Ahmad Lutfiy Qozonchi. Saodat asri qissalari (1-kitob). Intizor kutilgan tong  ( 211305 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 22 23 24 25 26 27 28 29 30 31 B


AbdulAziz  01 Yanvar 2009, 03:14:26

VAHIYNING BIR MUDDAT TO’XTAB QOLISHI

Tushayotgan har yangi oyat mo‘minlarga quvvat bag‘ishlar, mushriklarni esa, quturtirgandan quturtirar edi. Risolat kela boshlaganidan buyon salkam besh yil o‘tgan, uning uch yilida yashirin, keyingi ikki yilda ochiq da’vat qilina boshlagan edi. Ammo bu yillar zo‘r mashakqatlar ichida o‘tdi.
Mushriklar mo‘minlarning ovozini o‘chirish, Islom tug‘ilgan kunlaridayoq bo‘g‘ib tashlash uchun butun kuchqudratlarini ishga soldilar, g‘ayratlarini sira ham ayamadilar, har kuni yangi bir razillik, yangi bir zulmni tadbiq etdilar.
Shu kunlargacha teztez kelib turgan Jabroili Amindan uchto‘rt kun ketmaket darak bo‘lmay qoldi. Yana bir necha kun o‘tdi, Jabroil alayhissalom hamon kelmasdilar. Mo‘minlar tashvishga tushib, Rasululloh (s.a.v.) siqila boshladilar.
Jabroili Aminning kelishi Nabiyi Akramning (s.a.v.) yengil tortishlari demak edi. U keldi deguncha, qalblari orom ola boshlar, ko‘zlarida tabassum yashnar, zavqlanar, mushriklarning qilayotgan zulmlari, yetkazayotgan ozorlariga qarshi yanada sabrliroq bo‘lib qolar edilar.
Bu uzilishning uch kun davom etganini naql qiluvchi rivoyatlar ham bor bo‘lsada, Rasulullohning (s.a.v.) shikoyat qilishlariga hamda vahiy kelmay qolganidan mushriklar ham xabardor bo‘lishi darajasiga yetganiga qaraganda, oradan anchamuncha vaqt o‘tgani muqarrardir. Shunga ko‘ra, bu uzilish uch emas, o‘n uch yoki yigirma uch kun davom etgan bo‘lishi ehtimoldan xoli emas. Chunki o‘sha kunlarda Abu Lahabning xotini Ummu Jamil fursat topdi deguncha Rasulullohga uchrab:
— Mana endi shaytonni ham charchatibsan. Qara, seni tashlab ketdi, — deb baqirgan edi.
Holbuki, bunday bo‘lishi aslo mumkin emas. Olloh taolo Habibi Adibidan bezmas, ko‘ngli qolmas, uni tark etmas. Tark etadigan, bezadigan bandasiga payg‘ambar o‘laroq, Sarvari Anbiyo o‘laroq mas’uliyat yuklarmidi?
Binobarin, o‘sha kuni Nabiyi Akmal (s.a.v.) chehralarida tabassum paydo bo‘ldi. Chunki Jabroili Amin bu safar butun bir sura bilan tushgan edilar.
Mo‘minlar nihoyat yengil tortdilar. Qog‘oz, qalam kel tirildi. Shundan keyin Janobi Payg‘ambarimiz vahiyni donadona qilib o‘qiy boshladilar: «Vazzuha, vallayli iza saja...» «Choshgoh vaqtiga qasam. (O’z zulmati bilan choratrofni) qoplab o‘rab olgan kechaga qasamki, Parvardigoringiz sizni tark etgani ham, yomon ko‘rib qolgani ham yo‘q. Albatta, oxirat siz uchun dunyodan yaxshiroqdir. Yaqinda Parvardigoringiz sizga (shunday ne’matlar) ato eturki, siz (u ilohiy marhamatlardan) rozi bo‘lursiz. Sizni yetim holda topgach, boshpana bermadimi? U Zot sizni gumrohg‘ofil holda topib, (Haq yo‘liga) hidoyat qilib qo‘ydiku! U Zot sizni kambalg‘al holda topib, boy qilib qo‘ydiku! Bas, endi siz ham yetimga qahr qilmang! So‘rovchi gadoni esa, haydamang! Parvardigoringizning (sizga ato etgan payg‘ambarlik va boshka barcha) ne’mati haqida bo‘lsa, so‘zlang». (Vaz-Zuha surasi)

