Ahmad Lutfiy Qozonchi. Saodat asri qissalari (1-kitob). Intizor kutilgan tong  ( 211297 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 21 22 23 24 25 26 27 28 29 30 31 B


AbdulAziz  01 Yanvar 2009, 03:10:27

Abu Lahab ortiq chiday olmadi:
— Tolsimizning baland bo‘lgani qaergacha bordi? Ko‘rib turganingizdek, jiyanimiz bizni olovga tashlamoqchi. — Shundan keyin kulimsirab davom etdi: — Bizga hamroh bo‘ladigan mard bordir ichlaringda? Bizni u yerda sog‘intirib qo‘ysalaring, insofdan bo‘ladimi? Sizlarsiz biz nima qilamiz jahannamda?..
— Sen menga ham yoningdan joy ajratib qo‘y. Bu ketishda u yokda boshpanasiz qolishimiz ham hech gap emas.
Uqba yana ilib ketdi:
— Menga qara, hoy Amr, yangi ismingni bilasanmi o‘zing?
— Yo‘g‘a, hech narsadan xabarim yo‘q.
— Sening yangi oting «Abu Jahl» bo‘lgan. Ha, ha, «Abu Jahl».
Nodir ibn Horis qahqaha otib kulib yubordi:
— Ota-onangga qirq yil yolvorsang ham, senga bunday laqab berishni xayollariga keltira olmasdilar. Ha ha ha...
Abu Sufyon uning so‘zini kesdi:
— Azizlar, qo‘yinglar endi 6u hazillarni. Bo‘ladigan gaplardan gaplashaylik.
— Bu din haqida «bo‘ladigan gaplar»ning o‘zi shuda,— dedi Abu Jahl. — To‘g‘ri, durust, xayrli bir din
bo‘lsa, bu qullar bizdan oldin harakatga tusharmidilar? Demak, endi Xabbob jannatga kiradi. Mozorda allaqachon o‘ligi chirib bo‘lgan Yosir bilan Sumayya jannatga kirarmishda, o‘shanday qullardan qirqtasini sotib olishga qurbi yetadigan Uqba jahannamga kirarmish. «Payg‘ambar»ning muhtaram amakisi olovlar ichida jizg‘anak bo‘larmish... Io‘q, bunaqasi ketmaydi!.. — So‘ngra atrofdagilarni birbir ko‘zdan kechirdida: — Balki oranglarda uni qabul etganlar bordir? — deb so‘radi. Hech kimdan sado chiqmadi.
— Xo‘sh, uning g‘aroyib kalomiga nima deysan, Abul Hakim?
— Nima derdim, ey Uqba, nodonlarning savolini beryapsan. Hammasi eskilardan qolgan bir afsonada.
Nodir ibn Horis qo‘shimcha qildi:
— Men sizlarga undan ham qiziqroq afsonalarni aytib berishim mumkin.
Ayni shu damda Jabroili Amin galdagi vahiyni keltirib, Rasulullohning (s.a.v.) qalblariga singdirilayotgan edi: «Kofir bo‘lgan kimsalar imon keltirgan zotlar haqida: «Agar (bu Qur’on) yaxshi bo‘lganida (anavi yalangoyoqlar) unga bizlardan ilgari bormagan bo‘lur edilar», dedilar. Ular o‘zlari u (Qur’on) bilan hidoyat topishmagach: «Bu eski uydirmadir», dedilar. U (Qur’on)dan ilgari Musoning peshvo va rahmati bo‘lgan Kitobi (Tavrot) bor edi. Bu (Qur’on) arabiy lisondagi (o‘zidan avval nozil bo‘lgan barcha ilohiy Kitoblarni) tasdiqlaguvchi bir Kitobdir. U zolimkofir bo‘lgan kimsalarni (oxirat azobidan) ogohlantirish uchun va chiroyli amal qilguvchilarga (jannat haqida) xushxabar bo‘lish uchun (nozil qilingandir). Albatta, «Parvardigorimiz Ollohdir» degan, so‘ngra (To‘g‘ri yo‘lda) ustuvor bo‘lgan zotlar uchun xavfu xatar yo‘qdir va ular g‘amgin bo‘lmaslar. Ana o‘shalar jannat egalari bo‘lib, u joyda mangu qolurlar. (Bu) ular qilib o‘tgan amallarining mukofotidir ». (Ahqof surasi, 11-14.)

