Ahmad Lutfiy Qozonchi. Saodat asri qissalari (1-kitob). Intizor kutilgan tong  ( 211455 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 ... 31 B


AbdulAziz  31 Dekabr 2008, 09:30:22

Abu Tolib rohibning iltimosiga rozi bo‘ldi. Bir kishini yubordi. U shu yerda jimgina o‘tirgan nurli bolani yetaklab olib keldi. Qiziqishi ustun kelib tashqariga chiqqan Buhayra butun diqqate’tiborini ko‘zlariga to‘plagan edi.
Bir ozdan so‘ng u shamsiyabulutning ham harakatga tushganini va shu tomonga kelayotganini ko‘rib, hayratdan dong qotdi. Yuragi to‘xtab qolishidan cho‘chidi. Umrida bunchalik hayajonlanganini hech eslay olmasdi. Bir qo‘lini ko‘kragiga qo‘yar ekan, Ollohning suyukli bir bandasi bilan ro‘baro‘ bo‘layotganiga ortiq shubha qilmas edi.
— Yo Ollohim...
Bu so‘zlar Buhayraning teztez urayotgan yuragidan chiqayotgan samimiy tuyg‘ular edi. Yuzmayuz kelgan nurli go‘dak uni ushbu tuyg‘ularga chulg‘agan edi. Shu onda shamsiyabulut ham ularning tepasiga kelib to‘xtadi. Buning
bulut emasligiga qasam ichishga tayyor edi u. Hech ko‘rmagan g‘aroyib bir soya edi. Bulut emasligi ayon, chunki bulut bo‘lsa, soyasi ham bo‘lardi.
Ziyofat tugaguncha undan ko‘zini uzmadi. Kitoblarda o‘qigan belgilarni undan qidirardi. Go‘dak qora qosh, qora ko‘zli edi. Boshi kattagina bo‘lib, gul rangini yodga soladigan tiniq bir chehrali edi. Barmoqlari etli, suyaklari yo‘g‘on, nigohlari jonli, doim kulimsirab turardi.
Buhayra Abu Tolibga o‘girildi:
— Bu bolaning ismi nima? — deb so‘radi. Muhammad.
 Ijozat bersangiz, undan ba’zi narsalarni so‘ramoqchi edim.
— Marhamat, so‘rayvering. Abu Tolib jiyaniga o‘girildi:
— O’g‘lim, bu amakingning savollariga javob ber, xo‘imi?
Dasturxon atrofida o‘tirganlar ovqatlarini yeb bo‘lishgach, endi bu qariya bilan Muhammad ibn Abdulloh orasida o‘tayotgan savoljavobni kuzatib, quloq sola boshladilar.
Sendan ba’zi narsalarni so‘ramoqchiman. Lot bilan Uzzoga bo‘lgan muhabbating haqqi, to‘g‘ri javob ber.
Bu so‘zlar kulimsirab turgan bolaning qovog‘i uyulishiga sabab bo‘ldi.
 Lot bilan Uzzoning nomidan qasam ichtirib mendan hech narsa so‘rama. Olloh haqqi, mening ularga nisbatan bo‘lgan nafratimni so‘z bilan ifodalashim qiyin.
Buhayra bu savolni berish bilan kutilgan ilk javobni olgan edi. Arablarning suhbatlarini tinglar ekan, «Lot bilan Uzzoga bo‘lgan mehrmuhabbatim haqqi», deya birbirlariga qasam ichishlaridan u voqif edi. Ammo u o‘qigan diniy kitoblarda yozilgan ma’lumotlarga ko‘ra, bu bola Lot bilan Uzzo singari butlarga faqat nafrat hissini tuyishi kerak edi.
Hech kim kutmagan bu javob karvondagi ba’zi kishilarning noroziligiga sabab bo‘ldi. Chunki Muhammad nafratlanadigan butlarni o‘zlari bilan olib kelmaganliklaridan qattiq afsuslangan kishilar shular edi.
—U holda sendan so‘raydigan savollarimga, Ollohga bo‘lgan muhabbating haqqi, to‘g‘ri javob ber.
—   Bajonidil, qulog‘im senda.
—   Qanday uxlaysan?
111
G’aroyib bir savol edi bu. Bema’ni savol sifatida qabul qildilar. Ancha keksayib qolgan Buhayra nodonlik qilayotganga o‘xshardi. Inson uxlayotganda qanaqasiga o‘z uyqusi haqida xabardor bo‘lsin? Uning qanday uxlashini boshqa birovdan so‘rash darkor edi. Nigohlar Abu Tolibga qadaldi. Abu Tolib:
— Shiringina uxlaydi...

