Ahmad Lutfiy Qozonchi. Saodat asri qissalari (1-kitob). Intizor kutilgan tong  ( 211396 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 ... 31 B


AbdulAziz  31 Dekabr 2008, 09:22:01

Abu Tolib bu taklifni o‘rinli deb topdi: — Bajonidil roziman. Ammo bizning kuchimiz duodan boshqasiga yetmaydi.
Saldan keyin uyidan chiqdi. Yoniga suyukli jiyanini olib, yo‘lga tushdi. Ka’baga keldi, Ka’baning devoriga suyandi. Boshini ko‘tardi va duo qila boshladi. Xalq unga qo‘shilib takrortakror «Omin» deb turdi.
Har doimgidek, bu kun ham osmon bulutsiz edi. Duo qabul bo‘lgan takdirda ikkiuch kun ichida yomg‘ir yog‘ishi mumkin edi. Abu Tolib butlarga emas, Janobi Haqqa iltijo qilardi. Zotan, ular Janobi Haqning borligini tan olishar, butlarni esa, Olloh taolo bilan odamlar o‘rtasidagi vositachi, homiy deb bilar edilar.
Shu asnoda Abu Tolibning yonidagi ma’sum go‘dakning ham ko‘llarini ko‘tarib, barmoqlari bilan ko‘kka ishora qilgani ma’lum bo‘ldi. Bu inyura bilan ko‘kda ko‘ringan bir narsani ko‘rsatardimi yoki Buyuk Yaratuvchi tomonidan ko‘tarilgan edimi u qo‘lchalar? Bu haqda hech kim bilmaydi. Ammo yaxshilab qaraganlarida, Muhammad barmog‘i bilan ko‘rsatgan tomonda bir bulutning ufqdan oshib o‘tgani va shamol tezligida ilgarilab kelayotgani ko‘rindi. Orqasidan takror va takror paydo bo‘lgan bulutlar uni ta’qib eta boshladilar. Ko‘p o‘tmay, Makka ustini qora bulutlar qopladi. Abu Tolib hali duosini tamomlab ham ulgurmagan edi. Pastga tushgan bir necha yomg‘ir tomchisi shodlik qichqiriqlariga sabab bo‘ldi. Baland ovozda yangrayotgan «Omin» so‘zlari bu safar sevinchga to‘la edi. Yomg‘ir duosi uchun to‘planganlarni yomg‘ir tarkab ketishga majbur etdi. Yuzlardan oqayotgan tomchilar yomg‘ir suvi edimi yoki shodiyona ko‘z yoshlarimi, buni farqlash qiyin. Garchi duoni Abu Tolib o‘qigan bo‘lsada, Qodir Egamiz yomg‘irni kimning xurmati uchun berdi?!
Abu Tolib bu savolning javobini juda yaxshi bilardi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  31 Dekabr 2008, 09:22:41

*   * *
O’sha kecha ko‘pgina oilalarda Abu Tolibning duoga chiqqani to‘g‘risida bahs yuritildi. Zotan, duoni boshidanoxirigacha o‘z quloqlari bilan eshitganlar bor edi. Ular Abu Tolibning qaytaqayta:
— Ollohim, ushbu ma’sumning hurmatiga, Ollohim, bu yetim hurmati... — deya yonidagi nurli go‘dakni shafoatchi qilganidan xabardor edilar.
Ulardan biri:
— Nima bo‘lsa ham, u bola barmoqlari bilan ko‘kkainyura qilgach, bo‘ldi. Go‘yo ko‘kdan bulutlarni bu yoqqa chorlagandek ko‘rindi menga, — derdi.
Boshqasi:
— Bu bolada bir gap bor. Ikki yil oldin Abdulmuttalibning duosini eshitgan edim. U ham «Bu yetimhurmatiga...» deb duo qilgan edi, — dedi. Ayollardan biri:
— Xo‘sh, butlarimizchi? Butlarimiz nima qildi? —deb so‘radi.
—   Nima qilardilar, hech narsa, — dedi uning eri. Boshqa biri yanada ochiqroq qilib aytdi:
—   Ya’ni, tosh qotib turaverdilar. Tashqarida yomg‘ir hamon seldek quyardi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  31 Dekabr 2008, 09:23:18

