Ahmad Lutfiy Qozonchi. Saodat asri qissalari (1-kitob). Intizor kutilgan tong  ( 211359 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 ... 31 B


AbdulAziz  31 Dekabr 2008, 09:15:23

Barra marsiyasini tugatdi. Abdulmuttalib Otikaga o‘girildi:
— Sen nimalar deysan, qizim?
Otika marsiyasini boshladi:
— Ko‘zlarim, yordamchi bo‘ling menga. Sirasira ziqnalik qilmangki, hamma uyquga tolgandan keyin to‘yib-to‘yib yig‘layin...
Keyin Ummu Hakim Bayzo, Umayma va Arvo marsiya aytdilar.
Abdulmuttalib ularning marsiyalarini diqqat bilan tingladi. Ularga chin dildan samimiy minnatdorligini bildirdi.
Kechqurun ovqatlanganlaridan keyin bolalarining hammasi Abdulmuttalibning qoshiga kelib o‘tirdilar.
Quruqshagan lablarini birikki qultum Zamzam suvi bilan ho‘llagandan keyin ularni faxrlansa arzigudek kilib voyaga yetkazganiga shukrona bildirib, dilidagilarni tiliga chiqardi:
— Eng katta tashvishim ko‘zimning nuri, suyukli nabiramni... — shunday der ekan, Muhammadga qaradi, —kim boqadi, qanday boqadi? Qani, gaiiring, kim uni o‘z panohiga oladi?
Eng katta o‘g‘li Horis javob berdi:
— Har birimiz unga o‘z farzandimizdek qaraymiz. Uyimizda yurganidan faqat xursand bo‘lamiz, otajon. Abdulmuttalib bu so‘zlardan mamnun bo‘lgan edi.
O’g‘illaridan Zubayr, Abu Tolib va Abdullohning onalari bir bo‘lib, Bani Mahzum qabilasidan Fotima binti Ayz edi.
Abdulmuttalib Muhammadini mana shu ikki amakisiga toshnirib ketinshi maqsadga muvofiq deb bilardi. Boshqa bolalaridan ham unga nisbatan faqat yaxshilikni kutsada, bularni afzal ko‘rishining boisi Abdulloh bilan onalarining bir ekanligi edi.
— Men hammangizdan xursandman. Ichingizdan qaysi biringizga buyursam xam, uni o‘z panohiga bajonidil olishlaringizga aminman. Faqat Abu Tolib bilan Zubayr Abdullohga tug‘ishgan qardosh bo‘lganlari uchun qur’a ularga tashlanishi kerak, deb o‘ylayman.
Shundan keyin yonida jimgina turgan nevarasiga o‘girildi:
— Sen qaysi amakingni tanlaysan, o‘g‘lim? Muhammad bu savolga javob bermadi, darrov o‘rnidan turdi va borib Abu Tolibning quchog‘iga otildi. Bu orada tashlangan qur’a ham Abu Tolibga chiqib, masala uzilkesil hal bo‘ldi.
Abu Tolib anchadan beri orzu qilib kelgan niyatiga yetgan kishidek juda xursand bo‘ldi. Xayrlasharkan, Abdulmuttalibning ruxsati bilan jiyanini yetaklab uyiga olib ketdi. Shu shart bilanki, har kuni bobosining oldiga kelib turadi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  31 Dekabr 2008, 09:15:47

