Ahmad Lutfiy Qozonchi. Saodat asri qissalari (1-kitob). Intizor kutilgan tong  ( 211419 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 ... 31 B


AbdulAziz  31 Dekabr 2008, 02:13:17

* * *
   Muhammad komil inson bo‘lib voyaga yetayotgan edi. Sakkiz oyligidayoq gapira boshladi, bir oy keyin esa, bemalol ganlashadigan bo‘ldi. Ikki yoshdan o‘tgach, sutdan chiqib, sog‘lom kuchli bir bola bo‘ldi. Endi onasining bag‘riga qaytish vaqti kelgan edi. Bir kuni ertalab birodari Abdulloh, opasi Shayma, do‘stlari bilan xayrlashdi va Sa’d ibn Bakr qabilasi yurtidan ayrildi. Halima va Haris bilan birga Makkaga ravona bo‘ldilar. Onasi, bobosiga yetishish payti kelgan edi. Ortidan unga qo‘l silkib kuzatayotgan qardoshlarining ko‘zlari yoshli edi.
   Ominaning o‘g‘liga yetishishi o‘ta hazin bir manzara edi. Ikki oyligidayoq ajrashgan bolasining hasrati ancha yig‘ilib qolgan edi. Halima va Haris uniig ikki yil mobaynida kechirgan umrini, boshlaridan o‘tgan g‘aroyib hodisalarni aytib berdilar. Hartomonlama mamnun edilar. Muhammadning har kuni tinch uxlagani, yotog‘ining doim tozaligi, sut onasi va otasini aslo xafa qilmagani, qardoshlari bilan sira urishmaganligini Ominaga batafsil hikoya qilib berdilar.
   — Biz Muhammadni o‘z o‘g‘limizdek tarbiyaladik, bag‘rimizga bosdik, sevdik, — dedilar. — Chunki u tashrif buyurgach, uyimizga baraka yog‘di, yuzimizga qon yugurdi, bolalarimizning, molhollarimizning qorni to‘ydi. Xonadonimizda doimo totuvlik hukm surdi, huzurhalovatga erishdik. Bilamizki, siz uning haqiqiy onasisiz. Bundan keyin Muhammad yoningizda qoladi. Ammo bizni o‘ylantirib qo‘ygan, hatto qo‘rqitayotgan bir narsa bor...
—    Nima ekan u? — deb so‘radi Omina.
—    Makka vabosi...
   Ominaning ko‘zlari toldi. Haqiqatan ham shu kunlarda Makkada vabo illati tufayli ko‘p odamlar, ayniqsa, yosh bolalar qirilib ketayotgan edi. Bu vabo Muxammadga ham yuqishi ehtimoli bor edi.
   Vabo — oldi olinmas o‘lim bo‘roni, butun Makka ko‘chalarida qattiq esmoqda, istagan eshikdan kirib, duch kelganni yiqitmoqda. Hech kimning ko‘zyoshiga qaramayotir. Har kuni, har ko‘chada bir o‘lim. Vabo bo‘roni Abdulmuttaliblar eshigini qachon taqillatishini, bu oila qachon qurbon berishini hech kim bilmaydi. Bir tarafda, dunyoning yagona injusi Muhammad, boshqa tarafda, o‘t o‘rganday insonni o‘rayotgan vabo...
   — Bolam shu yerda qolsin...                           Ushbu so‘zni ayta olmadi Omina. Bilib turib jigarnorasini tahlikaning quchog‘iga otishga rozi qilolmadi ko‘nglipi. Chorasiz edi. Hasratiga chidamoq, sog‘ qolsa, bu balo daf’ bo‘lgach, ko‘rishmoq umidida yana qaytib Halima bilan ketishga ruxsat berdi.
   Biroq, ikki yillik chekkan hasratini o‘g‘lini faqatgina bir necha soat ko‘rish bilan aritib bo‘lmadi. Omina o‘g‘lining ustidagi ko‘ylagini yechdi. Yangisini kiydirdi. Asl maqsadi uning xidi, terlari singgan bu ko‘ylakni olib qolib, hidlab yurish, hasratini ketkizishga harakat qilish, uyqusiz tunlarida oqqan ko‘z yoshlarini bu ko‘ylak ila artish edi.
Ayriliq vaqti kelganda, bolasiga:
   — Xayr, sog‘omon yetib bor, seni Ollohga omonat etdim, — dedida, ko‘zlari yoshlandi.
Halimaning qo‘lidan ushlagancha, orqasiga qayrilibqayrilib qarab ketayotgan bolasiga tikilib qoldi. Ko‘ngli uning orqasidan ketayotgandek edi. Ular ko‘zdan g‘oyib bo‘lgach, xonasiga kirdi, yig‘ladi, to‘yibto‘yib, bo‘zlabbo‘zlab yig‘ladi.
   Oradan ko‘p vaqt o‘tmay, qo‘shni xonadondan yuksalgan bir faryod Makka vabosining yana bir ochiq eshik topganini, yana bir qurbon olganini, bir xayot shamini o‘chirganini bildirdi.
   Qalbi orzikdi. Har narsaga qodir bo‘lgan buyuk qudrat sohibiga duolar qildi, niyozlar atadi. Bolasi bilan yana qayta ko‘rishish tilagini ko‘zyoshlariga yo‘g‘irib, Yaratuvchiga havola etdi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  31 Dekabr 2008, 02:14:03

