Ahmad Lutfiy Qozonchi. Saodat asri qissalari (1-kitob). Intizor kutilgan tong  ( 211418 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 ... 31 B


AbdulAziz  31 Dekabr 2008, 01:47:35

II
MAVLIDI NABAVIY

(Saodatli tavallud)

«Ashobi fil» mahv qilingan vaqtlarda Abdulmuttalibning sevimli kelini Omina ona bo‘lish arafasida edi. Lekin unda xomilador ayollarda ko‘riladigan holatlar negadir yo‘q edi. O’zi ham hayron edi bunga. Na rangi o‘zgardi, na ko‘ngli aynidi va na qusdi. Qornidagi bolaning borligini va og‘rig‘ini ham hech his kilmasdi.
— Omina, sen hech homiladorga o‘xshamaysan, — deb hazillashib qo‘yishardi ayollar.
   Abdulmuttalib kelinlari ichida ko‘proq Ominani yaxshi ko‘rardi. Buning bir sababi sevimli o‘g‘li Abdullohning omonati ekanligi edi. Qabila raislari ham oldida hayiqib turadigan Abdulmuttalib o‘zining salobatiga, keksaligi, katta obro‘e’tibor egasi ekaniga qaramasdan, xonasiga kirgan Ominani o‘tirgan joyida kutib olishga ko‘ngli bo‘lmay, o‘rnidan turib va hurmat ila:
— Kel, qizim, — derdi.
—    Otajon, ovora bo‘lmang, turmang, — derdi Omina.
—    Mening kelinim har qancha hurmatga loyiq. Hurmatingni joyiga qo‘yolmasam xafa bo‘laman.
— Men uyalaman, otajon.
— Men ham seni hurmat qilmasam, uyalaman, qizim. Qo‘yaver meni, umrining so‘nggi damlarini yashayotgan bu qari chol bilganini qilaversin. U vaqt Omina hech narsa deya olmas, biroz qizargan yuzlari kulimsirar, boshi egilar edi.
Omina ko‘zi yoriydigan kungacha homilali ekanini bilmay bemalol yurdi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  31 Dekabr 2008, 01:50:26