* * *
—   Fotima!
—   Tinchlikmi, yo Abu Tolib?
—   Qara, kimni olib keldim...
Fotima uydan chikdi, xo‘jasining yonida Muhammad turardi. Egildi, yonoqlaridan o‘pdi.
—   Xush kelding, bolam, — dedi.
—   Xushvaqt bo‘ling, yangajon.
—   Fotima, endi Muhammad biz bilan turadi. Bizning o‘g‘limiz bo‘ladi.
—   Naqadar yaxshi xabar keltirdingiza, yo Abu Tolib.
Shundan keyin yana egildi, qayta quchoqlab o‘pdi.
— Xonadonimizga xush kelding, o‘g‘lim, endi men senga onalik qilaman. Sen men uchun o‘z o‘g‘illarimdan xam sevimliroq, qadrliroq, azizroq bo‘lasan, jigarim.
Bu so‘zlar samimiyat to‘la bir qalbning ifodasi edi. Tom ma’noda sevgi, mexrshafqat va marhamatga to‘liq edi bu yurak. Muhammadni tug‘ilgan kunidan boshlab yaxshi ko‘rib qolgan edi Fotima. Uni ko‘rgan, tanigan odam borki, yoqtirib qolishi turgan gap edi.
Hali shu yoshga kirib ota yuzini ko‘rmagan, onadan barvaqt yetim qolgan, ammo timsoli yo‘q bir ko‘rk, mukammal bir odob va tarbiya egasi bo‘lgan bu go‘dakka shu kunga qadar doim shafqat va marhamat nazari bilan boqqan, 6u shafqat va marhamat vaqt o‘tishi bilan ta’rif etib bo‘lmaydigan bir mehrmuxabbatga aylangan, o‘z onasi kabi sevib qolgan, o‘z onasi kabi ko‘ngli xush bo‘lgan edi. Hoshim o‘g‘illari orasida yashnab ochilgan, so‘lmaydigan bir gul edi u.
Abu Tolib uyiga baraka va saodat kelgani haqida Fotima bilan hamfikr edi. O’sha kecha otasining kasali og‘irlashganidan tilkapora bo‘lgan yuragi, ayni paytda, boshiga saodat toji kiydirilgani to‘g‘risidagi ishonchga ham to‘liq edi. Yotog‘iga kirganida ham, ko‘ngli dam otasida bo‘lar, g‘am chekar, dam suyukli jiyani haqida o‘ylar, uning qoshiga kelib huzurhalovat topar edi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  31 Dekabr 2008, 09:16:24

* * *
Ko‘p o‘tmay Abdulmuttalib vafot etdi. Makkani motam chulg‘ab oldi. Xalq tom ma’noda qattiq qayg‘uga cho‘mgan edi. Chunki Abdulmuttalib kuchga, zo‘ravonlikka, qudratga emas, adolat, ezgulik va saxovatga tayanib ish ko‘rardi. Butun hayoti davomida faqat jinoyatga va jinoyatchiga, faqat yomonga va yomonlikka qarshi kurashdi, doimo olijanob kishilar, odob va fazilat sohiblari bo‘lganlar safida, eng oldinda turdi. Doimo ezilganlarning yordamchisi bo‘ldi, yetimlar, bevalar uni o‘zlarining pushtipanohlari deb bildilar. U faqat Hoshim o‘g‘illarining emas, balki butun qurayshlarning xam boshlig‘i hisoblanardi. Unga qarshi martaba talashib chiqqanlar ham, zo‘ravonlik qarshisida emas, balki qaerdan kelgani noma’lum bo‘lgan qandaydir ma’naviy kuchlarning Abdulmuttalibga yordam berayotganini ko‘rib, ortiq bahslashishga jur’at qilolmasdilar. Masalalar doimo Abdulmuttalibning foydasiga hal bo‘lar, bu esa boribborib uni Makkaning hokimi, qurayshlarning boshlig‘i bo‘lishdek yuksak martabaga ko‘targan edi.
Hoshim o‘g‘illarining uyidan faryod ko‘tarildi. Bu faryod sakson yil tippatik turgan, tobora yantbyashnagan, ildizlari xalqning ko‘nglidan chuqur joy olgan azamat bir daraxtning qulaganini bildirardi. Bu azamat daraxt qanchadanqancha yo‘lovchilarga o‘zining soyasida orom bergan, qanchadanqancha bevabechora, yetimesirlar^ushbu daraxtning mevasi bilan oziqlanganlar.
Yig‘isig‘i tezda Hoshim o‘g‘illarining xonadonidan oshib, Umayya, Mahzum, Odi, Zuhra... o‘g‘illari deb ataluvchi boshqa xonadonlarga ham ko‘chdi. Qisqa vaqt ichida ulardan ham o‘tib, yashin tezligida butun Makkaga tarkaldi.
Abdulmuttalib o‘ldi... Abdulmuttalib o‘ldi...
Ikki jumladan iborat bu qisqa, ammo o‘ta mash’um xabar har kirgan quloqni qomatga keltirdi, har eshitgan ko‘ngilni larzaga soldi. Keksa ham yig‘ladi, yosh ham; xotin ham yig‘ladi, erkak ham; Makka shahrini g‘amanduh bulutlari qoplab oldi.
Abdulmuttalibning jasadi sidr daraxtining yaproqlari bilan yuvildi. Bu unga bo‘lgan hurmat tuyg‘usining bir ifodasi edi. Shu kunga qadar Makkada hech bir shaxsning janozasi uchun bunday ish qilinmagan edi. Shahar ichida ochiq bo‘lgan bironta ham tijorat joyi yo‘q edi, hammasi yopildi. Bundan keyin do‘konlar, bozorlar bir necha kungacha yopiqligicha qoldi
Eng nafis yaman matolari bilan o‘ralgan jasad tobuti bilan birgalikda ko‘tarildi. Qo‘lmaqo‘l olinib, uydan olib chiqib ketildi. Ortidan sonsanoqsiz odamlar ergapshb, Hojun qabristoniga yo‘l oldilar.
Yig‘lab ketayotgan odamlar orasida yuragi o‘rtangan bir gul yuzli go‘dak ham bor edi. Ko‘zlaridan g‘amandux ichida nurli yoshlar tomchilayotgan bu bola uning uchun yig‘lashga hammadan ko‘ra munosibroq edi. Chunki uning eng ko‘p sevgan kishisi mana shu bobosi edi. U shunday bir qariya ediki, nevarasining olamlarga rahmat bo‘lgani haqida xushxabar kelgan kunlarni ko‘rmadi, ammo uning ana shunday oliy maqomga loyiq bo‘lishiga ishondi, sevilishi ibodat hisoblangan bu zotni go‘daklik chog‘idayoq kashf etib, telbalarcha yaxshi ko‘rdi. Butun insoniyatga, dunyo va oxirat saodatining rahbari bo‘lajak payg‘ambarimizga ota-onasiz qolishning Al-Amini unuttirdi, yolg‘izlik, yetimlikning hasratlarini tindirdi. Buyuk Olloh unga mana shunday muqaddas vazifani bergan edi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  31 Dekabr 2008, 09:16:56

