Ahmad Lutfiy Qozonchi. Saodat asri qissalari (1-kitob). Intizor kutilgan tong  ( 151887 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 ... 31 B


AbdulAziz  31 Dekabr 2008, 08:02:57

* * *
Mehmonlar bir oy qolib ketdilar. Bu orada suyukli Muhammad bolalar bilan do‘stlashib oldi. Tog‘alarining o‘g‘illari bilan birgalikda o‘yinlar o‘ynadi.
Bir kuni Najjor o‘g‘illarining yurti bilan xayrlashdilar. Omina Makka tomon yo‘l oldi.
—   Yana kelgin, Omina.
—   Sizlarni sog‘inamiz.
— Bizlardan Abdulmuttalib oilasiga salom aytgin...— deyuvchilarning salomatlik tilashlaridan so‘ngyo‘lga chiqdilar.
Ortda qolganlar shirin xotiralar og‘ushida edilar. Biri mahzun yuzli Omina haqida, boshkasi yuzidan nur yog‘ilib turuvchi o‘g‘li haqida bahs qilardi.
Omina bu safardan juda mamnun bo‘ldi. Xojasining kabrini ziyorat qildi, qarindoshlari bilan diydor ko‘rishdi. Makkadan ko‘ra iqlimi ancha yengil va yumshoq bo‘lgan Yasribda, xurmo daraxtlarining soyasida, go‘zal bog‘rog‘larda ko‘ngildagidek dam oldi. Endi Abdulmuttalib oilasini ham rosa sog‘ingan edi.
Bir necha kunlik safardan so‘ng oqshom payti Abvo deb ataluvchi bir kishloqqa yetib kelib, to‘xtadilar. Chunki Omina holdan toygan, o‘zini yomon his kilayotgan edi. Bu ahvolda uzoqqa stib bora olmasligi ayon. Bu yerda bir necha kun dam olib, darmonga kirsa, yana yo‘lga chiqish mumkin bo‘lardi.
Arablarning g‘oyat mehmondo‘stligi shu yerda yaqqol ko‘rindi: Omina mehmoni bo‘lgan xonadon mutlaqo notanish edi, shunday bo‘lsa ham, uni quchoq ochib kutib olishdi. Ammo kasali tobora avj ola boshladi. Ummu Ayman Ominaga qanday qilib bo‘lsa ham yordam bermoqchi bo‘lar, ammo chorasiz edi; gul yuzli jigargo‘shasi Muhammad ham o‘ta g‘amgin holda, hayot shami sekinsekin so‘nib borayotgan bechora onasiga qarab ichi o‘rtanar edi.
Uy egalarining tajribasi ham, Ummu Aymanning g‘ayrati ham, purziyo go‘dakning yonayotgan yuragi ham taqdirga bitilgan hukmni o‘zgartira olmadi. Omina tobora joni bo‘g‘ziga tiqilib kelayotganini his etarkan, boshida yuzlari mahzun jigari ko‘zlariga qattiq tikilib turganini sezib, unga tomon burildi. Bolasini o‘ziga tortdi. Endi zo‘rbazo‘r qimirlayotgan lablar uning gul yuzlaridan o‘pdi. Uning muborak isidan hidlab, o‘pkasini to‘ldirdi. Majolsiz qo‘llari bilan ko‘ksiga bosdi. Kelajakda Ollohning har turli ne’mati va rahmatining eng buyuk timsoli, dunyo va oxiratning sultoni, nabiylar sarvari bo‘lmish bu go‘dakni dunyoga o‘zi keltirgan, aMmo uni to‘yibto‘yib bag‘riga bosa olmagan, to‘yib seva olmagan edi. Holbuki unga o‘zidan yaqin, unda o‘zidan ko‘prok haqqi bo‘lgan kimsa yo‘q edi.
So‘nggi daf’a ko‘rayotganini bilib, qaytaqayta tikildi. Shundan keyin ichichidan toshib kelayotgan histuyg‘ular, titroq kalimalar baytlar holida tilidan to‘kila boshladi:
— Ey dahshatli ajal o‘qiga duchor bo‘lgan, Ollohning lutfi va yordami bilan yuz tuya evaziga xalos bo‘lgan zotning farzandi!.. Olloh seni muborak va umringni ziyoda qilsin. Agar tushimda ko‘rganlarim to‘g‘ri bo‘lsa, sen jalol va ikrom sohibi Olloh tomonidan Odam farzandlariga halol va haromni ajrata olishni o‘rgatish uchun payg‘ambar sifatida jo‘natilasan. Sen Islomni — bobong Ibrohimning dinini tiklash uchun jo‘natilasan. Olloh seni millatlar bilan birgalikda yashab kelgan butlardan, butparastlikdan qutqarajak. Tug‘ilgan har jonzot o‘lajak, har yangi narsa eskirajak, ko‘p bo‘lgan kamayib bitajak, foniy bo‘lajak. Darvoke, msn ham o‘laman. Ammo doim kishilar qalbida yashayman. Chunki pok, durust bir farzand tug‘dim, o‘zimdan keyin xayrli bir yedgorlik qoldirmoqdaman...
Omina ortiq gapirolmay qoldi. Nafasi siqar, peshonasi sovuq terdan jiqqa ho‘l bo‘lgan edi. Endi ortga qaytilmaydigan umr yo‘lining tugagani, so‘nggi qadamlarini bosib o‘tganiga qat’iy ishonch hosil qilgan edi. So‘nggi daf’a o‘g‘lining diydoriga to‘ymoqchi bo‘ldi. O’zini zo‘rlab, zo‘rg‘a, bir necha soniyagina qaray oldi. Keyin chuqur bir nafas olib, hayotdan ko‘z yumdi. Vujudi jonsiz, harakatsiz qoldi.
Ummu Aymanning dodfaryodi tirik yetim bo‘lib qolgan go‘dakning yig‘isi bilan qo‘shilib ketdi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  31 Dekabr 2008, 08:06:51