*   * *
Bir kuni Makkaga mashhur bashoratchi keldi. Kishining yuzidagi, qo‘llaridagi yo‘llarga qarab uning kelajagi haqida ma’lumot berardi. Har kim bolasini uning huzuriga olib kela boshladi. Unga ko‘rsatishdi, gaplarini jon quloqlari bilan tinglashdi. Abu Tolib ham jiyani bilan birgalikda kelgan edi. Bu yerda ularning ham kelishi tasodif edimi yoki Abu Tolib jiyanida zohir bo‘lgan va kun sayin oydinlashayotgan ustuvor xislatlar haqida gapirib, bu odamning qanday ma’lumot berishiga qiziqqanmidi? Bu narsa bizga qorong‘i.
Bashoratchining atrofi xuddi ari uyasiga o‘xshardi. U Hoshim o‘g‘illarining yetakchisi Abu Tolibning ham yonida bir bola bilan kelganini ko‘rdi. Darhol ishini yig‘ishtirib, ularga o‘girildi. Ammo atrofdagilar uni o‘z holiga qo‘yadigan emasdilar. Har tarafdan baqiribchaqirib, ularga qarashni so‘ray boshladilar.
—   Abu Tolib olib kelgan bolani o‘tqazib yuboring mening yonimga.
—   Onang qoqindiq, bolam, Abu Tolibning navbati hali kelganicha yo‘q, mening nevaramii ko‘rib qo‘y.
—   Axir, uning yonidagi bolada g‘aroyib xislatlarni ko‘ryapman.
—   Tushunarli, lekin bizning ishimizni ham ertaga qoldirma.
Abu Tolib bashoratchining to‘satdan jiyaniga o‘girilgani va boshqa bolalarni ko‘rishdan qo‘l siltaganini ko‘rgach, «Yana biron zarari tegmasin», deya jiyaniga qayrildi:
— Qani, o‘g‘lim, sen uyga boraverginchi, — dedi.
U odam har ikki gapning birida «Abu Tolib qaerda?» deb so‘rardi. Birdan uni ko‘rib qoldi:
—   Qaerdasan, ey Abu Tolib?
—   Ko‘rib turganingdek, shu yerdaman.
—   Yoningdagi bola qani?
—   Uyga jo‘natdim.
Bashoratchi o‘rnidan turdi. Abu Tolibning qo‘lidan tutib, bir necha odim chetga olib o‘tdi va:
— U bolaga diqqat bilan qara, shuni yaxshi bilginki, u oddiy bir bola emas. Voyaga yetganda ham oddiy inson bo‘lmaydi, — dedi pichirlab. So‘ngra Abu Tolibga qattiq tikildi:
— Qasam ichaman, qaytaqayta qasam ichib aytamanki, so‘zlarim to‘g‘ri chiqadi! — dedi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  31 Dekabr 2008, 09:24:17