* * *
Abdulmuttalib nabirasini ko‘rib, ko‘zlariga ishonmadi. Ikki yilda bunday baquvvat, kelishgan bola bo‘lishini o‘ylamagan edi. Ammo tom o‘ylaganidek, nevarasi go‘zal edi. Ayni choqda, kelishi bilan ketishi bir bo‘lgan Muhammadidan ayrilayotganidan dili qorong‘i edi.
Halimalarga yetarli darajada haq berildi. Vaholanki, Halima butunlay haq olmaslikka ham rozi edi, chunki u haqini har kuni olayotgan edi.
Halima xonadonining barakasi ila qaytgach, uyda hamma xursand bo‘ldi. Onasi, buvasi bilan bir kungina birga bo‘lib, so‘ngra ayriliq oqibatida shodlik va qayg‘uni bir vaqtning o‘zida his qilgan Muhammad ham ikki yil birga o‘ynabkulgan og‘aynilariga qo‘shilib, ularning quchog‘iga otildi.
Halima bilan Haris bu bolaga ko‘p qarzdor bo‘lib qolganlarini, unga yanada mustahkamroq bog‘langanliklarini his etdilar, uylarining asl ustuni shu bola ekanini yana bir karra angladilar.

Qayd etilgan


AbdulAziz  31 Dekabr 2008, 02:17:59

* * *
Oradan bir muddat vaqt o‘tdi. Bir kuni Abdulloh shoshilib uyga kirdi. Nihoyatda hayajonlangan, yuzida qo‘rquv sharpasi bor edi.
—Ikki odam kelib qurayshlik birodarimni ushlab olib yotqizdilarda, ko‘ksini yordilar, — deya oldi bazo‘r.
Halima devonalarcha o‘rnidan sakrab turdi. Haris tangqariga otildi. Shayma ham orqalaridan yugurdi. «Qurayshlik birodar» uning orqa tarafida yuzi so‘lg‘in holda tik turardi. Halima borasolib uni bag‘riga bosdi:
—Nima bo‘ldi, bolam, nega gul yuzing so‘lg‘in? Bolaning javobi ham qo‘rqitdi, ham o‘ylantirib qo‘ydi:
—Oq kiyimli ikki odam keldi. Meni yerga yotqizib, ko‘ksimni yordilar, ko‘ksimdan bir narsalarni chiqardilar. «Mana bu shaytonning nasibasi bo‘ladi», deb nariga otdilar. Biri suv keltirib, yuragimni o‘sha suv bilan yuvdi, keyin ko‘ksimni berkitdilar.