Qayd etilgan


AbdulAziz  01 Yanvar 2009, 03:10:54

HOJILARGA NIMA DEYMIZ?

Haj mavsumi yaqin qoldi. Bu paytda har tomondan haj ziyoratini ado etish uchun ko‘plab insonlar Makkaga oqib keladi.
Qo‘yib bersa, Muhammad ibn Abdulloh (s.a.v.) ularni ham o‘z diniga da’vat qilishi turgan gap. Buning oldini olish har narsadan ham zarur. Beparvo bo‘lish — keyin pushaymon qildiradigan bir qator voqealar oqimiga hozirdanoq taslim bo‘lish demak edi. Bugungi kungacha qurayshlarning orasida martabasi ulug‘, so‘zi o‘tadigan ko‘pgina kishilarning obro‘yi bir pul bo‘lishi mumkin edi.
Bu muammoni atroflicha muxokama etish va bir qarorga kelish uchun mushriklarning ulug‘lari Dorunnadvada yig‘ilib, mashvarat o‘tkazdi.
To‘rda Valid o‘tiribdi. Uning ikki yonidan Abu Jahl va Nodir o‘rin olishdi. Abu Sufyon, Abu Lahab, Ukba, Munabbih, Nabix, Umar, mashhur polvon Rukona, Os, Umayya, ukasi Ubayy, Asvad, Utba, Abdulloh ibn Abu Umayya, Shayba, Abu Uxayha... kabi qavmlarining oqsoqollari majlisdagi joylarini egalladilar. Hoshimiylardan birortasi bu majlisga chaqirilmadi. Garchi Abu Lahab hoshimiylardan bo‘lsa ham, uning e’tiqodi va dunyoqarashi bu yerdagilarga kundek ravshan edi.
Majlisni Valid ibn Mug‘iyra ochdi.
Haj mavsumining yaqinlashgani va Muhammad ibn Abdullohga qarshi boshlanishi kerak bo‘lgan kurash bugungi majlisning bosh masalasi ekanligini ma’lum qilgach, so‘zini shunday davom ettirdi:
— Mukammal bir tashviqot yuritishimiz darkor, bu masalada bir yoqadan bosh chiqarmasak, mag‘lubiyatga uchrashimiz muqarrardir. Har kim o‘zboshimchalik qilib, bi
rimiz ikkinchimizning so‘zimizni tinglamasak, musofirlar bizdan shubhalanadilar. Endi har kim o‘z fikrini bildirsin. Muxammadni kim deb, qanaqa qilib tanishtirishimiz ma’qulroq bo‘ladi? Uni shunday tasvirlaylikki, kelgan hojilar undan o‘zlarini olib qochsinlar.
— Qulog‘imiz senda, ey Abdushshams!..
— Qaysi yo‘ldan yurishni ma’qul desang, hammamiz shunga rozi bo‘lamiz.
— Men oldin sizlarning fikringizni bilmoqchiman. O’z fikrimni hammangizdan keyin aytaman. Balki menikidan ham ko‘ra ma’qulroq fikr chiqib qolar.