Qayd etilgan


AbdulAziz  01 Yanvar 2009, 03:14:51

Bu sura Rasulullohni (s.a.v.) bolalik chog‘laridan qolgan xotiralar sari yetakladi. Yetim bir go‘dak bo‘lganlarini, avval bobolari, so‘ngra amakilarining quchog‘ida ota-onasiz kechirgan kunlarini esladilar. Risolatdan avvalgi hayotlari ham pokiza edi. Endi esa, eng pokiza zotlarga ham namuna bo‘ldilar. O’zlari yetimlikda o‘smagan takdirda ham, bir yetimni xo‘rlashlari, qalbiga ozor berishlari, ranjitishlari aslo mumkin emas edi.
Ammo shu o‘rinda nozik bir jihat bor. Buyuk Olloh yetimga shaxsan o‘zi mehrshafkat ko‘rsatadi. Buyuklar buyugi Rasuliga ham uni xafa qilish, ozor berish huquqini bermasligini ochiqoydin bayon etadi, shu tariqa biron kimsaning yetimga qarshi bo‘lishini o‘ylashiga ham rozi bo‘lmasligini uqtiradi.
Otasi yoki onasi ajal o‘qiga nishon bo‘lgan bir go‘dakning ilohiy takdir taqozosi bilan yuragi yonishining ustiga yana musht tushirgan kishiga ilohiy bir jazo berilishi, ma’naviy bir musht tushirilishi shu yo‘sin ma’lum qilindi.
Xo‘sh, yetimning boshini silagan, ko‘z yoshini artgan kishining mukofoti qanday bo‘ladi?
Rasululloh (s.a.v.) o‘zlariga jimgina qarab turgan birodarlariga o‘rta barmoqlari bilan ko‘rsatkich barmoklarini yonmayon qilib ko‘rsatdilar:
— Yetimga kafil bo‘lgan kishi bilan men jannatda mana shu ikki barmog‘im singari barobar bo‘lamiz, —dedilar.
Bunday lo‘nda, bunday aniq ifoda bo‘lishi mumkin emas. Bunday mukofotga sazovor bo‘lgan kishining «Men yana boshqa narsa ham istayman», deyishiga o‘rin qolmagan edi.
Nabiyi Akram (s.a.v.) huzurlaridagilar orziqib kutilgan vahiyga qovushishdek baxtdan mast holda tarqaldilar...

