Ahmad Lutfiy Qozonchi. Saodat asri qissalari (1-kitob). Intizor kutilgan tong  ( 151851 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 ... 31 B


AbdulAziz  31 Dekabr 2008, 08:21:24

Buyuk bobosi payg‘ambar Ismoil hazratlari zamonidan qolgan suv, muborak bir quduk borligi haqida hamma qatori u ham bilardi. Ammo necha yuz yillar davomida Makka ahlining ham, kelibketuvchi hojilarning ham ehtiyojlarini to‘lato‘kis qondiradigan bu quduq Jurhum qabilasi odamlarining axloqsizligi va johilligi oqibatida vayron etilib, berkitib tashlangan edi. Mag‘lubiyatga uchragan jurhumliklar Makkani tark etar ekanlar, quduqni ham ko‘mib ketgan edilar.
Vaqt o‘tishi bilan Zamzamning qaerda bo‘lgani ham unutildi, oti boru, o‘zi yo‘q narsaga aylandi. Ichiga Ka’baga tegishli anchamuncha oltin buyumlar ham ko‘milib ketgan quduqni topib ochish buyuk bir sharafga noil bo‘lish bilan barobar, Ollohning lutfi va karamiga sazovor bandasigagina bunday saodat nasib etishi mumkin edi!
Oqshom tushgach, o‘g‘li Horisga:
—    Ertaga birga ter to‘kib ishlashimizga to‘g‘ri keladi, — dedi. Uning qiziqsinib qarab turganini ko‘rib izoh berdi: — Zamzam qudug‘ini qaziymiz.
—    Ammo, otajon, biz uning qaerda joylashganini bilmaymizku? — deya Horis otasining yuziga qaradi. «Tushunmadim» demoqchi edi. Abdulmuttalib qisqagina bir javob berdi:
— Tushimda ko‘rsatildi.
Horis uchun mazkur javob yetarli edi. Otasiga bo‘lgan ishonchi behad edi. Abdulmuttalibning o‘sha paytda qo‘li ishga kelib kolgan birgina o‘g‘li Horis edi.
Ertalab tongsaharda qurayshliklar Abdulmuttalibni belkurak va cho‘kichni olib kayoqqadir ketayotganini ko‘rdilar.
Kecha belgilab ketgan joyiga keldi.
— Ollohim, muborak bo‘lsin... — deya cho‘kichni yerga urdi. Otabola birga qaziy boshladilar.
—   Hormang endi, yo Shaybatul hamd!..
—   Salomat bo‘ling.
—   Nima qilayotirsiz?
—   Ko‘rib turibsiz, shu yerni qaziyapmiz.
—   Ammo nima maqsadda?
—   Bu yer Zamzam kudug‘ining o‘rni.
Shundan keyin Abdulmuttalib ketmaket to‘rt kun davomida ko‘rgan tushlarini gapirib berdi. Odamlar istehzo aralash jilmaydilar.
— Tushda ko‘rgan narsa bilan ish bitar ekanmi? —dedalar.
Abdulmuttalibga hurmati baland bo‘lganlar esa:
— Bunda bir gap bo‘lsa kerak, — deya ishning natijasini kutish va shunga qarab hukm chiqarishni ma’qul topdilar.
Abdulmuttalib zerikmasdan, umidvor bo‘lib ishini davom ettirardi. Nihoyat, quduqning ustiga bir qopqoq kabi yopilgan toshni topdiyu ko‘zlari yoshlandi. Qo‘llarini ko‘tarib, Ollohga shukr qildi. Endi tushining haqiqat ekanligiga va bu vazifa unga ilohiy yo‘ldan berilganiga batamom ishondi.
Tepasiga kelibketib, ishini ajabsinib tomosha qilganlar, komil ishonch ila, behuda urinyapsizlar, deya o‘ylaganlar quduqning topilganini ko‘rishdiyu darhol cho‘kich va belkuraklarini qo‘llariga olib yetib kelishdi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  31 Dekabr 2008, 08:21:49