* * *
Sudralib kelgan bir ko‘r kishi Abdulmuttalibning eshigini taqillatdi. Ichkaridan bola chiqdi:
— Kim kerak? — dedi.
Ko‘r odam:
— Ikki ko‘zi bilan ikki oyog‘ini berib, o‘zi sog‘ qolgan bechoraga rahm qiling, — dedi.
   Bola ko‘r kishini darrov ichkaridagilarga aytdi. Abdulmuttalib o‘rnidan turib, «Qaraychi», deb uydan chiqdi. Kelgan odamni ko‘rgach, dudoqlaridan beixtiyor «Unays» ismi chiqdi. Ikki hafta avval ro‘y bergan voqea esiga tushdi. U dahshatli kunda sog‘ qolganlardan biri shu filbon Unays edi.
— Kel, ey Unays.
—    Qornim och, ey Abdulmuttalib. — Unays xotirjam gaplasha olmasdi. O’sha hodisaning dahshatidan qattiq larzaga tushgani bois ahvoli shunday bo‘lib qolgan edi.
—    Eshigimiz sen uchun doim ochiq, ey Unays.
—    Ammo men uyalyapman, juda uyalyapman.
—    Qani, ichkari kirchi.
Unays oldiga dasturxon yoyildi. Taom qo‘yildi. Unays ovqatlanar ekan:
— Biz sizga bunday muomala qilmagan bo‘lardik, —dedi.
— Unday dema, Unays. Balki, sizlar bizdan ko‘ra yaxshiroq muomala qilgan bo‘lar edingizlar.
Unays og‘zidagi luqmani yutgach, Abdulmuttalibga qarab:
— Bizning sizlarga qanday muomala qilganimizni bilmagan qoldimi? Sizlar bizga hech qaiday yomonlik qilmagan bo‘lsalaringiz ham, minglarcha askar bilan haftalab piyoda yurib kelib, ustlaringizga xujum qilmoqchi bo‘ldik. Holbuki, sizlar bizni bilmas edingizlar, biz ham sizlarni bilmagan edik. Ammo mahv bo‘ldik. Olloh mahv etdi bizni. Biz shunga loyiq edik. Sizlar shunday maqsad bilan bizning taraflarga borganingizda edi, sizlarga bir yutum suv, bir dona xurmo bermasdik. Ammo sizlarda chin insonlik bor, mehru oqibat, xayru saxovat bor. Meni mehmon qilayotirsizlar. Abdulmuttalib, sen o‘sha, Abrahaning yoniga borganingda, so‘zingni eshitgan edim.
— Nimani?
—    Vodiyda insonlar, tog‘larda yirtqich qushlar sening dasturxoningdan ovqatlanishini.
—    Qo‘y ularni, Unays, o‘zingdan gapir, o‘sha kuni nima bo‘ldi?
—    U kuni... Ha, u kuni momaqaldiroq chaqmoq chaqqandek bo‘ldi. Nima hodisa yuz berganini bilolmay qoldik. Lashkarimizga, kuchqudratimizga ishongan edik. Ka’bani buzishga, yo‘limizni to‘sganlarni esa, qirib tashlashimizga mutlaqo ishonardik. Hech qanday kuchqudrat bizni to‘xtata olmaydi, deb o‘ylagan edik. Olloh bizni shu kichkina qushlar otgan kichik toshlar bilan mahvu parishon etib qo‘yaqoldi. O’zimizni dunyoning hokimi deb o‘ylardik, ammo ko‘z ochibyumguncha, o‘rilgan bug‘doy bog‘lari kabi, terilib qoldik.
Unays oxirgi luqmani yutarkan, so‘zida davom etdi:
— Men filning o‘rnidan turmaganini ko‘riboq, bu ishda bir hikmat borligini tushungan edim. O’shanda: «Qaytishingiz kerak. Fil o‘zicha yotgani yo‘q», degan ovozni eshitgandek bo‘laverdim. Orqaga, o‘ngga, chapga yurib, ammo Makka tomonga hech yurmaganidan keyin bu hol ko‘rinmas bir Kuchning ishi ekanini, u kudrat bizni endi o‘z holimizga qo‘ymasligini anik bildim. Buni Abrahaga aytmoqchi edim. Ammo u nayt u osmonlarda yurgan edi. Hech kimning so‘zini eshitmas, hech gap qulog‘iga kirmas bir holda edi. Zotan, oradan ko‘n vaqt o‘tmadi ham. Qushlar yetib keldilar.
— Abrahaga nima bo‘ldi?
— Abrahani oxirgi daf’a oti yerda dumalab yotganda ko‘rdim. Egaridan tushasolib qochib borayotgan edi. Orqasidan: «Yigit bo‘lsang, qochma, Abraha, boshimizga bu baloni sen keltirding, la’nati!» deb baqirdim. Oyoqlarimda turolmasdim. U ham yerga cho‘kdi. Eng oxirgi ko‘rgan manzaram shu bo‘ldi: birdan dunyo qorong‘ulashganini his qildim, holbuki, ko‘zlarim ko‘r bo‘lgan ekai. Undan keyin kim nima bo‘lganini bilmayman. Chunki hamma o‘z jonini saqlamoq dardida har tarafga qochar, faryod qilar edi. Biron kishi boshqa birini o‘ylaydigan zamon emas edi. Orasira Abrahaga yog‘ilayotgan la’natlar eshitilardi. Men ham jo‘r bo‘lib la’natlashga kirishdim. Ammo baqirchaqirlarimizning hech qanday foydasi yo‘q edi!.. So‘ngra sudralibsudralib, qaerga ketayotganligimni ham bilolmay, u la’nati maydondan uzoqlashdim. Mana, ko‘rib turganingdek, umrimning poyonini tilanchi lik bilan o‘tkazyapman.
— Fil nima bo‘ldi?
 Filga nima bo‘lganini sira bilmayman. Shundan keyin Unays o‘rnidan turdi:
— Ollohning himoyasida ekanligingizga aminman. Bu Bayt ham, hech shubha yo‘qki, Ollohning uyidir, —deb xayrlashib ketdi.
— Yana kelgin, kutamiz, ey Unays, istagan vaqtingda kel, — dedi Abdulmuttalib.

Qayd etilgan


AbdulAziz  31 Dekabr 2008, 01:51:00

* * *
«Fil voqeasi»dan ellik ikki kun o‘tgan, rabiulavval oyining o‘n biridan o‘n ikkinchisiga o‘tar kechasi.
Eron hukmdori Xusrav uyquda ekan, birdan sakrab o‘rnidan turdi. Yer mudhish tarzda larzaga kelgan edi.
Atrofni ko‘zdan kechirdi: hech o‘zgarish yo‘q. Ayoli ham o‘sha silkinishdan uyg‘onib ketgan edi. Tush ko‘ribmiz, shekilli, deb yana qaytib yotdilar. Ammo uxlay olmadilar. Chunki tashqarida odamlarning ovozlari, hayqiriqlar eshitilar edi. Bu orada xizmatchi eshikni takillatdi.
—   Nima bo‘ldi?
—   Saroy yiqildi, sultonim, holimiz xarob!.. Xusrav yotog‘idan sakrab turdi, apiltapil kiyindi.
Haqikatan ham saroyning bir qismi xarobaga aylangan edi. Qubbalar cho‘kkan, devorlar qulagan edi. Vayrona ostida qolgan bir xizmatkor bor ovozi bilan dodlardi.
Yashab bo‘lmas holga kelgan saroyning atrofidagi uylarga ajabki, uncha zarar yetmabdi. Ertalab bu sirli voqea haqida berilgan ma’lumotda o‘n to‘rtta minoraning yiqilgani qayd etildi.
Xusrav tushdan so‘ng vazirlarini majlisga chaqirdi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  31 Dekabr 2008, 01:51:32