Qayd etilgan


AbdulAziz  01 Yanvar 2009, 03:15:00

* * *
Mo‘minlar har kuni, imkon topildi deguncha, Rasulullohning (s.a.v.) yoniga to‘planishar, kelgan oyatlarni eshitib yod olishar, yod olgan oyat va suralarni birbirlariga o‘qib berishar, oyatlarning mazmuni haqida o‘zaro bahs yuritishar yoki Rasulullohdan ularning izohini tinglashar edi.
Shunday kunlardan birida ValFajr surasi tushirildi. Suraning bir qismi inson tabiatini ta’riflashga bag‘ishlangan edi:
«Bas, endi inson qachon Parvardigori uni imtihon qilib, aziz qilib qo‘ysa va unga ne’mat ato etsa, darhol: «Parvardigorim meni aziz qildi», der. Endi qachon uni imtihon qilib, rizqini tang qilib qo‘ysa, darhol: «Parvardigorim meni xor qildi», der. Yo‘q (sizlar gumon qilganlaringizdek, izzatikrom boylik bilan, xorzor qilish kambag‘allik bilan bo‘lmas)! Yo‘q, sizlar yetimni izzatikrom qilmassizlar! Miskinbechoralarga taom berishga ham birbirlaringizni targ‘ib qilmassizlar. Merosni esa, (o‘z ulushlaringizga o‘zgalarnikini ham) qo‘shib yeyish bilan yeyaverursizlar! Yana, mol-dunyoni qattiq muhabbat bilan yaxshi ko‘rursizlar!» (15 — 20).
Insonga Robbi xiyonat qiladimi?
Insonni inson qilib yaratgan Robbi haqida bu so‘zlarni insonligini unutganlargina aytishi mumkin.
Bu yerda Risolat taxtining sultoni ushbu muborak so‘zlarni bayon etdilar:
«Musulmonlarning ichida eng xayrli uy — ichida yetim panoh topgan uydir. Musulmonlarning eng yomon uyi esa — ichida bor yetimga yomon muomala qilingan uydir».
So‘ngra muborak barmoqlaridan ikkitasini juftlab, yonlarida o‘tirganlarga ko‘rsatdilar va: «Men bilan yetimning kafili bo‘lganlar jannatda mana shunday bir bo‘lamiz», dedilar,
ValFajr surasi o‘sha kuni mo‘minlarga o‘zgacha tarzda qattiq ta’sir qildi, borliqlarini eritib yubordi. Qalblari o‘zgarganday, ruhlari poklanib, qayta tug‘ilganday bo‘ldilar.
«Yo‘q, (bunday kirdikorlaringizdan qaytingiz!) qachon yer (zilzilaga tushib, barcha narsa) chilnarchin qilinganda, Parvardigoringiz(ning hukmi) va farishtalar safsaf bo‘lib kelganda, o‘sha kunda jahannamni ham (yaqin) keltirib qo‘yilganda, ana o‘sha Kunda inson (bu ko‘rganlaridan) eslatmaibrat olur. (Ammo u Kunda) bu eslatmaibrat(ning foydasi) qayoqdan tegsin?! U: «Ex, koshki edi men hayot vaqtimda (solih amallar) qilib o‘tgan bo‘lsam», deb qolur! U Kundagi (Ollohning) azobi kabi hech kim azoblay olmas, va u Zotning (kishan va zanjirlar bilan) bog‘lashi kabi hech kim bog‘lay olmas. (U Kunda hayoti dunyodan Olloh taoloning va’dasiga ishonib imon va ezgu amallar bilan o‘tgan mo‘minlarga xitob qilib, deyilur): «Ey xotirjam, sokin jon, sen (Olloh ato etgan ne’matlardan) rozi bo‘lgan (va Olloh taolo tomonidan sening amallaringdan) rozi bo‘lingan holda Parvardigoring (huzuri)ga qayt! Bas, (solih) bandalarim qatoriga kirgin va mening jannatimga kirgin!» (21—29 oyatlar).
Bu oyatlar, ayniqsa, Hazrati Abu Bakrni mast qildi. Ko‘zlarida shunday oqibatga erishish, shunday baxtsaodatga yetishishning umid uchqunlari iorlamagan kimsa yo‘q edi. Bu saodatga erishish, bu cheksiz ma’naviy zavkni totish kimga nasib bo‘ladi? Buni yolg‘iz Ollohning o‘zi biladi.
— Yo Nabiyalloh, — dedi Abu Bakr, — bu qanday go‘zal, qanday ajib bir mukofot.
Rasululloh (s.a.v.) nigohlarini unga yo‘lladilar:
Yo Abu Bakr, Buyuk Olloh sen o‘layotganingda xuddi mana shu so‘zlarni bayon etadi, — dedilar.
Hazrati Abu Bakr bu xushxabarni eshitib, xuddi hozirning o‘zidayoq ushbu mukofotga sazovor bo‘layotganday, dunyoda yashayaptimi yoki oxiratdami — bilmay qoldi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  01 Yanvar 2009, 03:15:24