* * *
Ominaning vazifasi insoniyatning saodat rahbarini, raqibi va tengi yo‘q sultonini qornida ko‘tarib yurish, tug‘ishdan iborat edi. Bu vazifani vafo bilan bajargan, biroq o‘zining dunyosi o‘ziga vafo qilmagan edi. Turmush qurgan yili eri vafot etdi, yagona ovunchog‘i bo‘lgan farzandidan necha yillargacha ayrildi, undan keyin uni bag‘riga bosish baxtiga endigina erishganida, qarshisiga o‘lim farishtasi keldi.
Uning oxirati qanday bo‘lar edi? Oqibati nima bo‘lar edi?
 Biz uni jannat ne’matlari orasida ko‘rishni istaymiz, albatta. Ammo bu savolga to‘g‘ri javob berishga biz ojizmiz. Bu mavzuni Ominani Habibi Akramiga ona qilgan buyuk Ollohga qoldirish, bizningcha, eng ma’qul ishdir.

Qayd etilgan


AbdulAziz  31 Dekabr 2008, 08:12:14

* * *
Gul yuziga yomg‘ir kabi ko‘zyoshi ingan go‘dak Ummu Aymanning qo‘lida ko‘rdi o‘zini. Uning mehrshafqati bolaning qalbini ardoqladi. Cho‘l deyishga loyiq bir qum daryosining o‘rtasida, ularni odamgarchilik tufayli mehmon qilgan oilaning uyida onasidan judo bo‘lish, uni begona tuproq qo‘yniga topshirish va bir umrga undan ajralish g‘oyat og‘ir savdo edi.
Omina Abvo qishlog‘ining qumli tuprog‘iga qo‘yildi. Bu fojia nurli chehra egasiga qattiq ta’sir qilgan edi. U onasining ustiga tortilgan tuproqdan ham og‘irroq g‘am yuki ostida qolganini his etdi.
Shundan keyin azobli safar boshlandi. Ummu Ayman bir tuyaga mindi. Ota-onasidan ajralgan g‘irt yetimni quchog‘iga oldi. Ikkinchi tuyani yetaklab yo‘lga chiqdi.
Abvo qishlog‘idan uzoqlashib ketganlaridan keyin ham orasira orqasiga qarab ko‘yayotgan go‘dakning ko‘zlaridan tinmay yosh okar, ba’zan «Onam, onajonim» degani eshitilib qolar, ammo Ummu Ayman uni bag‘riga bosar, boshini silar, onalik mehri bilan sochlarini hidlar edi. Tuya ustida chayqalachayqala davom etgan bu mashaqqatli safar besh kun deganda ioyoniga yetdi. Nihoyat, Makka vodiyi ko‘rindi. Ka’baning yonidan o‘tib, Abdulmuttalibning uyiga yaqinlashdilar.
Abdulmuttalib qarshisida nevarasini ko‘rganda, dunyoga qayta kelgandek bo‘ldi. Ko‘zyoshlari bilan quchog‘iga otilgan nevarasini shu qadar sog‘ingan, shu qadar mushtoq bo‘lgan ediki...
Ammo nevarasi o‘ta g‘amgin ko‘rinardi. — Onang qani, bolajonim, — dedi u. Shu onda bir faryod etishildi. Ummu Ayman bo‘lgan voqealarni yig‘labyig‘lab so‘zlab berdi. Abdulmuttalib buni ko‘zyoshlari bilan tingladi. Endi bobosining issiq quchog‘i uning yagona panohi edi. Shu bilan barobar go‘yoki u bobosiga emas, balki bobosi unga muhtoj edi. Abdulmuttalib uni yonidan jildirmas, bir gapi ikki bo‘lmaydigan darajada mehribonlik ko‘rsatar edi.
Ummu Ayman esa, uning enagasi va eng yaqin do‘sti bo‘lib qolgan edi.
— Zinhor nevaramni ko‘zdan qochirmagin. Sening va zifang faqat shundan iborat.
Bu ko‘rsatma Ummu Aymanga berilgan edi. Joniga rohat bag‘ishlagan amr edi bu. Chunki Ummu Ayman buni shunchaki bir vazifa deb bilmas, balki chin ko‘ngildan bajarar edi. Har ikkalasining orasida ham juda teran bir mehrmuhabbat tuyg‘usi bor edi. U ham Ummu Ayman haqida «Tuqqan onamdan keyingi onamdir», deya iltifot ko‘rsatarkan, butun qalbini bag‘ishlagan edi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  31 Dekabr 2008, 08:14:48

