Ahmad Lutfiy Qozonchi. Saodat asri qissalari (1-kitob). Intizor kutilgan tong  ( 211433 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 24 25 26 27 28 29 30 31 B


AbdulAziz  01 Yanvar 2009, 03:21:06

HABASHISTON SARI YANA BIR SAFAR

Habash o‘lkasiga ilk hijrat qilganlar Makkada qolganlar uchun yaxshi bir imkoniyat yaratgan, xalos eshigini ochgan edilar. Endi Makkadagi mo‘minlar ularning orqasidan borishlari mumkin edi yoki shu yerda qolib, uzluksizdavomli zo‘ravonlik va xo‘rliklarga bardosh berishlari lozim edi.
Har kungi haqoratlar sabr kosalarini tobora to‘ldirib bordi. Hech qachon ortga qaytmaslik sharti bilan kufrdan voz kechgan bu insonlarning asl maqsadlari — bundan bu yog‘iga kufroniy hayotdan abadiy uzoq bo‘lish va imonlarini davom ettirish edi.
Nihoyat, Abu Tolibning o‘g‘li Ja’srar ham ketishga qaror qildi. Xotini Asmo binti Umays bilan birgalikda yo‘lga chikdi. Uning ortidan Habash safariga otlanganlarning soni ortdi. Ikkinchi muhojirlar qofilasi sakson ikki erkak, o‘n ayol Makkani tark etdilar. Bu gal yo‘lga chiqqanlar orasida Ja’fardan tashqari, Amr ibn Said, Xolid ibn Said va har ikkalasining xotinlari, Ubaydulloh ibn Jaxsh va uning xotini Ummu Habiba, Abdulloh ibn Mas’ud, Mikdod ibn Amr, Abu Ubayda ibn Jarroh kabi taniqli insonlar bor edi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  01 Yanvar 2009, 03:21:17

* * *
Abu Uxayha o‘sha kunlarda og‘ir dardga chalingan edi. Behol edi, o‘rnidan turishga ham majoli yo‘q edi. Ammo hanuzgacha o‘g‘li Xolid, kelini Umayna va ikkinchi o‘g‘li Amrdan darg‘azab edi, ularni hech kechira olmas edi.
— Xudo xohlasa, kasallikdan turib yana darmonga kirsam, Ibnul Kabshaning (Rasulullohning) ta’zirini o‘zim beraman. Makkada uning Tangrisiga ibodat qilinmaydi! der edi. Ichida so‘nmas bir qasos o‘ti bor edi. Tobora alangalanayotgan, tobora kuchayayotgan bir olov...
Xolid ibn Said Makkani tark etish arafasida otasining qanday qasam ichganini eshitib koldi va qo‘llarini ko‘tarib:
— Ollohim, uni bu kasallikdan qutqarma! — deb duoibad qildi.
Shundan keyin xotini bilan yo‘lga tushdi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  01 Yanvar 2009, 03:22:02