Abdulmuttalib:
—Xo‘sh, nega keldingizlar, tinchlikmi? — deya so‘radi.
—   Quduqni birga qaziymiz.
—   Bunaqasi ketmaydi.
—   Ammo bu sharafga biz ham sherik bo‘lishni istaymiz. Chunki bu bobomiz Ismoil payg‘ambarning qudug‘idir.
—   Bunday qilib bo‘lmaydi. Chunki bu vazifa faqat menga buyurildi.
Odamlar o‘jarlik qildilar:
U holda sening qazishingga ham yo‘l qo‘ymaymiz. Yo birga kaziymiz, yoki sen ham qazimaysan.
—   Unda shu paytgacha qaerda edingizlar?
—    Quduqning joyi qaerdaligini bilmasdikda.
— Men ham bilmasdim, ammo quduqning o‘rni faqat menga ko‘rsatildi.
— Biz ham endi bu ishga qo‘shilishni xohlaymiz.
— Men esam, bu sharafni siz bilan bo‘lishishni istamayman.
Odi ibn Navfal Abdulmuttalibga tegishdi:
—   Abdulmuttalib, sen yolg‘iz bir kishisan. Birgina o‘g‘lingdan boshqa yordamching yo‘q. O’jarlik qilaverma, bizga qarshi chiqma.
—   Ey Odi, aynan sening shunday deyishing insofdan emas. Axir, otang Navfal otam Hoshimning himoyasi ostida bo‘lgani yodingdan chiqdimi?
—   Sen ham amaking Muttalibning xonadonidan panox topguningga qadar tog‘alaring Najjor o‘g‘illarining yonida bo‘lmaganmiding?
—   Ey Navfal o‘g‘li, sen meni farzandlarimning ozligi bilan ayblamoqchimisan? Xudo haqqi qasamlar bo‘lsinki, agar Olloh menga o‘nta o‘g‘il bersa, ulardan birini Ka’baning yonida qurbon qilaman.
Munozara tobora qizir edi. Bu ketishda janjalga aylanishi hech gap emas edi. Birovlar Abdulmuttalibni haq deb bilsa, boshqalar raqiblarining tarafida edilar. Axiyri Abdulmuttalib:
— Bu muammoni hakam hal qilsa, roziman. Kimga desangiz, o‘shanga boramiz. Uning chiqargan hukmiga siz ham rozi bo‘lasiz, men ham. Bu taklif maqbul deb topildi.
— Abdulmuttalib insoflilik qildi, — dedilar.
Natijada Shom aslzodalaridan Sa’d ibn Huzaym qozi sifatida taklif etildi. Abdulmuttalib bunga rozi bo‘ldi.
Ertasi kuni Abdulmuttalib qarindoshlaridan ba’zi kishilarni olib yo‘lga chiqdi. Qarshi tomonda esa, quraysh qabilalarining har bittasidan bir kishidan bor edi. Birgalikda yurib, birgalikda dam olish uchui to‘xtashar, so‘ng yana birgalikda yo‘llarida davom etishar edi.
Kun qizdirgandan qizdirardi. Uzoq yo‘l yurishlarini inobatga olib, o‘ta ehtiyotkorlik bilan ish tutsalar ham, Abdulmuttalib va uning hamrohlarining suvlari tugadi. Suvsizlik ularni xoldan toydirdi, toqatlarini toq qildi. Abdulmuttalib ahvolni tushuntirib, qarshi tomondagilardan suv so‘radi.
— Sizga bersak, biz ham suvsiz qolamiz. Abdulmuttalib ulardan bu javobni kutmagan edi. Chunki o‘zi hech kimsa haqida bunday o‘ylamas, o‘z nonini ham boshqalar bilan bo‘lishib yer edi. Ko‘rabila turib bir insonni suvsizlikda o‘lim changaliga tashlab ketolmasdi. Ammo ular shunday qildilar.
Tillari tanglayiga yopishgan, tuya ustida o‘tirishga ham majollari qolmagan edi. Suvsizlik va jazirama issiq ta’sirida to‘g‘ri fikrlash ham mumkin bo‘lmay qoldi. Oralarida sarosimaga tushganlar xam bo‘ldi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  31 Dekabr 2008, 08:22:46

— Mozorimizni shu yerga kaziylik, o‘limimizni kutaylik, — deyishdi ba’zilar.
Eng oqilona taklif shu yerda bir oz dam olgach, yana yo‘lda davom etish bo‘ldi. Tuyalaridan tushdilar. Hammalari bir qatorga tizilib o‘tirishdi. Qarshi tomondagilar ularni kuzatishar, natija qanday bo‘lishini kutishar edi. Shu ahvolda bir oz o‘tirishdi. Umidsizlik bilan birbirlariga tikilishar, kim ko‘proq yashar ekan, deb o‘ylashar edi. Oramizda o‘lmay, qutulib qoladiganlar bo‘lar, deb vasiyatlar qilishdi.
Abdulmuttalib vijdon o‘tida yonardi. Ammo bu fojiaviy ahvolga tushishlariga o‘zi sababchi bo‘ldi. Chunki yonida o‘tirib o‘limini kutayotgan bu insonlar uning da’vosini qo‘llabquvvatlash uchun yo‘lga chiqqan edilarda.
Abdulmuttalib quruqshagan lablar, tugagan darmonlar, chekilgan iztiroblarga va boshlariga tushgan musibatdan umidsizlangan birodarlariga tikilar, har birining o‘rniga qaytaqayta o‘lishga ham rozi his etar edi o‘zini. Yo‘lda davom etishga kuchlari yetmas, yonatrofdan biron yordam kelishi ham ehtimoldan yiroq edi. — Yotib o‘lma, sudralib o‘l!..
Nido yuragining tubidan kelardi. Vijdoni azoblanar ekan, bunday qo‘l qovushtirib o‘tirishdan foyda yo‘kligini xayolidan o‘tkazdi.
Birodarlarining umidsizlarcha boqishlari ta’sirida bir amallab tuyasiga mindi. Tuyaning ustida o‘tira olmaydigan darajada majolsiz edi. Tuya yura boshlaganda esa, yerga tushib ketay dedi, hayvonning ustida yonboshlab qoldi. Qaerga ketayotganini o‘zi ham bilmaydi, balki suv toparman, deb o‘yladi.
Yuz qadam ham yurmagan ediki, tuyaning oyog‘i birdan nimagadir botdi. Abdulmuttalib qattiq chayqalib, yiqilib tushay dedi. O’zini o‘nglashga urinar ekan, ko‘zlari yiltiroq bir narsaga tushdi. Qaytakayta tikilib qaradi. Yo‘q, yanglishmagan edi: tuyaning oyog‘i botgan joydan suv qaynab chiqardi. Suv tobora tez oqa boshladi. O’sha paytda butun vujudini qamrab olgan xursandlik hissini hech qachon ta’riflab berolmasa kerak. O’zini yerga otdi. Bu orada tuya ham oyog‘ini haligi joydan chiqarib oldi.
Engashdi. Yuzqo‘llarini yuvdi, to‘yibto‘yib suvdan ichdi. To‘satdan hayotga yangi kelganday bo‘ldi, qalbini chulg‘ab olgan umidsizlik hissi batamom barham topdi. Urnidan turdi, hamrohlarini baqirib chaqirdi.
— Hoy birodarlar, bu yoqqa kelinglar. Olloh bizga suv berdi.
Quloqlar 6u ovozga ishonishni istamasdi. Ammo hozir hazil payti emas edi. Qolaversa, Abdulmuttalibning ovozi jonli, ishonch bag‘ishlovchi edi.
Umidsizlikning chilparchin bo‘lishi tizzalarga darmon kirgizdi. Turdilar, sudralasudrala, Abdulmuttalib ketgan tomonga ilgarilay boshladilar. Darhaqiqat, u yerda suv bor edi. Tinmay oqardi. Abdulmuttalib raqiblariga ham yuzlandi, ularni ham taklif etdi.
Tuyalarga suv berildi, meshlar to‘ldirildi. Qaytaqayta ichdilar. Endi yo‘lga chiqilsa ham bo‘lardi. Odi ibn Navfal Abdulmuttalibga o‘girildi:
—   Xudo haqqi, ey Abdulmuttalib, da’voni sen yutding. Hukm bizga qarshi chiqdi. Endi sen bilan Zamzam masalasida boshqa tortishmaymiz. Cho‘lning o‘rtasida bu suvni yetkazgan Olloh Zamzamni ham senga berganiga endi shubhamiz qolmadi. Qani, endi sog‘omon Makkaga qaytaylik, — dedi.
—   Ya’ni, endi qoziga murojaat qilishga hojat qolmadimi?
— Ha, Makkaga qaytamiz.
Makkaga qaytdilar. Bu voqea Abdulmuttalibning obro‘yini yanada oshirdi. Qaerda ekanligini hech kim bilmaydigan Zamzam qudug‘ining o‘rni ko‘rsatilishi, beshak o‘lim kutilayotgan daqiqalarda Ollohning lutfi va karami o‘laroq suvning oqa boshlashi uning ma’nan yuksak bir odam ekanligidan dalolat berardi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  31 Dekabr 2008, 08:23:37