Qayd etilgan


AbdulAziz  31 Dekabr 2008, 09:31:50

Uyqusida ham uyg‘oq paytidagi singari benihoya yoqimtoy, demoqchi edi. Ammo kutilmagan javob Abu Tolibning bu so‘zlariga o‘rin qoldirmadi:
— Ko‘zlarim uxlagTdi, ammo ruhim, qalbim doimo uyg‘oq. Odamlar birbiriga qarashdi. G’aroyib bir javob, deb o‘ylaganlar bo‘ldi. Abu Tolib ham ajablanib qoldi. Buhayra bu daf’a yonidagilarga o‘girildi:
—   Bu bolaning ko‘zlaridagi qizillik haqida nima deysizlar? Yo‘l azobining ta’sirimi yoki kasallik asoratimi? Yoki tug‘ilganidan beri shunaqami?
—   Uning ko‘zlari hamisha shunaqa bo‘lgan va hozir ham shunday.
Bu javobni bir necha kishi birdaniga aytdi. So‘nggi so‘z yana Abu Tolibniki bo‘lishi kerak edi. U birodarlarining gaiini tasdiqladi:
— Darhaqiqat, uning ko‘zlari tug‘ilganidan beri shunaqa.
Shundan keyin Buhayra boladan ko‘ylagini ko‘tarishni buyurdi. Badaniga diqqat bilan razm soldi. Ikki kurak suyagining orasida kattagina, xolga o‘xshash belgi bor edi. Biroq xol emas edi. Yoxud u yerga tuklar yig‘ilgan, yoxud go‘sht parchasi qotib qolganga o‘xshardi. Ammo bunday hol hali inson zotida kuzatilmagan edi. Shu bois uni ta’riflash ham g‘oyat mushkul. Shu belgini ko‘rgach, ko‘ylagini tushirtirdi.
Tarixlarda tafsiloti keltirilmagan yana bir necha savol berildi, kutilgan javoblar olindi. So‘shra Buhayra:
— Orangizda bu bolaga eng yaqin kishi kim? — deb so‘radi.
—    Menman.
—    Xo‘p, u senga kim bo‘ladi?
— O’g‘lim bo‘ladi.
Buhayra «yo‘k» degan ma’noda bosh chayqadi. Abu Tolib uning maqsadini tushundi:
— Xo‘sh, nega otasi bo‘lolmas ekanman?
—   Chunki bu bolaning otasi o‘lgan, yetim bo‘lishi kerak.
—   Qayokdan bilasan?
—   Qayoqdan bilishimni saldan keyin gapirib beraman. Hozir esa, sen to‘g‘risini ayt, haqiqatan ham bu bolaning otasimisan?
—   Yo‘q, amakisiman. Ammo otasidan ham ko‘proq yaxshi ko‘raman uni.
—   U holda, ey Abu Tolib, sen darhol bu jiyaningni o‘z yurtiga jo‘nat. Yahudiylar unga biron zarar yetkazishidan ehtiyot bo‘l. Chunki ular men bu bolada ko‘rgan fazilatlardan voqif bo‘lsalar, unga bir balo qilishga urinishlari beshakdir. Jiyaning kelgusida buyuk martabaga sazovor bo‘lishi tayin.
Shundan keyin o‘n ikki yoshlar chamasidagi eng buyuk insonning qo‘llaridan tutdi:
— Olamlarning xo‘jayiii mana shu boladir. U kelgusida olamlarning Robbi bo‘lgan Ollohning rasuli bo‘ladir. Ollohning olamlarga rahmat o‘laroq jo‘natadigan payg‘ambari mana shu! — dedi.
Abu Tolib birdaniga ko‘z o‘ngida martabasi oshgan qariyadan so‘radi:
— Xo‘sh, aytchi, sen bularni qaerdan bilasan?
Oldimizda turgan mana shu muqaddas kitobdan. Bu kitob Ollohning so‘nggi payg‘ambari Makka shahrida, yaqin zamonda yuzaga chiqishi xaqida ma’lumot beradi. Ushbu payg‘ambarning o‘ziga xos xususiyatlari ham mazkur kitobda keltirilgan.
Abu Tolib kelibketgan shuncha karvonlarga qayrilib ham boqmagani holda, ularni chin ko‘ngildan mexmon qilgan qariyaning asl maqsadini tushuna boshladi.
Endi yo‘lga chiqish payti ham yetib qolgan edi. Xayrlashildi va yurish boshlandi. Ularning orqasidan ancha paytgacha qarab qolgan Buhayra yonidagi xizmatkoriga o‘girildi:
—    Ko‘ryapsanmi?
—    Nimani?
—   Haligi bolaning tenasidagi narsani? Xizmatkorlar birbirlariga ma’noli qarab ko‘yishdi.
—   Ha, ha, ko‘ryapmiz.
Bir ozdan keyin biri ikkinchisiga: «Endi toza qaribdi bu chol», dedi. Buhayraning ko‘rganini hamma ham ko‘rishga qodir emasdi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  31 Dekabr 2008, 09:32:59