Halima bu so‘zlarni eshitar ekan, yoqasini tutdi. Hech kim bu bolaning yolg‘on so‘zlashini xayoliga ham keltira olmasdi. Ammo uning na ustida, na turgan joyida qon izlari bor edi.
—    Qaerda bo‘ldi bu voqea, o‘g‘lim?
—    Xuddi shu yerda!
Halima yana atrofni qaradi. Hech narsadan nomnishon yo‘q: na qon, na suv, na «shaytonning nasibasi» deb otilgan narsa!
—    Bolam, balki tush ko‘rgandirsan, uxlayotgan edingmi?
—    Yo‘q, uxlamayotgan edim, lekin bu tush ham emas, xayol ham emas.
Halima Abdullohga qaradi:
— Senga kim aytdi bularni?
— Hech kim aytmadi. Men o‘zim ko‘rdim, ikkovining ham kiyimi oq edi.
Haris:
— Ko‘ksingni och, ko‘rayinchi, — dedi
Muhammad ko‘ksini ochdi. Bilinarbilinmas chiziqning borligi ma’lum bo‘ldi.
—    Qani, qaerga ketdi u odamlar?
—    Birdan g‘oyib bo‘ldilar.
Halimaning boshi egildi. Haris ham biror nima deya olmadi.
Bu hodisa Halimani ham, Harisni ham xiylagina dovdiratib qo‘ydi. Halima oqshomga qadar ichiga chiroq yoqsa yorishmay, ko‘zlari g‘amli, o‘y bosib yurdi. Harisning ham boshi egik edi.
Hayotlari guldek yashnab kechayotgan paytda birdaniga bunday hodisaning sodir bo‘lishi ko‘ngilga xush yoqadigan narsa emas edi.
Halima kechgacha qurayshlik bolasini poyladi, biror o‘zgarish ko‘ra olamanmi, deya kuzatdi. U o‘tgan voqeaning oqibati zararli bo‘lib chiqishidan qo‘rqardi. Ammo Muhammadning xattiharakatlari ham, gapso‘zlari ham odatdagidek edi. Hamishagidek shirinshirin so‘zlashar, kular edi.
Lekin Halimaning ichiga qurt tushgan edi. Mabodo yana o‘shanday hol ro‘y berib, boshiga biror falokat kelsa, nima bo‘ladi?.
Dardini Harisga aytdi. Haris ham shunday qo‘rquv ichida ko‘ngli bezovta ekanligini bildirdi. Birgalashib gaplashdilar, maslahatlashdilar. Barcha mulohazalar bolani hech bir ziyonzahmat yetkazmasdan onasi va buvasining qo‘liga topshirishga borib taqalar edi.
Holbuki, Muhammad bu xonadonning saodat ustuni, barakot manbai edi. Qurg‘okchilik, ochlik shiddat bilan Sa’d ibn Bakr qabilasini zabtiga olar ekan, shu bolaning hurmati uchun bu oilaga baraka yog‘ilar, o‘zlari sezmaganlari holda to‘qchilik, farovonlik ichida yashar edilar.
U ketsa nima bo‘ladi? Tuyalar yana hozirgidek mo‘lko‘l sut beraveradimi? Odamni xursand qiladigan darajada farovonlik bo‘laverarmikan?..