* * *
Makkada mo‘minlarning soni tobora kamayar edi. Bittadan, ikkitadan bo‘lib shaharni tark etayotganlar xatto hech kim bilan xayrlashmadilar. Chunki ularning yo‘lga otlanayotganliklarini mushriklar eshitib qolguday bo‘lsa, to‘sqinlik qilishga urinishlari muqarrar edi.
Keyingilar oldin borgan birodarlarini topdilar. Ularning yoniga o‘rnashdilar. Q1u yo‘sinda Hashabistonda musulmonlarning mahallasi vujudga keldi. Aholisi ayol-erkak hammasi bo‘lib yuz kishidan ko‘proq bo‘lgan kichik bir mahalla...
Bu yerda osoyishta turmush kechira boshladilar. Hech kim ulardan nima uchun «yolg‘iz Ollohga» ibodat qilyapsizlar, deb surishtirmas edi. Ular ham, o‘z navbatida, mahalliy xalqning diniga aralashmadilar.
Habashliklarga da’vat qilingani yo ulardan bironbir kishining bu da’vat va tushuntirishlar tufayli musulmon bo‘lgani to‘g‘risida ma’lumot yo‘q.
Ehtimol, «Begona yurtdan kelib bizni dinimizdan qaytardilar», degan ma’noda fitna qo‘zg‘alishidan, o‘rtalaridagi munosabat buzilib qolishidan, natijada Makkadagi kabi og‘ir ahvol yuzaga kelishidan andisha qilgan bo‘lsalar ajab emas. Axir, habashliklar ham ularga dushman bo‘lib qolsalar, butunlay oxirgi boshpana ham qo‘ldan ketishi turgan gap edi. Qolaversa, ilk muhojirlar orasida Makka hasratida yonib adoyi tamom bo‘layozganlar ham yo‘q emas edi.
Ja’far ibn Abu Tolib va uning birodarlari Habashistonga ko‘chib kelgandan beri Makkadan ilk xabar keldi. «U yoqda ahvol qanday ekan?» deb ilhaq edilar, hammani qiziqtirib turgan savol javobini topdi. Abu Jahlning hamon «Abu Jahl», Abu Lahabning «Abu Lahab» bo‘lib qolgani anglashildi. «Demak, hanuz eski hammom, eski tos ekanda», deb o‘yladilar.
Rasulullohdan (s.a.v.) kelgan salom ko‘ngillarga huzur bag‘ishladi. Mijjalar namlandi, ko‘zlar yoshga to‘ldi. Buyuklar buyugining salomini olib yig‘lab yuborganlar orasida ko‘zlaridan nur donalarini oqizgan Ruqayya ham bor edi. Ayniqsa, uning sog‘inchi ikki hissa edi: ham ota sifatida, ham Sayyidul Anbiyo o‘laroq... Onasi Hazrati Xadicha, singillari Ummu Gulsum, Zaynab va Fotima ko‘z o‘ngidan ketmas, bir kun ular bilan qayta ko‘rishishni, bo‘yinlariga osilib, to‘yib-to‘yib o‘pishni juda-juda istar edi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  01 Yanvar 2009, 03:22:41

* * *
Musulmonlar imi-jimida Makkani tark etdilar, hech kimga bildirmay yo‘llarida davom qildilar, ammo Makkada huvillab qolgan uylari nima bo‘ladi, degan savol tug‘ilishi tabiiydir. Bir emas, o‘n emas, yuzdan ortiq makkalik ona vatanini tark etib ketadiyu, u yerdagilar bundan bexabar qolaveradimi?
Bir necha kungacha ularning eshiklari ochilmadi, azbaroyi bezovta qilish uchungina qidirilganda, topishmadi — shuning o‘ziyoq yangi bir hijrat amalga oshirilganini ko‘rsatdi.
Bu daf’a qurayshliklar orasida sarosima boshlandi. Hijrat nima maqsadda qilingani ustida toza bosh qotirishdi. Turlituman taxminlar o‘rtaga tashlandi. Nihoyat, Habashiston najojiysiga (podshohiga) ikki kishilik bir hay’at jo‘natishga qaror qilishdi. Os ibn Voilning o‘g‘li Amr bilan Abdulloh ibn Abu Robiaga ushbu vazifa topshirildi.
Amr ibn Os arablar orasida tan olingan o‘ta ayyor va mug‘ambir to‘rt dahriydan biri edi. Qancha yashagan bo‘lsa, shuncha payt uning bu xislati o‘ziga qo‘l kelgan.
Habashiston xukmdori boshliq saroy amiramaldorlariyu cherkov xodimlariga qimmatbaho sovg‘asalomlar tayyorlandi. Katta umidlar bilan yo‘lga chiqildi. Habashistonga yetib borgach, avval hukumat arkonini ziyorat qildilar. Ularga sovg‘asalomlar taqdim etildi. Hukmdorga arz etilmoqchi bo‘lgan masalada yordam berishlari so‘raldi. So‘ngra xukmdorning xuzuriga qabul qilindilar. Habashliklarning odatiga ko‘ra, yergacha egilib sajda qildilar va salom berdilar. Olib kelingan sovg‘alarni topshirdilar. Hukmdor:
— Bu yerga nima maqsadda keldingiz? — deb so‘radi. Amr ibn Os so‘z boshladi:
— Ey hukmdor, biz Makkadek bir joydan uzoq masofani bosib sening yurtingga keldik. Oramizda o‘z o‘rnini bilmagan yalangoyoqlarning bir guruhi dinini o‘zgartirdi, ota-bobolarining dinidan qaytdi. Ota-onasi, qarindoshurug‘lariga qarshi chiqdi. Kechagi kunga qadar topinayotgan ilohlariga til tekkizdilar. Biz ularni yo‘lga solmoqchi bo‘ldik. Ammo bunga muvaffaq bo‘la olmadik. Ular o‘rtaga chiqargan dinni biz xam bilmaymiz, sen ham... Bizning dinimizga qaytmadilar, sening diningga kirmaganliklari ham aniq. Biz ular Makkada boshlagan fisqu fasodni bu yerda ham chiqarib, sizlarning boshingizga bitgan balo bo‘lmasinlar, deb xavotirdamiz. Shularni nazarda tutib, qavmimizning ulug‘lari bizni sening huzuringga jo‘natdilar. Bu yerda ham bir ko‘ngilsizlik chiqarishlaridan oldin ularni bizning ixtiyorimizga topshirsang. Makkaga qaytarib olib ketardik, shu tariqa sizlar ham kutilmagan mojaro, korholdan emin bo‘lar edilaringiz.
Hukmdorga bu so‘.zlar yoqmadi.
Navbat saroy ahliga keldi:
— Ey xukmdor, biz u odamlarning kim ekanligini bilmaymiz. Ularni hammadan ko‘proq o‘z qavmining va killari yaxshi biladilar. Eng to‘g‘risi — Makkadan jo‘natilgan bu odamlarning so‘zlariga ishonib ish tutishdir. Agar ular yaxshi odamlar bo‘lganida, o‘z yurtlarini, qarindoshurug‘larini tashlab bu yerga kelmas edilar.
Hukmdor ularning so‘zlarini bo‘ldi:
— Yurtimga kelib mendan panox so‘ragan musofirlarni he yo‘qbe yo‘q to‘satdan birovlarning ixtiyorigatopshira olmayman. Ularni huzurimga chaqirtirib, so‘zla
rini eshitaylik, shundan keyingina uzilkesil qarorga kelaman. Menga ularni topib kelinglar.