* * *
Buhayra karvon orqasidan to ular ko‘rinmay, karvon ko‘targan chang-to‘zon yotguncha qarab turdi. Ibodatxonaga qaytarkan, «Ming afsuski, umrimning kuz fasli tugamoqda», deb ming‘irladi. Vaqtisoati yetib, o‘n ikkio‘n uch yoshlarda bo‘lgan bu bola voyaga yetib, unga nabiylik va risolat berilganda, bu qariyaning ustiga tortilgan qora tuproq, kim biladi, necha marta oyoqosti qilinib, shamollar uning xoklarini qay taraflarga uchirib ketarkan?
Buhayra bu xayollardan namlangan ko‘zlarini kaftlari bilan artdi va osmonga tikilib:
Ollohim, naqadar go‘zal bu bola, naqadar go‘zal bu bola, Ollohim... — derdi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  31 Dekabr 2008, 09:33:51

SUIQASD QILISHMOQCHI!

Karvon Busraga yetib borgach, Abu Tolib ortiq yurishga istagi yo‘qligini bildirdi. Rohib Buhayraning so‘zlariga beparvo qarab bo‘lmasdi. Yuragini bir qo‘rquv egallab, vujudvujudigacha singib ketgan bezovtalikdan qutulish mushkul bo‘lib qoldi. Orasira ko‘z oldida rohib Buhayraning siymosi gavdalanar, oldiga kelib Muhammadning qo‘lidan tutar va: «Olamlarning xo‘jayini mana», deyayotgandek bo‘lar edi.
Abu Tolib jonidan ortiq ko‘rgan jiyanining rostdan ham ana shunday martabaga sazovor bo‘lishini juda-juda xohlardi.
Abu Tolibning Busradan uyga qaytish haqidagi buyrug‘iga karvon ahli sira xam afsuslanmasdan rozi bo‘ldi. Chunki ular qo‘llariga kutilganidan ham ko‘proq daromadni kiritgan edilar. Buning ustiga yana davom etadigan yo‘l azobidan qutulishgan, maqsadlariga ortig‘i bilan yetishgan edilar.
Bu orada uch begona kishi Busraga kelgan karvonga, yana ham to‘g‘rirog‘i, undagi ko‘rkam bir bolaga qiziqib kolgan edi. Bu uch maslakdosh o‘zaro qisqa, ammo uzilkesil qarorga kelinadigan bir majlis o‘tkazdi.
— Nima deysan, yo Zubayr?
— Meningcha, bu o‘sha bola. Ammo ishonchim qat’iy emas. Sening fikringchi?