Qayd etilgan


AbdulAziz  31 Dekabr 2008, 02:18:58

Ko‘zlarda yosh, yuzlarga xafalik soya solgan holda bir qarorga keldilar: Muhammad uyiga olib boriladi, onasiga topshiriladi. Bu qarorni eshitganlari zahoti Shayma bilan Abdulloh yurakbag‘irlari orziqib ketganligini his qildilar. Kichkina Abdulloh hatto:
— Qurayshlik birodar ketsa, hamma narsaning hammazasi ketadi! — deb yubordi.
Halima tuni bo‘yi Muhammadning boshiga bir necha marta keldi, bu uyda so‘nggi tunini o‘tkazib, bemalol uxlayotgan bolaning yoniga tiz cho‘kdi. Uning mushkanbar bo‘yi taralib turgan nafasini to‘yibto‘yib iskadi.
Endi bundan buyon bu xonada bunday hid taralmaydi.
Uni emizish uchun har quchog‘iga olganida, har ko‘ksiga bosganida ko‘ngli jannat bog‘larida yurgandek hislarga to‘lar edi. Bu gul yuzli bolaning tag‘in och qolishini, tag‘in kelib ko‘ksini iskalashini har daf’a alohida bir sog‘inch bilan kutardi. Mammasini uning og‘ziga tutar ekan, ko‘gshncha sevinchdan hayajonlanib titrardi. U emar ekan, atrofini farishtalar o‘rab olar yoxud o‘zi nurlar olamiga g‘arq bo‘lar, ruhi aql bovar qilmaydigan yuksakliklarda parvoz etar edi...
Ajabo, kelajakda uning buyuk inson bo‘lib yetishganini butun olam bilganida Halima hayot bo‘larmikan? Uning atrofini o‘rab olgan bu devorlar mushkanbar sepilganday totli bir hidga endi burkanmaydi.
Ancha vaqtlar o‘tgandan keyin ham uydagi hidning qanday hid ekanini so‘ragan xotinlarga Halima:
—   Bu Muhammadning hidi, — deb javob berardi. Ayollar esa:
—   Aljirama, Muhammad yo‘qku bu yerda? — deyishardi.
Ammo Halima yolg‘on gapirmas edi. Muhammadning nafasi, kiygan libosi, hatto uning qo‘li tekkan bola soatlab gullar kabi bo‘y taratardi. Muhammad qaysi bola bilan o‘ynagan bo‘lsa, o‘sha bola bilan gaplashganlar:
— Sen bugun Muhammad bilan o‘ynabsanda, — derdilar.
Hatto ko‘r odam ham yoniga yaqinlashgan bolaning qurayshlik Muhammad ekanini nayqardi. Bu hid Hazrati Odamdan beri dunyoga kelgan va qiyomatgacha olamga keladigan insonlar ichida faqat va sraqat ungagina xos edi...
Halima o‘sha tun tonggacha uxlayolmay, ko‘p marotaba uyg‘onib ketaverdi. Har uyg‘onganida, kelib Muhammadni hidlardi. Har safar ichi orziqiborziqib ketardi, xar daf’a ichida bir nimalar o‘pirilib ketganini his qilardi.
Halima bu kechaning uzayib ketishini, quyoshning sekin chiqishini, kechaning bu qimmatli mehmoni bu uyni yana bir oz muddat obod qilishini istardi. Uni uyida mehmon qilish zavqini Halima yana bir oz totsin, axir.
Ammo, aksincha, tun tez tugab borayotgandek edi. Xo‘rozlar quyoshning chiqin!ga xozirlik ko‘rayotganidan xabar bera boshlagan edi. Ortiq yota olmadi. Bolasining yoniga o‘tirdi. Ayriliqning yaqinlashganini his qilgan ko‘zlaridan yosh tomchilari to‘kila boshladi.
Xo‘rozlar qichqira boshladi. Halimaning dardi ularga begona edi. To‘xtamay, ketmaket qichqirishardi. Bu ovozlar shirin uyquda yotgan go‘dakning oromini buzdi. U ko‘zlarini ochdi, qarasa, tepasida enagasi o‘tiribdi, ikki qo‘lini cho‘zib unga talpinarkan, xiyol kulimsirab, «Onajon!» dedi.
Halima ortiq chiday olmadi:
— Gul yuzli, shirin so‘zli bolaginam, — deya bag‘riga bosdi va ho‘ngrab yig‘lab yubordi.
— Onajon, nega yig‘layapsiz?
— Chunki bugun Makkaga tuqqan onangning oldiga ketasan, ajralishamiz, jigarim. Ammo sendan ajralish men uchun shu qadar og‘irki...
O’rnidan turdi, kiyindi, yo‘lga hozirlik ko‘rildi, akaukalar o‘pishib xayrlashdilar. Qari, kulrang eshak xizmatga hozirlandi. Yo‘lga chiqdilar. Silkinayotgan qo‘llar, yoshlangan ko‘zlar ortda qola boshladi.
— Teztez kelib tur, Muhammad.
— Seni juda ham sog‘inamiz, hech unutmaymiz, ey qurayshlik qardosh!
Bu ovozlar anchagacha eshitilib turdi. Nihoyat, ovozlar eshitilmay, silkinayotgan qo‘llar ko‘rinmay qoldi. Bir ozdan so‘ng bir tepalikdan oshilgach, Sa’d ibn Bakr qabilasi ham ko‘rinmay qoldi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  31 Dekabr 2008, 02:19:39