V
ABDULMUTTALIBNING MEHR QUCHOG’I


Abdulmuttalib nevarasiga mehrmuhabbat va marhamat ko‘rsatibgina qolmay, unda o‘zgacha va ulug‘sifat bir shaxsiyatga xos belgilarni ko‘rgani uchun orasira qiladigan ishi xususida u bilan yashirincha pichirlashib, maslahatlashib olgan kezlari ham bo‘lardi.
Nevarasi ham uning siymosida faqatgina bobosini emas, balki chin do‘st, ajralmas o‘rtoqni xam ko‘rgan edi. Abdulmuttalib qanchalik och bo‘lmasin, nevarasi bo‘lmasa, dasturxonga o‘tirmas yoki o‘tirsa ham, to u kelgunga qadar taomga qo‘l tekkizmas edi.
Abdulmuttalib xonasida yolg‘iz o‘tirgan chog‘larda uning huzuriga taklifsiz kira oladigan yagona odam ham nevarasi edi; boshqa odamlarning esa, bunday qilishga haqqi yo‘q edi.
Abdulmuttalib, odatdagidek, Ka’baning soyasiga to‘shalgan ko‘rpachasining ustida chordona qurgancha, atrofidagilar bilan suhbatlashardi. Gap shu yilgi qurg‘oqchilik haqida bordi. Ancha paytdan beri ko‘kdan bir tomchi ham yomg‘ir tomchilamagan edi Makka tuproqlariga. Hammaning birdanbir tashvishi suvsizlik bo‘lib qoldi.
— Har tong uyg‘onganimda ko‘zim samoda bo‘ladi, —dedi biri.
Boshqasi qo‘shimcha qildi:
— Shu ketishda 6u yil hammamiz och qolib, qirilib ketamiz.
Haligi kishi yana so‘z oldi: ~ Ilohlarning xam biz bilan ishlari yo‘q... Atrofni o‘rab turgan yuzlarcha butlarga ko‘z qirini tashlagandan so‘ng:
— O’zlari suvga muhtoj emasda. Bizning muhtoj yoki muxtoj emasligimiz ularni sira qiziqtirmaydi, — dedi.
Uning yonida turgan birisi ming‘irladi:
— Zotan, tosh emasmi ular? Boshqa birisi:
— G’azablariga uchramaylik tag‘in, yetar endi, — dedi. Biroq o‘zini tutolmasdan: — Iloh sifatida g‘azabla nishlari kerakmi yoki bizning ahvolimizni ko‘rib achinishlari lozimmi, buni ham bilmaymiz, — dsdi.
Bu gaplarni aytarkan, «ilohlar g‘azablansa ham, biron narsaga kuchi yetmaydi», degandek bo‘lgan edi. Ammo yana biri uning xayolidan kechgan gaplaridan ham o‘tib tushdi:
— Shuncha yillardan beri ularning qoshida bosh egib kelamiz. Lekin muhtojlikka giriftor bo‘lganimizda toshdek qotib tursinlar deb emas, axir!
Bu odamning shu onda til tortmay o‘lishi yoki boshiga ko‘kdan bir olov parchasi kelib tushishidek ilohiy jazo berilishini kutganlar ham bor edi.
— Sen haddingdan oshib ketding, hoy yigit!
Shu gapni aytib ilgariga qadam tashlagan birini boshqasi to‘xtatdi.
— Bu odam ilohlarii haqorat qildi, ammo uni sen o‘z holiga qo‘yaver, toki jazoni ham ularning o‘zlari bersin.
— Ha, ha, qo‘llaridan kelsa, jazoni ular bersinlar...
Har kalladan bir gap chiqar edi.
— Yomyair duosiga bir chiqsak, qanday bo‘lar ekana? Nima deysan, ey Abdulmuttalib?
Bir daqiqada mavzu o‘zgardi. Yaxshi bir taklif edi bu. Aslida, maqsad janjallashish emas, suvsizlikka chora topish edi. Yuzlaridagi sovuq va shiddatli ifodalar yumshadi. Yuzlar Abdulmuttalibga o‘girildi.
— Ajoyib bo‘ladi. Ertaga tongda chiqamiz. Atrofga xabar berildi. Hammaning dardi bir edi.
Taklif hech qanday e’tirozsiz qabul etildi.
Tarqalishar ekan, haligi odamning:
—Iloxlar ekaningizga shakshubhamiz yo‘q, ammo xolimizga beparvoligingiz ham ayon... — deb po‘ng‘illag‘illagani eshitildi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  31 Dekabr 2008, 08:16:11