Qayd etilgan


AbdulAziz  01 Yanvar 2009, 03:11:20

— Haqlisan, ey Valid. Birinchi taklif bildirildi:
— Uni yolg‘onchi deb tanitaylik. Valid boshini chayqadi.
— Oramizda qirq yildan beri yashab kelayotgan bu odamning biron marta bo‘lsa ham yolg‘on gapirganini eshitgan kishi bormi? Bu so‘zga hech kim ishonmaydi, hatto o‘zimiz ham.
— Telba desak, qanday bo‘larkan?
— Qanaqasiga jinni bo‘lsin? Hech telbalarni ko‘rmaganmisizlar o‘zi? Muhammadning gapso‘zi, xatti-harakati telbalarnikiga o‘xshaydimi? Telbalarda kuzatiladigan chiranish, depsinish, vasvasalar, tutruqsiz gapso‘z va harakatlar bormi unda? Biz shunday chora topishimiz kerakki, unga nafaqat begonalar, balki o‘zimiz ham ishonaylik.
— Folbin deylik, mana shu narsa unga yarashadi.
—  Biz bugungacha ko‘pgina folbinlarni ko‘rdik, ularning bema’ni gaplarini eshitdik. Ammo uning so‘zlari bilan folbinlik orasida hech qanday bog‘liqlik yo‘q. Qolaversa, Muhammadni ko‘pdan beri taniysizlar, uning hech folbinlarga ishi tushganini ko‘rganmisizlar?
 — Eng to‘g‘risi — uni shoir deb tanitaylik, — dedi yana biri.
 — Azizim, biz she’rni his etmaydigan, she’r o‘qimaydigan odamlar bo‘lsak ham, boshqa gap edi. She’rning hamma turini bilamiz. Qasam ichamanki, bu o‘tirganlar ichida sheriyatni mendan yaxshirok biladigan kishi yo‘q. Ammo uning kalomi shs’r emas. Bunday desak, bizga hech kim ishonmaydi.
— Jodugar deylik bo‘lmasa.
— Hechamda. Uning joduga aloqador ishi yo‘q. Kuf-suf qilmasa, ichida bir nimalarni bidirlamasa, qanaqasiga jodugar bo‘lsin?

Qayd etilgan


AbdulAziz  01 Yanvar 2009, 03:11:43

Valid takliflarni shu tariqa rad etdi. Biron kimsa: «Axir, haqiqatni ko‘rabilaturib inkor etishdan nima foyda?» deyolmas edi.
—U holda endi gap yana o‘zingda qoldi, ey Abdushshams. Bizning hamma takliflarimizni rad etding. Sen nima deb o‘ylaysan. Nima deyishimizni istaysan, qani,
gapir.
Valid boshi egik xolda birmuncha jim bo‘lib qoldi. Qaysi tomonga yursa xam, oxiri berk ko‘chaga borib taqalishi ayon edi. Yo tuhmat qilish, yo mag‘lubiyatga rozi bo‘lish kerak. Uchinchi yo‘l ham bor edi: Olloh Rasulining bayrog‘i ostiga to‘planish, abadiy saodat tojini kiyish. Ammo...
Boshlar egilgan, miyalar g‘uvillar edi. Validning basharasi dambadam bujmaya boshladi. Ishontirsa bo‘ladigan chora topishga urinardi u. Lekin nimani o‘ylasa, baribir to‘g‘ri keltira olmasdi. Nihoyat, boshini ko‘tardi.
— Xudo haqqi, uning so‘zlarida o‘zgacha bir joziba, o‘zgacha bir soflik va ta’sirchanlik bor. Mevasi sarxil bir daraxt go‘yoki... Xudo haqqi, unga qarshi aytiladigan har qanday gap bema’ni bo‘lib chiqishi aniqdir.
Biron kimsadan sado chiqmasdi. Abu Jahl ham o‘yga toldi: «Bo‘lmasa, hoy qariya, sen bizni aylanibo‘rgilib mag‘lubiyat sari yetaklamokchimisan?!» deyishdan o‘zini zo‘rg‘a tiydi.
Sukunat uzoq davom etmadi. Abu Jahl endi so‘z boshlay deb turganida, yana Valid gaiirib ketdi:
— Eng yaxshisi — uni sehrgar deymiz. Axir, u begunoh odamlarni dinidan qaytarmoqda, otasidan, xotinidan, ukasidan, qabilasidan ko‘nglini sovutmoqda.
Nihoyat masala hal bo‘ldi. Maqsadlari Muhammad alayhissalomga bir laqab berish, hamma joyda uni shu laqab bilan atash edi, shunga erishdilar. Endi Rasulullohni (s.a.v.) hojilarga sehrgar deb tanishtirishga, «Zinhor unga yaqinlashmanglar, aks holda, keyin hech ham o‘zlaringga kelolmaysizlar», deb tuhmat qilishga kelishib oldilar.