Qayd etilgan


AbdulAziz  01 Yanvar 2009, 03:22:58

Darhol chopar jo‘natildi. Chopar musulmonlarni topib:
— Sizlarni hukmdorimiz huzuriga chorlamoqda, —dedi.
Ja’far va uning do‘stlari bu taklifning ma’nosini tushunmadilar.
— U bizlarni nima maqsadda chaqirtirdi? — deb so‘radilar xavotirlanib.
Chopar vaziyatni tushuntirdi: ularni istab kelganlarning ham, hukmdorning ham so‘zlarini batafsil hikoya qilib berdi. Bu xabar mo‘minlarning dillarini siyoh qildi. Necha vaqtlardan beri zulm ko‘raverib bezillab qolgan, ammo Habashistonda endigina orom ola boshlagan qalblarini yana xavotirlik chulg‘ab oldi: «Bu yerda ham bizni topishibdida», degan sarosimali o‘y bor edi har birining yuz ifodasida.
Tez orada hukmdorning huzuriga yetib bordilar. Ularni kutib olgan saroy xizmatchilari ichkarida qanday muomalada bo‘lishlari kerakligini tushuntirdilar:
— Kirgan zahoti sajda qilib, yerni o‘pib salom berishlaring kerak, — dedilar.
— Biz faqat yolg‘iz Ollohga sajda qilamiz, bandasiga sajda qilmaymiz, — deb javob qilishdi mo‘minlar.
— Nima uchun?
— Dinimizning, Payg‘ambarimizning amri shudir.
Ichkariga kirdilar, salom berdilar.
Amr ibn Os bir chekkada turar edi. Gap boshladi:
— Salgina oldin sizga ularning ahvoli haqida gapirib bergan edim, ey hukmdor. Mana, o‘zingiz xam ko‘rib turganingizdek, gaplarim to‘g‘ri chiqdi. Bular osiy, itoatsiz kishilardir, — dedi.
Hukmdor unga javob bermadi, huzuriga kelgan odamlarga qaradi.
— Qani, aytinglarchi, yurtimizga nima maqsadda keldilaring? Bu odamlar nima uchun orqalaringdan qidirib kelibdi? — deya so‘radi.
Ja’far ibn Abu Tolib so‘z oldi:
— Ijozat bersangiz, do‘stlarimning nomidan men gapirsam.
— Marhamat, ganiraver.
— Bu odamlardan so‘rab ko‘ringchi, ey hukmdor, bizasir tushgan qullarmidik, bizlarni zo‘rlab olib ketishni istasalar?