SHOM SAFARI
Rohib Buhayra

Fil hodisasi sodir bo‘lganidan beri o‘n ikki yil o‘tgan edi.
Har yili yoz mavsumida Shom, qishda esa Yaman tomonlarga safarlar uyushtirilar, karvonlar jo‘natilar, shu tariqa savdosotiq, tijorat ishlari yuritilar edi. Ammo yo‘l hech vaqt xavfxatarsiz bo‘lmasdi. Harom oylaridan tashqari (harom oylari — zulqa’da, zulhijja, muharram va rajab) qilingan safarlarda kunning barcha — yigirma to‘rt soati ichida ham qaroqchilar hujumiga uchrash hech gap emas. Shuning uchun doim bunday hujumga tayyor turish lozim edi. Bundan tashqari, karvonning butun safar davomida batartib yo‘l yurishini tashkil etish va ta’minlash, to‘xtash va yo‘lga chiqish paytlarini belgilab olish, yo‘lda uchraydigan qabilalar bilan uchrashib, ularning ko‘magidan foydalanish uchun bir yo‘lboshchiga ehtiyoj bor edi.
Shu munosabat bilan qurayshlarga so‘zi o‘tadigan, hurmat va e’tiborga loyiq bir kishi karvonga boshliq etib tayinlanardi, yoniga esa, yetarli darajada qurollangan askarlar olinardi.
Bu yil karvonboshilik mas’uliyati Abu Tolibning zimmasiga tushdi. Abu Tolib kuchli hayajon ichida edi. Chunki savdosotiq bilan shug‘ullanadigan qurayshiy borki, uning karvonda ozmiko‘pmi hissasi bo‘ladi. Makkadan chiqilgandan keyin nariberisi bilan biror ikki oy davom etadigan bu safar paytida karvonga yetadigan har qanday ziyonzahmat uchun u javobgar bo‘lishi lozim. Bundan tashqari, mana, to‘rt yildirki, biron kun ham ajralmagan suyukli jiyanidan uzoqda bo‘lishini o‘ylardi.
Dastlab Muhammadni o‘zi bilan olib ketmoqchi bo‘ldi. Ammo shu kungacha bironta ham karvon turli tahlikalarga, bosqinlarga uchramasdan yo‘l bosganini hech kim bilmaydi. Yirtqich hayvonlarning hujumiga ham duch kelish mumkin edi. Shular haqida o‘ylar ekan, uni olib ketish bilaturib xavfga qo‘yish bilan barobarligini his etdi. Ikkinchi tomondan, jiyanining yolborguvchi nigohlariga dosh berolmas, ammo safarning og‘ir bo‘lishi mumkinligini, yo‘l qiyinchiliklarini o‘ylab, uni tashlab ketishni afzal hisoblar edi.
101
Abu Tolib to ketadigan kunlarigacha taraddudlanib yurdi. Karvon yo‘lga chikadigan kun. Endigina tong otgan edi. Akaukalar Abu Tolibni kuzatgani keldilar. Necha kundan beri uni ikkilanishga majbur etgan jiyani bir burchakda qimtinib turardi. Uning ham borishi yoki shu yerda qolishi haqida shu choqqacha biron og‘iz gap aytilmagan. Hamma narsa tayyor bo‘lgach, Abu Tolib akaukalari, opasingillari bilan xayrlashdi. Bolalarining, nihoyat, nurli jiyanining yonoqlaridan o‘pdi.
— Sizlarni xudoga topshirdim... — deya tuyasiga mindi. Shu payt Muhammad tuyaga yaqinlashdi va uning jilovidan tortdi. Ma’sum nigohlarini amakisiga qadadi:
— Meni ham yeningizga oling, amakijon. Msni tashlab qayoqqa ketyapsiz? Kimga tashlab ketyapsiz meni? O’zini zo‘rg‘a tutib turgan Abu Tolib ortiq dosh berolmadi.
— Qani, min tuyaga, seni ham olib ketaman. Qarindoshlari bunga rozi bo‘ladiganga o‘xshashmasdi.
— Bunday bir kichkina go‘dak yo‘l azobiga qanday chidaydi? Qolaversa, safar chog‘ida duch kelishi mumkin bo‘lgan xavfxatarlarni o‘zing ham juda yaxshi bilasanku!
— Ammo men unga yo‘q deya olmayman.
— Bolani bila turib olovga tashlay olmaysan. Abu Tolib jiyaniga o‘girildi:
— Qani, amakilaring, ammalaring nima demoqdalar?— dedi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  31 Dekabr 2008, 09:26:04