* * *
Abdulmuttalib kechani behalovat o‘tkazdi. Qaytaqayta uyg‘onib ketaverdi. Miyasi qahatchilik g‘urbatlarini o‘ylash bilan ovora edi. Tong otganda uni ko‘rganlar, durustgina uxlab, dam olgan, deya olmasdilar.
Tongsaharda Ka’baning atrofiga to‘plangan yuzlarcha kishilik bir jamoa Abdulmuttalibning kelishini poylardi. U xam o‘zini kuttirib qo‘ymadi. Yoniga suyukli nevarasini olib, jamoani boshlab ketdi. Bu jamoada erkaklardan tashqari ayollar va bolalar xam bor bo‘lib, hammasi bir xil tuyg‘ular og‘ushida Abu Qubays tepaligi tomon yo‘l tortdilar.
Abu Qubays juda yaqin edi. Ka’badan atigi bir necha yuz odim narida qad ko‘targan edi.
Og‘irog‘ir qadam tashlab, to‘xtabto‘xtab, nafaslarini rostlab, tepalikka chikdilar. Pastda Ka’ba ko‘rinar, o‘ngdan ham, chapdan ham cho‘zilib kelgan vodiylarning bari Ka’ba joylashgan yerda qo‘shilib ketar edi.
Abdulmuttalib xalqning o‘rtasida to‘xtadi, chuqur nafas oldi. Suyukli nevarasi ham yonida edi. So‘ngra nigohlari ko‘kning adadsiz teranliklariga qadaldi:
— Ollohim, shu yetimning hurmati haqqi sendan yomg‘ir so‘raymiz... — deya duo qila boshladi.
Osmonda yomg‘ir yog‘ishini ko‘rsatadigan bironta ham belgi — bulut parchasi yo‘q edi. Ammo qurayshliklar yana yomg‘ir so‘rar, arzi hol etar edilar. Bugun bo‘lmasa ertaga, ertaga bo‘lmasa indinga yog‘ajak yomg‘irga ham bajonidil rozi edilar. Shu orada Abdulmuttalibning yonida turgan nur yuzli bolaning ham qo‘llarini ko‘targani, barmoqlari bilan ko‘k yuziga ishora qilgani ko‘rindi.
Abdulmuttalib qaytaqayta «Ollohim, mana shu yetimning hurmati uchun...» deb duo qilar, hamma «Omin», deb unga jo‘r bo‘lar edi.
Shu asnoda ufqda kichik bir bulut parchasi paydo bo‘ldi. Tezlik bilan, orqasidan birov quvlayotganday, ilgarilab kelaverdi. Ammo bunchalik kichik bulut parchasidan biron narsa kutib bo‘lmasdi. Holbuki, bundan yuz marta katta bulut keltiradigan yomg‘ir ham yetarli emasdi.
Bulut yugurganday ilgarilar ekan, tobora kattalashar, Abdulmuttalibning duolariga «Omin» deb ko‘shilgan xalq bu holni diqqat va hayajon bilan kuzatar edi. Xuddi kichkina bir tugun holida bo‘lgan bulut yaqinlashgan sari ochilib, yoyilibkengayib borardi.
Uning orqasidan oqib kelayotgan bulutlar ko‘rindiyu duoning qabul etilganiga shubha qolmadi. Yuzlarga tabassum balqdi. Ko‘zlardan sevinch ifodasi o‘laroq yoshlar oqarkan, boshlariga birikki yomg‘ir tomchisi tusha boshlaganini sezdilar.
Hammayoqni larzaga solib gumbirlagan momoqaldiroq «Tarqalinglar, duoingiz qabul etildi...» deyayotgandek edi. Odamlar sevinch qichqiriqlari bilan tepadan pastga ena boshladilar.
Abdulmuttalib sevinganidan yig‘lardi. Soqolidan oqib tushayotgan yoshlarini artarkan:
— Bu yomg‘irni Olloh bizga sening hurmating uchun berdi, bolam, — dedi u nevarasiga.
Chaqmoq chaqar, momoqaldiroq gumburlab, vodiylarni yoritib yuborar edi. Salgina oldin bir necha kundan keyin bo‘lsa ham yomg‘ir yog‘ishiga rozi bo‘lganlar uylariga yetgunchayoq shalabbo bo‘ldilar.
Bu voqeadan keyin Abdulmuttalib haqida she’rlar to‘qildi. Buyuk inson deb tan olindi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  31 Dekabr 2008, 08:16:42