Qayd etilgan


AbdulAziz  01 Yanvar 2009, 03:24:00

Hukmdor Amr ibn Osga o‘girildi:
— Xo‘sh, bunga nima deysan?
— Yo‘q, ular qul emaslar.
— Yana so‘rang, ey hukmdor, biz noxaq qon to‘kkan yoxud odam o‘ldirgan jinoyatchilarmidikki, bizni o‘zlarining ixtiyoriga topshirishingizni talab etsalar?!
— Qani bunisiga nima deysizlar? Bular qotilmi? Yoxud boshqa biron ayblari borligidan qidiryapsizlarmi?
— Yo‘q, ular qotil emaslar. Nohaq qon to‘kmadilar,— deb javob qilishdi kelganlar.
— So‘nggi marta so‘rangchi, xukmdorim, biz biron kishining molini olib pulini to‘lamagan, omonatiga xiyonat qilgan kimsalarmizmi? Bizda haqlari bormikan?
— Xo‘sh, ey Amr?
Amr bu savolga ham rostini javob qildi:
— Yo‘q, bu odamlar hech kimdan qarzdor emaslar! Hukmdor ushbu savoljavobdan so‘ng Amr ibn Osga qayrildi:
— U holda, ey Amr, bu odamlarni nima uchun, qanday haq bilan ixtiyoringizga topshirilishini istaysan? Menga buni ochiq bayon qilib ber.
Amr hech kutilmagan bu savol qarshisida o‘zini yo‘qotib qo‘ydi.
— Bular bizning dinimizdan voz kechdilar, Muhammadga qo‘shilib, uning diniga kirdilar, — dedi.
Hukmdor yana Ja’farga qaradi:
— Eski diningizni nima uchun tark etdilaring? U dindan chiqqan bo‘lsalaring, mening dinimga ham kirmasalaring, u holda sizlarning diningizning asl mohiyati va asosi nimadan iborat, shuni menga tushuntiringlar?

Qayd etilgan


AbdulAziz  01 Yanvar 2009, 03:24:33

Ja’far dediki:
— Ey olampanoh, biz johil bir millat edik, butlarga topinardik, o‘limtiklarning go‘shtini yerdik, axloqsizlik qilardik, qo‘shnilarimizning diliga ozor yetkazardik. Kuchlilarimiz zaiflarimizni ezar edi. Olloh taolo bizga avvaldan ornomusli, aslzoda, ishonchli, olijanob inson sifatida ma’lum bo‘lgan kishini Payg‘ambar qilib jo‘natgunga qadar bizning ahvolimiz shunday edi. U payg‘ambar bizni Ollohga va Uning yolg‘iz ekanligiga, Unga ibodat qilishga, otalarimiz va bizlar topinayotgan tosh xamda butlarni qalbimizdan uloqtirib tashlashga da’vat etdi. To‘g‘riso‘z bo‘lishni, omonatga sadoqatni, qarindoshurug‘chilik munosabatlariga xurmat bilan qarashni, qo‘niqo‘shnilar bilan ahil yashashni, harom narsalardan va qon to‘kishdan chekinishni buyurdi. Axloqsizlikdan, yolg‘on so‘zlashdan, yetimning molini yeyishdan, nomusli ayollarga tuhmat qilishdan man etdi.
Yolg‘iz Ollohga sig‘inishni, Unga sherik qilmaslikni, namoz o‘qishni, sadaqa berib molmulkimizni halollashni, ro‘za tutishni tavsiya qildi... Biz uning payg‘ambar
ligini tan oldik, tasdiqladik. Unga imon keltirdik. Ollohdan keltirgan har bir xukmni qabul etish sharti bilan unga bo‘ysundik. Yolg‘iz Ollohga ibodat qildik. Unga hech narsani sherik qilmadik. Bizga harom degan narsalarni harom deb, halol deganlarini halol deb qabul etdik. Ammo johil qavmimiz bizga dushmanlik qilib, benihoya azob-uqubat, jabru sitam ko‘rsatdi. Dinimizdan voz kechishga, Ollohga ibodatdan man etib, butlarga bosh egishga majbur qila boshladi. Jirkanch xattixarakatlarni yana halol va to‘g‘ri deb hisoblashga zo‘rladilar. Bizdan ustun kelib, zulm qilib, og‘ir ahvolga solishgach, biz bilan dinimiz orasiga kirgach, sizlarning yurtingizga boshpana axtarib keldik, seni boshqalardan afzal ko‘rdik, sening do‘stligingga ishondik va, ey olampanox, sening panohingda osoyishta turmush kechirishga umid qilib keldik.
— Juda soz, endi nega mening huzurimda egilib, yer o‘pmaganingizni izoxlab bering.
—Bizning dinimizda Ollohdan o‘zga hech kimsaga sajda qilinmaydi. Payg‘ambarimizning bizga o‘rgatgan salom shakli shundaydir. Biz birbirimizga va hatto
Ollohning Rasuli bo‘lgan payg‘ambarimizga ham mana shunday salom beramiz.
Hukmdor Amr ibn Osga o‘girildi:
Mendan panoh istab kelgan va men haqimda yaxshi fikrda bo‘lgan bu odamlarni yurtimdan haydab chiqarish yoki sizlarning ixtiyoringizga topshirish uchun biron sabab ko‘rmadim, — dedi.
Ja’far va uning birodarlariga ruxsat berildi, chiqib ketdilar. Yuzlarida sevinch yog‘dulari porlar edi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  01 Yanvar 2009, 03:24:55