Muhammad tuyaning jilovidan mahkam ushlab olgan, ko‘zlari namli, istagida qat’iy edi. Abu Tolib yana qarindoshlariga qaradi:
—   Olib ketaman, — dedi.
—   Bo‘lmaydi, ey Abu Tolib, aslo rozi emasmiz.
— Xudo haqqi, qarorim qat’iy. Endi undan hech ham ajralolmayman!
Shundan keyin qo‘lini uzatdi, sevinch bilan uzatilgan kichkina qo‘llardan ushlab tuyasiga mingashtirdi va kutib o‘tirmay, yurishga farmon berdi. Karvon sekinasta yo‘lga tushdi, orqada qo‘llar silkinar edi.
—    Muhammadga yaxshilab qara, ey Abu Tolib.
—    Oy borib, omon qaytinglar.
— Rashidun madhiya... — kabi ovozlar birbiriga
qo‘shilib ketdi.
Kun tikkaga kelganida, bir necha vodiyni orqada qoldirgan karvonga ilk bor to‘xtash amri berildi. Jazirama issiq taftidan qaytguncha shu yerda dam olinib, so‘ngra yana yo‘lga chiqiladigan bo‘ldi.
—   Qalay, o‘g‘lim, yo‘l yokdimi?
—   Siz bilan birga ekanman, nega yoqmasin, amaki! O’tirdilar, bir necha dona xurmo yedilar. Abu Tolib
jiyanining ustiga choyshab yopdi.
—Qani, endi bir oz mizg‘ib olginchi, jigarim, —dedi.
—Sizchi, amakijon?
—Men karvonni ko‘zdan kechirib chiqaman, so‘ng yotaman.
Shundan keyin unga orom tilab, karvonni tekshirgani o‘rnidan qo‘zg‘aldi.
Tuyalar cho‘kkan, hamma bir tarafga tizilib o‘tirar edi. Abu Tolib soqchi tayinlashni lozim ko‘rmadi. Chunki hozir harom oylari edi. Bu mavsumda qaroqchilar hujum qilmasdilar. Aylanib keldi. Cho‘kkan tuyaga suyanib o‘tirdi va shu holda uxlab qoldi.
— Uxlayapsizmi, amakijon?
Abu Tolib jiyanining yoqimli ovozidan uyg‘onib ketdi. Atrofiga nazar tashladi. Hamma o‘rnidan turgan, uni noylab turar edilar. Darhol u ham turdi, tuyasiga mindi, jiyanini orqasiga o‘tirgizdi:
— Yuramiz... — dedi.
Yurish boshlandi. Kuyonshing tafti qaytgan edi. Nafas olsa bo‘ladigan darajada issiq... Bir ozdan so‘ng latif bir shabada esa boshladi.
Kun botgach, yurish yanada zavqli bo‘ldi. Yo‘lovchilar charchog‘ini yoyish uchun xursandchilik qilipshi istashardi. She’rlar, sharqiylar o‘qildi, qo‘shiqlar kuylandi. Tuyalar ham o‘z navbatida she’r ohangiga mos ravishda shahdam odimlab yurdilar. Zotan, tong saharda va kechki paytlarda yo‘l yurish ancha oson edi.
Safar davomida yo‘lovchilar u yoqbu yoqdan gaplashib borishdi, o‘tmishda bo‘lib o‘tgan achchiqchuchuk voqealarni eslashar edi. Abu Tolib yelkasiga bosh qo‘yib uyquga ketgan jiyanini to‘yib orom olsin deya karvonni to‘xtatdi. Soqchilar qo‘yildi. Karvon ahli hordiq chiqara boshladi. Abu Tolib ham ko‘zlariga kelgan uyquni yengolmay, jiyanining yoniga cho‘zildi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  31 Dekabr 2008, 09:27:22