Qayd etilgan


AbdulAziz  01 Yanvar 2009, 03:12:22

JAHANNAMNI QO’RIQLAYDIGAN O’N TO’QQIZ MALAK

Rasululloh (s.a.v.) bu bo‘lib o‘tgan majlis haqida boshqa tarafdan xabardor qilindilar. Hamma narsani ko‘ribbilib turadigan Buyuk Olloh vahiy farishtasini jo‘natib, Dorunnadvada to‘plangan ittifoqchilarga aloqador ushbu oyatlarni tushirdi: «Chunki qachon (qiyomat qoyim bo‘lgani haqida xabar berib) burg‘u chalinganida, ana o‘sha kun qiyin kundir! Kofirlarga oson bo‘lmagan (kundir)! Men so‘qqabosh holida yaratgan kimsani o‘zimga qo‘yib bering! Men unga kengmo‘l moldavlat va hoziru nozir o‘g‘illarni (ato) qildim. Yana unga (hayotning barcha ne’matlarini) qulayoson qilib qo‘ydim. So‘ngra u yana ziyoda qilishimni tama qilur. Yo‘q (uning tamasi behudadir)! Chunki u bizning oyatlarimizga qarshilik qiluvchidir. Yaqinda Men uni bir xarsangtoshga duchor qilaman. Chunki u (Qur’onni eshitgach, bu ilohiy Kitobga qanday tuhmat qilish to‘g‘risida) o‘yladi, reja tuzdi. Halok qilingur, qanday reja tuzdiya?! Yana halok qilingur, qanday reja tuzdiya?! So‘ngra u (o‘ylagan rejalariga) qaradi. So‘ngra (Qur’ondan biron ayb topa olmagach, peshonasini) tirishtirdi va (aftini) burishtirdi. So‘ngra (Hakdan) yuz o‘girdi va kibrhavo qildi. Bas, u: «Bu (Qur’on Ollohning so‘zi emas, balki) faqat (avvalgilardan) naql qilinayotgan bir sehrdir. Bu faqat basharning so‘zidir», dedi. Yaqinda men uni Saqarga (jahannamga) kiritajakman. Saqarning nima ekanligini siz qaerdan ham bilar edingiz. U (biron kofirni) qoldirmasqo‘ymas (U besh yuz yillik masofadan) insonlarga yaqqol ko‘rinib turguvchidir. Uning ustida (o‘n to‘qqiz farishta qo‘riqchilik — egalik qilur). (Muddassir surasi, 8 — 30.)
Qavmi orasida bitta deb hisoblanadigan, tengi va timsoli yo‘q ulug‘ zot sifatida tanilgan Valid uchun beqiyos bir tahdid, ulkan bir azob xabari edi bu. Mazkur oyatlarni mo‘minlar birbirlariga o‘qib berdilar. Xotini musulmon bo‘lganlarku uylarida ham bu oyatlarni takrorladilar. Nihoyat, bir kuni bu oyatlar mushriklarning ham quloqlariga yetib bordi.
— Bu dinning safsata ekanligi mana endi aniq bo‘ldi, — dedi Uqba. — Shuhrati Shomdan Yamanga qadar tarqalgan Validdek bir odam jahannamga tusharmishu, qayokdagi yalangoyoqlar jannatga kiritilarmish... Men bunga qoyil emasman.
— Xo‘sh, unda «o‘n to‘qqizta» degan raqamga nima deysiz? Muhammad uqtirgan jahannamda o‘n to‘qqizta azob farishtasi bor emish.
— U holda do‘zax unchalik katta joy emas ekanda.
Abu Jahl birovning so‘zini eshitadigan holatda emas edi.
— Agar o‘rtaga chiqib jar solsam, unday o‘n to‘qqizlardan qanchaqanchasini atrofimga to‘playman. Qarang, Ibn Abu Kabsha sizlarni o‘n to‘qqiz kishi bilan qo‘rqitmoqchi. Sizlar esa, ulkan bir jamoasiz. O’ntao‘nta bo‘lib birlashganda ham bir kishiga bas kelolmaysizlarmi?
Abu Asvad Jumohiy qahqaha otdi:
— Tashvishlanmanglar, men o‘ng yelkamga o‘ntasini, chap yelkamga qolgan to‘qqiztasini olib avrab turaman, sizlar sollanasollana jannatga kirib olasizlar.
Suhbat ana shunday hajv ohangida davom etar ekan, Validning ko‘ngli hech tinchlanmas edi. Yurakyuragidan chiqayotgan bir nido uning butun vujudini titratar, «Sen Muhammadning behuda, yolg‘on gapirganini hech eshitganmisan? Vaqtisoating yaqin endi, tayyorgarligingni ko‘raver, ey Valid!» deya hayqirar edi.
— Nimalarni o‘ylab qolding, amaki? Valid duduqlanib:
— O’zim... shunday... hech nima, — dedi.
— Juda o‘ychan bo‘lib qolding, ochig‘ini gapiraver.
— Shu, Muhammadning so‘nggi kalomi borku... Abu Jahl kuldi:
— Qo‘ye, amaki, dunyoga kuruq safsataning ustida bosh qotirishga kelibmizmi biz?!