* * *
   Eronliklarning muqaddas otashgohlari ham bu tunda g‘alati voqealarga duch keldi. Bu yer ularning ibodatxonalari bo‘lib, ming yillardan beri hech o‘chmagan shu olovga sig‘inishar edi.
   O’choqchilik vazifasini bajaradigan kishi diniga bo‘lgan hurmati yuzasidan hamda podshohdan qo‘rqqanidan u olovni tinmay yoqar edi. Yolg‘iz vazifasi otashni so‘ndirmaslik, doim yoqib turish edi. Orasira qipqizil o‘t shakliga kelgan otashga o‘zi ham sajda qilib olar, unga yolvorar, bandalik qilar, keyin esa, yig‘ib qo‘ygan o‘tinlaridan birikki dona tashlab qo‘yar edi. Necha yillardirki, vazifasini muhabbatu ixlos bilan bajarib kelardi. Agar olov o‘chib qolgudek bo‘lsa, oqibati yaxshi bo‘lmasligini o‘zining ismidek yaxshi bilardi. Hatto uning va barcha otashparastlarning e’tiqodicha, olovning o‘chib qolishi Tangrining yashamasligini istash degan gap edi. Har borada Tangriga qarzdor bo‘lganidek, uni yashatmoq otashparast xizmatkorning burchi edi.
   Atrofidagi odamlar singari uning fikrlashi ham bu e’tiqod doirasidan chiqmasdi: «Demak, men olov yoqishni kanda qilsam, Tangri yashamaydi», derdi.
   Biroq u: «Hayoti mening qo‘limda bo‘lgan Tangri qanday qilib meni va butun olamlarni yarata oladi?» deya o‘ylay olmasdi, bunday o‘ylashga qobil ham emasdi.
   Lovullab yonayotgan olovning ustiga bir necha bog‘ o‘tinni hurmat bilan qalagach, kir sholchaning ustiga cho‘kdi. Qalangan o‘tinlar yonib bitgunga qadar bemalol bir necha soat vaqt o‘tardi.
   Yengilgina uyqu bosgandek bo‘ldi. Havo astasekin isiy boshlagan bu kunlarda tunlari olovning oldida o‘tirish rohatijon edi.
   Shirin uyqu ila ko‘zlarining yumilganini his qildi. Biror daqiqa o‘taro‘tmas xurrak ota boshladi.
   Necha soat uxlaganini bilmaydi. Xo‘rozlarning qichqirig‘i uni uyg‘otib yubordi. Qalagan o‘tinlariniig yonmaganligiga ko‘zi tushdiyu o‘choqchi o‘rnidan sakrab turdi. Holbuki, o‘tinlarni qalayotganida ularning tagida qipqizil otash bor edi!
   «Ho‘l o‘tin tashladimmikan», dedi o‘zicha. Vaholanki, 6u yerga ho‘l o‘tin kelmaydi. O’tiilarning bari qupquruq edi. Ustidagi o‘tinlar yonmaganidek, tagidagi otash ham so‘na boshlabdi. Darhol cho‘g‘larni o‘rtaga to‘plab puflay boshladi. Ammo barcha urinishlari zoe ketdi. Otash xuddi boshqa birov tomonidan atay so‘ndirilayotgandek edi. Bir oz o‘tib, katta otashgohda olovdan asar ham qolmadi.
O’choqchi hayron bo‘lib, o‘rnidan turdi. Qo‘rkuvdan rangi oqarib ketgan edi.
— O’chdi, o‘chib qoldi... — deb yig‘lamsirardi. Olovni o‘chirib qo‘yganligi uchun kallasi ketishi aniq edi. Kamida cho‘g‘ning ustiga o‘tqaziladi! Shu bo‘lg‘usi manzarani tasavvur eta boshladi hatto. Turgan joyida qotib turaverdi. Ishonib, ko‘n yillardan beri sig‘inib kelgan Tangrisi o‘chib, kulga aylangan edi. Nihoyat:
 O’chib qoldi, o‘chdi! — deb baqirachaqira, saroyga tomon chopdi.
   Ko‘chalar jimjit edi. Uning baqirig‘ini eshitganlar nima bo‘lganini bilish uchun tashqariga qaradilar va ko‘chada «Yenib bitdi» degandek yugurib ketayotgan o‘choqchini ko‘rib, hech narsa bo‘lmagandek, yana ichkaryga — uylariga kirib ketdilar.
   Uchoqchi o‘zining shovqinidan odamlarning bezovta bo‘lishlarini ham o‘ylamas, «O’chib qoldi, o‘chdi», deya baqirib, jinni singari sarsari chopardi. Saroyga yetib borgach, uning baqirchaqiriga quloq solishga odamlarning toqati yo‘kligini ko‘rdi: saroy vayron bo‘lib yotardi...