— Men ham sening fikringga qo‘shilaman. Mabodo shunday bo‘lsa, endi yahudiylarning saltanati bitdi, deyaver.
Tammom amaliy yo‘l tutishni afzal ko‘rardi:
— Eng yaxshisi, bu bolani bir xilvatroq joyga olib borib, undan kerakli narsalarni so‘rab bilish, uzil kesil ishoich hosil qilingan taqdirda, darhol saranjomlab qo‘ya qolish kerak.
— To‘g‘ri ganni aytding, ey Tammom.
Sekin bolaga yaqinlashdilar. Ammo uning yonida uzun bo‘yli, basavlat, yelkador bir kishi turar, orasira karvonga farmon berar edi. Uch maslakdosh yahudiyni ko‘rgan zahoti sekin qo‘lini qilichining dastasiga olib bordi va fitnachilarning ko‘ziga tik qaradi. Haligi uch hamfikr lommim demay ko‘zdan yo‘krldi.
Lekin ish shu bilan bitmadi. Bolaning yolg‘iz qolish ehtimoli bor edi. Uzokdan karvonni ta’qib eta boshladilar. Biroq amakisi go‘yo undan bir soniyaga ham ajralmaslikka qasam ichganga o‘xshardi. Karvon har doimgidan ham qisqa vaqt ichida savdosotiq ishlarini bitirib, Busrani tark etdi.
Maslakdoshlarning ichini it tatalay boshladi. Bu ishni qilmaslik ular uchun jinoyatdek gap edi. Agar haqiqatan ham bu o‘sha bo‘lsa, yahudiylar davru davron surgan zamon bitgan hisob edi.
Dariso birodarlarini bir chekkaga boshladi:
— Menga qaranglar, agar bu bola o‘sha bo‘lmasa, ma’sum, begunoh bir bolaning uvoliga qolamiz. Eng yaxshisi, hoziroq orqalaridan yo‘lga chiqaylikda, rohib Bu hayrani topib, uning fikrini ham eshitaylik. Ehtimol, kelayotganlarida u bilan uchrashishgandir. Yoki qay tishlarida ko‘rishishar. Nima qilishni rohib Buhayra bilan ko‘rishgandan keyin kelishib olamiz.
Bu tadbir sheriklarga ma’qul bo‘ldi. Chunki o‘ta ehtiyotkorona bir tadbir edi.
— To‘g‘ri o‘ylabsan, ey Dariso, — dedi sheriklari. Uch tuyaga mingan bu uch kishi Busrani tark etgan karvonni izmaiz ta’qib etib, yo‘lga chiqdi. Ular qaerga borishadi, nima ish qilishmoqchi — hech kim bilmasdi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  31 Dekabr 2008, 09:35:25