Ummu Ayman hammani dog‘u hasratda tashlab ketayotgan xo‘jayinining ortidan yoshli ko‘zlari bilan tikilib qolarkan, ko‘pchilikning orasida yana bir juft yoshli ko‘zni ko‘rdi. Bu ikki yil oldin Abvoda onasining janozasidan qon yig‘lab olib kelgan, bag‘riga bosib ilk bor tasalli bergani Muhammad edi.
«Qani o‘g‘lim? Men usiz ovqat yemayman», deya ochlikdan qiynalsa ham, Muhammad kelmaguncha ovqatini yemaydigan qariyaning ortidan Ummu Ayman ham ho‘ngrabho‘ngrab yig‘lardi... U bir yetimga bo‘lgan bu mexrshafqati va marhamati bois dunyoda yuz yillar davomida unutilmas bir sharafni qoldirib ketastgan edi. Dunyoning hsch bir burchagida tengi yo‘q muborak bir suvni qayta kashf etib, chidab bo‘lmas jaziramada qovrilayotgan xalqqa hadya etishi ham uning martabasini yanada oshirgan edi.
Bir iaytlar tuyada amakisi Muttalibning orqasiga mingashib Yasribdan kelgan kichkina bir bola va «Bu kim?» deb so‘raganlarga hazil aralash: «Abdi» (qulimdir) javobi berilgani uchun Abdulmuttalib (Muttalibning quli) laqabini olgan, asli ismi Shayba bo‘lgan mana shu qariya, endilikda hamshaharlarining yelkasida dunyoni tark etayotgan edi. Garchi xalq bergan bu ismning ma’nosi «Muttalibning quli» degani bo‘lsada, xuddi «Makkaning va Qurayshning xomiyi» kabi yangrardi.
Ehtimol, uning asl ismi unutilmasin deganlar kuruk «Shayba» deyishni munosib ko‘rmay, «Shaybatul xayr», «Shaybatul hamd» degan bo‘lsalar ajab emas.
So‘nggi vazifasini ado etish orzuyi bilan ortidan borganlar uning buyuk bobosi Qusay ko‘milgan joyga — Hojun kabristoniga eltdilar. Motam so‘zlari, yig‘isig‘i ostida uni shu yerga dafn edilar.
Dunyoda sevilishi ibodat hisoblangan, bashariyatning huzurhalovat va saodat rahbari bo‘lgan payg‘ambarlar sarvarini cheksiz bir muhabbat bilan yaxshi ko‘rgan, unga beqiyos mehrshafqat va marhamat bilan quchog‘ini ochgan bu keksa oxiratda qanday sharafga muyassar bo‘lajak, qanday kutib olinajak?
Sarvari olamning da’volariga chek qo‘yish uchun bor kuchkudratini ishga solgan Abu Jahl, Abu Lahablar kabi u ham jahannamga boradimi? Yoki Habibi Adibiga qilgan beminnat xizmati, ko‘rsatgan mehrshafqati uchun har narsaga qodir Ollohning rahmatiga sazovor bo‘ladimi?..
Shu satrlarni yozar ekanmiz, bu qariyaga salomu salovotlarimizni yo‘llaymiz.
Olloh cheksiz marhamat, bitmastuganmas mehrshafqat sohibidir.