Abdulmuttalib o‘g‘li Horis bilan birgalikda yana Zamzamni qazib, tozalay boshladi. Safar chog‘ida sodir bo‘lgan bu voqea oilalarda, yig‘inlarda bahs etildi. Qazish davomida dastavval Ka’ba xazinasiga tegishli bo‘lgan ba’zi oltin haykallar, qilichlar va zirhlar topildi. Yuqorida eslatilgan Jurhum qabilasi Makkani tark etarkan, Ka’ba xazinasidagi bu qimmatbaho ashyolarni ham Zamzamga ko‘mib ketgan edilar.
Bu bebaho buyumlar yana qurayshlarning hasadini qo‘zg‘adi. Qoziga murojaat qilmaganliklaridan yana pushaymon bo‘ldilar.
— Ey Abdulmuttalib, bu ashyolarga biz ham sherik bo‘lishimiz lozim.
Abdulmuttalib peshonasidan oqayotgan terlarni artdi.
— Nega?
—   Chunki bu kuduk bizning buyuk bobomizniki. Bu ashyolar esa, xazinasidan qolgan buyumlardir.
—   Bu yerni men qazidim. Demak, ashyolar ham meniki bo‘lishi lozim. Modomiki sizlar bunga karshi ekansizlar, muammoni kur’a tashlab hal qilsak, deyman.
— Qanaqasiga?
—   Ikki qur’a Ka’ba uchun, ikkitasini men uchun va ikkitasini siz uchun tashlaymiz. Kimning haqqiga nima chiqsa, shuni oladi. Hissasiga hech narsa chiqmagan tomon mahrum bo‘ladi.
—   Bo‘pti, rozimiz. Ey Abdulmuttalib, senda insof bor ekan.
Abdulmuttalib Ka’ba uchun sariq, o‘zi uchun qora va qurayshlar uchun oq — ikkitadai o‘q tanladi. Mashhur Hubal butining yoniga bordilar. Butning xizmatkoriga o‘qlar berildi. Hamma qattiq hayajon ichida edi. O’qlar bir xaltaga solindi. Dastavval, ikki kiyik uchun ikki o‘q olindi. Ikkalasi ham sariq edi. Bular Ka’baning haqqi ekanligi tan olindi. So‘ngra qilichlar uchun bir o‘q olindi. Qora edi. Abdulmuttalib «Bu mening haqqim», dedi. Zirh uchun so‘nggi o‘q olinishi kerak edi. So‘nggi o‘q olingach, Abdulmuttalib yengil nafas oldi, kulimsiradi. Bu ham uning hissasi edi. Qurayshlar yana kuruk qoldilar.
Keyinroq Abdulmuttalib oltin kiyik haykallarini Ka’baning eshigiga o‘rnatdi. O’zining hissasiga tushgan oltin buyumlarni ham eritib, ingichka tolalar holiga keltirdi va Ka’ba eshigini ushbu oltin tolalar bilan qoplatdi.
O’zining hissasiga shuncha oltin tushgani holda, ularni Ka’baga sarflagani Abdulmuttalibning obro‘e’tiborini yana oshirdi.
Bu iaytlarda Makkada bir necha quduk bor edi. Odamlar o‘sha quduqlarning suvini iste’mol qilardilar. Zamzam qudug‘i ochilgach, bu muborak suvning ham Ka’baga yaqinligi, ham boshqa quduqlarnikidan mazaliroq bo‘lgani bois, hamma o‘sha suvdan ola boshladi. Ammo qancha ko‘p suv olinmasin, Zamzam suvi kamaymas edi. Ustigaustak, bu suv buyuk bobolari payg‘ambar Ismoil alayhissalomning a’moli bo‘lishdek alohida fazilatga ega edi. Qurayshlar buni boshqa arablar oldida ustunroq ekanliklarining belgisi deb bilardilar.
Darhaqiqat, Zamzam bulog‘i haj mavsumida kelgan minglarcha insonlarning xotiralariga muhrlanib qolardi, boshqa suvlarning oldida bu suvning e’tibori qullar oldida bir sultonning e’tibori kabi bo‘lar edi. Qonibqonib ichgan kishi yana ichgisi kelar, hatto uni ichganda, sut ichgandek, to‘qlik his etar edi. Natijada butun umri Makkada o‘tadigan, xohlagan paytida bu muborak suvdan icha oladigan kishilarga havas bilan qarashardi.
Haj ibodatlarini bajo keltirib bo‘lgan zahoti to‘g‘ri Zamzam tomonga yugurishar, to‘yibto‘yib ichishar edi. Zotan, yondiruvchi quyosh tafti ham insonni majburan o‘sha tomonga undar, qaytaqayta ichishga majbur qilar edi.
Abdulmuttalib haj mavsumida hajga kelgan kishilarga o‘g‘illari bilan birgalikda shaxsan o‘zi Zamzam suvidan tarqatardi. Uni ichganlar necha yuz yillardan beri oti boru, o‘zi yo‘q bu muborak quduqni qayta kashf qilgan, o‘zlariga ushbu totli suvdan ikrom etgan kishiga hurmat, muhabbat va minnatdorlik tuyg‘ulari bilan qarashardi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  31 Dekabr 2008, 09:11:50