* * *
Buhayra kutilmagan mehmonlarni bu uch maslakdoshni ibodatxonaga taklif etdi. Har biri bilan alohida-alohida salomlashib chiqdi. Oldilariga dasturxon soldi. Qorinlari to‘ygach, Zubayr:
— Sen bilan bir yashirin ish haqida maslahatlashishga keldik, ey Buhayra, — dedi.
— Juda yaxshi, maslahatlashamiz.
— Yaxshisi, chiqib, hech kim eshitmaydigan joyda gaplashsak.
Ibodatxonadan chiqdilar, bir daraxtning soyasiga o‘tirdilar.
— Bu yerda gaplashilgan gaplarni faqat shu daraxtlar eshitishi mumkin, xolos. Ularning ham sir saqlashlariga shubha yo‘q, — dedi Buhayra.
Zubayr gap boshladi:
— Bir necha kun oldin Busraga Hijoz tomonlardan karvon keldi... — deya voqeani so‘zlab berdi va so‘zlarini shunday davom ettirdi: — Endi sening fikringni bilsak, devdik, ey Buhayra, qani, aytginchi, bu karvon va g‘aroyib bolani ko‘rdingmi?
—   Ko‘rdim va gaplashdim.
—   Xo‘sh, nimalarni gaplashding? Buhayra o‘tirgan joylariga ishora qildi:
— Xuddi mana shu yerda to‘xtadilar. Uzoqdan kelayotganlaridayoq tepalarida bulut kabi bir narsaning harakat qilayotganini ko‘rib, karvonga qiziqib qoldim...
Buhayra bo‘lgan voqeani tafsilotlari bilan so‘zlab bergach, so‘radi:
— Demak, u karvon Busrani tark etdi, shundaymi?
— Ha, bizdan oldin bu yerdan o‘tgan bo‘lishlari kerak.
Buhayra qo‘llarini tizzasiga urdi:
— Attang, zo‘r fursatni boy beribman, — dedi.
Tammom:
—Mana, biz ana shunday fursatni boy bermaslik uchun shoshmoqdamiz.
—   Tushunmadim.
—   O’sha bolani o‘ldiramiz. Buhayra titrab ketdi:
— Qilolmaysiz bu ishni! Qilishingiz kerak ham emas!!!
— Nega?
— Agar bu bola rostdan xam o‘sha bo‘lsa — darvoqe, men bunga yuz foiz kafilman — bu ishga kuchingiz yetmaydi. Chunki buyuk Olloh uni panohida asraydi. Sizlarning shum niyatingiz amalga oshishiga aslo yo‘l qo‘ymaydi. Bekorga juvonmarg bo‘lib ketasizlar, ammo unga zarar yetkaza olmaysizlar. Butun dunyo odamlari birlashsa ham, uning payg‘ambar bo‘lishiga va yuksaklardan berilgan vazifani ado etishiga to‘sqinlik qilolmaydi. Ammo bu bola bo‘lajak payg‘ambar bo‘lmasa, u holda bir ma’sumning uvoliga qolasizlar. Menga desa, sizlar bu shum niyatingizni shu yerda qoldiringlarda, orqaga, yurtlaringizga qaytinglar.
Buhayra to‘g‘ri gapni aytgan edi. Kitoblarda yozilgan ma’lumotlar azaliy taqdirdan bahs etardi. Bu taqdirni o‘zgartirish, unga to‘sqinlik qilish hech kimsaning ko‘lidan kelmas. To‘sqinlik qilishga uringanlarning holiga voy, faqat Ollohning hukmi bajo bo‘lar, Ollohning irodasi doim ustun, doim g‘olib kelar edi.
Zubayr e’tirof etdi:
— Ishning bu tomonini biz o‘ylamagan ekanmiz, ey Buhayra, bizni to‘g‘ri yo‘lga solding, — dedi.
Shundan keyin xayrlashdilar va Busraga qaytdilar. Abu Tolib va karvon ahli bu mojarodan bexabar edilar.

Qayd etilgan


AbdulAziz  31 Dekabr 2008, 09:35:56

YANA BUTLAR QOSHIDA

Abu Tolib jiyanining butlarga nisbatan befarq ekanligini bilardi, ammo rohib Buhayraning huzurida aytganidek, ularga qarshi cheksiz nafrat hissini tuyishidan bexabar edi. Safardan qaytgach, yo‘l taassurotlarini gapirib berarkan, Buhayraning go‘shasida bo‘lib o‘tgan voqeani ham butun tafsilotlari bilan so‘zladi.
— Haqiqatan ham, uni butlarning qoshiga hech olib borolmadik, — dedilar.