* * *
Erta tongda yuklar tuyalarning ustiga ortildi. Yana yurish boshlandi. She’rlar qo‘shiqlarga ulandi. Kun tikkaga kelguncha ancha yo‘l bosib o‘tildi.
Musiqadan juda xushlanadigan, tili bilan gapirolmasalar xam, qo‘shiqning ohangiga ko‘ra og‘irog‘ir yoki teztez, hattb yugurish darajasida odimlab ketayotgan tuyalar qumlarga botabota yo‘l bosar, ustlaridagi yo‘lovchilar chayqalibchayqalib borar edilar. Uzoqda bir tepalik ko‘rinadi, tezda undan oshib o‘tishadi, ikkinchi, uchinchi tepaliklar shu tariqa ortda qolaveradi. To‘rt taraf ham qum, chang-to‘zon, tuproq. Daqiqa sayin tobora kuchliroq qizdirayotgan quyosh qush uchsa qanoti, odam o‘tsa oyog‘i kuyadigan bunday sahroda biron kishini yiqitishi, suvsizlikdan telbaga aylantirishi xech gap emas edi. Yolg‘iz Olloh biladi, yuz yillardan beri bu qumlar necha ming martalab quyoshning ayovsiz harorati tufayli olovotashga aylangan, qanchadanqancha yo‘lovchiniig qonini miyasiga uradigan darajada qizdirgan, saldan keyin esa — kech tushib havo salqinlashgach, ustida yotganlarni sovuq qottirgan ekan...
Yo‘lda davom etilarkan, sayyohlarning yuz-ko‘zlari changga botdi. Tashnalikni bosish uchun meshlardagi suvdan ozoz ichildi.
— Safarimiz yaxshilik bilan tugamasa kerak, —dedi to‘satdan yo‘lovchilardan biri.
Boshqasi uning yuziga tikildi.
—   Nega bunday deyapsan, tinchlikmi o‘zi?
—   But olish esdan chiqibdiku?!
 Ha ya, to‘xtachi, balki biron kishi olgandir.
—   Safar tashvishi bilan bo‘lib yodimizdan ko‘tarilibdi. Nahot ikki kun deganda esimizga kelsa!..
—   Hadeb kuyunaverma, bordir bironta but olgan kishi.
Oqshom payti to‘xtashga amr berilgach, Abu Tolib jiyanini ham olib, yuz kishidan kam bo‘lmagan karvonni ko‘zdan kechirib chiqmoqchi bo‘ldi.
Musofirlar uchbesh kishilik guruhlarga bo‘linib o‘tirishardi. Yemishlari xurmo, ichmishlari sut edi. Bir necha kishi tuyani sog‘ish bilan ovora. Ammo o‘rtada sut sog‘iladigan idish yo‘q, sut to‘g‘ridanto‘g‘ri qumning ustiga sog‘ilmoqda edi.
— Bular nima qilishyapti, amakijon?
— Qani, ko‘raylikchi.
Abu Tolib vaziyatni tushungandek bo‘ldi.
—   Sanam olib kelgan hech kishi yo‘qmi? — deb so‘radi. Oralaridan bittasi boshini ko‘tarmay javob berdi:
—   Hech kimda yo‘q.
Yetarli miqdorda sut sog‘ilgach, yerdagi qumtuproqdan Loy hosil bo‘ldi. Ehtiyotkorlik bilan olindi, so‘ngra shakl yasala boshlandi. Ozmiko‘pmi butga o‘xshagan bir narsa hosil bo‘ldi. O’rtaga qo‘yildi, keyin odamlar uning atrofida boshlarini yerga qo‘yib, sig‘ina boshladilar.
But yasalgani haqidagi xabar butun karvon bo‘ylab tarqaldi. Sal naridagilar ham kelishdi. O’ttizqirq kishilik bir olomon to‘plandi. Hammalari mana shu loy sanamning qarshisida boshlarini yerga qo‘yib, sajda qilishar, kaftlarini ochib unga yolvorib, atrofida gir aylanishar edi.
Har biri aqli joyida, qilgan ishini biladigan odamlar edi. Bu ayanchli ahvolga achinmasdan iloj yo‘q edi. Bu notavon odamlar o‘yin o‘ynamayotgan edilar. Ammo yosh bolalar ham bunday holga aslo rozi bo‘lmaydigan bir ish bilan mashg‘ul edilar.

