveraylikmi?
— Yo‘q!.. — dedilar Rasululloh qat’iy ohangda.
 — Ayanchli ahvolga tushib qolyapmiz, axir. Sabrtoqatimiz tugayapti.
 — Birontangiz ham boshingizga musibat tushsa, o‘zingizga o‘limni tilamang. Agar shunday bir ahvolga tushib qolsalaringiz, juda bo‘lmasa: «Ollohim, hayotda qolish men uchun xayrli bo‘lgan muddat davomida o‘zing panohingda asra, o‘lish men uchun xayrliroq bo‘lgan damda o‘ldirsang ham roziman», denglar.
Xabbob va uning yaqin birodarlari bu hadisi sharifni o‘zlariga tamoyil qilib oldilar. Sabrlarining so‘nggi darajasigacha chidashga, bardoshlari so‘nggi nuqtaga yetgandan keyin ham sabrtoqat etishga, ammo aslo o‘limni tanlamaslikka qaror qildilar.
Toqqa chiqib borayotgan odam bir cho‘qqiga tirmashib yuqoriga intilar ekan, «Mana shunisi so‘nggisi bo‘lsa kerak», deb o‘ylaydi. Bu cho‘qqini zabt etib, ikkinchisiga duch kelganida, yana ayni fikr o‘tadi xayolidan. Ammo uni oshib o‘tish uchun ham o‘zida kuch topadi. So‘ngra uchinchi cho‘qqi keladi va hokazo...
Haqiqatga erishish mashaqqati ham shunga o‘xshaydi. Buni bilganlar oldindan tayyorgarlik ko‘rib qo‘yadilar. Xabbob va uning do‘stlariga ham ushbu yo‘l ko‘rsatilgan edi. Ya’ni, bu aziyatlarning orqasida hali yana battar azoblar ham borligini va ular hali oxirgi emasligini o‘ylab sabr etish kerakligi yodga solingan edi. Ammo bu azobuqubatlar vaqtisoati kelib nihoyasiga yetishi, to‘kilgan terlar, chekilgan mehnatlardan so‘ng osoyishta va huzurhalovatli kunlar kelishi ham muqarrar edi.
Tishlar yana g‘ijirladi, bilaklar yana kuch-quvvatga to‘ldi. Har qanday zulmga nisbatan: «Bundan ham dahshatliroq bo‘lishi mumkin edi», degan tushuncha ostiga va: «Hali Olloh meni bu tortgan jabru sitamlarim uchun albatta munosib tarzda mukofotlaydi», degan ishonch bilan ko‘kraklar kerildi.
Binobarin, oradan ko‘p yillar o‘tib, Xabbobning xayoliga ham kelmagan saodatli damlar boshlanganida, zulm uchun emas, balki shifo uchun, ya’ni og‘ir kasalini davolatish uchun qornini yetti marta kuydirganlarida Xabbob sabrtoqatning ajoyib namunasini yana bir bor namoyish etdi va Rasulullohga bo‘lgan sadoqatini quyidagi jumlalarda ifoda qildi: «Agar Rasululloh (s.a.v.) o‘shanda o‘limni tanlashni taqiqlamaganlarida, albatta, u zulmlarga dosh berolmay o‘limni afzal ko‘rgan bo‘lardim...»
...Nihoyat Ummu Anmor Xabbobga ortiq zulm qilishning befoyda ekanligiga ko‘zi yetdi va xohlagan dinida qolishiga rozi bo‘lib, uni qo‘yib yubordi.
Xabbob tushirilgan Qur’on oyatlarini zo‘r ixlos bilan yod olar, boshqa mo‘‘minlarga ham o‘rgatishni o‘zining muqaddas burchi deb hisoblar edi. Shu jihatdan u ilk Qur’on o‘rgatuvchilar qatoridan o‘rin oldi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  01 Yanvar 2009, 03:09:28