VIJDON AZOBI VA OVCHI YIGIT

Rasululloh (s.a.v.) bir kuni Safo tepaligida o‘tirgan edilar. Bemisl kofir Abu Jahl, yonida birikkita hamtovoqlari bilan, o‘sha yerdan o‘tib qoldi. Rasuli Zishonni (s.a.v.) ko‘rgani hamon tepa sochi tikka bo‘ldi. O’zo‘zidan so‘kinib ketdi. Payg‘ambar (s.a.v.) sir boy bermay, javob ham qilmay o‘tiraverdilar.
So‘kinishlariga hech qanday javob bo‘lmagan sari Abu Jahl battar asabiylashdi. Og‘ziga kelganini qaytarmay haqorat qila boshladi. Ustiga ustak, hamtovoqlari bilan bir bo‘lib, U zotga qarata tosh, tezak ham otishga tushdi.
Payg‘ambar janobimiz yana javob qilmadilar. O’rinlaridan turib, indamay u yerdan ketib qoldilar. Qo‘rkkanlaridan emas, u battolni Ollohga havola etganlari uchun ham lommim demagan edilar.
Abu Jahl esa, hamon orqadan so‘kinardi. Bu jirkanch hodisaga tashqaridan ikki zotgina guvoh bo‘ldi. Biri — hamma narsani ko‘ribbilib turuvchi Buyuk Olloh bo‘lsa, ikkinchisi — Abdulloh ibn Jud’onning bir cho‘risi edi... Bu ayol ushbu damda baquvvat bir erkak bo‘lishni, sapchib turib borib Amr ibn Hishom va uning hamtovoqlariga yaxshigina saboq berib qo‘yishni istar edi...
Holbuki, Muhammad ibn Abdulloh (s.a.v.) uning qarindoshi emasdi. Qolaversa, o‘zi ham musulmon bo‘lmagan. Ammo unda insoniylik, muruvvat tuyg‘usi baland edi. Begunoh bir kishining haqoratlanayotganini ko‘rabilaturib lommim demaslik, menga desa o‘lib ketmaydimi qabilida befark bo‘lish odamga emas, hayvonga munosib bir tuyg‘u bo‘lardi. Holbuki, ozod ayol ham emas edi. Ammo hurfikrli, oqila edi. Uning o‘ziga xos bir haq tuyg‘usi, adolat tuyg‘usi, vijdoni bor edi. Va shu onda bu vijdoni o‘zining dinida bo‘lmish Abu Jahlni haqsiz va zolim deb topgan, ayblayotgan edi.
Ko‘zi ochiq va insof o‘lchovlarini yo‘qotmagan har bir odam: «Bunday chehrali inson yomon bo‘lishi mumkin emas», deya tan oladigan Inson shunday haqoratlansa, shunday xo‘rlansa!... Boz ustiga, bu kabi ishlarni Abu Jahldek bir nursiz, yuzidan yomonlik yog‘ilib turadigan odam qilsa, qanday toqat etib bo‘ladi?
Bu fikrlar cho‘riga hech tinchlik bermay qo‘ydi. Shu payt yonidan Payg‘ambarning (a.s.) amakilari Hamza o‘tib borayotganini ko‘rib qoldi. Shoshapisha:
— Ye Hamza! Ye Hamza! — deb ortidan chaqirdi. Hamza to‘xtadi. Qarasa, bir cho‘ri.
— Nima deysan, ey cho‘ri? — deya so‘radi.
— Senga bir dardimni aytmoqchiman. Ammo, aslida, u mening dardim emas.
— Tushuntiribroq gapirsangchi.
— Birikki soat oldin shu yerda bo‘lganingda, menaytmoqchi bo‘lgan voqeani o‘z ko‘zing bilan ko‘rgan bo‘larding.
— Yana hech narsani tushunmadim. Ochiqroq gapir! Cho‘ri bo‘lib o‘tgan voqeani batafsil aytib berdi.
So‘ngra so‘zlarini shunday davom ettirdi:

Qayd etilgan


AbdulAziz  01 Yanvar 2009, 03:15:34

— Abdulmuttalibning mard o‘g‘li Hamza ov ovlab yuraversinda, bu yerda Amr ibn Hishom uning jiyanini toshbo‘ron qilsin, ustiga yomg‘irdek haqorat yog‘dirsin!.. Ahvol shunday bo‘lsa ham, sen yo‘lingdan qolma, ey Hamza, ovingning ketidan qolma. Ammo shuni ham yaxshi bilib qo‘yginki, qadri yo‘q mendek bir cho‘rining ham vijdoni bu voqeani ko‘rib larzaga tushdi, parishon bo‘ldi. Endi boraver...
Hamza nihoyatda darg‘azab bo‘ldi. Imon keltirmagan edi, ammo suyukli jiyanini Amr ibn Hishomning haqoratlashiga ham indamay ketolmas edi. Shuningdek, cho‘rining nashtardek o‘tkir va kinoyali so‘zlari Hamzaning jonjonidan o‘tib ketdi. Ka’ba tomonga shahdam yo‘l oldi.
Hamza har kuni ovga chiqar, shu tariqa ko‘ngilxushlik qilar edi. Ovdan qaytayotganda Ka’bani tavof etar, do‘stlari bilan bir oz suhbat kurib, so‘ngra uyiga qaytar edi.
Masjidi Haramga borganida, bir davrada o‘tirgan Abu Jahlni ko‘rib qoldi. To‘g‘ri ustilariga bostirib boraverdi va hech narsa demay, qo‘lidagi yoyni otib, Abu Jaxlning boshini yaraladi. Abu Jahlning boshidan qon oqa boshladi. Bu voqea shu qadar tez ro‘y berdiki, hech kim hech narsani tushuna olmay qoldi. So‘ngra birdan xushlariga kelib, sapchib turdilar va Hamzaga hujum qilishga shaylandilar.
— Nima gap, ey Hamza? Yoki dahriy bo‘ldingmi? Hamza ko‘zlarini Abu Jahldan uzmas edi.
— Jiyanimni bekordanbekorga haqorat qilish mard yigitning ishi emas! — deb hayqirdi. — Mana, men ham uning dinidaman, uning yo‘lidan yurmoqdaman, mard bo‘lsang, maydonga chiq!
 Hamzaning bu gulduros ovozi butun Masjidi Haramdagilarga ulkan bir yangilikni baralla e’lon etgan edi. Bu so‘zlarga javoban qanday ham yo‘l tutib bo‘lardi?!
Yonatrofdagilar mazkur voqeani muhokama qilishga tushdilar. Abu Jahl bir qo‘li bilan boshidagi yarasini silay boshladi. Qon uning aftibasharasini jirkanch bir holga solgan edi. Do‘stlari hanuz unga qarab turishar, bir ishorasini kutishar edi.
Abu Jahl ularga o‘girildi:
— Abu Umora (Hamza) haqlidir. Men bugun uning jiyanini bekorga ranjitdim. O’z navbatida u mendan jiyanining Al-Amini oldi, — dedi.
Voqeaning bunday yechim topishini hech kim kutmagan edi. Chunki bunaqa adolat, insoniylik tuyg‘usi Abu Jahlga xos emas edi. Tushda ham Abu Jahl bu darajada haqparvar bo‘la olmasdi, axir. Qolaversa, yonida do‘stlari bor, boplab Hamzaning ta’zirini berishi mumkin edi. Boshidan qonlar oqaoqa, Hamzani jazolay olishi mumkinligini bilaturib, bunday muomala qilish har qanday mard yigitning ham qo‘lidan kelavermaydi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  01 Yanvar 2009, 03:16:11