Qayd etilgan


AbdulAziz  31 Dekabr 2008, 09:17:38

VI
ABU TOLIB XONADONIDA


Abu Tolib Hojun qabristonidan qaytganida ko‘zlari tinimsiz oqqan yoshlardan qinqizarib ketgan edi. O’z otasini, xossatan, Abdulmuttalibdek tengi yo‘q bir otani qora tuproqqa topshirish osmonmi, axir?! O’zi ham uyjoyli, kamolatga yetgan bir kishi, oila boshlig‘i edi, lekin ushbu achchiq damlarda o‘zini himoyasiz qolgan, yetim bir boladek his etdi. Bu hol uzoq davom etmadi. Uzoq davom etishi mumkin ham emas edi. Chunki uning o‘ziki himoyaga muhtoj bo‘lsa, himoyasi ostidagilarning, tom ma’nodagi yetimesirlarning holi ne kechadi?
O’sha kuni kechqurun Abdulmuttalibning uyida bo‘lgan katta oilaviy yig‘inda bir ovozdan Abu Tolib oila boshlig‘i etib tayinlandi. Endi u Hoshim o‘g‘illari xonadonining rahbariga aylandi. Bu degan so‘z, endi u otasining o‘rnini egallagan edi. Farqi Abdulmuttalib qurayshning barcha urug‘lari tomonidan saylangan, yuksak hurmat ko‘rsatilgan bir mavqe sohibi edi. Abdulmuttalibning o‘g‘li va Hoshim o‘g‘illarining raisi o‘laroq Abu Tolib ham otasidek obro‘e’tibor, shonsharafga sazovor bo‘lishi uchun hali vaqt kerak, otasining yo‘lidan shahdam odimlar bilan yurishi darkor edi.
Shu haftada uning uyiga ko‘chib o‘tgan suyukli jiyaniga tom ma’noda chuqur mehrmuhabbat hissini tuyardi. Bu mehrmuhabbatning uch sababi bor edi. Hayotining ayni bahor chog‘ida begona yurtda xazon bo‘lgan sevimli ukasining o‘g‘li ekanligi;uning boshqa bolalarnikiga o‘xshamagan mukammal bir odob va tarbiyaga egaligi bularga qo‘shimcha tarzda, buyuk Ollohning uni o‘ziga xos bir muxabbat bilan sevdirishi.
Abu Tolib bir kuni shu xususda xotini Fotimai Asadiyyaga gapirdi.
— Otam bu bolani deb devona bo‘lar, usiz turolmas edi. Endi bu holat menga o‘tganga o‘xshaydi. Meningcha, uning taqdiri o‘ziga xos bo‘lishi kerak. Biz bu taqdirning xizmatchilarimiz, — dedi.
Fotima ham uning fikrini tasdiqladi:
— To‘g‘ri ganiryapsiz, Abu Tolib. Men ham shunday holatni boshdan kechirmoqdaman. Hatto o‘z bolalarimdan ham ortiq ko‘raman shu Muhammadni. Ba’zan o‘ylab qolaman va o‘zimdan so‘rayman: «Ajabo, tuqqan onasi Omina ham bu go‘dakni men sevganchalik yaxshi ko‘rarmidi?» Bu hakda sizning fikringizga tamomila qo‘shilaman. Dar haqiqat, uning uchun tayin etilgan alohida taqdir bo‘lsa kerak. Biz ushbu takdirning xizmatchilari, ammo sharafli xizmatchilarimiz. Umrim bo‘yi shu go‘dakka xizmat qilsam ham, aslo og‘rinmayman.