BIR QURBON YUZ QURBON

Oradan ancha yillar o‘tdi. Bu yillar Abdulmuttalibning sochidagi oq tolalarning sonini tobora ko‘paytirib bordi. Bunga sari unga bo‘lgan hurmat va muhabbat tuyg‘ulari ham ortar edi. Makkada hammaga so‘zi o‘tadigan, xotinmierkakmi, yoshmiqarimi, hamma buyuk inson deb biladigan yagona odam u bo‘lib qoldi.
Shu yillar davomida farzandlari ham ko‘paydi. O’nta o‘g‘li bor edi: Horis, Zubayr, Abdulloh, Abu Tolib, Hoji, Diror, Mukavvim, Abu Lahab, Abbos, Hamza.
Bir kuni Abdulmuttalib alam bilan qo‘lini peshonasiga urdi, Zamzam qudug‘ini qazitan kunlarda qilgan bir nazrini eslashga majbur bo‘ldi. Og‘ir ahvolga tushib qolganida berilgan johilona qaror endi uni vijdon iskanjasiga olgan edi. Nima qilishni, qanday yo‘l tutishni bilmasdi...
Nihoyat, Abdulmuttalib qat’iy qarorga keldi: «Mard odam qilgan nazrini bajo keltiradi!» dedi o‘ziga. Bolalarini atrofiga to‘plab, qarorini bildirdi. Oralaridan bittasi qurbon etilishi kerak edi.
Qalblarni hayajon to‘lqini larzaga soldi. Hech biri otasining bu qarorini tabriklay olmasdi. E’tiroz bildirishning ham o‘rni bo‘lmadi. Jon savdosi edi bu. BoP1ini qilichga tutib berish, hayotining ayni ilk bahorida, bila turib o‘zini o‘lim changaliga topshirish chin ko‘ngildan qabul etiladigan bir ish emas edi.
Yuraklar teztez ura boshlagan, ko‘zlar yer suzadi. Boshini ko‘tarib, atrofidagilarning ahvolini ko‘rishga ham jur’at yo‘q.
Ko‘n kutishdan foyda chiqmasdi. Abdulmuttalib yurishga amr etdi. Oldinda o‘zi, ortida bo‘lajak qurbonliklar — bolalari Ka’ba tomon yo‘l oldilar. Uyda dodfaryod ko‘tarib onalar, ko‘z yoshi to‘kib opasingillar qoldilar. Bolalarga aytishga biron og‘iz so‘z, tasalli toiilmas edi. Tilakdan boshqa chora yo‘q. «Senga bu fojiadan panoh tilayman, jigarim», deyishdan boshqa oson tilak yo‘q edi. Lekin qaysi ona bir o‘g‘lini qutqarish evaziga boshqasini olovga tashlay oladi?!
O’lim yo‘lovchilari uchun bu safar qancha davom etdi? Uzoqmi yoki qisqami? Yo‘l davomida kim nimalar haqida o‘yladi? O’lim qur’asi menga tushsinda, akaukalarim xalos bo‘lsin, degan birontasi bo‘ldimi?..
Abdulmuttalib bir ozdan so‘ng g‘azab va tushkunlik holatida berilgan johilona qarorini amalga oshirishi, nazrini bajo keltirmoq uchun qo‘lini qonga belashi kerak edi. Egnilariga gard yuqtirishni ham istamaydigan o‘g‘illaridan birini bo‘g‘izlab qurbon qilishi kerak edi. Ammo sochlari oqargan, yoshi anchagina o‘tib qolgan chog‘da bilagiga bunday quvvat keladimi yoki yo‘qmi, bilmasdi.
Nihoyat, Ka’baga yetib keldilar. Ka’baning ichiga o‘rnatilgan Hubal ismli butning yoniga tizilib turdilar. O’sha yerga qo‘yilganidan beri biron kimsaning dardiga darmon bo‘la olmagan bu tosh parchasi ularning kelganidan ham bexabar edi. Tosh ma’budning xizmatchisi esa, mudhish bir voqea yuz berganini sezdi.
   Kuning xayrli bo‘lsin, ey Abdulmuttalib, — dedi.
—   Qurbonlik qilmoqchiman.
—   Nimaga? Ne maqsadda?
Abdulmuttalib qisqa qilib ahvolni tushuntirdi. Haligi odam o‘zini yo‘qotib qo‘ydi, so‘ngra:
   Sen buni qilolmaysan, ey Abdulmuttalib, — dedi.
— Nega qilolmas ekanman?
Chunki sendek mulohazali, sendek aqli raso, boshqalarga o‘rnak bo‘ladigan bir inson bunday johillikka qanday qo‘l ursin?! Sen qurayshlarning faxrisan, quraysh o‘rnak oladi sendan. Ochlarni to‘yg‘azgan, hatto qurtqumursqaning ham rizqini o‘ylovchi bir insonsan, o‘z farzandingni qanday qurbon qilasan?!
Men bir paytlar qasam ichganman. Mard odam qasamini buzmaydi!