Qayd etilgan


AbdulAziz  31 Dekabr 2008, 09:27:46

Toatibodat birmuncha vaqt davom etdi. Shundan keyin birinsirin tarqaldilar. Birov yerga choyshab to‘shadi, yana birov tuyasiga suyandi, shu tariqa qattiq uyquga ketdilar. O’ yerdan jilgan ikki kishi orasidagi mana bu suhbatni eshitganlar bo‘ldi:
—   Yaxshiki, bunday bir chora topildi. O’ziyam rosa sog‘ingan edim butimni.
—   Yaxshisi, o‘zimning butimni olib yuraman endi. Usiz qilingan ibodat ruhimni yengillashtirmadi mening.
—   Aslida shundaykuya, ammo nima qilasan. Safar deb qo‘yibdilar buni. Butlarimiz shuni hisobga olib bizni ma’zur tutsalar, ajab emas.
Karvon ahlining ko‘pchiligi shu fikrda yakdil edi.
Maza qilib uxlashni ma’qul ko‘rgan bir yigit bilan butga sig‘inib kelgan birodari orasida esa, shunday hangoma bo‘lib o‘tdi:
— Borganingda yaxshi bo‘lardi. Odamning ruhi yengil tortadi.
—   Men yengil tortmas edim.
—   Nimaga?
— Axir, o‘zing o‘ylab ko‘r, tuyani sog‘dilar, suti bilan qorgan loydan vaqtinchalik but yasadilar. Sig‘inib bo‘lishgach, bir burchakka otdilar. Shunday emasmi?
—   Ha, shunday. Men bunday butga sig‘inishni istamayman.
—   Nimalar deyapsan o‘zi?
—   Nimani eshitgan bo‘lsang, shuni.
— Ammo bunday deyishing to‘g‘ri emas. Safarda bo‘lsak, boshqa ilojimiz yo‘qda, axir. Yo‘limiz xavfxatarga to‘la. Boshimizga biron falokat tushmaydi, deb xech kim kafolat berolmaydi.
—   Shu loy sanamga sig‘insak, keladigan balo daf bo‘ladimi?
—   Baribir, sening fikring noto‘g‘ri. Makkada si 1 g‘inganlarimiz ham tosh yoki yog‘och parchasi emasmi?
—   Shundaylikka shundaykuya, ammo ular ota-bobolarimizdan qolgan ilohlar. Ularning qarshisida bunday narsalar esga kelmaydi. Ular haqiqiy iloh bo‘lmasalar, ota-bobolarimiz ularga sig‘inisharmidi?
—   Ertaga bizning farzandlarimiz ham shunday deydilar.
—   Shunday derlar ham, ammo sizlar bu ishga yengilelpi qarayapsizlar. Shunchaki qo‘lbola yasab olgan loybutni iloh demoqdasizlar. Ertaga uyga qaytganimizda, bizning bu ishimizdan xabardor bo‘lgan Hubal ne deydi, Lot, Uzzo,iManot, Isof, Noila kabi ilohlarimiz nima derkan? Yo‘q, azizim, masala sizlar o‘ylaganchalik ko‘ngilxushlik masalasi emas aslo. Yo butni yoningda olib yur, yo bunday soxta ibodatga chek qo‘y.
—   Agar masalaga chuqur yondashsak, butni bu yerga olib kelishimiz ham unga bo‘lgan hurmatsizlik emasmi? Olamiz, qo‘yamiz, yana olib yuramiz. So‘ngra, qoshida bosh egib sig‘inamiz, undan yordam so‘raymiz...
Suhbat shu yerda bo‘lindi. Chunki aql bilan o‘ylab ko‘rganda, bu masala tobora boshi berk ko‘chaga kirib qolayotgan edi. Ilohlar haqida bilibbilmay munozara qilib, boshga balo orttirgandan ko‘ra, suxbatni shu yerda tugatish afzal ko‘rildi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  31 Dekabr 2008, 09:27:59

To‘rtinchi kun...
Tush payti to‘xtashga amr berilgach, yo‘lovchilar o‘ngu so‘lga yoyildilar. Birov ehtiyoj yuzasidan xilvatroq joy qidirar, birov yuklarni tushirar, birov esa, to‘rvasidan chiqargan xurmoni yer edi. Tuyalar o‘z holiga tashlab qo‘yilgan, deyarli hech kimning ishi yo‘q.
Yo‘lga chiqilgandan beri hali tuyasiga bir qultum suv, bir kaft yem bermaganlar ham bor edi. Chunki bu jonivor yeyish, ichish masalasida eng sabrli, nima berilsa, shunga qanoat qiladigan, o‘n kungacha yemayichmay yo‘l yura oladigan beozor bir hayvon edi. Shu bois biron kimsa ham tuyasining och yoki tashnaligi haqida o‘ylamasdi.
Shu asnoda atrofga tarqalganlardan biri qo‘lida chiroyli bir shaklli tosh ko‘tarib keldi. Ko‘rganlar rosa suyundilar. Endi kechqurun tuya sog‘ib, loy qorib but yasashga hojat kolmagan edi. Chunki butning o‘rnini bosadigan yaxshiroq bir vosita topildi. Har holda, bir odamning qornini to‘ydiradigan sut behuda sarf bo‘lmaydigan bo‘ldi.
— Balki, haqiqatan ham bir ilohdir bu...
Bu gapni toshning ustidagi changlarni artayotgan birisi aytgan edi. Boshqa biri uning ehtimolini tasdiqladi:
— Balki...
— Bizga butun safar davomida sig‘inishimizga bemalol yetadi bu but. Tozalangan tosh hurmat bilan yuklarning orasiga joylashtirildi. Kechqurun dam olish uchun to‘xtaganlarida, u o‘z vazifasini bajarishi kerak bo‘lardi.
Bir necha soat davom etgan qaylula uyqusidan so‘ng yuklar tuyalarning ustiga ortildi, yana yurish boshlandi. Yana qatorqator tepaliklardan oshib o‘tildi.
Quyosh tepalar orqasiga berkina boshlagan edi. Eng oldinda ketayotgan tuya cho‘ktirildi. Ustidan sakrab tushgan odam bir necha qadam oldinda qum ustida yotgan chiroyli bir toshga qarab yugurdi.
— Mana, haqiqiy sanam, mana haqiqiy iloh... — deb qichqirdi.
Yana tuyasiga mindi. Sal orqaroqda kelayotgan birodari unga yetib oldi
— Ko‘rsat qani, og‘ayni, — dedi.
Qaradi. Haqiqatan ham chiroyli bir tosh edi. Rangi ham o‘zgacha edi. Hamma tomoni sipsilliq, xuddi mukammal ishlov berilganga o‘xshardi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  31 Dekabr 2008, 09:28:48