Muhammad butunlayga ketayotgan edi. Lekin koinot qadar teran bir poklik va samimiylik to‘la qalbida bu qardoshlarga vafodorlik va mehrmuhabbat bilan yo‘g‘rilgan tuyg‘ular hamisha topilar edi.
Makkaning yuqori mahallasiga yetib kelganlarida, Halima bir muhim ish yuzasidan vaktincha Muhammadni yolg‘iz qoldirib ketdi. Ishini bitirib qaytib kelganida Muhammadni qoldirib ketgan joyidan topa olmadi. Chapga, o‘ngga qayrildi, ko‘rinmadi. Tumonat odam orasida hali u yoqqa, hali bu yoqqa yugurib qidirdi. So‘ngra birdaniga qo‘lini peshonasiga qo‘yib:
— Xudo ko‘rsatmasin... — deya ingrab yubordi.
Bir daqiqagina ko‘ringan va tushuniksiz g‘alati ishlarni qilib g‘oyib bo‘lgan u ikki begona kishi yana kelgan bo‘lsachi? Agar shunday bo‘lsa, Halimaning qo‘lidan hech nima kelmasdi. Qaerdan kelgani, qaerga ketgani noma’lum, bir daqiqagina ko‘rinib, so‘ngra g‘oyib bo‘lgan mavjudotlarga kimning ham kuchi yetardi?
Yana bolani qoldirib ketgan joyiga qaytib keldi. Hech zot ko‘rinmasdi.
—    Bolajonimni ko‘rmadingizmi?
—    Qanaka edi bolang?
—    Dunyodagi eng go‘zal bola edi.
—    Yo‘q, ko‘rmadik.
Yana u yokdanbu yoqqa yugura boshladi. Halima uzoqlashib ketgach, haligi ayollardan biri ikkinchisiga:
—   O’g‘il odatda ota-onaga tortadi. Bu onadan shu qadar chiroyli bola tug‘ilishiga aqlim yetmaydi, — dedi.
—   Har bir ona uchun o‘z farzandi dunyodagi eng shirin, eng go‘zal bola bo‘lib ko‘rinadi, singiljon, — dedi unga ikkinchisi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  31 Dekabr 2008, 02:20:43

* * *
Abdulmuttalib Ka’baning soyasida, asr tushib kun salqinlasha boshlaguncha dam olgandan keyin og‘irog‘ir qadamlar tashlab uyi tomon yo‘l oldi. Shundaygina darvozasi oldiga yetganida, jonholatda yugurib kelayotgan bir xotinni ko‘rib qoldi. Biron tashvish uni shu ahvolga solgani ayon edi. Makkaning oqsoqoli o‘laroq har bir odamning dardini tinglash uning vazifasi edi. Ayol ham o‘z navbatida uni uzokdan ko‘riboq tanigan edi.
— To‘xtab turing, ey Abdulmuttalib! — deb baqirdi. Qattiq sarosimada edi u. Bu ayol Abdulmuttalibning ko‘ziga tanish ko‘rindi. Yoniga yetib kelgach:
— Men Halimaman, — dedi.
— Tanidim, nevaram qaerda? — deb so‘radi Abdulmuttalib.
— Uni qidirib yuribman.
Abdulmuttalib esankirab qoldi, bir qo‘li bilan devorga suyanar ekan:
— Nimalar deyapsan o‘zi? — dedi.
Halima bir necha og‘iz gap bilan ahvolni tushuntirdi. Abdulmuttalib larzaga tushgan edi. Darhol o‘zini tutib oldida:
— Zinhor Omina eshitmasin, — dedi.
Saldan keyin yaqin kishilari, xizmatkorlariga xabar berdi. Hamma Abdulmuttalibning nevarasini qidirishga tushdi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  31 Dekabr 2008, 02:21:43