Qayd etilgan


AbdulAziz  31 Dekabr 2008, 09:12:36

Shu gaplarni aytgach, o‘g‘illari tomon o‘girildi: «Bering o‘qlaringizni», dedi.
Birinketin ismlari yozilgan o‘qlarni keltirib topshirar edilar. O’qlar xaltaga solindi. Abdulmuttalib but xizmatchisining yuziga karadi:
— Kani, bitta o‘qni olginchi, — dedi.
Xizmatkor qo‘lini xaltaga tiqdi. Endilikda yurak
lar bo‘g‘izga tiqilgan, xayajonlar so‘nggi nuqtasiga yetgan edi. Yuzlar bo‘g‘rikdi, lablar qaqrab ketdi. Xaltaning ichidan chiqadigan o‘q kesilajak boshni tayin etar, qolganlariga hayot bag‘ishlar edi.
Nihoyat, o‘q chiqdi, xizmatkor pichirlab ismni o‘qidi: «Abdulloh». Bo‘g‘izlariga tiqilgan nafaslar sal yengillashganday bo‘ldi. Hayoti qil ustida turganlarning so‘nik ko‘zlari yarq etib ochildi. Kim nima desa desin, bu bir jon bozori, jon savdosi edi, hech kimning «Abdullohning o‘rniga men qurbon bo‘lay», deyishi kutilmas edi.
Ammo Abdulloh bunday ahvolda emas. Bir oz avvalgi hayajon o‘rnini dahshatli qo‘rquv va itoatgo‘ylik tuyg‘usi egalladi.
Abdulmuttalibning bolalari orasida eng suyukli, eng ko‘rkami edi u. Boshqa akaukalarida bo‘lmagan aslzodalik, ustuvorlik unda borlitini hamma bilardi. Shu bois, Abdulmuttalib uni boshqa bolalaridan ham ortiq ko‘rardi. Orasira:
— Abdulmuttalib, sening bu o‘g‘lingda alohida bir ko‘rkamlik, alohida bir aslzodalik bor. U hamma farzandlaringdan ham yoqimliroq, istarasi issiq... __ deganlar bo‘lgan edi.
Shunday bo‘lsa ham, Abdulmuttalib o‘zi boshlagan ishning bunaqa natijasiga e’tiroz bildira olmasdi. «Qaytadan qur’a tashlaymiz» yoxud: «Kel, ey Abu Lahab, Abdullohning o‘rniga seni qurbon qilaylik», deya olmasdi.
Abdullohning qo‘lidan tutdi. Qurbonlik so‘yiladigan joy bo‘lmish Safo tepaligi tomon yo‘l oldilar.
Bu aql bovar qilmas ish haqida eshitgan yuzlarcha qurayshiylar Safo tepaligi tomon yugurib kela boshladilar. Ayolu erkak, bolalaru qariyalar yig‘lagan, qizikish, hayajon, qo‘rquv va afsus bilan Abdulloh hamda uning otasiga tikilib turar edilar. Safo tsialigiga borishgach, Abdulmuttalib Abdullohni ikki qo‘li bilan dast ko‘tarib yerga stqizdi. Bir paytlar mehr bilan, muhabbat bilan silagan sochlari qumga belandi. So‘nggi nafasini olish oldidan mahzun bir chshra, mahzun bir nigoh ila yonatrofga qaradi. Bu nigohlar umidsiz edi.
— Bering xanjarimni...
— Yo‘q, bermaydilar, ey Abdulmuttalib! Sen bunday qilolmaysan!
Abdulmuttalib boshini ko‘tardi. Qarshisida «Dorunnadva» («Maslahat uyi») a’zolaridan bir necha kishi turardi. Oralaridan Mug‘iyra ibn Abdulloh ismlisi so‘zlarini takrorladi: — Qilolmaysan bu ishni sen, ey Abdulmuttalib!
— Nega endi qilolmas ekanman?
— Chunki Abdulmuttalib bo‘la turib sen bu ishni qilsang, boshqalar nima qiladi? Ertaga boshqalar ham o‘g‘lini qurboi qilgisi kelib qoladi. Yomon ot chiqarasan, la’natlarga giriftor bo‘lasan. Qolaversa, farzandi qurbon qilingan onalar doim oldin seni qarg‘aydi
lar. Biz bu vahshiyona ishni uzilkesil to‘xtatishga, unga to‘sqinlik qilishga ahd etdik.
 Ammo bu mening qasamimdir, bajo keltirmasam bo‘lmaydi, axir...
— Qasam bo‘lsa — bo‘lar, har narsaning iloji bor. Ahvolingni yengillatish uchun biron chora topamiz.
— Qanday chora?
— Bizning bu borada tajribamiz yo‘q. Ammo hijozliklar bunday muammolarni hal etishga usta. Shuning uchun sen darhol Hijoz kohinining huzuriga bor. Ahvolni tushuntir. Agar qurbon qilishing kerak desa, qurbon kilarsan, bo‘lmasa, bergan maslahatiga qarab ish tutasan.