* * *
Nabiyi Akram (s.a.v.) xonadonlarida yana bir baxtiyor oila kurildi. Kunlardan bir kuni Rasululloh (s.a.v.):
— Jainati ayol bilan turmush qurishni istagan mard bo‘lsa, Ummu Aymanga uylansin,— deb marhamat qildilar.
Ummu Aymanni onalaridek yaxshi ko‘rardilar. Kichik yoshdan boshlab undan ko‘pgina yaxshiliklar ko‘rgan, onasiz qolgan kunlarning Al-Amini uning quchog‘ida unutgan edilar.
Bu ishga ikkinchi bir yaxshi ko‘rganlari, asrandi farzandlari Zayd xohish bildirdi.
¾ Men unga uylanaman, yo Rasululloh.
Bu iaytlarda u yigirma yoshli qirchillama yigit bo‘lgan edi.
Shunday qilib, Zayd bilan Ummu Ayman Faxrul mursalin (s.a.v.) tomonidan o‘qilgan nikohdan so‘ng erxotin bo‘ldilar. Bu paytda O’mmu Ayman ellik yoshlardan oshgan edi.
Har ikkalasi ham Rasululloh (s.a.v.) yaqin kishilari edilar.
Rasulullohning ikki balog‘atga yetgan qizlari — Ruqayya bilan Ummu Gulsum Abu Lahabning ikki o‘g‘li tomonidan rad etilgan edilar. Yana ham to‘g‘rirog‘i — Buyuk Olloh payg‘ambarining ikki suyukli qizini do‘zaxilar oilasiga kelin bo‘lishdan xalos etgan edi. Ruqayyyani ilk musulmonlardan bo‘lgan Usmon ibn Affonga nikohlab berdilar. Shu yo‘sinda Usmon musulmonlik bilan birga, Rasulullohning (s.a.v.) kuyovi bo‘lishdek, xayoliga ham keltirmagan sharafga muyassar bo‘ldi. Shu jihatdan unga «ZinNur» (Nur sohibi) laqabi juda ham yarashib tushdi. Uni shunday atay boshladilar.
Payg‘ambarimiz oldinroq qizlari Zaynabni xolalarining o‘g‘li Abul Osga bergan edilar. Abul Os hazrati Xadichaning singlisining jigarbandi edi. Musulmonlikka kirmagan edi. Ammo Zaynabga nisbatan doimo xurmatda bo‘ldi, aslo dilini og‘ritmadi.
Hazrati Xadicha to‘y xotirasi sifatida qiziga anchamuncha sovg‘asalom, sarpolar jo‘natgan edi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  01 Yanvar 2009, 03:09:56

«ESKILARDAN QOLGAN BIR AFSONA»

Mo‘minlarga qarshi jabru sitamlar bilan bir qatorda istehzoyu kinoyalar ham keng o‘rin ola boshladi. Imon keltirganlarning asosiy ko‘pchiligi zaif, faqir va qullar tabaqasiga mansub kishilar bo‘lgani bois, duch kelgan joyda mazax qilishar, alohida bir kinoya va kesatiqqa mavzu bo‘lar edilar.
Imon keltirganlarning jannatga, gumrohlarning esa, jahannamga doxil bo‘lishlari haqidagi hukm ularni, ayniqsa, ajablantirdi. Qanaqasiga qullar jannatga kirar emishu, ularning xo‘jayinlari bo‘lmish bu aslzodalar jahannamda shatirshutir yonarmish... Bu hukm quruq safsatadek tuyulardi kofirlarga. Ularning fikricha, bunaqa bo‘lishiga aql bovar qilmas emish...
Dorunnadvada yig‘ilgan majlis ahllari ushbu mavzudan gap boshladi:
Muhammadga ishonganlar oxiratda rohatfarog‘atda bo‘larmish. Bilol, Ammor, Yosir kabilar jannatga kirishi muqarrarmish.
Uqba ibn Abu Muoyt gapga aralashdi: Muhtaram amakiga ham ikki taklifnoma chiqarildi, xabarlaring bormi?
—  Qanaqa taklifnoma ekan u?
— Jahannamga — olovlar ichida kabob bo‘lishga chaqirishyapti. Abu Lahabni u yerda sixga tortib, kabob qilar emishlar. — So‘ngra Abu Sufyonga o‘girildi:
— Qara, Abu Sufyon, qanday vafodor pochchang bora? Jahannamga ham xotinisiz ketmas emish bu odam.
Abu Sufyon lablarini burishtirdi:
— Ey aziz birodarlar, axir jannat ham, jahannam ham shunchaki bir afsonaku.
­— Nimalar deyapsan? Hech ham afsona emasda, qolaversa, Ummu Jamilning bo‘yniga arqon ham osilgan bo‘larmish.
Abu Jahl ilib ketdi:
— Abu Lahab g‘irt to‘ng‘iz ekan, bilmay yurganakanmiz. U yerda ham ozmiko‘pmi daromad keltiradigan bir ish topgan emish, xotiniga o‘tin tashitib, ro‘zg‘orini butlar emish, — dedi va ko‘z qirini Abu Lahabga tashlab davom etdi: — Bizning jiyanimiz ham payg‘ambar bo‘lga
nida, biz ham bir gulxanga tashlanarmidik. Afsuski, bizga tole yor bo‘lmadida.

Qayd etilgan