* * *
Qurayshning hoshimiylar sulolasidan chiqqan va Sayyidul Mursalin bo‘lish yo‘lida davom etayotgan kichkina Muhammad Halima qoldirib ketgan joyni nega tark etdi, qaerga ketdi, nega yana o‘sha joyga qaytib kelmadi yoki kelganida enagasini topa olmadi?..
Bu savollarga javob berishdan ojizmiz.
Bozor tarqalib, hech kim qolmagan, qosh qoraya boshlagan edi. Bo‘lib o‘tgan voqeadan Omina hamon bexabar edi.
Makkaning yuqori qismida, qo‘llarida mash’alalar ko‘tarib Muhammadni qidirishga chiqqanlar birdan:
—Shu yerdaman! Men Abdulmuttalibning nevarasiman! — deb baqirgan bir bolaning ovozini eshitib qoldilar.
Ko‘p o‘tmay, sevikli nevara bobosining quchog‘ida edi.
— Jigargo‘sham, men Abdulmuttalibman, bobong senga qurbon bo‘lsin, aylanay, — der edi u.
Hayajoni tarqab, o‘ziga kelgan go‘dak Ominaga topshirildi.
O’sha kecha Halima Ominaning mehmoni bo‘ldi. Uyiga baraka keltirgan bolajonining uyida tunadi.
Halima ertasi kuni uyiga qaytib ketdi. Omina eng yaqin kishisi, suyukli farzandini bag‘riga bosdi. Munis va mehribon onaning o‘z jigargo‘shasiga qovushishi yuragiga cheksiz huzur bag‘ishladi. Har jihatdan barkamol va yetuk bo‘lajak insonning onasi ekanligi beqiyos bir baxtiyorlik tuyg‘usini bag‘ishlagan edi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  31 Dekabr 2008, 02:22:17

*   * *
Sevimli Muhammad Bani Sa’d qabilasidan ko‘pgina shirin taassurotlar bilan qaytdi. Enagasi, otasi, ukalari, o‘rtoqlari va qo‘shnilar...
Shuningdek, insonlarning ba’zi bir burchakda turgan jonsiz, foydasiz bir toshga sig‘inishlari bilan bog‘liq xotiralar ham ushbu taassurotlar ichida edi.

*   * *
Abdulmuttalibning ko‘ngli tinchlangan edi. Nevarasining kun sayin ulg‘ayib, kamol topib borayotgani uni behad quvontirardi. Uni bir kun ko‘rmasa, turolmasdi. Ka’baning soyasida to‘shab olgan ko‘rpachasida yonboshlab o‘tirarkan, yuragida bir bo‘shlik his etar, faqat Muhammad chopib kelganidan keyingina yengil nafas olar, yuragini siqayotgan holat darhol uni tark etar edi.
Abdulmuttalib o‘ta bosiq, purviqor, og‘irvazmin bir odam edi. Shu darajada salobatli ediki, na o‘g‘illari, na Makkaning aslzodalari u o‘tirgan ko‘rpachaga o‘tirishga botina olardilar. Uning qarshisida odob saqlab turardilar. Ba’zan suyukli nabirasi kelib bobosining tizzasiga o‘tirmoqchi bo‘lsa, amakilari uni turg‘izib yuborishar, ammo Abdulmuttalib:
— Nevaramni o‘z holiga qo‘yinglar, — der va u chopib kelib, yana bobosining tizzasiga o‘tirib olar edi.

* * *
«Fil yili» deb ataluvchi mash’um sanadan buyon ikki yarim yil o‘tgan edi. Tamim qabilasining boshliqlaridan Abu Kuhofaga o‘g‘illik bo‘lgani haqida xushxabar keldi.
Bolaga «Abdulloh» deb ism berildi. Arablarning odatiga ko‘ra, keyinroq Abu Bakr laqabi berilajak buyuk zot mana shu go‘dak edi. Onasini Ummul Xayr, ya’ni, Yaxshilik va Ezgulikning onasi, deb atar edilar. Asl ismi Salmo edi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  31 Dekabr 2008, 08:01:01