Qayd etilgan


AbdulAziz  31 Dekabr 2008, 09:13:03

Abdulmuttalib bu taklifga norozilik bildirmadi.dbdullohni qo‘yib yubordi. Akaukalar va shu yerga yirilgan aholining yuzlarida mamnunlik ifodasi paydo bo‘ldi. Bir ozdan so‘ng Abdulmuttalibning uyida sevinch ko‘z yoshlari bilan birgalikda zo‘r bayram boshlandi.
Shundan keyin Abdulmuttalib Abdullohni olib Yasribga bordi. Kohinning Haybarga ketganini eshitib, u yerga xam bordi. Bir rivoyatga ko‘ra, bu safar Shomgacha davom etdi.
Abdulmuttalib kohin ayolga dardini anglatdi. Kohin ayol uning so‘zlarini tinglab bo‘lgach, «Ertaga keling!» dedi. Ertalab otabola yana ayolning huzuriga bordilar. Kohin:
Sizning yurtingizda bir odamga to‘lanadigan tovonning miqdori qancha va u nima bilan o‘lchanadi? deb so‘radi.
— O’n tuyaga teng keladi.
—U xolda darhol yurtingizga qayting. O’g‘lingiz bilan o‘nta tuyani bir yerga qo‘yib, qur’a tashlang. Agar o‘g‘lingizga chiqsa, tuyalar sonini ko‘paytiring va takror tashlang. Shu tariqa, qur’a to tuyalarga chiqqunga qadar tashlashni davom ettiring. Shoyad, Robbingiz rozi bo‘lsa, qur’a albatta tuyalarga chiqajak.
Uning huzuridan chiqib, Makkaga qaytdilar. O’nta tuya bir tomonga qo‘yildi. Abdulloh esa, ikkinchi tomonga. Abdulmuttalib Ollohga iltijo qilib, o‘g‘liga hayot bag‘ishlashini so‘radi. Qur’a Abdullohga chikdi. Yana o‘nta tuya keltirildi. Qaytadan qur’a tashlandi. Yana Abdullohga chikdi. Tuyalar soni o‘ttizta bo‘ldi. Abdulloh qora terga botgan, Abdulmuttalib tinmay duo qilardi.
Tuyalar soni qirqtaga yetdi, ellikta bo‘ldi. Har safar xaltadan Abdullohning o‘qi chiqardi. Shu yo‘sinda to‘qqiz marta qur’a tashlandi, ammo natija o‘zgarmadi. Bu bir tasodif emasdi. Har narsaga hokim va qodir bo‘lgan buyuk Mavloning irodasi shunday bo‘lgani ayon edi. Nihoyat, tuyalar soni yuztaga yetkazildi va yana qur’a tashlandi. Shu on qur’a tashlayotgan odamning quvnoq qichqirig‘i eshitildi. Bu qutulishning alomati edi. Abdulmuttalib ko‘zlaridan oqqan yoshlarni artdi, o‘g‘lini bag‘riga bosdi. Amr etdi. Tuyalar Safo tepaligiga olib borib so‘yildi. Go‘shtlari shundaygina qoldirildi. Kambag‘allar oldi, hayvonlar yedi, musofir va g‘ariblarga ziyofatlar berildi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  31 Dekabr 2008, 09:13:44