* * *
Arablar izlarga qarab bashorat qilish sohasida ulkan tajribaga ega edilar. Qum ustida qoldirilgan oyoq iziga qarab kishini hayratga soladigan darajada mukammal va to‘g‘ri bashorat qilardilar. Bir hayvonning iziga qarab, uning qaysi qabilaga tegishli ekanligini aniqlashar, yonmayon yurib ketgan ikki kishining oyoq izlaridan ularning erxotinmi, otabolami yoki do‘stbirodarmi ekanligini to‘g‘ri ayta olardilar. Bu sohada Mudlij qabilasi barcha qabilalardan o‘tib ketgan edi.
Bir kuni Mudlij qabilasidan Makkaga kelgan bir necha kishi ko‘rkamlarning ko‘rkami bo‘lmish, yuzlaridan nur yog‘ilib turuvchi, ochiq chehrali bir bolaga duch keldilar. U boshqa bolalar bilan o‘ynayotgan edi. Bamisoli yulduzlar orasidagi o‘n to‘rt kunlik oydek ajralib turardi u o‘rtoqlaridan. Yoniga yaqinlashdilar. Shu on qorachadan kelgan bir ayol:
— Bolaga tegina ko‘rmang, — dedi. Bu ayol Ummu Ayman edi. Odamlardan biri hech sarosimaga tushmay, dedi:
 —Yemonlik qilmoqchi emasmiz. Boshqasi qo‘shimcha qildi:
— Bunday bir ma’sum go‘dakka yomonlik qilish uchun shaytonni ham yo‘lda qoldiradigan darajada johil bo‘lish kerak.
— U holda nima istaysiz?
—    Faqat yoqtirib qoldik. Shunday, sinchiklab qaramoqchi edik, xolos.
—    Maqsadingiz nima? Nega boshqa bolalarga qaramaysiz?
Biz bu bolada hech bir bolada bo‘lmagan g‘aroyib hollarni ko‘rdik. Ijozat ber, bir oz yonimizda tursin. Ummu Ayman Muhammadni chaqirdi:
   Beri kel, o‘g‘lim, mana bu amakilaring seni ko‘rishmoqchi.
Ular Muhammadga boshdanoyoq chuqur razm soldilar. Ayniqsa, oyoqlariga tikilib qoldilar. Keyin boshini siladilar. Ummu Aymanga tashakkur bildirdilar.
— Bu kimning o‘g‘li?
— Abdulmuttalibning o‘g‘li. Haligi odam boshini chayqadi.
— Aslzoda bir oilaning farzandi ekanligiga shak-shubha yo‘q.

Qayd etilgan


AbdulAziz  31 Dekabr 2008, 08:17:44

* * *
Sakson yoshga kirgan bir inson vaqtining ko‘pini dam olish bilan o‘tkazadi. Abdulmuttalib ham shunday hayot kechirar, Ka’baning soyasida ko‘rpachasini yozib hordiq chiqarar edi.
Muallaqanavis shoir Zuxayrning bir baytini xotirladi u: «Hayotning og‘ir yuklaridan charchadim. Haya, kim sakson yil yashasa, hayotdan ham charchashi begumon», degan edi Zuhayr. Abdulmuttalib ham ayni shu holatda edi. Tig‘ kabi, tutgan joyini kesadigai qirchillama yigit bo‘lganiga o‘zi ham ishonmaydigan darajada keksaygan edi. Boshida bironta ham oqarmagan soch tolasi, soqolida bironta ham qora mo‘y qolmadi. Bunday yoshga yetgan har qanday kishi kabi, u ham vaqtisoati kelib ajal o‘z domiga tortadigan daqiqalarni poylab, bir chekkada dam olib o‘tirardi.
— Salom senga, ey Abdulmuttalib!
   Salom bo‘lsin sizga, ey mudlijliklar. Marhamat qilinglar, mana bu yerga o‘tiringlar.
Kelganlar o‘tirdilar. Abdulmuttalib ulardan hol-ahvol so‘radi. Mudlij qabilasidan tanishlari bor edi ular haqida surishtirdi. Shundan keyii ularning Kelish sababini so‘radi. Biri:
—Bugun bolalar orasida juda chiroyli bir go‘dakni ko‘rdik. Yonidagi ayol sening o‘g‘ling ekanligini aytdi.
— Ha, u mening o‘g‘lim, yana ham to‘g‘rirog‘i, nevaram. Odam birikki soniya jim bo‘lib qolgach, gap boshladi:
— Biz bolani ko‘rib qiziqib koldik va unga chuqur razm soldik. Bizning fikrimizcha, maqomi Ibrohimdagi oyoq izlari bilan bu bolaning orasida juda yaqin va chambarchas bog‘liqlik bor. Biz o‘zimizning mezon va me’yorimizdan kelib chiqib ayta olamizki, bu bola payg‘ambarlar avlodidandir.
Abdulmuttalib bu xulosadan juda mamnun bo‘ldi.
To‘g‘ri, dedi, maqomi Ibrohimdagi izlar bu go‘dakning katta bobosining oyoq izlaridir. Chunki u izlar payg‘ambar Hazrati Ibrohimga oiddir. Biz esa uning avlodidanmiz. Men naslimizga mansub bobolarimning ismlarini sanaysanay Adnanga qadar chiqa olaman. Adnan esa, ma’lumingizkim, Hazrati Ibrohim naslidandir.
Oradan bir necha kun o‘tdi. Abdulmuttalib Najron qozisi va rohibi bo‘lgan bir do‘sti bilan yeuhbatlashib o‘tirardi. Rohib o‘z maslagidan kelib chiqib, diniy mav zulardan bahs yuritar, necha asrlardan beri payg‘ambar yuborilmaganini so‘zlar edi. Hazrati Isoning davridan
beri yuz emas, bir necha yuz yil o‘tgan, kelishi muqarrar va lozim bo‘lgan bir payg‘ambar kutilayotgan edi. Rohib so‘zlarini shu tarzda davom ettirdi:
— Biz Ismoil o‘g‘illari naslidan kelajak va payg‘ambarlarning so‘nggisi bo‘lajak bir payg‘ambarning sifatlarini kitoblarda o‘qib yuribmiz. Ushbu ma’lumotlarga ko‘ra, bu payg‘ambar yuzaga chiqadigan joy shu yer, ya’ni, Makka shahridir.
Rohib kelajak payg‘ambar haqida atroflicha ma’lumotga ega edi. Ko‘zlarining rangi, oyoqlarining shakli, ikki yelkasining o‘rtasida joylashgan bir belgiga kadar o‘ziga xos xususiyatlarini ham bilar edi. Abdulmuttalib uning so‘zlarini zo‘r qiziqish, o‘ta e’tibor bilan tinglardi. Shu on suyukli nevarasi kelib, bobosining yoniga o‘tirdi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  31 Dekabr 2008, 08:18:53