* * *
O’ta ayyor va mug‘ambir bo‘lgan Amr shunchalik osongina mag‘lub bo‘lishni sira xam istamasdi.
— Ertaga ularning boshiga shunday bir kulfat solayinki, sen ham hayronu lol qolgin, — dedi sherigiga.
Abdullohning eti uvishib ketdi.
— Amr, kel, ularni o‘z holiga qo‘yaylik. Nima bo‘lganda ham ular o‘z qavmimizdan, qolaversa, qarindoshlarimiz. Yurtlaridan, molmulkidan judo bo‘ldilar. Kel, qo‘y, bilganlaricha yashayversinlar.
Amr uning gaplariga quloq ham solmadi:
Ertaga ko‘rasan, zo‘r mojaro bo‘ladi, dedi.
Ko‘zlagan rejasini amalga oshirmay qo‘ymasligiga qasam ham ichdi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  01 Yanvar 2009, 03:25:23

* * *
Ertasi kuni mo‘minlarning qoshiga yana chopar keldi.
— Hukmdorimiz yo‘qlayaptilar, — dedi.
Ko‘ngillarini yana tashvish, hishayajon qamrab oldi.
Xavotir to‘la nigohlar yana birbirlariga qadaldi. Bu qarashlar juda g‘amgin edi.
Ja’far do‘stlariga tasalli bsrdi:
 — Qani, ketdik, — dedi. Ollohning buyurgani bo‘ladi.
 — Bu safar ham sen gapir, ey Ja’far, — deyishdi sheriklari.
Bu daf’a hukmdorning majlisi yanada gavjum edi. Qiyofalaridan din arboblari ekanligi aniq bo‘lgan odamlar ham kelgan, qo‘llarida kitoblar...
Hukmdor majlis ahliga birmabir qarab chikdi.
— Mana bu odamlarning da’vo qilishlaricha, sizlar Hazrati Iso (a.s.) haqida yomon so‘zlar aytar emishsizlar. Qani, o‘z og‘izlaringiz bilan aytinglarchi, Iso (s.a.v) hakida nimalarni bilasizlar?
Masala oydinlashdi. Amr Hazrati Isoni «Olloh» deb biluvchi va ishonuvchi nasroniylarga ta’sir qilish uchun hiyla yo‘liga o‘tgan edi.
Ja’far so‘z oldi va shunday dedi:
 — Ey olamianoh, Hazrati Iso Ollohning bandasi va rasulidir. Pokiza, ma’sum va bokira bo‘lgan Maryamga Ollohning yuborgan kalimasi va ruhidir. Biz u hakda mana shunday ma’lumotga egamiz.
 — Juda soz, siz Payg‘ambaringizdan nimalarni o‘rgandingiz?