* * *
Bu voqea sodir bo‘lganda Abdulloh necha yoshda edi?.. Bir qorindan talashib tushgan Abu Tolibdan katta edimi yoki kichik? Bu voqea yuz bergan kunlarda oilaning eng kichik farzandlari bo‘lgan Abbos va Hamza tug‘ilganmidilar yoki yo‘qmi?.. Bu savollarga aniq javob berishdan ojizmiz.
Agar ular tug‘ilgan bo‘lsalar, Hamza endi tug‘ilgan chaqaloq yoki hali bir yoshga ham to‘lmagan go‘dak, Abdulloh esa, ayni uylanadigan yoshdagi o‘spirin bo‘lgani xaqiqatga yaqinroqdir. Chunki Abdullohning o‘g‘li bo‘lmish Payg‘ambarimiz bilan amakilari Hamza o‘rtasidagi fark atigi ikki yil edi, xolos.
Ehtimol, Abdulmuttalib nazrini bajo keltirish uchun o‘g‘il farzandlarining soni o‘ntaga yetishini kutmagandir. Chunki uning olti nafar qizi ham bor edi. Yoki bu voqea Hamza tug‘ilganidan ko‘p o‘tmay sodir bo‘lgan va qurbonlikdan qutulgan Abdulloh vaqt o‘tkazilmay uylantirilgan edi. Bunday og‘ir sinovdan keyin suyukli o‘g‘lini qurbonlikdan saqlab qolgan Abdulmuttalib endi xotirjam edi. Hayotida osoyishga kunlar boshlandi.
Abdulloh yetuk va komil inson edi. Yuziga bir qaragan kishi yana qaragisi keladigan darajada husnli va yoqimli edi. Boy bir xotinning unga «Agar meni xotinlikka olishga rozi bo‘lsang, senga yuzta tuya hadya etaman», degani fikrimizning yorqin dalilidir. Abdullohning bunday taklifni rad etishi esa, mol-dunyo va boylikka u qadar ahamiyat bermasligi, osoyishta bir oilaga ko‘proq muhtoj bo‘lgan komil inson ekanligi belgisidir.
Mustahkam bir oila qursa, baxtiyor yashasa, deya orzu qilgan Abdulmuttalib suyukli farzandini yoniga olib, Makkaning aslzoda oilalaridan va Qurayshning yigirma beshta kiborlar urug‘idan biri bo‘lgan Zuhra qabilasiga bordi. Azaldan yaxshi taniydigan do‘sti Vahbni topdi va qizi Ominani o‘g‘li Abdullohga so‘radi. Uning bu taklifi mamnuniyat bilan qarshilandi va ikki yosh nikohlandilar.
Abdulloh qurayshlarning odatiga ko‘ra, uch kungacha otasining uyida qoldi. So‘ngra suyukli xotinini qlib, o‘zining qadrdon go‘shasiga qaytdi. Omina oilada yolg‘iz farzand edi. Bu uning ilk va nggi turmushi bo‘lib, qiska vaqtdan keyin beva qolishni xamda olamlarga rahmat bo‘lib kelayotgan buyuk payrambarimizga onalik qilish sharafiga muyassar bo‘lishini xali u bilmasdi. Yangigina turmush qurgan ikki yosh juda qisqa muddat birga bo‘ldilar. Nikohdan keyin xali ikki oy xam o‘tmay, dbdulloh Shomga yo‘l olgan karvonga qo‘shilib safarga chiqdi. Qaytishda bir dardga chalindi. Nihoyat, Yasrib shaxriga kelgach, ortiq yo‘l yura olmasligini angladi. Hamroxlariga buvisi Salmo tomonidan tog‘alari bo‘lmish Najjor o‘g‘illarinikida qolajagini bildirdi va otasiga salomini yetkazishlarini so‘radi.
Birodarlari uni shu yerda qoldirib, yo‘llarida davom etdilar. Abdulmuttalibni topib ahvolni tushuntirdilar. Abdulmuttalib darhol katta o‘g‘li Horisni Yasribga jo‘natdi. Kechani kecha, kunduzni kunduz demay yo‘l yurgan Horis Yasribga borganida, ancha kech qolganini angladi. Chunki Abdulloh hayotdan ko‘z yumgan va Nabiga ismli bir qarindoshining bog‘iga ko‘milgan edi.
U ham olamlar sarvari payg‘ambarimiz Muhammad solallohu alayhi vasallamning otasi bo‘layotganidan bexabar holda dunyodan o‘tgan edi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  31 Dekabr 2008, 09:14:27

AZIM DARAXTNING QULASHI
Uchinchi o‘ksizlik

Abdulmuttalib quruqshagan lablarini ho‘llashni istardi. Rosa o‘tmish kunlarning xotiralariga berilgan edi.
—   Safiyya!
—   Labbay, otajon!
—   Suv ber...
Safiyya Zamzam suvidan keltirdi. Abdulmuttalib bir necha ho‘plam yutdi.
—   Muhammadim qani?
—   Hozir keladi, otajon, qarayinchi.
— Yonimda o‘tirsin. Usiz yashashning qizig‘i ham qolmadi.
Safiyya Muhammadni chaqirish uchun chiqib ketdi.
Kasal ko‘rgani kelgan bir qo‘shniga ro‘baru keldq. Ichkariga kirib, xabar berdi. U odam kirdi.
—   Qalaysan, yo Shaybatul hamd? Ahvoling durustmi?
—   Rahmat, salomat bo‘l. Tuzukman.
—   Qanday sezyapsan o‘zingni?
— Mana, ko‘rib turibsan. Daqiqa sayin o‘lim yaqinlashmoqda.
—   Unday dema, yo Abdulmuttalib.
—   Nega?   
—Sen hali ko‘p yashaysan. Bizga bosh bo‘lib turishingkerak. Sendan bo‘lak Makka xalqining boshini biriktirib, bir bayroq ostida to‘playdigan hech kim yo‘q.
Abdulmuttalib bu so‘zlarga javob bermadi. Keyin o‘tganketgandan gaplashib o‘tirdilar.
— Bobojon, meni chorlabsiz.
Boboning behol yuzida hazin bir kulimsirash paydo bo‘ldi.
— Sensiz turolmay qoldim, o‘g‘lim, yonimga kel.
Yotoqning yoniga o‘tirdi. Abdulmuttalib qo‘lini uzat
di, nevarasining qo‘llarini ushlab, lablariga olib bordi. Qaytaqayta o‘pib, hidladi.
— Bu go‘dak yonimda o‘tirmasa, yashagim kelmay qoldi. Otasi ham juda yoqimtoy yigit edi, — dedi Abdulmuttalib va og‘ir xo‘rsindi. Keyin qisqa xotiraga berildi: —Ha, haqiqatan ham yoqimtoy edi. Boshqa bolalarimdan ham ortiq ko‘rardim uni. Ammo bu mehrning oqibati yaxshi bo‘lmadi, o‘zing bilasan. Biroq bu nevaram Abdullohimni unuttirdi. O’zim ham bola bo‘lib qoldim. Muhammadim bo‘lmasa, aqldai ozishim hech gap emas.
Darhaqiqat, Hoshim o‘g‘illari orasida bu bolaga o‘xshashi ham, tengi ham yo‘q.
Abdulmuttalib e’tiroz bildirdi:
— Hoshim o‘g‘illari, dema. Makkada tengi yo‘q, de. Hatto butun dunyoda, butun insonlar ichida tengi yo‘q jigargo‘shamning. Hayot bo‘lsang, hali ko‘rasan, mening bu nevaram juda buyuk bir inson bo‘ladi. Mening nomim uning bobosi bo‘lganim uchun unutilmaydi, qalblarda mangu yashaydi.
Bir ozdan so‘ng qo‘shni chiqib ketdi. Abdulmuttalib qizlarini chaqirdi. Hammasi kelib yoniga o‘tirishdi. Ularga birmabir tikildi.
— Umrim poyoniga yetib qolganga o‘xshaydi. Uzog‘i bilan yana bir necha kun yashasam kerak. Hozir sizlarni huzurimga chorlaganimnipg boisi — men o‘lgach, qaysi yiringiz qanday marsiyalar kuylashingiz, nimalar deb yig‘lashingizni ko‘zim tirikligida eshitmoqchiman, —
Safiiya otasining gapini bo‘ldi:
— Otajon, nega bunday deysiz? Siz hali ko‘p yashaysiz. Xudo xohlasa, tuzalib ketasiz.
Abdulmuttalibning majolsiz lablarida bir kulimsirash paydo bo‘ldi.
— Qizim, endi taqdirga tan berishlaring kerak. Biz endi qaridik. Bir oyog‘imiz yerda bo‘lsa, ikkinchisi go‘rda. Qolaversa, bundan keyin yashashning qizig‘i ham yo‘q Faqat...