* * *
Boyagi yigit qo‘lini yuklarining orasiga tikdi. U yerdan chiqargan toshga birpas qarab turgach, otib yubordi. Bu tosh tushki dam olish iaytida topilgan va butun safar davomida but deb tan olingan tosh edi. Kim biladi, balki bir boshqa yo‘lovchi ham uni topar, tangri deb o‘z qabilasiga olib ketar yoki safar tugagach, itqitib yuborar.
Safar yana bir necha kun davom etdi. Nihoyat, bir kuni qoq tushda to‘xtash amri berildi. Soyasidan panoh topish mumkin bo‘lgan bir necha daraxt qoshiga yetib kelingan edi. Oldinda bir bino ko‘rindi. Bundan avval ham shu yerdan o‘tgan yo‘lovchilar bu yerda hech kim bilan yuz ko‘rishmaydigan bir rohib yashashini bilardilar.
— Yana bu qovog‘i soliq odamning go‘shasi oldida dam olishga to‘xtadik, — deganlar eski tajribalariga suyanib shunday fikr bildirdilar.
Buhayra donishmand dindor kishi edi. Kichik yoshidan boshlab shu maslakning etagidan tutgan, o‘z ishiga sodiq bir odam edi. Necha yillardan beri shu ibodatxonada uzlatda yashaydi, kelganketganlarga pandnasihat qiladi, o‘zi kirgan yo‘lga da’vat etadi.
Buhayraning ibodatxonasi Makka — Shom yo‘li orasida qad ko‘targani bois, ayniqsa, yoz oylarida bu yerga ko‘plab karvonlar qo‘nib o‘tardi.
Buhayra ibodatxonaning shundaygina yonidagi daraxtzorda to‘xtab dam olishni odat qilgan karvonlarning oldiga borar, ular bilan suhbatlashar, ammo ular rohibning so‘zlarini beparvolik bilan tinglashar, butlarga sig‘inishning bema’niligini gapirganda esa, qovoqlarini solib olishar edi. Hadeb shunday bo‘lavergach, Buhayra ulardan yuz o‘girib, yo‘lovchi karvonlarga endi beparvo bo‘lib qolgan edi.
Oradan bir necha yil o‘tdi, rohibning bir paytlar karvon huzuriga peshvoz chiqib pandnasihatlar qilishlari unutildi. Shu bois odamlar u haqda «odamovi bir kishi» deb o‘ylaydigan bo‘lishdi.
Yillar shu yo‘sinda o‘tar, na kelganlar Buhayra 6ilan ko‘rishishni orzu qilar, na Buhayra ularning qarshisiga peshvoz chiqar edi. Faqat daraxtzorda dam olish uchun to‘xtaganlar ibodatxonaning yonidagi quduqdan suv olishar, so‘ngra yana yo‘llarida davom etishar edi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  31 Dekabr 2008, 09:29:20