Muqarrar janjalning oldi olindi. Abu Jahl Hamzaga qarshi lommim demadi, aybdor ekanligini tan oldi. Abu Jahlga kerakli saboqni berdim, degan fikr bilan Hamza u yerni tark etdi.
Unchamuncha odamlar tarqalgandan keyingina Abu Jahl niqobini olib tashladi:
— Hamza jahl ustida borib Muhammadga qo‘shilmasin tag‘in, deb qo‘rkdim. Qo‘yaveringlar, bir marta urgani bilan hech narsa bo‘lib qolmaydi...
Masalaning asl mohiyati mana shunda edi.
Hamza uyiga keldi. Qalbini qandaydir ajib bir huzurhalovat qoplagan. Hatto begona bir cho‘rining vijdonini azoblagan bu jirkanch hodisaga yaxshigina bir javob bilan barham bergani, Abu Jahlga jazosini o‘z qavmi va qabilasining ko‘zi o‘ngida bergani ayniqsa ko‘ngildagiday ish bo‘ldi. Ammo jahl ustida aytib yuborgan so‘zlarichi? Nimadan darak beradi u? «Men ham uning dinidaman!» dedi. Holbuki, shu bugunga qadar bu Haqda hali hech jiddiy bosh qotirib ko‘rmagan.
Jiyaniga bo‘lgan ishonchi cheksiz edi. To‘g‘ri so‘zli, odobli inson. Modomiki, u shunday da’vo bilan mayDonga chiqqan ekan, albatta, niyati xolis bo‘ladi; odamlar aytayotganidek, bir mojaro chiqarish orzuida boshlamagan bu ishlarni — Hamzaning qanoati shunday edi.
Badaxloq akasi Abu Lahab singari, unga dushman ham bo‘lmadi, ammo ota-bobolaridan meros bo‘lib kelayotgan dinini o‘zgartirish zaruratini ham hozircha his etgani yo‘q edi... Shayton Hamzani kitiqlar, Abdulmuttalibning dinini tark etishiga hech rozi bo‘lmas edi. Miyasi xuddi bir jang maydoniga aylandiqoldi.
«O’lim ham insonga dinidan voz kechishdan ko‘ra yaxshirokdir. Necha yillardan beri qoshlarida bosh egganing ilohlar yuziga qanday qaraysan? Xubal, Lot, Uzzo, Manot, Isof, Noila... bular nima bo‘ladi? Hammalaridan voz kechasanmi?»
«Ammo jiyaning insonlarni yomonlikka chaqirayotgani yo‘q. Toshlar va yog‘ochlarga qul bo‘lish jaholatidan kutulishga, yolg‘iz Haqqa qul bo‘lishga chaqirmokda. Haqqa hurmatda, toatibodatda bo‘lishga chorlamokda».
Hamzaning zehni goho shaytonning vasvasalari, goho qalbidan, aqlidan yuksalayotgan faryodlar munozarasidan alg‘ovdalg‘ov bo‘ldi. Tonggacha mijja qoqmadi. Quyosh chiqa boshladi, ammo Hamza hali ham uxlamagan edi. Hanuz yuqoridagi ikki qaramaqarshi fikrning kurashi bilan band edi xayoli.
«Tur! Yaxshisi jiyaningning kalomini tingla! Dardingni borib unga ayt!»
To‘satdan paydo bo‘lgan bu fikr xayolidan yapshn tezligida o‘tdi. Eng maqbul chora shu edi. Darhol o‘rnidan turdi, jiyanining huzuriga bordi. Unga cho‘ri bilan uchrashgan daqiqadan tortib shu paytgacha bo‘lgan voqealarni va xayolidan o‘tgan fikrlarni bayon qildi. Rasululloh (s.a.v.) unga Islom dini haqida ma’lumot berdilar. Jannat va jahannam, ne’mat va azobni yodiga soldilar. Nihoyat, Olloh taoloning ham yordami yetishdi. Vasvasa bulutlari birinketin tarqalib ketdi. Lotlar, uzzolar tom ma’noda bir tosh sifatida aks eta boshladi. Shahodat kalimalarini keltirdi va musulmon bo‘ldi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  01 Yanvar 2009, 03:16:21