Qayd etilgan


AbdulAziz  31 Dekabr 2008, 09:15:01

Abdulmuttalib so‘zlarini davom ettira olmadi. Ko‘zlari yoshlandi. Kasallik ovozini ham zaiflashtirgan edi. Bu daf’a ichichidan xuruj qilib chiqqan hasrat ko‘zlarida namoyon bo‘lgan, bo‘g‘ziga tiqilgan edi. Qizlari Abdulmuttalibdek ulug‘ bir zotning ko‘zlarida yosh ko‘rishga odatlanmagan edilar. Po‘latdek mustahkam irodasi bilan tanilgan edi u. Viqorini yo‘qotmagan, hech kim raqiblik qilolmaydigan bir maqomga erishgan, xalqiga sidqidildan xizmat ko‘rsatgan edi. Hayratlanib qarab qoldilar. Abdulmuttalib nevarasining boshini siladi. So‘ngra davom etdi:
— Ammo bu go‘dakning tengsiz bir inson bo‘lajak kunlarini ko‘rish uchun yashashga rozi bo‘lardim.
So‘ngra, qizlariga o‘girildi:
— Men o‘lgandan keyin o‘qiydigan marsiyalaringizni o‘z qulog‘im bilan eshitsam, deyman.
Bu gapdan so‘ng opasingillar birbirlariga qarab qoldilar. Otalari talab qilayotgan ish hayotda ilgari hech ko‘rilmagan bir ish edi. Ammo otalari shuni istardi.
Dastlab Safiyya boshladi:
— Yarim tunda yo‘l o‘rtasida turib bir o‘lim xabarini jar solayotgan odamning ovozi ko‘zlarimdan yosh oqizdi. Shu zamon ko‘zlarimdan oqayotgan yoshlar inju donalari kabi yonoqlarimga dumalab tusha boshladi. Bu nola aslo ojizlik va kuchsizlik nimaligini bilmagan, xammaga inkor etib bo‘lmaydigan darajada faqat va faqat yaxshilik qilgan ulug‘ bir zot uchun; har tomonga ezgulik ulashgan, katta obro‘e’tibor va sharafning merosxo‘ri,
«Shaybatul xayr» deb nom olgan Abdulmuttalib uchundir?
Odamoxun, mard, diyonatli bir kishiki, unga yetadigani olamda yo‘q! Basavlat, keng yelkali, suyagi yirik, qavmi orasida hurmatga sazovor bir kishi! Uyi musofirlar uchun doimo ochiq, keng va yorug‘ uydir. Qahatchilik kezlari og‘ir ahvolga tushganlar uchun barakali bir yomg‘ir kabi edi. Benihoya jo‘mard, saxiy: qullar ham qul egalari ham unga muhtoj bo‘lmay iloji yo‘q. Agar shonsharaf tufayli kishi abadiy yashasa, bu kishi Abdulmuttalibdan boshqasi bo‘lolmas edi. Ammo dunyoda hech kim abadiy yashamaydi...
Abdulmuttalib Safiyyaning aytuvini diqqat bilan tingladi.
— Shunday deb yig‘laysanmi, Safiyya?
—   Otajon, tilim bormaydi, nega bizni buncha qiynaysiz?
—    Yo‘q, yo‘q, axir o‘zing ham aytyapsanku, dunyoda abadiy qolish yo‘q, deb.
Shundan keyin Barraga o‘girildi:
— Sen nimalar deysan, Barra?..
Barra ko‘zlaridan oqqan yoshlarni artdi, so‘ngra marsiyasini boshladi:
— Ey ko‘zlarim, aslinasli pokiza, tabiati xush, so‘ralganda ziqnalik qilmagan bir sharaf egasi uchun ko‘iko‘p injular sochib, menga yordamchi bo‘ling. U doimo uyida musofir uchun o‘choq yoqilgan, musofirini ochiq chehra bilan kutib olgan martabasi ulug‘ bir kishi, ya’ni, Shaybatul hamd Abdulmuttalibdir. U karam sohibi, izzat, sharaf, chin fazilat egasi, yumshoqtabiat, musibatlar ko‘payganda saxiyligi, exsoni ortadigan zotdir. Qavmi orasida oy kabi charaqlagan bir fazilat sohibi bo‘lganidan munoqashasiz tan olingan kishidir. Unga o‘lim o‘tgan yillar va taqdir abgor qilmagan holda, soppa-sog‘lomligida kelib yopishdi...

Qayd etilgan