Qayd etilgan


AbdulAziz  01 Yanvar 2009, 03:13:05

* * *
Mushriklarga yangi mavzu topilgan edi. Duch kelgan joyda musulmonlarni mazax qila boshlashdi.
— O’n to‘qqiz kishi bor emisha? Har birini jaxannamning bir burchagiga bog‘lab chiqamiz. So‘ngra u yerda ham hokimiyat bizniki bo‘ladi...
Kuch ishlatishga to‘g‘ri keladigan bo‘lsa, pahlavon Rukona o‘zini ko‘rsata boshlardi. Duch kelgan musulmonni turtibsurib:
— Nima gaplar bor sizlarning o‘n to‘qqiz farishtangiz tomonlarda? Xudo haqqi, hammasining adabini, mana, o‘zim beraman! — der, so‘ngra karshisidagi musulmon bilan yengil sinov namoyishiga kirishar edi.
Hamma yerda o‘n to‘qqiz farishtaning jahannamdan vazifa olishi haqidagi gap!
Shu asnoda Rasulullohning (s.a.v.) qalblari ushbu mavzuni yoritib beradigan oyatlar bilan yo‘g‘rildi:
«...va biz faqat kofir bo‘lgan kimsalarni sinash uchun u (farishta)larning sanog‘ini (o‘n to‘qqizta) qildik. Toki kitob berilgan kimsalar (ya’ni, yaxudiy va nasroniylar o‘zlarining ilohiy kitoblari bo‘lmish Tavrot va Injilda ham do‘zax qo‘riqchilari bo‘lgan farishtalarning sanog‘i o‘n to‘qqizta ekanligi aytilganini ko‘rib, Qur’onning Olloh tomonidan nozil qilingan Haq Kitob ekanligini) aniq bilgaylar va imon keltirgan zotlarning imoni yanada ziyoda bo‘lgay va Kitob berilgan kimsalar ham, mo‘minlar ham (do‘zax qo‘riqchilarining
sanog‘i to‘g‘risida) shakshubha qilmaydilar. Va toki dillarida maraz bo‘lgan kimsalar va kofirlar: «Buni misol qilish bilan Olloh nima demoqchi?» degaylar. Olloh o‘zi xohlagan kimsalarni mana shunday yo‘ldan ozdirib qo‘yur va O’zi xohlagan kishilarni hidoyat qilur. Parvardigoringizning qo‘shinlarini (ya’ni, farishtalarning qancha adadi va qanday sifatda ekanliklarini) yolg‘iz Uning O’zigina bilur. U (ushbu oyatlarda ta’riflangan jahannam) faqat insonlar uchun eslatmadir». (Muddassir surasi, 31.)