Qayd etilgan


AbdulAziz  31 Dekabr 2008, 01:52:11

* * *
   Eronning bosh qozisi Mubadon ertalab uyqudan dili xufton bo‘lib turdi. «Nima bo‘ldi?» deb so‘raganlarga: «Hech narsa», deya javob berdi. Nonushtadan so‘ng bir ma’mur kelib, Xusrav uni tush paytida o‘tkazilajak majlisga chaqirayotganini aytdi.
   Mubadon tushga yaqin og‘irog‘ir qadamlar ila saroyga tomon yo‘l oldi.
Husrav shoh raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishda saroyning o‘n to‘rt minorasi yiqilgani ma’lum bo‘ldi. Husrav:
— Saroy xuddi tamalidan buzilgandek bo‘ldi, bu dahshatli hodisadir, — dedi.
Bosh qozi Mubadon so‘z oldi:
— Bu tunda tushimda bemaza voqealar ro‘y berdi. Dajla daryosining qirg‘og‘ida edim. Birdan bir necha sarkash tuya ko‘rdim. Og‘izlaridan ko‘piklar sachrar edi tuyalarning. Oldilaridagi arab otlarini Dajlaga haydab kelardilar. Shu asnoda avval otlar, so‘ngra tuyalar Dajladan suzib o‘tib, Eron yerlariga yoyila boshladilar. Qaerga qarasam, bu tuyalardan boshqa biror narsa ko‘rmadim. Qo‘rquv ichra uyg‘ondim. Bu tushimning saroyda ro‘y bergan hodisaga aloqasi bormikan, degan o‘yda aytyapman. Bu orada yig‘ilishga yuksak martabadagi bir ma’mur kirib keldi. Xusrav:
—   Nima gap? — deb so‘radi. Ma’mur:
—   Sultonim, falokat, — dedi.
—   Nima bo‘ldi? Ma’mur:
—   Otash o‘chibdi, sultonim, — dedi. Xusrav:
—   Tushunmadim, otash o‘chibdi, deysanmi?
—   Ha, sultonim, otash o‘chibdi.
Birdan Xusravning yuzi sarg‘aydi. Yig‘ilishdagilarning ham ranglari o‘zgardi.
— Chaqir menga, o‘sha la’natini! — dedi. Ichkariga irkit bir odam kirdi. Inson qanchalik
urinsada, bu odamdan ham isqirtroq bo‘la olmasdi.
— Qani, aytchi, rostdan o‘chdimi otash?
—   Ha, o‘chdi, sultonim.
—   Nega qaramading? Sening vazifang nima o‘zi?
—   Qaradim, sultonim. Butun g‘ayratim bilan o‘tin qalasam ham, baribir o‘chdi.
—   Otashchi oldinga birikki qadam tashlab, boshini bir oz ko‘targach, soqolini ko‘rsatdi.
—    Puflayotganimda yondi, sultonim, — dedi. Xusrav ma’murga:
—   Tezda olov takror yoqilsin. Ertaga bu odamni o‘sha otashda yoqib jazolayman, — dedi.
Tashqariga olib chiqayotganlarida o‘choqchi:
—    Mayli, jazolang, biroq mening aybim yo‘qku, — deya e’tiroz bildirdi. Qo‘rqqanidan oyoqlari yurolmaydigan holga kelgan edi. O’choqchi chiqib ketgach, Xusrav:
—    G’alati narsalar ro‘y bermoqda, hech tushunolmay qoldim, — dedi.
Shu payt yana bir xabarchi kelganini aytdilar.
— Darrov kirsin, — dedi Xusrav, yig‘ilishdagilarga qarab:
— Yana bir falokat xabari bo‘lsa kerak.
Ustiboshi tuproqqa belangan bir odam kirib keldi. Xusrav:
— Tezroq gapir, nima bo‘ldi? — dedi.
— Sultonim, Sava ko‘li shu kechada qurib bitibdi. Usha srdagi dono keksalar ham: «Hech qachon katta bir ko‘l bir kechada qurimaydi. Bunda qandaydir g‘ayritabiiylik bor. Tezda sultonimizga xabar beringlar», deyishdi. Darrov otga minib keldim, ― dedi.
— Yaxshi qilibsan.
Aslida, «Yaxshi qilibsan»ga arziydigan xsch narsa yo‘k edi. Bu yaxshi xabar emasdi. Katta bir ko‘l o‘zidano‘zi bir kechada qanday qilib va nima uchun quriydi? Shoh aqlga sig‘maydigan bu xodisalardan gangirab qoldi. Otash... Shuncha yildan beri yonib kelgan, oson yonsin deb maxsus quritilgan o‘tinlar bilan yoqiladigan olov qanday qilib o‘chadi?!
O’riidan turdi. Majlis a’zolari ham yig‘ilish tugadi deb o‘ylab, o‘rinlaridan turdilar.
— Hammamiz birgalikda otashgohga boramiz, — dedi Xusrav.
Otashgohga borib, u yerdagilarning chorasizliklarini ko‘rgach, shoh tang qotdi. Haqiqatan ham olov yonmayotgan edi. O’zi birmabir o‘tinlarni tekshirib ko‘rdi: o‘tinlar qupkuruq. Ammo yonmasdi.
Bir necha soat yoqishga urindilar. Natija bo‘lmagach, shoh otashgohni tark edi.
Podshoh otashgohdan chiqar ekan:
   O’choqchining aybi yo‘q ekan, uni kechirdim, — dedi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  31 Dekabr 2008, 01:53:43