Qayd etilgan


AbdulAziz  31 Dekabr 2008, 09:36:35

* * *
Har yili makkaliklar Buvona butining yonida to‘planishar, o‘sha kuni maxsus marosimlar o‘tkazilar, sochsoqollar olinar, janjallashganlar yarashar, qurbonliklar so‘yilar edi. Kun botgunga qadar bu marosimlar davom etardi.
Amakilar va ammalar bu yil o‘n ikki yoshga to‘lgan jiyanlarini ham ushbu diniy marosimga olib borishga qat’iy ahd qilishdi. Abu Tolib:
— Muhammad, bu yil sen ham Buvonaning qoshiga borasan, — dedi.
Ammo olgan javobi ko‘ngliga o‘tirishmadi. Jiyani u yerga borishni sira ham istamadi. Abu Tolib boshliq amakilariyu ammalari Muhammaddek itoatli bolaning birdaniga «Bormayman» deb qat’iy qarshilik ko‘rsatishini va o‘jarlik qilishini sira kutishmagan edi.
—   Unday dema, o‘g‘lim, ilohlar g‘azablanadilar. Buning oqibati yaxshi bo‘lmaydi. So‘ngra boshingga falokat yog‘diradilar...
   Bu so‘zlarning zarracha ham foydasi bo‘lmadi.
Axiyri yalinibyolvorib, ko‘ndirdilar. Bunday bir ma’sum go‘dak qalbining ilohlarga qarshi tushunib bo‘lmas darajada kin va nafrat hissiga to‘liq ekanligini hech jihatdan izohlay olmasdilar.
Butning qoshiga keldilar. Har bir kishi uning qoshida egilar, duo qilar, istaklarini bayon etar edi. Abu Tolib ham bordi, u ham boshqalarning ishini takrorladi. So‘ngra amakilar, ammalari xuddi o‘sha amallarni ado etishdi.
Shunchaki tosh parchasi edi Buvona. Abu Tolibdek aqli raso, hurmati joyida, viqor va salobat egasi bo‘lgan bir kshpining toshga, jonsiz borliqqa sig‘inishi ham kulgili, ham ayanchli edi.
Ulkan bir xonadon — Hoshim o‘g‘illarining yetakchisi Abu Tolib...
Boshqalarga aql o‘rgatadigan, yaxshilikka boshlaydigan, aqli va tadbiriga hamma ishonadigan, so‘ziga hamma quloq soladigan Abu Tolib...
Ha, o‘sha Abu Tolib tosh parchasi qarshisida naqadar egilmoqda! Qanday qilib shunday odam toshlarga iloh deb qararkan?
Boshqa amakilari ham sevilgan, hurmati joyida bo‘lgan kishilar edi. Nurli Muhammad Abu Tolib boshliq amakilariyu ammalarini ham yaxshi ko‘rar, xurmat qilar edi. Ammo ularning bu bema’ni xattiharakatlariga, inson qadrini pastga uradigan 6u turfa qiliqlariga hech tushuna olmasdi.
— Qani, Muhammad, sen ham tiz cho‘k buyuk Buvonaning qoshida.
Bu «Sen ham biz kabi bo‘l, toshtaxtalarning quli bo‘lganingni tan ol» deyish bilan barobar edi.
Yo‘q, u aslo bunday qilolmaydi. Xohlagani taqdirda ham, uni ertaning buyuk payg‘ambari o‘laroq yetishtirayotgan Olloh bunga izn bermas, yo‘l qo‘ymas edi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  31 Dekabr 2008, 09:37:29