Qayd etilgan


AbdulAziz  31 Dekabr 2008, 09:18:13

* * *
Fotima xonim kunlar o‘tgani sayin o‘z fikrining nakadar to‘g‘ri ekanligiga tobora ko‘proq ishonch hosil qilardi. Chunonchi, bu go‘dak uxlaydigan yotok, u o‘tirgan xona, kiygan ko‘ylagi mushku anbarlar singari xushbo‘y hid taratardi. O’z bolalari o‘rnidan qovog‘i solingan, ko‘zlari shapaqlangan va, ko‘pincha, tajang bo‘lib turganlari holda, Muhammad uyqudan turganida ko‘zlari top-toza, yuzi gul suvi bilan chayilganday tiniq bo‘lardi. O’z bolalari och qurtqumursqalarday dasturxonga hujum qiladilar, u esa, hammaning dasturxon atrofiga o‘tirishini, ovqatga avval kattalar qo‘l uzatishini kutadi, ovqatni shoshibpishib, talashib emas, hatto kattalarga o‘rnak bo‘ladigan darajada odob va kamtarlik bilan yeydi. Qizi Ummu Xoniyning, o‘g‘li Oqil va boshqa bolalarining ham unga o‘xshashini naqadar istashini bilsangiz edi. Hammadan qizig‘i, bu go‘dakning shu qadar go‘zal axloq va odob, tarbiya va kamtarlikni kimdan, qaerdan o‘rgangani edi. Chunki shu kungacha xuddi ko‘chmanchilardek hayot kechirdi. Endigina sakkiz yoshga to‘lgan bo‘lishiga qaramay, uchta boshqaboshqa oilada tarbiya topdi. Avvalo, Sa’d ibn Bakr qabilasida Halimalarning, so‘ngra onasining va, nihoyat, bobosining qaramog‘ida bo‘ldi. Uchta boshkaboshqa oilada tarbiyalanishning ijobiy emas, odatda salbiy ta’siri bo‘lishi kerak edi. Shunday muhitda o‘sishiga qaramay, hamma qatori bir bola bo‘lishining o‘zi ham katta gap edi. So‘nggi ikki yil davomida, bobosining qaramog‘idaligi chog‘ida bir so‘zi ikki bo‘lmadi. Yetim bir bolaning bunday sharoitda tantiq, injiq va o‘jar bo‘lib ketishi turgan gap edi. Shunga qaramay, kattalarning havasini keltiradigan darajada odobga ega bo‘lganini e’tirof etish sira ham mubolag‘a emas.
Bir kecha erxotin orasida shunday suhbat bo‘lib o‘tdi:
—    Bir narsani sezyaisizmi, ey Abu Tolib?
—    Xo‘sh, nima ekan, ey amakimning qizi? Uyimizga kun sayin baraka kirmokda. Muhammad,
uyimizga kelgan kundan beri dasturxonga tortilgan onqat, kam bo‘lsa ham, hammaga yetmokda.
—   Ha, gaping to‘g‘ri, xotin. Bu o‘zgarishni men ham anchadan beri sezib yuribman. Ochig‘ini aytsam, Muhammadni bu yerga olib kelayotganimda, uyimizning torligi meni o‘ylatib qo‘ygan, ikki luqma kam ovqat yeymiz endi, degan edim. Ammo, aksincha, dasturxon atrofidan oldingidan ham ko‘ra to‘yibroq turmoqdamiz, shunday emasmi?..
—   Men shunga aminmanki, Muxammad uyimizga o‘zi bilan birga baraka ham olib keldi. Kecha uni Zubayr uyiga olib ketganida, dasturxonga har kungiday ovqat qo‘ydim, bolalar to‘ymadilar. O’zim ham yarim och qoldim.