Qayd etilgan


AbdulAziz  01 Yanvar 2009, 03:13:29

O’LIMDAN KEYINGA DOIR

Jannat va jahannam dunyo hayoti tugagandan so‘ng boshlanadigan abadiy hayot bilan bog‘liq manzillardir. Holbuki, arablarning ba’zilari o‘lgandan so‘ng qayta tirilishiga ishonsa ham, ko‘plari hamma narsa faqat 6u dunyodagi hayotdan iborat, deb ishonar edi.
Abu Jahl Payg‘ambarga (a.s.) tushirilgan so‘nggi oyatlar ta’sirida larzaga kelgan Valid ibn Mug‘iyraga tasalli berar ekan, bo‘lmaydigan kuruk safsatadan iborat u dunyo uchun qayg‘urish bema’nilikdir, deb uqtirmoqchi bo‘lardi.
Nag‘sadar bexuda, asossiz gap... Inson o‘ladi, tuproq ostida chiriydi, yuzlarcha, minglarcha insonlarning o‘lik vujudi, chirigan suyaklari tuproqning ostida birbiriga qo‘shilibaralashib ketadi. Shamollar ularni har tomonga uchirib ketadi, oqar suvlar bu tuproqlarni qaerlargadir oqizib ketadi, dengiz to‘lqinlari esa, dengizlarga cho‘kib o‘lganlarning jasadini har tomonga sochib yuboradi; baliqlarga, yirtqich hayvonlarga yem bo‘lganlar, yong‘inlarda jon berib kullari ko‘kka sovurilganlar, quruq cho‘llarning qumlari orasida yo‘q bo‘lib ketganlar...
Demak, ular bir kun kelib qayta tirilar ekanda... Ertaklar ham bunchalik uydirma bo‘lmas! Bundan minglarcha yil oldin yashaganlar, minglarcha yil keyin yashaydiganlar... ha, ha, ularning hammasi kayta va yangi hayotga qovushadilar emish.
Bu tuproqlar yana go‘sht va suyak bo‘ladi, ularga yana qayta jon baxsh etiladi va u behisob insonlar hisobkitob qilinadi, ajrmukofot oladi yoki azobga uchratiladi... Bo‘lishi mumkinmi shunaqasi?..
Ollohning cheksiz qudratiga ishonmagan inson qiyomatda sodir bo‘ladigan hodisalarga qaydan ham ishonardi? Ikkita tuya so‘yilib, suyaklari birbiriga aralashtirilsa, eng aqli raso inson ham bu suyaklarni ajrata olmaydi. Holbuki, yer yuzida kattakichik minglarcha tur jonivor bor edi. Ularning har bir navidan nechanecha millyonmilyardlari yashab, o‘lib ketgan. Shu damda oyoqlari ostidagi tuproq, kim biladi, qancha hayvonlar, qancha insonlarning go‘shti va suyaklaridan hosil bo‘lgan ekan?
Kim buni bilib beradi?! Xullas, bunday bo‘lishi aslo mumkin emas!
Darxaqiqat, insonning qo‘lidan bu ish kelmaydi. Inson ongi shu yerga kelganda taqqa to‘xtaydi, bundan ortig‘ini tasavvur ham qila olmaydi. Ikki tuyaning suyaklarini birbiridan ajrata olmagan inson aqli ikki yuz tuya, ikki yuz ot, ikki yuz insonning suyaklarini qanday qilib ham ajratadi?
Dorunnadvada «aql o‘yini» qilayotganlar shunday qarorga keldilar: o‘lgandan keyin qayta tirilish yo‘qdir, chunki bu imkonsizdir, dedilar.