*   * *
O’sha tunda odamlar Samova soyi to‘libtonshb oqqanini ko‘rdilar. Holbuki, bu soy necha yillardan beri suvsiz qaqrab yotgan edi.

*   * *
Xusrav yuz bergan aql bovar kilmas hodisalarni oydinlashtirib bera oladigan bir odam so‘rab, Busra podshohi No‘‘mon ibn Munzirga maktub yo‘lladi. No‘‘mon Abdulmasih ibn Hayyom degan donishmandni Xusravning huzuriga jo‘natdi.
Abdulmasih bo‘lib o‘tgan voqealarni Xusravning o‘z og‘zidan enshtgach, shunday dedi:
— Bu haqda hech narsa deya olmayman. Ammo Shom tomonlardagi Jabiya degan joyda tog‘am Sotih yashaydi, u kishi bilan maslahatlashib, keyin oldingizga kelsam...
— Unda darhol yo‘lga chiq, — dedi sulgon Xusrav. Abdulmasih bu g‘alati hodisalarni tog‘asi qanday sharhlashini bilmoq uchun Shomga jo‘nab ketdi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  31 Dekabr 2008, 01:54:19

*   * *
O’sha, Xusrav saroyida vayronaliklar sodir bo‘lgan kecha tijorat maqsadida Makkaga borgan bir yahudiy olimi g‘alati holga tushdi. Nihoyat, yonidagi Hishom, Valid va O’tbaga qarab:
— Bu tunda orangizda bir bola tug‘ildimi? dedi. Hech kutilmagan gap edi bu. Tomdan tarasha tushgandek ma’nosiz bir savol edi. Hishom hayron bo‘lib:
— Xayolishta qayokdan keldi bu savol? — dedi.
— Qayoqdan kelganini keyin tushunib olasiz. Menga javob bering, bu kecha orangizda bir bola tug‘ildimi?
—    Biz bola tug‘maymiz.
—    Ustimdan kulmanglar...
— Ustingdan kulayotganimiz yo‘q. Biroq bu ahvolingda sen birpasdan keyin bola tug‘vorasan, shekilli.
— Yana meni mazax qilayotibsan, Hishom! Valid gapga aralashdi.
— Sen o‘zing mazaxlashga arziydigan gap qilyapsanda. Bu kecha bola tug‘ilishi yo tug‘ilmasligi bilan nima ishimiz bor? Boshqa ishimiz yo‘qmi? Endi bir kamimiz «Bu kecha kim bola tug‘di?» deb butun Makka vodiylarini kezib chiqishimiz qoluvdi. Lot va Uzzo haqqi aytamanki, sen o‘zing bizni ustingdan kulishga majburlayapsan. Kani, aytchi, maqsading, darding nima o‘zi? Nima demoqchisan bu bilan? Yahudiy pinagini ham buzmasdan:
— Bu tunda bir yulduz paydo bo‘ldi, — dedi. Utba qah-qah otib kuldi:
— Mayli, shu so‘zingga butun qalbimdan ishonay. Ammo paydo bo‘layotgan yulduzlarning hisobi son mingta. Yulduzlar har kecha paydo bo‘ladi, — dedida, oldida turgan sharob to‘la qadahni yahudiyning basharasiga sepib yubordi. So‘ngra xizmatkorini chaqirib: — Darrov ikki chelak suv keltir. Bu yahudiy haliveri o‘ziga kelolmaydi, shekilli, — dedi.
Yahudiy yig‘lamokdan beri bo‘lib turardi. Yuzidagi sharobni artar ekan, dedi:
— Haliyam ustimdan kulyapsizlar, holbuki... Shu payt Valid uning oldiga kelib, boshidan ushladi va tepaga qaratib:
— Holbuki, osmonda bir yulduz naydo bo‘ldi, shundaymi? Utba, kel, shu odamning ko‘zi qinidan chiqib ketgunicha yirib och, birmabir yulduzlarni sanasinchi,—dedi.
   Uch kishi shirakayf holda yahudiyni rosa mazax qilardilar. Lekin yahudiyning og‘zidan faqat o‘sha so‘z chiqardi. Amallab boshini Validning qo‘lidan ajratgach, yana: — Bu kecha bir yulduz paydo bo‘ldi, deyapman sizga, Ahmadning yulduzi. Ollohning oxirgi payg‘ambarining yulduzi. Bu kecha bu payg‘ambar shu shaharda tug‘ilgan bo‘lishi kerak. Barcha muqaddas narsalar haqqi qasam ichamanki, u Ollohning eng so‘nggi payg‘ambaridir. Endi Isroil o‘g‘illaridan payg‘ambarlik ketdi. Qo‘llaridan kitob ham ketdi. Yahudiy olimlarining qadrie’tibori qolmadi endi. Bu ularning o‘ldirilajaklari haqida berilgan hukmdir. Arablar bu payg‘ambar tufayli jaholatdan xalos bo‘ladilar. Ey qurayshliklar, sevininglar, endi, vallohi (Ollohga qasamki), sizlar butun dunyoga eri1nmokdek sharafga ega bo‘lasizlar, — deb o‘rnidan turib, chiqib ketdi.
Makkaning tor ko‘chalarida uyiga borayotgan chol, yonidan o‘tib ketgan bir yahudiyning «Bu kecha Ahmadning yulduzi paydo bo‘ldi, bu kecha Ahmadning yulduzi porlaydi, biz mahv bo‘ldik», degan so‘zlarini eshitib: «Tentak...» deb qo‘ydi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  31 Dekabr 2008, 01:55:12