— Ey Abdulmuttalib, bular sira ham uydirma emas. Diniy kitoblarda yozilgan... — Rohibning gapi og‘zida, ko‘zlari birdan hozirgina kelgan bolaga qadalgan edi. Diqqat bilan kuzatdi. Kuzlari, qo‘llari, oyoqlari, badaniga sinchiklab qaradi.
— Bu kimning bolasi, ey Abdulmuttalib? — dedi.
—    Mening o‘g‘lim.
—    Bo‘lishi mumkin emas aslo.
—    Nega endi?
Rohib juda sekin ovoz bilan pichirladi. Xuddi gapini bola eshitishini xohlamayotganga o‘xshardi.
—    Chunki bu bolaning otasi o‘lgan bo‘lishi kerak.
—    Nega shunday deb o‘ylaysan?
— Menga qara, ey Abdulmuttalib, bu bola senga boyadan beri gapirayotgan payg‘ambarning sifatlariga ega. Sen uning otasi ekanligingni aytding. Holbuki, bizning diniy kitoblarda yozilishiga qaraganda, bu bola yetim bo‘lishi kerak edi. Sen uning otasi bo‘lishing mumkin emas.
Abdulmuttalib uning so‘zlarini tasdiqladi.
—   To‘g‘ri ganirasai. Haqiqatdan ham bu bolaning otasi, ya’ni mening o‘g‘lim, hali u tug‘ilmasdan oldin vafot etgan edi. Men bobosiman. Ammo o‘z o‘g‘limdan ham ortiq ko‘raman uni. U ko‘zimning oqu qorasidir.
—   Endi o‘zingga kelding, ey Abdulmuttalib. Ammo bu bolani ehtiyot qilishing lozim. Yahudiylar uni ko‘rarko‘rmas taniydilar. Bilib qolsalar, biron zarar yetkazishlari ehtimoldan xoli emas.
Bu so‘zlar Abdulmuttalibni nevarasiga yana ham qattiqroq bog‘lab qo‘ydi.
Abdulmuttalib hayotining so‘nggi kunlarini yashayotganini chuqur his etardi. Zamondoshlari havas qilsa arzigudek bir umr kechirgan edi u.
Har kimga yaxshi muomalada bo‘ldi, kattakichik barchaning hurmatini qozondi. Faqirlarni to‘yg‘azdi, bevalar, yetimlarga yordam qo‘lini cho‘zdi, umr bo‘yi biron marta ham zinoga yaqinlashmadi, yaqinlashganlarni ham xush ko‘rmadi.
Ichkilikni yoqtirmasdi. Chunki ichkilik ichuvchilarning qanday sharmandali ahvolga tushganlariga ko‘p guvoh bo‘lgan. Bunday qabohat ishlarga sira ham toqati yo‘q, viqor va odob egasi edi. Makkaning hokimi sifatida, o‘g‘rilik kilganlarning ko‘llarini kestirar, qo‘lidan kelgancha, qiz bolalarning o‘ldirilishiga to‘sqinlik qilar edi. Yomonlik qilgan kimsa qo‘lga tushsa, qamchi bilan savalardi. Oxiratga ishonar, Ollohning borligi, qudratli va buyukligiga shubha qilmas edi. O’z zamonida keng tarqalgan butlarga sig‘ingansig‘inmagani esa, bizga qorong‘i.
Ramazon oyi kelgan kuni oziqovqat olib, Makkaga yaqin Xiro tog‘iga chiqib ketar, u yerda yolg‘iz qolib, o‘zicha ibodat etar, o‘yxayolga tolar edi. Bu ishni ilk marotaba u qilgan, shundan keyin tarkidunyochilik odatini xush ko‘ruvchilar paydo bo‘ldi, xalkning shovqinsuronli hayotidan chekilib, bu tog‘da bir oy davomida yolg‘iz yashashga havasmandlar ko‘paydi. U yerda qanday ibodat qilingani esa, yana bizga noma’lum.
U haqda tadqikotchi Ko‘ksol «Uzun bo‘yli, yoqimli, sabrli, aqlli, tarbiyali, dunyoqarashi keng, sarvqomat, mard va saxiy kishi edi», deb ma’lumot beradi.
Makkaliklar uni «Ikkinchi Ibrohim» derdilar. Barcha arablarning Payg‘ambar Ibrohim alayhissalomga bo‘lgan chuqur hurmatlarini nazarga olsak, makkaliklarning Abdulmuttalibga qay darajada hurmatehtirom ko‘rsatganliklarini tasavvur etishimiz qiyin bo‘lmaydi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  31 Dekabr 2008, 08:19:43