Rasululloh (s.a.v.) amakilarining musulmon bo‘lgani bois cheksiz sevindilar. Abu Jahlning haqoratlari bergan dil og‘rig‘ining o‘rnini qatqat mamnuniyat hislari qopladi.
Abu Jahl ham ushbu kechani behalovat o‘tkazdi. «Hamza johillik qilib Muhammadga ergashib ketsaya?» degan savol ertalabgacha unga tinchlik bermadi.
«U imon keltiradigan bo‘lsa, shuncha yildan beri indamay yurarmidi?! Jiyanini sendan ko‘ra yuz chandon, ming chandon yaxshiroq biladi, sen sira ham tashvishlanma».
Abu Jahl ba’zan mana shunday o‘yxayollar og‘ushida yengil tortgandek bo‘lardi. Oldidagi qadahni qaytaqayta to‘ldirib bo‘shatar ekan, ichayotgan sharobidan ham ko‘ngliga bir tasalli axtarardi. Ammo bunday osoyishtalik damlari o‘tkinchi edi, bir necha daqiqadan so‘ng o‘tardiketardi.
«Odamlarga aslo ishonib bo‘lmaydi. Ertaga Validning, Nodirning, Uqbaning, hatto Abu Lahabning ham musulmon bo‘lganini eshitasan, o‘shanda zinhor o‘zingni yo‘kotib qo‘ymagin», degan bir shivirshivirni qalbining tubtubidan his etardi.
Abu Jahl bir necha marta: «E bore, bir Hamzaning musulmon bo‘lgani bilan bu ish boshlanmaydi ham, bitmaydi ham. Bo‘lar ish bo‘lar», deya o‘zini yupatishga urindi, bo‘lmadi.
Ammo ko‘ngil deb qo‘yibdilar buni: na so‘zni tushunadi va na farmonni bajaradi! Turib u yoqbu yoqqa yurdi, bo‘lmadi, o‘tirib sharob ichdi, bo‘lmadi. Borib cho‘rilari bilan ko‘ngilxushlik qilmoqchi bo‘ldi hamki, qalbi taskin topmadi.
Xullas, u ham Hamza kabi kechani uykusiz o‘tkazdi... Aylanibaylanib xayoli yana boshi berk ko‘chaga kirib qolaverdi. Bir chora tonish kerak, Hamzaning ko‘nglini ovlash, bir amallab uni o‘z dinida qoldirish darkor...
Erta tongda to‘g‘ri Abu Lahabnikiga yo‘l oldi. Unga dardini aytmoqchi, ukasiga pandnasihat qilishini so‘ramoqchi edi. Hayajon ichida borarkan, bir «sovuq» xabar uni butkul sarosimaga solib qo‘ydi. Yo‘ldayoq eshitdiki, «Hamza musulmon bo‘libdi!»
Abu Jahl yangilikni ilk bor ma’lum qilgan odamning yoqasiga yopishib, ko‘ylagini yirtib yuboray deydi:
— Hazillashma men bilan, jiddiy gapiryapsanmi?! —dedi.
— Albatta, jiddiy. Salgina oldin o‘zidan eshitdim. Qo‘lini peshonasiga qo‘ydi. Bu xabar uning ko‘ksiga nashtar urganday bo‘ldi. Bir necha soniya ko‘zi yumuq Holda turib qoldi, so‘ngra lablari bujmayib, xuddi ilon zahar sochayotganday vishillab shunday dedi:
— Shoshmay tur, Hamza!.. Seni ham yo‘q qilmasam, otimni boshqa qo‘yaman!