* * *
Ibodatxonada Injil o‘qish bilan band bo‘lgan Buhayra uzoqdan kelayotgan bir karvonni ko‘rib qoldi. Ko‘rdi, ammo bu karvon bilan bog‘liq bo‘lgan bir g‘aroyib sirsinoatga ham ko‘zi tushdi. Chunki ko‘rinarko‘rinmas bir bulut parchasi ham karvon bilan birgalikda kelayotgan edi.
Ko‘zlarini ishqaladi, yana qaradi, yanglishmayotgani aniq edi. Bir ozdan so‘ng karvon kelib daraxtzorda to‘xtaganida, bulut ham ularning ustida muallaq turib qoldi.
Hech ham hazili yo‘q g‘aroyib hodisa edi bu. Bir bulut yoki bulutga o‘xshagan ma’naviy shamsiya edi bu. Rohib karvonda hurmati baland, buyuk bir zot borligiga ortiq shubha qilmas edi.
Darhol o‘rnidan turdi. Xizmatkorlariga ovqat tayyorlab, dasturxon yoyishni buyurdi. Bir odam jo‘natib, butun karvon ahlini ziyofatga taklif etdi.
Yo‘lovchilar bu taklifning ma’nosini tushuna olmadilar. Chunki bunday mehmondo‘stlikni sira ham kutmagan edilar. Kelgan odam butun karvon ahlini ziyofatga taklif qilganida, gumonsiray boshladilar:
— Yana noto‘g‘ri eshitgan bo‘lmagin, birodar?
— Har holda, xo‘jayining, darhol bu yerdan ketishsin, degan bo‘lsa keragov.
— Yaxshisi, yana bir so‘ra, aniqla...
Chopar Buhayraning nima buyurganini juda yaxshi bilardi.
— Gapim rost. Hatto sizlar uchun ovqat pishirishni ham buyurdi.
Abu Tolib uning so‘zlarini bo‘ldi:
— Sen yana orqangga qayt, nima deganini yaxshilab bil. Biz u yerga borganda, xo‘jayining haydab yubormasligiga ishonchimiz komil emas.
Buhayraning odami tush ko‘rmayotgan edi. Ammo u ham ustozining necha yillardan beri kelganketganlar bilan sira ham qiziqmaganini, sira bunday ish qilmaganini bilardi.
Shu orada ibodatxonaning eshigi oldida ko‘ringan Buhayra qo‘l siltay boshladi, «Marhamat, bizning go‘shamizga xush kelibsiz», deyayotgandek bo‘lardi. Endi haqiqat ro‘yrost anglashilgan edi.
Chopar Buhayraning buyrug‘ini takrorladi:
— Karvondagi hamma kishi taklif etildi. Hech kim orqada qolmasin.
Abu Tolib hammaning bu taklifga hozirlanishini buyurdi. Faqat suyukli jiyanini qoldirib, yuklarning oldida turib turishni tayinladi. Karvon ahli katta bir jamoa bo‘lib ibodatxona sari yo‘l oldi.
—   Nahotki shu rost bo‘lsa, ey Buhayra, bunday saxiylikning boisi nedir?
—   Sendan bunday taklifni sira kutmagan edik, ey Buhayra.
Aslida Buhayra ham ularni taklif etmoqchi emasdi.
— Gaplaringiz to‘g‘ri. Ammo bugun kayfiyatim o‘zgacha. Shunday, o‘zim bir o‘tirib, sizlar bilan suhbatlashay, dedim...
Suhbat shu yo‘sinda boshlandi. Buhayra ziyofat chog‘ida yo‘lovchilarni birmabir ko‘zdan kechirdi. Ko‘zi tushgan zahoti qalbi huzurga to‘ladigan bir chehrani qidirardi ularning orasidan. Qaytaqayta qaradi, kutgan odami bularning orasida yo‘q edi. Yanglishganini angladi. Demak, bu safar ko‘zlari uni aldabdida.
Ularning yonidan ketdi, derazadan karvon turgan joyga yana bir bor qaradi. Ma’naviy shamsiyaning hamon o‘sha yerda turganini ko‘rdi. Darhol mehmonlarning yoniga qaytdi:
— Karvon ahlidan kim qoldi u yerda?
— Ha, kichkina bir bola bor edi, uni poyloqchi
qilib qo‘yib keldik.
—   Uni ham olib kelinglar.
—   Ammo u kichkina bir bola.
— Mayli, bola bo‘lsa ham, iltimosimni qaytarmanglar...

Qayd etilgan