Qayd etilgan


AbdulAziz  01 Yanvar 2009, 03:13:45

Rasulullohning (s.a.v.) qo‘shnilaridan Odiyy ibn Robia u kishining yonlariga kelib:
— Qani, gapir, sen qiyomat deb atayotgan kuning qachon keladi, qanaqa bo‘ladi, nimalar bo‘ladi? — deb so‘radi.
Payg‘ambar (s.a.v.) tushuntirdilar, u tingladi. Shundan keyin Odiyy bunday dedi:
Yo Muhammad, sening bu gaplaring g‘irt uydirmadir. Sen gapirayotgan narsalarni o‘z ko‘zlarim bilan ko‘rsam ham ishonmayman, tasdiqlamayman. Demak, Olloh bu tarqalib ketgan suyaklarni bir joyga yig‘adi, shundaymi?! Bu aqlga sig‘maydigan narsa, axir...
Rasululloh (s.a.v.) uni tashlab chiqib ketdilar.
— Ollohim, bu nodon qo‘shnilarim Odiyy ibn Robia va Axnas ibn Shariqqa qarshi meni kuchli, sabrli qil, —deya duo o‘qiy boshladilar.
Nabiyi Akram (s.a.v.) qaytib uylariga kelganlarida vahiyning isi u zotning vujudlarini qamrab ola boshladi. Qiyomat surasining ilk oyatlari pokiza qalblariga yozilar edi:
«Men qiyomat kuniga qasam ichurman. Va men malomatgo‘y nafsga qasam ichurmanki, (hech shakshubhasiz, qayta tirilib hisobkitob qilinursizlar)! Inson bizni uning (chirib, tuproqqa aylanib ketgan) suyaklarini hargiz to‘play olmas, deb gumon qilurmi?! Io‘q. Biz uning barmoqlarini (ham) tiklab joyiga keltirishga qodir bo‘lgan Zotdirmiz! Balki inson kelgusi hayotida (ham) fisqfujur (gunoh amallarni) qilmoqni istab: «Qiyomat kuni qachon o‘zi?» deb so‘rar?! Bas, (ko‘rgan dahshatlaridan) ko‘z qamashib, (osmondagi) oy ham tutilgan holda, kuyosh va oy birlashtirilgan vaqtda — ana o‘sha Kunda u inson: «(Bu baloofatlardan) qaerga qochib qutulish mumkin?» deb qolur. Io‘q! (Ey inson, Ollohning g‘azabidan qochib qutuladigan) biron bopshana yo‘kdir! U Kunda yolg‘iz Parvardigoring (hukm qilgan joy)ga qaror topishgina bordir. U Kunda insonga (hayoti dunyodalik chog‘ida) qilib o‘tgan va (o‘zidan keyin) qoldirgan (barcha) narsalarning (ya’ni, yaxshiyomon amallarning) xabari berilur. Balki (u Kunda) inson — garchi o‘z uzrbaxonalarini (o‘rtaga) tashlasakeltirsada — (uning barcha a’zolari) o‘zining ziyoniga guvohlik berguvchidir!» (Qiyomat surasi, 1-15.)
Bu oyatlar mushriklarga o‘qib berilganida, ular bu teran ma’noli, sermazmun kalomni tushunishni, hatto bu haqda bosh qotirishni ham istamadilar. Chunki bu to‘g‘rida qanchalik ko‘p o‘ylasalar, shunchalik ta’sirlanar, aqllari qabul etayotgan haqiqatdan qochib qutulishga joy topolmay qolar edilar.
Eng osoni — mutlaqo e’tibor bermaslik, tinglamaslik, «E, bore», deb qo‘l siltab ketish edi.
Ammo suyaklarning yig‘ilishi u yoqda tursin, barmoq uchlarining ham tasdiq etilishiga nima deysiz? Yuz yillar o‘tib, insonlarning barmoq uchlaridagi aql bovar qilmas sirlar yuzaga chiqqanida, hayratdan barmoqlarini tishlaydigan kunlar kelishi muqarrar. Bir insonning barmog‘i uchlaridagi izlarning boshqa bir insonda bo‘lmasligi... buni insoniyat tarixi davomida har bir inson uchun alohidaalohida tasdiq etgan Buyuk Qudrat, butun olamlarni yo‘kdan bor qilgan Qudrat, albatta, ularni ikkinchi marta qayta yaratishi, qayta xayot berishi muqarrardir.