IV
ABVODA QAZILGAN MOZOR


Bir necha yil o‘tdi. Suyukli nevara olti yoshga to‘ldi. Abdulmuttalib tom ma’noda shafqat panohiga aylangan, onabolaning har bir ehtiyojini ziyoda qilib qondirar edi. Ammo Omina kun sayin so‘lib borar, yuragida qandaydir bir dard paydo bo‘lgan edi. Mana, olti yildan oshibdiki, beva yashaydi. Bir kuni Abdulmuttalibga:
—   Ichimni bir dard yondirmoqda, otajon, — dedi.
—   Nima bo‘ldi, qizim?
—   Bilmadim. Lekin hech taskin topolmayapman. Abdulmuttalib boshini egdi, oppoq soqoli ko‘ksiga
tushdi, xiyol o‘yga toldi, so‘ngra:
— Shu, bir sayohat qilib kelsang, qanday bo‘larkan, qizim, — dedi.
— Qaerga ham borardim.
— Yasribga bor. Tog‘alaringni ko‘rib kelasan. Hamda... — Abdulmuttalibning ko‘zlari yoshlandi. Omina ham xuddi shu ahvolda edi. — Xdmda Abdullohning qabrini ziyorat etarsan.
Omina bu maslahatga rozi bo‘ldi. Go‘yoki keksa Abdulmuttalibning yuragidagi orzularini o‘qiganday edi.
— Qachon yo‘lga tushay, otajon?
— Qachon xohlasang, o‘shanda. O’sha tomonga boradigan bironbir karvonga omonat qo‘shib yuboraman. Borib, biroz dam olib kelasan.
Bir kuni Abdulmuttalib Yasribga boradigan bir yo‘lovchi karvonni topgani haqida xabar keltirdi. Omina Zuhra qabilasiga borib, qarindoshlari bilan xayrlashdi. So‘ngra karvonga qo‘shildi. Yonida suyukli o‘g‘li Muhammad bilan joriyasi Ummu Ayman ham bor edi. Ular ikki tuyaga minib oldilar.
Ertalablari tongsahardan yo‘lga tushilar va qoq tushgacha yurilar, so‘ngra to‘xtab dam olinar edi. Asr payti — qunning tafti qayta boshlagach, yana yo‘lga tushilar, tuyalar yana xizmatini davom ettirar edi. Qumlar ustidan og‘irog‘ir odimlayotgan bu jonzotlar bitmastuganmas sabrtoqat bilan Makka va Yasrib orasidagi bepoyon yo‘lni bosib o‘tardilar. Orasira tuyalarni g‘ayratga solish uchun o‘qiladigan she’rlar quloqqa eshitilib qolarDi. Ko‘z qamashtiradigan darajada cho‘zilib ketgan kumlar ustida soatlarcha yo‘l davomida bironta ham dov-daraxt uchramasdi. Ba’zan bir nechagina xurmo daraxtining, boshlarini boshlariga qo‘yib xasratlashayotganday turgan holatiga duch kelinardi, tepada uchib yurgan qushlar ko‘rinib qolar, ular yo‘lovchilarga shu yaqin orada suv borligidan darak berar edilar. Shunda to‘xtab meshlarga suv to‘ldirilar, tuyalar sug‘orilar va yana yurish davom etar edi.
Yo‘l bir necha kun davom etdi. Kun necha marta chiqib, necha marta botdi. Nihoyat, bir kuni yashil xurmo daraxtlari bilan qoplangan go‘zal bir shahar ko‘rindi.
— Ana Yasrib, ana Yasrib!.. — deb hayqirganlar bo‘ldi.
Yo‘lovchilar uzoq va mashaqqatli safardan keyin yengil nafas oldilar. Sevindilar. Sevinishga to‘la haqli edilar. Chunki uzoq yo‘l davomida qaroqchilarning hujumiga duchor bo‘lmagan, yirtqich hayvonlarga ro‘baro‘ kelmagan edilar. Eng muhimi, necha kunlardan beri chang-to‘zon ichida, tuyalarning ustida chayqalachayqala davom etgan safar tugagan edi.
Shaharga kirishgach, Omina birinchi uchratgan odamga: Najjor o‘g‘illarining manziliga bormoqchi edik, — dedi.
U odam boshi bilan ishora qildi:
— Tuyangni mana bu yo‘ldan hayda.