* * *
Bunday g‘aroyib hodisalar ro‘y berar ekan, nur yuzli bir ayol ham atrofida nimalar sodir bo‘layotganini anglamok uchun o‘ngso‘liga qarab qo‘yar, orasira osmonga tikilib qolar, hayronligi ortar edi.
Necha oydirki, homilador edi. Ammo og‘iroyoq ekanini hech ham bilmadi, ya’ni, homilalik alomatlari hech ko‘rinmadi. Kunlar, oylar o‘tar ekan, qornidagi yetim bolasini, qachon ko‘rar ekanman, deb o‘ylab xavotirlanardi.
Bolasining otasi Abdullohning vafot etganiga bir necha oy bo‘lgan edi. Shomga savdo uchun ketib, qaytishda Yasribda (Madinada) tog‘alarining oldida o‘lgan edi. Abdulmuttalib oilasi uning o‘limiga aza tutib, ko‘p vaqt ko‘z yoshi to‘kkan, Makka xalqi ham bu navqiron yigitning bevaqt o‘limidan ko‘p qayg‘urgan edi.
Yosh kelinchak Omina o‘lgan eriga ko‘p yig‘lagan, mungli she’rlar yozgan, tug‘ilajak bolasini ko‘rolmay bevaqt olamdan o‘tgan Abdulloh sha’niga marsiyalar bitgan edi.
Endi esa, faqatgina bolasi bilan ovunishni o‘ylardi. Bu bola Ominaning birinchi farzandi edi. Atrofidagilardan homilalik belgilari haqida ko‘p narsalar eshitar, ammo ulardan birortasi ham o‘zida sodir bo‘lmaganidan lol edi. Uning bu ahvolini ko‘rgan ba’zi ayollar hayron bo‘lib:
— Qo‘shni, bu Omina tobora go‘zallashib ketayotir. Homiladorman deb bizni aldayotgan bo‘lmasin tag‘in, — deyishardi.
Nihoyat, rabiulavval oyining o‘n biridan o‘n ikkisiga o‘tar kechasi to‘lg‘oq tuta boshladi. Darrov qo‘shni ayollardan ikkitasini chaqirtirdi. Shifo va Fotima degan qo‘shnilari, Ummu Ayman degan joriyasi uning yonida turishdi.
Necha yillardan beri bola tug‘diraverib ko‘zi pishib ketgan bu ayollar uydagi favqulodda holatni ko‘rib hayron qoldilar. Uyda chiroq yo‘q edi. Ammo unga ehtiyoj ham qolmadi. Chunki uy kunduz kabi yorug‘ edi. Faqat, bu yorug‘lik quyoshdan bo‘ladigan yorug‘likka hech o‘xshamas edi. Omina atrofida umrida sira uchratmagan go‘zal mavjudotlarning bayram qilayotganlarini ko‘rdi. Omina yotgan bu xona kichik, go‘zal mavjudotlar esa, bunday xonalarning yigirmatasiga ham sig‘maydigan darajada ko‘p edi. Ular uchun xuddi devor yo‘kdek, bemalol kirib kelaverardilar — xonaning devorlari bu go‘zal maxluqlar uchun mutlaqo to‘sqinlik qilmasdi. Bu sevinch, bu bayram nimaning sharofati? Bu go‘zal xilqatlar kimlar o‘zi? Bu mavjudotlarni boshqa xotinlar ham ko‘ryaptimi?!
Omina bu savollarning javobini bilmasdi. U haggo, tush ko‘ryapman, deb shubhalanayotgan ham edi.
Xursandchilik qilayotganlar Ollohning so‘nggi payg‘ambari endi dunyoni sharaflarga burkayajagi haqida so‘zlashardilar.
Shifo va Fotima xonimlar uyta kiribchiqib turishibdi, doyalik vazifalarini ado etishmoqda edi. Shu vaqt Omina bir necha go‘zal ayol yoniga kelib o‘tirganini ko‘rdi. Bu ayollarning xech qaysisini tanimasdi. Ammo ulardagi ko‘ngilga yaqinlik dunyoning hech bir ayolida yo‘q edi. Yuzlaridan yog‘ilib turgan nur har tarafni oydinlatardi. Omina ular bilan ko‘rishdi. Kelganlar o‘zlarini tanishtirdilar:
— Mening ismim Maryam. Iso alayhissalomning onasiman.
— Mening ismim Osiyo. Misrda xudolik da’vosi bilan chiqqan Fir’avnning xotini edim.
Omina hech tanimagan, ammo ilk ko‘rishidayoq ko‘ngliga yaqinlik ila o‘rnashgan bu muhtarama ayollarning tashrifi bilan ta’rif etilmas bir farog‘atga erishdi. Atrofda nurdan yaratilgan xilqatlarning shodiyonasi davom etardi. Bu orada Shifo xonim:
— Mujda, mujda... — deya baqirdi.
Qo‘lida go‘zallar go‘zali bir chakaloq bor edi. Bu go‘dak aslida Shifo xonimning emas, balki haligi nurli xilqatlarning qo‘lida turgandek edi. Go‘dak kindigi kesilgan va sunnat qilingan holda tug‘ilgan edi.
Doya ayollar hayrat ichida qolishdi. Omina bolasini juda oson tuqqan edi. Hech qanday og‘riq, azoblanish, dard chekish yuz bermadi. To‘g‘rirog‘i, Omina atrofdagi shodxurramlikni tomosha qilarkan, yonidagi muhtarama ayollarning suhbatini tinglarkan, Shifo xonim qo‘liga tutqazgan mujda bilan ona bo‘lganini bildi, xolos.
«Olamlarga rahmat bo‘lgan oxirgi va eng buyuk paygambarning onasi» bo‘lish sharafi Ominaga nasib etgan edi!