Qayd etilgan


AbdulAziz  31 Dekabr 2008, 09:18:53

Abu Tolib xotinining so‘zlarini tasdiqladi:
—Uyimizga barakaning kirishi bevosita jiyanim bilan bog‘liq ekanligiga endi shakshubha yo‘q.
Shu kundan keyin dasturxon atrofiga o‘tirgan bolalarning ovqat kelishi bilan shoshibpishib qo‘l uzatishlariga chek qo‘yildi. Abu Tolib bu masalada o‘z bolalariga sira ham muruvvat qilmas, «Shoshilmang, oldin Muhammad kelib o‘tirsin», der, ovqat yeyishni oldin unga boshlatib, so‘ngra bolalarining dasturxonga qo‘l uzatishiga ruxsat berar edi.
Bir kuni Fotima xonim dasturxonga bir kishi zo‘rg‘a to‘yadigan mikdorda ozgina sut qo‘ydi. Sut ichib bo‘lingach, ovqat tortilishi kerak edi. Har doimgidek, avval nur yuzli Muxammad ichdi. Ammo sut xaliveri tugaydiganga o‘xshamasdi. Dasturxondan hamma to‘yib turgandan keyin ham yana bir kishiga yetadigan miqdordagi sut hech qo‘l tekkizilmagandek turardi. Nigoxlar birbirlari bilan to‘qnashdi, ma’noli qarashlar bilan birbirlarini angladilar.
Ummu Ayman uning ovqatga bo‘lgan qiziqishi haqida shunday degan edi: «Bolaligida biron marta ochlikdan yoki chanqoqlikdan shikoyat qilganini eshitgan emasman. Ertalab bir qultum Zamzam suvidan ichardi, unga ovqat berish uchun chiqqanimizda, «Yegim kelmayapti, qornim to‘q», deb javob berardi».
Abu Tolib jonidan ortiq suygan jiyanining oilaga moddiy kulfat keltirmasligiga, aksincha, moddiy yordam keltirganiga kat’iy yuponch hosil qildi. Ba’zan o‘zi uchun solingan o‘ringa suyukli jiyanining kelib yotganini ko‘radi, bu holni kulimsirab qarshilaydi. Ba’zan o‘zi ham uning yoniga cho‘ziladi, Muhammadning yoqimli hidiga mast bo‘lib uyquga ketadi.
Abu Tolib mehrmuhabbati ziyodaligi bilan ham otasining o‘rnini egallay boshladi. Kun sayin jiyaniga bo‘lgan mehrining ortib borayotganini oddiy so‘z bilan ta’riflab bo‘lmaydi. Ertangi kunning eng buyuk kishisini yolgiz qoldirishni istamagan buyuk Olloh Abdulmuttalibdan so‘ng bu daf’a Abu Tolibning ko‘nglini unga boglagan, mehr otashini uning yuragida yondirgan edi. Jiyani bo‘lmasa, o‘z farzandlari bilan ovuna olmas, yuragi siqilib ketar edi.
«Oyog‘iga biron tikan kirsaya» yoki «Boshidan oftob o‘tib, gul yuzini kuydirsachi» yoxud «Bolalarimdan birontasi qo‘pol muomala qilsaya» yoki «Mahallaning beodob bolalari uii xasra qilishsachi...» kabi miyasidan o‘tgan ming xil fikrlar ichini kemirar, ko‘z oldida bo‘lmasa, bezovtalanaverar, hech xotirjam bo‘lolmas edi. Qisqa muddat yonida bo‘lmasa, ko‘ngli ham u bilan ketar, u qoshiga kelgach, yengil nafas olar va qalbi osoyish topar edi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  31 Dekabr 2008, 09:19:42

Xox Abdulmuttalibning, xoh Abu Tolibning bo‘lsin, unga nisbatan mehrshafqat va marhamat tuyg‘usi bir otaning o‘z farzandiga bo‘ladigan mehrmuhabbatidan ham ortiq edi.
Abdulmuttalibning o‘g‘illari ichida salobati va tadbirkorligi jihatidan eng ko‘p o‘xshashi Abu Tolib edi. U akaukalarining eng kattasi emas edi. Eng kambag‘ali edi, desak ham, xato bo‘lmas. Molmulki yo‘q edi. Bir nechtagina tuyasi bor edi. Ana shu tuyalarning sutini iste’mol qilib, kun kechirardilar. Tijorat ishi bilan kamdankam shug‘ullanar, ro‘zg‘or uchun zarur miqdordagiqa mablag‘ topib kelar edi. Ammo yuragi keng, ko‘ngli boy edi. Hech kimga hasad qilmasdi. Ko‘p kishilar ortiq darajada ruju qo‘ygan ichkilikning tomchisini ham og‘ziga olgan emas, zino bilan hech ishi bo‘lmagan edi. Bu jixatdan ham otasi bilan ayni bir fikrda edi. So‘zlari e’tiborga loyiq, bema’ni gap va behuda ishdan qochar, ojizlarga yordam berar, mazlumlarni himoya qilar, ezilganlarga hamdard bo‘lar, g‘ariblarga yo‘l ko‘rsatar, hech kimning dilini behuda og‘ritmas edi.
Mana shu sabablar tufayli undan boyroq, yosh jihatidan kattaroq bo‘lgan akalari u yokda qolib, Hoshim o‘g‘illari uning atrofiga to‘planishni ma’qul ko‘rdilar, uni o‘zlariga oila boshlig‘i etib sayladilar.
U, albatta, aynan Abdulmuttalibning o‘zginasi emas edi. Ammo astasekin otasining izidan ergashib borayotgan edi. Bu ketishda butun Makka xalqi hurmat qiladigan bir hokim bo‘lingi ham turgan gap edi. Mansab va martaba uni qiziqtirmasdi. Zotan, uni ota yo‘lidan boshlayotgan sabab ham shu edi.
Eng kamida Hoshim o‘g‘illarining boshlig‘i va yetakchisi bo‘lgan Abu Tolib jiyaniga tuygan beqiyos mexrmuhabbati bois bolaga aylanar, uni xursand qilish uchun har qanday fidokorlikka tayyor edi.
Shu ma’noda Fotima xonim ham xojasi Abu Tolibdan sira qolishmasdi. Bu shunchaki bir musofirga ko‘rsatiladigan izzatikrom yoki bir yetimga taskin berishlik emas, yoinki nazokatlilikning namoyishi emas edi. Ishq otash darajasidagi zo‘r bir muhabbat edi. Yuragida ona o‘z farzandiga nisbatan tuyadigan pokiza tuyg‘ular jo‘shardi uning.
Fotima xonim o‘z bolalaridan oldin uni yuvintirar, sochlarini tarar, o‘rnini solib berar edi. Har doim unga sidqidildan mehr bilan xizmat ko‘rsatardi. Chunki u kelgan kunidan beri o‘z bolalariga o‘xshab, yiqqanini to‘zitib tashlamadi, aytilgan gapga quloq soldi, berilgan savolga hozirjavob bo‘ldi, buyurilgan ishni so‘zsiz bajardi. Janjalto‘polon qilmadi, shovqin solib uyni boshiga ko‘tarmadi. Farishtalardek ruhi pok, yuzi nurli, kiyimlari ozoda.
O’z bolalari ertalab kiyib chiqib ketgan kiyimlarini kechqurun changtuproqqa belab, kirchir qilib kelap ekanlar, uning toptoza, gulday ochilib kelishiga nima desa bo‘lardi? Chaqirilmasa ham, yangasiga yordam berish uchun yugurib kelishi, oldindan xuddi iandnasihat qilingandek aqlga, mantiqqa uyg‘un ravishda ish tutishi uni sevdirmay kimni sevdirsin?
Yana, ayni mahalda, Buyuk Yaratuvchi Fotimaning qalbiga ham hokim bo‘lganligini unutmaslik lozim!
Abu Tolib qaerga borsa, jiyanini ham birga olib ketar, doim yonida bo‘lishini istar edi. Ertalab uyg‘ongani zahoti uning uyqudan turganturmaganini tekshiradi, uyg‘onadigan iaytini sabrsizlik bilan kutadi...