Qayd etilgan


AbdulAziz  01 Yanvar 2009, 03:16:36

MAXSUS BIR DUO

— Ollohim, bu dinga yo Umar bilan, yo Amr bilan quvvat ber...
Mo‘minlar orasira Rasulullohning (s.a.v.) shunday duo qilayotganlarini eshitib qolishar, «Omin» (duoimizni qabul ayla, yo Robb) deyishar edi. Bu duoning albatta qabul bo‘lishini bilishar, ammo hidoyati Robboniyga qaysi biri erishishi ularga qorong‘i edi.
Qoyatoshdan ham qattiq bu yuraklarning yumshashi oson emasdi. Musulmonlarga doimo sovuqqina tikilishga odatlangan bu nigohlar, bu daf’a ularga iliqqina, marxamat bilan qaray olarmikan? Tog‘lar o‘rnidan qo‘zg‘alib, dunyo ostinustin bo‘lib ketganda ham, bu odamlarni hidoyat yo‘lida ko‘rishni hech kim tasavvur qila olmasdi. Ammo Ollohning rahmati, hidoyati cheksiz, chegarasiz ekanligi ham ayni haqiqatdir. Bu ikkisidan biriga ilohiy nazar bir yo‘nalsa darhol o‘zgarish yuz berib, muzlar erishi, tosh yuraklar mumdek erishi turgan gap.
Ha, Umar ibn Xattob bilan Amr ibn Hishom (Abu Jahl) Makkaning eng so‘zi o‘tkir ikki odami... Biri bilak kuchi, jasorati va dovyurakligi, mardligi va uddaburonligi bilan shuhrat qozongan, ikkinchisi qavmi orasidagi kuchqudrati, shaytonlarga ham nand beradigan yaramasligi bilan shuhrat topgan, har ikkalasi ham zako zinapoyasining so‘nggi pog‘onasigacha ko‘tarilgan kimsalar edi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  01 Yanvar 2009, 03:16:47

* * *
Haj mavsumi.
Bu safargi hojilar orasida musulmonlikni qabul etgan bironta ham kishi yo‘q. Chunki xar tomondan imonga olib boruvchi yo‘llar to‘sib qo‘yilgan, kelgan har bir karvonga «yangi va uydirma» bir dinning o‘rtaga chiqarilgani uqtirilgan, dinni keltirgan kishi esa, sehrgar deb bildirilgan edi.
Go‘yoki «bu sehrgar yuz yillardan beri ota-bobolaridan qolib kelayotgan dinlarini xush ko‘rmas» emish. Qurayshga kiradigan hamma qabilalarni johil va nodonga chiqarib qo‘ygan, baobro‘ kishilarni ahmoq der, ilohlarga til tekkizar, odamlarni ota-onasi, qarindoshurug‘i, qabilasidan sovutar, fitna urug‘ini sochar» emish. Eng yomon tomoni — «uning yoniga uchrashish uchun bir borgan kishi o‘zini uning sehridan xalos eta olmas»mish.
Kelganlarga, agar aqllari joyida bo‘lsa, Valid, Utba singari tajribali, muhtaram zotlarning nasihatlarini tinglash, Muhammad ibn Abdulloh bilan uchrashishdan qochish fikri singdirildi.
Bu yo‘lda zo‘r g‘ayrat bilan qilingan tashviqotlar o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. Butun Arab yarim orolida dong taratgan, o‘zini tan oldirgan bir qabilaning kattayu kichigi «bu sehrgarning yomonligi» haqida gapirib tursa, ishonmay bo‘ladimi, axir. Qani, shaxsan o‘zim borib ko‘rayinchi, deyish boshga balo orttirish demak edi.
Shunday bo‘lsada, Nabiyi Akram (s.a.v.) hojilarning orasida yurardilar, ular bilan suhbatlashishni, Islom dinining ustivor asoslari haqida so‘zlab berishni istardilar, ammo kim ham u kishiga quloq solardi deysiz. Ustiga ustak, qizg‘ish soqolli, qizg‘ish yuzli bir odam orqalaridan soyadek ergashib, quchog‘iga to‘ldirib olgan toshlarni U zotga qarata birbir otib borarkan:
— Zinhor aldanmanglar, qurayshlarning tinchini buzgan sehrgar xuddi mana shu kishidir. Uni yaqindan taniyman, chunki u mening jiyanimdir, — derdi.
Hali shaharga kirmaslaridanoq «Zinhor gaplariga ishonmanglar», deb ogohlantirilgan bu nur yuzli insonni hojilar ko‘rar, pokiza qalb egasiga o‘xgaatsalarda, «ziyoni tegmasin yana», degan o‘yda o‘zlarini olib qochar edilar.
— Qavming seni bizdan ko‘ra yaxshiroq biladi. Shuning uchun kel, bizni o‘z holimizga qo‘y, — deya qayrilib ketardilar.
Shu tariqa bu haj mavsumida mushriklarning g‘ayrati o‘zlari kutgan samarani berdi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  01 Yanvar 2009, 03:17:11