Qayd etilgan


AbdulAziz  01 Yanvar 2009, 03:13:57

Ammo buni tushunishni istamagan kishiga uqtirishdan, ishonmaslikka oldindan qaror qilib qo‘ygan kishini ishontirishdan, yoki bo‘lmasa, ishonmasa ham, «ishondim» deyishga majbur etishdan kimga nima foyda?
Shunisi beshakki, mo‘minlar ushbu haqiqatni tan olganliklari uchun ezilar, haqoratlanar, mazax qilinar edilar. Huzuridan panoh topib, dardini aytib yengil tortadigan, jiddiylik bilan hayot haqiqatlari to‘g‘risida bahs yuritadigan mard kishini topolmay garang edilar.
Imon keltirganlarning ichida boylardan bitta Abu Bakr bor edi, xolos. Bitta Xadicha bor edi. Qolganlar ko‘pi faqir, zaif, kambag‘albechoralar...
Yonatrofda esa, hamma kofir, dushman, insofsiz... Tashqarida quyoshning haroratidan ham baland, yondiribkuydiruvchi, qo‘rqinchli bir muhit hukmron, shunisi kishining yuragini siqar, bezovta qilar edi. «Men mo‘minman» deyish xavfli, olamlarni yaratgan Buyuk Ollohga ibodat qilish taqiqlangan; ustiga qo‘ngan pashshalarni ham qo‘riy olmaydigan butlarni: «Bular bir toshdir», deyish ayb...
Bunday muhitdan bo‘g‘ilgan mo‘minlar huzurhalovatni faqat Nabiyi Akmalning (s.a.v.) mashvaratlarida topar, ruhlarga orom beruvchi, ko‘ngillarni poklovchi suxbatlaridan yengil nafas olar edilar.
O’n to‘rt kunlik to‘lin oy chiqqan bir kecha edi. Rasulullohdan (s.a.v.) Qiyomat surasining: «U kunda mo‘minlarning yuzlari yashnab, Parvardigorlariga boqib turguvchidir» (22 — 23) oyatlarining mazmunini izohlab beringni so‘radilar. Shu ma’noda:
— Yo Nabiyalloh, biz Qiyomatda Robbimizni ko‘ramizmi? dedilar. Faxri Olam (s.a.v.) janoblari ko‘kdagi oyga qaradilar. Osmonda bitta ham bulut parchasi yo‘q edi. Oy xuddi unga qaraganlarning yuzlarini nurlantiradigandek yorqin porlab turardi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  01 Yanvar 2009, 03:14:10

* * *
— Sizlar xuddi shu oyni ko‘rib turganingizdek, Robbingizni ham tiniqravshan ko‘rasizlar, — dedilar va qo‘nshmcha qildilar: Agar quyosh chiqmay turib va botmasdan oldin namoz o‘qishga kuchingiz yetsa, zinhor bunga beparvo bo‘lmangiz.
Habibi Akmalning (s.a.v) namoz masalasida bildirgan fikrlari atroflarini o‘rab olgan mo‘minlarga yangi bir hayajon, yangi bir zavqshavq berdi. Bugun Robbini ko‘rmasa ham, xuddi ko‘rib turganday samimiyat va xoksorlik bilan namoz o‘qiganlar, ertaga uni ko‘rish sharafiga muyassar bo‘ladilar! Bugunning mukofotini ertaga u yerda oladilar!
Ichlari huzurxalovatga to‘liq holda Payg‘ambarimiz (a.s.) bilan xayrlashdilar.

Qayd etilgan