Qayd etilgan


AbdulAziz  31 Dekabr 2008, 09:20:47

BULUTLARGA QILINGAN ISHORA

Bir yoz mavsumi bu diyorlarga qurg‘oqchilikni keltirdi. Odamlar har kuni ertalabdan osmonga tikilishar, bir parcha bulut ko‘rinib qolarmikan, deb umid qilishar edi. Oqshom tushib, qosh qorayganda yana bulutsiz — yomg‘irsiz o‘tgan kui uchun g‘amanduh... Ka’baning atrofini o‘rab turgan sonsanoqsiz butlar endi biron ishga yaramaydi, degan tushuncha tobora ko‘proq kshnilarning ongini egallay boshladi.
Kunlardan bir kuni boylardan birining eshigi ochilib, undan bir kul chiqdi. Qo‘lida bir tovoq to‘la qaymoq bor edi. Qa’ba tomonga to‘g‘ri yo‘l oldi. Yuzida aks etayotgan ifodani tushunish qiyin edi. Yuragi siqilgan, istagan narsasiga eriigolmagan bir kishiga o‘xshar edi. Ka’bagacha keldi. Bir to‘da butlarning orasidan o‘tdi. Xo‘jayini ismini aytgan butning qoshiga bordi, tovoqni uning oldiga qo‘ydi va orqasiga qayrildi.
Bu qaymoq xo‘jayini tomonidan, yomg‘ir yog‘ishiga shafoatchi bo‘lar, degan umidda bu butga berilgan bir noradek gap edi. Ehtimol, bu qaymoqning hurmati uchun yeru ko‘kning egasi bo‘lgan Ulug‘ Mavloga yolvorar, yomg‘ir yog‘dirish iziini olar.
Qul qupquruq jonsiz toshning oldida istaristamas qoldirgan qaymoqdan hech ko‘zini uzolmasdi. Shu tariqa o‘n besh qadamcha orqaga yurdi, o‘tirdi: juda g‘amgin edi. Bu birinchi marta kelishi emasdi. Shu kungacha qanchaqancha tansiq nozne’matlardan olib kelgan, bu jonsiz toshning oldiga yuragi achishaachisha qoldirib ketgan. 96
Umri bo‘yi jondili bilan xizmat qilgan bu uyda o‘sha xoshchalik qadri, hurmati yo‘q edi uning. Shu tovoqda keltirgan qaymokdan na biron marta tatib ko‘rgan va na tatib ko‘rshn uchun taklif etilgan. Qaymoq o‘rniga yegan kaltaklarining esa, sonsanog‘i yo‘q. Yelkasida yegan kaltaklarining qatorqator izlari bor. Doimo beminnat xizmat qilgan, xizmati evaziga xo‘rlangan, kamsitilgan, uribdo‘pposlangan. Holbuki, bu jonsiz toshning u oilaga bergan hech qanday foydasi yo‘q. Ammo dunyoqarashi tor bo‘lgan xo‘jayini har safar fursati kelganda, eng tansik nozne’matlarni unga jo‘natishdan tiyilmas edi.
Mabodo eshitib qolsalar, qamchilar ostida o‘ldirib yubormasliklariga ishonchi yo‘q, bo‘lmasa, o‘tirib bu qaymoqni maza qilib yeyishga rozi edi u. Ammo yurakyuragigacha singib ketgan ko‘rquv hissi bunga yo‘l qo‘ymadi.
O’tirib, g‘amanduh va hasrat bilan qaymoqqa qaray boshladi. Ko‘p o‘tmay, yugurib kelgan bir kuchuk qaymoqni to‘yib, zo‘r ishtaha bilan paqqos tushirdi. Saldan keyin oyog‘ini ko‘tardi va butning ustini bulg‘ab, yana yugurib ketdi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  31 Dekabr 2008, 09:21:35