Ka’baga doir butun xizmatlar Abdulmuttalibning boshchiligi ostida yuritilar, hech kimsa Makkaga undan boshqa kishini hokim qilishni o‘ylamas edi. Chunki Abdulmuttalib bu maqomga zo‘ravonlik bilan emas, muruvvati, fazilati va sharafi bois kelgan, aqli raso va aslzoda qabila boshliqlari uni bu maqomga loyiq deb topganlar. U bu maqomga munosib emas, deb biron kishi da’vo qila olmasdi. Chunki Makka xududida yapyuvchi biron kimsa Abdulmuttalibdan yomonlik ko‘rganini iddao etolmas, aksincha, undan yaxshilik ko‘rganini e’tirof qilar edi.
Bir kuni Abdulmuttalib dardga chalindi.
Barcha urinishlar, shifo izlab yelibyugurishlar behuda bo‘ldi. Tobora o‘lim soati yaqinlashib kelayotgani ravshan edi. Abdulmuttalib dardi bedavoga yo‘liqqanini anglagan, o‘zidan keyin to‘qqiz o‘g‘il, olti qizi va bir etak nevaralari qolmoqda, ammo uning o‘yfikri bosh qotirishga loyiq deb bilgan suyukli nevarasida edi. Uni nima qilish, kimga qoldirish to‘g‘risida o‘ylardi. Shu kunga qadar uni ko‘lidan kelgancha tarbiyalagan, hech narsada kamsitmagan, ustiga gard yuqtirmaslikka uringan, unga haqiqiy ota, tengi yo‘q bobo bo‘lgan edi. Ammo Abdulmuttalib ham foniy bir borliqdir. Unga ham endi ajal yaqinlashgan, o‘lim farishtasi eshik qokib kelayotgan edi.
Orasira hushidan ketadi, o‘zini bilmay qoladi. Shunday kezlarda «Muhammadim, suyukli Muhammadim...», deya bosinqiragani eshitilib qoladi. O’ziga kelganda esa, yana tamomila uning tashvishi bilan band bo‘ladi.
Bir paytlar Muhammadning otasini, ya’ni, o‘zining o‘g‘li Abdullohni qurbon qilishga bel bog‘lagan kunlarni esladi. Agar o‘sha qasamini bajarsa, bugun qalbini larzaga solib, keksa yuragini yondirayotgan bu mehrmuhabbatning sohibi ham bo‘lmasdi.
Ammo butun olamlarga Ollohning behisob rahmati shu bolaning vositasida, u orqali yog‘ilishi kerak edi. Insoniyat uning rahbarligida haq yo‘lni topajak, saodat yo‘liga kirajak. Ollohga eltuvchi yo‘lni eng mukammal tarzda insonlarga u ko‘rsatajak edi. Shu bois bir emas, ming Abdulmuttalib til biriktirsa ham, ilohiy qudrat buning oldini olar va Abdullohni qutqarar edi. Koinot sarvarining uning naslidan, uning o‘g‘li sifatida dunyoni sharafga burkashi azaliy va ilohiy takdirning zarurati edi.
—    Otika!
—    Labbay, otajon.
—    Suv ber.
Otika darhol keltirilgan Zamzam suvidan idishni to‘ldirib berdi. Abdulmuttalib bir necha qultum ichdi.
—    Shifo bo‘lsin, otajon.
—    Omon bo‘l, bolam.
—Esingizdami, otajon, Zamzamni qazigan kunlaringiz?
Abdulmuttalib bosh irg‘adi. «Ha», deb pichirladi. Saldan keyin Otika chiqib ketdi. Abdulmuttalibning xayolidan o‘tmish kunlari kechdi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  31 Dekabr 2008, 08:20:35