Qayd etilgan


AbdulAziz  01 Yanvar 2009, 03:25:33

— Biz Payg‘ambarimizdan Olloh vahiy etib tushirgan Qur’on oyatlarini o‘rgandik.
— Qani, shulardan menga o‘qib berchi bo‘lmasa! Ja’far Maryam surasidan o‘qiy boshladi:
— (Ey Muhammad) ushbu kitobda Maryamni zikr qilding: U o‘z ahli oilasidan chetga — kun chiqar tomonga borib, ulardan berkinib olgan paytida, Biz unga o‘z ruhimizni (ya’ni, Jabroilni) yubordik. Bas, u (Maryamga) busbutun (ro‘yrost) odam bo‘lib ko‘rindi. (Maryam
unga); «Men Rahmonga (ya’ni, Ollohga) sig‘inib, sendan panoh berishni iltijo qilurman. Agar (Ollohdan) qo‘rquvchi bo‘lsang (menga ziyon yetkazmagin)», dedi. (Jabroil) aytdi: «(Qo‘rqmagin) men faqat senga bir pokiza o‘g‘il hadya qilish uchun (kelgan) Parvardigoringning elchisidirman, xolos». (Maryam) dedi: «Menga odamzod tegmagan bo‘lsa, buzuq ayol bo‘lmasam, menda qayoqdan farzand bo‘lsin?!» (Jabroil) aytdi: «Shunday, Parvardigoring ayturki: «Bu (ish) Menga osondir. Biz u (bola)ni odamlar uchun oyat — mo‘‘jiza va O’z tomonimizdan bo‘lgan rahmatmarhamat qilurmiz. Bu bitgan ishdir. Bas, (Maryam) unga homilador bo‘lib, u bilan birga yiroq bir joyga ketdi. Bas, to‘lg‘oq azobi uni bir xurmo daraxtining shoxiga olib bordi (va u shoxga osilgan holda ko‘zi yorigach) dedi: «Qani, mana shu (kundan) ilgari o‘lib ketsamu, butunlay unutilib ketsam edi». Shunda (xurmo daraxtining) ortidan (Jabroil) nido qildi: «G’amgin bo‘lma, Parvardigoring (oyoq) ostingdan bir ariq oqizib qo‘ydi. (Mana shu qurib qolgan) xurmo daraxtining shoxini silkitgin, u senga yangi xurmo mevalarini tashlar. Endi sen yebichgin, shodxurram bo‘lgin. Bas, agar odamzoddan birontasini ko‘rib qolsang (va u sendan bu bolaning otasi haqida so‘rasa), u holda: «Men Rahmon yo‘lida ro‘za tutmoqni nazr (axd) qilganman, bas, bugun biron insonga so‘zlamayman», degin». So‘ig (Maryam bolasini) ko‘targan holda kelganida, ular: «Ey Maryam, sen hech kim qilmagan ishni qildingku! Ey Xorunning singlisi, sening otang yomon odam emas, onang ham fohisha emas ediku!» dedilar. Shunda (Maryam so‘zga og‘iz ochmasdan bolasiga) ishora qildi (ya’ni, uning o‘zidan so‘ranglar, dedi). Ular aytdilar: «Beshikdagi go‘dak bilan qanday so‘zlashurmiz?!» (Shu payt chaqaloq, ya’ni, Iso tilga kirib) dedi: «Men Ollohning bandasidirman. U Zot menga Kitob — Injil ato etdi va meni payg‘ambar qildi. Yana meni qaerda, bo‘lsam, xayru barakotli qildi va modomiki hayot ekanman, namozni (ado etishni) va zakotni (ato etishni) amr qildi. Shuningdsk, (Olloh) meni onamga mehribon qildi va meni sitamkor badbaxt qilmadi. Menga tug‘ilgan kunimda ham, vafot bo‘ladigan kunimda ham, qayta tiriladigan kunimda ham tinchlikomonlik bo‘lur». Ular (ya’ni, yahudiy va nasroniylar) shakshubha qilayotgan Iso ibni Maryam (haqida Ollohning) Haq so‘zi mana shudir. Olloh uchun hech qanday bola tug‘ish joiz emas — U Zot (bunday nuqsondan) pokdir. U biron ishni qilmoqni istasa, faqat unga «Bo‘l», der. Bas, (o‘sha ish) bo‘lur. (Iso aytdi:) «Albatta, Olloh Parvardigorim va Parvardigoringizdir. Bas, unga bandalik qilingiz! Mana shu haq yo‘ldir!» (16 — 36).
Bu oyatlarni tinglar ekan, hukmdorning (Najoshiyning) ko‘zlaridan yoshlar oqar edi. Din arboblarining orasida ham yig‘laganlar bo‘ldi. Hukmdor ko‘zyoshlarini artib:
— Bu kalom Isoga va Musoga tushirilgan manbadan keladi. Ularning qandillari yog‘du olgan chashmadan ziyoolur, — dedi. Egildi, yerdan bir cho‘p olib, dedi: — Haqiqatdan, asl Iso sizlar bayon qilganlaring Isodan mana shu cho‘pchalik ham farq qilmaydi.

Qayd etilgan