Qayd etilgan


AbdulAziz  31 Dekabr 2008, 01:55:48

* * *
Omina «nurli bola»sini bag‘riga bosarkan, atrofida hali ham shodiyonalar davom etardi. O’zlarini Maryam, Osiyo deb tanitgan ayollik olamining sultonlari birbirlarini va Ominani tabriklar edilar.
― Bu tug‘ilgan bola dunyo va oxiratning sultonidir. Olloh taolo uni butun olamlarga rahmat o‘laroq jo‘natdI Ollohning eng sevgili bandasi va eng ulug‘ Rasuli sening o‘g‘lingdir. Senga baxtu saodatlar tilaymiz, ey butun onalarning eng baxtlisi Omina! — der edilar.
Shifo xonim:
— Muborak bo‘lsin, Omina! — der ekan, turmushga chiqqanidan beri Ominaning yuzida oydek porlab turgan nurning yo‘qolganini, endi bu nur quchog‘idagi bolasining yuzida porlayotganini ko‘rib, hayrati ortdi. Fotima xonim ham qaradi: Ominadagi nur bolasiga o‘tgan edi.
Tong otar chog‘ida Omina qo‘ynida bolasi bilan yotarkan, olamlarning sultonini kutib olish uchun kelgan behisob farishtalar sevinch ila yana malakut olamiga qaytdilar.