Nihoyat, ko‘zlangan manzilga yetib keldilar. Makkadan kelgan mehmonlar xursandchilik bilan kutib olindilar. Najjor o‘g‘illari Abdulmuttalib tug‘ilib, voyaga yetgan qabila edi. Onasi Salmo ushbu qabilaning qizi edi.
Omina kelgan kunning ertasiga bir qabr tepasiga bordi, yig‘lab o‘tirdi. Bu Abdullohning qabri edi. Kunlardan bir kuni erta tongda Makkadan kuzatgan, orqasidan o‘pkasi to‘lib, tikilib qolgan Abdullohini oradan olti yarim yil o‘tgach, mana shu tarzda ziyorat qilib turardi. Ammo ko‘rgani shunchaki bir hovuch tuproq emas edi. Bu tuproqning ostida tirik qolishi uchun behad fidokorliklar ko‘rsatgan mard va go‘zal yigit Abdullohning chiriy boshlagan suyaklari yotardi.
Tirik qolishi uchun yuzta tuya qurbon etilgan Abdulloh...
Makkalik bir xotin tomonidan «Menga uylansang, senga yuzta tuya beraman», deya turmush qurish taklif etilgan Abdulloh...
Koinot payg‘ambarining otasi bo‘lganidan bexabar, uning gul yuzini bir martagina bo‘lsa ham ko‘rmasdan ajal o‘qiga duchor bo‘lgan sho‘rlik Abdulloh shu yerda yotardi.
Omina mozor boshiga tiz cho‘kdi. Ne qilarini, nima deyarini bilmay, sokin o‘tirib qoldi. Ko‘zlari mozor tuprog‘iga tikilgan edi. Shu holatda nimalarni o‘yladi, ko‘z oldidan nimalar o‘tdi, u yerda qancha vaqt qolib ketdi — noma’lum. Ko‘zlaridan oqib yonog‘iga tushgan yoshlarni ham balki sezmadi yoki artishni lozim ko‘rmadi.
Barvaqt hayotdan ko‘z yumgan xojasi uchun yig‘lash ayb emas edi. Hayotining ayni baxor chog‘ida, endigina uylangan yigit, safardan qaytarkan, kasalga chalinib vafot qilgan edi. Olti yildan ortiqroq vaqtdan beri ichini yondirib kelayotgan hasrat tuyg‘usi ahyonahyonda alangalanar, Ominaning yurakbag‘rini tilkapora qilar edi. Shu onda yursa ham, o‘tirsa ham, kulsa ham, doimo qalbida yashab kslgan, faqat sevgili yorigagina daxldor bo‘lgan tuyg‘ular Ominaning ko‘nglini o‘rtardi, ko‘nglidagi g‘amalam ko‘zlaridan shashqator yosh bo‘lib oqardi.
Omina qabrning tepasida qachongacha turganini o‘zi ham bilmasdi. Bilsa ham, biron narsani farqlay olmasdi. Na bozor bilan, na rastalar bilan ishi bor edi. Kaytdi, tog‘alarinikiga keldi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  31 Dekabr 2008, 08:01:48

* * *
Najjor o‘g‘illarining mahallasidagi bolalar yangi bir do‘st orttirganlaridan behad xursand edilar. Xushbichim, ochiq chehrali, shirinsuxan, kuchli, baquvvat bir bola edi u. Ammo janjal, to‘polonni sira ham xush ko‘rmasdi. Urishayotgan bolalarni ko‘rsa, ajratib qo‘yardi, yarashtirardi. Ko‘llari, yuzi toza, kiygan kiyimi ozoda. Makkadan Hoshim o‘g‘illarining xonadonidan kelgan edi u.
Bir kuni Omina suyukli o‘g‘lining eshikdan juda xursand holda kirib kelganini ko‘rdi. Uni bu holatda ko‘rish Ominani tinchlantirar, unga orom bag‘ishlar edi. Omina o‘g‘lini bag‘riga bosdi:
— Bugun juda xursandsan, o‘g‘ilginam, — dedi.
 Ha, onajon. Bilasizmi, men suzishni o‘rgandim. Ominaning yuragi hapriqib ketdi:
—   Kaerda?
—   Odi ibn Najjorning hovuzida.
— Ehtiyot bo‘l, bolajonim, biron ziyonzahmat yetmasin.

Qayd etilgan