Muhammad qotib turardi. Go‘yo bu taklifni hech ham eshitmagandek edi. Ikkinchi bor murojaat etildi:
— Qani, Muhammad, ko‘p kuttirma!
Kelishi mumkin bo‘lgan balolarning oldini olish uchun qarindoshlari Buvonaga yolvorishar, bola bo‘lgani, yetimligi bois, uning bu illatini kechirishini o‘tinar edilar.
Bu orada Muhammad yuzi sarg‘ayib, tizzalari qaltiray boshladi. Bahaybat bir maxluq yaqinlashayotganidan dahshatga tushgandek, qo‘rquv izlari bor edi yuzida. Ammasi darhol uni quchog‘iga oldi. Muhammad hushidan ketdi.
Iloh Buvona darg‘azab bo‘ldi, deb tushunishdi. Yoshgina bolaning Buvona kabi mashhur butga qarshi oyoqqa turishi aql bovar qilmaydigan jasorat namunasi edi.
— Tashqariga chiqqim kelyapti...
Olomon orasidan olib chiqib, xilvatroq joyga bordilar.
— Nima bo‘ldi, jigarim?
— Yonimga oppoq ko‘ylakli, uzun bo‘yli bir odam keldi. «Ey Muhammad, zinhor bu butga qo‘l tekkizma», dedi. Qo‘rqib ketdim. Yana butlar boshga balo keltirmasin, deb u yerdan uzoqlashdilar. Uyga kelganlaridan keyin ham Muhammadning yuz ifodasida hamon ro‘y bergan voqeaning ta’siri bor edi.
Uni uyda qoldirib, yana butning qoshiga ketdilar. Chala qolgan amalni oxiriga yetkazish kerak edi. Kechqurun qaytganlarida, qurbonlik go‘shtidan ham keltirdilar.
— Qara, Muhammad, senga qurbonlik go‘shtidan olib keldik.
Muhammad zarracha ham xursand bo‘lmadi. Aksincha:
— Men uni yemayman. Bir parchasini ham og‘zimga olmayman! — dedi.
Yana biror korhol yuz bermasin, deb uni bu safar zo‘rlamadilar.
Shundan keyin Muhammadni biror marta ham butlarga sig‘inishga da’vat qilmadilar.

Qayd etilgan


AbdulAziz  31 Dekabr 2008, 09:38:04

* * *
Sa’d nomi berilgan but oddiy qoyatosh parchasidan iborat edi. Ammo Kinona qabilasi unga alohida bir Hurmat bilan qarardi. Olib kelingan qurbonliklar shu yerning o‘zida so‘yilar, koni esa, ushbu qoyaning ustiga oqizilar edi. Xalq uyimizga baraka kirsin deb kelar, qo‘llarini qonga surar, mollarini ham kasal bo‘lmasin deb shu yerga olib kelar edi.
Bir kuni tuyalarini oldiga solib haydab keltirgan bir odam shu yerda ma’lum muddat qolib duo o‘qimoqchi, baraka so‘ramoqchi bo‘ldi. Biroq yuzlarcha hayvonning qoni bilan irkit holga kelgan bu butqoyani ko‘rgan tuyalar hurkib, yontevarakka tarqalib ketdilar. Egasi ularnito‘xtatish uchun behuda urinardi. Jilovidan tutilgan tuyalar ham tek turmasdilar, qaytaga, uni ham qum ustida sudrab ketardilar. Qora terga botgan bu odam bir amallab o‘rnidan turganida, yontevaragida bitta ham tuya qolmaganini ko‘rdi. Qo‘liga tushgan toshni bor kuchi bilan Sa’dga qarata otarkan:
— Ollohning qaxriga uchragur, tuyalarimni qochirib yubording!.. — deb baqirdi.
Ksyin tuyalarini qidirib ketdi. Amallab hammasini bir joyga to‘pladi. «Endi bu yerni yelkamning chuquri ko‘rsin», deya orqasiga qaytib ketar ekan, shunday baytlarni o‘qirdi.'
«Biz Sa’dning qoshiga keldik, ishimizga baraka bersin deb. Holbuki, u bizning iishmizni bo‘ldirmadi. Endi biz Sa’dning qullari emasmiz. Zotan, u boshqa qoyalar kabi bir parcha tosh emasmi? Na adashganga yo‘l ko‘rsatar, na yordam».

* * *
Otasi bir bosqin paytida o‘ldirilgan Imron ulQays ismli bir shoir intikom o‘tida yonib yurardi. Bu borada butlarning fikrini bilmoqchi bo‘ldi. Hubal butining yoniga kelib fol ochdi. Uch marta ham «O’ch olma» degan yozuv chiqqach, o‘qini butga qarata otdi va:
— Razil ekansan! — deya hayqirdi. — O’ldirilgan sening otang bo‘lsaydi, sira ham unday demasding! So‘ngra asabiy holatda shaxdam yurib ketdi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  31 Dekabr 2008, 09:39:40

