* * *
Sudralib kelgan bir ko‘r kishi Abdulmuttalibning eshigini taqillatdi. Ichkaridan bola chiqdi:
— Kim kerak? — dedi.
Ko‘r odam:
— Ikki ko‘zi bilan ikki oyog‘ini berib, o‘zi sog‘ qolgan bechoraga rahm qiling, — dedi.
Bola ko‘r kishini darrov ichkaridagilarga aytdi. Abdulmuttalib o‘rnidan turib, «Qaraychi», deb uydan chiqdi. Kelgan odamni ko‘rgach, dudoqlaridan beixtiyor «Unays» ismi chiqdi. Ikki hafta avval ro‘y bergan voqea esiga tushdi. U dahshatli kunda sog‘ qolganlardan biri shu filbon Unays edi.
— Kel, ey Unays.
— Qornim och, ey Abdulmuttalib. — Unays xotirjam gaplasha olmasdi. O’sha hodisaning dahshatidan qattiq larzaga tushgani bois ahvoli shunday bo‘lib qolgan edi.
— Eshigimiz sen uchun doim ochiq, ey Unays.
— Ammo men uyalyapman, juda uyalyapman.
— Qani, ichkari kirchi.
Unays oldiga dasturxon yoyildi. Taom qo‘yildi. Unays ovqatlanar ekan:
— Biz sizga bunday muomala qilmagan bo‘lardik, —dedi.
— Unday dema, Unays. Balki, sizlar bizdan ko‘ra yaxshiroq muomala qilgan bo‘lar edingizlar.
Unays og‘zidagi luqmani yutgach, Abdulmuttalibga qarab:
— Bizning sizlarga qanday muomala qilganimizni bilmagan qoldimi? Sizlar bizga hech qaiday yomonlik qilmagan bo‘lsalaringiz ham, minglarcha askar bilan haftalab piyoda yurib kelib, ustlaringizga xujum qilmoqchi bo‘ldik. Holbuki, sizlar bizni bilmas edingizlar, biz ham sizlarni bilmagan edik. Ammo mahv bo‘ldik. Olloh mahv etdi bizni. Biz shunga loyiq edik. Sizlar shunday maqsad bilan bizning taraflarga borganingizda edi, sizlarga bir yutum suv, bir dona xurmo bermasdik. Ammo sizlarda chin insonlik bor, mehru oqibat, xayru saxovat bor. Meni mehmon qilayotirsizlar. Abdulmuttalib, sen o‘sha, Abrahaning yoniga borganingda, so‘zingni eshitgan edim.
— Nimani?
— Vodiyda insonlar, tog‘larda yirtqich qushlar sening dasturxoningdan ovqatlanishini.
— Qo‘y ularni, Unays, o‘zingdan gapir, o‘sha kuni nima bo‘ldi?
— U kuni... Ha, u kuni momaqaldiroq chaqmoq chaqqandek bo‘ldi. Nima hodisa yuz berganini bilolmay qoldik. Lashkarimizga, kuchqudratimizga ishongan edik. Ka’bani buzishga, yo‘limizni to‘sganlarni esa, qirib tashlashimizga mutlaqo ishonardik. Hech qanday kuchqudrat bizni to‘xtata olmaydi, deb o‘ylagan edik. Olloh bizni shu kichkina qushlar otgan kichik toshlar bilan mahvu parishon etib qo‘yaqoldi. O’zimizni dunyoning hokimi deb o‘ylardik, ammo ko‘z ochibyumguncha, o‘rilgan bug‘doy bog‘lari kabi, terilib qoldik.
Unays oxirgi luqmani yutarkan, so‘zida davom etdi:
— Men filning o‘rnidan turmaganini ko‘riboq, bu ishda bir hikmat borligini tushungan edim. O’shanda: «Qaytishingiz kerak. Fil o‘zicha yotgani yo‘q», degan ovozni eshitgandek bo‘laverdim. Orqaga, o‘ngga, chapga yurib, ammo Makka tomonga hech yurmaganidan keyin bu hol ko‘rinmas bir Kuchning ishi ekanini, u kudrat bizni endi o‘z holimizga qo‘ymasligini anik bildim. Buni Abrahaga aytmoqchi edim. Ammo u nayt u osmonlarda yurgan edi. Hech kimning so‘zini eshitmas, hech gap qulog‘iga kirmas bir holda edi. Zotan, oradan ko‘n vaqt o‘tmadi ham. Qushlar yetib keldilar.
— Abrahaga nima bo‘ldi?
— Abrahani oxirgi daf’a oti yerda dumalab yotganda ko‘rdim. Egaridan tushasolib qochib borayotgan edi. Orqasidan: «Yigit bo‘lsang, qochma, Abraha, boshimizga bu baloni sen keltirding, la’nati!» deb baqirdim. Oyoqlarimda turolmasdim. U ham yerga cho‘kdi. Eng oxirgi ko‘rgan manzaram shu bo‘ldi: birdan dunyo qorong‘ulashganini his qildim, holbuki, ko‘zlarim ko‘r bo‘lgan ekai. Undan keyin kim nima bo‘lganini bilmayman. Chunki hamma o‘z jonini saqlamoq dardida har tarafga qochar, faryod qilar edi. Biron kishi boshqa birini o‘ylaydigan zamon emas edi. Orasira Abrahaga yog‘ilayotgan la’natlar eshitilardi. Men ham jo‘r bo‘lib la’natlashga kirishdim. Ammo baqirchaqirlarimizning hech qanday foydasi yo‘q edi!.. So‘ngra sudralibsudralib, qaerga ketayotganligimni ham bilolmay, u la’nati maydondan uzoqlashdim. Mana, ko‘rib turganingdek, umrimning poyonini tilanchi lik bilan o‘tkazyapman.
— Fil nima bo‘ldi?
Filga nima bo‘lganini sira bilmayman. Shundan keyin Unays o‘rnidan turdi:
— Ollohning himoyasida ekanligingizga aminman. Bu Bayt ham, hech shubha yo‘qki, Ollohning uyidir, —deb xayrlashib ketdi.
— Yana kelgin, kutamiz, ey Unays, istagan vaqtingda kel, — dedi Abdulmuttalib.