HABASHISTON SARI

Do‘qpo‘pisa, ziyonzahmat va zulmlarning aksarisi, odatda, hech kimi yo‘q, madad beruvchi bir himoyachisi ham bo‘lmagan mo‘minlarga nisbatan qilinardi. Masalan, Hamzaga birov bir narsa demasdi. Ammo zaif, ojiz, chornochor qullar ozodlikka erishgan bo‘lsalarda, mushriklarning dag‘dag‘ayu aziyatlaridan qutulmagan edilar.
Kundankunga avj olayotgan bu hodisalar mo‘minlarning sabrkosasini to‘ldirayozdi. Musulmonlarga qilinayotgan bu zulmlarni bartaraf eta olmaslik Rasulullohni (s.a.v.) juda ham xafa qilar, ammo hech ma’qul bir chora topa olmay, hayron edilar. Nihoyat, bir kuni ularga:
— Hozircha Habashistonga borib turinglar. U yerda bir xukmdor bor, uning hokimiyati ostidagilarga aslo zulm qilinmaydi, uning panohida yashovchilar xuzurhalovatda, emin yashaydilar. Umid qilamanki, Janobi Haq u yerda sizlarga osoyishtalik beradi, dedilar.
Mo‘minlar birbirlari bilan shu masalani muhokama qilib, bir qarorga keldilar, so‘ngra yo‘lga hozirlik ko‘ra boshladilar. Ketishga ahd qilgan kishilar aniqlandi, qaysi kuni yo‘lga chiqish belgilandi.
Safar tadorigini ko‘rayotganlar orasida Rasulullohning (s.a.v.) nuridiydalari — endigina kelin bo‘lgan Ruqayya bilan uning umr yo‘ldoshi Usmon ibn Affon ham bor edilar.
Mashhur Utba ibn Robianing o‘g‘li Abu Huzayfa va uning xotini Saxlo, Abu Salama ibn Abdul Asad va xotini Ummu Salama, Amir ibn Robia va rafiqasi Laylo... Bular erxotin bo‘lib ketayotganlar. Bulardan tashqari, yana yakkayakka ketayotganlar ham anchamuncha edi. Zubayr ibn Avvom, Mus’ab ibn Umayr, Abdurahmoi ibn Avf, Usmon ibn Maz’un, Suxayl ibn Bayda, Abu Sabra ibn Abu Ruhm, Xotib ibn Amr va Abdulloh ibn Mas’ud va boshqalar...
Tayyorgarlik yashirin ravishda bordi va qisqa muddat davom etdi.
Bir kuni tong saharda Nabiylar Sarvarining suyukli qizlari Ruqayya bir eshakka mingan holda, yonida eri bilan, Makkani tark etdilar. Juda ham g‘amgin bir ayrilik bo‘ldi bu. Balki endi bir necha yilgacha ota-onasi, opasingillarini ko‘rmasligi ham mumkin edi. Ammo bu safar davomida doimo ularning yodi bilan yashashi aniq. Chunki ko‘ngillar bir, maqsad bir.
Ota ular boradigan joyda hokimiyat tepasida adolatli bir hukmdor turganini aytgan edilar... Ammo bu yerda qolayotganlarning holi nima kechadi? Bu zulm, jabru sitamlar shu bilan to‘xtarmikan, nihoyasiga yetarmikan bu istehzo va kamsitishlar?..

Qayd etilgan