* * *
Abu Tolib daromadi uncha ko‘p bo‘lmagan kishi edi. Shu yili o‘n ikkidan o‘tib o‘n uch yoshga qadam qo‘ygan nurli Muxammad uning bu ahvolini yaxshi bilar, unga yordamchi bo‘lishni juda-juda xohlar edi. Bundan tashqari, bekorchilik uni zeriktirardi.
Bir kuni amakisiga qo‘ylarni o‘zi boqib kelmoqchi ekanligini bildirdi. Amakisining, bu uydagilar sen ish qilmasang ham xafa bo‘lmaydilar, deganiga qaramay, iltimos etaverdi.
Nihoyat, uning istagiga rozi bo‘ldi. Abu Tolibning suruviga qo‘shnilardan ham qo‘ylarini qo‘shganlar bo‘ldi. Shu yo‘sinda u o‘ziga ish topgan, o‘zi yashayotgan oilaga ozgina bo‘lsada foydasi tegishidan benihoyat xursand edi. Har bitta qo‘y uchun qo‘shimcha bir qirotdan haq ham olardi.
Makka aslzodalari uchun qo‘y boqish uyatli kasb emasdi. Peshona teri to‘kib pul ishlash ham ayb sanalmasdi.
Qo‘y boqib yurganida kabos degan o‘simlikning yetilgan mevalaridan tanlabtanlab yegani, uzoq paytgacha o‘sha kunlarni shirin xotira sifatida eslab yurgani ham ma’lum. Oradan qirq besh yilcha keyin o‘sha yerlardan o‘tarkan, birodarlariga kabosning qoralari yaxshi yetilgan va mazali bo‘lishini, qo‘y boqib yurgan kunlarida buni totib bilganini so‘zlab bergan edi.
Makkada ba’zi kechalari ko‘ngilochar bazmlar uyushtirilardi. Bunday bazmlar «samar» yoki «musamara» deb atalardi.
Bu bazmlar ko‘rishga arziydigan, ko‘ngilochar marosim ekanligi nurli Muhammadning ham qulog‘iga chalingan edi. Bir kuni kechqurun cho‘pon o‘rtog‘idan suruviga ham qarab turishni iltimos qildi. Borib «samar» bazmini ko‘rmoqchiligini aytdi. O’rtog‘i rozi bo‘lgach, yo‘lga tushdi. Makkaga keldi. Uylardan birida xursandchilik qilinayotganini ko‘rdi.
Odamlar rosa yig‘ilgan. Uzoqyaqindan kelganlar kirib, tomosha qilmoqda. So‘rasa, to‘y bo‘layotgan ekan. U ham kirdi. Bir daraxtning ostiga o‘tirdi. U yerdan hamma yoq ko‘rinib turardi. Ammo o‘tiraro‘tirmas uyqu bosib, ko‘zlarini yumishga majbur qildi. Va u ertalabgacha shu yerda qolib ketdi. Xursandchilik tun yarmigacha davom etib, mehmonlar uyuylariga tarqalishar ekan, daraxt tagida uxlab qolgan yigitchani ko‘rdilar, biroq uni bezovta qilmadilar.
Ertalab yuziga tushgan quyosh nurlari uni uyg‘otdi. Atrofiga qaradi. Hech kim yo‘q edi. O’rnidan turib, qo‘ylarining oldiga ketdi. O’rtog‘i nimalarni ko‘rganini so‘ragan edi, kecha nima bo‘lganini o‘zi xam bilmasligini, uxlab qolganini aytdi.
Oradan birmuncha vaqt o‘tdi. Yana o‘rtog‘idan qo‘ylariga qarab turishni iltimos qildi. Yana Makkaga keldi. Bazm bo‘layotgan bir joyga kirdi. Ammo u yana o‘z holiga qo‘yilmadi, azaliy taqdir g‘olib chiqdi. Yana bazmni ko‘rmay, ertalabgacha rohatbaxsh uyqu og‘ushida bo‘ldi.
Bu uning bazmni ko‘rish maqsadidagi so‘nggi urinishi bo‘ldi. Bundan keyin hech qachon tungi bazmni tomosha qilishga qiziqmadi.

Qayd etilgan