ZAMZAM

Ropparosa qirq yil oldin bo‘lib o‘tgan edi bu voqea. Bir kuni Abdulmuttalib Ka’baning «Hijr» deb ataluvchi qismida qaylula uyqusida edi. Peshin payti olovdek qizdiradigan quyosh taftidan hamma salqinga qochib uxlagani kabi, Abdulmuttalib ham yotib uxlagan edi. Tush paytidan boshlanadigan bu uyku asrning o‘rtalarida, salqin tushgach, tugar va arablar buni «qaylula» derdilar. Bu soatlarda hamma ishini tashlab, salqin joy qidirib qolardi. Chunki jazirama issiq faqat mehnat qilishgagina emas, hatto sayr etishga ham imkon bermasdi.
Abdulmuttalib tush ko‘rdi. Tushida yoniga bir odam kelib:
— Tibani qazi, dedi.
— Tiba qaer o‘zi?
Odam javob bermay, ko‘zdan g‘oyib bo‘ldi.
Abdulmuttalib uyyungach, bir muddat bu tushi haqida o‘ylab qoldi. Hech qanday ma’no bera olmadi. «Har doim ko‘riladigan tushunarsiz ro‘yolardan biri bo‘lsa kerak», degan xulosaga keldi.
Ertasi kuni yana aynan o‘sha yerda uxlayotgan edi. Tushida yana notanish bir odam kelib unga:
—   Barrani qazi... — dedi.
—   Barra qaer? Nega u yerni qazishim kerak?..
Odam javobni ham kutmay va boshqa hech narsa demay, g‘oyib b)'ldi.
Tiba nima? Barra nima? Nega u joylar qazilishi kerak? Bu savollarga javob berishdan ojiz edi u.
Uchinchi kuni yana o‘sha odam keldi. Bu safar:
—   Madnunani qazi! — deb buyurdi.
—   Madnuna nima, u qaerda?
Odam javob berish o‘rniga yana g‘oyib bo‘lishni afzal ko‘rdi.
Abdulmuttalib endi har uxlaganida biron yerni qazish buyurilishiga ishonch hosil qilgan edi.
To‘rtinchi kuni yotar ekan, «Ko‘raylikchi, bugun qaerni qazir ekanmiz», deb o‘yladi. Hakiqatan ham, tushida yana o‘sha odam keldi.
—   Zamzamni qazi! — dedi.
—   Zamzam nedir?
— Zamzam hech tugamaydigan, kamaymaydigan bir suvdir. Sen to‘pto‘p bo‘lib keladigan hojilar jamoasiga undan ichirasan. U suv qurbonlik konlari oqizilib to‘planadigan joylar bilan axlatlar to‘kilgan joylarning orasidadir. Olachipor qarg‘a qag‘illaydigan joyni topgin, u yerda bir chumoli uyasi bor. Bu odam nihoyat asl maqsadni gapirgan edi. Necha kundan beri aytolmayotgan gaplari, demak, shulardan iborat ekanda. Abdulmuttalib uyqudan uyg‘ongan zahoti yontevarakka alangladi. Ko‘zlari qurbonliklar so‘yilib qonlari oqizilgan, chiqindisupirindilar to‘kilgan yerni qidirardi. Shu orada qorni va qanotlari oq bir qarg‘aning qag‘illayotganini ko‘rdi. Tushida ko‘rganlari to‘g‘ri chiqishiga shubhasi qolmadi. O’sha tomonga yo‘l oldi, qarg‘aga yaqinlashib bora boshladi. Ammo u qochmasdi. Ehtimol, qazishi lozim bo‘lgan yerni aniq ko‘rsatish uchun ketmayotgandir. Nihoyat, juda yaqin borgach, «pirr» etib uchib ketdi. Abdulmuttalib qarg‘a qo‘nib turgan joyning shundaygina yonboshida gavjum bir chumoli uyasi borligini ko‘rdi. Haqiqatan ham bu yer qurbonliklar so‘yilgan va axlatlar to‘kilgan joyning qoq o‘rtasi edi. Bu joyni yaxshilab tanib olish uchun belgilab qo‘ydi. Ka’baning eshigi tomonda edi. Ka’bagacha va maqomi Ibrohimgacha bo‘lgan masofani o‘lchadi. Endi kelib shu yerni qazishdan boshqa chora qolmagan edi.

Qayd etilgan