Qayd etilgan


AbdulAziz  31 Dekabr 2008, 01:56:28

* * *
Ka’baning Hijr deyilgan qismida do‘stlari bilan o‘tirib suhbatlashayotgan Abdulmuttalib Ominaning nurli o‘g‘il tuqqanini eshitib, go‘daklardek sevindi. Yigitlik davrida bevaqt o‘lgan jigarporasi Abdullohning bir omonati o‘laroq u chaqaloqni tezroq bag‘riga bosgisi keldi. Darhol o‘rnidan turib, Safo tepaligiga qarab chopdi. Ominaning uyiga kirib keldi:
— Nevaram qani?
Ayollar yo‘rgakni unga berdilar. Abdulmuttalib chaqaloqning yuzini ochib, aql bovar qilmas darajadagi go‘zal nabirasini ko‘rdi. Uni bag‘riga bosib, yonoqlarini hidlar ekan, jannatdan kelgan xushbo‘y hid ekanligiga aniq ishonar edi. Ko‘zlaridan tomchilagan yoshlar sevinch yoshlari edi.
— Hech bir ko‘z bundan ham go‘zal go‘dakni ko‘rmagan. Hech bir ona bundan ham go‘zal bola tug‘magan. Qasam ichamanki, hech kimning nevarasi mening nevaramdan go‘zal emas! — dedi.
   Bir muddat go‘dakka qarab qoldi. Karagani sari ko‘ngli sevgi, marhamat va shafqat bilan to‘lardi. Bir onda marhum o‘g‘li Abdulloh ko‘z o‘ngiga keldi. Ammo bu nabirasi minglab Abdullohlarning o‘rnini bosadiganday. Bir vaqtlar peshonasida porlagan, keyin Abdullohga, keyin Ominaga o‘tgan nur, nihoyat, asl egasini topganini ko‘rib turardi. Nevarasini bag‘riga bosdi. Ka’baga kirdi, duo qildi, so‘ngra uyga qaytib keldi. Hali ham quchog‘idagi bolasini tomosha qilardi.
   Ayollar ovozlarini chiqarmay Abdulmuttalibni tomosha kilishar, to‘g‘rirog‘i, uni nabirasining gul yuziga boqib his etayotgan saodat tuyg‘usiga xalal bermasli» uchun miq etmay turishar edi.
   Abdulmuttalib nabirasini quchoqlagancha, yana Ka’baga ketdi. Ichkari kirib, duo qildi. So‘ngra yana kelinining yoniga qaytdi. Soatlarcha boqsa ham to‘ymaydigan nevarasini yana bir bor hidlagach, qizi Safiyaga uzatdi:
   — O’g‘limni onasiga ber, — dedi. Turib chiqib ketdi. Shu onda qalbi osmon qadar kengayganini his qildi, sevinchdan uchadigandek edi. Abdulmuttalib kelinining uyidan sevinchi ichiga sig‘may chikdi. To‘g‘ri Ka’baga bordi. Shukronalik bildirib, Ka’bani tavof qildi. Nevarasiga qanday ism qo‘yishni o‘yladi. Husni jamoliga, sha’niga loyiq bir ism qo‘yish lozim edi. Muhammad...
   Birdan zehniga bu ism o‘rnashib oldi. Zulmat ichida chaqmoqdsk chaqnadi bu ism. Ota-bobolaridan hech birining oti bunday emas edi. Tanilgan, mashhur ismlardan ham emasdi. Hazrati Ibrohimdan beri davom etib kelayotgan va ma’lum bo‘lgan ismlarni xayolidan birmabir kechirdi. Hech qaysisi bu qadar e’tiborni tortuvchi emasdi. Yana qabila raislari, tanishbilishlarining ismlarini birmabir xotirladi. Biroq qalbiga hukmini o‘tkazayotgan, butun qalbini egallagan pinhona bir qudrat unga barcha eslagan ismlarini zexnidan chetlatar, yana aylanibo‘rgilib «Muhammad» ismi ko‘ngliga kelaverar edi. Undan boshqa barcha ismlar, uning nazarida, ko‘rimsiz, zaif, bo‘lmagurdek edi. Bu pinhona qudrat Abdulmuttalibni nevarasiga «Muhammad» ismini qo‘yishga majburlayotgan, boshqa ism qo‘yishiga yo‘l qo‘ymayotgan edi.
Omina bolasini buvasining qo‘liga berarkan, hayajonini bosib so‘radi:
Otajon, nevarangizga qaysi ismni munosib ko‘rasiz?...
Abdulmuttalib quchog‘idagi malak yuzli bolaga yana bir qarab:
— «Muhammad» qo‘yamiz, ~ dedi.
Ominaning ko‘zlari kulimsirab, yuzida mamnuniyat belgisi paydo bo‘ldi. Go‘yoki ko‘pdan beri orzu qilgan niyati amalga oshgandek edi. Abdulmuttalib o‘zi qo‘ygan ismga kelinining ham sevinganini ko‘rib, juda mamnun bo‘ldi:
   — Bilasanmi, qizim, kimdir meni shu otni qo‘yishga undayotgandek. Zehnimga faqat shu ism o‘rnashib olgan. Boshka ismni o‘ylasam ham, darrov o‘rnini «Muhammad» egallab olaveradi. Fikring qanday, yaxshi ism shekilli? dedi.
Omina kulimsirab javob berdi:
— Men ham bolamga «Muhammad» deb ot qo‘yishni niyat qilgan edim. Tushimda ham «Muhammad» ismini qo‘yishim amr etildi. Men o‘g‘ilchamning buyuk inson bo‘lishidan umidvorman.
Abdulmuttalib kelinining gaplarini ma’qulladi:
— Albatta, mening nabiram insonlarning eng buyugi bo‘lajak.
Makka raisi va hoshimiylar avlodining kattasi Abdulmuttalib, kelinining ham roziligi bilan, quchog‘idagi nevarasiga insoniyat tarixidagi eng buyuk va eng muborak ismni berdi. «Sening isming Muhammad bo‘lsin, bolam», dedi.

Qayd etilgan