Qulning butun vujudi titrab ketdi, yuragiga muzday suv sepilgandek bo‘ldi. Ichi yondi. Chunki og‘zining suvi oqaoqa, hidlabhidlab keltirgan, ammo bir luqma olib yeyishga ham jur’at qilolmagan qaymoq bir kuchukning nafsiga yem bo‘lgan edi. Ammo shundan keyin itning tap tortmay, butni ho‘llab ketishi unga berilgan jazo, undan olingan o‘chday ta’sir qildi.
Turli bema’ni odatlarga boy bu shaharda qanchadanqancha oziqovqat, sovg‘asalomlar butlarga hadya etilar, ammo nozne’matlarning huzurini daydi mushuklaru itlar ko‘rar edi.
Erta tongdan boshlab kuni bo‘yi, ba’zan kechalari ham qoshlariga kelib, sajda qilib, yomg‘ir so‘raganlar yetarli darajada yolvorganliklariga, lozim bo‘lgan darajada iltijo etganliklariga ishongach, u yerdan ketishar, ammo kelganlarida qanchalik loqayd va sokin bo‘lsalar, ketganlaridan keyin ham shunchalik hissiz qolgan butlarning ustlarini ho‘llab ketadigan itlarni quvib yuborishga ham ojiz bo‘lgan tosh parchalari ekanliklariga yo aqllari yetmas, yo parvo qilmas edilar.
Berilgan hadyalar, qilingan nazru niyozlar, hammaHammasi bekor ketdi. Ko‘kda hamon na bir parcha bulut, na yomg‘irdan darak bor edi. Yer yana suvga chanqoqligicha hasrat ichida qoldi. Hayvonlar ochlikdan azoblanib, suvsizlikdan qiynalib qolaverdilar.
Qaerda bir suhbat yoki yig‘in bo‘lsa, yagona muammo qurg‘oqchilik edi. Qo‘ldan kelgan barcha choralar sinab ko‘rilgani, ammo hech qanday natijaga erishilmagani bahs etilar, ilohlarning ko‘ngillarini ololmaganliqlaridan so‘zlashar edi. Bu orada ikki yilcha oldin Abdulmuttalibning Abu Qubaysda o‘qigan yomg‘ir duosini esladilar. Hozir oramizda bo‘lsa edi, yana yomg‘ir duosiga chiqishni taklif etardik, deganlar bo‘ldi. Axiyri Hoshim o‘g‘illarining yo‘lboshchisi Abu Tolibga iltimos qilishga qaror berildi. Nima bo‘lganda ham Abu Tolib Abdumuttalibning o‘g‘li edi. Uning qoni jo‘sh urardi yuragida.
Abu Tolib uyiga kelgan bir qancha quraysh qariyalarini iltifot bilan ichkariga taklif etdi. Salomlashdilar. Kelganlardan biri:
Sening huzuringga bosh urib kelishimizning asl sababi, ey Abu Tolib, yomg‘ir duosiga chiqishingni so‘rashdir. O’zing ham ko‘rib turganingdek, suvsizlikdan qirilayotirmiz. Hayvonlarimiz holdan toydi. Biz uchun yomg‘ir duosiga chiqsang, qanday bo‘larkana?!

Qayd etilgan